Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The importance of spatial parameters in the study of
spatial relations in French and Uzbek languages
National University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
The functions of units representing space in the languages of
the world are actively studied within the framework of such
modern areas as pragmalinguistics, cognitive linguistics and
communicative linguistics. A systematic study of the features of
the expression of units representing space in the French and
Uzbek languages, as well as the development of principles for
their semantic classification, suggests the need for disclosure
based on a new approach. This article highlights the importance
of spatial parameters when studying spatial relationships.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
space,
time,
ravish,
pronoun,
preposition,
subject,
deictic,
nominative,
sign,
localization,
orientation.
Fransuz va o‘zbek tillarida makon munosabatlarini
oʻrganishda makon parametrlarining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
makon,
zamon,
ravish,
olmosh,
predlog,
predmet,
deyktik,
nominatsiya,
ishora,
lokalizatsiya,
Dunyo
tillarida
makonni
ifodalovchi
birliklarning
funksiyalashuv jihatlari pragmalingvistika, kognitiv lingvistika,
kommunikativ lingvistika kabi zamonaviy yoʻnalishlar doirasida
keng tadqiq etilmoqda. Makonni ifodalovchi birliklarning fransuz
va oʻzbek tillarida ifodalanish xususiyatlarini tizimli oʻrganish
hamda ularning semantik tasniflash tamoyillarini ishlab chiqish
yangicha yondashuv asosida ochib berish zaruriyatini taqozo
qiladi. Ushbu maqolada makon munosabatlarini
oʻrganishda
makon parametrlarining ahamiyati yoritib berilgan.
1
Doctoral student, National University of Uzbekistan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
919
yo’nalish.
Важность пространственных параметров при изучении
пространственных отношений во французском и
узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
пространство,
время,
восторг,
местоимение,
предлог,
подлежащее,
дейктический падеж,
именительный падеж,
признак,
локализация,
ориентация.
Функции единиц, репрезентирующих пространство в
языках мира, активно исследуются в рамках таких
современных
направлений,
как
прагмалингвистика,
когнитивная
лингвистика
и
коммуникативная
лингвистика. Систематическое изучение особенностей
выражения единиц, репрезентирующих пространство, во
французском и узбекском языках, а также разработка
принципов их семантической классификации предполагают
необходимость раскрытия на основе нового подхода. В
данной статье подчеркивается важность пространственных
параметров при изучении пространственных отношений.
KIRISH
Zamonaviy tilshunoslikda zamon va makon kategoriyalarini ifodalovchi lisoniy
birliklarni til sohiblarining etnik jihati, milliy qadriyatlari, dunyoqarashi, ruhiyati, lisoniy
tizimda aks etuvchi milliy-madaniy xususiyatlari bo
ʻ
yicha yetakchi ilmiy markazlarda
ushbu hodisaga alohida e
ʼ
tibor qaratilib, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik
kabi yo
ʻ
nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xalq
tilida zamon va makon kategoriyalarining lingvistik nuqtayi nazardan tizimli ravishda
tahlil etish va matn mazmundorligini oshirishdagi ahamiyatini ochib berish alohida
e
ʼ
tiborni tortadi. Shu bois zamon va makon munosabatlarini ifodalovchi til birliklarning
struktur-semantik, grammatik, stilistik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash
tilshunoslik oldida turgan muhim masalalardan biriga aylandi. Zamon va makon obyektiv
xarakterga ega bo
ʻ
lib, materiyadan ajralmaydi, uning harakati bir-biri bilan chambarchas
bog
ʻ
liq miqdoriy va sifatiy cheksizliklarga egadir.
Adabiyotlar tahlili
Makon olamni tashkil etuvchi predmetlarning o
ʻ
zaro joylashish tartibini aks
ettiruvchi, materiyaning masofa va hajm bilan belgilanadigan asosiy obyektiv yashash
shakllaridan biridir. Makon tushunchasi doimo zamon tushunchasi bilan aloqador.
Obyektlar, odatda, zamon va makonda harakatlanuvchanligi, barqarorligi bilan farqlanadi.
Sh.Safarov
“
Pragmalingvistika
”
asarida quyidagilarni yozgan
: “
Muloqot faoliyati uchun
makon va zamon hodisalarining muhimligini unutmaslik kerak. Har bir voqea ma
ʼ
lum
makon va zamonda kechadi hamda u yoki bu hodisa haqidagi axborotni qabul qilayotgan
tinglovchi uning qachon, qayerda sodir bo
ʻ
lganligini bilishga intiladi
”[1, 164].
Bu jihatdan
qaraganda, har qanday matnda zamon va makon ifodalovchilarining boʻlishi tabiiy.
Makon kategoriyasi o’z navbatida yana ichki makon ifodalovchi subkategoriyalarga
ajraladi. Tilshunoslikda makonning yahlit mazmun doirasida lokativ (joylashuv), direktiv
(yoʻnalish), holatni ifodalovchi komponent va tranzitiv (harakat yoʻli) maʼnosiga ega
komponentlar farqlanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
920
Jan-
Pyer Deskles o‘zining bir qancha asarlarida diskursiv makon tushunchasini
tadqiq qilgan. U so’zlovchi o'z nutqini tuzish va olamdagi voqealarni tasvirlash uchun
diskursiv makondan foydalanishlarini tahlil qiladi[2, 14].
Tilda makon kategoriyasi tuzilmasi bir qator lingvistlar tomonidan ham turlicha
tahlil qilingan. Xususan, J.Lich makon kategoriyasida quyidagi tomonlarni ajratgan: joy,
uzunlik, yaqinlik, vertikallik / gorizontallik, shimol / janub, gʻarb / sharq, yoʻnalis
h,
harakat, harakatlanish turlari, holat [3, 343]. A.Nikolova bulardan tashqari makonning
yoʻnalishi, chegaralari, tortish kuchini ham koʻrsatib oʻtgan [4, 15].
O’zbek tilshunoslaridan S.Ikramova umumiy makon maʼnosi doirasida oʻrin
-joy
maʼnosi, makon va uning yoʻnalishi, makon va uning koʻlami, makon va uning qismi kabi
maʼnolarni farqlagan hamda shu asosda makon kategoriyasining oʻrin
-
joy, yoʻnalish,
koʻlam, qi
sm ifodalovchi makon kabi ichki subkategoriyalarga ajratgan [5, 42].
Tahlillar va natijalar
Makon munosabatlarini oʻrganishda makon parametrlarini aniqlab olish
ahamiyatlidir. Borliqda makon parametrlari soʻzlovchi joylashgan makon markazidan
yoʻnaluvchi toʻrt nuqtadan kelib chiqib belgilanadi. Bu makon ishoralari barcha tillarda
mavjud boʻlib, ular turlicha vositalar bilan ifodalanadi. Soʻzlovchi makoni doim markazdan
chiqish nuqtasi boʻlib xizmat qiladi.
Makon markaziga koʻra fransuz tilida: près de, loin de, autour de, parmi, entre, au
milieu de, au dessus de, au dessous de, oʻzbek tilida: yonida, yaqinida, uzoqda, atrofida,
orasida, oʻrtasida, ustida, ostida kabi yoʻnalish birliklar ham mavjud boʻlib, u
lar makonni
nisbatan aniqroq koʻrsatishda ahamiyatlidir.
Makon munosabatlari nominativ va ishora belgilari bilan ifodalanishi ularni ikkiga
boʻlib oʻrganishni taqozo etadi.
1) Nominativ maʼnodagi makon munosabatlari fransuz tilida: école, ville, village,
ville, région, district, village, palais, maison, forêt, champ oʻzbek tilida: maktab, shahar,
qishloq, shahar, viloyat, tuman, ostona, maskan, yer, ovul, hovli, koshona, saro
y, yertoʻla,
uy, oʻrmonzor, dala kabi aniq oʻrin
-
joy makon maʼnolarini nomlashga xizmat qiladi.
2) Ishora belgilari bilan ifodalanuvchi makon munosabatlari fransuz tilida: ici, là, là
-
bas, oʻzbek tilida: bu yer, u yer, oʻsha yer kabi. Ishora belgilari nominativ belgilardan farqli
oʻlaroq matnda muhim ahamiyat kasb etadi. Makon ishora belgilari maʼlum
bir makonga
ishora qilib, oʻsha makonning yoʻnalishi, soʻzlovchiga nisbatan uzoq yoki yaqinda
joylashishini aniqlashtirib keladi. Fransuz tilida koʻrsatish olmoshlari qoʻshma shakli
deyktik maʼno anglatishda zidlik oppozitsiyasiga kirishadi va predmetning
"yaqin" va
"uzoq”ni xarakterlovchi deyktik belgi celui
-ci, celui-
là olmoshlari bilan ifodalanadi. Bunda
si ravishi yaqin turgan predmetga nisbatan, là ravishi esa biroz uzoqroqda joylashgan
predmetga nicbatan qoʻllaniladi. Masalan: De ces deux étudiants c
elui-ci travaille mieux
que celui-
là. (Bu ikki talabadan bunisi unisiga nisbatan yaxshiroq ishlaydi.) Jʼaime le
théâtre et le cinéma, mais je préfère celui
-
ci (le cinéma) que celui
-
là (le théâtre). (Men teatr
va kinoni yaxshi koʻraman, ammo teatrga nisbatan kinoni afzal koʻraman) [6, 59] kabi.
Oʻzbek tilida uzoq/yaqin makonga ishora belgilari boʻlishsizlik, belgilash, gumon
olmoshlari yordamida ham ifodalanib, ular shaxs, predmetning nutq jarayoniga nisbatan
xarakterlovchi boshqa deyktik belgilardan farq qiladi. Ular makon koʻrsatishda aniqlikda
n
uzoqlashadi. Masalan: Uni hech qayerdan topolmadilar. Buni har qayerdan topsa boʻladi.
Qayerdadir kakku sayramoqda. Ushbu misollardan koʻrinadiki, oʻzbek tilida boʻlishsizlik,
belgilash, gumon olmoshlari noaniq va faqat uzoq masofadagi makonga ishora qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
921
Fransuz tilida bunday olmoshlar turi mavjud emas. Lekin bunday maʼnolar ravishlarda
koʻrinadi. Ravish turlari ichida oʻrin ravishlari makon koʻrsatuvchi deyktik maʼnoga ega
ekanligi bilan xarakterlanadi. P.Robert fransuz tili izohli lugʻatida oʻrin ravishl
arining
makon koʻrsatish xususiyati, yaʼni oʻsha makonda koʻrinadigan va koʻrinmaydigan joylarga
ishora qilishiga koʻra ularning maʼnolarini chegaralaydi [7, 9]. Koʻrinadigan va
koʻrinmaydigan makon ishora belgilari, soʻzlovchining koʻrsatilayotgan makonga
uzoq
yoki yaqinda turganiga ham ishora qiladi. Bunda makon markaziga nisbatan uzoqlashish
darajasini aniqlashda makon moʻljalining boshlanish nuqtasida soʻzlovchi turadi, u oʻzi
turgan oʻringa nisbatan oraliq masofani, yoʻnalishni belgilaydi. Fransuz tili
da yaqinni
ifodalovchi oʻrin ravishlarga: ici (shu yerda), près (yaqin), devant (oldida), dedans (ichida)
kabilar, uzoqni ifodalovchi oʻrin ravishlarga: là (u yerda), y (u yerda, u yoqqa), ailleurs
(boshqa joyda), partout (hamma yerda), nulle part (hech
qayerda), loin (uzoqda), derrière
(orqada), dehors (tashqi tarafda) kabilar kiradi. Soʻroq olmoshi ham makon koʻrsatish
xususiyatiga ega boʻlib, joyni bildiruvchi soʻzlarga beriladigan “où”
-
qayerda soʻrogʻi bilan
uzoq/yaqindagi noaniq makonga, “dʼoù”
- q
ayerdan soʻrogʻi bilan faqat uzoqdagi noaniq
makonga ishora kiladi. Masalan:
Où
habitez vous?(
Qayerda
yashaysiz?)
Dʼoù
venez vous?
(
Qayerdan
kelyapsiz?).
V.Korneva oʻz tadqiqotlarida ravishlar bilan ifodalangan makon moʻljalining 3 turi
farqlanishini aytadi[8, 35]. Bu holatni fransuz tilida quyidagicha ifodalash maqsadga
muvofiqdir:
a) soʻzlovchi mavjud boʻlgan makon (ici): “Nʼai pas peur, Marcel, je suis ici. Est
-ce
quʼils tʼont frappé? [9, 71]”
b) tinglovchi makoni (là): “Restez
là
, dit Maigret, je viens[9, 62]”.
v) oʻzga shaxs makoni (là
-bas):
Là
-bas
, près du pont, un pêcheur surveillait sa
ligne…[9, 82].
Oʻzbek tilida esa oʻrin ravishlariga mansub boʻlgan deyktik ravishlarning makonga
ishora maʼnosi quyidagi 3 xil koʻrinishida tadqiq etilgan:
a) “soʻzlovchi turgan oʻrin” (shu yerda,
bu yerda);
b) “harakatning boshlangʻich nuqtadan yoʻnalishi” (bu yerdan, shu yerdan);
v) “harakatning tugallanish nuqtasi” (shu yergacha, u yergacha).
Albatta, bu oʻrinda kelishik qoʻshimchalarining grammatik maʼnolari ham katta
ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tasnifi holatni toʻliq ifodalamaydi. Bu oʻrinda oʻzbek tilida oʻrin ravishlarining
deyktik ifodalanishini soʻzlovchi, tinglovchi va oʻzga shaxs makon munosabatiga koʻra
quyidagicha izohlash mumkin.
a) soʻzlovchi mavjud boʻlgan makon (bu yer, shu yer): —
Ammo yasholmayman bu
yerda! Oʻzimni oʻldiraman[10, 30]!
b) tinglovchi makoni (u yer):
—
Mehmon gap orasida ikki yildan beri Leningradda
yashayotgani, u yerda yangi bir institut ochilib, uni professor sifatida taklif qilishganini
aytdi[11, 42].
v) oʻzga shaxs makoni (oʻsha yer): Ahrorning dadasi oʻsha yerda ekan. Bitta qoʻy
soʻyib berdi[11, 41].
Xulosa
Makon ko’rsatish parametrlari yuqorida aytilganidek, koʻp tadqiqotlarda, asosan,
ravishlar, koʻrsatish olmoshlari va ayrim yoʻnalish munosabatli feʼllar bilan ifodalanilishi
koʻrib oʻtilgan. Tilshunoslar makon ko’rsatish parametrlarining semantik xususiyat
ini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
922
yoritishda, asosan, zidlik munosabati asosida yondashadilar. Makon lokalizatorining
nutqiy muloqotda qoʻllanilishi soʻzlovchi va tinglovchining makon koordinatsiyasi
markazidagi oʻrni va shu koordinatsiya oʻqiga nisbatan uzoq yoki yaqin masofaga,
yoʻnalishiga bogʻliqligi taʼkidlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Monografiya.
–
Toshkent: Oʻzbekiston Milliy
ensiklopediyasi, 2008.
–
164
2. Desclés, J.
-
P. Langages et espaces. Éditions du CNRS., Paris, 1991
3. Яковлева Е.С. Фрагменты русской языковой картины мира (модели
пространства, времени и восприятия). –
М.: Гнозис, 1994. –
343
4. Николова А. Функциональная грамматика. Способы выражения
пространственных значений в русском языке. –
Шумен, 1997. –
С.15
5. S. Ikramova. Olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasi va milliy oʻziga
xoslik. Filol.fan.boʻyicha falsafa dokt. (PhD) ..dis.avtoref. —
Fargʻona, 2018. 42 b.
6. Alimirzayev O.A., Joʻrayev T.A. Fransuz tili morfologiyasiga oid uslubiy qoʻllanma.
—
Toshkent, 2010.
—
B. 59.
7. Robert P. Dictionnaire alphabétique de la langue français(6 tomes & supplément).
—
Paris, Société du Nouveau Littré/Le Robert, 1978. —
R. 9.
8. Korneva V.V. Ispanskiye deykticheskiye narechiya v zerkale russkix narechiy //
Vestnik. № 1. —
Voronej: VGU, 2004.
—
S. 35.
9. Georges Simenon. Maigret tend un piège. —
Hachette-
Éducation, 2003. —
P. 71.
10. Oʻtkir Xoshimov. Tushda kechgan
umrlar.
—
Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 2002.
—
B. 30.
11. Oʻlmas Umarbekov. Odam boʻlish qiyin. —
Toshkent: Sharq, 2007.
—
B. 42.