Авторы

  • Жалолиддин Ахмедов
    Доцент, Межфакультетской кафедры физической культуры и спорта, Факультет физической культуры, Андижанский государственный университет

Биография автора

  • Жалолиддин Ахмедов, Доцент, Межфакультетской кафедры физической культуры и спорта, Факультет физической культуры, Андижанский государственный университет

    Факультет физической культуры

    Доцент межфакультетской кафедры физической культуры и спорта

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67755

Ключевые слова:

физическое воспитание развитие физических качеств физическое совершенство.

Аннотация

В статье анализируются ключевые физические качества юных футболистов, включая развитие силы, выносливости и быстроты, а также методы их совершенствования.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Forms of training of young football players

Jaloliddin AKHMEDOV

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

The article discusses the main physical qualities of young

football players, their development, the use of strength,

endurance, speed and the development of physical qualities of
young football players.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp144-147

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

physical education,
development of physical
qualities,

physical improvement.

Yosh futbolchilar tayyorgarlik mashg‘ulotlari shakllari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

jismoniy tarbiyalash,

jismoniy sifatlar,
jismoniy rivojlantirish
barkamollik.

Maqolada yosh futbolchilarning asosiy jismoniy sifatlarini

tarbiyalash,

ularni

rivojlantirish,

yosh

futbolchilar

mashg‘ulotlarida kuch, chidamlilik, tezkorlikdan foydalanish

hamda jismoniy sifatlarini rivojlantirish haqida so‘z boradi.

Формы подготовки юных футболистов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

физическое воспитание,
развитие физических
качеств,

физическое совершенство.

В статье анализируются ключевые физические качества

юных футболистов, включая развитие силы, выносливости

и быстроты, а также методы их совершенствования.

Yosh futbolchilarning mahorat darajasini oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri bolalarni ilk

yoshlik chog‘idan boshlab futbol o‘yiniga rejali va malakali ravishda ommaviy o‘rgatishga
bog‘liq. Faqat bola imkoniyatlariga mos bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini shunchalik tez va

1

Associate Professor, Interfaculty Department of Physical Culture and Sports, Faculty of Physical Culture, Andijan

State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

145

oson hosil qilinadi. Bolalik yoshida sport bilan shug‘ullanish, agar u to‘g‘ri uslub bilan olib
borilsa, organizmning shakillanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joizki, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar shulardan Nurimov R.I.

Goncharova O. Salomov R.S. Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D., Akromov J. Yosh
futbolchilarda ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa
mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o‘z navbatida, butun a’zo
va tizimlar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi — bu barcha omillardan birgalikda
izchil foydalanish bo‘lib, yosh futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi
tayyorgarligi ta’minlanadi. Bu esa salomatlikni saqlash va mustahkamlashga estetik va
axloqiy madaniyatni shakllantirishga shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yordam
berishi muhim ekanligi ta`kidlanadi.

Ta’lim deganda shug‘ullanuvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarining

muayyantizimining boshlang‘ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning
asosiy mazmuni — o‘yinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual guruh,
harkatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.

Mashg‘ulot—bu olingan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va

takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashg‘ulotning asosiy
mazmuni— texnik harakatlarni takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy
xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg‘uloti bu boshqarish uslubi asosida tizimli
tarzda sportchilar tayyorlashdir.

Ta’lim va mashg‘ulotni tushuncha sifatida ajratish o‘quv — mashg‘ulotishning o‘ziga

xos vazifalari borligini ravshanroq aniqlash imkonini beradi.

Ta’lim va mashg‘ulot jarayoni tarbiyaviy xarakter kasb etishi darkor. Shunga ko‘ra

o‘quv mashg‘ulotlariga katta talablar qo‘yilmoqda. Mashg‘ulotlar shunday tartibda
uyushtirilishi kerakki, bu mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarning dunyo qarashini
tarbiyalash va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko‘nikmalarni rivojlantirilsin.

Maqolada Ta’lim va mashg‘ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishini eng

avvalo murabbiyning shaxsiga bog‘liq, chunki u o‘quv mashg‘ulot jarayonida markaziy
shaxs hisoblanadi. Murabbiy maxsus bilimini muntazam ravishda takomillashtirib, o‘z
g‘oyaviy siyosiy saviyasini oshirib borish, ilm —fan va amaliyotidagi yangi yututqlardan
xabardor bo‘lishi, ularni futbolchining ta’lim va mashg‘ulot jarayoniga joriy eta bilishi
kerak.

Futboldan tashkil qilingan mashg‘ulotlar, ham jismoniy tarbiya tizimi oldida turgan

vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashg‘ulotning asosiy mazmuni kishini kamol
toptirish, uning ijodiy mehnat qilish va Vatanni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan
ma’naviy hamda jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo‘lishi
kerak. Biroq futbol amaliyotida ba’zan yuksak natijalar ketidan quvib ta’lim va
mashg‘ulotning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik tomonini, ya’ni tarbiyaviy xarakter
kasb etishi esdan chiqarib qo‘yildi. Mashg‘ulotga bunday bir tomonlama yondashishi,
odatda, noxush oqibatlarga olib keladi.

Yosh futbolchining nihoyatda sog‘lom, jismonan yaxshi rivojlanganligi, yuksak

axloqiy — irodaviy fazilatlari futbol mahoratini egallab olishda asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi. Yosh futbolchilarning ta’lim va mashg‘ulot jarayonlarida quyidagi vazifalarni hal
qilish lozim:

A) Harakat malakalari va irodaviy sifatlarni takomillashtirish;
B) sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirish;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

146

B) Sportchi ishchanlik qobiliyatini saqlash va oshirish;
G) sport sohasiga oid bilimini kengaytirish hamda gigiyena va o‘z — o‘zini nazorat

qilish malakalarini hosil qilish.

D) mehnatsevarlik, intizomlik, onglilik, faollik xislatlarini tarbiyalash.
Mashg‘ulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport

natijalariga erishish uchun inson organizmining g‘oyat katta imkoniyatlaridan to‘laroq
foydalanish imkonini beradi. Raqobatchi jamoalar mahorati darajasining uzluksiz o‘sib
borishi yosh futbolchilar tayyorlashga bo‘lgan talablarni yil sayin har tomonlama oshirib
boorish zaruriyatini tug‘diradi.

Jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar va tabiatni tabiiy kuchi futbolchi ta’lim va

mashg‘ulotining vositalari hisoblanadi. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda
takomillashtirish asosan jismoniy mashqlarni tizimli ravishda bajarib turish bilan
bog‘liqdir. Mashqlar xilma —xil bo‘lib, ular ta’lim va mashg‘ulot jarayonida kelib
chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi. Jismoniy mashqlar harakatni koordinatsiya
qilishni yaxshilash, kuchni tezkorlikni, chidamlilik va epchillikni oshirishga yordam beradi.
Bunda yurak qon-tomir, nafas olish vao rganizmning boshqa tizimlari faoliyati
takomillashadi, binobarin, sportchining ishchanlik qobiliyati oshadi, yuklamadan keyingi
tiklanish jarayoni tezlashadi.

Yosh futbolchilarning mashg‘ulotida qo‘llaniladigan hamma mashqlarni shartli

ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:

1) Musobaqa mashqlari.
2) Maxsus tayyorgarlik mashqlari.
3) Umumiy tayyorgarlik mashqlari.
Musobaqa mashqlari —bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ularning majmuidani

borat. Bu harakat majmui esa futbolda o‘yin holida va batamom futbol musobaqasi
qoidalari asosida bajariladigan harakatlar yig‘indisidan iboratdir.

Maxsus tayyorgarlik mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, ular

variantlarini, shuningdek ish va harakatni shakl va xarakter jihatdan bunga juda o‘xshash
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

O‘z navbatida, maxsus tayyorgarlik mashqlari yordamchi va rivojlantiruvchi

mashqlarga bo‘linadi. Yordamchi mashqlar asosan harakat shakli va texnikasini egallab
olishiga ko‘maklashadi. Rivojlantiruvchi mashqlar esa asosan jismoniy xususiyatlarini
rivojlantirishga qaratilgandir. Umumiy tayyorgarlik mashqlari yosh futbolchining ko‘proq
umumiy tayyorgarlik ko‘rishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday mashqlar jumlasiga ta’sir
etish jihatidan maxsus tayyorgarlik mashqlariga ancha o‘xshash va ayni paytda ulardan
anchagina farq qiladigan turli — tuman mashqlarni kiritish mumkin.

Umumiy tayyorgarlik mashqlari yordamida har tomonlama jismoniy tarbiyalash

vazifalarni samarali hal qilish hamda yosh futbolchining asosiy jismoniy xususiyatlari,
harakat, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham tanlab ta’sir etish mumkin. Yosh
futbolchining mashg‘ulotida qo‘llaniladigan hamma mashqlarni asosiy va yordamchi
mashqlarga bo‘lish mumkin.

Asosiy mashqlarga quyidagilar kiradi:
A) Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi umumiy va maxsus mashqlar;
B) to‘pni olib yurish texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish mashqlari;
B) Taktik usul, kombinatsiya va o‘yin tizimlarini o‘rganish hamda takomillashtirish

mashqlari;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

147

Yordamchi mashqlarga quyidagilar kiradi;
A) Shartli reflekslar yangi tizimining paydo bo‘lishiga, asosiy harakat malakalarini

amalga oshirishda organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam
beradigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar;

B) harakat tuzilishiga ko‘ra harakat malakalarining turli qismlarga mos yoki shunga

yaqin bo‘lgan maxsus mashqlar;

Harakat malakalarini shakllantirish va organizmning funksional imkoniyatlarini

kengaytirishga yordam beruvchi sportning boshqa turlaridan olinadigan mashqlar.

Yuqorilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki qo‘llaniladigan mashqlar umumiy

hajmining oshirib borish natijasida mashqlar birga qo‘shilgandagi ta’sirini hisobga olgan
holda, bir mashqdan bir qancha vazifani hal qilish uchun foydalanish borgan sari muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Tabiatning tabiiy kuchlari hamda gigiyenik omillari
shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlar va boshka vositalarning yaxshi ta’sir etishiga
ko‘umaklashadi. Yuklama va dam olishni, o‘z vaqtida ovqatlanishini, tungi uyqu rejimini,
mehnat va turmush gigiyenasini navbat bilan vaqtida to‘g‘ri almashtirib turish muhim rol
o‘ynaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Nurimov R.I. “Futbol”darslik T, O‘zDJTI 2005 y.
2. Goncharova O. YOsh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish O‘z.DJTI,

2005 y.

3. Филин В.П. Воспитание физических качеств у юних спортсменов. М., 1984.
4. А.А,Деркач,

А.А.Исаев, Педагогическое мастерство тренера. — М;

Физкультура и спорт, 1989.

5. А.П.Филин,

Н.А.Фомин. Основи юношеского спорта. - М; Физкультура и

спорт. 1988

6. Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D «Sport o‘yinlari va uni o‘qitish

metodikasi» o‘quv qo‘llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y.

7. Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI 2005 y.

Библиографические ссылки

Nurimov R.I. “Futbol”darslik T, O‘zDJTI 2005 y.

Goncharova O. YOsh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish O‘z.DJTI, 2005 y.

Филин В.П. Воспитание физических качеств у юних спортсменов. М., 1984.

А.А,Деркач, А.А.Исаев, Педагогическое мастерство тренера. — М; Физкультура и спорт, 1989.

А.П.Филин, Н.А.Фомин. Основи юношеского спорта. - М; Физкультура и спорт. 1988

Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D «Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y.

Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI 2005 y.