Авторы

  • Дилрабо Казакбаева
    Доктор философии по филологическим наукам, докторант (DSc), Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67749

Ключевые слова:

Куллиёт девон мактуб нома маснавий насрий баён жанры со сложной структурой.

Аннотация

В этой статье речь идет о письмах Захириддина Мухаммада Бабура к Хумаюну, Комрону Мирзо и Ходже Калону. Освещаются своеобразные аспекты жанра письма (нама) в литературе. Показаны отличительные стороны писем Захириддина Мухаммада Бабура от жанра нома в восточной классической литературе. Жанр нома является особой формой стихотворения и имеет ряд особенностей, что определяет его своеобразие в этом жанре. Однако письма Бабура резко отличаются от традиционного жанра нома. В "Куллиёт" великого поэта вошли 7 писем Бабура, и эти письма (наме) поэт излагал не в традиционной маснави форме, а в прозе, и только в некоторых письмах он использовал поэтические формы. Также в статье научно обосновано, что письма Бабура относятся к сложноструктурным жанрам. Исходя из вышеизложенного, творческое мастерство великого поэта в области письма высоко оценивается.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Poetic interpretation of the letter genre in Babur's work

Dilrabo KAZAKBAYEVA

1

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article discusses the letters written by Zahiruddin

Muhammad Babur to Humayun, Komron Mirza, and Khoja Kalon.

The distinctive features of the letter genre in literature are
illuminated. The distinctive features of the letters of Zahiruddin

Muhammad Babur from the genre of noma in Eastern classical

literature are shown. The genre of the novel is a separate form of

poetry, and the fact that it has a number of features determines
its uniqueness in this genre. However, Babur's letters differ

sharply from the traditional genre of noma. The great poet's

"Kulliyot" includes 7 letters from Babur, and the poet did not

express these letters (names) in the traditional masnavi form,

but in prose, and only in some of his letters he used poetic forms.
The article also scientifically substantiates that the letters of

Babur belong to the category of complex-structured genres.

Based on the above, the great poet's creative mastery in the field

of letter writing is highly valued.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp163-170

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Kulliyot,

devon,

maktub,

noma,

masnaviy,

nasriy bayon,

complex structured genres.

Bobur ijodida maktub janrining poetik talqini

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Kulliyot,

devon,

maktub,

noma,

masnaviy,

nasriy bayon,

murakkab strukturali
janrlar.

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning

Humoyun, Komron Mirzo va Xoja Kalonga bitgan maktublari
xususida so‘z yuritiladi. Maktub (noma) janrining adabiyotdagi

o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Sharq mumtoz adabiyotidagi noma

janridan Zahiriddin Muhammad Bobur maktublarining farqli

tomonlari ko‘rsatiladi. Noma janri alohida she’r shakli bo‘lib,

o‘zining bir qator xususiyatlariga egaligi ushbu janrda o‘ziga
xosligini belgilaydi. Biroq Boburning maktublari an’anaviy noma

janridan keskin farqlanadi. Ulug‘ shoir “Kulliyot”idan Boburning

1

PhD, Doctoral Candidate (DSc), National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

E-mail: dilrabokazakbayeva0707@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

164

7 maktubi o‘rin olgan bo‘lib, maktub (noma)larni shoir an’anaviy

masnaviy shaklida emas, balki nasriy bayon etgan, ayrim

maktublaridagina nazm shakllaridan foydalangan. Shuningdek,
maqolada Bobur maktublari murakkab strukturali janrlar

sirasiga kirishi ilmiy asoslanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib,

ulug‘ shoirning maktubnavislik sohasidagi ijodiy mahorati

yuqori baholanadi.

Поэтическая

интерпретация

жанра

письма

в

творчестве Бабура

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Куллиёт,

девон,

мактуб,

нома,

маснавий,

насрий баён,

жанры со сложной

структурой.

В этой статье речь идет о письмах Захириддина

Мухаммада Бабура к Хумаюну, Комрону Мирзо и Ходже

Калону. Освещаются своеобразные аспекты жанра письма

(нама) в литературе. Показаны отличительные стороны
писем Захириддина Мухаммада Бабура от жанра нома в

восточной классической литературе. Жанр нома является

особой формой стихотворения и имеет ряд особенностей,

что определяет его своеобразие в этом жанре. Однако
письма Бабура резко отличаются от традиционного жанра

нома. В «Куллиёт» великого поэта вошли 7 писем Бабура, и

эти письма (наме) поэт излагал не в традиционной маснави

форме, а в прозе, и только в некоторых письмах он
использовал поэтические формы. Также в статье научно

обосновано,

что

письма

Бабура

относятся

к

сложноструктурным жанрам. Исходя из вышеизложенного,

творческое мастерство великого поэта в области письма

высоко оценивается.

KIRISH

O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiydan so‘ng o‘zining asarlari bilan yuksak

badiiy yuk bosib turuvchi ijodkor, shubhasiz, Zahiriddin Muhammad Boburdir. Boburning
sohibi devon shoir ekani “Boburnoma” mutolaasidan ham ma’lum. Bobur Devonlari va
ularning matn hamda badiiy xususiyatlari o‘rganilganda to‘plamdagi she’rlar asosan lirik
asarlardan iborat ekani kuzatiladi. Bobur she’rlarining nashrlari xorijda nashr etilishi bilan
birga, yurtimizda tanlanrgan she’rlari ayrim to‘plam va antologiyalarda chop etilganining
guvohi bo‘lamiz [Sharafiddinov O., 1939], [O‘zbek she’riyati antologiyasi, 1948]. Nihoyat,
1958-yilga kelib Boburning lirik merosi A. Qayumov va S. Azimjonova tomonidan
“Tanlangan asarlar” [Bobur, 1958] shoirning ona yurtida alohida kitob holida dunyo yuzini
ko‘rdi. Keyinroq Boburning uch jilddan iborat “Asarlar”ining 1-jildidan o‘rin olishiga prof.
P. Shamsiyev salmoqli hissa qo‘shdi [Bobur, 1959]. 1980-yillarda A. Abdug‘afurov,
V. Rahmonov, S. Hasanov nashrlari ommalashdi. So‘nngi muallif Parij nusxasini alohida
tabdil qilib, nashr ettirdi, uning tarkibidan shoirning 50 dan ortiq muammolari ham o‘rin
olgan [Hasanov S., 1982]. Ayni davrda sobiq ittifoq hududida Bobur g‘azallarining
semantik strukturasini o‘rgangan rus olimasi o‘zining tadqiqotiga Bobur she’rlarining
faksimilyesini ilova qilib nashr ettirdi. [Stebleva I., 1982]. Bu kabi nashrlar turk


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

165

olimlarining shoir lirik asarlarining matniga qiziqish ortishiga sabab bo‘ldi. Boburshunos
olim B. Yujel 1995-yilda Istanbul universitetida saqlanayotgan qo‘lyozma asosida shoir
asarlarining izohli nashrini amalga oshirdi [Yujel B., 1995]. Bu orada Bobur asarlarining
Kobul devoni nashri Sh. Yorqin tomonidan 2004-yilda Afg‘onistonda arab yozuvida va u
nashr asosida 2008-yilda Toshkentda chop etildi [Bobur, 2004].

Nihoyat, 2021-yili 6 jilddan iborat Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining to‘liq

nashri hisoblangan “Kulliyot” o‘zbek kitobxonlari qo‘liga tegdi [Bobur, 2021].

MUHOKAMA/TAHLIL

Mumtoz adabiyotda

noma

– maktub, xat, yorliq, kitob ma’nolarini anglatadi.

Nomaning ilk ko‘rinishlari fors adabiyotida Faxriddin Gurgoniyning “Vis va Romin”
dostoni (XI asr)da uchraydi. Asar qahramoni Visning Rominga jo‘natgan 10 maktubi
keltirilgan bo‘lib, Faxriddin Gurgoniy ularni “Dahnoma” sarlavhasi ostida birlashtirgan.
Oradan ikki asr vaqt o‘tib shoir Avhadiyning (1274–1338) noma janrida yaratgan tugal
“Dahnoma”si yuzaga keldi…

Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur “Aruz risolasi”da “...Ul jumladin besh vazni

mashhur o‘qdurkim, “Xamsa”lar ul avzondadur. Yana bir vazn agarchi “Xamsa”da yo‘qtur,
fil jumla shuhrati bor. “Mantiqu-t-tayr” va “Masnaviy” bu kitobning qoyili azizlarning aksar
masnaviylari bu vaznda voqe’ bo‘lubdurlar. Yana bir vazndurkim, agarchi shuhrati
kamdur, vale xeyli latif vazndur, mavlono Abdurahmon Jomiy “Subha”si ul vazndadur. Xoja
Xusrav Dehlaviy “No‘h sipehr”ining bir sipehrini bu vaznda aytibtur, ushbu yetti
vazndurkim, masnaviyga maxsustur...” [Bobur, 1971: 118] deya masnaviy vaznlarini
asarlar misolida keltirib o‘tadi. Demak, Bobur uchun ham tilga olgan masnaviy vaznlaridan
nomalarda erkin foydalanish mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, “Kulliyot”ga Boburning 7
nasriy noma (maktub)lari kiritilgan. Bobur maktub (noma)lari yuqorida tilga olganimiz
Sharq mumtoz adabiyotidagi an’anaviy noma janrida yozilgan asarlardan tubdan farq
qiladi. Ular, asosan, nasriy nomalar bo‘lib, ayrim maktublardagina nazm shakllaridan
foydalanilgan.

Bobur maktublarini, asosan, o‘g‘illari Humoyun va Komron Mirzolarga yo‘llagan.

Maktublar siyosiy-ma’muriy, imlo, adabiyotshunoslik mavzularida bo‘lib, nasihat, tanbeh,
gina, alqash ma’no ottenkalariga ham ega.

Birinchi maktub

quyidagi to‘rtlik bilan boshlanadi:

Firoq dashtida yetg‘on g‘amu tafakkurdin,
Asiri dilshuda, ya’ni faqir Boburdin.
Duovu qulluq Angakim, janobu qadri Aning
Balandu oliy erur vahm ila tasavvurdin .
Qulluq va duodin so‘ng arz ulkim, firoq kunlari ne balo uzun bo‘lur ermish va firoq

kunining har soatida yuz balo fuzun bo‘lur ermish. Bu nihoyati yo‘q g‘amu furqatta va bu
g‘oyati yo‘q balou shiddatta visoling xayoli bo‘lmasa, boshimni olib ketgay erdim. E’tiqodim
senga ul yo‘sunluq edikim, arz qildim va murodim sendin bu yanglig‘durkim, sharh aylarmen:

Murod vasling erur, ayla yod Boburni,
Unutmag‘il yana bu nomurod Boburni [Bobur, 2021: 580].

Maktub Allohning nomini tilga olish bilan boshlanib, Uning bir va borligiga iymon

keltirilib, Unga duo va qulluq qilinadi.

Ikkinchi maktub

nasriy yo‘l bilan bitilgan bo‘lib, unda she’riy parchalar

keltirilmaydi. Bobur kamtarlik bilan o‘zining bir-ikki she’r aytib turishga moyilligini va ikki
risola bitganligini ham ta’kidlab o‘tadi:

“Xuroson va Iroq fuzalosi bila fusahosi xidmatlarida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

166

ma’ruz (arzimas) ulkim, jibillat (yaratilish, tug‘ma-tabiiy xislat) iqtizosi (taqozosi, zarurati)
bila she’rg‘a moyil va muqtazoi vaqt bila (vaqtu zamon taqozosiga ko‘ra) biror-ikkiror
baytqa qoyil bo‘lulur (bir-ikki bayt aytib turilar) edi. Xotirg‘a yetar erdikim, mustalahotini
(istilohlarini) dag‘i bir kishi qoshida ko‘rulsa, ko‘ngulga kechgon shubhani andin so‘rulsa.
Taqdir hasbi bila anga tavfiq topilmadi (muvaffaq bo‘linmadi) va bu betahqiq qoldi. Oxir o‘z
alimdin bir-ikki risola ma’lum qilib, bir necha kalog‘po marqum bo‘ldi. Multamas ulkim
(iltimos ulkim), har g‘alatu sahvekim bo‘lsa, ko‘rguzgaylar, isloh qalami bila ul g‘alatu sahvin
tuzgaylar, to bu vasila bila bu ta’lifning siqami (kasali, illati) sihhatka badal bo‘lg‘ay va
muallifning jahli (ilmsizligi)ilmg‘a mubaddal [Bobur, 2021: 580].

Uchinchi maktub

Podshoh bahodur g‘oziy Zahiriddin Muhammad Bobur nomi

bilan keltirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Bobur Humoyunni davlatni boshqarish ishlariga
tayyorlash uchun og‘zaki yo‘l-yo‘riqlar berish, maktublar yozish, unga atab risolalar
yaratishdan tashqari, “maxfiy vasiyatnomalar” ham bitgan.

Mazkur “Maxfiy vasiyatnoma” “Boburnoma”ga kirmagan. Uning asl nusxasi uzoq

vaqt Hindistondagi Bho‘pal kutubxonasida saqlangan. 1921-yil 11-dekabrda tarixchi olim
Nat janoblari undan nusxa ko‘chirib olishga erishgan, keyinchalik eronlik professor
Shervoniy ham bu hujjat bilan qiziqib, nusxani o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Professor Nat
janoblari “Hinduston Bobur nigohida” risolasida mazkur “Vasiyatnoma”ga alohida o‘rin
berdi. Bog‘i Nilufarda yozilgan ushbu maktub Allohga hamd bilan boshlanadi. Maktub
nasriy usulda yozilgan bo‘lib, uning tarkibida she’riy parchalar uchramaydi.

“...Ey farzand!

Hinduston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhon Alloh taolo haqqi senga
buyurildiki, har bir mazhabga pok qalb bilan qaragin, har bir mazhab va tariqatga adolatli
bo‘l... Podshoh farmoniga bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin. Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda
shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi. Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan
yaxshiroqdir, zulm tig‘i bilan emas. Ahli sunnat va shialarning ikir-chikirlaridan ko‘zingni
yum. ....Turli e’tiqoddagi xalqlarni teng tutginki, shunda saltanat turli tashvishlardan xoli
bo‘ladi [Bobur, 2021: 581].

To‘rtinchi maktub

ham Humoyun Mirzoga bitilgan bo‘lib, u boshqa maktublardan

hajm jihatdan ortiqligi bilan ajralib turadi. Yana shunisi e’tiborliki, ushbu maktubda she’riy
parchalarning kelishi diqqatga sazovordir. Masalan, Bobur Humoyunning farzandli
bo‘lganligini eshitib, sevinganligini quyidagicha ifodalaydi:

“Shukr, bermish sanga Haq farzande,
Sanga farzande, manga dilbande.
Tengri taolo mundoq sevinchlarni manga va sanga hamisha ro‘zi qilg‘ay, omin yo

rabbal-olamin. Otini A’lamon qo‘ymishsen. Tengri muborak qilg‘ay. Vale, bovujudkim o‘zung
bitibsen, mundin bo‘lubsenkim, kasrati iste’mol bila avom Alamon derlar, yo El Amon derlar,
o‘zga mundoq g‘ofil alif-lom otta kam bo‘lur” [Bobur, 2021: 583],

deya biroz farzandga ism

qo‘yish borasida tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tadi. Bobur nabirasining ismiga o‘z
munosabatini bildirgach, siyosiy va harbiy masalalarga o‘tadi:

“Yana Komrong‘a,

Kobuldag‘i beklarga farmon bo‘ldikim, borib, sanga qo‘shulub, Hisor yo Samarqand yo har
sorig‘akim, salohi davlat bo‘lsa, yurugaysiz. Tengrining inoyati bila yog‘iylarni bosib,
viloyatlarni olib, do‘stlarni shod, dushmanlarni nigunsor qilg‘aysiz...


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

167

Jahongiri tavaqquf bar nayobad,
Jahon onro buvad ko‘ beh shitobad,
Hama chizi zi ro‘y kadxudoi –
Sukun meyobad, illo podshohi”. [Bobur, 2021: 583]
She’rning mazmuni: jahongirlik to‘xtab turmaydi, kim yaxshi tirishsa, jahon o‘shaniki

bo‘ladi, hayotda har bir narsa to‘xtashi mumkin, ammo podshohlik to‘xtamaydi.

Boburning

Humoyun Mirzoga maktubida o‘g‘liga bo‘lgan ishonchi qat’iyligi va uni ruhlantirganligini
ko‘ramiz. Bobur ota sifatida farzandlarini o‘rni kelganda koyib, tanqid qiladi, joyi kelganda
esa, ularga ishonch bildirib maqtaydi. Bu Otaning qanchalik zukko, tadbirli va ayni paytda,
shahzodalarga munosabatda masofa saqlaganligini ham bildiradi. Ota va podshoh
maqomlarini o‘z o‘rnida ko‘radi. Yuqoridagi forsiy baytlarni ham maktub tarkibida
keltirishi bejiz emas.

Beshinchi maktub

Komron Mirzoga atalgan bo‘lib, “Hazrati Boburshoh G‘oziyning

Hindustondan Qandahorga saodatmand mirzo farzandiga yo‘llagan xayrli holnomasi” deya
nomlanadi. Maktubda ajoyib-g‘aroyib bir nasihatnoma ham borki, bu uning ikkinchi o‘g‘li
Komron Mirzoga yo‘llagandir: “Nasihatnomayi Bobur ba farzandi xud” (Boburning o‘z
farzandiga nasihatnomasi) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu xat 1527-yil 4-yanvarda ulug‘
hukmdor (44 yoshga kirganda) Mulla Sarson degan kishi orqali Komron Mirzoga berib
yuborilgan. Xatning topilish tarixi quyidagicha: “1972-yili Qozon dorilfununi
kutubxonasida saqlanayotgan o‘zbek adabiyoti namunalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz,
daf’atan Boburning o‘g‘li Komronga yozgan xatiga duch kelib qoldik, – deb xabar beradi
filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov. – Mazmuniga ko‘ra bu o‘sha Mulla
Sarsondan yuborilgan maktub... u “1272-T” raqami ostida “Nodir qo‘lyozmalar bo‘limi”da
saqlanmoqda edi. Qozon dorilfununi dotsenti, taniqli tatar adabiyotshunosi Xatib
Minigulov iltimosimizga ko‘ra, mazkur maktubning fotonusxasini olib yubordi...”
Bu muhim topilma kim tomonidan, qayerda va qachon ko‘chirilgani ma’lum emas
[Bobur, 2021: 588].

Maktub Komron mirzoni alqash bilan boshlanadi:

“Dono, qadrli va saodatmand

farzand Muhammad Komron bahodirga muhabbatli salomdin so‘ngra bulkim, qondosh,
jondosh va sirdosh amaldorlaring bilan birga saboq o‘qushga sa’-harakat boshlabsen.
Bu vajhdan ko‘nglim ko‘tarilib, dilim yayradi, bisyor quvondim. Tengri taolo dargohidin
umidvormenkim, jami qobiliyat va salohiyat bobinda barkamolu serob bo‘lib, kamol
topgaysen. Hamisha shu tariqa ish ko‘rub, aslo xatoga yo‘l qo‘ymagaysen. Zero, hazrati Xoja
Hofizdin naql bo‘lmish:

Piron suxan zi tajriba go‘yandu, guftamat,
Ba on pisar, ki pir shavi, pand go‘sh kun [Bobur, 2021: 589].
Mazmuni: Yoshi ulug‘ odamlar o‘z tajribalariga ko‘ra suhbatlashadilar, sen ham

nasihatga quloq sol.

Bobur nafaqat podshoh, balki kezi kelganda, farzandlarini maqtaydigan, alqaydigan

va shu orqali ularning ruhiyatini ko‘taradigan mohir ruhshunos hamdir. Ushbu
maktubning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, maktubda Bobur Xoja Hofiz, Shayx
Sa’diy va Hazrati Mavlono Jomiydan bir necha baytlar keltiradi, bu maktubning
ta’sirchanligini, noma (maktub)ning badiiy qimmatini oshiradi

Oltinchi maktub

Humoyun Mirzoga bitilgan maktub bo‘lib, juda qisqa bayon

qilinganligi sababli, biz bu maktubni to‘liq keltirdik:

“Xumoyung‘a bu mazmunni bitildikim,

Agar halog‘acha mu’tadun bih ishe bo‘lmaydur, xud o‘g‘ri bila qaroqni man’ qilg‘il, orag‘a


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

168

tushgan sulh ishini barham urmasun. Yana bu edikim, Kobul viloyatini xolisa qildim,
o‘g‘lonlardin hech kim tama’ qilmag‘aysiz... Yana Hindolni tilab edim. Yana Komrong‘a
shahzoda bila yaxshi omadu raft rioyat qilmog‘lig‘i va Mo‘lton viloyatini o‘ziga inoyat
qilmog‘lig‘i va Kobul viloyatining xolisa bo‘luri, ko‘ch va uruqning kelurini bitilib edi.

To‘qquz yuz o‘ttuz beshinchi (1528) yil.
Chahorshanba kuni, jumodu-l-avval oyining salhida [Bobur, 2021: 594].

Yettinchi maktub

Xoja Kalonga Boburshohning xati bo‘lib, u siyosiy-ma’muriy

masalalar haqida mma’lumot berish bilan boshlanadi. Bobur Xoja Kalonga Shamsiddin
Muhammad Itavaga kelganligi, Kobuldagi ahvol ma’lum bo‘lganligi, Kobulga borish
ishtiyoqi ortib borayotganligi, Hindistondagi ishlar ancha tartibga tushganligi, Tangri
taoloning marhamati bilan agar bu yerdagi (Hindistondagi) ishlar saranjom bo‘ladirgan
bo‘lsa, Kobul sari yo‘lga tushishini bildiradi va yurt sog‘inchini quyidagicha bildiradi:

“Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay? Alalxusus mundoq toyib va torik

bo‘lg‘onda qovun va uzumdek mashru’ hazni kishi ne tavr xotiridin chiqarg‘ay?
Bu fursatta bir qovun kelturib edilar, kesib yegach, g‘arib ta’sir qildi. Tamom yig‘lab yedim”
[Bobur, 2021: 595].

Shundan so‘ng Bobur Kobuldagi notinchliklardan xabar topganligi, agar bir

viloyatga yetti-sakkiz kishi hokimlik qilsa, sansolarlik bo‘lishi va boshqaruv qo‘ldan ketishi
mumkinligini aytadi. Shu sababli opasi va haram ahlini Hindistonga chaqirtirganini tilga
olib, Humoyun va Komronga ham bu haqda yozib yuborganligini eslatib o‘tadi. Maktubda
Xoja Kalonga quyidagi topshiriqlar beriladi: “Zarur ishlar quyidagilar: eng avvalo, qo‘rg‘on
tartibga keltirilsin, undan keyin zahira to‘plash, undan keyin kelib-ketuvchi elchilar uchun
maosh va oziq-ovqat va yashash joy xarajatlarini ta’minlash, undan keyin jome’ masjidi
imoratini qurish. Bularning barchasi uchun mablag‘ni tushayotgan daromaddan olib
shariat qonun-qoidalariga muvofiq sarf etilsin. Yaa karvonsaroy va hammomlar tartibga
keltirilsin. Yana Ustod Hasan ali pishiq g‘isht bilan qurib yarmiga yetkazib qo‘ygan imorat
bitkazilsin. ... Hovlisining sahni devonxona hovlisi sahni bilan barobar bo‘lsin”. Bundan
tashqari, Kichik Kobul to‘g‘onini yaxshi saqlashni, G‘azna to‘g‘onini va Bog‘i Xiyoboni
tuzatishni, Nazargohga yaxshi nihollar o‘tqazishni, gulzor qilib, rayhonlar ekishni
tayinlaydi. Xat, maktub so‘ngida harbiy masalalarga ham e’tibor qaratib shunday deydi:
“Yana Sayyid Qosim ham ko‘makchilar qismiga boshliq bo‘lib tayinlandi. Yana o‘qotarlar
va ustod Muhammad Amin jibachining ahvolidin g‘ofil bo‘lmang. Yana ushbu xat yetib
borishi bilanoq opamni va haramni tezda yo‘lga chiqarib, Nilobgacha yo‘lboshchi bo‘lib
keling. Ushbu xat yetib borishi borgach, bir haftadan kech qolmasdan albatta yo‘lga
chiqishsin”, deya maktubni yakunlaydi.

Ko‘rinadiki, Bobur Humoyun Mirzo, Komron Mirzo va Xoja Kalonga yozgan

maktublarida ma’muriy-siyosiy, harbiy, masalalar bilan bir qatorda adabiyotshunoslik,
xat, imlo zehniyat va shaxsiy jihatlarga ham katta e’tibor qaratgan. Proffessor
H. Boltaboyev Boburning adabiy-nazariy qarashlari borasida fikr yuritar ekan,
“Boburshohning adabiy-nazariy qarashlari bevosita ilmiy asarlarida, jumladan, “Aruz
risolasi”da aks etgani boburshunoslikka ma’lum. Biroq Boburday Sharq adabiyotini
mukammal bilgan, uning nazariy asoslarini mukammal egallagan allomaning nazariy
qarashlarini birgina risola orqali o‘rganish kamlik qiladi. Ulug‘ shoir va adibning “Devoni”i
tarkibiga kirgan she’rlarida, “Mubayyin” asarida va “Risolayi Volidiya”ning she’riy
tarjimasi qatida qator nazariy masalalarga doir fikrlar hozirga qadar jahon
boburshunosligining e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Bobur she’riy merosida badiiy matn


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

169

kontekstida tushunilgan ulug‘ g‘oya va poetik tafakkur durdonalari orasida shoir ijodkor
shaxsiga, uning o‘ziga xos iste’dodi tabiatiga alohida e’tibor qaratadi” degan xulosaga
keladi [Boltaboyev H., 2013: 23]. Bu fikrni Boburning maktublariga munosabatda ham
aytish mumkin.

XULOSA

1. O‘zbek adabiyoti tarixida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga birinchilardan

bo‘lib murojaat qilgan va o‘zining “Adabiyot qoidalari”da Bobur she’rlaridan namunalar
bergan olim professor Abdurauf Fitratdir. Bu tajriba O‘zbek olimlari O. Sharafutdinov,
P. Shamsiyev, A. Qayumov, S. Azimjonova, S. Hasanov, V. Rahmonov, A. A’zamov,
H. Boltaboyev, M. Kenjabek, O. Jo‘raboyev, E. Ochilov tomonidan davom ettirilishi
natijasida bugungi kun o‘quvchilari shoir lirik merosidan xabar topibgina qolmay, balki uni
jiddiy tadqiqot markaziga (O. Jo‘raboyev) aylantirdilar.

2. Bobur “Devon”i nashrlari orasida nisbatan mukammal nashri 2021-yilda chop

etilgan 6 jilddan iborat “Kulliyot” tarkibiga kirgan (1-jild) she’rlar to‘plamidir. “Devon”da
shoirning o‘ndan ortiq janrdagi asarlari o‘rin olgan, ular qatoriga Bobur noma(maktub)lari
kiritilgan

bo‘lib,

alohida

ahamiyatga

ega.

Kulliyotga

shoirning

7ta noma(maktub)lari kiritilishi ulug‘ shoir ijodi haqida yanada to‘laroq tasavvur beradi.

3. Bobur maktublari Sharq mumtoz adabiyotidagi noma janridan tubdan farq qiladi.

Chunki ular asosan, nasriy yo‘lda bayon etilgani, ayrim maktublari orasida fikr ifodasi
uchun nazm shakllaridan foydalangani kuzatiladi. Bobur maktublaridan masnaviy janrida
bitilganlarini murakkab strukturali janrlar qatoriga kiritgan holda uning nasriy maktublari
shoir hayoti voqealarini, hodisalar bayoni sabablarini ochishda qo‘l kelishini ta’kidlamoq
lozim.

4. Boburshohning Humoyun Mirzo, Komron Mirzo va Xoja Kalonga yozgan

maktublarida ma’muriy-siyosiy, harbiy masalalar bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, xat,
imlo, zehniyat va maktub yuborilgan shaxsning ruhiy jihatlariga ham katta e’tibor
qaratilgan. Bobur maktublarida shoir o‘zining she’rga moyilligini eslatish bilan birga
masnaviylaridan so‘z ochishi ushbu janrning shoir ijodida muhim o‘rin tutganligini
anglatadi. Shuningdek, Bobur maktublarida ismlarning imlosi va ma’nosiga e’tiborli
bo‘lish; ota-onaning farzandga muvofiq ism berish farzi; husnixat va uning ahamiyati;
til va tafakkur munosabati; fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash zarurati borasida ham so‘z
yuritilgan. Jumladan, Boburshohning o‘g‘li Humoyunga yozgan ikkinchi maktubi bu
fikrning dalilidir.

5. Zahiriddin Muhammad Bobur “Kulliyot”iga 7 noma(maktub)lari kiritilgan bo‘lib,

ular o‘ziga xos jihatlari bilan Sharq mumtoz adabiyotidagi an’anaviy noma janrida yozilgan
asarlardan tubdan farq qiladi. Bobur maktub(noma)lari she’riy yoki nasriy yo‘l bilan
bitilganidan qat’i nazar shoir ijodiy merosining muhim qismini tashkil qiladi.
Ularni o‘rganish orqali Bobur va boburiylar sulolasigagina emas, balki XVI asr Sharq
madaniyatiga, turmush tarzi va qadriyatlariga tegishli muhim xulosalarga kelish mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Yucel Bilal, 1995. Zahiriddin Muhammad Babur’nin Divani. – Ankara.

2.

Бобур, 2017. Заҳириддин Муҳаммад Бобур энциклопедияси. – Тошкент:

«Шарқ» НМАК. – 688 б.

3.

Бобур, 2021. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Куллиёт. – Тошкент: Zilol buloq.

– 580 б.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

170

4.

Болтабоев Ҳ., 2013. Бобуршоҳнинг бадиий асарларида адабиёт

назариясининг асос масалалари / Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурийлар.
Қомусий, илмий ва илмий-оммабоп мақолалар тўплами. 1-жилд. Тузувчи:
Рустамхўжаев Ш.Ш. – Тошкент, Zilol buloq, 2023. – 848 б.

5.

Фитрат А., 2006. Танланган асарлар: IV жилд: Дарслик ва ўқув қўлланмлар,

илмий мақола ва тадқиқотлар. – Тошкент: Маънавият. – 336 б.

6.

Жўрабоев О., 2013. Бобур девони ва унинг нашрларига доир // Ўзбек

адабиёти масалалари. – Тошкент.

7.

Kazakbayeva D., 2024. Zahiriddin Muhammad Bobur masnaviylarining vazn

xususiyatlari // O‘zA. 5-son.

8.

Koprulu M. Fuad, 1980. Babur // Islam Ansiklopedisi. – Istanbul: II cild. – S. 180-187.

9.

Алишер Навоий, 2018. Муншаот. – Тошкент: MUMTOZ SO‘Z.

10.

Seyhan Tanju, 2017. Zahiriddin Muhammad Babur. Mubayyin der Fikh / Tanju

Seyhan. – Istanbul.

Библиографические ссылки

Yucel Bilal, 1995. Zahiriddin Muhammad Babur’nin Divani. – Ankara.

Бобур, 2017. Заҳириддин Муҳаммад Бобур энциклопедияси. – Тошкент: «Шарқ» НМАК. – 688 б.

Бобур, 2021. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Куллиёт. – Тошкент: Zilol buloq. – 580 б.

Болтабоев Ҳ., 2013. Бобуршоҳнинг бадиий асарларида адабиёт назариясининг асос масалалари / Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурийлар. Қомусий, илмий ва илмий-оммабоп мақолалар тўплами. 1-жилд. Тузувчи: Рустамхўжаев Ш.Ш. – Тошкент, Zilol buloq, 2023. – 848 б.

Фитрат А., 2006. Танланган асарлар: IV жилд: Дарслик ва ўқув қўлланмлар, илмий мақола ва тадқиқотлар. – Тошкент: Маънавият. – 336 б.

Жўрабоев О., 2013. Бобур девони ва унинг нашрларига доир // Ўзбек адабиёти масалалари. – Тошкент.

Kazakbayeva D., 2024. Zahiriddin Muhammad Bobur masnaviylarining vazn xususiyatlari // O‘zA. 5-son.

Koprulu M. Fuad, 1980. Babur // Islam Ansiklopedisi. – Istanbul: II cild. - S. 180-187.

Алишер Навоий, 2018. Муншаот. – Тошкент: MUMTOZ SO‘Z.

Seyhan Tanju, 2017. Zahiriddin Muhammad Babur. Mubayyin der Fikh / Tanju Seyhan. – Istanbul.