Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Analysis of toponymic phraseological units by historical
and cultural components (in French and Uzbek)
Guljakhon SUNNATOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article uses the material of the French and Uzbek
languages to study the cultural and historical features of
toponymic phraseological units. Naming the living quarters of
every nation has existed since ancient times. For this reason,
place names were used while maintaining their ancient form. The
composition of toponymic phraseological units is variable, since
they are updated depending on the period as generations change.
The results of their calculations indicate that the process of
formation of phraseological units of toponyms in both languages
is the same, since they are based on common cultural elements.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
toponymic phraseological
units,
oikonyms,
hydronyms,
horonyms,
drionims,
etc.
Toponim tarkibli frazeologik birliklarni tarixiy-madaniy
komponentlar bo‘yicha tahlil qilish (fransuz va o‘zbek
tillari materialida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
toponim tarkibli frazeologik
birliklar,
oykonimlar,
gidronimlar,
xoronimlar,
drimonimlar va b.
Ushbu maqolada toponim tarkibli frazeologik birliklarning
madaniy-tarixiy xususiyatlari fransuz va o‘zbek tillari
materialida o‘rganiladi. Har bir millatning yashash makonlarini
nomlashi qadimdan mavjud. Shu sababli toponimlar qadimgi
shaklini saqlagan holda qo‘llanilib kelgan. Toponim komponentli
frazeologizmlar tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi, chunki avlodlar
almashgani sari davrga bog‘liq holda ular ham yangilanib boradi.
Ularning hisoblash natijalari shundan dalolat beradiki, ikkala
tilda toponimlarning frazeologik birlik hosil qilish jarayoni bir xil
kechadi, chunki ularning asosida umumiy madaniyat unsurlari
yotadi.
1
Independent researcher,
Samarkand State Institute of Foreign Languages.
E-mail: gsunnatova9@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
121
Анализ топонимических фразеологизмов по историко-
культурным
компонентам
(на
французском
и
узбекском языках)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
топонимические
фразеологизмы,
ойконимы,
гидронимы,
хоронимы,
дрионимы и др.
В данной статье на материале французского и узбекского
языков изучаются культурно-исторические особенности
топонимических фразеологизмов. Именование жилых
помещений каждого народа существует с древнейших
времен. По этой причине топонимы использовались,
сохраняя свою древнюю форму. Состав топонимических
фразеологизмов изменчив, так как они обновляются в
зависимости от периода по мере смены поколений.
Результаты их расчетов свидетельствуют о том, что процесс
образования фразеологизмов топонимов в обоих языках
одинаков, поскольку в их основе лежат общие культурные
элементы.
Toponim tarkibli frazeologizmlar xalq hayotining moddiy, madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy qatlamlaridan olingan bo‘lib, ular millatning tarixi, kundalik turmushi va
madaniyati, yashash tarzini aks ettiradi. Mazkur frazeologizmlarning lingvomadaniy
xususiyatlari tarixiy, geografik hamda ijtimoiy belgilariga ko‘ra fransuz va o‘zbek tillarida
o‘z qatlam va o‘zlashma qatlamga bo‘lib o‘rganildi. O‘z qatlamga mansub FBlar quyidagi
3 guruhga bo‘lindi: 1) ijtimoiy
-
tarixiy omillarga asoslangan frazeologizmlar, fransuz tilida:
aller à Canossa
–
(so‘zma
-
so‘z.: Kanossaga bormoq) tahqirlanmoq, kamsitilmoq;
mag‘lubiyatni tan olmoq ma’nosida. Iboraning kelib chiqishi Germaniya imperatorining
Rim papasiga bo‘yin egishi bilan bog‘liq hikoyatga tegishli; o‘zbek tilida
gap quvgan
–
baloga yo‘liqar, yo‘l quvgan –
G‘aznaga
frazeologizmini keltirish mumkin. Qadimda G‘azna
O‘rta Osiyoning muhim madaniy markazlaridan biri bo‘lgan; 2) kelib chiqishi xalq ijodi
bilan bog‘liq frazeologizmlar fransuz va o‘zbek tillarida ikki guruhga ajratildi: a) xalq
og‘zaki ijodi bilan bog‘liq frazeologik birliklar: Masalan:
au diable Vauvert
–
(so‘zma
-
so‘z.:
Vover shaytoni)
dunyoning narigi burchagida, borsa kelmas joyga (yubormoq)
. Uning paydo
bo‘lishi Parij yaqinidagi Vauvert qasrida jin-ajinalar o‘rnashib olganligi haqidagi afsona
bilan bog‘liq. O‘zbek tilida
onasini Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatmoq
frazeologizmi do‘q qilishni,
qo‘rqitishni ifodalaydi; b) toponim komponentli frazeologik birliklar badiiy asar
personajlari yoki sitatalar bilan bog‘liq. Masalan,
paysan du Danube
–
(so‘zma
-
so‘z.: Dunay
dehqoni) qo‘pol, dag‘al, tarbiya ko‘rmagan, o‘ylamasdan gapiradigan odam. Ushbu birikma
Lafontenning masalidan olingan; O‘zbek tilida badiiy asarlar yoxud ularning personajlari
nomidan yasalgan toponim komponentli FBlar xalqning yashash tarzini aks ettiradi.
Masalan,
yonida bir puli yo‘q, G‘irvonga hokim
. Mazkur FB G‘irvonliklarning soddadilliklari
xalq orasida latifaga aylanganligi natijasida yuzaga kelgan va u A. Qodiriyning “G‘irvonlik
Mallavoy” hikoyasida qo‘llanilgan;
3) xalqning kundalik hayoti, urf
-
odati va an’analari bilan bog‘liq frazeologizmlar:
Masalan, fransuz tilida
cousin à la mode de Bretagne (de Picardie)
–
(so‘zma-so‘z.:
Bretancha qarindosh) ikki ma’noda ishlatiladi: amakkivachcha, yaqin qarindosh; bir
qozonga qo‘shsa qoni qaynamas. Fransiyaning Bretan provinsiyasining urf-odatlariga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
122
ko‘ra amaki, tog‘a, xolaning bolalari eng uzoq qarindosh hisoblangan. O‘zbek tilida
xalqning urf
-
odati va an’analari bilan bog‘liq kundalik turmush voqealarini aks ettiruvchi
toponim komponentli PFlar ko‘proq uchraydi, masalan,
beva xotinga Buxorodan it huradi
,
kabi.
3-jadval
Fransuz va o‘zbek tillaridagi milliy-madaniy toponim komponentli FBlarning kelib
chiqish manbalariga ko‘ra miqdoriy tahlili
№
Fransuz tili
O‘zbek tili
Toponim komponentli frazeologik birliklar
Jami:
104
100%
92
100%
1
O‘z qatlam va
yot qatlamga
mansub FBlar
Uzoq tarixiy faktlar natijasida hosil bo‘lgan
FB
18
17%
12
13%
Xalq ijodi bilan
bog‘liq FB
Xalq og‘zaki ijodiga
mansub
22
21%
26
28%
badiiy asar
personajlari bilan
bog‘liq
12
12%
4
4%
Xalqning kundalik hayoti, urf-odati va
an’analari bilan bog‘liq
24
23%
30
33%
2
O‘zlashma FB
O‘zlashma frazeologizmlar
28
27%
20
22%
Fransuz tilida o‘zlashma qatlamga mansub toponim komponentli frazeologizmlar 3
guruhga bo‘lindi: a) Xristian dini hikoyatlari asosida yuzaga kelgan frazeologik birliklar,
masalan, fransuz tilida
chemin (route) de Damas
–
(so‘zma-so‘z.: Damashq yo‘li) insonning
haqiqiy qismatini uchratish yo‘li ma’nosini beradi. Diniy rivoyatlarga Damashq yo‘lida
ruhoniy Pavel Xristian dinini qabul qilgan; b) topoob’ektlarning nomi bilan keluvchi
frazeologik birliklar kelib chiqishi antik mifologiyaga bog‘liq. Masalan:
tomber de Charybde
en Scylla
–
(so‘zma
-
so‘z.: Ssilla va Xaribda o‘rtasida qolmoq) ikki o‘t o‘rtasida qolmoq
ma’nosini beradi, o‘zbek tilida
o‘tdan qochib, yashinga uchramoq, qordan qutulib, yomg‘irga
tutilmoq
muqobili mavjud. Ssilla va Xaribda o‘rtasiga tushib qolgan kemalar qoya toshlarga
urilib suvga g‘arq bo‘lgan; v) Boshqa Yevropa tillaridan fransuz tiliga asosan lotin tilidan
o‘zlashgan toponim komponentli frazeologik birliklar ko‘proq, masalan,
voir Naples et
mourir
–
(so‘zma
-
so‘z.: Neapolni ko‘rish va o‘lish) frazeologizmi ushalmas orzuga yetish
istagi ma’nosida ishlatiladi. Neapolliklar o‘z shaharlarining go‘zalligidan g‘ururlanganlar
va uni mazkur PF orqali obrazli ifodalaganlar. O‘zbek tilida o‘zlashma toponim
komponentli FBlar ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi: birinchi guruhga kiruvchi FBlar diniy
hikoyatlar asosida yuzaga kelgan, masalan,
Bihishtdan chiqqan tayoq, yugurtirar yalang
oyoq; bir ko‘ngil imorati –
ming Makka ziyorati
, kabi. Ikkinchi guruhga boshqa tillardan
o‘zlashtirilgan FBlar kiradi. Bunday frazeologizmlar turli mamlakatlar xalqlarining o‘zaro
ijtimoiy
-
iqtisodiy, madaniy aloqalarining natijasini namoyon etgan. Masalan,
Xitoy devori
(barqarorlik va bunyodkorlik qudrati ramzi);
Bermud uchburchagi
–
Atlantika okeani
yaqinidagi Bermud oroli uchta qoya bilan chegaralagan, bu yerda tez-tez po‘rtana
ko‘tarilishi oqibatida kemalar yo‘qolishi natijasida Bermud uchburchagi sirli voqealarga
to‘la bo‘lgani manbalardan ma’lum.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
123
Frazeologizmlar tarkibidagi toponimlar ob’ekt nomining tiplariga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi: 1) oykonimlar: masalan, frans.
Il est venu à Paris en sabots
–
(so‘zma-
so‘z.: u Parijga kelganda bechora edi, hozir esa boy –
badavlat) o‘zbek tilidagi muqobili
davlat ham
–
egiz, mehnat ham
–
egiz
, bu yerda davlat – boylik, omad, mehnat esa
mashaqqat, omadsizlik ma’nosini anglatadi; o‘zbek tilida ham oykonimlar bilan bog‘liq
FBlar mavjud, masalan:
Pashsha g‘ing
-
g‘ing etadi, Marg‘ilonga yetadi
, varianti:
Pashsha
g‘ing
-
g‘ing etadi, G‘ijduvonga yetadi
; 2) xoronimlar: fransuz tilida
Regretter les oignons
d’Egypte
–
(injil) (so‘zma
-
so‘z.: Misrdagi boyliklarni qo‘msamoq) yo‘qotilgan boylik
to‘g‘risida qayg‘urmoq.O‘zbek tilida
Mirzai azimda ming Xorunning xazinasi
-
yu, tuman
Jamshidning davlati bor
xoronim ob’ektli PF Mirza cho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq,
uning yerlari hosildorligiga ishora qiladi; 3) urbanonimlar:
Comme la frontière de Tournai,
où il ne passe pas une souris qu’on ne sache combien elle a de poils
–
(so‘zma-so‘z.: Turne
chegarasidek, u yerdan hattoki sichqon o‘tib keta olmaydi) bu yerda hamma narsa
kaftdagidek, yaqqol ko‘rinadi, barcha sirli narsalar ochiladi ma’nosida. O‘zbek tilida
urbanonimga
Olti xotin bor joyda Oloy bozori ochiladi
FBni misol keltirish mumkin;
4) gidronimlar: frans.
Boire le Styx
–
(so‘zma
-
so‘z.: Stiks daryosidan ichmoq) hayotdan ko‘z
yummoq ma’nosida; o‘zbek tilida
“Odam odam bilan tengmi Aris Bodom bilan tengmi?”
ya’ni
barcha insonlar birdek emas, yaxshi bilan yomonning farqiga borish kerak ma’nosidagi
PFning topokomponenti Aris – Chimkent yaqinidan o‘tadigan kichik bir daryo –
Sirdaryoning irmog‘i, Bodom Chimkent shahri ichidan o‘tadigan anhorning geografik
tavsifi bilan bog‘liq; 5) oronimlar: fransuz tilda
La roche Tarpéienne est près du Capitole
–
(so‘zma-so‘z.:
Tarpey
qoyalari
Kapitoliydan
uzoq
emas)
mashhurlikdan
sharmandalikkacha bir qadam; o‘zbek tilida
gap desang qop-qop, ishni Qora tog‘dan
top; 6)
drimonimlar: fransuz tilida
être volé comme dans une forêt de Bondy
– (so‘zma-so‘z.: Bondi
o‘rmonida talanmoq) talon-tarojga uchramoq. O‘zbek tilida drimonim komponentli FBlar
qayd etilmadi.
Bundan tashqari, ishimizdatoponim komponentli frazeologizmlarda ifodalagan
obrazli, emotsional-ekspressiv konnotatsiyalar o‘rganiladi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi
o‘z qatlamdagi toponim komponentli FBlar ijobiy va neytral konnotatsiyaga ega
avtostereotiplar sanaladi. Fransuzlar uchun Fransiya va Parij nomi bilan bog‘liq
frazeologizmlar ijobiy ma’noli avtostereotiplarga ega, masalan,
Paris est le paradis des
femmes et l’enfer des chevaux
–
(so‘zma
-
so‘z.: Parij-ayollar uchun jannat, otlar uchun
do‘zax) frazeologizmining kelib chiqishi Fransiyaning o‘tmishdagi madaniy hayoti bilan
bog‘liq. Kavalerlar o‘z xonimlarini sayrga taklif etish uchun tinimsiz ot qo‘shilgan izvosh
xizmatidan foydalanganlar. O‘zbeklar uchun Toshkent nomi bilan bog‘liq FB tinchlik va
do‘stlik
ma’nosini
ifodalovchi
ijobiy
konnotatsiyali
avtostereotipga
ega,
masalan,
Toshkentning tarig‘ini yegan chumchuq Makkatullodan qaytib uchib keladi
, kabi.
Yot qatlamga mansub toponim komponentli FBlar ikkala tilda ko‘proq salbiy
konnotatsiyali geterostereotiplar sanaladi. Masalan, fransuz tilida
Ivre comme toute la
Pologne
– (so‘zlash.) (so‘zma-so‘z.: butun Polsha mast) shirakayf bo‘lmoq ma’nosida;
o‘zbek tilida
tuxumi Bag‘doddan kelgan
, ya’ni topilishi mushkul bo‘lgan, biror bir shaxs yoki
buyum haqida istehzo bilan gapirilganda qo‘llaniladi.
Yana bir o‘ziga xos tahlil, ya’ni fransuz va o‘zbek tillaridagi noodatiy toponim
komponentli frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili amalga oshirildi. So‘z o‘yini asosida
hosil bo‘lgan real va to‘qima frazeologik birliklar 4ta guruhga bo‘lib o‘rganildi:
1) toponim komponentli FBlar tarkibidagi toponimlar faqat geografik ob’ektni nomlashni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
124
emas, balki madaniy-tarixiy yoki ijtimoiy
-
iqtisodiy axborotni yetkazish vazifasini
ham bajaradi, masalan: fransuz tilida
le rendez-vous de Samarkand
–
(so‘zma
-
so‘z.:
Samarqandda uchrashuv) taqdir bilan uchrashuv ma’nosidagi toponim komponentli
FB
Ming bir kecha
ertagiga aloqador iboradir. O‘zbek tilida
Turkistonda qo‘y bir so‘m, kela
-
kela o‘n bir so‘m
frazeologizmi Turkistonning qadimdan savdo markazi bo‘lganiga ishora
qiladi. 2) toponim komponentli FB tarkibiga utopik falsafiy dunyoqarashni aks ettiruvchi
to‘qima toponimlar kiradi. Masalan, fransuz tilida
pays de Cocagne
–(so‘zma
-
so‘z.: Kokan
mamlakati, shirinliklar mamlakati) ertaklar mamlakati, farovon hayot va bekorchilik,
yerdagi jannat ma’nosini anglatsa, o‘zbek tilidagi
olti o‘g‘ilning olti Arshda moli bor
frazeologizmi o‘g‘il frazandning oiladagi o‘rnini anglatadi. Arsh osmonning eng yuqori
qismidagi saroy, Ollohga yaqin joy; 3) toponom komponentli FBlar lisoniy o‘yinlar asosida
qurilgan to‘qima nomlar. Masalan: fransuz tilida
aller à Argenton
–
(so‘zma-so‘z.:
Arjantonga jo‘nab ketmoq), ma’nosi: pul ishlamoq (Argenton argent/pul so‘zidan hosil
bo‘lgan); o‘zbek tilida
yomon lof desa, ola Qof deydi,
“Qo‘hi Qof” – yetib borish mushkul
bo‘lgan, diniy hikoyatlar asosida vujudga kelgan afsonaviy tog‘; 4) real toponim
komponentli FB so‘z va geografik nom o‘rtasidagi o‘xshashlik asosida yuzaga keladi.
Masalan, fransuz tilida teatr aktyorlari nutqida
aller à Rouen
– (so‘zma-so‘z.: Ruanga
jo‘namoq) muvaffaqiyatsizlikka uchramoq ma’nosini beradi. Ruan astionimining g‘ildirak
harakati nomi bilan ohangdoshligi asosiga qurilgan; o‘zbek tilida anafor fonetik uslubida,
ya’ni so‘z boshida bir xil tovushning takrorlanishi natijasida hosil bo‘lgan qofiya va uslubiy
takror ohangdorlikka asoslanib yasalgan real nomlar bilan bog‘liq FBlarni misol keltirish
mumkin, masalan,
yomon somonxona kuydi desa, Samarqand kuydi deydi
,kabi FBlar shular
jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, tadqiq etilayotgan tillar doirasida frazeologizmlar universal
va milliy-madaniy mazmunga ega bo‘lib, xalqlarning dunyoqarashidagi o‘xshash va farqli
tomonlarni o‘zida aks ettirgan. Madaniyatlari turlicha bo‘lgan xalqlarning hayot tarzi, aqliy
rivojlanish darajasi, joylashgan o’rni, mentaliteti va tarixiy rivojlanishi milliy-madaniy
o‘ziga xoslik bilan bog‘langan. Toponim komponentli FBlar ham insoniyat tafakkurining
universal xarakterga ega ekanligiga qaramasdan, mavjud umummilliy madaniy muhit
vositalari yordamida o‘ziga xos tarzda o‘zlashtirilishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологияси ва фразеографиясининг шаклланиши
ҳамда тараққиёти. – СамДУ, 2013. – Б.116-120.
2. Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Т.:
Ўқитувчи, 1978. Б.192.
3. Шомақсудов Ш., Ш.Шораҳмедов. Маънолар махзани. – Т.: «Ўзбекистон
миллий давлат энциклопедияси», 2001.- Б. 66.
4. Guiraud P. Les locutions françaises. – P.: Larousse, 1962. – 232 р.
5. Rat M., Dictionnaire des expressions et locutions traditionnelles. P.: Larousse –
Bordas, 1999. – 446 р.
6. Rey А. Le lexique: image et modèles. Du dictionnaire à la lexicologie. – P.:
Larousse,1979. – 400 р.
7. www.planeta-imen.narod.ru.
8. planeta-imen. narod.ru /litonomastika/main.html.