Авторы

  • Дурдона Юнусова
    PhD, Центр педагогического мастерства Самаркандской области

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67778

Ключевые слова:

фразеологизм общеязыковые фразеологизмы окказиональные фразеологизмы переносное значение свободное словосочетание изофетное сочетание

Аннотация

В данной статье рассматриваются фразеологические единицы, использованные в поэме Алишера Навои «Лейли и Меджнун», а также анализируются функционально-семантические особенности окказионального характера фразеологизмов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The use of occasional phraseological expressions in the

poem "Layli and Majnun"

Durdona YUNUSOVA

1

Samarkand Regional Center of Pedagogical Mastery

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article examines the phraseological units used in Alisher

Navoi's poem "Layli and Majnun" and analyzes the functional and

semantic features of occasional phraseological expressions.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp262-267

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

phraseological unit,

common phraseological
expressions,

occasional phraseological
expressions,

figurative meaning,

free combination,

izafet construction.

“Layli va Majnun” dostonida okkazional frazeologizmlarning
qo‘llanilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

frazeologizm,

umumtil frazeologizmlar,
okkazional frazeologizmlar,

ko‘chma ma’no,

erkin birikma,

izofali birikma.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”

dostonida qo‘llanilgan frazeologik birliklar haqida so‘z boradi

hamda okkazional xarakterdagi frazeologizmlarning funksional-

semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.

1

PhD, Samarkand Regional Center of Pedagogical Mastery.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

263

Использование окказиональных фразеологизмов в

поэме «Лейли и Меджнун»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

фразеологизм,

общеязыковые

фразеологизмы,

окказиональные

фразеологизмы,

переносное значение,

свободное

словосочетание,

изофетное сочетание.

В данной статье рассматриваются фразеологические

единицы, использованные в поэме Алишера Навои «Лейли и

Меджнун», а также анализируются функционально-

семантические особенности окказионального характера

фразеологизмов.

Ma’lumki, tilning boshqa vositalari singari frazeologizmlarni ham oddiy, odatdagi

umumtil qo‘llanishida uning shakli ham, mazmuni ham o‘zgarmaydi. Lekin taniqli so‘z

san’atkorlari frazeologizmlarni ijodiy talab nuqtayi nazaridan qo‘llab, ularni

“yoshartiradilar”, uslubiy samaradorligini, ta’sirchanlik darajasini oshiradilar. Ana

shunday hollarda frazeologizmning uslubiy imkoniyatlari bir necha baravar ortadi.

Frazeologizmlar ustida bunday san’atkorlik bilan ish tutish uslubshunoslikda “frazeologik

novatorlik” deb yuritiladi. O‘zbek tilshunosligida bu atama haqida tilshunos olim

I.Qo‘chqortoyev “Yozuvchining til vositalaridan ijodiy-individual foydalanishi o‘rganish

faqat nazariy jihatdagina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.

Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini o‘rganish bir tomondan, uning individual

uslublarini badiiy mahoratini chuqurroq imkon bersa, ikkinchi tomondan, adabiy til

taraqqiyotining ko‘pgina nazariy masalalarini to‘g‘ri hal etishga yordam beradi”, – degan

fikrlarni keltiradi. I.Qo‘chqortoyevning ana shu fikrlariga asoslanib, ulug‘ shoir Alisher

Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida yangi, okkazional xarakter kasb etgan

frazeologizmlardan foydalanishdagi mahoratini, shunday frazeologizmlarni hosil qilish

usullarini tahlil qilishga harakat qildik.

Alisher Navoiy oddiy so‘z birikmalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, frazeologizmga

aylantirish usullaridan keng foydalangan. Masalan, tilimizda

“qasr quqmoq, qasr tuzmoq”

erkin birikmalari juda qadimdan qo‘llanadi. Shoir “Layli va Majnun” dostonida ana shu

erkin birikma oldidan mavhum

“adl/adolat”

so‘zini qo‘shib,

“adl qasrini tuzmoq”

frazeologizmini hosil qilgan. Bu frazeologizm

“adolat o‘rnatmoq, adolat qo‘rg‘onini

mustahkam qilmoq”

ma’nolarini bildirishga xizmat qilgan:

Zinhorki zulm rishtasin uz,

Insof ila adl qasrin tuz. (L.M., 96 a13)

Keltirilgan baytning dastlabki misralarida qo‘llangan

“zulm rishtasini uzmoq”

frazeologizmi

“adl qasrini tuzmoq”

frazeologizmi bilan o‘zaro zid ma’nodoshlik hosil qilgan.

Xuddi shuningdek,

“dars bermoq//dars aytmoq”

erkin birikmalari ham ta’lim-tarbiya

jarayonida faol qo‘llanadi (O‘TIL-5, 1, 569). Shoir ana shu erkin birikmani

“himmat”

so‘zi

yordamida kengaytirib,

“darsi himmat aytmoq”

frazeologizmini shakllantirishga muvaffaq

bo‘lgan. Bu frazeologizm doston matnidan

“himmat ko‘rsatmoq, himmatli bo‘lmoq,

himmatdan dars (saboq) bermoq”

ma’nolarini bildiradi.

Chalib falak uzra ko‘si rif’at,

Aytib malak ichra darsi himmat. (L.M., 57 a4)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

264

Shoir arabcha

“alif”

va

“dol”

harflarining shakllanishiga asoslanib,

“alif qaddini dol

qilmoq”

frazeologizmini ham hosil qilgan, bu frazeologizm dostonda

“tik qomatini bukmoq,

azob bermoq”

ma’nolarini bildiradi:

Etgach, alif qaddin qilib dol,
Majnunni ayog‘in o‘pdi filhol. (L.M., 56 b8)
“Ashk”

so‘zi eskirgan, kitobiy forscha bo‘lib,

“ko‘z yoshi”

ma’nosini bildiradi

(O‘TIL-5, 1, 123). Xuddi ana shu so‘z yordamida shakllangan

“ashk suvini oqizmoq”

,

“ashki

gulrang to‘komoq”

,

“ashkidek yugurmoq”

,

“ashi nishot yog‘ilmoq”

frazeologizmlari dostonda

o‘rinli qo‘llanib, personajlarning qayg‘u-alamini, ichki kechinmalarini ifodalash vositasiga
aylangan:

Ey kimni parig‘a majnun,

Ashk suyin oqizib

jigargun. (L.M., 246 b2)

Majnunki uy ichra qoldi diltang,
Ko‘zdin

to‘kar erdi ashki gulrang

. (L.M., 84 b7)

Motam zadalar kabi o‘kurdi,
Navfal sari

ashkidek yugurdi.

(L.M., 76 b15)

Ham

ashki nishon

yog‘indek,

Ham po‘yada sekridi choqindek. (L.M., 94 a6)
Laylidin o‘lub tarab gurezon,
Tong sham’idek

o‘ldi ashkrezon.

(L.M., 310 a2)

Shuningdek, dostonda

“ashk”

(ko‘z yoshi) so‘zining semantik doirasi ta’sirida uch

komponentli

“gadolik ashkin sochmoq”

frazeologizmi hosil qilingan, bu frazeologizm

“muhtojlik yig‘isi, tilanchilik ko‘z yoshini to‘kmoq”

ma’nolarini ifodalashga xizmat qilgan:

Gadolig‘ ashkin sochmoq

va shay’anlillah ovuchin ochmoq. (L.M., 55 b6)

Alisher Navoiy

“o‘q urmoq”

erkin birikmasini

“gardun ko‘zi” (osmon, falak ko‘zi)

bilan

munosabatga kiritib,

“gardun ko‘ziga o‘q urmoq”

okkazional frazeologizmni hosil qilgan:

Bu yoshga chun

qurar edi o‘q

Gardun ko‘ziga

urar edi o‘q

(L.M., 84 b9)

“Layli va Majnun” dostonila

“gul”

so‘zining juft va takror qo‘llanishi asosida ham

yangi, okkazional xarakterdagi frazeologizmlar hosil kilingan. Masalan, dostonda
qo‘llangan

“gul-gul etmoq”

frazeologizmi

“chaman-chaman qilmoq, qip-qizil qilmoq”

ma’nolarini biliradi,

“gul boshi uza ochilmoq”

frazeologizmi esa

“davlat, baxt egasi bo‘lmoq”

ma’nolarini ifolalashga xizmat kilgan:

O‘z ko‘nglagini anga jul etti,
Qon yoshidin ani

gul-gu

l

etti

. (L.M., 79 a6)

Shoxi tarabim bu dam qilib

gul

,

Boshim uza

tongla ochilib

gul

. (L.M., 71 b11)

Shoir “Layli va Majnun” dostonida

“davlati vasl”

va

“lazzati vasl”

izofali

birikmalarining o‘zaro qofiyadoshligi ta’sirida ham ta’sirchan xarakterdagi okkazional
frazeologizmlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan:

Majnunga ki

yetti

davlati vasl

,

Fahm etmagan

erdi

lazzati vasl

. (L.M., 55 b15)

Adabiy tilimizda

“o‘lmoq, vafot etmoq”

ma’nosini ifodalovchi yuzdan ortiq iboralar

mavjud. Prof. A. Omonturdiyevning kuzatishlariga qaraganda,

“o‘lmoq”

ma’nosini

ifodalovchi evfemik iboralar qatoriga

ajali yetmoq

,

armon bilan ketmoq

,

asfalasofinga

ketmoq

,

bandalikni bajo keltirmoq

singari juda ko‘plab turg‘un birikmalar kiradi. Alisher


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

265

Navoiy xuddi shu ma’noni ifodalash uchun dostonda

“jahondin bormoq”

frazeologizmidan

foydalanadi. E’tiborli tomoni shundaki, E.Umarov lug‘atida xuddi shu ma’noni ifodalovchi
“jahondin kechmoq” frazeologizmi qayd qilingani holda

“jahondin bormoq”

frazeologizmi

o‘rin olmagan.

Xajr ichra tuyub ramida jondin,
Armon bila

bordilar jahondin.

(L.M., 94 a16)

O‘zbek tilida

“eti suyagiga yopishgan

”,

“terisi suyagiga yopishgan”

frazeologizmlari

faol qo‘llanadi hamda

“haddan tashqari ozg‘in, haddan tashkari qotma”

ma’nolarini

bildiradi. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida

“jildi so‘ngaklarigacha

yopishmoq”

okkazional frazeologizmi xuddi shu ma’noni ifodalashga xizmat qilgan. Bunday

frazeologizmning Alisher Navoiy davrida shakllanishi bejiz emas, chunki arabcha

“jild”

so‘zi polisemantik xarakterga ega bo‘lib, uning bir ma’nosi

“biror narsa ustidan

kiydiriladigan, qoplab qo‘yiladigan g‘ilof, teri”

bo‘lsa (O‘TIL-5, 2, 86), eskirgan

“so‘ngak”

so‘zi

“suyak, ustuxon”

ma’nolarini bildiradi (O‘TIL-5, 3, 615-616):

Qon qo‘ymay solsa raklariga,

Jildi yopishib so‘ngaklariga

. (L.M,78 b13)

Tilimizla forscha-tojikcha

“dard”

so‘zi yordamida shakllangan

“dard”

desa,

“balo

demoq”

,

“dardi ichida dardi bedavo”

,

“dardiga darmon bo‘lmoq”

,

“dardini yormoq”,

“dard ustiga

chipqon bo‘lmoq”

singari frazeologizmlar faol qo‘llanadi. Alisher Navoiy ana shunlay

frazeologizmlardan biri

“dardiga darmon bo‘lmoq”

ning ma’nosini ifodalashga xizmat qiluvchi

“jon dardig‘a chorako‘sh (bo‘lmoq)” o

kkazional frazeologizmini hosil qilgan:

Jon dardiga chorako‘sh

sen-sen,

Odam demayin Surush sen-sen (L.M, 80 a2)
Yoki tilimizda

“dardini ichiga yutmoq”

,

“alamini ichiga yutmoq”

frazeologizmlari

kishilarning ichki, ruhiy kechinmalarini ifolalashda faol qo‘llanadi. Shoir “Layli va Majnun”
dostonida xuddi shu ma’nolarni yorqin ifodalash maqsadida ularning arxaik, kitobiy
varianti bo‘lgan

“dardini nuhufta qilmoq”

dan o‘rinli foydalanadi:

Ko‘nglida

qilib nuhufta dardin

,

Forig‘ bo‘lub erdi xob-u xo‘rdin. (L.M., 66 b11)
O‘zbek tilida forscha-tojikcha

“jon”

komponentli frazeologizmlar ham faol qo‘llanadi.

Alisher Navoiy bunday frazeologizmlar tarkibini o‘zgartirish, ularning ta’sirchanlik
doirasini oshirishga o‘z ijodi davomida doim intilib kelgan. Birgina “Layli va Majnum”
dostonida

“jon”

so‘zi ishtirok etgan ikki komponentli frazeologizmlarning o‘rtasiga

ularning ma’nosini konkretlashtirishga xizmat qiluvchi so‘zlar kiritish yordamida

“joniga

sharorani solmoq”

,

“joniga o‘t solmoq”

,

“jon pardasin yopmoq”

singari uch komponentli

okkazional frazeologizmlar hosil qilgan. Bu frazeologizmlarning barchasi dostonning
asosiy qahramonlari – Layli va Qays (Majnun) ichki kechinmalarini, ruhiy azoblarini
ifodalashning yorqin vositalarga aylangan:

Jonimga sol ul sharorani

ham,

Boshimg‘a ur ushbu xorani ham. (L.M., 73 a8)
Lekin iki so‘z edi muharrar,
Kim

jonima soldi o‘t

mukarrar. (L.M. 79 a5)

Jon pardasidin

yopib

parandi,

Ko‘z mardumidin sochib sipandi. (L.M.,61 a5)
Arabcha, eskirgan kitobiy

“junun”

so‘zi

“jinnilik, aqldan ozganlik”

ma’nolarini

bildiradi (O‘TIL-5, 2, 114). Alisher Navoiy ana shu so‘z yorlamida

“junun ayog‘iga band


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

266

(solmoq)”

okkazional frazeologizmini hosil qilgan. Bu frazeologizm

“oshiq bo‘lmoq, oshiqlik

azobini chekmoq”

ma’nolarini ifodalash vositasiga aylangan:

Savdo tutuniga sochi monand,
Har tori

junun oyog‘iga band

. (L.M, 59 b16)

Xuddi shu singari

“junun”

so‘zi yordamida “Layli va Majnun” dostonida

“zanjiri

jununga basta aylamoq”

okkazional frazeologizmi shakllantirilgan. Bu frazeologizm

“ishq

mubtaloligiga duchor bo‘lmoq, boshiga ishq savdosi tushmoq”

ma’nolarini bildiradi:

Zanjiri junung‘a basta ayla,
Bu bandin anga xujasta ayla. (L.M., 97 b11)
Eskirgan, kam qo‘llanuvchi, forscha-tojikcha

“zabon”

so‘zi aynan

“til”

degan ma’noni

bildiradi (O‘TIL-5, 2, 121). Alisher Navoiy ana shu so‘z yordamida

“zabonband aylamoq”

okkazional frazeologizmini shakllantirgan. Bu frazeologizm dostonda

“tilini qisiq qilmoq,

tili qisiq bo‘lmoq, mulzam bo‘lmoq”

ma’nolarini juda ixcham shaklda ifodalashga xizmat

qiladi:

Afg‘oniga mulhaq aylabon pand,
Shoyad ani

aylagay zabonband

.(L.M. 84 b12)

Forscha-tojikcha

“doya”

so‘zi polisemantik xarakterga ega bulib, uning bir ma’nosi

“go‘daklarni tarbiyalovchi ayol (kishi)”

dir (O‘TIL-5, 1, 650- 651). Ana shu so‘z

semantikasidagi

“tarbiyalamoq, parvarish topmoq”

semalariga inobatga olinib, “Layli va

Majnun” dostonila

“ishq doyasidin parvarish topmoq”

okkazional frazeologizmi hosil

qilingan. Bu frazeologizm dostondagi X bob sarlavhasi tarkibida qo‘llanib, “ishq
murabbiysining parvarishidan bahramand bo‘lmoq” ma’nosini bildiradi:

Qaysning adam majlisidin qutulub, vujud mahdiga tutulg‘oni va qon yutmoqdin

xurush va

ishq doyasidin parvarish topqani

va ishq zoti choshnisidin el ko‘ziga shirin azaliy

haroratidin xaloyiq nazariga isig‘ ko‘ringoni

(L.M., 40).

Umuman olganda, Alisher Navoiy so‘z qo‘llashda bo‘lganidek, yangi okkozional

xarakterdagi frazeologizmlarni shakllantirishda va ularni matn tarkibida o‘rinli qo‘llash
sohasida ham benazir san’atkor edi. Xuddi shunday ishni shoirning “Xamsa”si, jumladan,
“Layli va Majnun” dostoni materiallari asosida ham davom ettirish hamda Alisher Navoiy
asarlarining to‘la frazeologik lug‘atini yaratish o‘zbek frazeologiyasi oldida turgan dolzarb
masalalardan biridir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. ‒ Тошкент: ТошДУ нашри, 1975.

– 178 б.

2.

Омонтурдиев А. Ўзбек тилининг қисқача евфемитик луғати. ‒ Тошкент:

Фан, 2006. – 178 б.

3.

Умаров Э. Фразеологический словарь “Хазойин ул-маоний” Алишера Навои.

Тaшкент, Фан, 1971. – 54 с.

4.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2006. ‒ 680 б.

5.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 2-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2006, – 672 б.

6.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 3-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2007.– 688 б.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

267

7.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. Тошкент, Қомуслар

бош таҳририяти. 1992. – 379 б.

8.

Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. ‒ Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт

ва санъат нашриёти, 1990. – 364 б.

Библиографические ссылки

Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. ‒ Тошкент: ТошДУ нашри, 1975. – 178 б.

Омонтурдиев А. Ўзбек тилининг қисқача евфемитик луғати. ‒ Тошкент: Фан, 2006. – 178 б.

Умаров Э. Фразеологический словарь “Хазойин ул-маоний” Алишера Навои. Тaшкент, Фан, 1971. – 54 с.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. ‒ 680 б.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 2-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006, – 672 б.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 3-жилд. ‒ Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007.– 688 б.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. Тошкент, Қомуслар бош таҳририяти. 1992. – 379 б.

Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. ‒ Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. – 364 б.