Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Darwinism and the naturalist current in Linguistics
Hafiza ZAKIROVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
In contemporary science, it has become possible to identify a
child’s aptitude for language learning particularly for multiple
foreign languages and ancient languages based on their genotype
and then further develop these abilities. Currently, this process
is facilitated by the National Personnel Training Program,
through which gifted students are selected to attend specialized
gymnasiums and lyceums focused on language learning. These
institutions employ modern teaching methods to cultivate
students’ linguistic talents.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp217-222
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
genetics,
Darwinism,
evolution,
gene,
genealogical genealogy,
genotype,
molecular genetics,
microbiology,
biotechnology,
genetic engineering,
evolutionary theory,
poleontology,
heredity,
philology,
subjective attitude,
organism,
agglutinative languages,
phlicative languages.
Darvinizm va tilshunoslikda naturalizm oqimi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
genetika,
darvinizm,
evolyutsiya,
gen,
genealogik shajara,
genotip,
Hozirgi zamon fan taraqqiyotida odam genotipiga bog‘`liq
ravishda bolalarning til o‘rganishga, ayniqsa, bir qancha chet
tillarni, qadimgi tillarni o‘rganishga bo‘lgan iste’dodini aniqlash
va uni yanada takomillashtirish mumkin. Hozirgi davrda kadrlar
tayyorlashning milliy dasturidan kelib chiqib xuddi ana shunday
yo‘l tutilmoqda, ya’ni maxsus til o‘rganishga yo‘naltirilgan
1
Associate Professor, Department of Uzbek Linguistics, Andijan State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
218
molekulyar genetika,
mikrobiologiya,
biotexnologiya,
genetik injeneriya,
evolyutsiya nazariyasi,
poleontologiya,
irsiyat,
filologiya,
subyektiv munosabat,
organizm,
agglyutinativ tillar,
fliktiv tillar.
gimnaziya va litseylarga iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinib, ular
zamonaviy metodlar asosida o‘qitilmoqda.
Дарвинизм и течение натурализма в лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
генетика,
дарвинизм,
эволюция,
ген,
генеалогическое древо,
генотип,
молекулярная генетика,
микробиология,
биотехнология,
генная инженерия,
теория эволюции,
полионтология,
наследственность,
филология,
субъективное отношение,
организм,
агглютинативные языки,
фликтивные языки.
Современные научные достижения позволяют, исходя из
генотипа человека, выявлять и развивать способности
детей к изучению языков, особенно нескольких
иностранных и древних. В настоящее время аналогичный
подход
применяется
в
рамках
национальной
образовательной программы: в гимназии и лицеи
отбираются одарённые учащиеся, ориентированные на
изучение языков, которые обучаются по современным
методикам.
Odam irsiyati, irsiy o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganuvchi fanga odam
genetikasi yoki antropogenetika deyiladi. Odamzod Homo sapiens turini tashkil etadi va u
organik odamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining mahsuli
sanaladi. Odamda uning oliy asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar: a) aql, b) idrok,
v) qobiliyat, g) nutq, d) mehnat qilish kabilar shakllanadi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi
juda murakkab bo‘lib, u genetik va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi. [5, 37]
XX asrning 90-yillar oxiriga kelib, to‘rt mingdan ortiq odamning normal va patologik
belgilarining irsiylanishi o‘rganilgan. Yangi tug‘ilayotgan farzandlarning 4,5-5,0% hozirgi
davrda irsiy kasalliklar keltiruvchi genlarga ega bo‘lgan holda dunyoga kelmoqda. Irsiy
kasalliklarni aniqlash uchun genealogik (shajara) metodidan ham foydalaniladi. Bu
metodning mohiyati shundaki, avlodlarning nasl-nasabi haqida ma’lumot to‘plash va tahlil
qilish orqali odamdagi irsiy kasalliklarning sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi. Genealogik
metod yordamida odamlardagi qobiliyat, iste’dod, aql-idrokning nasldan-naslga оʻtishi,
rivojlanishi, bu esa o‘z navbatida irsiy omillarga bog‘liq ekanligi genetika fanida
aniqlangan. [6, 55]
Masalan, tarixda qobiliyatli mashhur kishilar yetishib chiqqan ko‘plab sulolalarni
keltirish mumkin. Jumladan,
temuriylar sulolasi insoniyatga bir qancha buyuk davlat
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
219
arboblarini, sarkardalarni, olimlaru shoirlarni yetkazib bergani ma’lum
. Ular orasida Amir
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro, Gulbadanbegim,
Akbarshoh, Zebiniso kabilar alohida o‘rin tutishgan. Bu o‘rinda odamning genotipiga
bog‘liq bo‘lgan iste’dodning rivojlanishida, ularning buyuk sarkardalar, olimlar, shoirlar,
allomalar darajasiga ko‘tarilishida ijtimoiy muhit va omillarning ahamiyati katta ekanligini
esdan chiqarmaslik kerak.
Hozirgi zamon fan taraqqiyotida odam genotipiga bog‘liq ravishda bolalarning til
o‘rganishga, ayniqsa, bir qancha chet tillarni, qadimgi tillarni o‘rganishga iste’dodini
aniqlash va uni yanada takomillashtirish mumkin. Hozirgi davrda kadrlar tayyorlashning
milliy dasturidan kelib chiqib xuddi ana shunday yo‘l tutilmoqda, ya’ni maxsus til
o‘rganishga yo‘naltirilgan gimnaziya va litseylarga iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinib, ular
zamonaviy metodlar asosida o‘qitilmoqda.
Molekulyar genetika, mikrobiologiya va biokimyo fanlarining rivojlanishi bilan
biotexnologiya fani shakllandi. Bu fan tirik mavjudotlarda (virus, mikroorganizm, o‘simlik
va hayvon hujayralarida) kechayotgan hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar,
bilimlardan foydalanish asosida tirik mavjudotlar va ularning hujayralari ishtirokida
sanoat miqyosida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratadi. Biotexnologiya va
keyinchalik genetik injeneriya sohalarining shakllanishi bilan fanda mutatsion jarayon,
yo‘naltirilgan mutatsiya, transformatsiya, transduksiya, lizogenbakteriya, plaznidlar,
gibrodoma kabi atamalar paydo bo‘ldi. Umuman olganda, irsiy kasallik keltirib chiqaruvchi
turli genlarni qidirib topish, ularni ajratib olib o‘rganish, sog‘lom genlar bilan almashtirish
evaziga irsiy sog‘lom avlod yetishtirish biotexnologiya fanining kelgusi taraqqiyot
istiqbollarini belgilaydi. Bu esa kelgusida nutqi ravon, irsiy jihatdan sog‘lom, ko‘p tillarni
mukammal egallagan kishilar miqdorining ko‘payishi bilan ham aloqadordir.[3, 22]
Fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744-1829) organik dunyoning
evolyutsiya nazariyasini yaratdi. U dastlab “Zoologiyaga kirish”, keyinchalik 1809-yilda
“Zoologiya falsafasi” asarini yaratib, evolyutsiya nazariyasini asosladi. Masalan, u barcha
hayvonlarni 14 sinfga ajratdi, shundan 4 sinf umurtqali hayvonlarga, qolgan 10 sinf esa
umurtqasiz hayvonlarga tegishlidir. Uning nazariyasiga ko‘ra, quyi bosqichdan yuqori
bosqichga ko‘tarila borgan sari hayvonlarning organlar tizimi ham murakkablashib boradi.
XIX asrning birinchi yarmida seleksiyaning fan sifatida shakllanishi, tabiiy fanlarning
rivojlanib borishi, ayniqsa hujayra nazariyasining yaratilishi bilan bog‘liq holda
hayvonlarning turli sinflarga mansub vakillarining embriologiyasi o‘rganildi hamda
hayvonlar embrional rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash
ekanligi aniqlandi. Paleontologiya fani esa o‘sha davrda Yerning ostki qatlamlaridan ustki
qatlamlariga o‘tgan sari qazilma holdagi o‘simlik va hayvonlar, ularning almashinib turishi,
oddiydan murakkabga tomon o‘zgara borishini to‘la isbotladi. Bu esa o‘z navbatida
evolyutsiya nazariyasining asoslanishiga zamin hozirladi. [6, 70]
Fanda evolyutsiya nazariyasining asoschisi sifatida mashhur ingliz olimi Charlz
Darvin (1809-1882) tan olingan. U 1831-yildan “Bigl” kemasining tabiatshunosi sifatida 5
yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ko‘pgina orollarda, Janubiy
Amerikaning sharqi-g‘arbiy qirg‘oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o‘lkalarida bo‘ldi,
u yerdagi hayvonlar, o‘simliklar dunyosiga oid ajoyib kolleksiyalar to‘pladi. Ana shu safar
unga organik olam evolyutsiyasi haqidagi ta’limot yaratish uchun boy dalillar berdi, 1859-
yilda uning “Turlarning paydo bo‘lishi” nomli mashhur asari paydo bo‘ldi. Shuningdek,
olimning “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi” (1868),
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
220
“Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” (1871), “O‘simliklar olamida chetdan va o‘z-
o‘zidan changlanishning ta’siri” (1876) singari qator asarlari ham e’lon qilingan. Bu
asarlarda Ch.Darvin organik olam evolyutsiyasining quyidagi: a) irsiyat, b)
o‘zgaruvchanlik, v) yashash uchun kurash, g) tabiiy tanlanish kabi to‘rt harakatlantiruvchi
kuchini alohida ajratib ko‘rsatadi. “Irsiyat” va “o‘zgaruvchanlik” atamalari bir-biridan farq
qiladi hamda bu atamalar tillar taraqqiyoti va evolyutsiyasi muammosini o‘rganishga ham
ma’lum darajada aloqadordir.
1.Organizmdagi tuzilish va funksiyaning kelgusi naslga berilishi xossasiga irsiyat
deyiladi.
2. Oldingi nasl bilan keyingi nasl orasidagi farq o‘zgaruvchanlik deb yuritiladi.
O‘zgaruvchanlik inson, hayvon va o‘simlik organizmining tashqi va ichki tuzilishida,
bajarishida, xatti-harakatida namoyon bo‘ladi. Genetik jihatdan qarindosh tillar (slavyan
tillari, turkiy tillar, ugor-fin tillari, roman tillari, xom-som tillari kabilar) bir-biriga fonetik,
grammatik jihatdan juda yaqin, lekin farqli tomonlari ham bor. Bundan ko‘rinadiki,
tilshunoslik fani tillar evolyutsiyasi muammosini tadqiq etar ekan, bunda irsiyat va
o‘zgaruvchanlik xossalarining ulkan ta’siri borligini ham inobatga olishi lozim bo‘ladi. [2,
8-10]
Darvinizmning dunyo fanida katta obro‘-e’tibor qozonishi uning boshqa fanlarga
ham ta’sirini kuchaytirdi. Bu ta’limotning ta’sirida tilshunoslikda alohida yo‘nalish -
naturalistik oqim maydonga keldi. Tilga naturalistik yondashuv konsepsiyasi
Germaniyaning Ien universiteti professori Avgust Shleyxerning (1821-1868) “Til haqidagi
fanga Darvin nazariyasining tatbiqi” (1863) va “Insonning tabiiy tarixi uchun turlarining
ahamiyati” (1865) asarlarida yorqin ifodasini topgan. A.Shleyxer tilni “tovushlar
yordamida ifodalangan tafakkur”, “tafakkur jarayonida tovushlar orqali ifodalangan fikr”
deb tushunadi. Uning fikricha, til alohida shaxsga bog‘liq emas. Tilda inson irodasiga
bo‘ysunmaydigan ma’lum qonunlar mavjud. Xuddi shunday qonunlar tabiiy fanlardagina
kuzatiladi. Tilshunoslik obyekti lingvistga bevosita beriladi. U tadqiqotchi
subyektivizmdan xolidir. Ana shunday fikrga tayangan holda, Shleyxer tilshunoslik inson
tabiiy tarixining bir qismini tashkil etadi, degan xulosaga keladi va uni tabiiy fanlar tizimiga
kiritadi. [4, 23]
Bu jihatdan u tilshunoslikni filologiyaga qarama-qarshi qo‘yadi. Uning
ta’kidlashicha, filologiyada insonning subyektiv munosabati o‘z ifodasini topadi.
A.Shleyxer filolog va tilshunos faoliyatini obrazli tushuntirib beradi. Uning fikricha, filolog
bog‘bonga qaraydi. Uning uchun bog‘dagi o‘simliklarning amaliy qimmati, uning go‘zalligi
kabi jihatlari muhimdir. Tilshunos esa xuddi botanikka qaraydi. Botanik o‘simlikning ichki
tomonini, uning ichki tuzilish va rivojlanish qonunlarini o‘rganadi. O‘simlikning estetik va
amaliy qimmati botanik uchun ahamiyatsizdir. Tilshunos ham tilning ichki tuzilishi,
tuzilish birliklarining o‘zaro munosabati va ularning taraqqiyot qonunlarini o‘rganadi.
Tilning estetik tomoni esa filologning o‘rganish obyekti sanaladi. Shunday qilib, u filologiya
bilan tilshunoslikni bir-biridan farqlagan holda, birinchisini ijtimoiy-gumanitar fanlar
tizimiga, ikkinchisini esa tabiiy fanlar tizimiga kiritadi. Shu bilan birga, bu ikki fanning
tutash nuqtasi bor ekanligini, sintaksis ana shunday tutashtiruvchi bo‘g‘in ekanligini
ko‘rsatadi. Buning sababi sifatida, sintaksisda so‘zlovchining subyektiv munosabatlari
ifodasini topishi mumkinligi ko‘rsatiladi. [4, 46]
A. Shleyxer tilni tirik organizm deb e’tirof etadi. 1850-yilda yozgan “Yevropa
tillarining sistematik tadqiqi” asarida u tilni organizmga qaratgan bo‘lsa, oradan 10 yildan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
221
so‘ng “Nemis tili” asarida jonli organizm deb qaradi. Shleyxerning ta’kidlashicha, tilning
hayoti barcha jonli organizmlar – o‘simlik va hayvonlar hayotidan farq qilmaydi, jonli
organizmlar oddiydan murakkab shakllarga qarab rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lsa, til
ham ana shunday rivojlanib boradi. Shleyxer tilni organizm deb e’tirof etganda biologik
ma’noda emas, balki uni inson irodasidan tashqarida uzluksiz rivojlanuvchi struktura
ma’nosida tushunadi. Shu nuqtai nazardan tilni tabiiy organizm (natur organism) sifatida
e’tirof etadi va uni tabiatdagi organizmlarga qiyoslaydi.
A. Shleyxerga Ch. Darvinning turlarning kelib chiqishi va o‘zgarishi haqidagi
nazariyasi qattiq ta’sir qildi. Ana shu ta’sir natijasida “Til haqidagi fanga Darvin
nazariyasining tatbiqi” asari maydonga keldi. Bu asarida u Darvin tomonidan hayvon va
o‘simlik turlari uchun belgilangan qonunlarni tillar organizmiga, umumiy tarzda bo‘lsa
ham, qo‘llash mumkin ekanligini ta’kidlaydi. Olimning ko‘rsatishicha, bir jins turi
tilshunoslikda til, turlar – dialektlar, alohida shaxslar ko‘rinishlari ifodasi esa mahalliy
shevalarga to‘g‘ri keladi. Darvinning turlarning o‘zgarishi haqidagi fikrlarini A. Shleyxer
tillar taraqqiyoti orqali isbotlamoqchi bo‘ladi. Uning fikricha, botaniklar va zoologlar
tomonidan bir jinsning turlari deb qaralgan tabiatshunoslik tushunchalariga qiyosan, asta-
sekin rivojlanish jarayonida kelib chiqqan alohida tillarni bir umumiy tilning farzandlari
sifatida qaraladi.
Hayvonlar va o‘simliklar dunyosining tarixiy taraqqiyot qonunlariga asoslanib,
Shleyxer tilning kelib chiqishi va taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib berishga
harakat qiladi. Xuddi organik olam bir hujayrali organizmlardan rivojlangani kabi
dunyodagi barcha tillar ham hali otlarga ham, fe’llarga ham ajralmagan, turlanish va
tuslanish shakllariga ega bo‘lmagan eng sodda tillardan kelib chiqqanligini bayon qiladi.
Ana shunday fikr asosida, A. Shleyxer dunyodagi turli shaklga ega bo‘lgan barcha tillar bir
umumiy kelib chiqish asosiga ega bo‘lgan, degan xulosaga keladi.
A.Shleyxer biologiya erishgan nutqlardan ilhomlangan holda, biologiya qonunlarini
tilshunoslikka tatbiq etib, tillarning morfologik tasnifini e’lon qildi. U tilni tafakkur
jarayonining tovushlar silsilasi orqali gavdalanishi, deb tushunadi. Til o‘zining ixtiyorida
mavjud bo‘lgan aniq va harakatchan tovushlar orqali tafakkur jarayonining barcha nozik
tomonlarini fotografik aniqlik bilan ifodalab bera oladi, deydi. Bu bilan Shleyxer nutqiy
faoliyatning moddiy asosini ta’kidlaydi.
U til va tafakkur birligini e’tirof etish asosida, ular o‘rtasidagi munosabatni
yoritishga harakat qildi. Shleyxerning fikricha, har qanday fikr material va shakldan iborat.
Material tushuncha va tasavvurni o‘z ichiga oladi. Shakl esa tushuncha va tasavvur
o‘rtasidagi munosabatni vujudga keltiradi. Tushuncha va tasavvur tovush ifodasiga ega
bo‘lib, ma’noni hosil qiladi. U har qanday tilning mohiyati ma’noni qanday ifodalashida
ekanligini ta’kidlaydi. Ma’noning ifodalanishi bilan munosabatning ifodalanishining bir-
biriga nisbatan egallagan holatini Shleyxer shakl deb hisoblaydi.
Ma’no so‘zning o‘zagi orqali, munosabat esa suffikslar orqali ifodalanishini
ko‘rsatadi. Uning fikricha, ma’no bilan munosabat birgalikda so‘zni tashkil etadi. So‘zning
mohiyati ayni paytda butun bir tilning mohiyati uch jihat bilan belgilanadi: tovush, shakl
va vazifa. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar asosida Shleyxer tillarning morfologik tasnifini
tavsiya etdi. Ma’no va munosabatni qanday ifodalanishiga ko‘ra u dunyo tillarini uch turga
ajratadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
222
1.
Faqat ma’no ifodalanadigan tillar. Bunday tillarda so‘zlar kristallni eslatuvchi
qismlarga bo‘linmaydigan barqaror birlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Bir tarkibli (o‘zakdan
iborat) bunday tillarga Xitoy va Birma tillarini kiritadi.
2.
Tovushlar yordamida ma’nodan tashqari munosabat ham ifodalanadigan
tillar. So‘z bunday tillarda qismlarga bo‘linadi, lekin o‘zaro mustahkam bog‘langan birlikni
hosil etmaydi. Bunday tillar agglyutinativ tillar hisoblanadi va ularga turkiy, fin-ugor kabi
tillar kiritiladi. Bu tillardagi so‘zlar o‘simlikni eslatishini ta’kidlaydi.
3.
So‘z ham ma’no, ham munosabatni ifodalab tarkibiy qismlari yaxlitligidan
iborat bo‘ladi va uning jonli organizmga o‘xshashligini ko‘rsatadi. Bunday tillar flektiv
tillarga xosligini va flektiv tillar til qurilishining oliy darajasi ekanligini bayon qiladi.
Tilning yuqoridagi kabi 3 tipga ajratilishi ularning rivojlanish jarayonidagi 3
bosqichni ko‘rsatishini va bu uch bosqich tabiatdagi tabiiy mavjudotlar taraqqiyotidagi:
kristall, o‘simlik, hayvon kabi uch bosqichga muvofiq kelishini ta’kidlaydi. Bu uch bosqich
kurramiz rivojlanishining uch davri hisoblanadi. Shleyxer botanika materiallariga qiziqqan
holda uning rivojlanish bosqichlari bilan tilning rivojlanish bosqichlari o‘rtasida analogiya
topishga harakat qildi. Biologiyada taraqqiyot oddiydan murakkabga qarab bo‘lganidek,
tilda ham agglyutinativ tillar o‘zakli tillarning, flektiv tillar esa agglyutinativ tillarning
rivojlanishidan kelib chiqqan, deb izohlaydi.[1, 56]
A.Shleyxer Darvinning tabiatdagi hayot uchun kurash haqidagi qarashini ham
aynan tilshunoslikka tatbiq etadi. Tabiatda xuddi kuchlilar kuchsizlar ustidan g‘alaba qilib,
yashovchanlik xususiyatiga ega bo‘lganidek, uning fikricha, hozirgi kunda xind-german
tillari (ya’ni flektiv tillar) yashash uchun kurashda g‘alaba qilmoqda va boshqa tillarni siqib
chiqarish hisobiga dunyoni zabt etib bormoqda. A.Shleyxerning bu noto‘g‘ri xulosasi
insoniyat boshiga naqadar og‘ir kulfatlarni yog‘dirgan fashizm nazariyasi uchun ma’lum
darajada nazariy asos bo‘lib xizmat qilgani g‘oyat achinarlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ахманова О.С., Мелчук И.А., Радучева Ж.В., Фрумкина Ж.В. О точных
методах исследования языка. M., 1961.
2.
Валихонов M. Одам маймундан пайдо бўлганми ёки одамдан
маймун//Фан ва турмуш, 1997, 6-son; 1998, 1-son, 8-10-бетлар.
3.
Лаптев Ю. Биологик инженерия. –Тошкент:Меҳнат, 1990.
4.
Лупкевич В.В. Қизиқарли биология. Тошкент, 1967.
5.
To‘raqulov Yo va boshqalar. Umumiy biologiya, 10-11-sinflar uchun, T., 1996.
6.
Тўрақулов Ё. Мoлeкуляр биoлoгия, Тoшкeнт, 1993.