Авторы

  • Мадинабону Хамидова
    Преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67659

Ключевые слова:

технологическое развитие XX века теории искусственного интеллекта научные подходы влияние технологий на общество технологическая революция

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы, связанные с изучением процессов технологического развития в XX веке и теорий искусственного интеллекта. Развитие искусственного интеллекта и сопутствующие теоретические подходы подчёркивают влияние технологий на общество, научные исследования и их роль в повседневной жизни. В статье освещаются ключевые этапы развития искусственного интеллекта, научные теории и особенности технологических изменений в XX веке.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Technological development processes of the 20th century
and theories about artificial intelligence

Madinabonu KHAMIDOVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article addresses issues related to the study of

technological development processes in the 20th century and
theories of artificial intelligence. The development of artificial

intelligence and related theoretical approaches highlights the

impact of technology on society, scientific research, and its role

in daily life. The article explores the main stages of artificial
intelligence development, scientific theories, and the

characteristics of technological changes in the 20th century.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp113-117

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

technological development
of the 20th century,

theories of artificial

intelligence,

scientific approaches,

impact of technology on
society,

technological revolution.

XX asrning texnologik rivojlanish jarayonlari va sun'iy
intellekt haqidagi nazariyalar

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

XX asr texnologik
rivojlanish,

sun'iy intellekt nazariyalari,
ilmiy yondashuvlar,

texnologiyaning jamiyatga

ta’siri,

texnologik inqilob.

Ushbu maqolada XX asrda texnologik rivojlanish jarayonlari va

sun'iy intellekt

nazariyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan masalalar

ko’rib chiqiladi. Sun'iy intellektning rivojlanishi va unga oid nazariy

yondashuvlar texnologiyaning jamiyatga ta’siri, ilmiy izlanishlar va

kundalik hayotdagi o‘rnini ta’kidlaydi. Maqolada sun'iy intellek

t

rivojining asosiy bosqichlari, ilmiy nazariyalar va XX asrdagi

texnologik o‘zgarishlarning xususiyatlari yoritiladi.

1

Lecturer of Uzbekistan State World Languages University,

E-mail: madinabonuxamidova@gmail.com.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

114

Процессы технологического развития XX века и теории
об искусственном интеллекте

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

технологическое развитие
XX века,

теории искусственного
интеллекта,

научные подходы,

влияние технологий на
общество,
технологическая

революция

.

В статье рассматриваются вопросы, связанные с

изучением процессов технологического развития в XX веке и

теорий

искусственного

интеллекта.

Развитие

искусственного интеллекта и сопутствующие теоретические

подходы подчёркивают влияние технологий на общество,
научные исследования и их роль в повседневной жизни. В

статье

освещаются

ключевые

этапы

развития

искусственного интеллекта, научные теории и особенности

технологических изменений в XX веке.


KIRISH

XX asr texnologik inqilob va sun’iy intellektning rivojlanishiga yo‘l ochgan davr

sifatida alohida o‘ringa ega. Bu

asrda ilmiy taraqqiyotning tezlashuvi va kompyuter

texnologiyalarining rivoji insoniyatni ko‘plab yangi savollar bilan tanishtirdi. Ayniqsa,
sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar texnologiyaning imkoniyatlari va cheklovlari haqida

chuqur muhokamalarni keltirib chiqardi. Ilmiy va adabiy manbalarda insoniyat va

mashinalarning axloqiy chegaralari, sun’iy ongning rivoji va uning inson qadriyatlari bilan
aloqasi borasidagi savollar keng o‘rganildi.

Adabiyot ham ushbu masalalardan chetda qolmadi. Ian McEwan va Kazuo Ishiguro

kabi mashhur adiblar o‘z asarlarida sun'iy intellekt obrazlari orqali texnologik rivojlanish
va axloqiy qadriyatlar o‘rtasidagi murakkabliklarni tadqiq qilishdi. McEwanning

Machines

Like Me

va Ishiguroning

Klara and the Sun

asarlari zamonaviy texnologik yutuqlar va

axloqiy masalalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni badiiy talqin etishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu
asarlarda insoniyatning texnologiya oldida tutgan o‘rni va axloqiy tamoyillari masalalari

yoritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sun'iy intellekt (SI) mavzusi adabiyotda

uzoq vaqtdan beri o‘z o‘rniga ega. Ilk ilmiy

-

fantastik asarlardan boshlab, yozuvchilar SI va uning insoniyatga ta'sirini tahlil qilish

orqali jamiyatning texnologiyaga bo‘lgan munosabatini aks ettirishdi. Ayniqsa, kompyuter

texnologiyalari va sun'iy ong haqidagi bilimlar kengayib borgani sari SI haqidagi asarlar

ham ko‘paydi va murakkablashdi. Bunday asarlarda ko‘pincha SI qahramonlari axloqiy
muammolarni keltirib chiqaruvchi obrazlar sifatida namoyon bo‘ladi, ular insoniyatning

hayoti, qadriyatlari va kel

ajagi uchun xavf tug‘diradi yoki muqobil imkoniyatlar yaratadi.

Ian McEwanning

Machines Like Me

asari SI mavzusini insoniyat va mashinalar

o‘rtasidagi axloqiy chegara masalasini ochib beruvchi asarlardan biridir [3]. Ushbu asarda

bosh qahramon Adam

SI roboti

insoniylik va axloqiy tanlovlar haqida qiziqarli

savollar tug‘diradi. Adamning xatti

-harakatlari, his-

tuyg‘ulari va axloqiy qarorlari o‘z egasi

va atrofdagi insonlar bilan munosabatda qanday ro‘l o‘ynashi masalalarini yoritadi. Asar

SI ning insoniy

hayot va qadriyatlarga ta’sirini ochib berib, texnologik rivojlanish bilan

bog‘liq axloqiy masalalarni tadqiq etadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

115

Kazuo Ishiguroning [4]

Klara and the Sun

asarida esa bosh qahramon Klara

SI

asosidagi sun'iy shaxs bo‘lib, uning inson hissiyotlari va axloqiy qadriyatlarga bo‘lgan
munosabati o‘rganiladi. Klara o‘z egasi bilan

bog‘langan tuyg‘ulari orqali axloqiy

dilemmalar va insoniyatning mashinalarga bog‘liqligi haqida savollar tug‘diradi. Ishiguro
asarida sun'iy ong va hissiy bog‘lanishning insoniy axloqiy qadriyatlarga ta’siri aniq

ifodalangan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, asarlarida sun’iy intellekt obrazi yoritilgan yozuvchilar

McEwan va Ishiguro asarlarining o‘ziga xos jihatlari shundaki ularda axloqiy dilemmalar

muhim

o‘rin tutganligidir. McEwan asarida Adamning mavjudligi va xatti

-harakatlari

insonning axloqiy tanlovlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi, masalan, inson va mashina
o‘rtasidagi axloqiy chegaralar va mas’uliyatlar masalasi. Ishiguroning Klarasi esa inson

hissiyotlari va mashinalarning bunday hissiyotlarga javob berish qobiliyatini tadqiq etadi.
Ushbu asarlar texnologiya va axloqning kesishmasida insoniyat uchun muhim savollar

tug‘diradi: texnologiya rivojlanishidan oldin biz axloqiy tamoyillarni qayta ko‘ri

b

chiqishimiz kerakmi?

Adabiyotlarda sun'iy intellekt obrazi orqali insoniy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar

va ularning texnologiya bilan qanday bog‘liqligi chuqur yoritiladi. Ushbu asarlar

jamiyatning texnologiya oldidagi noaniq munosabatini va axloqiy tamoyillarning qayta

o‘zgarishini namoyon etadi.

Sun'iy intellekt (SI) adabiyotda insoniyatning texnologiyaga bo‘lgan munosabatini

chuqur yoritishga xizmat qiluvchi obraz sifatida paydo bo‘lgan. Adabiyotshunoslar va

texnologiya mutaxassislari tomonidan sun'iy intellekt obrazi turli nazariy nuqtai

nazarlardan tahlil qilinadi, ular inson va mashina o‘rtasidagi farqlar, SI ning axloqiy

qobiliyati va SI asosidagi axloqiy dilemmalar haqida muhokamalar olib borishadi. Ilmiy-

fantastik janrda, SI ko‘pincha jamiyatnin

g texnologiyaga qaramligi yoki texnologiyaning

axloqiy xavfini aks ettirish uchun ishlatiladi.

Shuningdek, olimlardan Marvin Minsky [5] va Alan Turing [1] sun'iy intellektning

nazariy asoslarini ishlab chiqishda katta hissa qo‘shishgan. Turingning "Turing

testi" SI

ning aqlga ega ekanligini tekshirish vositasi sifatida tanilgan. Turingning nazariyasiga

ko‘ra, agar mashina odamni aldab, haqiqiy shaxsdek harakat qilsa, u aqlga ega hisoblanishi

mumkin. Bu test sun'iy intellektga oid adabiy asarlarda SI qahramonlari orqali insoniylik

va axloqiy tamoyillarning qayta ko‘rib chiqilishiga turtki beradi.

Sun'iy intellekt haqidagi nazariyalarni axloqiy yondashuvlardan tahlil qilish ham

muhim. Immanuel Kantning deontologik nazariyasi [6], masalan, axloqiy tamoyillarni aniq
qoidalar asosida belgilaydi, va bu SI ning axloqiy qobiliyatiga oid muhokamalarda muhim

o‘rin tutadi. Kantning tamoyillariga ko‘ra, har qanday axloqiy qadam o‘zining ichki
tamoyiliga ega bo‘lishi kerak, va bu SI uchun qo‘llash qiyin bo‘lgan tamoyildi

r, chunki SI

dasturiy ta’minot orqali axloqiy tanlovlar qilish imkoniyatiga ega emas. Nick Bostrom [8]
sun'iy intellektning rivojlanishi davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida
ogohlantiradi. U sun'iy intellektning o‘z

-

o‘zini takomillashtiris

h qobiliyati nazoratdan

chiqishi mumkinligi va bu insoniyat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoli haqida

tahlil qiladi. Bostromning yondashuvlari sun'iy intellekt xavfsizligini ta’minlashda va
nazoratni saqlash bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar uchun

asosiy yo‘nalishlarni belgilab

berdi.

Sun'iy intellekt asarlarini tahlil qilishda utilitarizm nazariyasi [9] ham qo‘llaniladi.

Bu nazariyaga ko‘ra, axloqiylik harakatning natijasi bilan belgilanadi. Shunday qilib, agar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

116

SI insoniyat uchun foydali natija keltirsa, u axloqiy deb hisoblanadi. Ishiguro va McEwan
[3] asarlarida SI obrazlarining axloqiy qadriyatlari va hissiy munosabatlari shunday

yondashuvlar yordamida o‘rganiladi.

MUHOKAMALAR

Ian McEwan zamonaviy adabiyotda texnologiyaning insoniyatga bo‘lgan ta’sirini

chuqur o‘rganadigan yozuvchilardan biridir. Uning

Machines Like Me

asari texnologiya va

insoniylik o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ko‘rsatishga qaratilgan. Roman sun'iy
intellektga ega bo‘lgan robot Adam va inson qahramonlari orasidagi axloqiy

va hissiy

kesishma nuqtalarini o‘rganadi. Ushbu asarda McEwan texnologiyaning insoniy his

-

tuyg‘ularni taqlid qilish imkoniyati va axloqiy masalalar bilan qanday bog‘liqligini yoritadi.

Texnologiya va insoniyat o‘rtasidagi bog‘liqlik tarix davomida ko‘plab asarlarda

namoyon bo‘lgan. O‘tmishda ilmiy

-fantastik adabiyotlar texnologiyaning rivojlanishi va

uning insoniyat uchun kelti

rishi mumkin bo‘lgan xavflarni tasvirlab bergan. Ammo

McEwan o‘z asarida texnologiyaga qahramon sifatida emas, balki insoniy tuyg‘ular va

axloqiy qadriyatlarni aks ettiruvchi obraz sifatida yondashadi. Adam axloqiy va hissiy

jihatlari bilan qiziqish uyg‘otadi va insoniy axloqiy qadriyatlarni o‘rganishga harakat

qiladi, ammo uning xatti-harakatlari va qarorlari odamlarning axloqiy tushunchalaridan

farq qiladi. Masalan, Adam insoniy tuyg‘ularni taqlid qilishga urinadi, lekin o‘zining

cheklangan dasturiy ta'mi

notidan kelib chiqib, murakkab axloqiy vaziyatlarda o‘zi uchun

eng foydali qarorlarni tanlaydi. Ushbu obraz orqali McEwan axloqiy tanlovlar va insonning

sun'iy intellekt oldidagi o‘rni haqida savollar beradi.

Boshqa bir misolda, asardagi qahramonlar Adamning axloqiy xatti-harakatlarini

baholashga harakat qilishadi, ammo Adam har doim o‘zining texnologik tabiati sababli
insoniy qoidalarga rioya qilmaydi. Adamning mavjudligi va uning insoniy tuyg‘ularni taqlid
qilish urinishlari inson va mashina o‘rtasidagi a

xloqiy chegara masalasini keltirib

chiqaradi. Asarda Adamning imkoniyatlari va chegaralari orqali McEwan texnologiyaning

insoniyatning axloqiy qadriyatlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.

Ishiguroning

Klara and the Sun

asarida bosh qahramon Klara insoniy hissiyotlarni

tushunishga va o‘z egasiga bog‘lanishga harakat qiladi. Klara oddiy mashina emas, balki
axloqiy va hissiy qobiliyatlari bilan ta’minlangan sun'iy shaxs sifatida tasvirlangan. Asarda
Klara o‘z egasining ehtiyojlariga javob bera olish uchu

n axloqiy tanlovlar qilishga harakat

qiladi, ammo uning qarorlari insoniy qoidalarga to‘liq mos kelmasligi tufayli ba'zi axloqiy
masalalar tug‘diradi.

Misol uchun, Klara insoniy xotirjamlik va hissiy yaqinlikni yaratishga intiladi, ammo

uning bu harakatlari

ba’zan o‘z egasining haqiqiy ehtiyojlarini to‘liq tushunmaslikka olib

keladi. Ishiguro ushbu qahramon orqali sun'iy intellektning inson hissiyotlarini taqlid

qilishdagi murakkabliklarini ko‘rsatadi va bu orqali axloqiy qadriyatlar masalalarini

yoritadi. Klaraning insoniy hissiyotlarga javob berishdagi yondashuvi va uning axloqiy

tanlovlari orqali Ishiguro inson va SI o‘rtasidagi hissiy va axloqiy munosabatlarni
o‘rganadi.

XULOSA

XX asr texnologik taraqqiyoti va sun'iy intellektning rivoji insoniyatga yangi

imkoniyatlar eshigini ochdi va bir vaqtning o‘zida murakkab axloqiy va ijtimoiy savollarni

keltirib chiqardi. Bugungi kunda sun'iy intellekt nafaqat texnologik, balki axloqiy va

ijtimoiy masalalarni ham o‘z ichiga olgan soha sifatida rivojlanm

oqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

117

Ian McEwan texnologiyaning insoniyat hayotiga ta’sirini o‘z asarlarida chuqur

yoritadi. U texnologiya insoniy qadriyatlarni qay darajada aks ettira olishi mumkinligini,

shuningdek, axloqiy mas’uliyatlarni ko‘rsatish uchun texnologiyadan foydalanadi.

Machines Like Me

asaridagi Adam obrazi orqali McEwan texnologiyaning inson hayoti va

axloqiy tamoyillar bilan qanchalik bog‘liq ekanligini yoritadi. Kazuo Ishiguro ijodida esa

sun'iy intellekt insoniy hissiyotlar va axloqiy qadriyatlar bilan murakkab aloqaga ega

bo‘lgan obraz sifatida tasvirlanadi.

Klara and the Sun

asari Ishiguroning sun'iy intellekt va

insoniyat munosabatlarini yoritishga qaratilgan ijodining eng yorqin namunalaridan
biridir. Klara qahramoni orqali Ishiguro texnologiyaning insoniy ehtiyoj va hissiyotlarni

to‘laqonli anglay olish imkoniyatini savol ostiga qo‘yadi va bu jarayonda insoniyatning
texnologiya oldidagi mas’uliyati haqida chuqur savollar tug‘diradi. Ishiguroning badiiy
talqinlari sun'iy intellekt va axloqiy qadriyatlar o‘rtasidagi

murakkab munosabatlarni

o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi va zamonaviy texnologiyalarning insoniyat
uchun qanchalik xavfli yoki foydali ekanligi haqida o‘quvchini mulohaza qilishga chorlaydi.

Texnologik rivojlanish va sun'iy intellektning kelajagi insoniyat oldida yangi

mas’uliyatlarni qo‘yadi. Sun'iy intellektning umumiy aql darajasiga yetishi ehtimoli
jamiyatda katta qiziqish va xavotirlarni uyg‘otmoqda. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan

masalalar sun'iy intellektning rivojlanishi davomida insoniyat uchun dolzarb va

mas’uliyatli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Kelajakdagi ilmiy izlanishlar sun'iy
intellektning insoniyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

:

1. Turing, A. M. Computing Machinery and Intelligence. Mind, Vol. 59, No. 236, 1950, pp.

433

460.

2. McCarthy, J., Minsky, M. L., Rochester, N., & Shannon, C. E. A Proposal for the Dartmouth

Summer Research Project on Artificial Intelligence. 1955.

3. McEwan, I. Machines Like Me. Jonathan Cape, 2019.
4. Ishiguro, K. Klara and the Sun. Faber & Faber, 2021.
5. Minsky, M. L. The Society of Mind. Simon and Schuster, 1986.
6. Kant, I. Groundwork of the Metaphysics of Morals. Harper & Row, 1964.
7. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity

in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton & Company, 2014.

8. Bostrom, N. Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. Oxford University Press,

2014.

9. Floridi, L. The Ethics of Artificial Intelligence. Springer, 2020.

Библиографические ссылки

Turing, A. M. Computing Machinery and Intelligence. Mind, Vol. 59, No. 236, 1950, pp. 433–460.

McCarthy, J., Minsky, M. L., Rochester, N., & Shannon, C. E. A Proposal for the Dartmouth Summer Research Project on Artificial Intelligence. 1955.

McEwan, I. Machines Like Me. Jonathan Cape, 2019.

Ishiguro, K. Klara and the Sun. Faber & Faber, 2021.

Minsky, M. L. The Society of Mind. Simon and Schuster, 1986.

Kant, I. Groundwork of the Metaphysics of Morals. Harper & Row, 1964.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton & Company, 2014.

Bostrom, N. Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. Oxford University Press, 2014.

Floridi, L. The Ethics of Artificial Intelligence. Springer, 2020.