Авторы

  • Дилшода Махкамова
    Докторант, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67419

Ключевые слова:

проект урока компоненты урока навыки этапы урока

Аннотация

В качестве решения проблемы повышения качества образования и подготовки квалифицированных кадров в последние годы в статье подчеркивается роль эффективного проектирования урока, его методов и компонентов в организации учебного процесса на высоком уровне. Также обсуждаются компоненты урока, предложенные различными исследователями, и приводятся дополнительные рекомендации по проектированию уроков английского языка


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of lesson components in designing English lessons


Dilshoda MAKHKAMOVA

1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

As a solution to the problem of improving the quality of

education and training qualified personnel in recent years, this
article highlights the role of effective lesson design, its methods,

and its components in organizing lessons at a high level.
Additionally, the lesson components proposed by various
researchers are discussed, and further recommendations for

designing English language lessons are provided.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp222-226

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

lesson project,

lesson components,

skills,

lesson stages

Chet tili (ingliz) darslarini loyihalashda dars tarkibiy

qismlarining o’rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

dars loyihasi,

dars tarkibiy qismlari,

ko’nikmalar,

dars bosqichlari.

So’nggi yillarda ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlar

tayyorlash muammosining yechimi o’laroq, mazkur maqolada

darsni samarali loyihalsh, uning usullari hamda dars tarkibiy

qismlarining darsni yuqori saviyada tashkil etishdagi o’rni

yoritilgan. Shuningdek, turli tadqiqotchilar tomonidan taqdim
etilgan dars tarkibiy qismlari muhokama qilinib, ingliz tili

darslarini loyihalashda qo’shimcha tavsiyalar berilgan.

.

Роль компонентов урока в проектировании уроков
английского языка

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

проект урока,

компоненты урока,

навыки,

этапы урока

.

В качестве решения проблемы повышения качества

образования и подготовки квалифицированных кадров в
последние

годы

в

статье

подчеркивается

роль

эффективного проектирования урока, его методов и
компонентов в организации учебного процесса на высоком

1

PhD Student, Namangan State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

223

уровне.

Также

обсуждаются

компоненты

урока,

предложенные

различными

исследователями,

и

приводятся

дополнительные

рекомендации

по

проектированию уроков английского языка

.

KIRISH

Dunyo miqyosida dars samaradorligini oshirishga bo’lgan sa’y

-harakatlar va

ta’limdagi islohotlarning asosida malakali kadrlar tayyorlash muammosi asosiy omil

hisoblanadi. Har qanday fan sohasidagi malakali pedagogni shakllantirishda esa kasbiy

bilim hamda pedagogik mahorat bilan bir o’rinda darsni samarali loyihalash ko’nikmasi

katta ahamiyatga kasb etib,u pedagoglardan kasbiy mahorat va zaruriy ko’nikmalarni

talab etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bu jarayonda pedagoglar fan mavzusiga doir materiallardan tashqari boshqa

ko’plab darsni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni ham oldindan rejalashtirishlari zarur.
Tadqiqotchilar Elly’s Mersina Mursidik, Toto Nusantoro va boshqalarning fikriga ko’ra, har

q

anday darsni loyihalash o’qituvchilardan bir necha bosqichni bosib o’tishni talab etadi.

Ular, asosan, uchta bosqich bo’lib, ular:

o’ylash, amalga oshirish

hamda

tahlil

bosqichlaridir.

O’ylash bosqichida, dastlab pedagog darsni qanday tashkil etish, o’quvchilarning o’rganishi
zaruriy bo’lgan mavzularni aniqlash, dars maqsadlarini to’g’ri belgilash hamda dars

jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni taxmin qilib tayyorgarlik ko’radi.
Amalga oshirish bosqichi esa dastlab o’quvchilarning o’rganish

usullarini aniqlash va

mosini tanlab olish, darsda foydalaniladigan axborot-texnologiya vositalari, kerakli

ko’rgazmali qurollar va resurslarni aniqlashni o’z ichiga oladi. So’ngra tahlil bosqichiga esa

darsni kuzatish, o’quvchilarning o’rganish jarayonlar

ini nazorat etish hamda darsda

kechayotgan turli vaziyatlarni va erishilgan natijalarni tahlil etish va baholash kiradi [1].

Bu bosqichlarning har biri alohida muhim ahamiyatga ega bo’lib, yosh pedagoglar, asosan,
ikkinchi, ya’ni darsni loyihalash ko’nikm

asini shakllantirishga katta ehtiyoj sezadilar. Bu

jarayonda o’qituvchi o’quvchilarning hozirgi bosqichdagi bilim saviyasi hamda ularning
ehtiyojini o’rganib chiqqach, o’tiladigan dars bosqichlari hamda barcha darsni tashkil

etuvchi tarkibiy qismlarini avv

aldan puxta o’ylab rejalab chiqishi lozim.

Darsni loyihalashning juda ko’p usullari bo’lib, sohadagi yetakchi tadqiqotchilarning

fikriga ko’ra, eng samarali dars rejasi quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:

1.

Mavzu

.

O’quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, o’rganilishi lozim bo’lgan

kommunikativ hamda real hayot kontekstiga ega bo’lgan mavzu tanlanadi. Masalan, til

bilish darajasi boshlang’ich darajada bo’lgan o’quvchilarga shifokor ko’rigi mavzusi

doirasidagi che

t tili bilimi zarur bo’lsa, unda ‘Shifokor bilan muloqot’ mavzusi doirasida

bir necha darslar ketma-ketligi ishlab chiqilishi mumkin.

2.

Dars maqsadlari

.

Pedagog dars maqsadlarini dastlabki bosqichda aniqlab olishi lozim bo’lib, yaxshi

yozilgan maqsadlar o’quvchilarning dars so’ngiga qadar nimalarni bilib olishlarini emas,

balki nimalar qila olishlarini bayon etadi. Dars maqsadlari tanlangan dars mavzusiga

bog’liq bo’lishi lozim. Masalan, dars mavzusi ‘Shifokor bilan muloqot’ bo’lsa, u holda dars

maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) dars so’ngiga qadar o’quvchilar shifokorga


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

224

ulardagi bir nechta kasallik belgilarini ingliz tilida aytib bera oladilar; 2) dars so’nggiga
qadar o’quvchilar ingliz tilida bir necha kasallik nomlarini aytib bera oladilar [2].

M.Spratt va boshqalarning fikriga ko’ra esa, dars maqsadlari har doim ham ma’lum

bir natijani ko’zda tutmaydi, balki bu shunchaki hikoya tinglash (ayniqsa,yosh bolalar

uchun) yoki hujjatli film tomosha qilish bo’lishi mumkin. Shuningdek, ularning fikriga

k

o’ra, dars uchun eng mos va to’g’ri maqsadni tanlab olish uchun o’qituvchi shu ikki

savolga javob berishi lozim:

a) O’quvchilar hozirda ushbu mavzu doirasida qay daraja bilimga egalar?

b) Shu mavzuga doir ular yana nimalarni bilishlari lozim?

3.

Ko’nikmalarni faollashtirish

.

Bu o’quvchilarga belgilangan dars maqsadlariga erishishlariga xizmat qiluvchi

ko’nikmalar ketma

-

ketligi hisoblanib, bularga dars mavzusi doirasidagi so’z boyligi, ularni

to’g’ri talaffuz etish ko’nikmasi hamda mavzuga doir muloqotni o’rganishga doir

gramma

tik mavzu bo’lishi mumkin. Misol uchun, dars mavzusi ‘Shifokor bilan muloqot’

bo’lsa, unga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan so’z boyligiga (

cough, headache, fever

)

yo’tal,

bosh og’rig’i, shamollash

kabi so’zlar kirishi mumkin. Bu so’zlarni muloqotda to’g’ri qo’llash

uchun zarur bo’lgan grammatik mavzu “hozirgi oddiy zamon fe’li” (Present Simple Tense)

hamda mavzuga doir talaffuz qoidalari esa

ch

hamda

ache

harf birikmalarini to’g’ri talaffuz

etish bo’lishi mumkin.

4.

Dars bosqichlari

.

Sohada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, darsni bosqichlarga bo’lib

tashkil etish o’quvchilar tomonidan dars maqsadlariga erishilishini anchayin

osonlashtiradi. Ko’pgina ingliz tili darslari o’tgan darsning yengil takrori, kirish, yangi

mavzu taqdimoti, mashq qilish hamda baholash, tahlil etish va olingan bilimni amaliyotda

qo’llash kabi bosqichlardan iboratdir. O’qituvchi ehtiyojga qarab istagan bosqichga
o’quvchilarning tushunganlik darajalarini tekshiruvchi savollar qo’shishi mumkin. Bunda

e’tiborga molik jihat shuki, har bir bosqich va undagi mashqlar o’quvchilarga avvaldan
belgilab qo’yilgan dars maqsadlariga yetishlariga xizmat qilmog’i joiz. Masalan, ‘Shifokor

ko’rigida’ mavzusida o’tiladigan darsda o’qituvchi tomonidan ingliz tilida biror

shifokor

bilan bemor o’rtasidagi dialog tanlanishi mumkin. Dars taqdimotida o’quvchilar ushbu

dialog bilan yaqindan tanishadilar, mashq bosqichida esa bu dialog tashkil topgan yangi

so’zlar, grammatik qoidalarga doir mashqlarni bajarib, amaliyot bosqichid

a juft-

juft bo’lib

ushbu dialogni ijro etishlari mumkin.

5.

Kerakli materiallar, flashkardlar, jihozlar va kerakli axborot texnologiya

vositalari.

Darsda rejalashtirilgan barcha bosqichlar hamda mashqlar maromida o’tkazilishini

ta’minlash uchun uchun pedagog kerakli jihozlar va materiallarni oldindan tayyorlab
qo’yishi lozim [2]. Shuningdek, yuqoridagi darsni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarga

qo’shimcha, o’qituvchilar darsda foydalaniladigan mashqlar ketma

-ketligi, ularning uzviy

bog’liqligi hamda qancha vaqt sarf etilishi, darsda kuzatilishi mumkin bo’lgan muammoli

vaziyatlar, o’quvchilarning turli darajadagi bilim saviyalarini ham oldindan rejalab

, kerakli

choralarni ko’rib qo’yishlari darkor.

TAHLIL VA NATIJALAR

Shuningdek, tadqiqotchilar M.Spratt, A.Pulverness hamda M.Williams larning fikriga

ko’ra, chet tili, xususan, ingliz tili darslarini loyihalashda bir necha tarkibiy qismlar muhim

hisoblanadi. Hamda ularni aniqlashda pedagoglar quyidagi jadvaldagi savollardan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

225

foydalanishlari lozim (1-jadvalga qarang). Shundagina dars loyihasi samaradorligi yuqori

darajada ta’minlangan bo’ladi.

Jadval-1.

Darsning tarkibiy qismlari

O’quvchilar haqida ma’lumot

Darsni kim uchun loyihalashtiryapsiz?

Dars jadvaliga moslik

Dars undan avvalgi hamda

o’zidan keyingi

dars mavzulariga bog’liqmi?

Asosiy dars maqsadlari

Darsning so’nggiga qadar o’quvchilar

qanday ko’nikmaga ega bo’lishlari kutiladi?

Yordamchi dars maqsadlari

Asosiy dars maqsadiga erishishlari uchun

ular yana qanday qo’shimcha ko’nikmalarni

shakllantirishlari lozim?

Dars bosqichi maqsadi

Har bir dars bosqichining maqsadi qanday?

Shaxsiy maqsad(pedagogik)

O’qituvchi sifatida qaysi ko’nikmangizni

rivojlantirmoqchisiz?

Taxminlar

O’quvchilar

dars

maqsadlariga

oid

nimalarni avvaldan biladilar deb o’ylaysiz?

Kutiladigan muammoli vaziyatlar

O’quvchilar

darsdagi

nimalarni

tushunishga qiynalishadi deb o’ylaysiz?

Yechimlar

Yuz berishi mumkin bo’lgan muammoli

vaziyatga qanday yechim topsa

bo’ladi?

Ko’rgazmali qurollar, materiallar,

axborot-texnologiya vositalari

Darsga o’zingiz bilan nimalarni olish

darkor?

Dars jarayoni

Har bir dars bosqichida o’quvchilar qanday

topshiriqlarni bajaradilar?

Vaqti

Har bir dars bosqichlariga qancha vaqt

sarflanishi lozim?

O’quvchilar ishlash usullari

O’quvchilar har bir dars bosqichida

birgalikda qanday usullarda ishlaydilar?

Uyga vazifa

Keyingi darsgacha o’quvchilar yana qanday

qo’shimcha topshiriq bajarishlari lozim?

Hamma turdagi dars loyihalari yuqoridagi sanab o’tilgan barcha tarkibiy qismlardan

tarkib topmasa-da, asosiy komponentlari hamma rejalash bosqichlarida uchraydi.

Asosiysi, darsga tayyorlanish bosqichida yuqoridagi savollar har bir o’qituvchi tomonidan
so’ralishi lozim, hamda bular dars samaradorligini ko’tarishga xizmat qiladi. Shuningdek,

sohadagi tadqiqotchilarning fikricha, har

qanday dars loyihasini ishlab chiqqandan so’ng,

chet tili o’qituvchilari quyidagi savollarga javob bera olishlari lozim:

1.

Dars maqsadlari qanday va unga erishilganini qanday tekshirsa bo’ladi?

2.

Darsda qo’llaydigan texnikalarim turli xilmi yoki bir xil?


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

226

3.

Agar tayyorlagan dars loyiham o’quvchilarga osonlik yoki qiyinlik qilishni boshlasa,

tezlik bilan uni yana o’zgartirib moslashtira olamanmi?

4.

Darsda eshitish, yozish, muloqot ko’nikmalarini shakllantirishga yetarlicha imkon

va vaqt ajratildimi?

5. Tanlangan topshiriqlar ma’noli va maqsadlimi?

6. Dars loyihasi o’quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlarini hisobga olgan holda

tayyorlanganmi?[4]

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, darsni tashkillashda har bir tarkibiy qism o’z

o’rniga ega hamda har bir pedagog ularni darsdan avval atroflicha tahlil etib, so’ng amalda

qo’llashi lozim. Dars samaradorligini ta’minlashning asosiy yo’llaridan biri esa

, aynan shu

dars elementlarini to’g’ri qo’llay olish hamda o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlariga

ko’ra ularni shakllantirishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Mursidik E.M., Nusantoro T., As’ari

A., Muksar M. How to Design Learning Activities

That’s Created SLR Type Students? Pegem Journal of Education and Instruction, Vol. 13,

No. 4, 2023 (pp. 316-322)

2.

Effective Lesson Planning for Adult English Language Learners, Trainer Guide., The

CAELA Guide for Adult ESL Trainers, (pp.38-40)

3.

Spratt M., Pulverness A., Williams M., The Teaching Knowledge Test Course. Second

Edition, Cambridge University Press, 2011 (pp. 132)

4.

Lynette Kim M.Ed. TESOL Guidebook., ©2017 TESOL AUSTRALIA V00019, (pp.56)

Библиографические ссылки

Mursidik E.M., Nusantoro T., As’ari A ., Muksar M. How to Design Learning Activities That’s Created SLR Type Students? Pegem Journal of Education and Instruction, Vol. 13, No. 4 , 2023 (pp. 316-322)

Effective Lesson Planning for Adult English Language Learners,Trainer Guide.,The CAELA Guide for Adult ESL Trainers, (pp.38-40)

Spratt M., Pulverness A., Williams M., The Teaching Knowledge Test Course.Second Edition, Cambridge University Press, 2011 (pp. 132)

Lynette Kim M.Ed. TESOL Guidebook., ©2017 TESOL AUSTRALIA V00019, (pp.56)