Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Subtext and its linguistic features
Sanobar JONRIDOVA
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
25 August 2024
The nature of subtext, its uniqueness, and its types were
considered in the article. Its general and individual
characteristics were determined.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
meaning,
implication,
communicative,
presupposition,
hidden meaning,
proposition,
phonopragmatic.
Tagma’no va uning lingvistik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tagma’no,
implikatsiya,
kommunikativ,
presuppozitsiya,
yashirin ma’no,
propozitsiya,
fonopragmatik.
Maqolada tagma’noning tabiati, uning o‘ziga
xosligi, turlari
ko‘rib chiqildi. Uning umumiy va individual xususiyatlari
aniqlandi.
Подтекст и его языковые особенности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
смысл,
импликация,
коммуникатив,
пресуппозиция,
скрытый смысл,
пропозиция,
фонопрагматика.
В
статье
рассмотрена
природа
тагмана,
его
уникальность и виды. Определены его общие и
индивидуальные характеристики.
1
Basic doctoral student, Kokand State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
280
KIRISH
Tagma’no tilshunoslikdagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib,
kommunikantlarning
aniq yoki bilvosita muloqot
qilish zarurati bilan bog‘liq, turli ma’lumotlarni
samarali
yetkazish va suhbatdoshga ta’sir qilish uchun ishlatiladi. Tagma’no tagbilim,
atamasi
bilan ham yuritiladi. A. Beketova [1], L.A. Galyakova [2], A.M. Eroxina [3], L.V. Martinenko
[4]
tadqiqotlarida tagma’no tahlili va talqinini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek,
tagma’noning linvistik nazariyasi T.I.
Silman tomonidan tadqiq etildi. “Tagma’no bu
hodisa bo‘lib, uning tabiati lingvistik darajalarning o‘zgarishi va o‘zaro ta’siriga
asoslanadi.”
[5.89].
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Olimlar tagma’no hodisasini implikatsiya, presuppozitsiya, konnotatsiya va
boshqalar bilan bog‘laydilar. Ushbu tushunchalarni bir
-
biriga bog‘liq deb hisoblab ularni
farqlashga e’tiborni qaratdilar.
Tilshunos V.A.
Kuxarenko tagma’no va implikatsiya bir
-
biridan farq qilmasligini ta’kidlaydi. “Tagma’no (implikatsiya) bu matnni keskin o‘sishiga
va chuqurlashishiga, shuningdek, tejamkorlik tamoyiliga asoslanib, uning semantik va
hissiy-
psixologik mazmunining o‘zgarishiga olib keladigan, matnni tartibga solish usuli.”
[6.181].
Yana bir qator olimlar ushbu tushunchalarni nomoyon bo‘lish ko‘lami, matnning
butun tuzilishi va uning qismlari bilan bog‘lash bilan farqlaydilar. E.I.
Lelis quyidagicha
ta’rifni keltiradi: “Implikatsiya rematik va o‘zgaruvchan emas, tagma’no rematik bo‘lib
o‘quvchi uchun yangi bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ko‘p qiymatli
va o‘zgaruvchandir. İmplikatsiya bir qancha matnlar uchun umumiy ma’lumotlar bo‘lishi
mumkin. Tagma’no noyobdir.”
[7.146]. Bizning fikrimizcha, bu tushunchalarni turlicha
talqin qilish mumkin. Ularning o‘zaro bog‘liqligi aniq, matnda implikatsiya va tagma’noni
aks ettirish tabiati aloqa sohasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har
xil bo‘lishi mumkin. Tagma’no nutq ishtirokchilari tomonidan ochiq shaklda ifoda etib
bo‘lmaydigan
matn ostidagi ichki yashirin fikr hisoblanadi. “Yig‘iq verbal shakl vositasida
bayon qilingan yashirin kommunikativ niyat. Podtekst yashirin mazmunning
komponentlari sanaladi. Tagma’no tushunchasi semiologik hodisa hisoblanib, u matnning
ichki semantik strukturasida ishtirok etadi. Tagma’no implikativ mazmunning asosiy
ko‘rinishlaridan biri
hisoblanadi [8.46].
Ko‘pincha, oshkora bayon qilinmagan, ammo
s
o‘zlovchi ichki maqsadi aks etgan yashirin mazmun ko‘rinishlarini matn mazmuniy
strukturasidan ilg‘ab olish tinglovchi, nutq ishtirokchilariga katta mas’uliyat yuklaydi.
Butun boshli gapning,
hatto kichik bir matnning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi
tagma’no hisoblanadi.
Professor U. Rahimov
“podtekst” so‘zi ostida tushunilayotgan “tagma’no”ning
yuzaga chiqishi uchun quyidagi ikki xususiyat bo‘lishi shart ekanligini ta’kidlab o‘tadi:
1) Nutqiy vaziyat.
2) So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi sirli sulh
[9.31].
T
agma’no ham presuppozitsiya kabi pragmatikaning xususiy masalalaridan bir
hisoblanadi. “Tagma’no matnning bevosita mazmuniga muvofiq kelmaydigan, kontekst
doirasida va muloqot subyektlariga ma’lum bo‘lgan muayyan shart asosidagina voqe
bo‘luvchi ma’no” sifatida talqin etiladi
[10.300]. L.A. Golyakov esa badiiy asar semantik
tuzilishining eng muhim tarkibiy qismi sifatida baholaydi. Tagma’no propozitsiya orqali
ishora qilinuvchi hukm ichidagi hukmdir.
Ya’ni sodda til bilan aytganda, tagdor qilib
gapirish. O‘zbek tilshunosligida M.
Hakimov pragmalingvistikaning nazariy masalalariga
bag‘ishlangan tadqiqotlarida tagma’no tadqiqiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
281
TAHLIL VA NATIJALAR
Biz ishimiz davomida muloqot jarayonida ifodalangan tagma’noning turli
ko‘rinishlarini tahlil qilamiz. Tagma’noning muhim xususiyatlaridan biri ifodaning
yashirin holatda bo‘lishidir. Bunda ishora qiluvchi vosita ishtirok etadi. Mana shu ishora
vositasining muhim belgilariga qarab tagma’no oydinlashadi. Tagma’noning bunday
ko‘rinishlari so‘zlovchi tinglovchini ma’lum predmatlarga o‘xshatish asosida o‘zi nazarda
tutgan axborot ko‘rinishiga ishora qiladi. Yashirin aytilishi lozim bo‘lgan fikrdan kamida
bir kishi xabardor bo‘ladi. Tagma’noning ifodalanish subyekti matn propozitsiyasi
sanaladi. Propozitsiya esa gapni faollashtiruvchi birliklar orqali ifodalanadi. Ko‘plab
tadqiqoqtchilar tagma’noni ko‘rib chiqishda adresat rolini hisobga olish zarurligini
ta’kidlaydilar. Har qanday matnni talqin qilish adresat faoliyatining subyektiv omillari
bilan bog‘liq, uning tezaurusi, ijtimoiy tajribasi, yoshi, nutq madaniyati darajasi, maqsadi,
mavjud vaziyat va boshqalar. Tinglovchining ma’lumot tezaurusi
shuningdek, matnni
sharhlash uchun tegishli tagma’no bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Tagma’no ham “Bilishning umumiy fondi” asosida aniqlanadi, biroq u presuppozitsiya
singari propozitsiya ta’sirida emas, balki so‘
zlashuvchilar tomonidan avval sodir etilgan
harakat, faoliyatga yoki kelgusida yuz berishi mumkin bo
‘lgan nomatniy ma’nolarga
ishora qiladi”
[
11.117]. So‘zlovchi tomonidan bayon qilingan axborotning yashirin
shaklda berilishi so
‘zlovchi vaziyatiga, buni his qilish va ilg‘ab olih esa tinglovchining
individual ruhiy holati bilan bog‘liq hisoblanadi. Rus tilshunosligida tagma’no atamasi
“podtekst “nomi bilan yuritiladi. Prof. M.
Hakimov podtekst “matn ichidagi yashirin matn”
ekanligini ta’kidlaydi. “Podtekst atamasi matn, kontekst, va nutq atamalari
ifodalagan
tushunchalar mazmuni bilan bog
‘
lana olmaydi, ularning variant sifatida ham
qo
‘
llanmaydi. Bu hodisa kommunikatsiya ishtirokchilarining nutqiy faoliyati, individual
uslubi va shaxsning ichki his-tuy
g‘
usi bilan uzviy bo
g‘
liqdir. Yashirin matn tushunchasini
aniq anglash va to‘g‘ri tushunish uchun
maqsadida biz uni “tagma’no “atamasi bilan
nomlaymiz. Tagma’no yashirin ifoda birliklaridan biri bo‘
lib, u
o‘
zining yuqoridagi belgi-
xususiyatlari bilan lingvistik pragmatikaning markaziy masalalaridan biri deb qaraladi.
[11.73].
Tagma’no gap orqali ifodalangan, gapning zamirida yotgan ko‘chma ma’nodir.
Sizga o
‘
xshagan tulki odamni ko
‘
rmaganman.
Keltirilgan misolda tagma’no
ifodalangan bo
‘
lib, og
‘
zaki nutqdan olingan. Dialogik nutq shakli. Tulki ayyorlik timsoli
bo
‘
lib, dugonasidan pand yeganligiga nisbat berilyapti. Shuning uchun yolg
‘
onchi
makkora insonlarga nisbatan motiv qilib olingan.
Tagma’no shakllari lingvistik pragmatika yo‘
nalishining asosiy mavzularidan biri
hisoblanadi. Tagma’no o‘
zining turli ko
‘
rinishlari bilan xarakterlanib, tarkibida piching,
kinoya, kesatiq kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.
“Tagma’no doimo subyekt
-obyekt, so
‘
zlovchi-tinglovchi o
‘
rtasidagi munosabatida
namoyon bo
‘ladi.”
[11.76].
Fikrni tagma’no
asosida berish katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. U so
‘
zlovchining kommunikativ maqsadini berishda muhim o
‘
rin tutadi.
Tagma’no
so‘
zlovchining
kommunikativ
maqsadini
amalga
oshirib,
nutq
ishtirokchilaridan birortasini kelgusi nutq vaziyatidan ogohlantiradi.
“Tagma’no o‘
zining semantik strukturasida xabar qilish va nomlash funksiyasini
bajarishiga k
o‘
ra ikkiga b
o‘
linadi.
1)
Kommunikativ tagma’no;
2)
Referensial tagma’no.
[11.98].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
282
S
o‘
zlovchi va tinlovchi
o‘
rtasidagi ichki pragmatik maqsad asosida vujudga
keladigan, har biriga tegishli bo
‘lgan ifodalar kommunikativ tagma’no deyiladi.
–
Bu sizga
tegishli xatmi?
–
Sizniki bo
‘lganda meni stolimda turar edimi? Ya’ni bu senga tegishli
emas degan ma’no anglashilyapti.
Referensial tagma’noda esa so‘
zlovchining yashirin maqsadi turli ishora belgilar
orqali bayon qilinadi. Masalan, “–
Keling, shu shopir bolani xafa qilmang! Yo
‘
lini mana
o
‘
zim o
‘
rgataman. Hali shu hovlida to
‘
rt-besh parandaga ko
‘zim tushgan edi…
Sovhoznikiga qiynalsangiz, mayli, shu uyning egasiga sekin… Ma’qulmi?
Xo
‘
rozi shart
emas. Makiyon ham shopir bolaga bo
‘laveradi. Shunday qiling, uka!”
(
O‘
zbekiston
adabiyoti va san’ati. 1992. 10
-son)
Ya’ni bu yerda shopir bolaning o‘
ta bo
‘
shashganligiga
ishora tarzida berilyapti.
N.V.
Pushkareva hissiy va an’anaviy tagma’no turlarini farqlaydi, birinchisi hissiy
fon yaratadi, ikkinchisi esa harakat sharoitlarini aniqlashini ta’kidlagan.
[12.10]
Budnichenko jurnalistik nutqdagi tagma’noning o‘ziga xos ekanligini o‘rganadi.
[13.265]
S.G. Korkonosenko ijodiy faoliyat turi sifatida tahlilga tortadi.
“…
mulohaza yuritish
mavzusining ijtimoiy dolzarbligi, mafkuraviy keskinlik, shaklning yorqinligi,va
jamoatchiliking fikri, his-
tuyg‘ulari va odamlarning xatti
-
harakatlariga ta’sir qilish niyati
bilan tavsiflangan ijodiy faoliyat turi.”
[14.226].
Bundan tashqari matndagi
tagma’no o‘
zining yuzaga chiqishidagi belgi-
xususiyatlariga qarab bir necha turlarga bo
‘
linadi.
Matnda tagma’no ifodalashning muhim ko‘rinishlaridan biri fonogrammatik
tagma’no bo‘lib, “...so‘zlovchining talaffuz ohangi bilan bog‘liq bo‘ladi. ... matn tarkibidagi
propozitsional akt elementlari o‘ziga xos ohangda –
emfatik usulda talaffuz qilinadi.
...matnning umumiy mazmuni ikkinchi planga o‘tadi. So‘zlovchi talaffuziga xos
fonopragmatik ohang usuli
–
birinchi darajali ma’no usuli...”
[15.45]. Masalan,
“Qiz o‘g‘irlash… Qo‘limdan kelarmikin? –
yigit o‘ylanib qoldi. Bo‘shashmang o‘g‘lim,
bo‘shashmang. Teshavoy akani xotirasi hecham aldamagan edi. Qarshisidagi yigitga
rostdan ham
o‘zi qiz o‘g‘irlash haqida maslahat bergan edi. U bir zum jimib qoldi
-da dedi:
Eh, shayton bola. Bu senmiding.”
(
O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1992. 9
-son.)
Keltirilgan misollarda ovoz tembri nutqiy muloqotda so‘zlashuvchilarning har
biriga xos differensial bo‘yoqni ta’minlash uchun xizmat qilganligini ko‘rish mumkin.
Birida asar qahramonining kuchli hayajoni, boshqasida madad berishi, yana birida esa
afsuslanish kabi ma’nolar ifodalangan bo‘lib, ular qahramon nutqining turli holatdagi
fonopragmatik tagma’nosini ochib berishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi.
“Individual tagma’no ko‘rinishlari faqat ba’zi shaxslargagina xos bo‘lib, bunday
tagma’nolar ularning xarakterini ochish uchun xizmat qiladi. ...Individual tagma’noning
ba’zi ko‘rinishlari so‘zlovchi yoki tinglovchining xarakteri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
tinglovchining nima demoqchi ekanligi, uning qanday so‘z bilan munosabat bildirishi
vositasida anglanadi”.
[11.82] Misol tariqasida quyidagi parchani
ko‘raylik,
“Shu payt
dahliz tomondan shovur-
shovur eshitildi. Lahza o‘tmay eshik ochilib, mezbonning
boshi
ko‘rindi.
–
Direktor bova… Sizni bir mehmon…G‘olibov jahl bilan biqinidan bolishni olib
chetga otdi.
–
Men nima deb buyurgan edim…”
(O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1992. 10
-son).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
283
Odatda, tagma’noning monologik nutq tipiga xos ko‘rinishida “kinoya, piching,
kesatiq mazmuni bayon qilinadi va bunda so‘zlovchining ichki maqsadi aniq sezilib
turadi.”
[11.82] Masalan,
“Qiyomat bo‘lsa, biz nima qilishimiz kerak, mullaka? –
tavoze
bilan bosh egdi O‘ktam. –
Shuni so‘ragani keluvdik, –
dedi zorlanib Azimboy
O‘ktamjonning dasturxonga yumalab tushgan do‘ppisini olib yoniga qo‘yarkan. –
Tavba
qilasizlar, bo‘tam, tavbadan boshqa yo‘l yo‘q,
-
dedi mezbon qo‘ynidan tasbeh chiqarib.
A-
xa “Jigar” “bo‘tam”ga aylandimi, demak, masala jiddiy deyavering. Ichkaridan yana
folbinning ovozi eshitildi.:
–
Birovlardan qarzlaring bo‘lsa, hoziroq to‘lab qo‘yinglar,
ho‘pmi! Azimboyga chekingani joy qolmadi. O‘zini qo‘lga olib, yasama hayrat bilan
“ishshi! “deb gap uladi. (O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1992.) Ushbu matn tarkibida
monologik tagma’no aks etgan bo‘lib, senga ham tegishli degan ma’noda kesatiq ohang
bilan aytilgan.
“Ekspressiv tagma’no ko‘rinishlarida so‘zlovchi nazarda tutgan niyatga uning his
-
tuyg‘ulari ham qo‘shiladi. So‘zlovchi propozitsional aktni sodir etar ekan, o‘zi qilgan
ishlardan g‘ururlanish, maqtanish ottenkalari aks etgan yashirin mazmunni propozitsion
akt orqali bayon qilinadi.”
[11.83] Misol
uchun, “Birozdan so‘ng
G‘olibov
mehmonxonada
biqinini bolishga bergancha yonboshlab yotar, chiroyi andak ochilgandi: “ Xa, endi katta
xo‘jalikda kamchilik bo‘ladi
-da,
–
achchiq choyni bosib-
bosib siqararkan, G‘olibov o‘ziga –
o‘zi tasalli berdi. –
Ijroqo‘m bo‘lgach
so‘kadi
-
da! O‘zing ham anoyilardan emassan.
Qo‘rs
-
qo‘pollikda seni oldinga tushadigani yo‘q.”
(O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1992.)
Ushbu matnda so‘zlovchining maqtanish yoki g‘ururlanish ohangi aks etgan yashirin
mazmunni propozitsional akt orqali bayon qilyapti.
Uslubiy tagma’noda esa undash akti asosiy o‘rinni egallaydi. So‘
zlovchi tomonidan
undash akti vositasi bilan talab qilingan ma’lum axborot ko‘rinishi so‘zlovchi nazarda
tutgan holda ifodalanadi. Masalan,
“Obbo, g‘ijindi G‘olibov yuzini ters burarkan, shundan bekor gap ochdim. Endi,
bu ezma yarim soat shopirini maqtaydi.”
–
Bizning shopir shustriymas, mabodo
“tuya ko‘rdingmi?”
deb so‘rasangiz,
“Yo‘g‘e tulki edi
-
yu” deb turadigan xilidan . Shunaqa… Shu shopirimni shaxsan xotinimni
o‘zi
tavsiya etgan.
–
Hmm-
m…
–
G‘oyibov zo‘rlab iljaydi. –
Hali xotinimni qarindoshi desangiz-chi?
Ana gap qayoqda…
–
Shopirimiz xotinga qarindosh. Qarindosh
bo‘lgandayam… Umuman
xotin urug‘ining
ichida menga yoqadigani mana shu bola… Boshqa hamma qarindoshlar
palag‘da…
–
Iiiyee, iyee
… Ana palovxon to‘ra ham kelib qoldi
-
ku. Yashasin!!!” (O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati. 1992.)
Ushbu matndagi uslubiy tagma’no ko‘
rinishida s
o‘
zlovchi
o‘
z
ichki maqsadini boshqa uslubiy shaklda ifoda etgan. Ya’ni bu yerda keltirilgan uslubiy
tagma’no ovozingni o‘
chir yoki gapingni t
o‘
xtat mazmunidan iborat.
Metaforik tagma’no asosan so‘zlovchining ichki niyati bilan bog‘liq bo‘lib,
tinglovchiga ta’sir etish maqsadida yangi nutq jarayonini yuzaga chiqaradi. So‘zlovchi
tinglovchini ma’lum bir predmetlarga o‘xshatishi asosidagi ma’lum bir fikrni berish bilan
amalga oshiradi. Yuqoridagi jumlani izohlash maqsadida quyidagi misolni ko‘rib
chiqamiz.
–
Shopiringizga
muncha mehribon bo‘lmasanggiz
-a!
Ehtiyot bo‘ling, echki semirsa,
egasini suzadi! Abdulaxatov kemirib qip-
yalang‘och qilgan suyagini dasturxonga urib
qoqarkan, bosh chayqadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
284
–
Echki bo‘lsa suzadi
-
da! Bizdi shopir bola qo‘y. (O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.
1992.) Ushbu matn metaforik tagma’noning yaqqol namunasi hisoblanadi. Shopirning
qo‘ydek yuvosh ekanligiga ishora qilinyapti.
Tagm’noning monologik akt kabi turi ham mavjud. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki,
so‘zlovchi o‘zi istagan tagma’noni to‘g‘ridan
to‘g‘ri ayta olmaydi. Bunga tinglovchining
mavqeyi yo‘l qo‘ymaydi.
XULOSA
Tagma’no
matn semantikasini kengaytirib, matn tarkibida idrok qilinadigan, ammo
nutqda o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lmaydigan, so‘zning to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’nosiga
asoslanib kontekstda shakllanadigan tushuncha, kommunikantlarning ichki maqsadini
ifodalagan yashirin mazmun sifatida lingvistik pragmatika masalalari mohiyatini
oydinlashuvida muhim o‘rin tutadi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Бекетова Е.А. Подтекст и субъективная авторская модальность как
способы выражения аргументации в художественном тексте // Вопросы
гуманитарных наук. 2007. № 4 (31). С. 84
-87.
2.
Голякова Л.А. Подтекст: прагматические параметры художественной
коммуникации // Филологические науки. 2006. № 4. С. 61
-69.
3.
Ерохина А.М. Подтекст как языковое явление художественного текста:
уровни подтекста // Современные лингвистические и методико
-
дидактические
исследования. 2018. № 4 (40). С. 129
-139.
4.
Мартыненко Л.В. Подтекст как часть прагматической структуры текста //
Приоритетные научные направления: от теории к практике. 2016. № 32
-
2. С. 28
-33.
5.
Сильман Т.И. Подтекст как лингвистическое явление // НДВШ. ФН. 1969. №1.
6.
Кухаренко В.А. Интерпретация текста. М. : Просвещение, 1988. 192 с
7.
Лелис Е.И. Подтекст и смежные явления // Вестник Удмуртского
университета.
Серия: История и филология. 2011. Вып 4. С. 143–
151. URL:
https://cyberleninka.ru/ article/n/podtekst-i-smezhnye-yavleniya
(дата обращения:
27.09.2020).
8.
Toirova G. Pragmalingvistika o‘quv lug‘ati. Toshkent. 2016., 46
-bet.
9.
U.Rahimov, Tagma’no va presuppozitsiya. O‘zbek tili va adabiyoti. 2005. 5
-son. 31-bet
10.
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslik terminlari lu
g‘
ati.
11.
Ҳакимов
М. Ўзбек прагмалингивистикаси асослари. –
Тошкент, 2013
12.
Pushkareva, N.V. (2012) Subtext as the way to deepen prosaic text sense
perspective. Mir russkogo slova
–
The World of Russian Word. 3. pp. 73
–
79. [Online]
Available from: https://cyber-leninka.ru/article/n/podtekst-kak-sredstvo-uglubleniya-
smyslovoy-perspektivyprozai-cheskogo-teksta (Accessed: 27.09.2020). (In Russian).
13.
Budnichenko, L.A. (2012) Subtext in Mass-Media Discourses. Vestnik
Chuvashskogo universiteta
–
Chuvash University Bulletin. 2. pp. 260
–
266. [Online]
Available
from:
https://cyberleninka.ru/article/n/podtekst-v-publitsisticheskom-
diskurse (Accessed: 27.09.2020). (In Russian)
14.
Korkonosenko, S.G. (2018) Publitsistika [Opinion journalism]. In: Duskaeva, L.R.
(ed.) Medialingvistika v terminakh i ponyatiyakh: slovar’
-spravochnik [Medialinguistics in
Terms and Concepts: Reference Dictionary]. Moscow: FLINTA. pp. 226
–
228
15.
Primov A., X.Qodirova Tilshunoslikning dolzarb muammolari.
–
Urganch,
2019.45-bet