Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Improving the professional communicative competence of
students in English language lessons
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
25 August 2024
This article highlights technology-intensive methods,
multimedia tools, simulations, role-playing and group work
activities for improving students' professional communicative
competence in English classes. These methods allow students to
develop their ability to communicate effectively, solve problems
and think creatively in a professional environment.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
professional language,
communicative competence,
role-playing,
simulation,
group activity,
thinking,
multimedia learning,
educational platforms,
intercultural competence,
creative thinking,
problem-solving
Ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy kommunikativ
kompetentsiyasini takomillashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kasbiy til,
kommunikativ
kompetentsiya,
rol oʼynash,
simulyatsiya,
gruh faoliyati,
fikrlash,
multimediali taʼlim,
Ushbu maqola ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy
kommunikativ
kompetentsiyasini
takomillashtirish
texnologiyalari intensiv metodlar, multimedia vositalar,
simulyatsiyalar, rol oʼynash va gruh bo’lib ishlash faoliyatlarini
yoritib berilgan. Yuqoridagi usullar talabalarga professional
muhitda samarali aloqa qilish, muammolarni hal qilish va kreativ
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi.
1
Independent researcher, Namangan State University. E-mail: dildorajabborova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
240
taʼlim platformalari,
madaniyatlararo
kompetentsiya,
kreativ fikrlash, muammoni
hal qilish.
Совершенствование
профессионально
коммуникативной
компетентности студентов на занятиях
английского
языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
профессиональный язык,
коммуникативная
компетентность,
ролевые игры,
симуляция,
групповая деятельность,
мышление,
мультимедийное
обучение,
образовательные
платформы,
межкультурная
компетентность,
творческое мышление,
решение проблем
.
В этой статье освещаются технологически интенсивные
методы, мультимедийные инструменты, симуляции,
ролевые игры и групповые рабочие задания для улучшения
профессиональной
коммуникативной
компетенции
студентов на занятиях по английскому языку. Эти методы
позволяют студентам развивать свою способность
эффективно общаться, решать проблемы и творчески
мыслить в профессиональной среде
.
KIRISH
Hozirgi kunda pedagogik mahoratning sir-
asrorlarini egallash asoslari oliy taʼlim
muassasalarida tahsil olish jarayonida ijobiy samara berishi, undagi imkoniyatlarning
mavjudligi, shu faoliyat jarayonida nazariy bilim, amaliy koʼnikma va malakalarni
oʼzlashtirishi yuksak samara berishini isbotlamoqda. Shunday ekan, boʼlajak
mutahasislarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini zamon talablari asosida shakllantirish,
shunday mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga katta maʼsuliyat yuklaydi.
Har bir ol
im ta’lim bitiruvchisining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirishga, ularda
zarur bilim, koʼnikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilishi dolzarb muammo kasb
etadi. Shu oʼrinda biz maqolada ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy kommunikativ
kompetentsiyasini takomillashtirish texnologiyasini tahlil etdik.
Adabiyotlar tahlili
Ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetentsiyasini
takomillashtirishning turli usullari va texnologiyalari mavjud. Bular talabalarning
professional faoliyatida muvaffaqiyatli boʼlishi uchun kerakli til va kommunikativ
koʼnikmalarin
i rivojlantirishga yordam beradi.
Kasbga yo’naltirish asosida oʼqitish
Kasbga yo’naltirish kontekstda oʼqitish –
bu taʼlim sistemasida hozirgi kunda
tadbirkorlik, mutaxassislik va professional faoliyatning real shartlariga muvofiq ravishda
olib boriladigan taʼlim jarayonidir [1]. Bu usulda taʼlim oluvchilarga faqat nazariy
bi
limlarni emas, balki amaliy koʼnikma va kompetentsiyalar berishga ham alohida eʼtibor
berilgan. Bu texnologiya quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
241
-
Darslarni talabalarning kasblari bilan bogʼlash: materiallar va mashqlar
talabalarning kelajakdagi faoliyatiga mos boʼlishi zarur;
-
Maʼruzalar, toʼgʼridan
-
toʼgʼri fan dasturlari vositasida kasbiy atamalar va
tushunchalarni oʼrgatishi kerak;
- Ingliz tilida nutq namunalari: talabalarga ingliz tili darslarida autentik materiallar
yordamida kasbiy sohalarida keng tarqalgan til funksiyalari va nutq shakllarini
kuzatish va tahlil qilish, so'rovlar qilish, ko'rsatmalar berish, ma'lumotlarni taqdim
etish yoki professional munozaralarda qatnashish kabi muayyan funksiyalarni bajarish
uchun til qanday ishlatilishini aniqlashlari uchun imkon yaratish lozim;
- Kasbiy muloqot strategiyalari: professional kontekstlarda keng tarqalgan aloqa
strategiyalari, o'z sohasi doirasida mutaxassislarning o'z muloqotlarini qanday
tuzayotganini, ishontiruvchi tildan foydalanishini, muzokaralar olib borishini va rasmiy
yoki norasmiy nutqda qatnashishini kuzatishi lozim;
- Pragmatik tildan foydalanish: professional kontekstlarda tildan
foydalanishning pragmatik jihatlarini, masalan, xushmuomalalik strategiyalari,
bilvosita muloqot va madaniy tildan foydalanishni ochib beradi [2].
Kasbga yo’naltirish asosida o’qitish yondashuvi nafaqat talabalarning ingliz tilida
nutq qobiliyatlarini oshiradi, balki ularni kasbiy kontekstlarning muloqot talablarini
samarali boshqarishga tayyorlaydi.
Leksiya va auditoriya faoliyati
Leksiya va auditoriya faoliyati taʼlim jarayonida muhim elementlardan biri boʼlib,
ular bilimlar uzatish va oʼrganish uchun samarali vositalar hisoblanadi. Oʼrganish
jarayonida sharoitlarni, metodlarni va formalarni hisobga olish zarur. Uning quyidagi
elementlari mavjud:
- Talabalarni muammolarini hal qilish, loyiha tayyorlash va prezentatsiyalarni
amalga oshirish uchun muloqot qilishga oʼrgatish.
-
Rol oʼynash (role
-play) va simulyatsiyalarni faollashtirish, bu talabalarga aniq
professional vaziyatlarda faol ishtirok etish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, leksiya va auditoriya faoliyati taʼlim jarayonining ikki muhim
va bogʼliq qismi boʼlib, ular talabalarning bilimlarini mustahkamlash va koʼnikmalarini
rivojlantirishda muhim rol oʼynaydi.
Gruhlarda ishlash (team working)
Gruh faoliyatlari
–
bu guruh ichida ishtirokchilarning birgalikda faoliyat olib
borishini nazarda tutadi. Ushbu faoliyatlar, odatda, maʼlum maqsadni amalga oshirish,
muammolarni hal qilish, yangiliklar yaratish yoki bilimlarni almashish uchun tashkil
qilis
hadi. Gruh faoliyatlari taʼlim, biznes, ijtimoiy, va boshqa sohalarda keng qoʼllaniladi
[1]. Gruh faoliyatlari taʼlimda quyidagilarda asoslanadi:
-
Gruhda ishlashni tashkil qilish, bu talabalarning jamoaviy ishlash va ogʼzaki nutq
koʼnikmalarini rivojlantiradi.
-
Talabalarga aqliy xujum(brainstorming) faoliyatlarini oʼtkazish, bu esa kreativ
fikrlashni ragʼbatlantiradi.
Taʼlimda gruh faoliyatlari talabalarning samaradorligini oshirish, hamkorlik olib
borish, jamoa ichida faoliyatini kuchaytirish va koʼnikmalarni rivojlantirish uchun yaxshi
vosita hisoblanadi. Bu, xususan, shu munosabat bilan davom ettirilgan pedagogik
printsiplar bilan samarali natijalarni olinishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, guruh
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
242
faoliyatlari samarali va manzilli faoliyatlar boʼlib, professional va ijtimoiy bilimlarni
rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Multimedia texnologiyalari
Multimedia texnologiyalari
–
bu tekst, grafika, animatsiya, video, audio va interaktiv
elementlarni oʼz ichiga oluvchi, maʼlumotlarni va kontentni uzatish va namoyish qilish
uchun foydalaniladigan zamonaviy texnologik vositalar va usullar jamlamini anglatadi [3].
Bu texnologiyalar taʼlim, reklama, koʼngilochar, tadqiqot va boshqa koʼplab sohalarda faol
qoʼllaniladi.
-Onlayn platforma va resurslardan foydalanish, videolar, audio yozuvlar va
interaktiv manbalar orqali talabalarni tilni real dunyoda qanday ishlatilayotganini
koʼrsatish. Talabalarga videolarni toʼgʼri tushunish, ular asosida muhokama qilish va
oʼrganganlarini amaliy faoliyatlarga qoʼllash.
Multimedia texnologiyalari zamonaviy dunyoning muhim bir qismi boʼlib, ular
maʼlumot almashish va taʼlim berish jarayonlarini samarali formatda taʼminlash uchun
vositadir. Ular foydalanuvchilarning qiziqishini, diqqatini va tushunchalarni
kengaytirishda mu
him rol oʼynaydi. Ushbu texnologiyalar, xususan, taʼlim, marketing,
ijtimoiy medialar va koʼngilochar sohalarda davlatning rivojlanishi uchun katta
ahamiyatga ega [4].
Аloqa va moslashuvchanlik
Аloqa va moslashuvchanlik texnologiyasi —
bu, asosan, maʼlumotlarni uzatish,
qabul qilish va ulashish jarayonlarini taʼminlovchi texnologiyalar toʼplamidir. Bu
texnologiyalar fizik, ijtimoiy va iqtisodiy muhitda bir-
biri bilan aloqada boʼlgan insonlar va
q
urilmalar oʼrtasida muomala qilish uchun moslashuvchanlikni taʼminlaydi. Аloqa va
moslashuvchanlik texnologiyalari taʼlimda muhim rol oʼynaydi. Ularning samarali
foydalanilishi talabalar va oʼqituvchilar oʼrtasida malakali aloqani oʼrnatish, taʼlim
jarayon
ini takomillashtirish va oʼzgartirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi [4].
Quyidagi nuqtalarda taʼlimdagi aloqa va moslashuvchanlik texnologiyalarining asosiy
samaradorliklari keltirilgan:
-
Talabalarga global kontekstda aloqa qilish va muloqot etish koʼnikmalarini
rivojlantirish, madaniyatlararo kompetentsiyalarni oshirish.
-
Turli madaniyatlar bilan bogʼliq senariylar va vaziyatlarni koʼrib chiqish, ularga oʼz
madaniyatlari bilan taqqoslashni oʼrgatish.
Аloqa va moslashuvchanlik texnologiyalarining taʼlimda samarali joriy qilinishi na
faqat taʼlim sifatini oshirishi, balki bilim olish jarayonini ham qizgʼin va qiziqarli qilishga
yordam beradi. Ushbu jarayonlarda texnologik yangiliklarni ishlatish, talabalarning
bilimlarini yaxshilash va ularni mustaqil ravishda bilim olishga ragʼbatlantirishda
ahamiyatlidir.
Xulosa
Talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish uchun
metodikalar, interaktiv faoliyatlar va zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash juda muhim. Bu
usullar talabalarni faol boʼlishlarini taʼminlashga, ularning muhitda kerakli til
koʼnikmal
arini rivojlantirishga yordam beradi va kasbiy hayotga olib boradi. Ingliz tili
darslarida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish
texnologiyalari intensiv metodlar, mulьtimedia vositalar, simulyatsiyalar, rol oʼynash va
gruh f
aoliyatlarni oʼz ichiga oladi. Bu usullar talabalarga professional muhitda samarali
aloqa qilish, muammolarni hal qilish va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
243
beradi. Talabalar oʼz kasblari bilan bogʼliq til va kommunikatsiya koʼnikmasiga ega
boʼlishlari kerak, bu esa ularni kelajakdagi professional faoliyatlarida muvaffaqiyatga
erishishga tadbiq qiladi. Talabalarning madaniyatlararo kompetentsiyasini oshirish va
kasbiy tilni yaxshi oʼzlashtirish uchun zamonaviy taʼlim platformalari va resurslardan
foydalanish xavfsiz. Shunday qilib, professional koʼnikmalarni takomillashtirish
maqsadida zamonaviy metodlarni tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Alimjanova L. X. Nofilologik ta’lim yo ‘nalishi talabalariga ingliz tilini o ‘qitishda
content asosida o ‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va metodologik
asoslari //Academic research in educational sciences.
–
2022.
–
Т. 3. –
№. 5. –
С. 95
7-963.
2.
Embergenova A. Kasbga yo’naltirilgan ingliz tilini o’rganuvchi talabalarining so'z
boyligini oshirishda autentik materiallardan foydalanishning ahamiyati //Евразийский
журнал академических исследований. –
2024.
–
Т. 4. –
№. 1 Part 2. –
С. 72
-75.
3.
Fortanet-
Gómez I., Räisänen C. A. (ed.). ESP in European higher education:
Integrating language and content.
–
John Benjamins Publishing, 2008.
–
Т. 4.
4.
Stognieva O. N. Teaching the university ESP course with the MOOC component:
Putting ideas into practice //Journal of Asia TEFL.
–
2019.
–
Т. 16. –
№. 1. –
С. 437.