Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Expression of nationality and identity in Russian and Uzbek
folk riddles
Feruzakhon TILLABAEVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
The state analyzes riddles that describe each nation's
lifestyles, nature, national clothing, and cooking. National
features in the mysteries of the Uzbek and Russian peoples are
described, reflecting aspects of the mentality and way of life of
the two peoples. Similar and differentiated aspects of riddles are
highlighted. Some of them are very similar, but some are
different since they talk about things that are common only in
their territory: animals, birds, beasts, trees, and household items.
The focus is on where they are located or what nation they
belong to. In this regard, definitions of national and identical
features of Russian and Uzbek riddles are shown
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
riddle,
taboo,
ritual,
natural phenomena,
artistic and aesthetic
essence,
everyday function.
Rus va o‘zbek xalq topishmoqlarida milliylik hamda o‘ziga
xoslik ifodasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
topishmoq,
milliylik,
tabu,
marosim,
tabiat hodisalari,
badiiy estetik mohiyat,
maishiy funksiya.
Ushbu maqolada noqardosh rus va o‘zbek xalqining turmush
tarzi, tabiati, milliy kiyim-kechak va taomlarini aks ettiruvchi
o‘ziga xos topishmoq-boshqotirmalari tahlilga tortilgan. O‘zbek
va rus xalq topishmoqlarining o‘ziga xos milliy jihatlari
ko‘rsatilgan bo‘lib, faqat ikki xalqning mentalitetini aks etuvchi,
ikki xalq turmush tarziga oid,bir birida takrorlanmas aspektlari
yoritilgan. Ularning ba’zilari juda o‘xshashligi,ammo ayrimlari
o‘z hududida tarqalgan noyob narsalar: hayvonlar, qushlar,
jonivorlar, dov-daraxtlar, turmush predmetlari haqida bo‘lishi
bilan o‘ziga xoslik kasb etgan. Ularning qayerda joylashgani yoki
qayerga xosligiga e’tibor qaratilgan. Bu jihatdan rus va o‘zbek
jumboqlarining milliyligi va o‘ziga xosligi ayonlashgan.
1
Senior Teacher, University of Economics and Pedagogy, Doctoral Student, Andijan State University.
E-mail: feruza.tillabayeva@inbox.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
345
Выражение национальности и идентичности в русских
и узбекских народных загадках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
загадка,
национальность,
табу,
обряд,
явления природы,
художественно-
эстетическая сущность,
бытовая функция.
В статье проводится анализ загадок, которые отражают
образ жизни, природу, национальную одежду и кулинарию
русского
и
узбекского
народов.
Рассматриваются
национальные
особенности
этих
загадок,
которые
отображают уникальные аспекты менталитета и культуры
обоих народов. Особое внимание уделено сравнению загадок,
выявлению как сходных, так и отличающихся элементов.
Некоторые загадки схожи, тогда как другие имеют
дифференцированные черты, обусловленные особенностями
флоры и фауны, типичными только для определённых
регионов. Акцент делается на географическом расположении
и национальной принадлежности элементов, упомянутых в
загадках,
что
способствует
лучшему
пониманию
национальной идентичности через традиционные загадки
русских и узбеков.
KIRISH
Topishmoqlarning asosiy vazifasi shundaki, topishmoq barcha xalqlar va
millatlarning avlodlari o‘rtasida dunyo haqidagi ma’lumotlarni uzatishda eng muhim omil
hisoblanadi. Biroq topishmoqlarda real narsalar va ularning ko‘z ko‘rib turadigan
xususiyatlaridan tashqari jumboqli, g‘aroyib xususiyatlari ham ustunlik qiladi. Rus
jumboqlarida biz olovni va uning qoldig‘i bo‘lgan cho‘g‘ni o‘zidan issiqlik va yorug‘lik
tarqatuvchi narsa sifatida qabul qilamiz va uning yorqin sariq yoki qizg‘ish rangga ega
ekanligini va o‘choq (pechka yoki tandir) ichida bo‘lishini tasavvur qilamiz. Biroq “cho‘g‘”
quyosh ta’rifi uchun ishlatilishini ham kuzatamiz. Bu esa ajdodlarimizning cho‘g‘ – olov –
quyosh bir-birining asosida yotadi deya tasavvur qilganining ongimiz oqimida merosiy
(genetik) o‘rnashib qolganligi bilan bog‘liqdir.
A. Lehet (Artur Lehet) topishmoqlarda assotsiativ aloqalarni qurish vositasi sifatida
so‘zlar ustida o‘yinni ta’kidlaydi. Darhaqiqat, rus topishmoqlari orasida omonim va so‘z
o‘yiniga asoslangan masala topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. Bunday topishmoqlar,
asosan, katta yoshlilar uchun bo‘lib, “javobli topishmoqlar” hisoblanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Topishmoqlar kelib chiqishining qadimiyligi haqidagi fikrni F.I. Buslayev (1861),
A.N. Afanasьev (1866–69), I.A. Xudyakov (1861) ham qo‘llab-quvvatlagan. Ular
topishmoqlarning paydo bo‘lishini mif yaratish bilan bog‘laydilar. Jumladan, I.A. Xudyakov
(«Великорусские загадки» 1861) eng qadimgi rus xalq topishmoqlari mifologizm
xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, deb hisoblagan. Biroq, XIX asrgacha omon qolgan ko‘pchilik
topishmoqlar, uning fikricha, xalq tarixiy hayotining o‘ziga xos aks ettirilishi natijasidir.
F.I. Buslayev («Исторические очерки русской народной словесности и искусства»,
1861) topishmoq insonning bilimga, hayotning eng muhim hodisalarini tushunishga
chanqog‘ini aks ettiradi, deb hisoblagan. A.N. Afanasev («Поэтические воззрения славян
на природу» 1866) qadimgi slavyanlarning afsonalari va afsonalarini o‘rganish bilan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
346
bog‘liq holda topishmoqlarni ko‘rib chiqdi. U topishmoqlarni eski metafora tilining
parchalari deb hisoblagan. Topishmoqlar marosimlarga keng kiritilganligi, donolik va
zukkolik sinovlarida foydalanilganligi. Ertak va afsonalarda topishmoqlarni sardorlar va
qahramonlar, donishmandlar va payg‘ambarlar o‘ylab topadilar va shu bilan ularning xalq
yetakchisi bo‘lish huquqini tasdiqlaydilar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Topishmoqlardagi ramz va metafora uchun umumiy jihat shuki, birinchidan,
ularning har ikkalasi ham o‘quvchini matndan tashqariga yo‘naltiradi. Ikkinchidan,
ularning yuzaga chiqish asosi bitta: har ikkalasi ham
qiyosiy-assotsiativ
tarzda, o‘xshatish
asosida voqelanadi. Uchinchidan, har ikkalasi ham fikrni tasdiqlash maqsadini ko‘zlaydi.
Bu esa ularning funktsional jihatdan o‘xshashligini anglatadi.
Topishmoqlarni qiyosiy o‘rganishni boshlaganimizda taxlilga oddiy va
murakkablarini tanladil.
На что похожа половина апельсина? (На другую половину).
(Апельсиннинг ярми нимага ўхшайди? (Унинг ярмига).
Bir gap ko‘rinishida tuzilgan ushbu topishmoq oddiy tuzilishli bo‘lib, uning yechimi
mantiqiy fikrlash asosida yuzaga chiqadi. Bunday topishmoqlar xoh oddiy, xoh murakkab
tuzilishga ega bo‘lsin, chuqur mantiqqa asoslanishi, masala kabi yechilishi bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, masala-topishmoqlar kattayu kichiklar uchun qiziqarlidir. Ular hisob-
kitobga asoslangan chalg‘ituvchi xarakterdagi topishmoqlar bo‘lib, rus va o‘zbek folklorida
o‘z o‘rniga ega. Ulardan birida shunday deyiladi: “Росло четыре березы, а каждой березе
по четыре больших ветки, на каждой большой ветке по четыре маленьких ветки, на
каждой маленькой ветке по четыре яблока. Сколько всего яблок? (Ни одного. На
березах яблоки не растут!)”
Topishmoqda aytilishicha, to‘rtta beryoza daraxti o‘sgan, har bir beryozada
to‘rttadan katta shoxasi bor va bu shoxalar yana to‘rtta kichkina shoxlarga ega, ularning
har birida to‘rttadan olma mavjud, umuman aytganda, beryozada jami qancha olma bor?
Yoki shu topishmoqning boshqa varianti ham mavjud. Unda aytilishicha, “Beryozada
to‘qsonta olma bor edi. Qattiq shamol turib, shundan o‘ntasini yerga tushirdi. Qancha olma
qoldi?”
Bu kabi topishmoqlar bolalarning hisob-kitobni bilishidan tashqari, ziyrakligini,
hushyorligini ham sinaydi. Chunki hushyor bola mantiqan “beryozada olma o‘smaydi” deb
javob berib, to‘g‘ri hukmga kelganini ma'lum qiladi.
Yuqoridagi topishmoqning o‘zbekcha muqobili quyidagicha: “Anhor bo‘yida uch tup
terak o‘sadi. Ularning har birida uchtadan yo‘g‘on shoxasi bor, har bir yo‘g‘on shoxida
beshtadan novda bor. Har bir novdada yettti donadan olma bo‘lsa, hammmasi bo‘lib nechta
dona olma bor? (Bitta ham olma yo‘q, qarag‘ayda olma bo‘lmaydi”.
Ko‘rinadiki, masala-topishmoqlar ikkala xalqning ham folklorida mavjud. Ammo rus
topishmogida
beryoza
daraxti,
o‘zbek
xalqining topishmogida esa mahalliy daraxt
terak
tasvirlanmoqda.Rus olimi M. Ribnikova fikriga ko‘ra:” Topishmoqlar har bir xalqning o‘z
hududida tarqalgan narsa va xodisalarni tasvirlaydi”. Umumiyligi shundaki ularning
javobiga hisob-kitob qilish orqali erishiladi. Masalan, yuqoridagi kabi topishmoqlar hisob-
kitobni egallagan bolalar e'tiboriga havola qilinadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
347
So‘z o‘yiniga asoslangan aksariyat topishmoqlar bolalarning alfavitni, undagi
harflarning o‘rnini, qaysi so‘zda qanday o‘rin tutishini qay darajada bilishini sinovdan
o‘tkazadi. Masalan: “Что в России на первом месте, а во Франции на втором?
(Буква “Р”). / “Nima Rossiyada birinchi o‘rinda, Frantsiyada esa ikkinchi o‘rinda turadi?”
(“R” harfi).
Bir qaraganda, bu topishmoqda qo‘llangan “что” / “nima” so‘roq olmoshi unda
nimadir narsa-hodisa haqida so‘z yuritilayotganga o‘xshaydi. Biroq unda “harf” haqida so‘z
bormoqda.
Harfiy topishmoqlar o‘zbek folklorida ham mavjud. Ularning aksariyati “m” harfi
qatnashgan so‘zlarni so‘rashga qaratilgan:
Menda bor, senda yo‘q,
Jismda bor, qizda yo‘q.
Osmonda bor, yerda yo‘q,
Kampirda bor, qizda yo‘q.
Moskvada bor, Toshkentda yo‘q. (“M”harfi)
Uning quyidagi variantida “p” harfi qatnashgan so‘zlarni aytish orqali, bu harfga
ishora qilinmoqda:
Poshshada bor, hovuzda yo‘q,
Pashshada bor, sovunda yo‘q,
Piyodada bor, otliqda yo‘q,
Pastda bor, yuqorida yo‘q. (“P” harfi)
Bulbul haqida keltirilgan quyidagi o‘zbekcha topishmoqda bu qush nomi milliy
o‘zbekcha ism Hasan deb ko‘rsatilgani bilan e'tiborni tortadi:
Gul shohida Hasan mastcha. (Bulbul)
Harflar va so‘zlar o‘yiniga asoslangan topishmoqlar rus folklorida ko‘p uchraydi.
Ular zamonaviy ruhga egaligi bilan an'anaviy topishmoqlardan ajralib turadi. Masalan,
quyidagi topishmoqda matematik sohaga mansub “Trigonometriya” fanining nomi
yashiringan:
«Какое слово начинается с трех букв “Г” и заканчивается тремя буквами “Я”?»
Demoqchiki, “Qaysi so‘z uch raqamidan so‘ng “G” harfi bilan boshlanib, yana uch
raqamidan so‘ng “Ya” harfi bilan tugaydi?”.
Darhaqiqat, “Тригонометрия” so‘zi rus tilida сўзи рус тилида “Три – уч (3) + г
(гономе) + три – уч (3) +я” кўринишида намоён бўлади. Go‘yo uning tarkibida ikkita
uch raqami bo‘lib, birinchisidan keyin “g”, ikkinchisidan keyin “ya” harfi kelganday. Bu
o‘ziga xos qiziqarli va betakror so‘z o‘yinidir. Ushbu so‘z boshqa tillarda bu ma'noni
berolmaydi.
Shuningdek, quyidagi topishmoqda aks etgan so‘z o‘yini ham faqat uning rus tilida
yaratilgani bilan bog‘liq.
Соль, а не солёная, фасоль, а не зелёная.
(Ноты фа и соль.)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
348
Rus tilidagi “cоль” o‘zbek tilida “tuz, “фасоль” esa “loviya” so‘zlari orqali ifodalanadi.
Topishmoqda yashiringan narsa musiqadagi notalardan ikkitasining nomi – “фа” va
“соль”ga ishora qilmoqda. Demak, bu o‘rinda loviya nomi “фасоль” bilan musiqa
notalarining nomi “фа, соль” shakli o‘xshash (yozilishi yaqin), ammo ma'nolari bir-biridan
farq qiluvchi omonimlardir. Badiiy ijodda omonimlar “tajnis” san'ati hisoblanadi.
Rus va o‘zbek topishmoqlari orasida nafaqat o‘xshashlik, balki farqli jihatlar ham
anchagina. Masalan, quyidagi kabi topishmoq o‘zbeklar orasida umuman uchramaydi:
У кого есть столько глаз, сколько дней в году? (У родившегося 2 января).
Mazmuni: “Kimda bir yilda qancha kun bo‘lsa, shuncha ko‘zi bor? (2 yanvarda
tug‘ilganlarda).
Shunisi ham borki, o‘zbek topishmoqlarida xo‘rozning erta tongda qichqirib,
odamlarni uyg‘otish harakati so‘filarning azon chaqirib, musulmonlarni namozga chorlash
holatiga o‘xshatilgani o‘ziga xos chiroyli topilma tashbehdir. Bunda xo‘roz so‘figa
o‘xshatilsa, tovuq bibiotinga mengzalgan:
Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin. (Xo‘roz, tovuq)
Qadimgi totemistik qarashlar asosida Oyni mevaga o‘xshatish holati ham uchraydi.
Masalan, bu jihatdan o‘zbek topishmoqlarida Oyning anorga o‘xshatilganiga guvoh bo‘lish
mumkin. Jumladan:
Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa, ushlab ol. (Oy)
Ramazon musulmonlar uchun farz ro‘za oyi bo‘lib, u islomning besh arkonidan biri
hisoblanadi. Ramazon oyida sodiq musulmonlar kunduzi ovqatlanish, ichish va yomon
odatlardan bosh tortishadi va bu ro‘za tutish ushbu o‘zbek kalendar topishmog‘ida taxmin
qilinadi: “Bir oy ruza” (Ramazon).
Quyosh – xuddi pechka kabi issiqlik manbai. U barcha jonzotlarga issiqlik va iliqlik
ulashadi. Shuning uchun rus topishmoqlarida quyoshning pechga o‘xshatilgani kuzatiladi:
Печь не топится, дрова не курятся, а тепло. (Солнце)
Bu topishmoqda ta'kidlanayotganidek, quyosh – bu isitilmaydigan pechka, ammo
unga o‘tin qalanmaydi, shunday bo‘lsa-da, u issiq. Xuddi shu antonimik zidlik bu
topishmoqqa o‘ziga xos badiiy ta'sirchanlik baxsh etmoqda.
O‘zbek topishmoqlarida osmon va yulduzlarga ishora qilish uchun paxta bilan bog‘liq
“g‘o‘za” obrazi ham tanlangan bo‘lib, u orqali milliy xususiyat bo‘rttirilgan. Masalan:
Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmon, yulduzlar)
Bu topishmoqda ko‘k ko‘ylak – moviy osmon, unga yoyilgan g‘o‘zalar – yulduzlar
ramzini ifodalab kelmoqda.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
349
TAHLIL VA NATIJALAR
Topishmoqlar bolalar va kattalarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. So‘z o‘yiniga
asoslangan aksariyat topishmoqlar bolalarning alfavitni, undagi harflarning o‘rnini, qaysi
so‘zda qanday o‘rin tutishini qay darajada bilishini sinovdan o‘tkazadi. Omonim va
antonim so‘zlar ishtirokida yaratilgan topishmoqlar ham uchraydi. Ruslar orasida
tarqalgan ayrim topishmoqlarda biror harf bilan tugaydigan erkak yoki ayollar ismini
(antroponimlarni) so‘rash holati kuzatiladiki, ammo bunday topishmoqlar o‘zbek
folklorida kuzatilmaydi.
Rus va o‘zbek xalq topishmoqlarida milliylik hamda o‘ziga xoslik ifodasi kuzatiladi.
Turli xalqlarga tegishli topishmoqlar qiyosiy tahlilga tortilganda, ko‘pincha ularning
milliy-mental belgilari e'tiborni tortadi. Bu ko‘pincha uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-
kechaklar, mehnat va jang qurollari, oziq-ovqatlar, uysozlik, musiqa asboblari obrazi, flora
va fauna aks etgan topishmoqlarda yanada farqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Husainova 3. Topishmoqlar // O‘zbek folklori ocherklari. Uch tomlik. Birinchi
tom. – T.: Fan, 1988. – B.100-101.
2.
Rahmatov Y.G‘. Tarixiy dostonlarda tarixiy shaxs obrazining epik talqini (“Oychinor”
va “Shayboniyxon” dostonlari misolida): Filol. fan. nomz.... diss. – T., 2008. – 150 b.
3.
Mirzayev T. Bir biridan go‘zal // Alpomish. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari.
100 jildlik. To‘rtinchi jild. Dostonlar. Muhammad Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan va Ergash
Jumanbulbul o‘g‘li, Berdiyor Pirimqul o‘g‘li, Saidmurod Panoh o‘g‘li variantlari. – Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. – B.18.
4.
Oychinor / Oysuluv. O‘zbek xalq ijodi. Ko‘p tomlik. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san'at nashriyoti, 1984. – B.30-37.
5.
Husainova 3. O‘zbek topishmoqlari. T., 1966, 14- b.