Авторы

  • Бобур Шарипов
    Преподаватель, Кафедра языков, Университет ZARMED

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67752

Ключевые слова:

причинная реципрокная деривация причинно-реципрокная производная причинно-реципрокная ситуация

Аннотация

В данной статье выделено выражение взаимности вместе с причинно-следственной связью, в которой анализируются конкретные виды этой ситуации. Парадигма значения причинной взаимности делится по типам причинной взаимосвязи. Следовательно, они являются причинно-взаимными производными. Кроме того, выражение обратного и причинного в сжатой форме со специальными дополнениями наблюдается только в области тюркских языков. Точнее, в тюркских языках, в том числе и в узбекском, эти операторы приобретают весьма активный характер.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Types of meanings of causative reciprocity

Bobur SHARIPOV

1

Samarkand Zarmed University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article discusses the expression of reciprocity together

with causation, analyzing specific types of this situation. The

paradigm of meanings denoting causative reciprocity is divided
depending on the types of causatives. Therefore, they are

considered causareciprocal derivatives. In addition, the compact

expression of reciprocal and causative with special suffixes is

observed only in the Turkic languages. It is more precisely that
these operators acquire a very active character in Turkic

languages, including Uzbek.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp295-306

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

causative,

reciprocal,

derivation,

causareciprocal derivative,
causareciprocal situation.

Kauzativ retsiproklikning ma’no turlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kauzativ,

retsiprok,

derivatsiya,
kauzaretsiprokal derivat,
kauzaretsiprokal situatsiya.

Ushbu maqolada retsiproklikning kauzatsiya bilan birgalikda

ifodalanishi yoritilgan bo‘lib, bunda mazkur holatning o‘ziga xos

turlari tahlil etilgan. Kauzativ retsiproklikni anglatuvchi

ma’nolar paradigmasi kauzativning turlariga qarab bo‘linadi. Shu
bois, ular kauzaretsiprokal derivatlar hisoblanadi. Bundan
tashqari, retsiprok va kauzativning ixcham tarzda maxsus

qo‘shimchalar bilan ifodalanishi faqat turkiy tillar arealida

kuzatiladi. Aniqrog‘i, turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida ushbu

operatorlar o‘ta faol xarakter kasb etadi.

1

Lecturer, Department of Languages, Samarkand Zarmed University. E-mail: haripovbobur9689@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

296

Виды значений каузативной реципрокции

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

причинная,

реципрокная,

деривация,

причинно-реципрокная

производная,

причинно-реципрокная

ситуация.

В данной статье выделено выражение взаимности

вместе с причинно-следственной связью, в которой

анализируются

конкретные

виды

этой

ситуации.

Парадигма значения причинной взаимности делится по

типам причинной взаимосвязи. Следовательно, они

являются причинно-взаимными производными. Кроме

того, выражение обратного и причинного в сжатой форме со

специальными дополнениями наблюдается только в

области тюркских языков. Точнее, в тюркских языках, в том

числе и в узбекском, эти операторы приобретают весьма

активный характер.

Kauzativlik tilshunoslikda sabab, ta’sir, qo‘zg‘ash ma’nolarini anglatar ekan, u,

o‘z navbatida, retsiproklik bilan birgalikda ifodalanishi mumkin. Mazkur ifoda ma’nosini

quyida tahlil qilib o‘tamiz:

1) kauzativ retsiproklik;

1. …

Qo‘ng‘irot elining katta-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini

yig‘dirib, to‘y

qilamiz

…(Alpomish)

Pd/l=k=C+A

2

→ a

ϵ

A→V (CRq).

2.

Uning endi tik turishga majoli ham qolmadi, ichkariga olib kirishdi, karavotga

yotqizishdi

(Dilbar Saidova. Yifi).

Pd/l=a

ϵ

A→A

1

→k=C+a

ϵ

A→V (CRq).

k–kauzatsiya konstantasi (kauzatsiyaning doimiy ko‘rsatkichi), C–kauzativ

situatsiya, A–kauzatsiyalovchi shaxslar (kauzatorlar), vaziyatga qarab kauzant,

a

ϵ

A

kauzatsiyalanuvchi individlar (kauzantlar), vaziyatga qarab kauzatorlar,

CRq

– kauzativ

retsiprokli qurilma.

Retsiproklikning mazkur turi bevosita kauzativlik bilan bog‘lanadi. Kauzativlik

esa undash, ta’sir etish, qo‘zg‘ash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buning dalilini

birinchi misoldagi

yig‘dirib, to‘y qilamiz

va ikkinchi misoldagi

yotqizishdi

kabi

kauzaretsiprokemalarning strukturasida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu retsiprokemalar

struktur jihatidan analitik va affiksal maqomni egallaydi. Ular qatnashayotgan

qurilmalarni kauzativ retsiprokli qurilma deb ataymiz. Bunda derivatsiyaning kauzativ

retsiprokli holatini kuzatamiz. Boshqacha aytganda, ularning semantikasida birgalikda

bajarilayotgan ish-harakatda undash, qo‘zg‘ash, ta’sir etish ma’nolarining ifodasi

ham borligini ko‘ramiz. Bu hosila strukturalarda qatnashayotgan -

dir

, -

qiz

kabi

kauzaoperatorlarning vazifasi orqali anglashiladi. Agar mazkur operatorlar qatnashmasa,

hosila struktura faqat retsiprok bo‘lib qoladi. Qiyoslang:

yig‘dirib to‘y qilamiz

(yig‘ishga

kimnidir undashi kerak) birgalikdagi kauzativ

– yig‘ib to‘y qilamiz

(subyektlartning o‘zi

yig‘ishi kerak) retsiprok;

yotqizishdi

(yotishga ko‘maklashish, ta’sir etish kerak)

birgalikdagi kauzativ –

yotishdi

(subyektlarning o‘zi yotishi kerak) retsiprok. Tahlil

natijasidan bunday qurilmalar murakkab xarakterli bo‘lib, bir yo‘la ikki situatsiyani

qamrab olganligiga amin bo‘lamiz. Zero, mazkur situatsiyaning boshqaruvchisi kauzator

aktor

maqomini ham egallaydi. Aktor tushunchasi faol individlar jamoasini anglatadi.

Aktor tushunchasi semantik munosabatlarning rolini belgilashda tilshunoslikda

R. Van Valin tomonidan qo‘llangan edi [1.69].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

297

Shuni aytish kerakki, retsiprok va kauzativning ixcham tarzda maxsus

qo‘shimchalar bilan ifodalanishi faqat turkiy tillar arealida (mo‘g‘ul, fin-ugor kabi tillarini
hisobga olmaganda) kuzatiladi. Aniqrog‘i, turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida mazkur
operatorlar o‘ta faol xarakter kasb etadi. Turkiy tillarda

aktiv, passiv, refleksiv, retsiprok,

kauzativ

affikslari mavjud ekanligini va bunday ixcham lingvistik ko‘rsatkich Yevropa

tillarida mavjud emasligini V.P. Nedyalkov alohida ta’kidlab o‘tadi [2/Elektron manba].

XV asrlarda hazrat Alisher Navoiy ham turkiy tilda bu kabi holatni ifodalovchi o‘z

ko‘rsatkichlari mavjudligini aytib o‘tadilar: “Yana arabiy sarf istilohda ikki maf’ulluq fe’llar
borki, aning adosi dag‘i mo‘tabar va kulliydur. Andin dag‘i sortlar oriy qolibdurlar. Va atrok
anga ham xo‘broq vajh bila mutobaat qilibdurlar. Arabiy andoqki, “A’taytu Zaydan
dirhaman”, (Zaydning dirhamini berishimni buyurdilar) bu tarkibda uch lafz mazkur
bo‘lur. Alar lafzg‘a bir harf ortturg‘on bila munga o‘xshash bir zamirni ortubdurlar,
bag‘oyat muxtasar va mufid tushubdur. Andoqki, yugurt va qildurt va yashurt va chiqart”
Ma’nosi: “Arabiy ikki maf‘ulluk fe’llar (vositali obyektli buyruq ma’nosi) ham sortlarda
yo‘q, turkiylar bir harf qo‘shish orqali bu ma’noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar” [3.9].

Shuni ta’kidlash joizki, kauzativ retsiproklikni anglatuvchi o‘ziga xos ma’nolari ham

mavjud bo‘lib, mazkur ma’nolar paradigmasi kauzativning turlariga qarab bo‘linadi. Shu
bois ular

kauzaretsiprokal derivatlar

hisoblanadi. Kauzativlik faktivlik va permissivlik

xususiyatlariga ega bo‘lib, o‘z navbatida ular nutq vaziyatiga qarab yana ichki semalarga
ajraladi. Buni B.N. Turniyazov quyidagicha izohlaydi: “Faktivlikda kauzativ situatsiyada
biror harakat bajarilishi davomida o‘zgarish sodir bo‘lishining asosiy qo‘zg‘atuvchisi
kauzatsiyalovchi subyekt (ba’zan obyekt ham bo‘lishi mumkin) hisoblanadi. Faktiv aslida
fin tiliga xos bo‘lib, u orqali biror vazifani yuklash yoki biror ishga majburlash ma’nosi
anglashiladi. Masalan, fin tilida “

pestä

” so‘zi “

yuvmoq

” degan ma’noni bildirib, faktiv shakli

qo‘shilsa, “

pesettää

” bo‘lib o‘zgaradi va aynan tarjimada “

yuvishni yuklamoq

” ma’nosini

beradi. Mavjud jarayonda topshiriqni yuklayotgan shaxs bajaruvchining harakatidan
manfaatdor bo‘ladi. O‘zbek tilida bunday vazifani, orttirma nisbat va buyruq-istak mayli
affikslari o‘taydi, zero ular orqali ham shunday ma’no ifodasi anglashiladi” [4.125].

Shunga asosan, faktivlik paradigmasi tasarrufidagi kauzaretsiproklarning quyidagi

ma’noviy hosila turlari mavjudligini kuzatamiz:

2)

jismoniy ta’sir ifodalovchi kauzaretsiproklik

;

bunda bir necha shaxs bir shaxsga yoki ko‘pchilikka simmetrik jihatdan ta’sir etadi.

Ushbu vaziyatda kauzator faol bo‘lib, kauzant nofaol mavqeni egallaydi:

1.

Germaniyada qul qilib

ishlatishdi

(Odil Abdurahmon. Urush va qismat).

2.

…Yerto‘laga olib kirib kaltaklashdi, mahbuslarga

do‘pposlatishdi

(Elektron

manba//https://uza.uz/posts/200796/«Shayna» jinoiy to‘dasini qo‘lga olgan prokuror).

Keltirilgan birinchi misolda tub struktura maqomida kelayotgan

ishlatishdi

tarzidagi

kauzaretsiprokema mavjud. Retsiprokema deganda retsiprokli qurilmaning semantik

sinchini tashkil etuvchi retsiprokal birlikni tushunamiz. U o‘z tasarrufiga yasovchi, nisbat

va zamon shakllarini birlashtirgani uchun grammemalik xususiyatini ham yo‘qotmaydi.

Ammo qo‘zg‘sh va simmetriyaga asoslangan o‘zaro munosabat ma’nolarini ham qamrab

olgani uchun uni kauzaretsiprokema deb yuritmoqdamiz. Boshqacha aytganda, masala

tavsifiga kauzal va retsiprokal nuqtayi nazaridan yondashganimizda, undagi

-la

fe’l

yasovchi qo‘shimchasini leksik kauzativ,

-t

orttirma nisbat qo‘shimchasini morfologik

kauzativ va

-ish

birgalik nisbat shaklini retsiprok operatorlari vazifasini bajarayotganini

inkor etib bo‘lmaydi. Zotan,

ish+la

shaklida

-la

,

ishla+t

shaklida

-t

affikslari so‘z yasash


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

298

hamda orttirma nisbat ko‘rsatishdan tashqari kauzativ ma’nolarni,

ishlat+ish

shaklida esa

-ish

o‘zaro munosabat ma’nosini ifodalovchi retsiproklikni ifodalamoqda. Ushbu

operatorlarning bir grammemaga ketma-ket birikib, keyingisi avvalgisini inkor etib

kelayotganini kuzatamiz, zero, derivatsiya qonuniyatiga binoan keyin kelgan operator

ustuvor xarakter kasb etadi. Shunga asosan, mazkur grammemaga retsiprokema

maqomini beramiz, biroq u kauzativlik ma’nosini ham berayotgani bois

kauzaretsiprokema deb ataymiz. Xullas, ushbu misolda bir necha kauzatorlarning

birgalikda kauzantlarga ta’sir etayotganini ko‘ramiz.

Ikkinchi misolda

kaltaklashdi, do‘pposlatishdi

kabi retsiprokemalar mavjud bo‘lib,

ulardan ikkinchisi kauzaretsiprokema hisoblanadi. U qatnashib kelayotgan

kauzaretsiprokal strukturada bir necha kauzator birgalikda kauzantga jismoniy ta’sir

o‘tkazmoqda. Bunda ham kauzal hamda retsiprokal operatorlar yuqoridagidek tartibda

funksiya bajarmoqda:

do‘ppos+la+t+ish+di

kabi. Mavjud holatni kauzaretsiprokal

derivatsiya deb ataymiz.

Shuni aytish kerakki, retsiproklikning kauzatsiya bilan birga voqelanishi murakkab

derivatsion jarayonni taqozo etadi. Masalan, yuqorida tahlilga tortilgan

kauzaretsiprokemalar sintaktik qurilmaning tub strukturasi vazifasini bajarishidan

avval mikroderivatsiya maydonida shakllanadi. Masalan, ikkinchi misoldagi

kauzaretsiprokema to‘rt bosqichli derivatsiyani tashkil etmoqda. Bu esa nutq egasining o‘z

nutqini qay tarzda voqelantirishi bilan aloqadordir. Boshqacha aytganda, nutq egasining

tanloviga ko‘ra u sintaktik qurilmaning tub strukturasi maqomini egallaydi. Bundan

tashqari, retsiproklik kauzatsiya bilan qurshovda kelgani uchun

konstanta

ko‘rsatkichiga

ham ega bo‘ladi. Konstanta kauzativ situatsiyada qator o‘zgarishlarga uchraydigan doimiy

holat yoki xulosa hisoblanadi [5.8-9]. Konstanta darajasi situatsiya ishtirokchilari bilan

belgilanadi. Ishtirokchilar soni orta boshlasa, keyingi situatsiya avvalgisiga nisbatan

makroxarakterli bo‘lib qoladi. Masalan, yuqoridagi

ish+la+t+ish+di

kauzaretsiprokemasini

olaylik. Mazkur kauzaretsiprokemaning konstanta ko‘rsatkichi sakkizga teng, zero,

ishla

yasama fe’li da’vat etish ma’nosida leksik kauzatsiyaning mahsuli hisoblanadi. Bunda

birinchi individ dastlabki situatsiyada kauzatsiyalayapti (

Germaniyada ishla

). Unga

morfologik

kauzatsiya

ko‘rsatkichi

-t

birikkanidan

so‘ng

II shaxs avvalgisiga nisbatan keyingi makrosituatsiyada yana kimnidir undashi kerak

(

Germaniyada ishlat

). Hosil bo‘lgan formaga

-ish

operatori birikkanidan keyin retsiprokal

munosabat ma’nosi yuklanadi. Shundan so‘ng bir necha individ uchinchi yoki undan ortiq

individga jismoniy ta’sir o‘tkazishadi (

Germaniyada ishlatishdi

).

Mavjud holat konstantasi

k

=C

1

+S→I

1

+C

2

→I

2

+CR

3

→I

1

I

2

→I

3

R ga teng bo‘ladi.

Formuladagi simvollar quyidagilarni ifodalaydi:

k

– konstanta; C

1

– birinchi kauzasituatsiya; C

2

– ikkinchi kauzasituatsiya; CR

3

kauzaretsiprokal situatsiya; I

1

I

2

– ikki individning o‘zaro munosabati; S – subyekt;

I

1

– birinchi individ; I

2

– ikkinchi individ; I

3

– uchinchi individ; R – retsiprok.

3) buyruq ifodasidagi kauzaretsiproklik;

mazkur vaziyada kauzator bir necha shxsni buyruq asosida faollashtirgani va ish-

harakat birgalikda bajarilgani bois u direktiv kauzaretsiproklik deb yuritiladi.

Kauzaretsiproklikning bu turida ko‘plik qo‘shimchasi

-lar

, birgalik olmoshi

hamma

,

kishilik olmoshi

biz

retsiprok operatorlari sifatida faoliyat yuritadi. Buyruq-istak mayli

shakllari esa kauzaoperator funksiyasini bajaradi:

1.

Mulozimlar, malikalar va amirzodalar Ko‘ksaroy oldida

tayyor tursinlar

...

(Muhammad Ali. Ulug‘ saltanat. Uchinchi kitob).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

299

2.

Hamma

qabristonga hasharga

borsin, hamma

! ...Hashardan keyin hovuzning

bo‘yiga xudoyiga

boringlar

, – dedi hayajon bilan qo‘llarini harakatlantirib

(O‘ktam

Mirzayor. Or).

3.

Biz

keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali

O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga
asosiy maqsad qilib

belgilaylik

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

O‘qituvchi va murabbiylar kuniga dag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan/30-sentabr
2020-yil/Elektron manba//sudyalaroliykengashi. uz›uz/ reports/ 211).

Keltirilgan birinchi misolda

mulozimlar, malikalar, amirzodalar tayyor tursinlar

,

ikkinchi misolda

hamma borsin, boringlar

, uchinchi misolda esa

biz asosiy maqsad qilib

belgilaylik

tarzidagi direktiv kauzaretsiprokal jarayonning shakllanganini kuzatamiz.

Birinchi misolda subyekt bir necha shaxsni faollashishtirmoqda. Mavjud holatda

III shaxs ko‘plik shaklidagi buyruq-istak mayli qo‘shimchasi (

-sin

), ko‘plik shakli

-lar

til

belgilarini kauzal va retsiprokal derivatsiyaga olib kiruvchi asosiy vositalar hisoblanadi.
Nutqning shakllanishiga qarab, retsiprokal derivatsiya operatori funksiyasini birgalik
nisbat qo‘shimchasi

-ish

ham bajarishi mumkin. Qiyoslan: ...

Ko‘ksaroy oldida tayyor

tur+

ish

+sin

kabi.

Bu

situatsiyaning

konstanta

ko‘rsatkichi

quyidagiga

tenglashadi:

k=

C

1

+S→I

1

→{

a,b,c...

}+CR

2

. Formuladan ko‘rinib turganidek, kauzator distantli tarzda, bir

individ orqali bir necha shaxsni faollashtirmoqda. Faollashgan situatsiya ishtirokchilari
esa ish-harakatni birgalikda bajarishlari kerak bo‘ladi.

Ikkinchi, uchinchi misollarda retsiprok operatori vazifasini

hamma, biz

olmoshlari

va

-lar

qo‘shimchasi bajarmoqda. Mazkur operatorlarsiz sintaktik qurilma diretsiprok

pozitsiyasiga tushib qoladi. Qiyoslang:

tayyor tursin, qabristonga borsin, asosiy maqsad

qilib belgilay

kabi.

Sintaktik qurilmalarni retsiprok bo‘lib shakllanishiga xizmat qiluvchi olmoshlarni

retsiprok olmoshlari deb ham ataymiz. Buning namunasini yuqoridagi ikkinchi va uchinchi
misollarda ko‘ramiz. Ikkinchi misoldagi

hamma

retsiprok olmoshi

anaforik

tarzda

qo‘llanib kelmoqda. U

anaforik dualis

deb yuritiladi [6.47]. Zero, bu vaziyatda bir xil

formaning ikki marta qo‘llanganini kuzatamiz.

Ikkinchi misolning davomida va uchinchi misolda ham retsiprok operatorlarining

anaforik tarzda kelayotganining guvohi bo‘lamiz. Ikkinchi misoldagi

-ing

kauzativ hamda

retsiprok

-lar

, ya’ni kauzaretsiprokemani shakllantiruvchi

-inglar

fokusiv operatorlari

o‘zidan oldin kelishi kerak bo‘gan ikkinchi shaxs ko‘plik shaklidagi kishilik olmoshi,
retsiprok

olmoshi

(

sizlar

),

bilan

anaforik

tarzda

ishlatilmoqda.

Chunki

kauzaretsiprokemani shakllantirib kelayotgan operatorlar grammemaga retsiprok
olmoshi formasidagi operator talabi bilan birikadi. Natijada

sizlar boringlar; o‘qinglar;

olinglar

tarzidagi derivatlar voqelanadi. Bu esa ikki operatorning anaforik holatda

turganidan darak beradi.

Analogik holatni uchinchi misoldagi

Biz

va

-k

retsiprok operatorlarining

qo‘llanishida ham ko‘ramiz. Olmosh shaklidagi retsiprok operatorlar

tranzitivatsiya

(fe’lning sintaktik o‘timliligi)

yoki

detranzitivatsiya

(fe’lning sintaktik o‘timliligining

pasayishi) [7/elektron manba] jarayonida retsiprokal derivatsiyada ishtirok etadi. Biz

tahlil qilayotgan misolda retsiprok olmoshi

tranzitivatsiya

holatida mavjuddir. Retsiprokli

qurilma grammemalari tub sintaktik aktantining mavqeyini ko‘tarishga xizmat qiladi.

Masalan, yuqoridagi uchinchi misolga retsiprok operatori

Biz

ning propozitsiyasi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

300

yaratishni, o‘zimizga

kabi grammemalar evaziga kengayib bormoqda. Shuning oqibatida

uning sintaktik mavqeyi ko‘tarilib birinchi darajali aktant vazifasini bajarmoqda. Mavjud

holatni quyidagi misolda ham kuzatishimiz mumkin:

Bizdan davron o‘tdi, biz ham ko‘rganmiz,

Joyimizga biz sig‘indi bo‘lganmiz,

Taqdirda borini shunday bilganmiz,

Bir gap o‘ylab bu to‘ylarga kelganmiz,

To‘yga kelib, qattiq kunda qolganmiz,

Yodgorjonni ko‘rib xursand bo‘lganmiz

(Alpomish).

Umuman, kauzaretsiprokli qurilma mexanizmi ishining muvoffiqlashuvi ikki

yo‘nalishning operatorlariga bir xilda bog‘liqdir. Til tizimidagi aslida mutlaqo alohida

strukturalarning derivatsiyasi operatorlar tomonidan tartibga solinadi va ikki qurilma

bajaradigan funksiyalariga mos keladigan o‘zgarishlarga olib keladi:

tayyor tursin

kauzativ: operator

-sin

;

tayyor tursinlar

yoki

turishsin –

kauzaretsiprok: operatorlar

-sin, -

lar, -ish

;

borsin, boring –

kauzativ: operator

-sin, -ing;

hamma borsin, boringlar

kauzaretsiprok: operatorlar

hamma, -sin, -ing, -lar

;

asosiy maqsad qilib belgilay –

kauzativ:

operator

-y

;

biz asosiy maqsad qilib belgilaylik –

kauzaretsiprok: operatorlar

biz, -lik

kabi.

4) psixologik kauzaretsipropklik;

retsiproklikning bu turida bir nechta kauzator bir yoki undan ortiq kauzantga

psixologik ta’sir etadi:

1.

O‘rtoqlari

uni

uyaltirishdi

, urishishdi, shundan keyingina uyiga qaytdi

(O‘.Umarbekov. Yoz yomg‘iri).

2.

Bokschilarimiz

bo‘lajak Jahon chempionatidan oldin yosh

taekvondochilarimizni

ruhlantirishdi

va

omadlar

tilab

qolishdi

(Elektron

manba//

taekwondo.uz›2019/07/30.07.2019).

Psixologik kauzaretsiproklik emotiv kauzatsiya bilan aloqadordir. Emotiv

kauzatsiya kauzatorning kauzantga tasodifan yoki qasddan ta’siri oqibatida

referentlarning psixik holatida o‘zgarish sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Shu jihatdan, emotiv

kauzatsiyaning o‘rganish obyekti psixolingvistika sohasi bilan uzviy bog‘lanadi. Emotiv

kauzatsiya uch asosiy omilga tayanadi: sabab → oqibat → psixik holat [8.123-128].

Keltirilgan misollarda

uyaltirishdi

va

ruhlantirishdi

tarzidagi kauzaretsiprokemalar

mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi sof fe’lning buyruq mayli II shaxs birligidagi kauzativ,

morfologik kauzativ hamda retsiprok, ikkinchisi esa leksik kauzativ, morfologik kauzativ

va retsiprok ko‘rsatkichidan iborat. Ma’lumki, kauzatologiyada kauzal munosabatlar

kauzator→kauzant→konsekvent

tarzidagi zanjirsimon struiktural mezonga tayanadi.

Kauzativ bilan retsiprok uyg‘unlashganda esa ushbu pozitsiya retsiprok munosabati bilan

ham boyiydi. Bundan tashqari, psixologik kauzaretsiproklikda

sabab → oqibat → psixik

holat → retsiprok

strukturasi ham shakllanadi.

Shunday qilib, birinchi misolda bir necha kauzatorning bir shaxsni, ikkinchi misolda

bir nechta kauzatorning birdan ortiq shaxslarni psixik jihatdan kauzatsiyalaganini

kuzatamiz. Bunda, albatta, kauzatorlarning psixik ta’sirni birgalikda ado etishi o‘zaro

munosabat holatini voqelantiradi.

5) shaxs va predmet o‘rtasidagi kauzaretsiproklik;

1.

Kuy-qo‘shiqlar, lapar va o‘lanlar aytildi,

bolalar varrak uchirishdi

, kurash

musobaqasi va boshqa xalq o‘yinlari o‘tkazildi

(Elektron manba// uza.uz›uz/posts/Har

go‘shada navro‘z nafasi).

2.

…Kirolmaganlarni

ingliz askarlari

o‘rmonlarda

daraxt kestirishdi, ishlatishdi

(Cho‘lpon va jahon/Vodiynoma, №3(22), 2021).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

301

Keltirilgan misollarda bir necha shaxsning predmatga ta’sir etishini

kuzatmoqdamiz. Demak, bunda shaxs va predmet o‘rtasida retsiproklik va kauzativlik

uyg‘unlashuvining guvohi bo‘lamiz. Birinchi misolning kauzativ hamda retsiprok

operatorlari

-ir, -ish,

ikkinchi misolning opreatorlari esa

-tir, -la, -t, -ish

hisoblanadi.

Shuni aytish kerakki, kauzativ va retsiprok qurilmalarning tub strukturalari

semantik jihatdan oddiy qurilmalarning tub strukturalaridan farq qiladi. Umuman, tub

struktura, S.D.Kasnelson ta’biri bilan aytganda, gap shakllanishining boshlang‘ich

bosqichini tashkil etadi va mavhumlik og‘ushida bo‘ladi. Agar u orqali sintaktik qurilma

to‘ldirilmasa, gap mazmuniy salmoqqa ega bo‘lib shakllanmaydi [9.144]. Darhaqiqat,

mazkur fikrga qo‘shilishimiz tabiiy. Ammo kauzativ va rertsiprok qurilmalarning tub

strukturalari orqali, hech bo‘lmaganda, harakat jarayoni ishtirokchilarining soni birdan

ortiq ekanligi aniq bo‘ladi. Qiyoslang:

keldi –

tub struktura.

Ukam keldi, bahor keldi, uyqum

keldi

va hokazo tarzda shakllanishi mumkin. Biroq

uchirishdi, kestirishdi, sozlatishdi

kabi

mikroqurilmalar tub struktura maqomida kelganda fikrning insonga xos ekanligi hamda

ishtirokchilarning ko‘pligi izoh talab qilmaydi. Bu esa ularning shu jihatlari oddiy

qurilmalarning tub strukturalaridan bir muncha aniqroq xarakter kasb etishini ko‘rsatadi.

Kauzaretsiprokli mikroqurilmalarni hosil qiluvchi operatorlarning bir nechtasi bir

vaziyatda birin-ketin derivatsion aloqaga kirishgani bilan ular makroqurilmalar

derivatsiyasini shakllantiruvchi operatorlar singari cheksizlik darajasini kasb eta olmaydi.

Qiyoslang:

uch+ir+tir+ish+di

yoki

uch+ir+tir+di+lar

;

keldi; Komil keldi; Komil ishdan keldi;

Komil ishdan charchab keldi; Komil kecha ishdan charchab keldi; Komil kecha kechqurun

ishdan charchab keldi

kabi. To‘g‘ri, makroqurilmalar derivatsiyasida ham cheklanganlik

alomati bor. Chunki biz uni birgina klauza (sodda gap) misolida ko‘ryapmiz, xolos. Ammo

u nutqning keyingi vaziyatida yana davom etish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham

kauzaretsiprokemalar cheklangan

multiko‘plik

maqomida turadi. Uni multiko‘plik

deyishimizning boisi shundaki, kauzaretsiprok operatorlar orqali harakat

ishtirokchilarining son jihatdan ko‘p ekanligi bilinib turadi. Ushbu multiko‘plik

to‘plamidagi operatorlar modifikatsiyalangan elementlar hisoblanadi. Zero, ular ikki xil

grammatik tushunchani anglash imkonini beradi. Masalan, orttirma nisbat qo‘shimchasi

modifikatsiyalanganda morfologoik kauzativ, birgalik nisbat yoki ko‘plik shakllari esa

retsiprok operatori vazifasini bajaradi. Boshqacha aytganda, nisbat yoki ko‘plik shakllari

tor doirada qo‘llanib, grammatik kategoriyani ifodalashda xizmat qilgan. Ammo

keyinchalik mazkur shakllar grammatik ma’no ifodalovchi vosita ko‘rsatkichi bo‘lib ham

vazifa bajara boshlagan. Ushbu qo‘shimchalar derivatsiya operatorlari sifatida imkon

qadar maksimal darajada aloqaga kirishib, kardinallik alomatlarini mujassamlashtirgan.

Kardinallik deganda esa turli elementlar o‘rtasida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan maksimal

bog‘lanishlar sonini tushunamiz. Buni yuqoridagi kauzal va retsiprok operatorlarning

ketma-ket birikishida kuzatamiz.

Birinchi misolda mantiqan shaxslarni (bolalarni) ish-harakatni bajarishga da’vat

etgan kauzator real holatda emas. Ammo

bolalar

real-retsiprok holatda varrakka nisbatan

kauzator maqomini egallashmoqda. Ikkinchi misolda esa kauzatorlar (ingliz askarlari) real

mavjud bo‘lib, bir necha shaxsga ish-harakatni bajarishni majburlashmoqda. O‘z

navbatida, har ikkala misolda ham tashqi kauzatorlarning ta’sirida bir necha shaxs

perdmetga nisbatan kauzal va retsiprokal pozitsiyani egallamoqda. Ushbu situatsiyalar

modelini quyidagicha belgilashimiz mumkin:

1)

Pd/l=k=C

1

+(S)→a

ϵ

A=C

2

→Ob→V(CRq).

2)

Pd/l=k=C

1

+ a

ϵ

S→a

ϵ

A=C

2

→Ob→V(CRq).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

302

Ko‘rib turganimizdek, kauzaretsiprokal situatsiyalarning differensial belgilarida

farq kuzatiladi. Birinchi misolda ish-harakatni bajarishga undagan subyekt real
kuzatilmaydi. Shuning uchun u formulada qavsda berilmoqda. Ikkinchi misolda esa son
jihatdan bir nechta bo‘lgan subyektlar bir nechta kauzantni kauzatsiyalamoqda. Har ikkala
situatsiyada ham kauzantlarning retsiprokal harakatlari kuzatilmoqda. Misollardagi
differensial belgilar farqlansa-da, ularning kauzativ situatsiyadagi konstanta
ko‘rsatkichlari bir xildir (oltiga teng).

6) tushuncha va shaxs o‘rtasidagi kauzaretsiproklik;

ushbu jarayonda mavhum tushunchaning bir necha shaxsga yoki mavhum

tushunchalarning bir shaxsga ta’sirini kuzatamiz:

1.

Ikki yigit

ham ichdagi qandaydir

muqaddas burchning da’vati

bilan kurashga

sho‘ng‘idi

(Oybek. Quyosh qoraymas).

2.

Xayolimni

ming o‘y kemirardi

(Olim Jumaboyev. Uy buzilmasin).

Berilgan misollarning birinchisida

ikki

so‘zi retsiprok operatori sifatida ishtirok etib,

shaxsning birdan ortiq ekanligini bildirmoqda. Ushbu shaxslarning harakati esa mavhum
tushunchaning da’vati orqali simmetriyaga asoslanmoqda. Da’vat etish ma’nosi sintaktik
qurilmaga kauzativlik maqomini ham bermoqda.

Ikkinchi misolda ko‘p miqdordagi mavhum tushunchalarning bir shaxsga ta’sir

etishini kuzatamiz. Bunda

ming

so‘zi retsiproklik ifodalasa,

kemirmoq

so‘zi kauzativlik

bildirmoqda. Zero, kemirish orqali ta’sir etish ma’nosi yuzaga chiqmoqda.

7) predmet va tushuncha o‘rtasidagi kauzaretsiproklik;

predmet va tushuncha o‘rtasidagi kauzaretsiproklikda ma’lum bir tushuncha yoki

tushunchalar, ayrim predmetga yoki predmetlarga ta’sir etadi:

1. Kuchli

shamollar

daraxtlarni

sindiradi

, beqaror yoki yomon o‘rnatilgan

inshootlarga

va

binolarning tomiga zarar yetkazadi

(Elektron manba//hydromet.

uz›uz/node/1981).

2.

Bahor keldi –

tabiatning qo‘llari

Daraxtlarga

ipak ko‘ylak

kiygizdi

.

Yer

ham so‘lgan

ko‘katlarni tirgizdi

(Cho‘lpon. Bahorda).

Keltirilgan birinchi misolda tushunchalarning (tinimsiz esgan shamollarning)

predmetlarga (daraxtlarga, binolarga, inshootlarga) nisbatan ta’siri kuzatilmoqda.
Ikkinchi misolda esa ko‘chma ma’noda qo‘llangan ko‘plik (retsiproklik) orqali
predmetlarga (daraxtlarga) va bir jismning (yerning) predmetlarga (ko‘katlarga) ta’sirini
ko‘ramiz.

8) vosita yordamida amalga oshirilgan kauzaretsiproklik

;

kauzaretsiproklikning mavjud turida biror vosita ishtirok etganligi bois u

instrumental kauzaretsiproklik

deb ham yuritiladi:

1.

Bu tur hozirda ko‘p uchraydi va biz uni immunitetimiz pastligi, ko‘z gigiyenasiga

rioya qilmasligimiz, kir

qo‘llarimiz bilan

ko‘zlarimizga tegishimiz oqibatida orttirib

olamiz

(Elektron manba//https://medo.uz/uz/news).

Misolda ko‘rinib turganidek retsiprokal harakat bir necha shaxs tomonidan ma’lum

bir vosita orqali (

qo‘llarimiz bilan

) sabab va oqibat qurshovida amalga oshirilmoqda.

Bunda semantik jihatdan

oqibat

so‘zining qo‘llanishi sintaktik qurilmaning sababiyat bilan

bo‘g‘lanishidan darak beradi,

-tir

affiksining ishlatilishi uning morfologik kauzatsiyaga

ham aloqador ekanligini belgilaydi, tub strukturaning

orttirib olamiz

tarzida

mikrostrukturadan iboratligi esa kauzatemaning analitik formada ekanligini ko‘rsatadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

303

Ammo shuni ham aytish kerakki, mazkur qurilma semantikasida retsiproklik

distantli pozitsiyasidan o‘rin oladi. Zero, ushbu vaziyatda bir necha shaxs tomonidan
bajarilayotgan ish-harakatda referentlar vaziyat subyekti va obyekti bo‘lib, o‘zaro bog‘liq
holda

koreferentlik

alomatiga ega emas. Boshqacha aytganda, referentlar o‘rtasida

simmetriya kuzatilmaydi. Masalan, bu vaziyatda ishtirokchilar soni birdan ortiq bo‘lsa-da,
ular harakatni o‘z holicha, mustaqil amalga oshirishadi. Vositali kauzaretsiproklik
kontaktli pozitsiyada turishi uchun

Bizga

yerni belkurak bilan tekislatishdi

kabi

shakllanishi kerak bo‘ladi. Chunki mavjud situatsiyada bir necha shaxs simmetrik
munosabatda bo‘ladi. Bundan tashqari, kauzatorlarning soni ham birdan ortiq bo‘ladi.

9) adresiv kauzaretsiproklik;

Kauzaretsiproklikning adresiv turida bir necha shaxs kauzator maqomida turib,

ma’lum bir harakatni boshqa bir referent uchun birgalikda ado etishadi. Ushbu vaziyatda
birdan ortiq kauzator birdan ortiq kauzantga vazifani bajarishni buyurishadi. Bu semantik
jihatdan quyida keltirilgan misollarning birinchisida

-dir

kauzaoperatori va

-ish

retsiprok

operatori orqali yuzga chiqmoqda. Mavjud vaziyatning adresiv pozitsiyada turgani
jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichi

-ga

bilan ifodalanmoqda.

Ikkinchi misolda ham xuddi shunday vaziyatning amalga oshayotganini ko‘ramiz.

Mazkur misolda ham

-dir, -ish, uchun

operatorlari adresiv kauzaretsiproklikni

voqelantirishga xizmat qilmoqda.

1.

Malika Diananing

o‘g‘illari Kensington saroyining bog‘ida

uning sharafiga

yodgorlik qurdirishdi

(Elektron manba//https://aniq.uz/yangiliklar).

2.

“Bir tiyinga qimmat “Minor” jamoasini

Ravshan Komilov “hurmati” uchun

qoldirishdi

”, – deya izohlaydi voqeani jurnalist Mehribon Qurbonniyozova

(Elektron

manba//http://eltuz.com).

Ushbu operatorlar adresivlikni, kauzativlikni hamda retsiproklikni ifodalashda bir

umumiy rejada xizmat qilishadi. Bordi-yu, operatorlarning biri tushirilib qolgan taqdirda
shu operator bajaradigan maqomga putur yetadi. Qiyoslang:

Malika Diananing

o‘g‘illari

Kensington saroyining bog‘ida

yodgorlik qurdirishdi

– kauzaretsiprok

(adres noma’lum);

Malika Diananing

o‘g‘illari Kensington saroyining bog‘ida

yodgorlik qurishdi

– retsiprok

(adres noma’lum);

Malika Diananing

o‘g‘illari Kensington saroyining bog‘ida

yodgorlik

qurdirdi

– kauzativ (adres noma’lum);

Malika Diananing

o‘g‘illari Kensington saroyining

bog‘ida

uning sharafiga yodgorlik qurdirishdi

– kauzaretsiprok (adres ma’lum).

10) kvaziretsiproklik;

kvazi

lotincha bo‘lib,

go‘yo

,

xuddi

degan ma’nolarni anglatadi. Kvaziretsiproklikda

yozma nutqa muallif o‘quvchi bilan aloqa o‘rnatish maqsadida, o‘zaro munosabatda
bajarilgan ish-harakat illyuziyasini yaratish texnikasidan foydalanadi. Masalan,

Bu haqda

keyingi sahifalarda batafsilroq to‘xtalamiz. Keyingi bo‘limda semantik sintaksisning dolzarb
masalalari muhokama qilinadi

kabi.

1.

– Qo‘sh qo‘shmoq bizdan bo‘lsin, – deb ho‘kizlarini olib, bo‘yinturuqini ilib, dalaga

borib, besh kun qo‘sh haydab, uyga kelibdi

(O‘zbek xalq ertaklari. III jild/Topinchiqlar).

Mazkur holatda ish-harakat bir kishi tomonidan bajarilayotgani aniq, ammo u

retsiproklikka o‘xshab ketganligi uchun kvazi deb yuritiladi.

Pd/l=A

1

→V (KRq)

.

11) poliretsiproklik;

retsiproklikning mazkur turida o‘zaro munosabat situatsiyasida bir necha

retsiproklik holati mavjudligini kuzatamiz. U

bir qaraganda ishtirokchi subyektlari ko‘p va


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

304

noaniq bo‘lgan retsiproklikka o‘xshab ketsa-da, aslida undan quyidagi jihatlari bilan
farqlanadi:

1) poliretsiproklikda o‘zaro munosabat vaziyatida ishtirokchi subyektlari ko‘p

bo‘lishi bilan birga, retsiprok situatsiyalar ham bir nechta bo‘ladi;

2) retsiprok operatorlar qo‘shaloq holda keladi. Masalan:
1.

Ikki ota, ikki farzand bir-birlari bilan yig‘lashib ko‘rishdilar, so‘ng o‘tirib bir-birlari

bilan so‘rashib ketdilar

(Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor).

Pd/l=A

1

+A

2

↔ B

1

+B

2

→V (Rq) → A

1

+A

2

↔ B

1

+B

2

→V (Rq).

Tahlilga tortilayotgan misolda ikkita retsiprok situatsiya mavjudligi kuzatilmoqda.

Unda

bir-birlari bilan

, -

lar

, -

sh

, (-

ish

)

operatorlari qo‘shaloq holda kelmoqda. Ammo

bir-

birlari bilan

shaklidagi operatorni olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Qiyoslang:

Ikki ota, ikki farzand

bir-birlari bilan

yig‘lashib ko‘rishdilar, so‘ng o‘tirib

bir-birlari

bilan

so‘rashib ketdilar

Ikki ota, ikki farzand yig‘lashib ko‘rishdilar, so‘ng o‘tirib so‘rashib

ketdilar

.

Poliretsiproklikning voqelanish derivatsiyasini quyidagi 3-sxemada kuzatish

mumkin:







3-sxema


Uchinchi banddagi

Eroniylar el-yurtni talab, erkaklarni qul, xotinlarni asir qilib olib

ketayotirlar

va

Zindonga kirganlarning osonlikcha chiqishlari mumkinmi

tarzidagi

misollarimizni poliretsiproklik deb bo‘lmaydi. Zero, unlarning birida situatsiya
ishtirokchilari hamda situatsiyaning o‘zi ko‘p bo‘lsa ham, operatorlar qo‘shaloq emas,
ikkinchisida operatorlar qo‘shaloq bo‘lsa ham, situatsiya ko‘p emas. Qiyoslang:

Eroniylar talab ketdilar, asir qilib olib ketdilar –

situatsiya ham, nomalum

ishtirokchilar ham ko‘p.

Zindonga kirgan

lar

ning osonlikcha chiq

ishlar

i mumkinmi

situatsiya bitta, ammo operatorlar qo‘shaloq holda kelmoqda. Bundan tashqari, yuqoridagi
misolda qatnashayotgan

ikki

sonining ham ahamiyati katta, zero, mazkur son retsiprok

operatorlari bo‘lmagan vaziyatda harakat bajarilishining simmetriyasini ko‘rsatib
kelaveradi:

u

lar

olib kel

ish

di

ikki

kishi olib keldi

kabi.

12) monoretsiproklik;

ba’zan retsiprokli qurilma anglatayotgan ikkinchi situatsiya

deretsiprok

holda ham

kelishi mumkin. Shuning uchun bunday qurilmalarni

monopetsiprok

deb ataymiz.

1.

Dengiz dastavval ular bir-birlari bilan suhbat quryaptilar deb o‘yladi, ammo ko‘rdi-

ki, hech birining lablari qimirlamas, og‘izlaridan sas ham taralmayotgan edi

(Mustafo Yusuf.

Sahro).

Ko‘rishmoq

(retsiprok operatorini

olgan tub struktura)

B

bilan ko‘rishmoq

(oddiy retsiprok)

Bir-birlari bilan

ko‘rishmoq

(poliretsiprok)

Ko‘rmoq (o‘timli fe’l)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

305

2.

Yalpizlarni quchoqlab sarxush, Muhabbatga chulg‘anar qalbim

(Xurshid Davron.

Shahardagi olma daraxti).

Berilgan birinchi misolning birinchi situatsiyasi retsiprok bo‘lib, ikkinchisi

deretsiprok maqomida turibdi. Boshqacha aytganda, retsiprok operatorlari mavjud, ammo
o‘zaro munosabat harakati kuzatilmaydi:

Pd/l=A

1

+B

1

↔B

2

→V (Rq) → A

1

+B

1

+B

2

→V (DRq)

.

Ikkinchi misolda ham deretsiprok holatni kuzatamiz. Aniqrog‘i, harakat shaxs va

predmat o‘rtasida amalga oshmoqda. Ushbu vaziyatda shaxs gullarni quchoqlashi mumkin,
ammo gular bu ishni amalga oshirolmaydi. Shuning uchun mavjud holatni monoretsiprok
deb bilamiz. Boshqacha aytganda, harakat ikki referent o‘rtasida amalga oshmoqda-yu,
to‘liq retsiprok bo‘lishi uchun esa simmetriya mavjud emas:

Pd/l=A

1

+B→V (DRq)

. Ammo

retsiprokli qurilmaning ikkinchi qismi to‘liq retsiprok hisoblanadi, zero, unda o‘zaro
munosabat harakati, garchi ikki mavhum tushuncha o‘rtasida amalga oshgan bo‘lsa-da,
simmetriya mavjud. O‘z navbatida, qalb ham, muhabbat ham bir-biriga chulg‘anishi
mumkin. Mazkur vaziyatni shaxssiz retsiproklik deb baholaymiz:

Pd/l=B

1

+B

2

→V (Rq)

.

13) shaxssiz retsiproklik;

ushbu vaziyatda o‘zaro munosabat ma’nosi shaxslar o‘rtasida amalga oshmaydi.

Mavjud holatni, ko‘pincha, obrazli ifodada she’riyatda kuzatamiz:

Yulduzlardan siqilib shabnam,
Ufq bilan ko‘rishganda yer,…

(Omon Matjon. Ona degan so‘z).

Berilgan misoldagi yulduzlarning birgalikda shabnamni hosil qilishi yoki ufq bilan

yerning ko‘rishishi buning yorqin dalili bo‘la oladi. Bunda

-lar

hamda

bilan

retsiprok

operatori maqomida kelmoqda.

Biz tahlil etib o‘tgan retsiproklik ma’no turlari semantik jihatdan retsiprokli

derivatlarni taqozo etadi. Ammo shuni aytish kerakki, semantik derivatsiyada hosila
struktura nul operator ko‘magida voqelanadi. Retsiprokli semantik derivatsiyada esa
operatorlarning real ishtirok etishi shart. Chunki mavjud operatorlar ishtirok etmas ekan,
retsiprok vaziyat ham yuzaga kelmaydi. Shu bois semantik derivatsiya mahsulini faqatgina
parafrazalar yoki frezemalarning hosil bo‘lishida ko‘ramiz deb tushunish kerak emas. Biz
retsiproklik semasi turlarining voqelanishini ham derivatsiyaning semantik rejasiga
tegishli deb bilamiz.

Retsiproklikning ma’no turlari xususida V.N. Kartavtsev ham o‘zining «Реципрок

как категория явной и скрытой грамматики» nomli dissertatsiyasida atroflicha
to‘xtalib o‘tadi [10.243]. Ammo ishda ushbu ma’no ifodalari derivativ jihatdan tahlil
etilmagan, retsiprok operatorlarining tavsifi ham berilmagan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Van Valin R. Role and reference grammer. -State Univesity of New York at Bufallo,

1993.

2.

Недяльков В.П. Реципрокальные конструкции в тюркских языках

(типологическая характеристика) http://www.ling.helsinki.fi (Sahifaga 27.12.2023 da
murojaat etildi).

3.

Алишер Навоий. Муҳокамат-ул луғатайн (Нашрга тайёрловчилар: Ойбек,

Порсо Шамшиев). -Тошкент: Ўзбекистон давлат нашриёти, 1948.

4.

Turniyazov B.N. Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi. -Samarqand:

SamDCHTI, 2022.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

306

5.

Холодович А.А. Типология каузативных конструкций. Морфологический

каузатив. -Л.: Наука, 1969.

6.

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Советская

энциклопедия, 1969.

7.

Шведова Л. Е. Детранзитивация в новоарамейских языках//Семинар

научно-учебной группы «Грамматика современных арамейских языков». -M.
18.01.2024.

https://iocs.hse.ru/grammararamaic/news/889785080.html

(Sahifaga

22.06.2024 da murojaat etildi).

8.

Turniyazova R.B. Emotional causation//SamDU ilmiy axborotnomasi, №2, 2023.

9.

Кацнельсон С.Д. Общее и типологическое языкознание. -Л.: Наука, 1986.

10.

Картавцев В.Н. Реципрок как категория явной и скрытой

грамматики//Дис. на соиск. уч. степени канд. филол. наук. -Воронеж: ВГУ.

Библиографические ссылки

Van Valin R. Role and reference grammer. -State Univesity of New York at Bufallo, 1993.

Недяльков В.П. Реципрокальные конструкции в тюркских языках (типологическая характеристика) http://www.ling.helsinki.fi (Sahifaga 27.12.2023 da murojaat etildi).

Алишер Навоий. Муҳокамат-ул луғатайн (Нашрга тайёрловчилар: Ойбек, Порсо Шамшиев). -Тошкент: Ўзбекистон давлат нашриёти, 1948.

Turniyazov B.N. Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi. -Samarqand: SamDCHTI, 2022.

Холодович А.А. Типология каузативных конструкций. Морфологический каузатив. -Л.: Наука, 1969.

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Советская энциклопедия, 1969.

Шведова Л. Е. Детранзитивация в новоарамейских языках//Семинар научно-учебной группы «Грамматика современных арамейских языков». -M. 18.01.2024. https://iocs.hse.ru/grammararamaic/news/889785080.html (Sahifaga 22.06.2024 da murojaat etildi).

Turniyazova R.B. Emotional causation//SamDU ilmiy axborotnomasi, №2, 2023.

Кацнельсон С.Д. Общее и типологическое языкознание. -Л.: Наука, 1986.

Картавцев В.Н. Реципрок как категория явной и скрытой грамматики//Дис. на соиск. уч. степени канд. филол. наук. -Воронеж: ВГУ.