Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Evolution of mythical and historical heroes in Western and
Eastern literature
Umida NASRULLAYEVA
1
Namangan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
In Eastern and Western literature, the images of legendary
and historical heroes reflect the cultural and historical
development of society. This article analyzes the processes of
formation, development and change of these images. In Eastern
literature, heroes, created on the basis of the history and
religious traditions of their people, usually promote goodness
and justice, while in Western literature, heroes are a symbol of
personal freedom, courage and individualism. The article studies
the evolution of these heroes through the analysis of literary
sources from different periods.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp153-157
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Legendary heroes,
historical heroes,
Eastern literature,
Western literature,
evolution,
culture.
G‘arb va sharq adabiyotida afsonaviy va tarixiy
qahramonlar evolyutsiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
afsonaviy qahramonlar,
tarixiy qahramonlar,
Sharq adabiyoti,
G‘arb adabiyoti,
evolyutsiya,
madaniyat.
Sharq va G‘arb adabiyotida afsonaviy va tarixiy qahramonlar
obrazlari jamiyatning madaniy va tarixiy taraqqiyotini aks
ettiradi. Ushbu maqolada mazkur obrazlarning shakllanishi,
rivojlanishi va o‘zgarishi jarayonlarini tahlil qilinadi. Sharq
adabiyotida o‘z xalqining tarixi va diniy an’analari asosida
yaratilgan qahramonlar odatda ezgulik va odillikni targ‘ib qilsa,
g‘arb adabiyotida esa qahramonlar shaxsiy erkinlik, jasorat va
individualizm timsolidir. Maqolada turli davrlardagi adabiy
manbalar tahlili orqali bu qahramonlarning evolyutsiyasi
o‘rganilgan.
1
Teacher, Namangan State Institute of Foreign Languages. E-mail: umidanasrullayeva@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
154
Эволюция мифических и исторических героев в
западной и восточной литературе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
легендарные герои,
исторические герои,
восточная литература,
западная литература,
эволюция,
культура.
В восточной и западной литературе образы легендарных
и исторических героев отражают культурно-историческое
развитие общества. В данной статье анализируются
процессы формирования, развития и изменения этих
образов. В восточной литературе герои, созданные на
основе истории и религиозных традиций своего народа,
обычно пропагандируют добро и справедливость, тогда как
в западной литературе герои являются символом личной
свободы, мужества и индивидуализма. В статье изучается
эволюция этих героев посредством анализа литературных
источников разных периодов.
KIRISH
Adabiyot inson tafakkurining tarixi bo‘lib, unda xalqlar hayoti, urf-odatlari,
qadriyatlari va orzu-umidlari aks etadi. G‘arb va Sharq adabiyotlari o‘ziga xos xususiyatlari
bilan ajralib turadi. Sharq adabiyotida ramziy va didaktik qahramonlar ko‘proq uchrasa,
G‘arb
adabiyotida
individualizm
va
realistik
obrazlar
ustunlik
qiladi.
Har ikki mintaqaning afsonaviy va tarixiy qahramonlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib,
davr talablari, ijtimoiy sharoit va inson qarashlariga muvofiq ravishda evolyutsiyalashdi.
Qahramonlik motivlari adabiyotning eng qadimiy va eng dolzarb mavzularidan biri
hisoblanadi. Sharq va G‘arb adabiyotida afsonaviy va tarixiy qahramonlar ijodiy mahsulot
sifatida shakllanib, jamiyatning axloqiy, estetik va ijtimoiy qadriyatlarini ifodalashda
muhim rol o‘ynagan.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Afsonalar har bir xalqning madaniy merosida muhim o‘rin tutadi. Ular ko‘pincha
insoniyat tarixining ibtidoiy bosqichlarida vujudga kelib, xalqning e’tiqodi va
dunyoqarashini ifodalaydi. Adabiy qahramonlar ikki asosiy toifaga bo‘linadi [7]: Afsonaviy
qahramonlar – xalq e’tiqodlari, mifologiyasi va badiiy ijod mahsuloti bo‘lgan obrazlar. Ular
odatda ilohiy kuchlar yoki mifoepik voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Sharqda
“Rustam” yoki G‘arbda “Gerakl”. Tarixiy qahramonlar – real tarixiy shaxslar asosida
yaratilgan obrazlar, lekin ularning hayoti adabiy dramatizatsiyaga ega bo‘ladi. Masalan,
Sharqda Amir Temur, G‘arbda esa Napoleon. Bu toifalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib,
ko‘pincha tarixiy qahramonlar afsonaviy tusga ega bo‘ladi yoki aksincha, afsonaviy
obrazlar tarixiy voqealar asosida qayta talqin qilinadi.
Sharq adabiyotida qahramonlar ko‘pincha yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi
kurashda asosiy rolni o‘ynaydi. Ularning jasorati, adolatliligi va kuch-qudrati ideal inson
sifatida tasvirlanadi [1]. Masalan: Rustam – “Shohnoma” dostonining qahramoni. Rustam
jasur, qudratli va xalq himoyachisi sifatida gavdalangan. Alpomish – o‘zbek xalq eposidagi
yurt tinchligi va adolat uchun kurashuvchi qahramon. Afsonaviy podsholardan
Amir Temur obrazi ham tarixiy, ham afsonaviy qahramon sifatida tilga olinadi. Imom
Al-Buxoriyni esa, tarixiy va diniy qahramon sifatida Sharq adabiyotida ulug‘langan. Sharq
adabiyotida tarixiy qahramonlar ko‘pincha milliy va diniy qadriyatlarni ulug‘lash vositasi
sifatida ishlatilgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
155
G‘arb adabiyotida afsonaviy qahramonlar ko‘proq shaxsiy qahramonlik,
individualizm va muammolarni yengishda jasorat ko‘rsatish bilan ajralib turadi [1]:
Achilles – “Iliada” dostonining markaziy qahramoni bo‘lib, Gomer tomonidan tasvirlangan
yunon jangchisi. Odissey – aqlli va tadbirkor qahramon sifatida mashhur bo‘lgan. Qirol
Artur va davra suhbati ritsarlari – o‘rta asrlarda G‘arbda adolat va ritsarlik ruhining ramzi
sifatida ko‘riladi. Beovulf esa, Anglosakson eposidagi qahramon bo‘lib, u yovuzlikka qarshi
kurashning timsoli hisoblanadi.
Sharq qahramonlari ko‘proq jamoatchilik manfaatini himoya qiluvchi, yurtparvar
obrazda gavdalangan bo‘lsa, G‘arb qahramonlari individuallik va shaxsiy qahramonlik
xususiyatlariga ega [3].
Sharq afsonalari ko‘pincha diniy va axloqiy mazmun bilan boyitilgan, G‘arb
afsonalari esa insonning tabiiy imkoniyatlari va kamchiliklariga e’tibor qaratadi.
Tarixiy qahramonlar real hayotda mavjud bo‘lgan shaxslar asosida yaratilgan bo‘lib,
ular vaqt o‘tishi bilan badiiy obrazlar orqali adabiyotda o‘z aksini topgan. Sharq tarixiy
qahramonlari aksariyat hollarda xalqlar birligi, yurt ozodligi va adolat uchun kurashuvchi
shaxslar sifatida tasvirlangan [6]. Masalan:
Amir Temur – u faqat tarixiy shaxs emas, balki afsonaviy qahramon sifatida o‘zining
ulug‘vorligi, dono siyosiy strategiyasi va jasorati bilan nafaqat tarixiy shaxs sifatida, balki
afsonaviy qahramon darajasiga ko‘tarilgan buyuk shaxsdir. Uning hayoti va faoliyati Sharq
va G‘arb adabiyotida ko‘plab asarlar va afsonalar uchun ilhom manbai bo‘lgan. Uning
jasorati, dono rahbarligi haqida ko‘plab asarlar yaratilgan. Amir Temurning nafaqat o‘z
davrida, balki keyingi avlodlar orasida ham kuchli tarixiy va afsonaviy meros qoldirgani
uning shaxsiyati naqadar buyuk ekanligini tasdiqlaydi.
Jaloliddin Manguberdi – mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan qahramon sifatida xalq
og‘zaki ijodida tarannum etilgan. U o‘zbek xalqi tarixida va madaniyatida o‘chmas iz
qoldirgan jasoratli qahramon. U Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori sifatida o‘z
davrida mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurash olib borgan va mustaqillik uchun jonbozlik
ko‘rsatgan. Jaloliddin Manguberdi nafaqat tarixiy shaxs sifatida, balki xalq og‘zaki ijodida
afsonaviy qahramon sifatida ham ulug‘langan.
Navoiyning Xamsa”sidagi so‘nggi dostoni “Saddi Iskandariy”si – tarixiy shaxs
Iskandar obrazini badiiylashtirilgan. Navoiy Iskandarni faqat jangovar qudrat egasi
sifatida emas, balki adolatli rahbar sifatida tasvirlaydi. U dunyodagi xalqlarni zabt etishda
adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Uning harbiy
yurishlari zulm yoki boylik orttirish uchun emas, balki insonlar orasida tinchlik o‘rnatish
va taraqqiyotni yoyish uchun amalga oshiriladi. Misol uchun, dostonning bir qismida
Iskandar xalqning manfaatlari yo‘lida qiyinchiliklarni yengib o‘tadi va kambag‘al tabaqaga
yordam beradi. Bu obraz Navoiyning adolat va insonparvarlik haqidagi qarashlarini aks
ettiradi [4].
G‘arb tarixiy adabiyotida qahramonlar ko‘pincha real voqealarga yaqinroq
tasvirlanadi, ammo ba’zida ular afsonaviy tus oladi:
Yuliy Sezar – Shekspir asarlarida Sezar jasur, ammo kibru havo qurboni bo‘lgan
tarixiy qahramon sifatida gavdalangan. “Yuliy Sezar” tragediyasi Shekspirning tarixiy
shaxs – Rim imperatori Yuliy Sezarning obrazi orqali inson tabiatidagi ziddiyatlarni
mahorat bilan yoritib bergan asarlaridan biridir. Shekspir bu asarida Sezarning kuchli
xarakterini va insoniy zaifliklarini birlashtirib, tarixiy voqeani abadiy falsafiy mazmun
bilan boyitgan. Asar inson tabiati, hokimiyat va xiyonat kabi mavzularga teran yondashib,
adabiyot va tarix ixlosmandlarini o‘ylashga undaydi [8].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
156
Ioanna d’Ark (Jeanne d'Arc) – fransuz xalqining milliy qahramoni, G‘arb adabiyotida
diniy qahramon sifatida talqin qilingan. XV asrda yuz bergan Yuz yillik urush davrida Ioanna
d’Ark o‘zining harbiy jasorati va vatanparvarligi bilan Fransiyani bosqinchi inglizlardan ozod
etish yo‘lida katta hissa qo‘shgan. Uning diniy e’tiqodi, ruhiy jasorati va qismati nafaqat tarix,
balki adabiyot, san’at va falsafada ham keng yoritilgan [9].
Napoleon – tarixiy shaxs bo‘lishiga qaramay, adabiyotda murakkab va ko‘p qirrali
qahramon sifatida ko‘riladi. U tarixiy shaxs sifatida Fransiyaning buyuk sarkardasi va
siyosatchisi, Yevropa tarixida chuqur iz qoldirgan imperator. Ammo uning shaxsiyati va
faoliyati o‘zidan keyingi davrlarda adabiyotda ham keng aks etgan. Napoleon obrazi ko‘p
qirrali va murakkab bo‘lib, u ko‘pincha ijobiy va salbiy jihatlarining uyg‘unligi orqali
tasvirlanadi. Adabiyotda u ba’zan buyuk yetakchi, ba’zan esa ambitsiyalari qurboni bo‘lgan
fojiali shaxs sifatida ko‘riladi [10].
Sharq tarixiy qahramonlari ko‘proq milliy g‘urur va birlik timsoli sifatida
tasvirlangan. G‘arb tarixiy qahramonlari esa murakkab shaxs sifatida, ijobiy va salbiy
fazilatlari bilan yoritiladi.
Qahramonlar obrazlari har bir davrda o‘zgarib borgan, ya’ni vaqt o‘tishi bilan
afsonaviy va tarixiy qahramonlar tasviri evolyutsiyaga uchradi. Bu o‘zgarishlar ijtimoiy,
siyosiy va madaniy omillar bilan bog‘liq. Masalan: sharqda qahramonlar aksar hollarda
xalqning umumiy manfaatlarini ifodalashga yo‘naltirilgan. G‘arbda qahramonlar
individual erkinlik va shaxsiy intilishlarni targ‘ib qiladi.
Zamonaviy adabiyotda qahramonlik tushunchasi ham o‘zgarib, an’anaviy “qudratli
qahramon” o‘rniga, ichki kurashlar va insoniy zaifliklarni yenguvchi obrazlar paydo bo‘ldi.
G‘arb adabiyotida: qahramonlar insoniy zaifliklari va murakkabliklari bilan tasvirlanadi
(masalan, Hemingueyning qahramonlari). Sharq adabiyotida esa, qahramonlar
ma’naviyat, ramziy tasvirlar orqali yangilanmoqda (masalan, O‘zbekiston adabiyotida
yangi davr qahramonlari).
Quyidagi jadval adabiy asarlarni tahlil qilish orqali Sharq va G‘arb adabiyotidagi
afsonaviy va tarixiy qahramonlarning xususiyatlarini tushunishga yordam beradi
(1-jadvalga qarang).
1-jadval
Xususiyatlar
Sharq adabiyoti
G‘arb adabiyoti
Afsonaviy qahramonlar
Jamoaviy axloqiy qadriyatlarni
ifodalash
Individual muvaffaqiyatni
ulug‘lash
Tarixiy qahramonlar
Diniy va milliy qadriyatlar bilan
bog‘liq
Siyosiy erkinlik va jasorat
timsoli
Uslub
Poetika va mifoepika boyligi
Realizm va dramatizm
Sharq va G‘arb adabiyotidagi afsonaviy va tarixiy qahramonlarning obrazlari
madaniy, ijtimoiy va tarixiy taraqqiyotning ifodasi sifatida shakllangan. Sharq
qahramonlari milliy va diniy qadriyatlarni aks ettirsa, G‘arb qahramonlari individualizm
va pragmatizmni ifodalaydi.
XULOSA
G‘arb va Sharq adabiyotlaridagi afsonaviy va tarixiy qahramonlar xalqlarning o‘ziga
xos dunyoqarashi, tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Sharqda qahramonlar ko‘proq
jamoatchilik manfaatini ko‘zlab kurashuvchi yurtparvar sifatida tasvirlangan bo‘lsa,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
157
G‘arbda individualizm va shaxsiy qahramonlik ko‘proq namoyon bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan
qahramonlar tasviri o‘zgarib, ularning insoniy tomonlari ko‘proq yoritila boshladi.
Bugungi kunda har ikki mintaqa adabiyotida qahramonlik tushunchasi yangi talqinlarda
namoyon bo‘lib, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Aliyarovich, A. A. (2023). OʻZBEK XALQ DOSTONLARI KLASSIFIKATSIYASI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(3), 142-145.
2.
Minavvarxon, U., & Muhammadaminovich, M. A. (2024). PAREMIOLOGIK
BIRLIKLARNING TILSHUNOSLIKDA TUTGAN O ‘RNI, MAQSADI, VAZIFALARI. Новости
образования: исследование в XXI веке, 3(26), 165-168.
3.
Мухамедова, С. (2022). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA FANTASTIKA JANRI
XUSUSIYATLARI. In Евразийский перекресток (pp. 58-63).
4.
Navoiy, A. (1991). Saddi Iskandariy. Tola asarlar toplami, 10.
5.
Tojiboyeva, O. (2020). “Iskandarnoma” larning nasriy manbalari xususida. Oltin
bitiglar–Golden Scripts, 4(4).
6.
Tursinbaevish, S. A. (2023). XALQ DOSTONLARINING O’RGATISHNI AMALIY
AHAMIYATI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 26(2), 74-78.
7.
Улугов, А. (2024). Adabiy qahramon obrazi. Узбекистан: язык и культура, 1(1),
4-32.
8.
Shekspir V. Yuliy Sezar. Toshkent: Adabiyot nashriyoti, 1990.
9.
Taylor, L. Joan of Arc in History, Literature, and Film. New York: Routledge, 2013.
10.
Sulaymonova, N., & Yoqubov, I. (2023). FYODOR DOSTOYEVSKIYNING
INTELLEKTUAL ADABIY QAHRAMON YARATISH USLUBI. Philological issues are in the
eyes of young researchers, 1(1).