Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Theoretical issues of developing students’ social and
personal competence
Maksud YAKUBBAYEV
1
Namangan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article examines the theoretical aspects of developing
students’ social and personal competence. It analyzes the
concept of competence, the relationship between students’ social
and personal development, and the pedagogical approaches that
facilitate the development of this competence within the modern
education system. Additionally, the article provides
methodological recommendations for fostering social and
personal competence.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
social competence,
personal competence,
student,
pedagogy,
development theory,
methodology,
competence approach,
pedagogy,
psychology,
teacher,
education.
Talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning
nazariy masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy kompetentlik,
shaxsiy kompetentlik,
talaba,
pedagogika,
rivojlanish nazariyasi,
metodologiya,
kompetensiya yondashuvi,
pedagogika,
psixologiya,
pedagog,
tarbiya.
Ushbu maqola talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni
rivojlantirishning nazariy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Unda kompetentlik tushunchasining mazmuni, talabalarning
ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik,
shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu kompetentlikni
rivojlantirishga ko‘mak beruvchi pedagogik yondashuvlar tahlil
qilingan. Mazkur maqola ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni
shakllantirish bo‘yicha metodologik tavsiyalarni ham o‘z ichiga
olgan.
1
Teacher, Namangan State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
92
Теоретические
вопросы
развития
социально-
личностной компетентности студентов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
социальная
компетентность,
личностная
компетентность,
студент,
педагогика,
теория развития,
методология,
компетентностный
подход,
педагогика,
психология,
педагог,
образование.
Статья
посвящена
исследованию
теоретических
аспектов развития социально-личностной компетентности
студентов. В ней рассматриваются содержание понятия
компетентности, взаимосвязь социального и личностного
развития обучающихся, а также педагогические подходы,
способствующие формированию данной компетентности в
условиях современной образовательной системы. Кроме
того, в статье представлены методические рекомендации,
направленные на развитие социальной и личностной
компетентности.
KIRISH
Bugungi kunda ta’lim jarayoni nafaqat bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga, balki
talabalarning ijtimoiy-shaxsiy kompetentligini rivojlantirishga ham qaratilgan.
Talabalarning jamiyatdagi faoliyatga tayyorligi, mas’uliyatni his etishi, muloqotda
samaradorlikka erishishi va o‘zining shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bu
kompetentlikni rivojlantirish bilan bog‘liq. Bugungi kunda xalqaro baholash dasturlariga
integratsiyalashgan holda ulardagi ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini baholash mezonlarini
joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ta’limni modernizatsiyalash
sharoitida professional kadrlarni tayyorlash, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining kasbiy motivatsiyasini, kompetentligini rivojlantirish
muhim sanaladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Respublikamizda pedagog kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish
bo‘yicha tadqiqotlar N.A. Muslimov, Sh.K. Mardonov, M. Quronov, M. Vahobov,
N.M. Egamberdieva, X.I. Ibragimov, Matchonov Safa, J.E. Usarov, K.D .Riskulova,
A.Sh. Muxsieva, U.N. Xujamkulov, O‘. Toshmatov, Z.Ismoilova va boshqalar tomonidan
amalga oshirilgan. Xorijlik olimlardan M. Meskon, T. Kellagan, T. Skott Myurrey, W. Jhon
Morgan, Tony Bush, Lawrence A. Sherr, Deborah, C. Taylorlarning tadqiqotlarida uzluksiz
ta’lim tizimida ta’lim sifatini samarali nazorat qilishning tashkiliy-metodologik asoslari
nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Mavzuni nazariy jihatdan yoritishda uning
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, xorijiy
va mahalliy pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, ma’lumotlarni
tizimlashtirish kabi usullardan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini
ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori
darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat
qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
93
kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la
ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda
harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kompetensiya – muayyan fan bo‘yicha talaba
egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan nazariy
va amaliy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishidir. Kasbiy
kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas,
balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini
doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay
olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay
bilishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-shaxsiy kompetentlik talabaning ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli
integratsiyasi va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni
o‘z ichiga oladi. U quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
•
Ijtimoiy kompetentlik:
muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, madaniy
me’yorlarni tushunish.
•
Shaxsiy kompetentlik:
o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, psixologik
barqarorlik.
Ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish nazariyasi bir necha tamoyillarga
asoslanadi:
•
Bosqichlilik tamoyili:
Kompetentlik asta-sekin rivojlanadi va o‘quv jarayonida
turli bosqichlarda kuchayadi.
•
Amaliyotga yo‘naltirilgan tamoyil:
Talabalarning ijtimoiy va shaxsiy
ko‘nikmalari real vaziyatlarda qo‘llanilishi lozim.
•
Integratsiya tamoyili:
Akademik fanlar va hayotiy ko‘nikmalarni o‘zaro bog‘lash.
Talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish uchun quyidagi metodik
yondashuvlar taklif etiladi:
•
Amaliy mashg‘ulotlar:
Guruhiy loyihalar va rol o‘yinlari yordamida ijtimoiy
muloqotni rivojlantirish.
•
Refleksiya usullari:
Talabalarni o‘z harakatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.
•
Masofaviy ta’lim texnologiyalari:
Onlayn platformalarda muloqot va ko‘nikma
rivojlantirish.
Ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish natijalarini baholash uchun mezonlar
ishlab chiqiladi:
•
Ijtimoiy faoliyatda ishtirok darajasi.
•
Shaxsiy qaror qabul qilishdagi mustaqillik.
•
Jamoa bilan ishlash samaradorligi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish nazariyasi talabalarning shaxsiy va
kasbiy muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu kompetentlikni shakllantirish
uchun o‘qituvchilar interfaol yondashuvlarni qo‘llashlari, talabalarga amaliy tajriba olish
imkoniyatini yaratishlari zarur. Ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalishi talabalarning
qiziqishlari va potensial imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasbiy yo‘nalishda
rivojlanishini ta’minlashga qodir. Turli ijtimoiy, kasbiy va boshqaruv rollarini o‘zlashtirish,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
94
shuningdek, ijtimoiy, shaxsiy va kasbiy vakolatlarni shakllantirish ta’lim jarayonida
muhim ahamiyatga ega. Zamon talablaridan kelib chiqib, universitet talabalarini kasbiy va
shaxsiy tayyorlash jarayonida kompetensiyaga asoslangan yondashuv g‘oyalarini hayotga
tatbiq etish shaxsning ijodiy o‘zini-o‘zi anglashini hamda ijtimoiy va shaxsiy
kompetensiyalarning shakllanishini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda bitiruvchilarga
faoliyatning turli sohalarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishga va professional martabani
muvaffaqiyatli loyihalashga yordam beradigan asosiy omil bu talabaning ijtimoiy shaxsiy
kompetensiyasi hisoblanadi. Kompetentlikni shakllantirish bilan bir qatorda hozirgi
kundagi asosiy vazifalarimizdan biri talabalarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotida
uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan tipdagi malakalarini samarali ravishda qo‘llashga
o‘rgatish, mustaqil holda fanga tegishli kerakli axborotlarni izlab topish, tahlil qilish
natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko‘zda tutilmagan
noaniq, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda ish beradigan malakalarga alohida
ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarini kundalik turmushi jarayonida qo‘llay
oladigan xususiyatlarni egallagan holda tarbiyalashdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda,
ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish nafaqat ta’lim tizimi samaradorligini
oshiradi, balki yoshlarni zamonaviy dunyoning dinamik talablariga javob beradigan shaxs
sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda nazariy va amaliy
izlanishlarni davom ettirish dolzarbdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/11835/7942/7630.
2.
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-
pedagogy/article/download/43929/44267.
3.
http://www.econferences.ru/index.php/dptms/article/download/14400/7380/7497.
4.
https://interscience.uz/index.php/home/article/download/1674/1133/4470.
5.
https://history.jdpu.uz/index.php/phys-
tech/article/download/696/492/1896.
6.
Ubaydullayeva, Vazira Patchaxanovna UNIVERSITET TALABALARINI IJTIMOIY-
SHAXSIY KOMPETENTLARINING SHAKLLANISHI // ORIENSS. 2021. №11. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/universitet-talabalarini-ijtimoiy-shaxsiy-
kompetentlarining-shakllanishi (дата обращения: 29.11.2024).
7.
www.ziyonet.uz.
8.
https://www.oriens.uz/media/journalarticles/134_Berdiyeva_Halima_Boronov
na_886-898.pdf.