Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The place of phytoartionims and zooartiononyms in the
system of artiononyms
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
This article discusses the fact that Uzbek nomenology has
become one of the most developed areas since the second half of
the last century, as well as several areas of this area, such as
anthroponymy, toponymy, ethnonymy, as well as ideonymy, in
specific artonyms, associated with the names of the fine arts, the
research work being carried out and the principles for naming
titles in it are discussed. From the experience of our people, we
know that everything around us is given the names of tribes,
places, events, plants, and animals. All these things in nature are
closely related to each other. Linguistic studies of lexical units
denoting plant names show the use of terms such as plant name,
lexemes denoting plants, plant nouns, plant nouns, botanical
terms, phytonyms, phytonymic lexemes, floristic lexemes. The
study of phytoartionims and zooartionims determines a person’s
general knowledge, knowledge of the world around him, and the
level of development of basic knowledge.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
onomastics,
nomenology,
scale,
scales,
ideonyms,
phytonym,
phytoartionim,
zoonym,
zooartionim,
sema
1
Senior Lecturer, Faculty of Philology, Andijan State Pedagogical Institute.
E-mail: odinaxonazamatova206@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
725
Artionimlar tizimida fitoаrtionim va zooartionimlarning
tutgan o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
onomastika,
nomshunoslik,
ko‘lam,
ko‘lamchalar,
идеонимлар,
fitonim,
fitoartionim,
zoonim,
zooartionim,
sema.
Ushbu maqolada o‘zbek nomshunosligining o‘tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab eng rivojlangan sohalardan biriga
aylangani, shuninsdek, bu sohaning antroponimika, toponimika,
etnonimika kabi bir qator sohalari bilan bir qatorda
ideonimlarning, xususan artionimlar turining tasviriy san’at
nomlari bilan bo‘g‘liq olib borilayotgan tadqidot ishi va unadagi
nomlarning nomlanish tamoyillari haqida so‘z boradi. Xalqimiz
tajribasidan ma’lumki tevarak –
atrofdagi barcha narsalar
qabilalar, joy, voqea
–
hodisalar, o‘simlik hamda hayvonlarga
nomlar berilgan. Tabiatdagi bu narsalarning barchasi bir-birlari
bilan chambarchas bog‘liq. O‘simlik nomlarini ifodalovchi lug‘aviy
birliklarga nisbatan lingvistik tadqiqotlarda o‘simlik nomi,
o‘simliklarni ifodalovchi leksemalar, o‘simlik otlari, o‘simliklarni
atovchi otlar, botanik terminlar, fitonim, fitonimik leksema,
floristik leksema kabi terminlari qo‘llangani kuzatiladi.
Fitoаrtionim va zooartionimlarni o‘rganish shaxsning umumiy
bilimi, uning atrofidagi dunyoni bilishini va asosiy bilimlarning
shakllanish darajasini belgilaydi.
Место фитоартионимов и зооартионимов в системе
артионимов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ономастика,
номенология,
шкала,
шкалы,
идеонимы,
фитоним,
фитоартионим,
зооним,
зооартионим,
сема.
В данной статье рассматривается тот факт, что узбекская
номенология стала одной из наиболее развитых областей со
второй половины прошлого века, а также ряд областей этой
области, таких как антропонимия, топонимия, этнонимия, а
также идеонимия, в конкретных артонимов, связано с
названиями изобразительных искусств, обсуждается
проводимая исследовательская работа и принципы
наименования названий в ней. Из опыта нашего народа
известно, что всему
вокруг нас даны имена племен, мест,
событий, растений и животных. Все эти вещи в природе
тесно
связаны
друг
с
другом.
Лингвистические
исследования лексических единиц, обозначающих названия
растений, показывают употребление таких терминов, как
название растения, лексемы, обозначающие растения,
существительные растений, существительные растений,
ботанические термины, фитонимы, фитонимические
лексемы,
флористические
лексемы.
Изучение
фитоартионимов и зооартионимов определяет общие
знания человека, его знания об окружающем мире, уровень
сформированности базовых знаний.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
726
KIRISH
Artionimlar onomastik makroko‘lamining idionimlar mikroko‘lamiga kiruvchi bir
turidir. Tilshunos olim N.V. Podolskaya “Rus onomastik terminlari” lug‘atida “Artionim —
ideonimiya turi, san’at asari nomi (rangtasvir, grafika, plastika san’ati, haykal, musiqa,
kino, teatr)ni ifodalashi
”[1]ni keltirsa, E.Begmatov “Artionim —
tasviriy san’at asarlari
(rang-
tasvir, grafika, plastika va boshqa) atoqli oti” [10] iligini aytib o‘tadi. Ya.Avlakulov
“O‘zbek tili onomastik birliklarining lingvistik tadqiqi” nomli nomzodlik ishida o‘zbek
onomast
ikasi makroko‘lami tarkibi xususida to‘xtalib, uning turlarni ko‘rsatib o‘tadi. Olim
ushbu ko‘lam va ko‘lamchalar haqida batafsil to‘htalar ekan, ideonim makroko‘lami haqida
“Har qanday xalq tarixida muayyan tarixiy qimmatga ega bo‘lgan badiiy, ilmiy, san’at
asarlari yaratiladi, hujjatlar qabul qilinadi. Bu ba’zi yakka olingan nodir qurollar, asbob
-
uskunalar uchun ham tegishlidir. Keltirilgan narsalar, voqea-hodisalar, asarlarga maxsus
nomlar beriladi. Mana shu nomlar onomastikada ideonimlar deb yuritiladi
. “Ideonim (yun.
idea
–
g‘oya + onoma –
atoqli ot)
–
tarixiy asarlar, hujjatlar atoqli oti”. Demak, ideonim
insonning aqliy, g‘oyaviy va badiiy faoliyati mahsuli bo‘lgan narsalar bir donasining atoqli
otidir. Ideonimlar onomastikada yetarli tadqiq qilinmagan, ular tarkibiga kiruvchi atoqli
ot tiplari ham to‘liq va aniq belgilangan emas”[7] kabi fikrlarni keltiradi. N.Oxunovning
Ideonimlar va ularni o‘rganishga doir [8], Avlakulov Ya.I. Ideonim va faleronim
makroko‘lami haqida [2] nomli maqolalari o‘zbek til
shunosligida ideonimlar haqidagi
dastlabki tadqiqotlar bo‘ldi.
ASOSIY QISM
O‘simlik nomlarini ifodalovchi lug‘aviy birliklarga nisbatan lingvistik tadqiqotlarda
o‘simlik nomi, o‘simliklarni ifodalovchi leksemalar, o‘simlik otlari, o‘simliklarni atovchi
otlar, botanik terminlar, fitonim, fitonimik leksema, floristik leksema kabi terminlari
qo‘llangani kuzatiladi. Bu birliklardan ayrimlarining ma’no mundarijasi, G.Ne’matovaning
dissertatsiyasida tahlil qilingan. Fitonim grekcha Phuton-
o‘simlik +onoma
-atoqli ot)
Bionim (yun.biog- bios, hayot +onma-nom)lar. Fitonim termini ilmiy neologizm sifatida
rus tilshunosligida XX asrning 70-
yillarida yuzaga kelgan, keyinroq o‘zbek onomastikasiga
ham o‘zlashgan. Badiiy asarlarda o‘simliklarni ta’riflashda shaxsiyat mavjud ichki
psixologik holatni ko‘rsatish vositasi sifatida faoliyat yuritadig
an allegoriya qahramon va
shaxslararo munosabatlar hisoblanadi. Fitonimlar -
o‘simliklarga qo‘yilgan nomlar bo‘lsa,
Fitonimiya o‘simlik nomlarining majmui, Fitonimika esa fitonimlarni o‘rganuvchi
tilshunoslikning bo‘limidir. Tasviriy san’at insondagi intellektual, ma’naviy, hissiy va
estetik ehtiyojlarni, o‘zida mujassamlashtirgan badiiylikka bo‘lgan eng yuksak ehtiyojini
qondirishga xizmat kiladi [4]. O‘zbek tili artionimlari tizimida fitoartionim turkumi
shakllanadiki, o‘simlik va daraxtlarning nomlari
tasviriy san’at asarlariga nom sifatida
qo‘yiladi. Fitoartionim (fito < rus < yunon. Phyton
-
o‘simlik + art < rus < yunon –
san’at +
onoma -
nom, ism) fitotoponimlarning bir turidir. O‘simlik va daraxtlarning nomi bilan
atalgan Xorazm viloyatiga xos no
mlarni Z.Do‘simov fitonimik tip (fitotoponimlar) termini
ostida tahlil qilgan [5].
O‘zbek tili leksik qatlamini kuzatar ekanmiz, atamalarning nomlari alohida ahamiyat
kasb etishi ma’lumdir. Zoonimlar atamasi ilk bor grek tilida paydo bo‘lgan va so‘nggi o‘n
yil ichida zoonimlarga qiziqish yanada ortdi [12]. Tilshunoslikda zoonimlarga oid ilk
tadqiqot N.K.Dmitrev tomonidan olib borilgan [11]. Jahon tilshunosligida zoonim
tadqiqiga oid bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan. Ulardan: Ch.Inkuy, A.P.Kosmenko,
E.A.Kreinovich, E.S.Novik, E.V.Antonova, S.P.Nesterov, Y.Vinokurova, E.Leverovskiy,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
727
P.Minorskiy, G.I.Kulikovskiy kabi tilshunos olimlar hayvon leksemalari bilan
shug‘ullanishgan. O‘zbek tilshunosligida zoonimlarning atoqli otlar sirasiga va leksikasiga
oid tadqiqotlar D.Abduraxmonov, D.Bozorova, F.Ishoqov, A.Ishaev, S.Qoraev, B.Choriev,
B.Zaripovlar tomonidan olib borilgan. Insoniyat yaralibdiki, narsalarni bir-biridan farqlash
uchun o‘zlarining tajribalari asosida so‘z boyligi va albatta dunyoqarashlari asosida
nomlaydilar. Xalqimiz tajribasidan ma’lumki tevarak –
atrofdagi barcha narsalar qabilalar,
joy, voqea
–
hodisalar, o‘simlik hamda hayvonlarga nomlar berilgan. Tabiatdagi bu
narsalarning barchasi bir-
birlari bilan chambarchas bog‘liq. “Tabiatdagi bu bog‘liqlik va
aloqadorlik tilda, nomlarda, jumladan, atoqli otlarda o‘z aksini topgan”[5]. Tabiatdagi ana
shu bog‘liqlik o‘zbek tilidagi zooartionimlarida kuzatiladiki, zero bunday tasvirlardagi
nomlarsiz musavvirlar ijodini kuzatish mushkul. Tadqiqotimizni olimlar tomonidan tadbiq
etilgan asoslarga ko‘ra, zooartionimlar termini ostida t
ahlilini amalga oshiramiz.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O‘zbek rassomlari o‘zlarining ijodlari davomida bu mavzu asosida ko‘plab san’at
asarlarini yaratganlar: “Xrizontema natyurmorti”, “Oq gullar” (L.Salimjonova), “Olma”,
“Uzum va shaftoli” (A.Abdullaev). Fitoartionimlarning qanday o‘simlik va daraxtlarning
no
mlari bilan atalishlariga ko‘ra turlarga ajratish mumkin:
-
gullarning nomlari: “Chinnigullar” (Akmal Nur), “Lola” (Vladimir Burmakin), “Sariq
Gulsapsarlar”, “Lolalar” (Xurshid Ziyaxanov), “Nastarin” (Obidjon Bakirov) kabilar.
-
mevalarning nomlari: “Behilar”, “Anorlar” (Obidjon Bakirov), “Anor” (Dilorom
Mamedova), “Uzum” (Qutlug‘ Basharov) kabilar. Anor mavzusida ishlangan tasviriy san’at
asarlari deyarli har bir musavvir ijodida uchraydi. Anor-shu daraxtning ichi qizil donalar
bilan liq to‘la yumaloq meva [6]. Anor tasviriy san’atda ko‘proq natyurmort (frantsuzcha
-
«jonsiz tabiat» ma’nosini bildiradi va unda ko‘pincha gullar, mevalar, sabzavotlar, qushlar,
uy-
ro‘zg‘or buyumlari va hokazolar tasvirlanadi [4]) janrida ishlanadi.
-
poliz ekinlarining nomlari: “Qovun”, “Qovun obinovvot” (Obidjon Bakirov),
“Qovoq” (Z.Kovalevskaya), “Qovun bilan natyurmort” (Niyozali Xolmatov), “Qovun bilan
handalak” (L.Salimjonova);
-
o‘simlik va daraxtlarning nomlari: “Olma daraxti” (Sobirjon Rahmetov), “Tog‘
gilosi” (Bobur Ismoilov), “O‘rik gullaganda” (Obidjon Bakirov), “Kungaboqar” (N.Kashina),
“Uch sada” (Akmal Nur) kabilar.
-
rezavorlar nomlari: “Qulupnaylar” (Obidjon Bakirov) kabi.
-
aralash nomlar: “Gullar aro qandil olmalar” (Abdumajid Sagatov), “Atirgul va
kitoblar” (Qudratulla Ajimetov), “Anorli dasturxon” (Bobur Ismoilov) kabilar.
Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra o‘simlik va daraxtlarning nomlari bilan atalgan
artionimlar -
fitoartionimlar o‘zining mohiyati, turlari va tasviri bilan o‘zi mansub bo‘lgan
o‘simliklar, mevalar yoki daraxtlarning ko‘rinishini aks ettiradi. Biz tahlilga
olgan
fitoartionimlar doirasida mevalar, gullar, daraxtlar nomlari bilan atalgan artionimlar
salmoqli o‘rin tutadi, rezavorlar daraxtlar, poliz ekinlari, sabzavot nomlari kamroq.
Jamlanagan tasviriy san’at asarlari zooartionimlarining nomlanish asosiga ko‘ra
quyidagi kichik guruhlarga bo‘lib, ko‘rib chiqish mumkin:
-
hayvonlarning nomlari: “Bo‘ri” (Hasan Aminov), “Ona bo‘ri” (Fayzullo
Axmadaliev), “Ko‘k tuya” (Ortiqali Qozoqov), “Uchta mushuk” (Akmal Nur) kabilar.
-
qushlar va parandalarning nomlari: “Kuylovchi qush”, “Bedana”, “Dokan xo‘roz”
(Akmal Nur), “Xo‘roz janggi” (Xurshid Ziyaxanov) va boshqalar.
-
aralash nomlar: “Qarg‘a va tulki” (Chingiz Axmarov) kabi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
728
XULOSA
Bugungi kunda artionimlarni o‘rganish zarur, chunki bu nomlar tasviriy san’at
olamida ifodalangan o‘ziga xos san’at asarining nomi hamda voqelikni tomoshabin “badiiy
ruhiga” hissiy ta’sir etish munosabatini ifodalaydi. Musavvirning chizgan surati uning
o
ngidagi voqelikning aksidir, ya’ni badiiy obrazdir, uning nomi esa rus faylasufi A.F.
Losevning iborasi bilan aytganda, “narsaning mohiyati shunchaki narsa emas, balki uning
semantik aksidir”[3]. Mohiyat bilan narsaning o‘zi o‘rtasidagi munosabat nusxa bil
an asl
o‘rtasidagi munosabat emas, chunki har ikkalasi ham narsadir. Mohiyat voqelikning o‘ziga
xos semantik ekvivalenti, ong va tilda voqelikni anglashning barcha muhim belgilarini
emas, balki ulardan faqat ba’zilarini aks ettiradi, chunki mohiyatni mutla
q tushunish qiyin.
Shuning uchun ham onomastik nomlar taraqqiyotning xronologik parametrlarini
belgilaydigan tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Ular ham konservativ, ham bir lahzalik
o‘zgarishlarga uchraydilar; ular juda katta lingvistik va shuningdek, tild
an tashqari
ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Onomasiologiya tilning barcha birliklarini nominativ
yoki vakillik funktsiyasini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘rganadi va nominativ
texnika hamda turli darajadagi nominatsiya birliklarini shakllantirish usullari bilan
shug’ullanadi. Tilshunoslik onomasiologiyaning faqat so‘zni nomlash jarayonlarinigina
emas, balki tushunchalarning leksik talqini, tildagi barcha nominativ faoliyatini o‘rganish
sohasi sifatida kengroq tushunchani ham taqdim etadi. Zamonaviy tilshunoslikda
nominatsiya keng va tor ma’noda tushuniladi. Tor ma’nosi ob’ektlarni so‘z va iboralar
orqali belgilash, keng ma’noda esa inson ongidagi barcha narsalar, shaxslar, harakatlarga
munosabatni ifodalaydi. Demak, ob’ektlarni, hodisalarni, ularni
ng xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda yakka shaxs yoki jamoa tomonidan milliylik, tafakkur, individuallik va
gender o‘ziga xoslik asosida atalishi va atalish etimologiyasi nominativlik hisoblanadi[9].
Onomasiologiyaning umumiy qabul qilingan qoidalaridan
biri bu nominatsiya sub’ektining
butun nominatsiya jarayonida yetakchi rolini tan olishdir. Tasviriy san’at asarlarini
kuzatar ekanmiz, ko‘plab rassomlarning ijodida o‘rmon hayvonlarini tasvirini ko‘rish
mumkin. Bu holat yurtimizda o‘rmonlarning kamligi
va o‘rmonlarda yashovchi
hayvonlarga nisbatan qiziqish kuchli ekanida deb o‘yladik.
Xulosa qilib aytganda, tasviriy
san’at asarlarini nomlovchi fitoartionimlar va
zooartionimlar leksikamizni boyitadi shu bilan birga turli xil o‘simliklar va hayvonlarning
nomlari haqida ma’lumot beradi, hamda qo‘llangan nomning leksik ma’nosi va rasm
haqidagi ilk xabarni artionim orqali tomoshabinga yetkazib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Подольская Н. В. Словарь русской ономастической терминологии. М.: Наука,
1986
2.
Авлакулов Я.И. Идеоним ва фалероним макрокўлами ҳақида // “Истиқлол
ва тил” мавзусидаги илмий
-
амалий анжуман материаллари. –
Тошкент, 2007.
3.
Лосев А.Ф.
-
[Со
c
ҳ. в 9
-
и томах, т.2] Очерки античного символизма и
мифологии Издательство «Мысль» Москва.
1993
4.
Мамасолиев Р. Буёклар билан ишлаш усуллари. Рангтасвир фанини
ўқитишда мавзулараро изчилликни таъминлаш йуллари
\
Бакалавриат
талабалари учун қўлланма
.
Тошкент
-2016
5.
Улуқов
Н.
Ўзбек тили гидронимларининг тарихий
-
лисоний тадқиқи
Т.:
Фан,
2008
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
729
6.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. https://n.ziyouz.com/
7.
Авлакулов Я. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи.
Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган
диссертация. Автореферати. —
Тошкент, 2012 Б
-18
8.
Охунов Н. Идеонимлар ва уларни ўрганишга доир / Таълим ва технология.
Илмий
-
услубий мақолалар тўплами. –
Фарғона: Фарғона нашриёти, 2006
9.
Azamatova, O. (2024). The principles of naming artonyms based on nature and
history. International Bulletin of Applied Science and Technology
(Т. 4, Выпуск 3, сс. 64–
68). Zenodo
10.
Е. Бегматов. Ўзбек тили антропонимикаси. —
Тошкент, 2013 Б
-46
11.
Марудова. А. С. К вопросу о содержании термина Зооним. –
M.1980
12.
Ряденка.Н.К. Зоономика. –
M.1985