Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The use of metaphorical expressions with the component
"heart" in the poetic text (on the example of Iqbal Mirzo's
poems)
Gulbakhor KABULJONOVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article discusses the stylistic features associated with the
formation of metaphorical and occasional expressions with the
"soul" component in the poems of the beloved Uzbek poet Iqbal
Mirzo.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
poet,
poem,
metaphor,
phrase,
occasional phrase,
artistic style.
She’riy
matnda
“Ko‘ngil”
komponentli
metaforik
iboralarning qo‘llanishi (Iqbol Mirzo she’rlari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
shoir,
she’r,
metafora,
ibora,
okkazional ibora,
badiiy uslub.
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining sevimli shoiri Iqbol Mirzo
she’rlarida “ko‘ngil” komponentli metaforik, okkazional
iboralarning hosil qilinishi bilan bog‘liq uslubiy xususiyatlar
haqida fikr yuritilgan.
1
PhD, Associate Professor, Department of Uzbek Linguistics, Andijan State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
153
Использование
метафорических
выражений
с
компонентом «Душа» в поэтическом тексте (на
примере стихов Икбала Мирзо)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
поэт,
стихотворение,
метафора,
фраза,
окказиональная фраза,
художественный стиль.
В данной статье рассматриваются стилистические
особенности, связанные с образованием метафорических,
окказиональных выражений с компонентом «Душа» в
стихах любимого народом узбекского поэта Икбала Мирзо.
Ma’lumki, shoirlar umumtildagi mavjud tayyor iboralardan shunchaki
foydalanibgina qolmasdan, o’zlari ham xalq iboralari ta’sirida yangi iboralar yaratadilar.
Bunda ular mavjud umumtil iborasining leksik tarkibini o’zgartirish orqali uning leksik-
semantik, stilistik funksiyalarini kengaytirishga va iboraga yangicha uslubiy ma’no
yuklashga harakat qiladilar.
Ijodkorlar, odatda, tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo‘llash bilangina
kifoyalanib qolmaydilar. Balki ibora mazmunini qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot
tarzi, ruhiy kechinmalariga mos tarzda o‘zgartiradilar va qayta ishlaydilar. Shu tariqa xalq
iboralari yangi ma’no nozikliklari bilan jilolanib, sayqallanib, taraqqiy etib boradi. Shuning
uchun ham ijodkor tomonidan qayta ishlangan iboralar oxorliligi va badiiy bo’yoqdorligi
jihatidan alohida ajralib turadi. Shu sabab tadqiqotchilar diqqatini o’ziga jalb qiladi.
Xalq iboralarini qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha
ma’no talqini berishning yo‘llari juda xilma-xildir. Ular orasida nibatan keng tarqalgan
“umumtil iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik
tarkibini o‘zgartirish va uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga
yangicha majoziy va obrazli ma’nolar kiritish kabi usullar” ni qayd etish mumkin.
Iboralarni qayta ishlashning turli usullari B.Yo‘ldoshev, Q.Хаlilovlar tomonidan tadqiq
etilgan .
Ko’ngil (asosan 3-sh. birl.- ko’ngli). Kishining his-tuyg’u va kechinmalari manbai;
yurak, qalb, dil. “Ko’ngil” muqaddas bir koshonaki, uni kuylamagan shoirning o’zi
topilmasa kerak. Ayniqsa, she’riyatda bu eng muhim fenomen sanaladi. Tilimiz “ko’ngil”
komponentli iboralarga juda boy, ammo u har bir ijodkor asarida yangicha ifor, tarovat va
uslubiy bo’yoqlarda sayqallanib boraberadi. Bu so’zning valentilik darajasi (ko’ngil –
bermoq, olmoq, so’ramoq, qoldirmoq, sovimoq,o’tirmoq, bo’sh, yumshoq,oq,o’tkazmoq,
xira va hokazo) juda yuqori. Shuninng uchun ham O’TIFL (Sh. Rahmatullayev) uning
leksik-semantik jihatdan bir necha variantlari keltirib o’tilgan. S. G’aniyev she’riy matnda
turg’un birikmalarning o’rni va ahamiyati haqida gapirib, bunday birliklarni qo’llashda har
bir ijodkor ularga individual yondashishi, ularning yangi-yangi ma’no qirralarini, jozibador
talqinini kashf etishini ta’kidlagani holda, T.A. Butunboyeva o’z tadqiqotida Minhojiddin
Mirzoning
“ko’nglim, yana mendan ko’ngling qoldimi?”
tarzida ibora qo’llab, yangicha
talqinlarni topa olganligini va betakror poetik ifodalar yaratishga erishganligini
ta’kidlaganligini qayd etib o’tadi. Bunday holatni M.Yusufning “Go’zallar” she’rida ham
ko’rish mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
154
Go’zal - ko’ngil qoldirmog’ingiz,
Go’zal - ko’ngil olmog’ingiz ham
Go’zal, yo’ldan urib ming bora,
Go’zal, yo’lga solganingiz ham. (“Go’zallar”)
Xususan, shoir Iqbol Mirzo she’riyati misolida ko’radigan bo’lsak, ijodkorning ibora
qo’llashda ham o’ziga xos mohirlik bilan yondashganligi ma’lum bo’ladi. Muallif lirik
qahramon ichki kechinlalari va his-tuyg’ularini ifodalashda xalq tilidan o’rinli saylab
olingan iboralarni ustalik bilan qo’llashga erishgan. O’zbek tilida xalqning o’ziga xos
tafakkur tarzi, kuzatuvchanligi va badiiy tasavvur qudratini o’zida namoyon etuvchi
iboralarning ulkan zahirasi mavjud. Shoir qo’llagan iboralr she’r tizimiga shunday
singdirilganki, qoyil qolmasdan iloj yo’q. Muallif she’riyatida xalq iboralari mohirlik va
mahorat bilan san’at darajasida qo’llanganligini e’tirof etish mumkin.
Masalan:
Yo’l qursin-a, yo’l qursin-a, yo’lning firog’i qursin,
Turna bo’yli,
qil ko’ngilli
qizning firog’i qursin.
Shavqim toshib, tog’lar oshib kelgan edim sog’inib,
Jigarimni xunob qilgan
ishqning qiynog’i qursin. (247-bet)
Yuqorida keltirilgan misolda
ko’ngli nozik
umumtil iborasi mazmuniga hamohang
tarzda yangi, original qil
ko’ngilli (mubolag’li) iborasi
yaratilgan.
Yurak
bag’ri xun
iborasining komponentlari o’zgartirilib
jigari(mni) xun(ob qilgan )
okkozional iborasi
hosil qilingan. Bu har ikki okkozional ibora mubolag’ali frazeologik birlik sanalib, uslubiy
bo’yog’i va emotsionalligi jihatidan yuqori darajadagi ta’sir kuchiga ega.
Ba’zan muallif misralarda
ko’ngil
komponentli bir iborani she’rda takror va takror
qo’llash usulidan foydalanib, bu usul orqali muallif ibora vositasida yuzaga chiqayotgan
pragmatik ma’noni yanada bo’ttirish, ta’kidlash va tasvirlashga harakat qiladi. Shuningdek,
lirik qahramon kechinmlaridagi kontrastlik holatlarini ifodalshda shoirning beqiyos ijodiy
mahoratining namoyon bo’lganligini ko’ramiz. Masalan,
Ko’ngil so’rab, ko’ngil buzdi
do’stlarim,
Ko’nglim so’rab, ko’ngil uzdi
do’stlarim,
Ko’ngillarni yengil uzdi
do’stlarim,
Birin mendan
hafsalasi pir bo’ldi.
(242)
Yuqorida keltirilgan misralarda qo’llangan iboralar shunday quyilib-quyilib
kelganki, unda bevosita lirik qahramonning psixologik kartinasi bilan bog’liq murakkab
bir lisoniy tasvir yuzaga kelgan. Ya’ni
ko’ngil so’ramoq
iborasi ijobiy ma’noda qo’llansa,
ko’ngil buzdi
iborasi salbiy ( ba’zan kontekstga qarab ijobiy ma’noda ham qo’llanishi
mumkin, ya’ni ichki hayajon, ruhiy kechinma ifodasi tarzida), ikkinchi misradagi –
im
egalik
qo’shimchasini qo’llash orqali shoir
ko’nglim so’rab, ko’ngil uzdi
do’stlarim deganida
alohida urg’u va ta’kidni, uchinchi
ko’ngillarin yengil uzdi do’stlarim
deganida kinoyaviy
tagma’noni ifodalagan. Bunga ko’chma ma’noda qo’llangan
“yengil”
leksemasining ma’nosi
ham ta’sir etgan.
Shoir she’rlarini kuzatar ekanmiz, unda
ko’ngil
komponenti bilan bog’liq
iboralarning ko’p qo’llanganligiga guvoh bo’lamiz.
Ko’ngil
degan zormanda
To’lmas
ekan, deysizmi?
Odam zoti armonsiz
Bo’lmas ekan, deysizmi? (250)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
155
Keltirilgan misolda
ko’ngli to’lmas
umumtil iborasi
degan,
zormanda
(salbiy baho)
komponentini qo’shib qo’llash natijasida kengaytirilib iboraga xos konnotativ ma’no va
uslubiy baho yanada bo’rttirilgan.
Nolimayman taqdirdan,
Shukr, kamu ko’stim yo’q.
Faqat
ko’ngil olisda,
Ko’ngil degan do’stim yo’q. (250-b.)
Mazkur baytda keltirilgan
ko’ngil olisda
iborasi
faqat
yuklamasi bilan birga
qo’llanib, shoir tomonidan yaratilgan okkozional ibora sifatida lirik qahramon, ya’ni
shoirning ruhiy kechinmalari bilan bog’liq holatlar(qalb taskini va halovatini istash,
nimagadir ruhiy ehtiyoj sezish, )ni ifodalshga qaratilgan. Yana misollarga e’tibor qaratsak:
Ko’nglimga burningni suqma,
iltimos,
Senga nima kerak, ayt nima kerak?
Kechir, og’ir botsa yengil so’zlarim,
Seni unutganman.Unutganman. (232)
Misolda
burningni suqma
iborasi
ko’ngil
leksemasi bilan kengaytirilgan holda
qo’llanilib, original va noodatiy ifoda hosil qilingan. Bunday holat boshqa ijodkorlarda kam
uchraydi. Bu ibora salbiy ma’noda qo’llanib, O’TIFL da biror faoliyatga aralshmoq
ma’nosini ifodalanishi va
burnini tiqmoq, tumshug’ini tiqmoq
variantlari mavjudligi
ko’rsatib o’tilgan. Bu o’rinda esa mazkur ibora mavhum (ko’ngil) ma’no ifodalovchi, ya’ni
inson faoliyatiga emas, balki uning ruhiy olamiga, his-tuyg’ulariga aloqador
“qalb, yurak,
muhabbat inkori”
bilan bog’liq salbiy, g’ayrioddiy munosabatni ifodalab kelgan deyish
mumkin.
Eng boy odam men bo’lardim,
Pushaymondan foyda bo’lsa.
Ko’ngli toshdan
tosh dilbarni
Sog’inaman qayda bo’lsa. (86-bet)
Misrada qo’llangan
ko’ngli tosh
iborasi O’TIFL da
qattiq ko’ngil, ko’ngli qattiq
kabi
variantlarda berilgan. Shuningdek, iboraga sinonim sifatida
bag’ri tosh, tosh bag’ir, yuragi
tosh, mehri tosh
iboralari keltirilgan. Shoir
qattiqlik
belgisini yanada bo’rttirish maqsadida
tosh
leksemasini
ko’ngil
leksemasi bilan biriktirb okkozional ibora hosil qilgan.
Dilbarning sifatlarini tavsiflashda
tosh(dilbar)
leksemasi qattiqlik belgisiga ko’ra
metaforik ma’noda qo’llangan bo’lib, ifodani ma’no jihatdan yanada kuchaytirgan.
Shoir she’rlarida iboralar misralarga shunday ustalik bilan, soda, xalqona uslubda
singdirilganki, ta’riflashga so’z ojiz.
Kuydirmajon edi, qurg’ur, sho’x edi,
Ko’nglim unda edi, ko’nglim to’q edi.
Qosh terganda yig’lagani yo’q edi,
Tugunchagin tugib qo’ygan
tayyor
qiz
. (59-bet)
Yuqorida keltirilgan misolda ham
ko’nglim unda edi, ko’nglim to’q edi
umumtil
iboralari
ketma-ket
qo’llangan bo’lib, oshiqning o’ziga ishonchini, xotijamlikni ifodalagan.
To’rtinchi misrada qo’llangan
tugunchagin tugib qo’ygan
tayyor
qiz
iborasi esa shoir
topilmasi, original ifoda bo’lib, tilda
bo’yi yetgan
(yetilgan, turmushga uzatadigan) qiz
ma’nosini anglatadi.
Tayyor
leksemasi ham belgini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.
Okkozional ibora deyilganda, umumtil iborasining matn talabi bilan so’z
san’atkorlari tomonidan u yoki bu maqsadli o’zgarishlarga kiritilishi, shu asosda ibora
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
156
ma’nosining o’zgarishi nazarda tutiladi. Iqbol Mirzo o’z she’riyatida tilimizning boy
imkoniyatlardan ustalik bilan foydalana olgan. Ayniqsa, shoirning iboralarni qo’llashdagi
o’ziga xos, betakror va yuksak mahoratini yuqorida keltirilgan misollardan ham ko’rish
mumkin. O’ylaymizki, ularni ilmiy asosda o’rganish kelgusida amalga oshirilishi lozim
bo’lgan galdagi muhim vazifa sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Иқбол Мирзо. Сени бугун кўрмасам бўлмас. Иккинчи нашр. -Тошкент, 2018
2.Йўлдошев Б . Фразеологик услубият асослари. – Самарқанд, 1999
3. Йўлдошев Б., Халилов Қ. Шоир Эркин Воҳидовнинг фразеологизм қўллаш
маҳорати ҳақида. – Самрқанд, 2007.
4. Йўлдошев Б.” Обид кетмон” қиссасида қўлланган фразеологизмларнинг
когнитив- прагматик талқинига доир. // Ўзбек тилшунослигининг долзарб
муаммолари. Илмий-амалий анжуман материаллари. Андижон, 2012.
5. Маматов А. Фразеологик стилистика масалалари.- Тошкент, 1991
6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. Тошкент,
Ўқитувчи, 1978.
7. G’aniyev S.A. Minhojiddin Mirzo she’riyati lingvopoetikasi. Fil.fan.b.falsafa
doktori(PhD) diss.avtoref. Farg’ona, 2023.-50 b.
8. www.ziyouz.com kutubxonasi