Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The first innovative pedagogical movement in Turkestan
and its representatives
Bakhtiyar KAYUMOV
Tashkent State Technical University named after Islam Karimov (Almalik branch)
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
This article contains information about the stages of
development of education in Central Asia, especially in
Uzbekistan, the history of the opening of schools, the structure
and activities of old schools, enlighteners, modernists and their
ideas.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
education,
enlightenment,
new type of schools,
religious schools,
literacy,
textbook,
public education,
Turkestan enlighteners.
Turkistonda ilk innovatsion pedagogik harakat va uning
vakillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ta’lim,
ma’rifatparvarlik,
yangi tipdagi maktablar,
diniy maktablar,
savod,
darslik,
xalq maorifi,
Turkiston ma’rifatparvarlari
.
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston
hududida ta’limning rivojlanish bosqichlari, maktablarnig ochilish
tarixi, eski maktablar
tuzilishi va faoliyati, ma’rifatparlar, jadidlar
va ularning g‘oyalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan
.
1
PhD, Associate Professor, Tashkent State Technical University named after Islam Karimov (Almalik branch).
E-mail: kayumovbaxtiyar3@gmail.com
2
Teacher, Pedagogy and Psychology Department, Angren University. E-mail: giyasovamushtariy47@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
873
Первое инновационное педагогическое движение в
Туркестане и его представители
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
просвещение,
школы нового типа,
религиозные школы,
грамотность,
учебник,
народное образование,
туркестанские
просветители.
В данной статье собраны сведения об этапах развития
образования в Средней Азии, особенно в Узбекистане,
истории открытия школ, структуре и деятельности старых
школ, просветителях, модернистах и их идеях.
KIRISH
Ma
’
lumki, Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz
tutgandan keyin, bu o
ʻ
lkani qo
ʻ
lga kiritish uchun jahonning ko
ʻ
pgina mamlakatlari harakat
qildilar. Ana shulardan biri Chor Rossiyasi edi. X1X asrning ikkinchi yarmida sobiq
imperiya o
ʻ
rnida 3 xonlik bo
ʻ
lib, Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo
ʻ
qon xonliklari edi. Shu
3 mustaqil davlat o
ʻ
zaro o
ʻ
rtalarida ziddiyatlar bo
ʻ
lib turgan vaqtda rus davlati Markaziy
Osiyoni bosib olish uchun xujum boshladi va dastlab Qozoqistonni, so
ʻ
ngra Turkiston,
Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda Toshkentni zabt etdilar. 1868-yil Samarqand 1876-yil
Farg
ʻ
ona viloyati Rossiya qo
ʻ
liga o
ʻ
tdi. [1, 23-41]
Turkiston o
ʻ
lkasi Rossiya tomonidan bosib olingan, ko
ʻ
plab rus olimlarini Markaziy
Osiyoga ko
ʻ
chirib keltiradi. Keyinchalik o
ʻ
lkada rus maktablari, rus tuzem maktablari,
gimnaziya kabi maktablar ochildi va bu maktablarni kengaytirish natijasida mahalliy
maktab, madrasalar qisqartira boshladi. Asrlar davomida hukm surgan diniy machit
qoshidagi maktablar, madrasalar va ustoz shogirdlik kasb maktablari jamiyatni
mustamlakaga aylanishiga omil bo
ʻ
lgan edi.
Ustoz-shogird
kasb maktabi machit maktabi hunar oʻrganish maktabi
MUHOKAMA
Aynan mazkur davrda asrlar jarayonida diniy ta'lim mazmuni ya'ni dogmatik ta’lim
va sxolastik oʻqitishga ilk bor isloh qilish gʻoyasi paydo boʻlganligini koʻramiz. Turkiston
ma'rifatparvarlari mamlakat taqdiri ta’lim tarbiya bilan chambarchas bogʻliqligi koʻra
bildilar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
874
Pir shayxlar maktabi mazmuni Diniy maktab ta'lim mazmuni
ASOSIY QISM
Ular ta'lim-
tarbiyadagi eskicha yondashuv mamlakat taqdirini oʻzgartira
olmasligiga ishonch hosil qildilar va ta'lim tarbiyada innovatsion pedagogik gʻoyalarni
ilgari surdilar va kurashdilar. Turkiston ma'rifatparvarlarining innovatsion pedagogik
gʻoyalari quyidagi masalalarni oʻz ichiga olgandi:
1
Ta'lim tizimini isloh qilish;
2
Ta'lim mazmunini isloh qilish;
3
Ta'lim shaklini isloh qilish;
4
Ta'lim uslublarini isloh qilish;
5
Ta'lim tizimini davlat tasafufiga oʻtkazish;
6 Ta'lim oluvchiga pedagogik munosobatni tarkib
toptirish;
Turkistonda ilk innovatsion
pedagogik gʻoyalarni paydo
boʻlishida va targʻibot etishda Bogʻchasaroylik Ismoil
Gaspirali katta rol oʻynadi. U oʻz shaxsiy pedagogik faoliyatida
Bogʻchasaroydagi maktabida bolalarning tez vaqt ichida
savodini chiqarish mumkinligini asoslab berdi va sinf-dars
shaklida ta'limni tashkil etishning qulayligini koʻrsatdi.
Ismoil Gaspirali ta'lim va jamiyat oʻzaro uzviyligini koʻra bildi va Turkiston oʻlkasida
ta'limni isloh qilish va ma'rifatparvarlik gʻoyasini targʻibot etdi.
U ilk pedagog uslbiyotchi
sifatida yangi maktab pedagoglari uchun uslubiy qoʻllanma yaratdi, zamonaviy pedagog
ijodkor boʻlishini targʻibot etdi. Ismoil Gaspiralining ma'rifatparvarlik gʻoyasi va faoliyati
Turkiston boʻylab keng yoyildi.
Abdukodir Shakuriy rus gimnaziyasiga borib u yerning ichki oʻqitish usullari va
qoidalari bilan tanishib, bolalarni savodli qilib oʻqitish, bilim berish va gimnaziyaning eski
maktab-
madrasadan afzalligini ta’kidlaydi. Shakuriy oʻqituvchilik qilibgina qolmay, u oʻz
maktabi uchun darsliklar yozib, ularni oʻz mablagʻi evaziga chop qildirgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
875
A.Shakuriyning yangi usul Turkiston ma'rifatparvarlari
maktab oʻquvchilari
Turkiston ma'rifatparvarlari jamiyatni toʻntarish yoʻli bilan emas, islohatlar yoʻli
bilan rivojlantirishni asosiy vazifasi deb belgiladilar. Umuman ular insonlarni sinflarga
boʻlib tashlash emas, balki ularni qadimchilar bilan ham ittifoq qilib, xalq va kelajak yoʻlida
ishlash, tinch-
totuv yashash va ishlashi gʻoyasini ilgari surdilar.
Ma'rifatparvarlar 1906-
yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr
ettirdilar va oʻz gʻoyalarini tarqatdilar. Keyinchalik «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi
gazetalar nashr ettirildi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida ma'rifatparvar
maktablarida diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy ilmlar ham keng tarqatilgan edi. [2,
52-74]
Ma’rifatparvarlarning harakat dasturlari quyidagi masalalarni hal qilishga
qaratilgan edi.
1. Diniy taa’ssuf va fanatizmga qarshi kurash.
2. Feodal davri maorif tizimini isloh qilish, dunyoviy bilimlarni ona tilida oʻqitishga
moslangan yangi maktablarni tashkil etish.
3. Ma’rifatparvarlik gʻoyalarini xalq ommasiga yetkazish va adabiy tilini ishlab
chiqish xalq ommasiga tushunarli boʻlgan adabiyot va teatrni yaratish.
4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va maktablarda tahsil olishiga imkoniyat
yaratish.
Mahalliy boylar va savdogar aholining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi
bilan bir huquqda boʻlish hamda mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
Asosiy talablari mana shundan iborat ma'rifatparvarlar uchun ilm va ma'rifat
yagona qurol boʻlib, ular shu qurol yordamida oʻlkada ijtimoiy
-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyot uchun kurashmoq edilar. Ma'rifatparvarlar harakati savod chiqarish uslubining
yangicha shakllarini ijod qildilar. Ular tomonidan matematik, geografiya, tarix, tabiyot kabi
fanlarning darsliklari dasturi ishlab chiqildi.
Markaziy Osiyo jadid ma'rifatparvarlaridan M.Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat,
S.Ayniy, Isxoqxon Ibrat, Abduqodir Shakuriylar ma'rifatparvar harakatining asoschilaridir.
X1X asr oxiri XX asrlarning boshlarida Turkistonda Chor mustamlakachiligining
kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning koʻp joylarida ma’rifatparvarlar harakati
kuchayib ketdi. Chunki ular avvalgidek ijtimoiy xoʻrlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik
sharoitida yashash mumkin emasliklarini tushunib yetishgan edilar. Turkistonda
ma’rifatparvar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur boʻlgan ilk
jugʻrofiyashunosi, ulugʻ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist, Maxmudhoja
Behbudiy 1874 yil Samarqandda tavallud topdi.
Behbudiy Turkistonda ma'rifat maktabini tashkil etdi va shu maktablarni kitoblar
bilan ta'minlashda jonbozlik koʻrsatdi. U Samarqandning eski shaharlarida qirotxona,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
876
kutubxona, oʻz hovlisida maktab ochdi. M.Behbudiy ma’rifatparvarlarning yangi
maktablari uchun darsliklar yozdi. Behbudiy maktabining har yilning soʻngida imtihon
oʻtkazilar edi. Imtihonlarga ota
-onalar va boshqa mehmonlar taklif etilardi. Behbudiy
ijodkor muallim edi. U Turkistonning kelajagini uning yangi kadrlarida, mutaxassislarida
va oʻqimishli yoshlarda deb bilardi. [3, 12]
NATIJA
Munavvar Qori rus tuzem maktablariga qarshi chiqib oʻzining yangi Toshkentda
«usuli savtiya» maktabini ochdi. U maktabni oʻz hovlisida ochdi. Munavvar Qori 1909
-yili
Ubaydulla Xoʻjaev, Abdullo Avloniy, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda
Toshkent
lik bir boyning raisligida «jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu jamiyat orqali
qashshoq va kasalmand kishilarga, oʻquvchilarga yordam koʻrsatadi, hamda Rossiya va
Turkiyadagi oliy oʻquv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham shugʻullanadi.
Munavvar Qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. U koʻp adiblarning
asarlarini mutolaa qilgan. Munavvar Qori 1917-yil may oyida taraqqiyparvar musulmon
yoshlari va ruhoniylari ishtirokida oʻtgan qurultoyda «Shoʻroi islomiya» jamiyati raisinin
g
muovini etib saylandi. Uning atrofiga ilgʻor kishilar toʻplana boshladi. 1918
-yili
Toshkentda «Turk oʻchogʻi» ilmiy
-madaniy jamiyat tuzdi. Bu jamiyat asosiy maqsadi
Turkiston xalqini ma'rifatli qilib tarbiyalash, hamda san'at va madaniyatni rivojlantirish
edi.
Hamza 1910-
yilda Qoʻqondagi mahalliy rus –
tuzem maktabida muallim boʻlib
ishladi va 1911-yilda yangi maktab ochdi, ta'lim-
tarbiya ishlariga ba’zi oʻzgartirishlar
kiritdi. Oʻquvchilarni oʻrganayotgan materiallarini quruq yod olishi samarasiz ekanligini
ayt
di, sinfdan tashqari mashgʻulotlarga alohida e'tibor berdi, ona tili darsini koʻpaytirdi,
yangi darsliklar joriy etdi. Oʻqitgan fanini juda yaxshi bilganligi, yoshlarga mehr bilan
qarashni va muloyim pedagog boʻlgani tufayli, oʻquvchilarning zoʻr hurmati v
a
muhabbatini qozondi. [4, 72]
Hamza xalq maorifi toʻgʻrisida fikrlar ekan, “Ilm
-ma'rifat shunday bir vositaki, uning
yordamida butun ijtimoiy tuzumni yaxshi tomonga oʻzgartirish mumkin, lekin buning
uchun ma'rifat ishlarida hammaning manfaatlarini birga qoʻshish kerak”, deb xulosa
chiqargan. Xalq orasida ilm-ma'rifatni keng yoyishki, ijtimoiy parokandalikni bartaraf
etishning eng samarali vositalaridan biri deb bildi. Hamza ochgan maktablarda aqliy,
jismoniy, estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasi uygʻunlashtirib olib borilar, bu tadbir oʻz
zamonasi uchun ilgʻor bir voqea boʻlib, mazkur maktablarda oʻqitish ishlari bolalarni
insonparvarlik ruhida tarbiyalash aqidalariga asoslangan edi.
Hamza oʻquvchilar oladigan quruq kitobiy, jonsiz, sxolistik, passiv bilimlarni juda
yomon koʻrish bilan birga, kitobni bilim va fikrning eng boy manbai sifatida, insoniyat aqliy
samaralarining buyuk xazinasi va hayotining koʻzgusi sifatida qadrlagan. Lekin
hamma gap
kitobga toʻgʻri munosabatda boʻlishda ekanini, faqat xotirani emas, balki koʻproq
tafakkurni ham ishga solishi kerakligini uqtirgan:
Hamza ta'lim va mustaqil oʻqish bilan hosil qilinadigan bilimlar turli
-tuman va
mukammal boʻlishini istagan. Oʻsmir aqlining oʻsib borishi uchun xilma
-xil ma'naviy oziq
olishi, turli sohalardan xabardor boʻlishi zarur, bu esa uni mahdudlikdan saqlaydi, und
a
dunyoqarashning tarkib topishiga koʻmaklashadi, deb bilgan. Oʻz zamonidagi darsliklar
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olmay tuzilgani, ular uchun tushunish qiyinligi,
koʻp darsliklar bolalarga yot tilda yozilganini qoralagan. [5, 89
-104]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
877
Hamza ta'lim-tarbiya masalasini nazariy jihatdan ishlab chiqish bilap birga
Turkistonda maktablarni qayta qurishning amaliy masalalarini hal qilishda faol qatnashdi.
U 1916-yilda Zavqiy, Ahmadali Aliyev va boshqa jamoat arboblari bilan birgalikda
“Fargʻona
vodiysidagi musulmon aholi orasiga xat-
savod yoyish jamiyati” tuzdi. Jamiyat
pul toʻlab, boshlangʻich maktablar ochdi, ularda darslar oʻzbek tilida olib borildi.
Hamza ilm-
ma’rifatning kuchiga juda katta ahamiyat berdi. Uning fikricha,
bilimlarni xalq ommasi orasiga yoyish ommaning ongini uygʻotishga yordam berishi
mumkin. Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida yangi usul maktabi ochgan. Unda oʻqigan
talabalar tovus
h metodidan foydalanishar va 6 oydan soʻng, savodlari chiqib, imtixon
topshirar edilar. Avloniy ijodining bosh masalasi barkamol insonni tarbiyalashdan iborat
boʻlgan. Ana shunday inson haqidagi gʻoyalar uning faqat darsliklarida emas, balki butun
ijodi
da, ayniqsa, «Sadoiy Turkiston» gazetasida e’lon qilingan «Izzatli insonlar», «Gʻalat»,
«Diqqatman», «Oʻz maishatimizdan», «Istiqboldan orzularim», «Jaholat», «Safohat balosi»
kabi maqolalarida yaqqol aks etgan. Avloniy 1909-yilda Degrez mahallasida yana maktab
ochgan. Bu maktabning oʻquvchilarini yangicha ta'lim mazmuni asosida oʻqitishni zarur
deb hisoblagan.
Avloniy oʻz maktabidagi oʻquvchilar uchun tovush metodikasiga asoslangan
darsliklar yozdi. Uning 1912-
yilda «Birinchi muallim» (alifbo), «Ikkinchi muallim»
(
Alifbodan soʻng oʻqimak uchun) 1913
-
yili «Turkiy guliston yoxud axloq» (yuqori sinf
oʻquvchilari uchun darslik), «Maktab gulistoni darsligi» asarlari Turkiston maktablari
uchun zaruriy qoʻllanma boʻlib xizmat qildi. [6, 72]
XULOSA
Abdulla Avloniyning «Maktab jugʻrofiyasi», «Hisob masalalari», «Uchinchi muallim»
kabi bosilmay qolgan darsliklari oʻzi va yangi usul maktablarida ko‘p foydalanildi. 1923 yil
7-
sinf oʻquvchilari uchun adabiyot majmuasi tuzib nashr ettirdi.
Abdulla Avloniy 1921-
yildan boshlab maorif sohasiga oʻtadi: dastlab oʻlka bilim
yurtida, 1923-yilda xotin-qizlar bilim yurtida mudir, 1924-yilda harbiy maktabda
oʻqituvchi, 1925
-30 yillarda Markaziy Osiyo davlat universitetida dars beradi.
Abdulla Avloniy shoir sifatida ham tanilgan edi. Bugungi kunda Abdulla Avloniyning
“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot
-yo halokat, yo saodat-yo falokat
masalasidur” degan fikri oʻz
davrining innovatsion pedagogik faoliyat asosida
yondashishganliklarini koʻramiz. Jadidlar yangi dunyoviy ta’lim mazmuni yaratish, maorif
tizimini tashkil etish va yangi maktab faoliyatiga asos solish, uning uslublarini
takomillashtirish, barchani ilm ma’rifatga chorlash hamda xalqimiz, Turkiston oʻlkasining
kelajagi taqdiri ilm-
ma'rifat bilan uygʻunligini asoslab berdilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Azizxadjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat-T., 2003-2006
2.
Kudryavsev P.O. Problemnoye obucheniye: istoki i sushnost-Znaniye: 1991.
3.
Selevko G.K. Opit razrabotki teorii pedagogiki sotrudnichestvo-Metod. rekom-ch. 1,2-
Yaroslavl, 1988-1989
4.
Ishmuxammedov R.J. «Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini
oshirish yo‘llari
- T 2000
5.
O.Xasanboyeva va boshqalar. Pedagogika tarixi
–
T. 1992
6.
JADID gazetasi 1924 yil №2 son