Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Informativeness in the headlines of English and Uzbek
newspapers: a pragmatic aspect
Dilshod BOBOJONOV
1
Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
In recent years, the field of media linguistics has increasingly
focused on the study of language units from a linguopragmatic
perspective. This article examines the primary structural
features of headlines and analyzes their informative function.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp198-203
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
language of the media,
newspaper,
journalism,
pragmatics,
headline,
newspaper genre,
journalistic skill.
Ingliz va o‘zbek gazeta sarlavhalarida informativlik:
pragmatik aspekt
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
media tili,
gazeta,
publitsistika,
pragmatika,
sarlavha,
gazeta janri,
jurnalist mahorati.
So‘nggi yillarda medialingvistika yo‘nalishida sarlavhalarda
til birliklarini lingvopragmatik aspektda o‘rganishga e’tibor
kuchaydi.Mazkur maqolada sarlavhalarning asosiy tarkibiy
xususiyatlari va ularning informativlik funksiyasi tahlilga
tortiladi.
1
PhD Student, Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy. E-mail: dilshodbobojonov@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
199
Информативность
в
заголовках
английских
и
узбекских газет: прагматический аспект
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык СМИ,
газета,
журналистика,
прагматика,
заголовок,
жанр газеты,
журналистское
мастерство.
В последние годы в медиалингвистике активно
изучаются
языковые
единицы
с
учётом
их
лингвопрагматического
аспекта.
В
данной
статье
проводится анализ основных структурных особенностей
заголовков, а также раскрывается их информативная
функция, позволяющая эффективно передавать ключевые
смыслы и привлекать внимание аудитории.
KIRISH
Zamonaviy lingvistikada sarlavhalar tadqiqotiga sezilarli darajada qiziqish
namoyon bo‘lmoqda, va bu tadqiqot asosan rasmiy nashrlardagi matnlar orqali amalga
oshirilmoqda. Ushbu nashrlar ichida asosiy e’tibor avvalo, ommaviy axborot vositalari
matniga qaratilmoqda. Tadqiqotchilar har xil tillar misolida sarlavhalarni tahlil
qilishlarida turli-tuman aspektlarni, jumladan, struktura-semantik tasniflarni, uslubistik
xususiyatlarni, funksional-pragmatik potensial va boshqa aspektlarni o‘rganishadi.
Gazetalarning tuzilmaviy xususiyatlari ularning ommaviy axborot vositalari
sifatidagi funksionalligini hamda auditoriya ehtiyojlari va umidlariga moslashishini aks
ettiradi. Bu xususiyatlar tashqi dizaynni ham, ichki tarkibni ham qamrab oladi va nashr
turiga qarab farq qilishi mumkin (masalan, kundalik yoki haftalik nashrlar, tabloidlar
yoki ko‘p sahifali gazetalar).
Gazetalarning asosiy tarkibiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– gazetalar kichikroq va odatda о‘qish oson bо‘lgan tabloid formatida yoki kattaroq
va kо‘pincha “jiddiyroq” nashr hisoblangan keng formatida bо‘lishi mumkin;
– sarlavhalar gazetxon e’tiborini jalb qilish va materialning asosiy mazmunini
yetkazishda muhim rol о‘ynaydi;
– sarlavlahalar yangiliklarning asosiy mazmuni hisoblanadi va asosiy matnning
muhim qismi yoki parchasi sifatida qaraladi;
– sarlavlahalar keng formatda, jamiyat me’yorlariga mos kelishi uchun madaniy
jihatlar va auditoriyaning ijtimoiy talablarini hisobga oladi va h.k.
Gazetalarning strukturaviy xususiyatlari ularning ichki tuzilishi va gazetxonlarga
ma’lumotni samarali yetkazib berishni osonlashtiradigan vosita ekanligi bilan
belgilanadi. Bu xususiyatlar umumiy kontent turlarigacha bо‘lgan turli elementlarni о‘z
ichiga oladi. Gazetalarning strukturaviy xususiyatlarining asosiy jihatlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Gazetxonlarning e’tiborini jalb qilish uchun xizmat qiladi va odatda katta
shriftda chop etiladi.
2. Sarlavhalar qisqa va aniq, maqolaning mohiyatini yetkazishi lozim bо‘ladi.
3. Lidlar. Ular maqola mazmuni haqida qо‘shimcha ma’lumot berish orqali
sarlavhalarni tо‘ldirishga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sarlavhalarni ularning strukturaviy xususiyatlari belgilari bо‘yicha ajratib
kо‘rsatish namunasi sifatida A.A. Tertichniyning publitsistik matnlar asosida ishlab
chiqilgan klassifikatsiyasi xizmat qilishi mumkin. Muallif sarlavhalarni ularning
murakkablik darajasiga qarab ajratishni taklif qiladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
200
– oddiy sarlavhalar;
– murakkablashtirilgan sarlavhalar;
– sarlavhalar kompleksi [10.80].
Sarlavha mavzusi bilan bog‘liq bо‘lgan tadqiqotlarda ikkita asosiy bosqichni ajratib
kо‘rsatish mumkin: sovet va postsovet davrlari. Bu bosqichlarning har birida ilmiy
afzalliklar akademik jamiyatda ustun bо‘lgan paradigma bilan aniqlangan. Ammo qanday
vaqt bо‘lishiga qaramasdan, tadqiqotchilarni har doim sarlavhaning roli, uning
funksiyalari, matn strukturasi va mazmuni bilan bog‘liq bо‘lgan savollar qiziqtirgan.
Oxirgi о‘n yilliklarda sarlavhalarning pragmatik aspektiga, ayniqsa, ommaviy
kommunikatsiya sohasidagi matnlarni tahlil qilish kontekstlariga qiziqish о‘sgani
sezilmoqda.
Sarlavhalarning informativligi jihatidan tо‘la, ma’nodorligi ularning sintaksik
tuzilishiga ta’sir kо‘rsatadi. Ular murakkab konstruksiyalar va kichik matnlarni
sarlavhalar sifatida tez-tez ishlatib turishlariga olib keladi. X.Raximovning fikriga kо‘ra,
sarlavhaning sintaksik murakkabligini alohida sо‘zlardan boshlab murakkab sintaksik
konstruksiyalargacha oshirish, kо‘p ma’nolikni bartaraf qilishga yо‘naltilgan. Tadqiqotchi
bir nechta oddiy gaplarni sarlavhada birlashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni
sarlavhaning informativligi oshmoqda, deb ta’kidlaydi [7.134].
Sarlavhalarnig quyidagi xususiyatlari mavjud:
– sarlavhalar auditoiryaga keng qamrovli gazeta materiallarini о‘rganishga yordam
beradi, eng muhim va qiziqarli maqolalar, ma’lumotlarni baholash imkoniyatini beradi;
– sarlavhalarda gazeta maqolalari ma’lumotni yoritishda fikrlarni ifodalashda
neytrallikka intilishadi. Ular odatda kuchli emotsional bо‘yoqli bо‘lishdan qochib, fakt va
dalillarni taqdim qiladilar;
– gazetalarda axborot konkret va aniq tarzda taqdim qilinish talabi sarlavhalarni
konkret tanlanishiga sabab bо‘ladi;
– sarlavhalarda umumlashtirishlarga yо‘l qо‘ymaslikka harakat qilinadi;
– joriy hodisalar va yangiliklarni yoritishga yо‘naltirilgan xabarlar sarlavhasi
detallar va faktlar asosida yaratiladi.
Ta’kidlash lozimki, gazetalar obyektiv va muvozanatlashtirilgan bо‘lishlari uchun
voqea va muammoga nisbatan turli nuqtayi nazarlarni taqdim qilishga harakat qilishadi
va bu holat maqola uslubini tanlash imkonini beradi. Ba’zi gazetalar ularga alohida
xoslikni beradigan о‘zlarшning noyob uslublariga ega bо‘lishlari mumkin. Bu albatta
gazeta turi bilan bog‘liqdir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, gazeta sarlavhasi har qanday maqolaning muhim
elementi hisoblanib, о‘quvchiga keng qamrovli gazeta materiallarini о‘rganishga va eng
qiziqarli maqolalarni tanlashga yordam beradi. Gazetxonga maqola haqida qisqa
ma’lumot berish orqali uni material bilan tanishishga undashi yoki qiziqishini
sо‘ndirishiga sabab bо‘lishi mumkin. Psixologlarning bu borada olib borgan tadqiqot
natijalari shuni kо‘rsatadiki, gazetxonlarning taxminan 85 foizi faqat sarlavhalarga e’tibor
berishadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, gazeta sarlavhasi о‘quvchi e’tiborini jalb qilish uchun
rang-barang til vositalarini qо‘llashi zarur, lekin bunda maqolaning asosiy g‘oyasini aniq
yetkazish talabi qо‘yiladi. Sarlavhalarni yaratishda informativlik xususiyati ustunlik
qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
201
Sarlavha matbuot materialida ifodalangan mazmunni dastlabki axborot tarzida
yetkazuvchi, о‘quvchini tanishtiruvchi va diqqatni jalb qiluvchi muhim vosita hisoblanadi.
Sarlavhaning о‘rinli tanlanishi va qо‘llanishi matbuot materiali matnining, unda
ifodalangan fikr-mulohazalarning ta’sirchanligi, ekspressiv qimmatini yanada oshiradi.
Bu, uning pragmatik jihatdan tahlilini amalga oshirishini belgilaydi.
Sarlavhaning gazeta matnida asosiy va ustun bо‘lgan funksiyasi informativ
funksiyadir. Bunday sarlavhalarning vazifasi matnning asosiy mazmuni va uning asosiy
g‘oyalarini ochib berish va batafsil detallarda tavsiflashdir. Ammo, ilmiy kontekstda
T.A. Filonenkoning aytishicha, sarlavha eksperssiya, obrazli ifodalashda, baho berish va
boshqa aspektlarda namoyon bо‘ladigan ta’sir kо‘rsatish funksiyasini bajaradi. Gazeta
matni, kо‘p jihatdan, о‘z auditoriyasi uchun yо‘naltirilgan bо‘ladi, chunki auditoriyalar
axborotni olishlari uchun doim u bilan о‘zaro harakatda bо‘lishlari kerak. Shuning uchun
zamonaviy tadqiqotlarda axborotga oid nashrlarda ekspressiv xarakter muhimligiga
urg‘u beriladi [10.291].
NATIJALAR VA TAHLILLAR
О‘zbek ijtimoiy-siyosiy gazetalardagi sarlavhalar о‘zining spetsifikalariga egaligi
bilan ajralib turadi. Chunki ular voqealar haqidagi axborotni taqdim qilish, siyosat va
jamiyat sohasida tahlil va sharhlarni yoritishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Quyida shunday
gazetalardagi sarlavhalarning ba’zi о‘ziga xos belgilari berilgan:
1. Siyosiy yо‘naltirilganligi: sarlavhalar kо‘pincha siyosatchilar, siyosiy hodisalar va
muhokamalarni aks ettiradi. Ular siyosiy liderlar, partiyalar va tashkilotlar va boshqa
nomlarni о‘z ichiga olishlari mumkin. Misol: “Prezident soliq islohoti haqidagi qonunni
imzoladi”; “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari tо‘g‘risida”; “Prezidentlar Texnopark faoliyati bilan tanishdi”;
“Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi” va h.k.
2. Ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan axborotni yoritishga qaratilgan sarlavhalar:
bunday sarlavhalar odatda jamiyat va davlat uchun muhim bо‘lgan voqealarga urg‘u
beradilar. Ular о‘z ichiga “muhim qaror”, “tarixiy fursat”, “inqiroz”, “kelishuv, “qо‘yilmoq”,
“qilmoq” kabi sо‘z va iboralarni sо‘roq gap tarzida ishlatilishi mumkin. Misol uchun:
“Yadroviy qurolsizlantirish bо‘yicha davlatlararo tarixiy kelishuv”; “О‘zbekiston temir
yо‘llari” ishchilarini majburiy-ixtiyoriy ravishda tо‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilayotgani
rostmi?” va h.k.
3. Analitika va sharhlar: ba’zi sarlavhalar mualliflarning fikrlari va tahlillarini о‘z
ichiga oladi. Ular “ekspert fikr-mulohazasi” yoki “sharhlar” kabi analitik kontekstni
kо‘rsatuvchi iboralarni ishlatishi mumkin: “Ekspert fikr-mulohazasi: Postpandemiya
olamida iqtisodiy istiqbollar”; “О‘zgarishlar pallasida: saylov oldidagi siyosiy manzara
tahlili”; “Global muammolar: mamlakatlar yangi dunyo voqeligiga qanday
moslashmoqda”; “Iqtisodiyot ekologiyaga qarshi: global isish sharoitida muvozanatni
topish”; “Pandemiya va siyosat: davlat boshqaruvi uchun inqirozdan saboqlar”; “Huquq
uchun kurash: tenglik uchun harakatdagi yangi bosqichlar” va h.k.
4. Korrupsiya haqidagi sarlavhalar: ijtimoiy-siyosiy gazetalarda kо‘pincha siyosat
va jamiyatda sodir bо‘ladigan turli xil kо‘rinishdagi korrupsiya va axloqiy meyorlardan
chetga chiqish bilan bog‘liq bо‘lgan sarlavhalar uchrab turadi. Misol: “Hukumatda sodir
bо‘lgan janjal: Ministr korrupsiyada ayblanmoqda”; “Toshkent viloyatida yoshlarni
harbiy xizmatga tayyorlash va yuborishdagi qing‘irliklar ochiqlandi”; “Kredit
mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi”; “Namanganda sud raisi va doktorant
pora bilan ushlandi” va h.k.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
202
5. Ogohlantiruvchi sarlavhalar: ushbu turdagi gazeta sarlavhalari jamoatchilikni
tahdidlar, inqirozlar va muhim ijtimoiy, ekologik, texnologik yoki iqtisodiy
muammolardan xabardor qilishda muhim rol о‘ynaydi. Ular OAV orqali kishilarning
ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hisobiga salbiy oqibatlarning oldini olishda qо‘llaniladi:
“Sо‘gal yoki “ortiq” salomatlik uchun xavfli...mi?”; “Elektron sigaretlardan qachon voz
kechamiz?”; “Turkiyada dengiz sathi shiddat bilan kо‘tarilmoqda – qirg‘oq bо‘yidagi
shaharlar xavf ostida”; “Mutaxassislar yangi pandemiya ehtimoli haqida
ogohlantirmoqda”; “Internetdagi xavf: kiberhujumlar sonining kо‘payishi shaxsiy
ma’lumotlarni himoya qilishni kuchaytirishni talab qiladi”; “Ekstremal ob-havoning
kuchayishi iqlim о‘zgarishi belgisidir”; “Maxfiylik tahdidi: ma’lumotlar sizib chiqishi
onlayn tranzaksiyalar xavfsizligini shubha ostiga qо‘yadi” va h.k.
6. Sarlavhalarda turli nutq uslublarini qо‘llash: “Shoshilinch xabar: Davlat
moliyaviy falokat yoqasida”; “Sohir qalam mо‘jizasi”; “Tibbiy xatolar faqat
mutaxassislarning bilimi va saviyasiga bog‘liqmi?” va h.k.
Ma’lumki, gazeta sarlavhasi matndan avval kelish bosqichida ikkita asosiy
vazifasini bajaradi:
birinchisi
, gazeta sarlavhasi matnni vizual jihatdan ajratib kо‘rsatadi;
ikkinchisi
, nominativ funksiyani bajaradi ya’ni matnga (uning mazmunidan kelib chiqib)
nom beradi. Ravshanki, gazeta sarlavhalarining vazifasi gazetxonlarni e’tiborini jalb
qilishdir. Bu amalga oshgandan sо‘ng esa sarlavha auditoriyaning ongiga kalit sо‘zlarni
jamlaydi.
Informativlik sarlavhaning maqolaga auditoriyaning e’tiborini tortuvchi asosiy
tasnifidir. Uning bu roli sarlavha va matnning mazmuni o‘rtasidagi aloqada namoyon
bo‘ladi. Matn strukturasining ma’noga oid elementi sifatida nafaqat maqolaga nom
beribgina qolmay, balki uning mazmuni haqida ham ma’lumot beradi. Sarlavhalarda
“lo‘nda sintaksik shaklga joylasha olgan ma’nodorlik, ekspressivlik va mazmundorlik”
eng samarali sarlavhalar hisoblanadi.
Integrativlik funksiyasi matnni umumiy, yaxlit idrok qilishga imkon yaratadi,
chunki asosiy g‘oyalar sarlavhada ham, matnda ham bor bo‘ladi. Kompozitsion funksiya
sarlavha matnining strukturasi va tashkil qilinganligini ko‘rsatadi, uni qismlarga bo‘ladi.
Matn o‘qib bo‘linganidan keyin sarlavha auditoriyaning xotirasida saqlanib qolib, yana
o‘zining nominativ funksiyasini bajaradi.
Sarlavhalar o‘zlari uzatib berayotgan axborot va emotsional-uslubistik roliga
qarab, har xil turlarga klassifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin.
Ilmiy adabiyotda sarlavhalarning har xil turlari sarlavha matnining an’anaviy
elementlari bilan o‘zaro harakati, o‘qish usuli, sarlavhalarning matn informatsion oqimi
strukturasidagi funksiyasi va roli kabi turli parametrlar asosida aniqlangan
klassifikatsiyasini uchratish mumkin. Gazeta sarlavhalari o‘zlarining struktura va
funksiyalariga ko‘ra har xil bo‘lishlari mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek gazetalari sarlavhalarini shakllantirish
tadqiqot uchun qiziqarli mavzudir, chunki u tillarning lingvistik, madaniy va ijtimoiy
jihatlarini va ularning ommaviy axborot vositalarida ishlashini o‘rganishni o‘z ichiga
oladi. Quyida ushbu mavzuning asosiy ilmiy ko‘rsatkichlari keltirilgan:
Ingliz va o‘zbek tillari turli tizimli tillar guruhiga tegishli bo‘lib, bu ularning leksik,
sintaktik va grammatik jihatdan farqlarga olib keladi. Albatta, bu farqlar gazeta
sarlavhalarining lingvistik tasnifiga ta’sir qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
203
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, gazeta sarlavhasining strukturasi taqdim etilgan
ma’lumotlarni o‘qish va tushunish qulayligiga hissa qo‘shadigan o‘ziga xos funksiyani
bajaradi. Ularning strukturaviy xususiyatlari va ichki tuzilishi gazetxonlarga ma’lumotni
samarali yetkazishni maqsad qilib oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Wodak R., Brigitta B. Approaches to media texts. Handbook of Media Studies. –
London, New Delhi. Thousand Oaks, 2004. – 123 p.
2.
Абдусаидов А. Туркий изофий конструкцияли газета сарлавҳалари. “Ўзбек тили
грамматик қурилиши масалалари тўплами. – Самарқанд: СамДУ нашри, 1984. – 266 б.
3.
Долгирева А.Э. Газетный заголовок в прагматическом аспекте: Дис… канд.
филол. наук. Таганрог, 2002. – 298 с.
4.
Жуманазаров. Сарлавҳалар синтаксиси ҳақида. Мухбир, 1971. 5-сон. – Б. 30-31.
5.
Загороднов Д.Г. Современное состояние изучения феномена заголовка
медийного текста. Вестн. Челябинского гос. ун-та. 2009. № 7, – С. 56-60.
6.
Киселева Л.А. Вопросы теории речевого воздействия. – Л., 1978.
7.
Рахимов Х. О заголовочном комплексе в художественных репортажах.
Сборник науч. трудов МГПИИЯ им. М. Тореза. Вып. 141: Лингвистика текста. – М.,
1979. – С. 129-137.
8.
Савина А.П. Прагмема как единица оценочной лексики. Вестник РУДН,
серия Теория языка. Семиотика. Семантика, 2014, № 1. – С.43 -51.
9.
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. – Тошкент, 2008. – 318 б.
10.
Тертычный А.А. Заголовок – слово главное // Журналист. № 1. 2004. – С. 80.
11.
Тешабаева Д.М., Бакиева Г.Х., Исраил М.И., Тошмухамедова Л.И.,
Нуритдинова М.Ч. Журналистика. III жилд. Медиалингвистика ва таҳрир. –
Тошкент: Ўзбекистон, 2019. – 449 б.
12.
Филоненко Т.А. Аттрактивные заголовки в научной речи. Известия
Самарского научного центра Российской академии наук. «Педагогика и
психология», «Филология и искусствоведение». 2008. № 2. – С. 290-296.