Авторы

  • Хуршида Султанова
    Магистрант, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67779

Ключевые слова:

публицистика публицистический стиль художественный стиль синоним лексическая единица лексико-семантический генеалогический анализ

Аннотация

В данной статье анализируются статьи писателя, публициста Хуршида Даврона и выделяются лексико-семантические особенности используемых в статьях синонимов. В частности, генеалогически исследованы синонимы в статьях и интервью под названием «Самая жизненная сказка», «Удовольствие от наполнения жизни смыслом», «Белые краски детства». Также изучена соответствующая литература по теме статьи и представлены результаты анализа. В результате на примерах проанализирована художественно-эстетическая сила и влияние публицистики Хуршида Даврона.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Lexical-semantic realization of synonyms in the journalism

of Khurshid Davron

Khurshida SULTANOVA

1

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article analyzes articles related to the work of writer and

publicist Khurshid Davron and highlights the lexical and

semantic features of synonyms used in the articles. In particular,

the synonyms in the articles and conversations entitled "The
most lifelike tale," "The pleasure of filling life with meaning," and

"White colors of childhood" are genealogically studied. The

relevant literature on the topic of the article is also studied, and

the results of the analysis are presented. As a result, the artistic
and aesthetic power and effectiveness of Khurshid Davron's

journalism were analyzed based on examples.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp253-261

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

journalism,

journalistic style,

artistic style,

synonyms,

lexical unit,

lexical-semantic,

genealogical analysis.

Xurshid Davron publitsistikasida sinonimlarning leksik-
semantik voqelanishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

publitsistika,

publitsistik uslub,

badiiy uslub,

sinonim,

leksik birlik,

leksik-semantik,

genealogik tahlil.

Ushbu maqolada yozuvchi, publitsist Xurshid Davron ijodiga

mansub maqolalar tahlilga tortilgan hamda maqolalarda

qo‘llangan sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari yoritib
berilgan. Xususan, “Eng hayotiy ertak”, “Umrni ma’noga

to‘ldirmoq zavqi”, “Bolalikning oppoq ranglari” nomli maqola va

suhbatlardagi sinonimlar genealogik jihatdan tadqiq qilingan.

Shuningdek, maqola mavzusiga doir tegishli adabiyotlar

o‘rganilib, tahlil natijalari keltiriladi. Natijada Xurshid Davron
publitsistikasining badiiy-estetik quvvati, ta’sirchanligi misollar

asosida tahlil qilingan.

1

Master degree student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

E-mail: sultanovakhurshida323@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

254

Лексико-семантическая реализация синонимов в
публицистике Хуршида Даврана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

публицистика,
публицистический стиль,
художественный стиль,

синоним,

лексическая единица,
лексико-семантический,

генеалогический анализ.

В данной статье анализируются статьи писателя,

публициста Хуршида Даврона и выделяются лексико-

семантические особенности используемых в статьях

синонимов. В частности, генеалогически исследованы

синонимы в статьях и интервью под названием «Самая
жизненная сказка», «Удовольствие от наполнения жизни
смыслом», «Белые краски детства». Также изучена

соответствующая

литература

по

теме

статьи

и

представлены результаты анализа. В результате на
примерах проанализирована художественно-эстетическая

сила и влияние публицистики Хуршида Даврона.


Publitsistik uslub tilining asosiy xususiyatlaridan biri unda badiiy uslub

elementlarining mavjudligidir, ya’ni xuddi badiiy uslub singari undagi tasvirlash
vositalarining estetik vazifa bajarishidir. Mana shu jihati bilan u badiiy uslubga juda
yaqinlashadi. Ushbu uslubda muallif hayotiy masalalarni mantiqiy mulohaza,
hozirjavoblik, dalil va asoslar bilan tushuntirishda, isbotlashda, o‘quvchini bunga
ishontirishda, his-tuyg‘ularga ta’sir etishda tarixiy va arxaik so‘zlarga, ko‘chma ma’noli
so‘zlarga, emotsional bo‘yoqdor so‘zlarga, ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarga,
shuningdek, ibora, maqol va matal kabi birliklarga murojaat qiladi.

Sinonimlar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor va aniq ifodalash nuqtai nazaridan

publitsistik uslub tilining ham boy va rang-barangligini belgilaydi. Shu boisdan
publitsistlar ham ulardan mohirlik bilan foydalanish uchun harakat qiladilar.

Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli ma’no nozikligi bilan ifodalaydigan

leksemalarga sinonim (

gr.synonymos-“bir nomli”

) deyiladi. Sinonim leksemalar orasidagi

munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi [1, b.131]. Sinonim
so‘zlarning ma’nolari, hosil bo‘lish yo‘llari, uslubiy qo‘llanishlari bir qator tadqiqotlarda
o‘rganilgan [2]. Publitsistik asarlarda qo‘llangan sinonimlarning leksik-semantik tabiati
Behbudiy, Cho‘lpon va Ozod Sharofiddinov maqolalari misolida o‘rganilgan [5, 6, 7].

Xurshid Davron publitsistikasida tilning maxsus vositasi hisoblangan leksik-

semantik munosabatlarning voqelanishi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lgan, leksemalararo
sinonimlik, antonimlik, graduonimlik, o‘xshatish vositalaridan o‘rinli va unumli
foydalanilgan. Jumladan, ma’nodosh so‘zlar, ya’ni sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham
publitsistik uslub rang-barangligini ta’minlashga xizmat qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Maqolalar matnida qo‘llangan ma’nodosh so‘zlarni semantik tabiati nuqtayi nazaridan
quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

1. O‘zlashma qatlamga oid leksik sinonimlar:
Ma’lumki, o‘zbek tiliga turli davrlarda, turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar bir qator

tadqiqotlarda o‘rganilgan. Ko‘pchilik tilshunoslarning ishlarida o‘zlashgan so‘zlarning
genetik tarkibi, ma’no xususiyatlari hamda ularning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari
yoritilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

255

Tadqiqotlardan ma’lumki, o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning asosiy qismini

arabcha, fors-tojikcha, ruscha so‘zlar tashkil qiladi. Xurshid Davron maqolalari tahlili shuni
ko‘rsatdiki, yozuvchi publitsistikasi tilida sinonim leksemalarning asosan gibrid (qorishiq)
ko‘rinishi ko‘p uchraydi.

a)

arabcha o‘zlashmalar asosidagi sinonimlar. Tilimiz tarixidan ma’lumki, o‘zbek

tiliga arab tilidan kirgan hamda uzoq davrlar mobaynida mumtoz adabiyotimiz va tarixiy
manbalarda qo‘llanib kelinayotgan arabcha o‘zlashmalar miqdori ko‘pchilikni tashkil
qiladi. Xurshid Davron ham o‘z maqolalarida arabcha o‘zlashma so‘zlardan unumli
foydalangan:

“Kichkina Shahzoda” asari

mazmunan

va

mohiyatan

jahon adabiyotidagi

biron bir asarga o‘xshamaydi.”

Muallifning “Eng hayotiy ertak” nomli maqolasidan olingan

mazkur parchada

mazmunan, mohiyatan

leksemalari sinonim tarzida qo‘llangan. Bu ikki

leksemaning ma’no xususiyati lug‘atlarda qiyidagicha ifodalangan: MAZMUNAN. Bu so‘z
arabcha

madmūn(un)

shakliga ega; asli ko‘p ma’noli

damina

fe’lining “tarkibida bor

bo’ldi” ma’nosi bilan hosil qilingan I bob majhul nisbat sifatdoshi bo‘lib, aslida “ma’no
anglatuvchi” ma’nosini anglatgan, keyinchalik

“ma’no”, “ma’no mundarijasi”

kabi ma’noni

anglatishga xizmat qilgan, o‘zbek tiliga keyingi ma’nosi bilan qabul qilingan.

Mazmunan

so‘zi esa

mazmun

(“ma’no anglatuvchi, ma’no mundarijasi”) so‘zining tushum kelishigi

shakli bo‘lib, ma’no taraqqiyoti natijasida “mazmun jihatidan” kabi ma’noni anglatuvchi
ravishga aylangan [9, II, b. 225]

MOHIYATAN. Bu arabcha ot so‘z

māhiyat(un)

shakliga ega bo‘lib, o‘zbek tiliga

cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan:

māhiyat mâhiyat

(

mohiyat).

Mohiyatan

so‘zi

mohiyat

(“haqiqat, har narsaning tub-negizi”) so‘zidan kelib chiqqan

bo‘lib, “narsa, voqea-hodisalar asosida yotuvchi eng muhim ma’no, ichki mazmun”
ma’nosini anglatadi [9, II, b. 227]. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” hamda “O‘zbek
tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati”da

mazmunan, mohiyatan

leksemalari bir sinonimik

qatorda berilmagan:

ma’no [a], mazmun [a]

[11, b. 332].

Demak, muallif qo‘llagan

mazmunan, mohiyatan

leksemalari bir umumiy ma’no,

ya’ni “ma’no”, “mazmun” semasini ifoda etishi bilan sinonimlik kasb etadi. Ma’lumki,
tilshunoslik ilmida publitsistik uslubga badiiy uslub va so‘zlashuv uslubi o‘rtasidagi oraliq
uslub sifatida ham baho beriladi. Bunga sabab ushbu uslubda shakllangan matnlar
obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo‘llanishi bilan badiiy uslubga
yaqinlashadi. Aynan ma’nodosh so‘zlar qo‘llanishidagi uslubiy o‘ziga xoslik ham bu fikrni
tasdiqlaydi. Muallif yuqoridagi matnda badiiy uslubga xoslangan

mazmun, mohiyat

leksemalaridan o‘rinli foydalangan. Natijada esa publitsistik uslubga xos bo‘lgan matnning
ta’sirchanligi oshgan.

“Buni eslashdan muddao shuki, ma’naviyat so‘zi, tushunchasi qachon eng

qimmat

, eng

qadrli

boylikka aylansa, qayerda uning nufuzi o‘z o‘rniga qo‘yilsa, shu zamon va shu

makonda xudo xohlagan, bandasi orzu qilgan muhit yaraladi.”

[12] Bu misolda

qimmat,

qadrli

leksemalari o‘zaro sinonim sifatida qo‘llangan. QIMMAT. Bu so‘z o‘zbek tilida

arabcha

qiymat

so‘zi tarkibidagi

y

undoshini

m

undoshiga almashtirib hosil qilingan, shu

yo‘l bilan bu sifat

qiymat

otidan farqlangan.

Qimmat

sifati “narxi baland” ma’nosini,

qiymat

oti esa “narx” ma’nosini anglatadi. Lug‘atlarda

qimmat

so‘zi “qimmatbaho narsa,

boylik, qadriyat; baho; qiymat” degan ma’nolarni anglatadi. “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da ushbu so‘zning ko‘chma ma’nosi quyidagicha keltirilgan: “Pulga, hech narsaga
sotib olib bo‘lmaydigan; bahosi yo‘q, bebaho, qadrli, aziz” [17, IV, b. 135]. QADRLI.
Bu arabcha so‘z qadr(un) shakliga ega; ko‘p ma’noli

qadara

fe’lidan “xizmatlarini munosib


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

256

baholadi” ma’nosi bilan hosil qilingan I bob masdari bo‘lib, o‘zbek tilida hurmat-izzat
ko‘rsatishga loyiqlik”, “ahamiyatini, qiymatini yo‘qotmaganlik kabi ma’nolarni anglatadi.
Bu so‘zdan o‘zbek tilida

qadrla

- fe’li,

qadrli, qadrsiz

sifatlari yasalgan. “O‘zbek tili

sinonimlarining o‘quv lug‘ati”da

qimmat

so‘zi

qadrli

so‘ziga nisbatan sinonim sifatida

keltirilmagan:

qimmat [a], qimmatbaho, samin

[11, b.415].

Matn tarkibida qo‘llanishi esa

asosli bo‘lib, har ikki leksema “qiymatini yo‘qotmaganlik” semasi bilan sinonimlik qatorni
tashkil qiladi.

“Ma’naviy hayot” jurnalining 2023 yil 1-sonida e’lon qilingan “Umrni ma’noga

to‘ldirmoq zavqi” nomli suhbatdan olingan quyidagi misollarga diqqat qilaylik:

“E’tibor

bergan bo‘lsangiz, xalqimiz ayrim kishilar haqida gap ketganda, uni “be’mani” deb ataydi,
ya’ni umrining ma’nosi,

oru nomusi

, aniq ko‘z qarashi yo‘q, “menga bari bir” degan

tushuncha bilan yashaydigan essiz kishi demoqchi bo‘ladi.”

[12]

Yuqoridagi matnda or,

nomus leksemalari sinonim sifatida juft so’zlar tarkibida kelgan. OR. Bu arabcha so‘z

ār(un)

shakliga ega, o‘zbek tiliga fathali ayn tovushini

â

tovushiga almashtirib qabul

qilingan:

ār

är (or)

;

asli

ā

ra

fe’lining “tanbeh berdi, uyaltirdi” ma’nosi bilan hosil qilingan

masdari bo’lib, “uyat”, “nomus” ma’nosini anglatadi. O‘zbek tilida bu so‘z bilan

or-nomus

juft

so‘zi,

or qil-

qo‘shma fe’li tuzilgan [9, II, b. 344]. NOMUS. Bu arabcha ot

nāmūs(un)

shakliga ega, o‘zbek tiliga cho‘ziq

ā

unlisini qisqa

â

unlisiga,

ū

unlisini

u

unlisiga

almashtirib qabul qilingan:

nāmūs

nâmus (nomus);

arab tilida “qonun”, “vijdon”, “oriyat”

ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tiliga keyingi ma’nosi bilan qabul qilingan [9, II, b. 330].
“O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati”da hamda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli
lug‘ati”da nomus, or leksemalari bir sinonimik qatorda keltirilgan:

hayo [a], or [a], nomus

[a], andisha [f], sharm [f], mulohaza [a]

[3, b. 143; 11, b. 247]. “O‘zbek tili sinonimlarining

o‘quv lug‘ati”da sinonimlar uslub jihatidan ham tahlil qilingan.

Or-nomus

leksemalari

publitsistik, ilmiy, rasmiy va so‘zlashuv uslubiga xoslangan leksema sifatida ko‘rsatilgan.
Ko‘rinadiki, muallif aytilayotgan fikrning ta’sirchanligini oshirish maqsadida publitsistik
uslub talabidan kelib chiqqan holda sinonim leksemalardan unumli foydalanishga harakat
qilgan.

a)

Fors-tojikcha o‘zlashmalar asosidagi sinonimlar. Xurshid Davronning publitsistik

maqolalari tilida genetik jihatdan fors-tojik tiliga mansub sinonimlar ham uchraydi.
Bunday sinonimlar ko‘pchilikni tashkil qilmasa-da, publitsistik nutq ehtiyoji talab qilgan
o‘rinlarda keng foydalanilganini ko‘ramiz.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida sinonimlardan tashkil topgan juft so‘zlar ko‘p uchraydi.

Ta‘kidlash kerakki, har qanday ikki sinonim so‘zdan juft so‘z hosil bo‘lavermaydi. Bir
sinonimik uyaga kiruvchi leksemalar uyushiq holda qo‘llangandagina jift so‘z hosil qilinishi
mumkin. Bunday sinonimlar keyinchalik juft so‘zga aylanish holati uchraydi. Xurshid
Davron publitsistik maqolalaridagi fors-tojikcha sinonimlar misolida aynan shunday til
hodisasini kuzatishimiz mumkin:

“Yozuvchi yaratgan sayyorada mashaqqatlardan

qo‘rqmaydigan, har qanday qiyinchilikni yengadigan, sovuq yoki jazirama hukmron

dashtu

biyobon

dan omon o‘ta olishga qodir, har qanday qullikni rad etadigan, tiriklikdan maqsad

muhabbat ekaniga ishongan odamlar yashaydi.”

[14] Ushbu matnda

dasht

va

biyobon

so‘zlari sinonimlikni hosil qiladi.

DASHT. Bu leksema fors-tojikcha bo‘lib. “ekilmay yotgan

suvsiz yer; cho‘l” degan ma’nolarni anglatadi [15, I, b. 808]. BIYOBON. Fors-tojikcha bu so‘z
“ qaqroq cho‘l, sahro” degan ma’nolarni anglatadi.

Biyobon

asli tojikcha

bi

va

yobon

qismlaridan tuzilgan bo‘lib,

bi

qismi “xuddi, yaqin” ma’nosini ifodalaydigan old

ko‘makchiga teng. Shunga ko‘ra asli “cho‘lning o‘zi, cho‘ldan farq qilmaydigan yer”


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

257

ma’nosini anglatadi [10, III, b. 43]. “O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati” da

cho‘l, sahro

[a], biyobon [f], bodiya [a], dasht [f]

so‘zlari bir sinonimik qatorda berilgan, ular ichida

biyobon

so‘zi badiiy uslubga,

dasht

so‘zi esa ilmiy uslubga xosligi qayd etilgan [11, b. 622].

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, muallif “suvsiz va giyohsiz taqir, qaqroq yerlar” ma’nosini
voqelantirishda shu semani ifodalovchi leksemalarning badiiy hamda ilmiy uslubga xos
variantlarini yonma-yon keltirmoqda.

b)

Sinonim leksemalarning gibrid (qorishiq) holda qo‘llanishi.

Xurshid Davron publitsistik asarlari tili leksikasini kuzatrish shuni ko‘rsatadiki,

muallif maqolalari mazmuniga publitsistik ohang, publitsistik ruh berish uchun genetik
jihatdan turlicha bo‘lgan leksemalarni bir sinonimik qatorda yonma-yon keltirgan. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, bunday mustaqil ma’noli leksemalar o‘zaro bir sinonimik
qatorda birlashib, publitsistik til lug‘aviy vositalarining rang-barangligini ta’minlagan.
Natijada publitsistik nutq leksik jihatdan boyigan.

“Gulxan” jurnalining 2012 yil 12-sonida e’lon qilingan “Bolalikning oppoq ranglari”

nomli suhbatdagi quyidagi jumlasiga diqqat qilaylik:

“Bobom ijodkor bo‘lmagan, ammo

xat-

savodli, o‘qimishli

odam sifatida “Qizil qalam” jamiyati ishlariga jalb etilgan.”

[13]

XAT-

SAVODLI. Ushbu juft so‘z arab tiliga oid bo‘lib, juftlikning har bir qismini alohida ko‘rib
chiqamiz. XAT. Bu arabcha so‘z

xatt(un)

shakliga ega. Ko‘p ma’noli

xatta

fe’lining “yozdi”

ma’nosi bilan hosil qilingan I bob masdari bo‘lib, arab tilidan

maktub

ma’nosi bilan olingan.

Bu so‘z bilan o‘zbek tilida

xat-savod, xat-xabar

juft so‘zlari tuzilgan [9, II, b. 48]. “O‘zbek

tilining izohli lug‘ati” da

xat

leksemasining

“savod, harf tanish”

semasi ham keltirilgan

[19, VI, b. 25]. SAVOD. Bu arabcha so‘z

savad(un)

shakliga ega. Asli ko‘p ma’noli

sāda

fe’lining “xat qoralashni o‘rgandi” ma’nosi bilan hosil qilingan I bob masdari bo‘lib, arab
tilida besh ma’noni anglatadi, lekin bularning birortasi ham o‘zbek tiliga olinmagan. O‘zbek
tilida bu so‘z “yozish, o‘qishni o‘rganish” ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘zdan o‘zbek tilida

savodli, savodsiz

sifatlari,

savodsizlik

oti yasalgan [9, II, b. 367]. “O‘zbek tilining izohli

lug‘ati” da

savodli

leksemasi “o‘qish, yozishni biladigan, savodi bor”,

“bilimli, ma’lumotli”,

“ko‘p o‘qigan”

degan ma’nolarda keltirilgan [17, IV, b. 567]. O‘QIMISHLI. Turkiy tilga oid bu

so‘z “o‘qib, ma’lum ma’lumotga ega bo‘lgan, savodi yaxshi” degan ma’nolarni anglatadi [19,
VI, b. 423]. Ushbu sifat

o‘qi

fe’lidan hosil qilingan bo‘lib, “yozuvni talafuz qil” degan

ma’noni anglatadi. Bu fe’l asli

“baland tovush”, “qichqiriq”

ma’nosini anglatgan

o‘q

otidan -

i (

-ы)

qo‘shimchasi bilan yasalgan. O‘zbek tilida

-i

unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan:

o‘q

+ i = o‘qi – > o‘qi.

Bu so‘z dastlab “baland tovush bilan ayt”, “qichqir” ma’nosini anglatgan,

“yozuvni talaffuz qil” ma’nosi yozuv yaratilganidan keyin yuzaga kelgan [8, I, b. 498].
“O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati”da

xat-savod

juft oti publitsistik, ilmiy, rasmiy va

badiiy uslubda qo‘llanadigan leksema sifatida ko‘rsatilgan [11, b. 587]. Matn tarkibida
arabcha

xat-savodli

va forscha

o‘qimishli

leksemalari

“savodi bor”

semasi bilan sinonim

sifatida qo‘llanib, publitsistik matnning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.

Ushbu maqolada uchraydigan yana bir qorishiq sinonimlarni tahlilga tortamiz:

“Bugun o‘sha paytdagi she’rlarimni naqadar

jo‘n, ibtidoiy

bo‘lganini bilaman. “JO‘N.

Bu

turkiy leksema

“oddiy”, “sodda”, “yengil”

degan ma’noni anglatib, qadimgi turkiy tilda

yön

tarzida talaffuz qilingan. Eski o‘zbek tilida so‘z boshidagi

y

undoshi

j

undoshiga almashgan,

hozirgi o‘zbek tilida

ö

unlisining yumshoqlik belgisi yo‘qolgan:

yön>jo‘n

[20, I, b. 104].

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da

jo‘n

leksemasining ko‘chma ma’noda “

oddiy”, “sodda”

ma’nolarini ifodalashi keltirilgan [16, II, b. 699]. IBTIDOIY. Bu so‘z arab tilida

ibtido

so‘zidan yasalgan nisbiy sifat bo‘lib,

“dastlabki”, “eng oddiy”, “kishilik jamiyati


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

258

taraqqiyotining dastlabki davriga oid”

ma’nolarni anglatadi [9, II, b. 156]. “O‘zbek tili

sinonimlarining izohli lug‘ati”da

sodda, oddiy, jo‘n, ibtidoiy

leksemalari sinonim sifatida

keltirilgan bo‘lib,

jo‘n

leksemasi kam qo‘llanuvchi leksema ekanligi aytilgan [3, b. 177].

“O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati”da esa s

odda, elementar, umumayon, oddiy, jo‘n,

ibtidoiy, basit [a]

so‘zlari bir sinonimik qatorda birlashib, uslub jihatdan ham tahlil

qilingan. Xususan, jo‘n so‘zi badiiy uslubga xosligi, ibtidoiy so‘zi esa badiiy va ilmiy uslubga
xosligi izohlangan [11, b. 463]. Bu o‘rinda muallif “sodda” so‘zi ma’nosini bo‘rttirish,
ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida shu semani ifodalovchi jo‘n, ibtidoiy leksemalaridan o‘rinli
foydalangan.

Xurshid Davron “Tafakkur” jurnalining 2012 yil 4-sonida e’lon qilgan “Eng hayotiy

ertak” nomli maqolasida leksik sinonimlarning gibrid holda qo‘llaganini ko‘rishimiz
mumkin:

“Balki biz umr kechirayotgan Yer ham, o‘zimiz o‘ylaganchalik ulkan emasdir, balki

bu

cheksiz

va

hadsiz

koinotda u Kichkina shahzoda yashagan sayyorachalik kelar, xolos?…”

CHEKSIZ. Turkiy tilga oid bo‘lgan bu lekema “cheki, chegarasi, oxiri, poyoni yo‘q; poyonsiz,
bepoyon” ma’nolarini anglatadi [19, VI, b. 763]. Bu sifat “biror narsaning tugash nuqtasi”
ma’nosini anglatuvchi

chek

otidan hosil qilingan [8, I, b. 420]. HADSIZ. Bu arabcha so‘z

hadd(un)

shakliga ega bo‘lib, o‘zbek tiliga so‘z oxiridagi

dd

tovushlaridan birini tashlab

qabul qilingan:

hadd > had.

Arabcha

hadda

fe’lining “chegaraladi” ma’nosi bilan hosil

qilingan I bob masdari bo‘lib, arab tilida

“chegara”, “poyon”

kabi ma’nolarni anglatadi [9, II,

b. 559]. O‘zbek tiliga

“chegara”

ma’nosi bilan qabul qilingan

“had”

so‘ziga

-siz

sifat

yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali

hadsiz

sifati hosil qilingan. “O‘zbek tili sinonimlarining

o‘quv lug‘ati” hamda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” da ushbu ikki leksema bir
sinonimik qatorda keltirilgan:

cheksiz, hadsiz [a+-siz], behad, adadsiz [a+-siz], nihoyasiz [a+-

siz], poyonsiz [f+-siz], bepoyon [f], benihoya(t), behudud [be-+a], chegarasiz, sarhadsiz [f+a+-
siz], behisob, bitmas-tuganmas, bebarkash [f], bekanor [f], bilonihoya [a]

[3, b. 222; 11, b.

615].

Publitsistik uslubga xos bo‘lgan jihatlardan yana biri unda barcha uslubga oid

leksemalardan keng foydalanish mumkin. Muallif bildirayotgan fikrning ta’sirchanligini
ta’minlash maqsadida ilmiy ulubga xos

“cheksiz”

va badiiy uslubga oid bo‘lgan

“hadisiz”

leksemalarini sinonim sifatida bir nuqtaga birlashtirgan. Natijada publitsistik matn
konnotativ ma’no bilan boyigan.

“Ma’naviy hayot” jurnalining 2023 yil 1-sonida “Umrni ma’noga to‘ldirmoq zavqi”

nomi ostida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan suhbat e’lon qilingan. Ushbu
suhbatda Xurshid Davron nutqiga e’tibor qaratsak, leksik sinonimlardan o‘rinli
foydalanganini ko‘rishimiz mumkin:

“Ma’no inson

ongu shuuri

da

, tafakkuri

da eng avvalo

suyak suradi, so‘ngra bolalikdan boshlangan hayot saboqlari, tajribalari va undan keyin
adabiyot, san’at, ilmu fan vositasida paydo bo‘ladi.”

[12] ONG. Ushbu so‘z “kishining fikrlash

qobiliyati” degan ma’noni anglatadi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan
bu ot

äng

tarzida talaffuz qilingan; o‘sha davrlardayoq

ä

unlisining cho‘ziqlik belgisi

yo‘qolgan. O‘zbek tilida

a

unlisi

â

unlisiga almashgan:

äng > ang

>

âng

[8, I, b. 255]. ShUUR.

Bu arabcha o‘z asli “his qildi”, “ta’sirlandi” ma’nosini anglatuvchi

şaara

fe’lining I bob

masdari bo‘lib, “his-tuyg‘u, aql-idrok” ma’nosini anglatadi. [9, II, b. 512]. “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati” da

shuur

leksemasi kitobiy “ong, tushuncha” ma’nolarini anglatishi

keltirilgan [19, VI, b. 692]. TAFAKKUR. Bu arabcha so‘z

tafakkur(un)

shakliga ega,

“fikrladi” ma’nosini anglatuvchi

fakara

fe’lining V bob masdari bo‘lib, “firk yuritish”

ma’nosini anglatadi [9, II, b. 428]. “O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati” da

ong, shuur

[a], tafakkur [a], idrok [a]

leksemalari o‘zaro bir sinonimik qatorda birlashib, ular ichida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

259

shuur

so‘zi badiiy uslubga xosligi hamda

ong, shuur, tafakkur

so‘zlari esa ilmiy uslubga

xosligi qayd etilgan [11, b. 393].

O‘zbek adabiy tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning

ko‘pchiligini ilm-fan va madaniyatga oid so‘zlar tashkil qiladi. Publitsistik nutq talabi bilan
o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlardan ma’nodoshlik hosil qilingan. Muallif “fikr
yuritish” ma’nosini voqelantirshda shu semani ifodalovchi ot so‘z turkumiga mansub
leksemalarning ilmiy va badiiy uslubga xos variantlarini yonma-yon keltirmoqda.

Ushbu maqolaning keyingi sahifalariga diqqat qilaylik:

“Millat bir bor yo‘qolsa,

abadiy yo‘qoladi, uni qayta tiriltirish

imkonsiz

va

chorasiz

ishdir.”

IMKONSIZ. Bu arabcha

so‘z asli

makuna

fe’lining “amalga oshirdi” ma’nosini anglatuvchi IV bob shakli

amkana

so‘zidan hosil qilingan masdar bo‘lib, “amalga oshirishga xizmat qiladigan shart-sharoit”
ma’nosini anglatadi [9, II, b. 163]. O‘zbek tilida

imkon

so‘ziga

-siz

qo‘shimchasini qo‘shish

orqali

imkonsiz

sifati hosil qilingan. CHORASIZ. Fors-tojikcha

chora

so‘zi “vosita”, “yordam

ko‘rsatish”, “dori” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tiliga tojikcha shakli olinib, “biror ishni,
maqsadni amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarmaslik uchun ko‘riladigan tadbir”
ma’nosini anglatadi [10, III, b. 256]. Fors-tojikcha

chora

so‘ziga

-siz

sifat yasovchi

qo‘shimcha qo‘shish orqali

chorasiz

leksemasi hosil qilingan. “O‘zbek tili sinonimlarining

o‘quv lug‘ati” da ot so‘z turkumiga mansub

chora [f], iloj [a], tadbir [a], imkon [a], amal [a]

leksemalari ma’nodosh so‘zlar qatorini hosil qilgan. Sinonimlar qatoridagi

imkon

leksemasi badiiy, so‘zlashuv va publitsistik uslublarda keng qo‘llana olishi izohlangan [11,
b. 620]. Xurshid Davron matn mazmuni ta’sirchanligiga erishish maqsadida arab va fors-
tojik tiliga oid sinonim leksemalardan o‘rinli foydalangan.

2. Matniy (kontekstual) sinonimlar:
Bizga ma’lumki, so‘zlarning o‘z ma’nolari bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi

leksik-semantik sinonim, funksional ma’nolari bilan sinonimik munosabatga kirishuvi
matniy (kontekstual) yoki funksional-semantik sinonimlar deb yuritiladi. Tilshunos
H. Shamsiddinov muayyan narsa-hodisalarni, ularning belgisi, miqdori, holati, harakati va
o‘zaro munosabatlarini tasviriy usulda, ifoda maqsadiga muvofiq qayta nomlab yoki narsa-
hodisaga xoslab ifodalaydigan va alohida so‘zga sinonim bo‘ladigan tilning so‘z va undan
katta sath birliklariga nisbatan so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari terminini
qo‘llaydi [5, b. 56]. Leksemalardan tashkil topadigan ma’nodoshlik qatorlari har doim
ochiq bo‘ladi. Ma’nodoshlik qatorlari nutqiy vaziyat va davr taqozosi talabi bilan to‘ldirilib
boriladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, sinonimik qatorlar yasama so‘zlar, so‘z
birikmalari, frazeologik iboralar hamda so‘zlarning nutqiy ko‘chma ma’nolari bilan
bog‘lanib, o‘z qatorini kontekstual sinonimiya vositalari bilan kengaytirib boradi.
Kontekstual sinonimlar esa nutqning boyligini va ta’sirchanligini ta’minlovchi vosita
sanaladi.

X. Davron maqolalarida ma’nodoshlikning ushbu turidan ham foydalanilgan o‘rinlar

uchraydi:

“Demak, kattalarday yashab, boladay yozish degan tushunchani, ijodkor umri

davomida orttirgan tajribasi bilan bolalarga xos

soddalik, beg‘uborlik

va

mehrni

uyg‘un

eta olish deb tushunish kerak.”

[13]

SODDALIK. Bu sifat forscha

sade,

tojikcha

sodda

tarzida

bo‘lib, o‘zbek tiliga tojikcha

sodda

shakli olingan. Ko‘p ma’noli bo‘lgan bu sifat “tuzilishi,

tarkibi murakkab bo‘lmagan”, “oddiy” kabi ma’nolarni anglatadi [10, III, b. 16]. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati” da

sodda

so‘zining “soddadil, ko‘ngilchan, kamtar” kabi sememalari

ham keltirilgan [17, IV, b. 692]. BEG‘UBOR. Bu so‘z tojik tilida arabcha

g‘ubor

so‘ziga

be-

qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan sifat bo‘lib, “gardsiz”, “toza” ma’nosini anglatadi [9, II, b.
74]. Ushbu leksemaning bir necha sememalari “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

260

quyidagicha keltirilgan:

ko‘nglida yomonligi, kiri yo‘q; pok, sofdil, sidqidil; dog‘ tushmagan,

pokiza

[15, I, b. 439]. MEHR. Bu tojikcha ot o‘zbek tilida asli “yuragiga yaqin tutish tuyg‘usi”,

“suyib munosabatda bo‘lish tuyg‘usi” kabi ma’noni anglatadi. Fors-tojik tilida “muhabbat”,
“do‘stlik”, “quyosh” kabi ma’nolarini anglatadi. Ko‘rinadiki, fors-tojik tilida berilgan izohlar
orasidagi “iliq munosabatda bo‘lish tuyg‘usi” – eng o‘rinli izoh [10, III, b. 137].

Sodda,

beg‘ubor

va

mehr

so‘zlari “O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati” va “O‘zbek tili

sinonimlarining izohli lug‘ati” da bir sinonimik qatorda keltirilmagan. Alohida olib
qaraganda ushbu leksemalar sinonimlik hosil qilmasa-da, matn tarkibida kontekstual
sinonimlikni yuzaga keltirmoqda. Xususan,

sodda

va

beg‘ubor

leksemalari “ko‘nglida kiri

yo‘q”, “pokiza”, “ko‘ngilchan” sememalari bilan matniy sinonim bo‘la oladi. Muallif ushbu
qatorga

mehr

so‘zini qo‘shib, leksemaning ma’no qamrovini kengaytirgan. Fors-tojikcha va

arabcha leksemalarni bir kontekstda birlashtirib, fikr ta’sirchanligiga erishilgan.

“Millat shunday mukammal

birlik – uyushma, ittifoqki,

u uzoq tarixiy jarayon

natijasida yuzaga keladi.”

[12]

BIRLIK.

“Bir yoqadan bosh chiqarib birlashganlik;

hamjihatlik, yakdillik”

kabi ma’nolarni anglatadi [15, I, b. 485]. ITTIFOQ. Bu arabcha so‘z

ittifaq(un)

shakliga ega bo‘lib, asli

“mos keldi”

ma’nosini bildiruvchi

vafiqa

fe’lidan hosil

qilingan.

“Hamjihatlik”, “birlashish”

ma’nosini anglatadi [9, II, b. 182]. UYUSHMA.

Uyush

so‘zidan hosil qilingan bo‘lib,

“to‘dalash”, “birlash”

degan ma’nolarni anglatadi. Bu so‘z

qadimgi turkiy tildagi

“to‘pla-”, “to‘dala-”

ma’nosini anglatgan

o‘g

fe’lining

o‘y

shaklidan

birgalik ma’nosini ifodalovchi -(o‘)sh qo‘shimchasi bilan hosil qilingan, o‘zbek tilida

o‘y-

+o‘sh=o‘yo‘sh->uyush

[8, I, b. 384]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da uyushma leksemasiga

quyidagicha ta’rif berilgan:

“Bir maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilish uchun birlashgan

kishilar yoki tashkilotlar birlashmasi; ittifoq, tashkilot”

[18, V, b. 620]. “O‘zbek tili

sinonimlarining o‘quv lug‘ati” da

uyushma, birlashma

leksemalari sinonim sifatida

keltirilgan.

Uyushma

leksemasi barcha uslubga xos leksema ekanligi aytiladi [11, b. 525].

Muallif

birlik – uyushma – ittifoq

leksemalarini bir matn tarkibida sinonim sifatida qo‘llab,

kontekstual sinonimlar qatorini vujudga keltirgan. Ya’ni til birligi sifatida o‘zaro sinonim
bo‘lmagan leksemalar kontekst (matn) doirasidagina sinonimik munosabatda bo‘ladi.
Ko‘nadiki, adib tildan foydalanishda o‘ziga xos mahoratini namoyon etib, sinonimlardan
o‘rinli qo‘llagan va publitsistik uslub tili rivojiga munosib hissa qo‘sha olgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Xurshid Davron ijodi serqirraliligi bilan

boshqalardan ajralib turadi. Adib nazm va nasrda birdek ijod qilgan ijodkorlardan biridir.
Uning publitsistikasi ham mavzu va janr jihatdan boy va rang-barangdir. Publitsistik
maqolalari tilini har tomonlama tadqiq qilish tilshunoslar oldida turgan muhim
vazifalardan biridir. Bugungi tadqiqotimizda ijodkor maqolalarida qo‘llangan sinonimlar
leksik-semantik jihatdan tahlil qilindi. Publitsistik uslub tilini o‘rganish, tahlil qilish hech
qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sayfullayeva R va b. Hozirgi o‘zbek tili.– Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 2020.– B. 200.

2.

Усмонов С. Ҳозирги ўзбек адабий тилида омоним ва синонимлар.–Тошкент:

ТДПИ нинг илмий асарлари. №12. 1959. –178 б.

3.

Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати.– Тошкент: Фан.

1963. – Б. 308.

4.

Кучкортоев И. Синоним сўзлар ва уларнинг баьзи бир хусусиятлари. “

Тилшунослик масалалари“. 1-китоб. – Тошкент: ТошДУ. 1960. – Б. 166.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

261

5.

M.Masharipov. Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistikasining lekik xususiyatlari.

Filol. Fan. bo‘yicha falsafa dokt. Diss. Guliston Davlat Universiteti– 2023.136 b.

6.

Неъматова Донохон Саиджалоловна. Чўлпон публицистик асарларининг

лингвистик таҳлили. Филол. Фан. Ном. Дисс.– Тошкент, 2004. – 146 б.

7.

Хамраева Хулкар Хамидуллаевна. Озод Шарофиддинов публицистикасининг

тили ва услуби. Филол. Фан. Ном. Дисс.– Тошкент, 2012. –128 б.

8.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I том.– Тошкент:

Университет, 2000. – Б. 600.

9.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. II том.– Тошкент:

Университет, 2003. – Б. 600.

10.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. III том.– Тошкент:

Университет, 2009. – Б. 283.

11.

Dadaboyev H., Abjalova M., Rashidova U. O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati.

–Toshkent: Bookmany print, 2023. – B. 810.

12.

https://kh-davron.uz/ijod/maqolalar/umrni-manoga-xurshid-davron.html

23.09.2023.

13.

https://kh-davron.uz/ijod/maqolalar/bolalikning-oppoq-ranglar-ixurshid-

davron-bilan-suhbat.html 18.12.2021

14.

https://kh-davron.uz/ijod/maqolalar/xurshid-davron-eng-hayotiy-ertak.html

26.04.2022

15.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 964.

16.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 1036.

17.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. IV jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 824.

18.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 720.

19.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 864.

Библиографические ссылки

Sayfullayeva R va b. Hozirgi o‘zbek tili.– Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 2020.– B. 200.

Усмонов С. Ҳозирги ўзбек адабий тилида омоним ва синонимлар.–Тошкент: ТДПИ нинг илмий асарлари. №12. 1959. –178 б.

Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати.– Тошкент: Фан. 1963. – Б. 308.

Кучкортоев И. Синоним сўзлар ва уларнинг баьзи бир хусусиятлари. “ Тилшунослик масалалари“. 1-китоб. – Тошкент: ТошДУ. 1960. – Б. 166.

M.Masharipov. Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistikasining lekik xususiyatlari. Filol. Fan. bo‘yicha falsafa dokt. Diss. Guliston Davlat Universiteti– 2023.136 b.

Неъматова Донохон Саиджалоловна. Чўлпон публицистик асарларининг лингвистик таҳлили. Филол. Фан. Ном. Дисс.– Тошкент, 2004. – 146 б.

Хамраева Хулкар Хамидуллаевна. Озод Шарофиддинов публицистикасининг тили ва услуби. Филол. Фан. Ном. Дисс.– Тошкент, 2012. –128 б.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I том.– Тошкент: Университет, 2000. – Б. 600.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. II том.– Тошкент: Университет, 2003. – Б. 600.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. III том.– Тошкент: Университет, 2009. – Б. 283.

Dadaboyev H., Abjalova M., Rashidova U. O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati. –Toshkent: Bookmany print, 2023. – B. 810.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 964.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 1036.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. IV jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 824.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 720.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jild –Toshkent: G‘.G‘ulom, 2023. –B. 864.