Авторы

  • Дилноза Халикова
    Преподаватель, кафедра общего языкознания, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67399

Ключевые слова:

международные слова узбекский язык фонетическое усвоение морфологическое усвоение семантическое усвоение глобализация лингвистика национальный язык международные термины

Аннотация

Данная статья посвящена изучению интернациональных слов и процессам их ассимиляции в узбекском языке. Путем анализа фонетических, морфологических и семантических аспектов интернациональных слов показано, как они влияют на национальный язык, а также показаны положительные и отрицательные стороны этого процесса. В статье рассматривается роль интернациональных слов в обогащении узбекского языка и его интеграции с мировой наукой и культурой, а также вопросы сохранения национальной идентичности.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

International words and methods of their assimilation
into the Uzbek language

Dilnoza KHALIKOVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

This article is devoted to the study of international words

and the processes of their assimilation into the Uzbek language.

Analyzing the phonetic, morphological, and semantic aspects of
international words, how they influence the national language,

and the positive and negative aspects of this process are shown.
The article covers the role of international words in the
enrichment of the Uzbek language and its integration with

international science and culture, as well as issues of national
identity preservation.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp127-131

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

international words,

Uzbek language,

phonetic acquisition,

morphological acquisition,

semantic acquisition,

globalization,

linguistics,

national language,

international terms.

Internatsional so‘zlar va ularni o‘zbek tiliga o‘zlashtirish

usullari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

internatsional so‘zlar,

o‘zbek tili,

fonetik o‘zlashtirish,

morfologik o‘zlashtirish,

semantik o‘zlashtirish,

globalizatsiya,

tilshunoslik,

milliy til,

xalqaro atamalar.

Ushbu maqola internatsional so‘zlar va ularni o‘zbek tiliga

o‘zlashtirish

jarayonlarini

o‘rganishga

bag‘ishlangan.

Internatsional so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik
jihatlarini tahlil qilish orqali ularning milliy tilga qanday ta’sir
ko‘rsatishi hamda bu jarayonning ijobiy va salbiy tomonlari

ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada o‘zbek tilining boyishi va xalqaro

ilm-fan, madaniyat bilan integratsiyalashuvidagi internatsional

so‘zlarning roli hamda milliy o‘zlikni saqlash masalalari

yoritiladi.

1

Teacher, General Linguistics Department, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: khdilnozm@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

128

Международные слова и способы их ассимиляции

в узбекский язык

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

международные слова,

узбекский язык,

фонетическое усвоение,

морфологическое

усвоение,

семантическое усвоение,

глобализация,

лингвистика,

национальный язык,

международные термины.

Данная

статья

посвящена

изучению

интернациональных слов и процессам их ассимиляции в

узбекском

языке.

Путем

анализа

фонетических,

морфологических

и

семантических

аспектов

интернациональных слов показано, как они влияют на

национальный язык, а также показаны положительные и

отрицательные стороны этого процесса. В статье

рассматривается роль интернациональных слов в

обогащении узбекского языка и его интеграции с мировой

наукой и культурой, а также вопросы сохранения

национальной идентичности.

KIRISH

Globalizatsiya davrida turli tillar o‘rtasidagi aloqalar

kuchaygan sari milliy tillarga

kirib kelayotgan internatsional so‘zlar soni ortib bormoqda. Internatsional so‘zlar –

dunyoning ko‘plab tillarida umumiy shaklda qo‘llaniladigan va odatda ilmiy, texnik,

siyosiy yoki madaniy sohalarga oid atamalardir. O‘zbek tiliga ham bunday so‘zlar uzoq

vaqtdan beri kirib kelmoqda va hozirgi kunda ham bu jarayon faol davom etmoqda.

Mazkur maqola internatsional so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashtirilish jarayonlarini ko‘rib

chiqadi va ularni o‘zbek tili tizimiga qanday moslashtirilishini tahlil qiladi. Bunda

internatsional so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik o‘zgarishlari hamda ularning

milliy tilga ta’siri o‘rganiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Ushbu maqolada internatsional so‘zlar haqida bir necha xorijiy hamda mahalliy

olimlarning tadqiqotlari o‘rganildi, jumladan, A.V.

Superanskaya [10], A.A. Reformatskiy

[9], Sh.

Safarov [6] kabi tilshunos olimlarning ishlari internatsional so‘zlarning kirib

kelish sabablari va ularning milliy tilga ko‘rsatadigan ta’sirini tushuntirib berishni

nazarda tutadi. Ushbu olimlar so‘zlarning fonetik va morfologik o‘zgarishlarini hamda

ularning milliy tilga moslashuv jarayonlarini chuqur tahlil qilganlar. Z.M. Mamatov [2],

N.B.

Tolibova [7] singari o‘zbek olimlarining tadqiqotlari bu so‘zlarning o‘zbek tiliga

qanday kirib kelgani va qaysi sohalarda ko‘proq qo‘llanilishi haqida qimmatli

ma’lumotlar beradi. Bu ilmiy asarlar internatsional so‘zlarning o‘zbek tili tizimida

o‘zlashtirilish mexanizmlarini tahlil qilgan. Adabiyotlarni tahlil natijasi shuni ko‘rsatdiki,

internatsional so‘zlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi tilning boyishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi, ammo ortiqcha qo‘llanilishi milliy tilning o‘ziga xosligini yo‘qotish xavfini

tug‘diradi. Shu bois, bu so‘zlarni milliy tilga moslashtirish jarayoni aniq va ehtiyotkorlik

bilan olib borilishi lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada quyidagi ilmiy tadqiqot metodlari qo‘llanilgan: taqqoslash va

tahlil qilish, lingvistik tahlil metodi, deskriptiv usul, etimologik tahlil. Ushbu metodlar

yordamida internatsional so‘zlarning o‘zbek tilida qanday shaklda ishlatilishi va ularning

boshqa tillardagi shakllaridan farqlanishi, so‘zlarning ma’no torayishi, kengayishi yoki

o‘zgartirilishi, internatsional so‘zlarning o‘zbek tili kontekstida qanday tarzda

qo‘llanilishi kabilar tahlil etildi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

129

TAHLIL VA NATIJALAR

Til xalqning madaniy merosi bo‘lib, u milliy ong va tafakkurning ifodachisi

hisoblanadi. Ammo globalizatsiya jarayonlari tufayli har bir millat tili turli xalqlarning

tillariga xos bo‘lgan internatsional so‘zlar bilan boyib bormoqda. O‘zbek tili lug‘at

tarkibining boyishida ichki manba imkoniyatlari muhim asos hisoblanadi. Shunga

qaramasdan, dunyodagi hech bir til o‘z ichki manbalarigagina tayanib ish ko‘rmaganidek,

o‘zbek tili uchun ham faqat o‘z so‘zlari, o‘z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya

qilmaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibining boyish va takomillashuvida tashqi manba muhim

rol o‘ynaydi. Internatsional so‘zlar –

turli tillarda bir xil shaklda, lekin ba’zan ma’no

jihatdan farqlanuvchi so‘zlardir. O‘zbek tilida ham internatsional so‘zlar ko‘p yillik tarixga

ega bo‘lib, tilimizda ularni o‘zlashtirish jarayoni doimiy rivojlanib kelmoqda.

Internatsional so‘zlar asosan ilmiy

-texnikaviy, madaniy va iqtisodiy aloqalar

kuchaygan zamonaviy dunyoda shakllanadi. Bunday so‘zlar, asosan, yunon va lotin

tillaridan kelib chiqqan bo‘lib, dunyoning ko‘pgina tillarida umumiy shaklda ishlatiladi.

Misol uchun, “demokratiya”, “internet”, “futbol” kabi so‘zlar xalqaro miqyosda qo‘llanadi

va har bir milliy til o‘z lug‘at boyligiga ushbu so‘zlarni o‘zlashtirgan holda kirgan.

O‘zbek tili o‘zining ko‘p asrlik rivojlanish yo‘lida internatsional so‘zlardan keng

foydalanib kelgan. Ayniqsa, XX asr boshidan boshlab o‘zbek tiliga ko‘plab rus va yevropa

tillaridan internatsional so‘zlar kirib kela boshladi. Ushbu so‘zlar ko‘pincha iqtisodiyot,

fan-

texnika, siyosat va madaniyat sohalariga oid bo‘lib, zamonaviy o‘zbek tilining

boyishini ta’minlaydi. Misol uchun, “kompyuter”, “market”, “globalizatsiya” kabi so‘zlar

hozirgi zamon o‘zbek tilining tarkibiy qismi sifatida qabul qilindi.

E.

Begmatov o‘zbek matnlarida chet til so‘zining uchrashi hali bu o‘sha so‘zning

o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgani, kirganini bildirmasligini, shu tufayli bunday matnlarda

uchrovchi chet til so‘zlarini o‘zlashma so‘zlar va qo‘llanma so‘zlar kabi ikki guruhga

bo‘lish kerakligini qayd etadi [8, 84].

O‘zlashma so‘zlar qabul qilayotgan til me’yorlariga har jihatdan bo‘ysungan bo‘lib,

dastlabki davrlarda neologizm xususiyatini namoyon etsa-da, keyinchalik tilning leksik-

semantik tizimiga batamom singib ketadi, til jamoasiga o‘z so‘zidektuyuladi. Qo‘llanma

so‘zlar esa genetik jihatdan boshqa tilniki bo‘lgani holda o‘zga tillarda ham uchrovchi

leksemalar bo‘lib, vazifasi va lisoniy tuzilishiga ko‘ra ekzotik leksika yoki ekzotizmlar

hamdakiritma so‘z va iboralar, ya’ni chet til kiritmalari (“inostrannievkrepleniya”) kabi

ikki toifaga ajratiladi [8, 88].

O‘zlashma so‘zlarning o‘zlashuvi turlicha kechadi: ba’zi o‘zlashmalarning tilga

singishi uchun uncha ko‘p vaqt talab etilmaydi, ba’zi so‘zlarning o‘zlashuvi esa uzoq

davom etadigan jarayondir. Ayrim o‘zlashmalar til leksik tizimiga shunchalik tabiiy

ravishda kirib ketgan bo‘lsa, boshqa qismida esa manba til tarovati saqlanib qolgan. Ya’ni,

birinchi guruhdagi so‘zlar xalq hayotida ishlatiladigan mavjud narsa, buyum yoki

voqelikni ifodalagani yoki ma’lum ilm

-

fan sohasi atamasi sifatida qo‘llana boshlagani

tufayli tez-

tez ishlatilib, tilda o‘zlashma so‘zlar maqomini olib ulgurgan. Keyingisi esa til

sohibi uchun notanishligi tufayli shu tilga butunlay o‘zlashib ketmagan yoki faqat ma’lum

matndagina qo‘llanib, o‘zga xalq voqeliginiaks ettirishga xizmat qiladi.

O‘zbek tiliga internatsional so‘zlarni o‘zlashtirish bir necha yo‘nalishda amalga

oshiriladi:

1)

fonetik o‘zlashtirish. Internatsional so‘zlar asl shaklini deyarli saqlab qolgan holda

tilimizga kiradi, lekin tovush tarkibida milliy tilning o‘ziga xos tovush xususiyatlariga

moslashadi. Masalan, “kompyuter” so‘zi o‘zbekcha talaffuzda ham “kompyuter” deb aytiladi,

lekin o‘zbek fonetikasi talablariga ko‘ra tovushlar o‘zgartirilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

130

“Kompyuter” so‘zi inglizcha

computer

so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aslida lotincha

computare

(“hisoblash”) so‘zidan olingan. Bu atama dastlab hisoblash mashinalariga

nisbatan ishlatilgan. So‘zlarning bunday o‘zlashtirilishi transkripsiya va translitiratsiya
hodisasi bilan bog‘liqdir.

Tarjima transformatsiyalari tarjimada lug‘at muvofiqligi bo‘lmaganda yoki ushbu

kontekst shartlarida qo‘llanilmaslik xolatlarida, turli matnlarni tarjima qilishda tarjimon

ishlatadigan tarjima usullari sifatida ko‘rib chiqiladi.

G‘.

Rahimovning “Tarjima nazariyasi va amaliyoti’ nomli kitobida quyidagicha ta’rif

beriladi: “Transkriptsiyada so‘zning so‘zlashish shakli, transliteratsiyada esa uning grafik

shakli qayta yaratiladi [5];

2)

morfologik o‘zlashtirish. Internatsional so‘zlar o‘zbek tilining morfologik

qonunlariga bo‘ysunadi, ya’ni ularning o‘zaklari o‘zbek tiliga moslashgan holda yangi

so‘zlar hosil qilish imkonini beradi. Masalan, “demokratiya” so‘zidan “demokratik”,
“demokratlashtirish” kabi yangi so‘zlar hosil qilinadi.

“Demokratiya” so‘zi yunoncha

demos

(xalq) va

kratos

(hokimiyat) so‘zlaridan kelib

chiqqan bo‘lib, u “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi.

“Kompyuter” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilganida o‘zbekcha affikslar yordamida yangi so‘z

shakllarini hosil qilish imkonini beradi. Masalan, “kompyuterlashtirish” (fe’l),

“kompyuterchi” (ish bilan bog‘liq kasb yoki shug‘ullanuvchi shaxs), “kompyuterlashtirilgan”
(sifat) kabi so‘zlar yaratildi;

3)

semantik o‘zlashtirish. Ba’zi internatsional so‘zlar o‘z ma’nosini o‘zbek tilida

kengaytiradi yoki torayadi. Masalan, “internet” so‘zi aslida global tarmoqni bildirsa

-da,

o‘zbek tilida ba’zan shunchaki “tarmoq” ma’nosida qo‘llaniladi;

4)

sinonimik o‘zlashtirish. Internatsional so‘zlar ba’zida milliy sinonimlari bilan bir

qatorda ishlatiladi. Masalan, “demokratiya” so‘zi bilan birga “xalq hokimiyati” ifodasi ham
qo‘llanadi. Bu esa tilning boyib borishi va xalqaro hamda milliy o‘zlikning birgalikda

saqlanishiga yordam beradi.

Undan tashqari muloqatimiz davomida ko‘p qo‘llaydigan “globalizatsiya” so‘zi

inglizcha

globalization

atamasidan olingan bo‘lib, “global” (butun dunyo) so‘zidan kelib

chiqqan. Lotincha

globus

(“yer shari”) so‘zidan hosil qilingan. So‘z fonetik jihatdan o‘zbek

tiliga deyarli o‘zgarmagan holda kirib kelgan: [globalizatsiya]. O‘zbek talaffuziga mos
ravishda yumshoq tovush o‘zgarishlari bilan aytiladi.

Morfologik o‘zlashuv uslubiga ko‘ra “globalizatsiya” so‘zidan “global” (sifat),

“globalizatsiyalashuv” (jarayon), “globalist” (fikr yurituvchi yoki tarafdor) kabi shakllar

yaratiladi. Bu o‘zbek tilida internatsional so‘zning morfologik jihatdan faol
o‘zlashtirilganini ko‘rsatadi. Semantik jihatdan “globalizatsiya” so‘zi o‘zining xalqaro

ma’nosini saqlab qolgan –

ya’ni, dunyo iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan birlashuv

jarayoni. O‘zbek tilida bu atama xalqaro miqyosda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ifodalash

uchun keng qo‘llanadi.

Tadqiqot natijalari sifatida shuni keltirib o‘tish mumkinki, internatsional so‘zlar

milliy tilning boyishiga va jahon ilm-

fan, madaniy hayoti bilan uyg‘unlashishiga xizmat

qiladi. Ammo ularning haddan tashqari ko‘p qo‘llanishi milliy tilning o‘ziga xosligini

yo‘qotish xavfini ham tug‘diradi. Shu sababli internatsional so‘zlarni o‘zlashtirish
jarayonida o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va grammatik qoidalarini saqlab qolish

muhimdir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

131

XULOSA VA TAKLIFLAR

Internatsional so‘zlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi –

bu tilimizning zamonaviy

rivojlanish jarayonining tabiiy bir qismi. Ularning o‘zlashtirilishi turli yo‘llar orqali

amalga oshiriladi, bu jarayon esa tilning boyib borishiga, dunyo xalqlari bilan

yaqinlashishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, internatsional so‘zlarni maqsadga muvofiq
va oqilona qo‘llash milliy tilning tozaligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tilshunoslar va adabiyotshunoslar uchun bu masala ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilishi va

kelajak avlodga aniq tavsiyalar berilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language.

Cambridge: Cambridge

University Press, 2010.

573 p.

2.

Mamatov Z.M. O‘zbek tilida internatsional so‘zlarning o‘zlashuvi. –

Toshkent:

Fan nashriyoti, 2010.

210 b.

3.

Normurodov S.

Globalizatsiya va o‘zbek tilining rivoji. –

Toshkent: Innovatsiya

markazi, 2018.

180 b.

4.

Nosirova Z.L. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING ROLI VA

AHAMIYATI // Scientific progress. 2022. №4. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/o-

zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-zlarning-roli-va-ahamiyati

5.

Rahimov G‘. Tarjima nazariyasi va amaliyoi. –

T.: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2016.

B.129-132.

6.

Safarov Sh. Tilshunoslik nazariyalari.

Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti,

2005.

280 b.

7.

Tolibova N.B. Internatsional so‘zlar va ularning o‘zbek tilidagi rivoji. –

Toshkent:

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2013. –

198 b.

8.

Жамоа муаллифлар. Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент: Фан, 1981.

9.

Реформатский А.А. Введение в языковедение. –

Москва: Наука, 2001. –

412 с.

10.

Суперанская А.В. Базовая лексикология.

Москва: Наука, 1990.

342 с.

11.

Хабибуллина З. Международные слова в национальном языке. –

Москва:

Прогресс, 1997. –

254 с.

12.

Шaроповa Р.Ж. ЎЗБЕКЧ

A

НУТҚД

A

ГИ ЧЕТ СЎЗЛ

A

РНИНГ ХУСУСИЯТЛ

A

РИ //

So

z

san

ati

xalqaro

jurnali.

2020.

№5.

B.

70-76.

URL:

https://tadqiqot.uz/index.php/art/article/view/3400

Библиографические ссылки

Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – 573 p.

Mamatov Z.M. O‘zbek tilida internatsional so‘zlarning o‘zlashuvi. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2010. – 210 b.

Normurodov S. Globalizatsiya va o‘zbek tilining rivoji. – Toshkent: Innovatsiya markazi, 2018. – 180 b.

Nosirova Z.L. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING ROLI VA AHAMIYATI // Scientific progress. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-zlarning-roli-va-ahamiyati

Rahimov G‘. Tarjima nazariyasi va amaliyoi. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2016. – B.129-132.

Safarov Sh. Tilshunoslik nazariyalari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2005. – 280 b.

Tolibova N.B. Internatsional so‘zlar va ularning o‘zbek tilidagi rivoji. – Toshkent: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2013. – 198 b.

Жамоа муаллифлар. Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент: Фан, 1981.

Реформатский А.А. Введение в языковедение. – Москва: Наука, 2001. – 412 с.

Суперанская А.В. Базовая лексикология. - Москва: Наука, 1990. - 342 с.

Хабибуллина З. Международные слова в национальном языке. – Москва: Прогресс, 1997. – 254 с.

Шaроповa Р.Ж. ЎЗБЕКЧA НУТҚДAГИ ЧЕТ СЎЗЛAРНИНГ ХУСУСИЯТЛAРИ // So‘z san’ati xalqaro jurnali. 2020. №5. – B. 70-76. URL: https://tadqiqot.uz/index.php/art/article/view/3400