Opportunities of “Guess What!” coursebook in developing students’ lexical competence in the English language in grades 1-2

Abstract

Modernization of all types of education in our republic is one of the most pressing issues today. In particular, the process of teaching foreign languages, especially English, is gradually being reformed based on modern approaches at all stages of continuous education. Developing lexical competence in A1-level students requires the acquisition of new vocabulary on various topics, as well as reinforcement through repetition. Currently, the new version of the "Guess What!" coursebook is being used to teach English in grades 1-2 in public secondary schools. This textbook has several significant advantages. In this article, we will analyze the potential of this textbook in developing the lexical competence of primary school students.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
36-45
40

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdullayeva, M. . (2024). Opportunities of “Guess What!” coursebook in developing students’ lexical competence in the English language in grades 1-2 . Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(5), 36–45. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67877
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Modernization of all types of education in our republic is one of the most pressing issues today. In particular, the process of teaching foreign languages, especially English, is gradually being reformed based on modern approaches at all stages of continuous education. Developing lexical competence in A1-level students requires the acquisition of new vocabulary on various topics, as well as reinforcement through repetition. Currently, the new version of the "Guess What!" coursebook is being used to teach English in grades 1-2 in public secondary schools. This textbook has several significant advantages. In this article, we will analyze the potential of this textbook in developing the lexical competence of primary school students.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Opportunities of “Guess What!” coursebook in developing

students’ lexical competence in the

English language in

grades 1-2

Madinabonu ABDULLAYEVA

1

Namangan State Institute of Foreign Languages named after Ishaqhon Ibrat

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

Modernization of all types of education in our republic is one

of the most pressing issues today. In particular, the process of

teaching foreign languages, especially English, is gradually being

reformed based on modern approaches at all stages of

continuous education. Developing lexical competence in A1-level

students requires the acquisition of new vocabulary on various

topics, as well as reinforcement through repetition. Currently,

the new version of the "Guess What!" coursebook is being used

to teach English in grades 1-2 in public secondary schools. This

textbook has several significant advantages. In this article, we

will analyze the potential of this textbook in developing the

lexical competence of primary school students.

2181-

3701/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp36-45

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

elementary school,

lexical competence,

1st-2nd grade students,

general education schools,

English language learning.

1-2-

sinf

oʼquvchilarining

ingliz

tilida

leksik

kompetentsiyasini

rivojlantirishda

“Guess

What!”

darsligining imkoniyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

boshlang’ich sinf,

leksik kompetensiya,

1-

2sinf o’quvchilari,

umumtaʼlim maktablari,

ingliz tili o’rganish

.

Respublikamizning barcha taʼlim turlarini modernizatsiyalash

bugungi kunning eng dolzarb masalalaridandir. Zero,

mamlakatimizda uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida chet

tillarni xususan, ingliz tilini oʼqitish jarayonini zamonaviy

yondashuvlar asosida tashkil qilish bosqichma-bosqich amalga

oshirilmoqda. А1 daraja sohiblarida leksik kompetentsiyani

rivojlantirish, darslik mavzularini oʼrganish jarayonida turli

mavzularga oid boʼlgan yangi soʼzlarni oʼzlashtirish va takrorlashlar

1

PhD Student, Namangan State Institute of Foreign Languages named after Ishaqhon Ibrat

E-mail: abdullaevamadina@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

37

orqali mustaxkamlab borish bilan amalga oshiriladi. Аyni damda

davlat umumtaʼlim maktablarida 1

-

2sinflarda ingliz tilini oʼrgatish

uchun yaratilgan yangi tahrirdagi “Guess What!” darsligi bir qator

ijobiy afzalliklarga ega. Mazkur maqolada ushbu darslikning

boshlang’ich sinf o’quvchilarining leksik kompetensiyasini

rivojlantirishdagi imkoniyatlarini tahlil qilamiz.

Возможности учебника “Guess What!” в развитии
лексической компетенции учащихся по английскому
языку 1

-

2 классов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

начальная школа,
лексическая компетенция,

учащиеся 1

-

2 классов,

общеобразовательные
школы,

изучение английского
языка

.

Модернизация всех видов образования в нашей

республике является одним из самых актуальных вопросов

на сегодняшний день. В частности, процесс обучения

иностранным языкам, особенно английскому, постепенно
реформируется на основе современных подходов на всех

этапах непрерывного образования. Развитие лексической

компетенции у учащихся уровня А1 требует усвоения

нового словарного запаса по различным темам, а также его

закрепления путем повторений. В настоящее время для
обучения

английскому

языку

в

1

-

2

классах

общеобразовательных школ используется новая версия

учебника “Guess What!”. Этот учебник имеет несколько

значительных преимуществ. В данной статье мы
проанализируем возможности данного учебника в

развитии лексической компетенции учащихся начальной

школы.

Respublikamizning barcha taʼlim turlarini modernizatsiyalash bugungi kunning eng

dolzarb masalalaridandir [4]. Zero, mamlakatimizda uzluksiz taʼlimning barcha
bosqichlarida chet tillarni xususan, ingliz tilini oʼqitish jarayonini zamonaviy yondashuvlar

asosida tashkil qilish bosqichma-

bosqich amalga oshirilmoqda. А1 daraja sohiblarida

leksik kompetentsiyani rivojlantirish, darslik mavzularini oʼrganish jarayonida turli
mavzularga oid boʼlgan yangi soʼzlarni oʼzlashtirish va takrorlashlar orqali mustaxkamlab

borish bilan amalga oshiriladi [3].

Shuningdek, zamonaviy ingliz tili oʼqitish metodikasida leksikani oʼrgatish nutq

faoliyati turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi. Ingliz tili oʼqitish metodikasida
leksikani oʼrgatish ikki bosqichdan iborat jarayon deb qaraladi. Birinchisi,

leksikani

metodik tayyorlash (tanlash, taqsimot, tasnif, taqdimot) bosqichi boʼlib, ushbu jarayon
mazkur soha metodistlari tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchisi, leksik koʼnikmalarni
shakllantirish bosqichi boʼlib, ushbu jarayonda bevosita oʼqituvchi va oʼquvchi
hamkorlikda faoliyat koʼrsatadi.

Maʼlumki, oʼqitish metodikasida oʼquv sharoitiga qarab faol (reproduktiv) va passiv

(retseptiv) leksika tanlanadi. Oʼquvchi oʼz fikrini bayon etayotganida va oʼzgalar nutqida
tushuniladigan lugʼat faol leksika deyiladi. Idrok etib tushunishga moʼljallangan

lugʼat

passiv leksik minimum hisoblanadi. Har ikkala leksika oʼquvchining real (ongida mavjud)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

38

lugʼatini tashkil qiladi. Oʼquvchi hali oʼrganmagan, unga notanish lugʼat duch keladiki,
oʼzbek tili va rus tilining formal

-

semantik tomonining oʼxshashligi tufayli, uni bilib

olishning ichki imkoniyati bor leksik birliklar potentsial leksika deyiladi. Potentsial

leksikani ogʼzaki (audiotekstda) yoki yozma (grafik matnda) taqdim etilishi orqaligina
bilib olish mumkin. Oʼquvchi matnni idrok etganda, soʼz maʼnosini maustaqil fahmlab
yetsa, ushbu soʼz potentsial lugʼat deyiladi. Potentsial leksikaga quyidagila

r kiradi:

baynalmilal soʼzlar (tennis, business), turli soʼz turkumlariga mansub, ammo shakli bir xil
soʼzlar (work

-

ishlamoq; ish), tanish soʼzlardan tuzilgan qoʼshma soʼzlar (book+shop), soʼz

yasovchi elementlari tanish soʼzlar (teach

-

teacher). Oʼrganilga

n faol va passiv (real) hamda

potentsial leksikasi oʼquvchilarning vokabulyar leksikasi deyiladi. Matn mazmunida bir
marta qoʼllanib, boshqa mashqlarda mustahkamlanmaydigan soʼzlar –

novokobulyar

leksika deyiladi.

Аyni damda davlat umumtaʼlim maktablarida 1

-

2sinflarda yangi tahrirdagi “Guess

What” (ushbu darslik Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va AQSh Xalqaro
taraqqiyot agentligining Oʼzbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi hamkorligining

natijas

idir [1]. Darslik oʼzining Pupils book (oʼquvchi kitobi)/, Work book (mashq kitobi)

kabi turdagi kitoblariga ega) kitoblari hamda multimediali oʼquv resurs majmualaridan
foydalaniladi. Ingliz tilini oʼrgatish uchun yaratilgan mazkur darsliklar bir qator ij

obiy

afzalliklarga ega. Ularda oʼquvchining kommunikativ faoliyati (communicative activity)ga
keng eʼtibor berilgan hamda mavzuni mustahkamlash uchun berilgan koʼpchilik
mashqlarda illyustrativ rasmlardan foydalanilgan. Mazkur illyustrativ oʼquv meterialla

ri

nutqiy, til, sotsiolingvistik hamda pragmatik kompetentsiyalarni shakllantirishga ijobiy
xizmat qiladi.

Chet til oʼquv predmetiga oid davlat taʼlim standartida oʼquv fanning maqsadi va

vazifalari yuqorida taьkidlab oʼtilganidek –

Oʼzbekiston Respublikasida taʼlimning barcha

bosqichlarida chet tilni oʼqitishning asosiy maqsadi til oʼrganuvchilarning koʼp mada

niyatli

dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilda
kommunikativ kompetentsiyani (lingvistik (nutqiy, til), sotsiolingvistik, pragmatik)

shakllantirishdan iboratligi taʼkidlangan. Dasturiy talablarga binoan, umumtaʼlim
maktablarida ingliz tilini oʼqitish ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (the
first stage) CEFRning A1 “Kurtaklash bosqichi” (Survival level) darajasi I

-IV sinflarda

shakllantiriladi. Ikkinchi bosqich (the second stage) A2 “Boʼsagʼa oldi bosqichi” (Wastage

level) V-IX sinflarda shakllantiriladi.

Tadqiqot obʼekti sifatida belgilangan sinflar darslik

majmualarida quyidagi asosiy

mavzular orqali ingliz tili oʼrgatiladi:

1-

sinflar “Guess What 1” oʼquvchi kitobi Hello nomi ostida alohida ajratilgan

Introduction koʼrinishidagi boʼlimbilan birgalikda jami 9 ta boʼlim (Units), har bir boʼlimga
tegishli 6ta turli formatdagi ichki boʼlimlar (vocabulary, grammar, story value, tal

k time,

animal sounds, CLIL) va har ikkinchi katta boʼlim yakunlangach 1ta takrorlash (review)lar,

hamda darslik yakunida my sounds kabilar berilgan [1]. Birinchi kirish qismi

koʼrinishidagi Introduction “Hello!” (Salom!) deb nomlanib, har bir kichik boʼlm

achalarida

quyidagi kichik mavzularni oʼz ichiga olgan.

1.Vocabulary uchun blue, green, orange… kabi ranglar mavzusi (Colors), 2.Grammar

uchun How old are you? I`m…; What is your favourite color? My favorite color`s… kabi

savolli konstruktsiyalar orqali diologlar tuzish (Dialogues with question-answer), 3.Story

value turkumi doirasida “Qiziquvchan boʼling!” (Be curious!), 4. Talk time turkumi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

39

doirasida Look! It`s a lizard mavzusidagi listening activity (tinglash mashg`uloti), 5. Animal

sound turkumi doirasida “P” harfi talaffuzini oʼzlashtirish uchun “A pink and purple panda”

tez aytishi, 6. CLIL (Content&Language integrated learning-ikki tillilikni amalga oshirish

mexanizmi boʼlib, taʼlim oluvchi obyektlarda, yaʼni oʼquvchida oʼz ona tili bilan birgalikda
oʼzga tilni oʼrganish imkonini beradi. CLIL soʼzining maʼnosi –

content bu “fan”, “soha”,

“mavzu” boʼlsa, language –

“til”, integrated –

“integratsiya, aloqadorlik”, learning

“oʼrganish” kabi inglizcha soʼzlarning bosh harflari qisqartmasidan hosil boʼlgan
tushunchani ifodalaydi. CLIL texnologiyasi oʼrganiladigan yangi mavzuni, sohani, fanni
xorijiy tilda, yaʼni oʼzga tilda oʼrganishni tavsiya etadi)[ ] turkumi doirasida sanьat (Art)

mavzusi.

“Unit 1.School”, “Unit 2.Toys”, “Unit 3.Family”, “Unit 4. At home”, “Unit 5. My div”,

“Unit 6.Food”, “Unit 7. Actions”, “Unit 8. Animals”.

2-

sinflar “Guess What 2”kitobi ham birinchisi kabi Introduction shaklidagi kirish

boʼlimi bilan birgalikda jami 9 ta boʼlim (Units), har bir boʼlimga tegishli 6ta turli
formatdagi ichki boʼlinmachalar (vocabulary, grammar, story value, talk time, animal

so

unds, CLIL) va har ikkinchi katta boʼlim yakunlangach 1ta takrorlash (review)lar, hamda

darslik yakunida my sounds boʼlimlari berilgan. Birinchi boʼlim (Unit 1) “Transportation”
(Transport) deb nomlanib, har bir kichik boʼlmachalarida quyidagi kichik mavzularni oʼz

ichiga olgan.

1.Vocabulary uchun boat, bus, car, helicopter, truck… kabi transport vositalari

nomini oʼrganish, 2.

Grammar uchun I have a (truck). Does he/she have a (plane)?…kabi

savolli konstruktsiyalar orqali diologlar tuzish (Dialogues with question-answer), 3.Story

value turkumi doirasida “navbat almashing(Take turns!), 4. Talk time turkumi doirasida

Can I have a turn, please?mavzusidagi listening activity (tinglash mashg`uloti), 5. Animal

sound turkumi doirasida “G” harfi talaffuzini oʼzlashtirish uchun “A gorilla on the grass.A
hippo in the house.” tez aytishi, 6. CLIL turkumi doirasida ilm

-fan (Science) mavzusi.

Shuningdek, Unit 2 Pets, Unit 3 Clothes, Unit 4 Rooms, Unit 5 Meals, Unit 6 Activities,

Unit 7 In town, Unit 8 On the farm kabi boʼlimlarga ega.

Ushbu boʼlimdagi mavzularda oʼquvchilarning lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik

kompetentsiyalarni egallashlarini inobatga olib, amaliy mashqlar bajariladi. Ushbu

mashqlarda nutq faoliyatini kompleks egallashga oid yozma, ogʼzaki va proekt ishi

vazifal

ari maxsus bajariladi. Ushbu mashqlar chet til taʼlimini samarali tashkil qilishga

yordam beradi. Fikrimizcha, darslik materiallarida bajariladigan amaliy mashqlar miqdori

kam berilgan. Mavzularga oid aksariyat materialllar mulьtimedial oʼquv resursda aks

etgan. Metodik talablarga binoan, amaliy mashqlar asosan darslik materiallarida

bajarilishi maqsadga muvofiq. Elektron oʼquv resurslardagi operatsion mashqlarda esa,

nutq malakalari mustahkamlanishi lozim.

1-2-

sinflarda ingliz tili oʼqitishdan birlamchi amaliy maqsadlar ingliz tilida ogʼzaki

va yozma muloqot qila olish uchun boshlangʼich bilim

-

koʼnikma(ingliz tili alifbosini yod

olish, beginner bosqichi doirasidagi boshlangʼich soʼzlar bilan lugʼat boyligini

shakllantirish, oʼzi, oilasi, doʼsti haqida gapirishni boshlangʼich shaklda oʼrganish)
kabilarni shakllantiish, turli hildagi rangli rasmlarga ega boʼlgan kitoblar bilan tanishish,

alifbo harflarini turli narsa-

buyumlar bilan taqqoslab oʼrganish,turli xil

dagi rasmlarni

tasvirlab berishga harakat qilish orqali ogʼzaki nutqni boshlangʼich darajada shakllantirib
borish. Demak, tinglab tushunish va ogʼzaki nutq amaliy maqsad boʼlar ekan, oʼrganilmish
yangi lisoniy birliklar, darslik mavzularida, oʼqituvchi nut

qida ifodalanadi yoki


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

40

multimedial oʼquv resurslarda taqdim qilinadi. Soʼngra oʼquvchilar ogʼzaki nutqida ham

yetarlicha mashq qilinadi.

Mamlakatimizda yangi tahrirdagi darslik majmualariga binoan 2023/24-

oʼquv

yilidan ingliz tilini oʼqitish 1

-sinfdan boshlab amalga oshirildi. Mazkur darslik

“GuessWhat!” oʼquvchi kitobi, (ish kitobi ilova qilinadi) mulьtimedial oʼquv resurs hamda
oʼqituvchi

kitobidan iborat. Ushbu darslik majmualari ayni damda umumiy oʼrta taʼlim

muassasalarida ingliz tilini oʼqitishda qoʼllanilmoqda. Undagi tanlangan boʼlimlar, oʼquv
mavzulari dastur talablariga muvofiq boʼlib, samarador ingliz tilini oʼzlashtirish

texnolog

iyalari, rasmli tasvirlari, mulьtimedial oʼquv mashqlari bilan bir qator yutuqlarga

ega hamda oʼquvchilarning talab qilingan kompetentsiyalarni rivojlantirishga xizmat

qilmoqda.

1-

sinflardagi oʼquvchi kitobi oʼquvchilarning yoshi, psixologik qiziqishlaridan kelib

chiqqan holatda asosan rangli rasmlar, tez aytishlar, qoʼshiqlar, oʼyin mashgʼulotlari bilan
boyitilgan. Birinchi boʼlimda “Unit 1. School” quyidagi mavzular mavjud. Voca

bulary

qismida board, book, chair, desk, door, eraser, pen... v.h kabi maktab va sinf xonasiga

tegishli boʼlgan yangi soʼzlarni oʼzlashtirish uchun tinglab tushunishga doir bir nechta

mashqlar berilgan. Shuningdek, keyingi mashqlarda, xususan exercise 4 da tinglash orqali

soʼzlarni kuylab yod olish, exercise 5 da esa oʼquvchilarning tafakkurini rivojlantirish
maqsadida Think! instruktsiyasi ostida ranglar va yangi soʼzlarni takrorlash uchun Look!
And find five differences! (Qara va 5 ta farqni top!) mashgʼu

lotini bajarishga rangli rasm

berilgan. Grammar qismi uchun Sing the Song! (qoʼshiq kuyla!) mashgʼuloti, “How many
chairs can you see?” kabi savol konstruktsiyasi tuzish orqali oʼtilgan yangi soʼzlarni
takrorlash mashqi, hamda Play the Game! (oʼyin oʼyna!)

kabi oʼyin maoʼgʼulotlari berilgan.

Story value turkumi doirasida Make Friends! (doʼstlashmoq) mavzusiga doir listening

activity (tinglab tushunish) uchun 4 ta exercise (mashq) lar taqdim qilingan. Animal sound

turkumi doirasida esa “B” harfi talaffuzini oʼzlashtirish uchun “A bear with a blue book” tez
aytishi berilgan. CLIL turkumi doirasida esa “Science” mavzusi boʼyicha “What material is
it?” (bu qaysi homashyo?) savoli doirasida bitta audio, bitta video material, hamda
oʼquvchilarning rasm chizish qobiliyatini ham tatbiq etgan holatda “Draw the materials in
your classroom!” (sinfxonangizda buyumlar yasalgan xomashyo nomlarini chizib
koʼrsating) instruktsiyasi boʼyicha drawing (rasm chizish) topshirigʼi berilgan.

Keyingi boʼlimlar (“Unit 2. Toys”, “Unit 3. Family”, “Unit 4. At home”, “Unit 5. My

div”, “Unit 6. Food”, “Unit 7. Actions”, “Unit 8. Animals”) ham huddi shu tartibda davom

etgan. Barchasida 1-

boʼlimda tahlil etilganidek 6 ta boʼlmachalar: vocabulary, gra

mmar,

story value, talk time, animal sounds va CLIL mavjud boʼlib, xar bir boʼlmacha oʼzining

mavzulari xilma-

xilligi bilan oʼzaro bir

-

biridan farqlanadi. Yuqorida taьkidlanganidek,

darslikda oʼquvchilarning yoshi va ayniqsa endigina maktabgacha taьlim bos

qichidan

chiqqanligi inobatga olinib asosiy urgʼu rangli rasmlar, turli xil oʼyin mashgʼulotlari, musiqa
va qoʼshiqlar, har xil tez aytishlarga qaratilgan va oʼylaymizki, bu oʼquvchilarga ingliz tilini
qiziqarli hamda samarali tarzda oʼzlashtirishga yordam

beradi. Аyniqsa yangi soʼzlarni yod

olib lugʼat boyligini shakllantirish uchun oʼyin texnologiyasidan keng foydalanilgani
darslikning qiziqarlilik va samaradorlik darajasini oshirgan. Darslik yakunida berilgan “My
sounds” boʼlimi esa tilga qoʼshimcha ravishda oʼquvchilardagi hayvonot olamiga mehr
uygʼotadi va taqlid qobiliyatini ham shakllantirishga yordam bera oladigan noodatiy

qismlardan biridir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

41

1-

sinflardagi workbook (ish kitobi) ham aynan oʼquvchilarning ingliz tilini rang

-

barang rasmlar va oʼyin texnologiyasi orqali oʼrganishiga, hamda oʼquvchi kitobidan
oʼzlashtirilgan bilimlarini yanada mustahkamlashiga koʼmak berish vazifasini bajaradi.

Oʼquvchi kitobi kabi ish kitobi xam starter unit (boshlangʼich boʼlim) bilan birgalikda

9 ta unit (boʼlim)lar, har ikkita boʼlimdan keyin keladigan review (takrorlash) va
qoʼshimcha ravishda kitob yakunida My picture dictionary (mening rasmli lugʼatim), My

puzzle (boshqotirmalar) va Cutouts (kesmalar) boʼlimlari mavjud. Har bir boʼlimda
oʼquvchi kitobida oʼzlashtirilgan bilim

-

koʼnikmalarni qayta takrorlash va shu orqali

yanada mustahkamlash uchun turli mashq va topshiriqlar berilgan. Misol tariqasida Unit
2-

Toys (oʼyinchoqlar) boʼlimini koʼrib chiqamiz.

Unit 2-

Toys boʼlimida ham xuddi oʼquvchi kitobidagi kabi 6 ta boʼlmachalarga mos

boʼlgan mashqlar berilgan. Vocabulary turkumi doirasida Listen and check! (tingla va
tekshir) instruktsiyasi boʼyicha berilgan 1

-

mashqda 1, 2, 3, 4 boʼlimda a, b qismlarga

aj

ratilgan 8 ta rasm berilgan, har bir rasm yonida esa boʼsh katakchalar mavjud.

Tushunishimizcha bu mashqda tinglanadigan audioda 1, 2, 3, 4 dagi a, b da keltirilgan qaysi
predmet nomi aytilsa shuni oldidagi katakchaga tick (

) belgisini qo

ʼ

yish kerrak bo

ʼ

ladi.

Mashq yaxshi tuzilgan, oʼyoquvchining ham tinglab tushunish ham koʼrib idrok etish
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Lekin shuni taьkidlash kerakki, ish kitobi asosan uyga vazifa
tariqasida berilgani uchun undagi instruktsiyani oʼquvchiga yanada tushunarli boʼlishi
uchun koʼproq soʼzli va albatta oʼquvchi uchun ingliz tilining yangi til ekanligi inobatga
olingan xolda L1 (oʼz ona tili) dan ham foydalangan holda berilishi maqsadga muvofiq
boʼladi. Oʼquvchilarning yosh xususiyatini hisobga olganda, Listen

and check kabi atigi 2

soʼzli instruktsiya oʼquvchiga toʼlaqonli mashq bajarish shartini tushuntirib berolmasligi
va natijada oʼquvchi mashq bajarishda xatolikka yoʼl qoʼyishiga sabab boʼlishi mumkin.

Look, match and say! instruktsiyasi boʼyicha berilgan 2

-mashqda 1. 2, 3, 4 raqamli 4

ta rasm va har bir rasmga moslashtirilishi kerak boʼlgan a, b, c , d harflaridagi narsalar
rasmlari berilgan. Unga koʼra oʼquvchilar har bir raqamda berilgan rasmdagi yash

iringan

predmet nima ekanligini quyida berilgan harflarga biriktirilgan rasmlar bilan topqirlik va
idrok qilish orqali birlashtirib, predme nomini ingliz tilida tushuntirib beradilar. Mashq

haqiqatan oʼquvchilarning yoshiga va qiziqishlariga juda mos va ba

jarishga bir muncha

osonroq qilib berilgan, instruktsiyasi ham son va tushunarli ekanligi mashqni bajarishni
yanada osonlashtirgan.

Navbatdagi mashq yana tinglab tushunish uchun berilgan Listen and stick! (tingla

va yopishtir) instruktsiyasi bilan berilgan boʼlib, mashq 5 ta boʼsh cards (kartochkalar) dan
iborat. Tushunishimizcha, oʼquvchilar audioni tinglab, eshitganlarini boʼsh karta

larga

birlashtirishi kerak boʼladi. Lekin bu mashqda aniq nima keltirilishi audioni tinglab
tushunish orqaligina yanada ayon boʼlishi mumkin. Bunday aniq tushuntirishsiz berilgan
mashq oʼquvchilarga mashqni xatosiz bajarishda qiyinchilik tugʼdirishi mumkin

. Bu esa

hatto oʼquvchining tilni oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqishini ham susayishiga olib kelishi
mumkin. Listening activity oʼzi aslida bir muncha qiyin mashgʼulotlar sirasiga kiradi,
bunday aniq tushuntirishsiz “listening activity” lar esa boshlangʼich

sinf yoshidagi

oʼquvchilar uchun ikki barobar qiyinchilik tugʼdirishi mumkin. Workbook da bu kabi
“listening activity” lar har 2 ta mashqda berilganini koʼrish mumkin. Oʼylashimizcha,
boshlangʼich sinf yoshidagi oʼquvchilar, xususan, 1

-2 sinflar uchun bunc

halik koʼp

miqdordagi listening activities juda koʼp boʼlishi va tabiiyki, oʼquvchilar uchun endigina
oʼzlashtirilishi boshlangan yangi skill (qobiliyat)ni rivojlantirishga boʼlgan qiziqishni koʼp


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

42

miqdordagi bosim sababli susayishiga olib kelishi mumkin. Fikrimizcha, tinglab tushunish

mashqlarini bir muncha kamaytirish, yoki instruktsiyalarini tushunarliroq qilish, koʼproq
koʼrib tahlil qilish orqali bajariladigan mashqlarni berish maqsadga muvofiq boʼladi.

Kitob yakunida berilgan “My picture dictionary” boʼlimi eng foydali va qiziqarli

boʼlgan boʼlimlardan biri ekan. Ushbu boʼlimda har bir unit uchun alohida sahifalar
ajratilgan. Boʼlim odatiy lugʼatlar kabi alifbo tartibida keltirilgan va har bir unit

mavzu

sidan kelib chiqqan holda rasmli dictionary koʼrinishida berilgan. Bu boʼlim nafaqat

oʼquvchilarni oʼtilganlarini mustaxkamlashga, balki xotirasini mashq qildirib uni yanada
kuchaytirishga turtki boʼla oladi deb ayta olamiz.

2-

sinflar uchun berilgan “Guess What!” kitobi ham yuqorida ta’kidlab oʼtilganidek,

huddi birinchisi singari starter unit bilan birgalikda jami 9 ta units, har ikkinchi unit dan
keyin keladigan review (takrorlash)lar, darslik yakunida esa my sounds deb nomlangan

yakunlovchi boʼlimlardan iborat [2]. Har bir boʼlim avval qayd etganimizdek, birinchi kitob
bilan deyarli bir hil shaklda tuzilgan. Faqatgina darsliklarning oʼquvchilari boʼlmish 1

-2

sinflarning oʼziga xos yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda yo

ndoshilgan

mavzularning turlicha ekanligi bilan oʼzaro farqlanadi. Yuqorida Unit 1 ni tahlil kilgan edik,
endi esa ushbu tahlilimizning mantiqiy davomi sifatida yana bir unitni koʼrib chiqamiz.
Unit 3 Clothes (kiyimlar) mavzusida boʼlib, oʼquvchilar ushbu boʼlimda vocabulary (lugʼat
boyligi) ni kiyimlar turkumiga tegishli boʼlgan yangi soʼzlar bilan boyitadilar. Lugʼat asosan
deyarli oʼzlari har kuni kiyadigan kiyimlar va ularning ingliz tilidagi nomlaridan iborat
boʼlganligi oʼquvchilarning bu unit ni oʼzlashtirishga boʼlgan ishtiyoqlarini oshirishi
shubhasiz. Unit Аfrika qabilalaridan birining aholisi boʼlgan qora tanli bolalarning rang

barang lekin anchagina eskirgan liboslarni kiyib olgan rasmi bilan boshlangan. Bundan
anglashimiz mumkinki, ushbu surat o

rqali oʼquvchilar nafaqat kiyim nomlarini balki,

boshqa xalqlarning, xususan Аfrika xalqlarining turmush tarzi, yashash sharoiti, oʼziga xos
madaniyati, kiyinish anьanalari va hatto geografiyasi, iqlimi, ob

-havosi kabilarni ham

oʼrganishi mumkin. Bu esa oʼz navbatida chet tili bilan boshqa fanlarning oʼzaro
integratsiyasini yuzaga keltiradi, natijada oʼquvchilar faqatgina tilni oʼrganish bilan
chegaralanib qolmay, boshqa fan yoʼnalishlarida ham bir muncha bilim

-

koʼnikmalarga ega

boʼlib borishlari ular ongining yuqori darajada oʼsib borishiga yordam beruvchi omil
boʼladi. Surat tahlili tugagach ketma

-

ket 3ta exercise (mashq)lar oʼquvchilarning tinglash

qobiliyatini rivojlantirish uchun, Ex 1. Listen. Who`s speaking? Ex 2. Listen, point and say!
Ex 3. Listen a

nd find! Instruktsiyalari bilan berilgan va har biri oʼquvchidan audioni tinglab

berilgan topshiriqni toʼgʼri bajarishni talab etadi. Аmmo, fikrimizcha, ketma

-ketlikda

birdaniga shuncha listening activity oʼquvchi psixologiyasidan kelib chiqqanda anchagina

ularga bosim berishi mumkin. Ushbu yoshdagi oʼquvchilar hali xam biroz oʼyinqaroq,
qiziquvchan, juda harakatchanligi sabab bir joyda uzoq vaqt shovqinsiz oʼtira olmaydigan,

diqqat-

eьtibori tarqoq boʼlgan bolalar jamoasidan iborat boʼladi. Bu kabi sifatlar

dagi

oʼquvchilarga birdan bir nechta bir xil topshiriq berilishi birinchidan, oʼlarning eьtiborsiz
boʼlishiga, zerika boshlashiga, shovqin qilishni boshlashi orqali audioni nafaqat oʼzi balki
boshqalarga ham eshitilmay tushunarsiz boʼlib qolishiga, ikkinchidan esa, oʼquvchilarni

tinchlantirish uchun audioni qayta-

qayta oʼchirib yoqish va bir vaqtning oʼzida

oʼquvchilarni xam bir maromda ushlab turishga harakat qilish oʼqituvchilarga ham
noqulaylik tugʼdiradi va natijada dars sifati pasayib, oʼz

-

oʼzidan dars

boshida oʼqituvchi

-

oʼquvchi orasida yaratilgan English atmosphere (ingliz tili muhiti) bir muncha izdan

chiqishiga olib kelishi mumkin. Keyingi mashqlar, ex 9, 10, 11, 12, 13 da ham yana ketma-


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

43

ket aynan shu xato takrorlanib birdan bir nechta bir xil mashgʼulot har hil shartlar bilan

berilgan.

Umuman olganda, darslikni barcha Unit larini koʼzdan kechirganimizda asosiy

eьtibor aynan tinglash qobiliyatiga qaratilgani va deyarli mashqlarning 80 %i “listening
activity” lardan iboratligini koʼrishimiz mumkin.

Oʼylashimizcha, darslik yaratuvchilari boshlangʼich sinflarga moʼljallangan

darslikda haddan ortiq koʼp tinglash mashgʼulotiga urgʼu berilganini keyingi darsliklar
taxriri jarayonida koʼrib chiqishlari ayni muddao boʼlar edi. Tinglash qobiliyatini erta

yoshdan shaqllantirish yaxshi albatta, lekin listening activity larni birdan bir nechta emas,

balki alohidadan berilsa kutilgan samaraga erishsa boʼladi. Bu esa faqat ushbu mashgʼulot

turiga emas, umuman olganda barchasiga taalluqli. Bir xillik ayniqsa ushbu yoshdagi

bolalarning tez zerikishiga, hatto oʼsha mashgʼulotdan bezib qolishiga ham sabab boʼlishi
mumkin. Taьkidlash joizki, darslikdagi mashqlarni shakllantirayotganda oʼquvchilarning

yosh xususiyatlarini hisobga olib har birini meyor darajasidan oshirmaslik maqsadga

muvofiq boʼladi. Boshqa turdagi mashgʼulotlar deyarli kamligini, bir nechta qoʼshiq yod
olish va kuylash, alifbo harflarini oʼrganish uchun tez aytish mashqlarigina berilganligini
ta’kidlab oʼtishimiz kerak, qolgan barcha mashqlar esa aytib oʼtilganidek Listening

activities dan iborat.

2-

sinflar uchun moʼljallangan Workbook (ish kitobi) 2 ham tuzilishi jihatdan deyarli

birinchisidan katta farq qilmaydi, huddi birinchisi kabi starter unit bilan boshlanib
umumiy 9 ta Units dan iborat va yakunida My pictures dictionary, my puzzles, hamda
cutouts qismlari bilan yakunlanadi. Farqi esa odatdagidek, mavzularning ikkita darslikda

turlicha ekanligi bilan tasniflanadi. Ish kitobining asosiy vazifasi oʼquvchi kitobida
oʼtilganlarni qoʼshimcha qilib berilgan mashqlar orqali takrorlash va yanada

musta

xkamlash, hamda oʼquvchi xotirasini charxlashdan iborat. Har 2 ta boʼlim

yakunlangach keladigan Review (takrorlash) qismining Unit 1-2 ni mustaxkamlash uchun

berilganini koʼrib chiqadigan boʼlsak, undagi ranglilik va qiziqarlilik sifatlari
uygʼunlashtirilganini va natijada bu oʼquvchi eьtiborini tortib, uni mashgʼulotga jalb eta
olishini taьkidlashimiz kerak. Takrorlash qismi 4ta exercise (mashq)lardan iborat boʼlib,
har biri har xil turdaligi bilan oʼquvchini zerikib qolmasligini taьminlaydi va natijada

review (takrorlash)ning samarasini yanada oshiradi. Ex.1 Look and write the word! (qara

va soʼzni yoz) instruktsiyasi ostida berilgan 9ta boʼsh katakchadan iborat Crossword va
unga mos 9ta rasmlardan iborat. Shartda koʼrsatilganidek rasm nomini ingliz tilida

topib

mos keladigan katakchalarga harflarni toʼgʼri ketma

-

ketlikda joylash kerak boʼladi. Bunday

mashqlar oʼquvchi rivojlanishida juda foydali, chunki mashqni bajarish jarayonida
oʼquvchi soʼzlarni idrok qilishga, ingliz tilidagi nomini tezroq eslashga va

ongli ravishda

mashqni toʼgʼri tartibda bajarishga harakat qiladi. Buesa oʼz navbatida oʼquvchi ongli

fikrlashi tezligini oshishida va xotirasini charxlashda yordam beradi. Keyingi Ex.2 da Read

and circle the answer! (oʼqi va toʼgʼri javobni belgila!) sha

rti ostida 6 ta savol va har bir

savolga tegishli 2 tadan a, b variantlardan iborat boʼlgan test sinovi berilgan. Savollar

-

3. …

babies. a Its b Theyre-

kabi shaklda boʼlib, asosiy urgʼu gramatika boʼyicha oʼtilganlarni

qayta taqrorlashga qaratilgan. Test shu kabi turli gramatik savollardan tarkib topganligi

endi oʼquvchini oʼrgangan gramatik qoidalarni esga olgan holda mshqni toʼgʼri bajarishga
undaydi va natijada bu yana xotira ishlab charxlanishiga, tilning asoslaridan boʼlmish

gramatika mustaxkamlanishig

a va oʼquvchining topqirlik qobiliyati rivojlanib borishiga

sabab boʼladi. Bundan keyingi uchinchi mashq xam oʼquvchi rivojlanishi uchun juda


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

44

maqbul boʼlgan mashgʼulot turidan iborat. Sharti Look, read and match! (qara, oʼqi va
mosla!) dan iborat boʼlgan ushbu mashqda oʼquvchi berilgan 4 ta: How do you spell

"Lucy"?; What are these?; Does she have a fish?; Are they old?; kabi savolli
konstruktsiyalarga 4ta variantdagi: a No, they arent; b L-U-C-Y; c No, she doesnt; d Theyre

boats kabi javoblardan mantiqiy mos keladiganini topishlari kerak boʼladi. Mashqning eng
foydali jihati shundaki, oʼquvchi uni bajarish davomida mantiqiy fikrlashga oʼrganadi

va bu

orqali firkrlarni ketma-ket bir-

biriga mos keladigan qilib yozishni, hamdaoʼz ongida ham

mantiqan oʼylashni rivojlantiradi. Review qismining eng oxirgi 4

-

mashqi ham oʼziga xos

tuzilgan. Unga koʼra oʼquvchilar Listen and check! (tingla va tekshir) sha

rti bilan berilgan2

juftdan iborat 4 ta rasmni oʼzaro oʼz jufti bilan tafovutini aniqlashlari kerak boʼladi.

Mashqni qiziqarli qilgan omil esa, farqlarni audioda eshitilganlar bilan solishtirib, aynan
speaker qaysi suratni tasvirlab berayotganini aniqlash

va ayni surat ostidagi boʼsh

katakchaga

belgisini qo

ʼyish. Bu mashq oʼzaro integratsiya asosiga qurilgan boʼlib, mashq

orqali oʼquvchilar nafaqat topqirlik balki tinglab tushunish, balki mantiqiy fikrlash

qobiliyatlarini ham rivojlantirishga erishadilar. Faqatgina birgina omil-tinglab
tushunishning bu daraja

dagi oʼquvchiga biroz qiyinchilik tugʼdirishini hisobga olsak,

mashqning toʼgʼri bajarilishi biroz pasayishi mumkin. Bunday mashqlarni oʼquvchi
darajasi biroz koʼtarilgach berilsa maqsadga muvofiq boʼla

di, nazarimizda. Ungacha

listening qobiliyatini oshirish uchun 1-

2 sinf oʼquvchilariga turli qoʼshiqlar tinglash,

multfilmlarni ingliz tilida qisqacha koʼrish, ertaklar tinglash ham yaxshigina yordam bera

oladi.

Kompetentsiyalarni rivojlantirish jarayonidagi koʼnikma va malakalar, oʼquvchilar

uchun mavzularni oʼzlashtirishda vujudga keladigan interferentsion qiyinchiliklarni

bartaraf qilishga xizmat qilishi kerak. Tadqiqot ishida kompetentsiyalarni rivojlantirishga
oid tajriba-sinov ishlari jarayonida, 1-

2 sinf oʼquvchilarining chop etilgan darsliklar

asosida ingliz tilini oʼrganish mobaynida interferentsiyalar mavjudligi aniqlandi. Psixik

jarayonlar

sezgi, idrok, xotira, tafakkur hamda diqqatni rivojlantirish, chet tillarni

umumtaʼlim maktablarida oʼqitish jarayonida muhimligini inobatga olish, ingliz tilini
oʼrganishda vujudga kelgan interferentsiyalarni bartaraf qilishga va oʼquvchilarni mazkur
tilni samarali oʼzlashtirishga xizmat qiladi.

Mashhur psixolog va fiziolog olimlar E.N.Boyko, E.N.Sokolov va Z.Freydning

taʼkidlashicha, oʼquvchining eʼtiborini tortadigan meʼyoridan koʼp boʼlgan yorqin tasvirlar,
ular uchun belgilangan bilim, malaka hamda koʼnikmalarni oʼzlashtirishga toʼsqinlik qila

di.

Shu sababli darslik materiallarini juda koʼp tasvirlar, surʼatlar bilan bezatilishi ham

unchalik maqsadga muvofiq emas.

1-2-

sinflarda zamonaviy talablar asosida chet tillarni oʼrgatish mamlakatimizda

2013-

14 oʼquv yilidan amalga oshirildi. Jumladan, ushbu oʼquv yilidan “Fly high 1, 2”

(Pupils book, Workbook) darslik majmualari yaratildi. 1-2-

sinflarda oʼrgatiladigan

mavzula

rda berilgan oʼquv mashqlar batafsil tahlil qilindi. Bundan koʼzlangan maqsad,

chet til oʼquv predmetini oʼqitish holatini ijobiy tomonga oʼsishiga koʼmaklashish hamda
oʼquvchilarda talab qilingan kompetentsiyalarni faol rivojlantirishdan iborat.

Tadqiqotda yuqoridagi fikrlar umumlashtirilib, 1-2-

sinf oʼquvchilarining leksik

kompetentsiyasini rivojlantirish ishlari koʼrib chiqildi. Unga koʼra, ingliz tili darslarida 1

-

2-

sinf oʼquvchilarining leksik kompetentsiyasini rivojlantirishda taʼlim sharoiti

,

maqsadlari, ingliz tili leksikasini oʼrgatish tamoyillari uzviy tadqiq qilinganligini kuzatish

mumkin. Shuningdek, ingliz tilida leksik kompetentsiyani rivojlantirish mazmunini


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

45

metodik tayyorlash va leksik koʼnikmalarni rivojlantirish bosqichlari, leksikani oʼrgatishga
boʼlgan yondashuvlar masalalari oʼrganildi va tahlil qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Reed, S., & Bentley, K. (2022). Guess What! Grade 1. Student's Book. Cambridge

University Press.

2.

Reed, S., & Bentley, K. (2022). Guess What! Grade 2. Student's Book. Cambridge

University Press.

3.

Qurbonova, M. N. (2021). BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISHDA

ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Экономика и социум, (8 (87)), 55

-

56.

4.

Shahnoza, R. (2023). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA INGLIZ TILINI OQITISH

METODIKASI. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S
THEORY, 1(4), 24-27.

References

Reed, S., & Bentley, K. (2022). Guess What! Grade 1. Student's Book. Cambridge University Press.

Reed, S., & Bentley, K. (2022). Guess What! Grade 2. Student's Book. Cambridge University Press.

Qurbonova, M. N. (2021). BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Экономика и социум, (8 (87)), 55-56.

Shahnoza, R. (2023). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA INGLIZ TILINI OQITISH METODIKASI. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(4), 24-27.