Авторы

  • Гулрух Исмаилова
    Преподаватель, Кафедра дошкольного и начального образования, University of economics and pedagogy

Биография автора

  • Гулрух Исмаилова, Преподаватель, Кафедра дошкольного и начального образования, University of economics and pedagogy

    Преподаватель кафедры дошкольного и начального образования

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67763

Ключевые слова:

педагог компетентностный подход начальное образование воспитание общество образовательная технология ученик образовательный процесс

Аннотация

Перед современными педагогами стоит чрезвычайно ответственная задача: организовать комплексное обучение и воспитание школьников, используя компетентностные подходы в учебном процессе. Этап начального обучения играет ключевую роль в успешной реализации этих задач.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

International experience in modernizing the content of

primary education: German education system and
integrated education technology

Gulrukh ISMOILOVA

1


University of economics and pedagogy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

Modern educators face an extremely responsible task: to

organize comprehensive education and upbringing for students

using competency-based approaches in the educational process.

The initial stage of education plays a key role in the successful
implementation of these tasks.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp313-317

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

educator,

competency approach,

Primary Education,
Education,

Society,

Educational Technology,
student,

educational process.

Boshlang‘ich ta’lim mazmunini modernizatsiyalashga
oid xalqaro tajribalar: Germaniya ta’lim tizimi va
integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

pedagog,

kompetensiyaviy

yondashuv,

boshlang‘ich ta’lim,

ta’lim-tarbiya,

jamiyat,

ta’lim texnologiyasi,
o‘quvchi,

ta’lim jarayoni.

Bugungi kun pedagoglarining oldida o‘quvchiga kompleks

ta’lim-tarbiya

berish,

kompetensiyaviy

yondashuvlarga

asoslangan dars jarayonni tashkil etishdek g‘oyat mas’uliyatli

vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich

ta’lim bosqichi muhim ahamiyatga ega.

1

Teacher, Department of Preschool and Primary Education, University of economics and pedagogy.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

314

Международный опыт модернизации содержания

начального

образования:

немецкая

система

образования и интегрированное образование

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

педагог,

компетентностный

подход,

начальное образование,

воспитание,

общество,

образовательная

технология,

ученик,

образовательный процесс.

Перед современными педагогами стоит чрезвычайно

ответственная задача: организовать комплексное обучение

и воспитание школьников, используя компетентностные

подходы в учебном процессе. Этап начального обучения

играет ключевую роль в успешной реализации этих задач.

Boshlang‘ich sinflarda biz olamning bir butun manzarasini tasavvur etamiz,

astronomik, biologik, geografik, tarixiy va boshqa bilimlarning o‘zaro birligi va o‘zaro

singuvchanlikdagi umumiy va global aloqalarini kashf etamiz.

Boshlang‘ich ta’limda bilimning ikki sohasi 1-o‘rinni egallashi kerak:

1-tabiatshunoslik – bolani o‘rab turgan tabiat bilan tanishtirish;

2-jamiyatshunoslik – odamlar, jamiyat, muassasa va majburiyatlar bilan bolani

tanishtirishdir. Shuningdek, gumanitar va tabiiy fanlar o‘rtasidagi “chuqur va keng”

aloqalar tarix, geografiya va tabiatshunoslik bilan grammatika va arifmetikaning bilimning

tegishli sohalaridan olingan materiallar orqali boshqa fanlar bilan birlashish

imkoniyatlarini ta’minlaydi.

Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi Valdorf o‘qitish tizimini yodga soladi. Bu

texnologiya olmon mutafakkiri Rudolf Shtayner tomonidan Germaniyada ishlab chiqilgan.

Valdorf maktablaridagi ta’lim jarayonida o‘qituvchi bor yo‘g‘i uch marta o‘zgartiriladi. Ilk

tarbiyachi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida 6 yoshgacha tayyorlab beradi, 6

yoshdan esa boshqa muallim dars beradi va so‘ngi murabbiy o‘smirni 14 yoshdan qabul

qilib, unga 18 yoshgacha ta’lim beradi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday tizim

o‘qituvchi bilan bola o‘rtasida ishonch va hurmatni shakllantiradi. O‘qituvchi o‘z

o‘quvchisini yetuk ilmli bo‘lib yetishishiga astoydil harakat qiladi, chunki yillar davomida

birgina bolalar guruhiga dars berib borish mobaynida unda o‘quvchilarga nisbatan

mas’uliyat hissi yanada ortadi. Valdorf maktablarida qishning kirib kelishi, qorning erishi,

daraxtlarning gullashi, mevalarning pisha boshlashi, birinchi gulning ochilishi kabi ba’zida

e’tiborimizdan chetda qolgan tabiat hodisalari orqali o‘quvchi qalbiga mehr-muhabbat

urug‘lari sochiladi. Bunga bag‘ishlab bayramlar o‘tkaziladi. Bunday bayramlar natijasida

inson va tabiatning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi haqida tushuncha bola ongida sekin-

asta shakllanib boradi.

Bunday tushunchalarni 1-sinfdan boshlab Atrofimizdagi olam fanidan quyidagi

mavzular orqali: “Tabiat bizning do‘stimiz”, “O‘simliklar duyosi”, “Yovvoyi hayvonlar”,

“Bizning o‘lkamiz – O‘zbekiston”, “Mening shahrim”, “Tabiat va biz”, “Tabiatni asrash”

mavzularida faollashtirsa bo‘ladi. Bunda o‘quvchi olamdagi ekologik muhitni asrash, ona

tabiatni e’zozlash, yer yuzida bo‘layotgan turli holatlarni she’r, nasriy bayon, og‘zaki bayon

etishlari mumkin bo‘ladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

315

Valdorf maktablarida o‘quvchilarga bilim berish va uni qabul qilish uch bosqichda

amalga oshiriladi: ko‘rish, boshdan kechirish, hayratlanish tamoyili asosida kechadi. Misol
qilib, geometriya fanini olishimiz mumkin. 1-sinfda bolalar o‘z tana tuzilishlari, harakatlari
orqali o‘rganib boradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, kichkintoylar uchburchak,
to‘rtburchak va barcha ko‘pburchaklarni yurish orqali taniydilar, doira, aylana ichida
o‘ynaydilar, tana a’zolari orqali geometrik shakllar yasaydilar. Shunday yo‘l bilan
o‘quvchilar “geometriya” so‘zini bilmasa – da bu fanning mag‘zi bilan amaliy tanishib
boradilar. Yuqori sinfga o‘tganlaridan so‘ng fan nomi aniqlashtiriladi. Ilgari turli o‘yinlar
yordamida yasalgan shakllarni qog‘ozga tushiradilar. Bunda tana a’zolari emas asosiy
qurollar, qalam, sirkul, chizg‘ichdan foydalanadilar. O‘quvchilar bunday shakllarni oldin
ham turli o‘yinlar yordamida tushunib yetadilar, albatta, bu jarayon ular uchun qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Ta’lim berishnig bu tarzda o‘tishi yuqorida keltirilgan “ko‘rish, boshdan
kechirish, hayratlanish” tamoyiliga mos keladi. Ya’ni, geometrik shakl hisoblangan aylana,
dastlab bolaga tanishtiriladi – ko‘radi; keyin bu shaklni o‘z tanasi orqali hosil qiladi –
boshidan kechiradi; so‘ngi bosqichda geometriya fani dars jadvaliga kiritiladi. Shakllarga
oid misollar va masalalar ishlanayotganda ilgari ham bu mashqlarni qilganlarini
anglaydilar. Yillar davomida bu jarayon takrorlangani uchun o‘quvchilar ongida eng
muhim geometrik tushunchalar: simmetriya, nuqtalar, kesmalar, ko‘pburchaklar, kvadrat
to‘g‘ri burchak, o‘tmas burchak, o‘tkir burchak, aylana va doira radiusi, diyametri
vahokazo... tushunchalar mustahkamlanib boradi. Bu jarayon bugungi kundagi
kompetensiyaviy ta’lim mazmuniga ham to‘la mos keladi. Masalan, matematika fani
mazmuniga oid umumiy kompetensiya elementlari: 1-sinfda o‘quvchilar narsalarning
rangi, o‘lchami, shakli vazifasi bo‘yicha taqqoslay oladi; narsalarni xossasiga qarab
to‘plamlarga ajrata oladi; o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni o‘quv
jarayoni hamda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi; o‘z fikrini ifodalab, boshqalar fikrini
tinglab, tushuna oladi.

Darslarni fanlararo integratsiya asosida tashkil etish jarayonida ham o‘quvchi

birgina darsda 2 yoki 3 fanga oid bilimlarni egallaydilar. Masalan, 2-sinf ona tili darsida
quyidagi she’rni o‘quvchilarga yod oldirib yoddan yozuv diktanti o‘tkaziladi.

Nur emishib quyoshdan,
Yaproqchalar yayraydi.
Bu quvonchga qo‘shilib,
Shoxda bulbul sayraydi.
Ular diktantni yozganlaridan so‘ng quyidagi topshiriqlar beriladi.
1.

Yaproq va bulbulning rasmini chizish va bo‘yash; (2-sinf tasviriy san’at darsida

“Shoxda bulbul” mavzusida rasm berilgan);

2.

Qaysi faslda yaproqlarning rangi o‘zgarishini aniqlash va sababini izohlash

(2-sinf o‘qish kitobida “Barglar nega sarg‘ayadi” mavzusida matn mavjud);

3.

Issiqsevar va sovuqqa chidamli qushlarning nomlarini yozish.

2-sinf ona tili kitobida quyidagi mashq berilgan (6-bet). Bu mashq mazmun jihatidan

2-sinf Tabiiy fan kitobidagi “Mening sodiq yordamchilarim” mavzusi bilan uzviy bog‘liqdir.

Biz – odamlar atrofimizdagi turli xil tovushlarni eshitamiz. Quloq orqali: barglarni

shitirlashini, odamlar so‘zlashuvini, samolyot g‘uvullashini, qushlar chug‘urlashini.

Yuqoridagi topshiriqqa mos holda quyidagi ona tili faniga oid topshiriqni berish

mumkin: barglarni shitirlashini – yashil barglar, odamlar so‘zlashuvini – saxiy odam,
samolyot g‘uvullashini – katta samolyot, qushlar chug‘urlashini – sayroqi qush. O‘quvchilar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

316

so‘z birikmalarini tuzdilar. So‘z birikmalari tilning eng kichik (sintaktik) birligi
hisoblanadi. O‘quvchilarga so‘z birikmasi haqida boshlang‘ich amaliy bilimlar berildi.

Sintaksis (grekcha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirmoq, birlashtirmoq

demakdir) til tizimining yuqori sathi bo‘lgan sintaktik sath hamda shu sath haqidagi
ta’limotdir.

Sintaksis, bir tomondan, so‘z shakllarining bog‘lanish qoidalarini, ikkinchi

tomondan, tarkibida bu qoidalar ro‘yobga chiqadigan bir butunlikni – gapni o‘rganadi.

Bog‘lanishli nutqning axborot tashuvchi eng kichik birligi va shunday birliklarning

umumlashgan namunasi gapdir. Demak, sintaktik sathning asosiy birligi va sintaksisning
asosiy o‘rganish ob’ekti gap hisoblanadi.

Gap bir butunlik sifatida gap bo‘laklaridan va so‘z birikmalaridan iborat. Demak,

gapning ichki tuzilish birligi gap bo‘laklari va so‘z birikmalaridir.

2-sinf Tabiiy fan kitobining 12-betida insondagi sezgi a’zolari haqida to‘liq

ma’lumotlar berilgan. Ona tili darsligida faqat eshitish a’zosi quloq to‘g‘risida ma’lumot
berilgan bo‘lsa, Tabiiy fan darsligidan foydalanib, quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni
o‘quvchilarga berishimiz mumkin:

Ko‘rish – biz olam haqida ma’lumotning katta qismini ko‘zlarimiz orqali olamiz.
Burun – turli hidlarni-masalan, olovning tutunini, gulning hidini, nonning yoqimli

hidini sezishga yordam beradi.

Til – besh xil ta’mni ajratishga yordam beradi.
Teri – esa bizga jismlar haqida ma’lumot beradi: issiqmi, sovuqmi, silliqmi yoki

dag‘almi.

O‘quvchilarga yuqoridagi eshitish a’zolari to‘g‘risida bir qancha so‘zlar beriladi. Ular

mos so‘zlarni tanlab, so‘z birikmasi tuzadilar. Yumshoq, iliq, uchli, qora, yumaloq,
harakatchan, mazali, shirin, achchiq, xushbo‘y, hidi yoqimli, o‘tkir hidli, chug‘ur-chug‘ur,
qichqiriq, jarang.

1-mashq. Rasmlarga e’tibor bering. Qavslarni ochib, gaplarni to‘g‘rilab o‘qing va

ko‘chiring.

Kuchli shamol ko‘tarilib, dengiz to‘lqinlari (shovullamoq) boshladi.
Kuchli shamol ko‘tarilib, dengiz to‘lqinlari shovullay boshladi.
Mushukcha (miyovlamoq) yugurib daraxt tepasiga chiqib oldi.
Mushukcha miyovlab, yugurib, daraxt tepasiga chiqib oldi.
Cho‘ponning bo‘ribosar iti tuni bilan (vovullamoq) chiqdi.
Cho‘ponning bo‘ribosar iti tuni bilan vovullab chiqdi.
Mashq sharti asosida bajarilganidan so‘ng tabiiy fanga oid quyidagi bilimlarni

o‘quvchilarga berish mumkin.

Uy hayvonlari va ularning oziqlanishi
It, mushuk, sigir, buzoq, qo‘y, echki, ot, eshak uy hayvonlaridir. Bu hayvonlar o‘txo‘r

hayvonlar hisoblanadi. Mushuklarning hid bilish va eshitish qobiliyatlari juda rivojlangan
bo‘ladi. Itlar bo‘lsa, insondagi havfli kasallikni hidlab aniqlay oladi. Sigirlar bo‘lsa iflos
joyda o‘t yeyishmaydi. Ular o‘rtacha 10–20 yil umr ko‘rishadi.

Ona tili darsligida 2-mashq sharti asosida bajariladi. Rasmlarga qarang. Ular asosida

bir nechta gap tuzing.

O‘quvchilar mustaqil gap tuzadilar.
O‘qituvchi quyidagi gap namunalarini berishi mumkin.

1.

Bulbul gul shohiga qo‘nib, sayramoqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

317

(sayroqi bulbul)

2.

Chigirtka gulzor ichida shoxdan-shoxga qo‘nib sakrayapti.

(chiroyli gulzor)

3.

Asalari gul nektaridan asal yig‘moqda.

(mehnatkash asalari)

O‘quvchilar so‘z birikmasiga oid bilimlari mustahkamlandi.

O‘qituvchi quyidagi tabiiy fanga oid bilimlarni berish mumkin:

1.

Bulbullarni paydo bo‘lganiga 12 million yildan oshgan.

2.

Dastlab ular Vengriyada paydo bo‘lgan.

3.

Bulbullar chumchuqsimonlar oilasiga mansub.

4.

Bulbullarning turlari: sharqiy, g‘arbiy, janubiy, qizilbo‘yin, ko‘ksi qizil, ko‘k,

oqqosh.

5.

Bulbul soatiga 50 km tezlikda uchadi.

6.

Bulbul avgust boshida Shimoliy Afrikaga uchib ketadi.

7.

Bulbul 10 yil yashaydi.

8.

Tog‘li hududlarda 1000 metr balandlikda yashaydi.

9.

Bulbul asosan chumoli tuxumi, qurt-qumursqalar, mayda o‘rgimchaklar bilan

oziqlanadi.

10.

Bulbul go‘shti tibbiyotda anemiya, surunkali toliqish, qorin og‘rishi xastaliklarga

davo.

1.

Chigirtkalarning 6800 ga yaqin turlari bor.

2.

Chigirtkalar Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda yashaydi.

3.

Chigirtkalar o‘rtacha 15 kun yashaydi.

1.

Odam bir qoshiq asal olishi uchun 200 ta asalari bir kun davomida dam olmasdan

ishlashi zarur.

2.

Asalari soatiga 24 km tezlikda uchadi.

3.

Bir oila 50 mingta asalaridan iborat bo‘ladi.

4.

Asalarining vazni 0,1 grammga teng.

5.

Asalari bir soniyada 440 marta qanot qoqadi.

6.

Asalarining 5 ta ko‘zi bor.

Bu topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarni ona tili darslarida tabiiy fan va

ona tili – o‘qish savodxonligi fanlariga oid tushunchalari, bilimlari mustahkamlanadi. Yangi

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Eng muhimi dars qiziqarli o‘tadi. O‘quvchilar topshiriqlani

ijodiy yondoshib bajaradilar. Demak, Valdorf Shtayner ta’lim tizimi, fanlararo

integratsiyalashgan darslar va darslarga kompetensiyaviy yondoshuvlar aynan bir narsani

ilgari suradi bu ham bo‘lsa, “o‘quvchi ongida borliqni bir butun holda aks ettirishdir”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ismoilova G.U. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini fanlararo integratsiya asosida

tashkil etish.-Toshkent:Tafakkur nashriyoti. 2011.

2.

Kuranov S. D. Ona tili 2-sinf 1-qism darslik. Toshkent: Novda nashriyoti. 2023.

3.

Tigay O.E. Tabiiy fanlar 2-sinf 1-qism darslik. Toshkent: Novda nashriyoti. 2024.

4.

qvz. uz/qiziq

5.

Jamolxonov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Toshkent: Talqin nashriyoti. 2005-yil

6.

https://ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Ismoilova G.U. Boshlang’ich sinf ona tili darslarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish.-Toshkent:Tafakkur nashriyoti. 2011.

Kuranov S. D. Ona tili 2-sinf 1-qism darslik. Toshkent: Novda nashriyoti. 2023.

Tigay O.E. Tabiiy fanlar 2-sinf 1-qism darslik. Toshkent: Novda nashriyoti. 2024.

qvz. uz/qiziq

Jamolxonov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Toshkent: Talqin nashriyoti. 2005-yil