Авторы

  • Мутабархон Бахридинова
    Базовый докторант, Андижанский государственный университет

Биография автора

  • Мутабархон Бахридинова, Базовый докторант, Андижанский государственный университет

           базовоя докторант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67789

Ключевые слова:

аутентичные интернет-ресурсы цифровые средства немецкий язык педагогические технологии экстралингвистические знания

Аннотация

В современном мире стремительное развитие цифровых технологий создает новые условия для деятельности всех участников образовательного процесса, включая преподавателей и студентов. Широко распространенный смешанный формат обучения предполагает использование цифровых образовательных ресурсов для взаимодействия как в аудитории, так и за ее пределами. Аутентичные интернет-ресурсы значительно расширяют возможности преподавателей в организации процесса изучения иностранного языка. В данной статье рассматриваются аспекты интеграции цифровых приложений в процесс преподавания немецкого языка.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Integration of digital applications into German language

teaching

Mutabarkhon BAKHRIDINOVA

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

The rapid development of digital technologies in the modern

world has created new conditions for the activities of all

participants in education – teachers and students. Blended

learning, which is becoming increasingly widespread, involves
interaction between teachers and students both inside and

outside the classroom using digital learning resources. Various

authentic internet resources significantly expand the

possibilities for teachers in organizing the foreign language
teaching process. This article discusses the integration of digital

applications into the process of teaching German.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp379-383

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

authentic internet resources,
digital media,

German language,

pedagogical technologies.

Raqamli ilovalarni nemis tili o‘qitish jarayoniga
integratsiya qilish xususida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

autentik internet manbalari,
raqamli vositalar,

nemis tili,

pedagogik texnologiya,
ekstralingvistik bilimlar.

Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalarning jadal

rivojlanishi ta’limning barcha ishtirokchilari-o‘qituvchilar va

talabalarning faoliyati uchun yangi sharoitlar yaratdi. Keng

tarqalib borayotgan aralash formatdagi ta’lim, pedagoglar va

talabalarning raqamli ta’lim resurslari orqali auditoriya ichida va
tashqarisida o‘zaro aloqada bo‘lishini nazarda tutadi. Turli xil

autentik internet manbalari xorijiy tilni o‘rgatish jarayonini

tashkil qilishda o‘qituvchilarning imkoniyatlarini sezilarli

darajada kengaytiradi. Ushbu maqolada raqamli ilovalarni nemis

tili o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish haqida fikr yuritilgan.

1

Basic Doctoral Student, Andijan State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

380

Интеграция цифровых приложений в процесс

преподавания немецкого языка

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

аутентичные интернет-

ресурсы,

цифровые средства,

немецкий язык,

педагогические

технологии,

экстралингвистические

знания.

В современном мире стремительное развитие цифровых

технологий создает новые условия для деятельности всех

участников

образовательного

процесса,

включая

преподавателей и студентов. Широко распространенный

смешанный формат обучения предполагает использование

цифровых образовательных ресурсов для взаимодействия

как в аудитории, так и за ее пределами. Аутентичные

интернет-ресурсы значительно расширяют возможности

преподавателей в организации процесса изучения

иностранного языка. В данной статье рассматриваются

аспекты интеграции цифровых приложений в процесс

преподавания немецкого языка.

KIRISH

Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi chet tilini

o‘qitish jarayonini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Bugungi kunda raqamli ilovalar nemis tili

ta’limi jarayonida ham o‘ziga xos muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda, talabalarning

o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilmoqda. Chet tilini o‘rganish

jarayonini autentik materiallardan foydalanmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki

O.V.Annenkovaning fikriga ko‘ra, bunday materiallar katta lingvoo‘lkashunoslik

salohiyatga ega bo‘lib, tilni o‘qiyotgan talabalarni tabiiy madaniy muhitga yaqinlashtiradi:

bularga misol qilib musiqa va san’at asarlarini, haqiqiy hayotdagi narsalarni kiritish

mumkin. Bu jarayon raqamli texnologiyalardan foydalanish tufayli amalga oshadi.

Umumiy ma’noda raqamli texnologiyalar “kompyuter va kompyuter tarmoqlaridan

foydalanib (ko‘pincha Internet orqali) ma’lumotlarni elektron shaklda yaratish, saqlash,

qayta ishlash va tarqatish imkonini beruvchi texnologiyalar” sifatida tushuniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zbek olimlaridan U. Karimov, Sh. Qahramonov, G. Shamsiyeva,

E. Matyoqubov,

A. Tajiboyevalar ta’lim jarayonini raqamlashtirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish

uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishgan.

Rus olimlari A. Komissarov, T. Abdullayeva, V. Tixomirov, E. Buxarkina,

N. Nechayev, N. Koriyeva, I.M. Buxarin, O. Vaganova, V. Buzunova, V. Zudaeva, V. Gladkov,

Konovalovalar raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirish va

interaktiv o‘qitish usullarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar olib borgan.

Yevropa olimlaridan N. Würffel, M. Prenzel, D. Laurillard, J. Traxler, Y. Punie, N. Selwyn,

N. Davis, N. Pachler o‘z tadqiqotlarini ta’lim jarayonlarini innovatsion texnologiyalar bilan

rivojlantirish, masofaviy ta’lim va raqamli vositalar yordamida o‘quv jarayonini

takomillashtirishga e’tibor qaratganlar. Bu olimlar va tadqiqotchilar raqamli

texnologiyalarni ta’limga joriy qilish, masofaviy ta’lim platformalarini yaratish, interaktiv

va multimedia vositalarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borishgan. Ularning

tadqiqotlari ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining ahamiyatini yanada oshirishga

qaratilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

381

Oliy ta’lim muassasasi filologik yo‘nalishi talabalarini raqamli ilovalar orqali nemis

tiliga o‘qitishning lingvodidaktik

asoslarini yaratish bo‘lg‘usi mutaxassislarning

informatsiyon computer texnologiyalarini bilish va ularni o‘z faoliyatlarida qo‘llashni

bilishi bilan bog‘liq.

Maqsadga erishish va vazifalarni hal qilish uchun quyidagi tadqiqot

usullari qo‘llaniladi: nazariy tahlil usuli, eksperimental tadqiqot usullari (so‘rovnoma,

suhbatlar, pedagogik eksperimenti),eksperiment natijalarini statistik qayta ishlash

usullari, tadqiqot natijalarining miqdoriy va sifatli tahlili. Raqamli ilovalarni juda ko‘p

turlari keng tarqalgan, shulardan qaysi biri filologik yo‘nalish talabalari bilim va

ko‘nikmalariga mos kelishi, ularda qiziqish uyg‘otishi hamda ularni nemis tilini yanada

chuqurroq, samarali egallasharini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Maqolada filologik

oliygoh talabalarining o‘z mutaxassisliklari doirasidagi nemis tili amaliy darslarida

raqamli ilovalarni qo‘llay olishlari uchun raqamli ilovalarning afzalliklari va ulardan

foydalanish usullari tahlil qilingan.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan talabalar chet tilidagi nutq faoliyatining

barcha turlarini egallashadi, davriy nashrlarni o‘qish, bilim beruvchi va ko‘ngilochar

dasturlarni ko‘rish, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘rganilayotgan til sohiblari bilan

muloqot qilish, onlayn radiostansiyalardagi zamonaviy musiqalarni tinglash, blog

(internetda matn, rasm, audio yoki video shaklida muntazam ravishda yozuvlar

joylashtiriladigan shaxsiy yoki mavzuli veb-sahifa) va vlog( videoga asoslangan blog)larda

chet tilida suhbatlashish, shuningdek, ta’lim platformalarida mustaqil topshiriqlarni

bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu bilan birga, har bir internet resursi didaktik qiymatga ega emasligini ta’kidlash

lozim. O‘qituvchi ularni ichidan ta’lim dasturida nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va

malakalarni rivojlantirishga yordam beradigan, talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari va

yosh xususiyatlarini hisobga oladigan tizimli internet manbalarni lingvodidaktik potensial

nuqtai nazaridan mos keladiganini olishi nazarda tutiladi.

Chet tillarini o‘qitish jarayoniga raqamli ilovalarni joriy qilish yangi ilmiy soha –

kompyuter lingvodidaktikasining mavzusi bo‘lib qoldi[1]. Bu soha chet tillarni o‘qitishda

kompyuterlardan foydalanish va kompyuter ta’lim vositalaridan foydalanish masalalarini

o‘rganadi. Shundan kelib chiqib, chet tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan asosiy axborot

texnologiyalaridan biri multimedia ekanligini yana bir bor ta’kidlaymiz. Jamiyatning ta’lim

sohasidagi ijtimoiy talabi bugungi kunda mutaxassislar uchun informatsiyon computer

texnologiyalarini bilish va ularni o‘z faoliyatlarida qo‘llashni deyarli har qanday kasb egasi

uchun norma sifatida belgiladi. Pedagogik jarayonga yangi axborot texnologiyalarini joriy

etish masalasi esa dolzarb bo‘lib qolmoqda, chunki zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga javob

bera oladigan bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash zarurati yuzaga

kelmoqda.

Multimediaga asoslangan raqamli ilovalar chet tilida fonetik va grammatik

ko‘nikmalarni turli xil materiallar yordamida yanada rivojlanishiga yordam beradi.Ammo

multimedia dasturlari yordamida leksikani o‘rgatishda bunday yondashuv biroz qiyin

bo‘ladi, chunki leksik material turli mezonlar asosida tanlab olinadi va uslubiy nuqtai

nazardan to‘g‘ri tanlashni talab qiladi[3].

Mamlakatimizning ochiq tashqi siyosati tufayli xorijliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri

aloqalar o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ta’limning asosiy maqsadi polikultural til

shaxsini shakllantirish bo‘lib, bu ayniqsa til universitetlarida mutaxassislar tayyorlashda

muhimdir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

382

YouTube kabi videoxostinglar musiqa, badiiy, multfilm va hujjatli filmlarni nemis tili

darslarida autentik material sifatida ishlatish imkonini beradi.

Nemis tilini o‘qitishda raqamli ilovalardan foydalanishga keladigan

bo‘lsak,avvalombor raqamli ilovalarning afzalliklariga to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik
va ularni sanab o‘tamiz:

1. Interaktivlik

: Raqamli ilovalar interaktiv elementlarni o‘z ichiga oladi, bu esa

talabalar uchun o‘qish jarayonini yanada qiziqarli qiladi. Talabalar nemis tilida o‘z
bilimlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘lib, real vaqt rejimida javob olishlari mumkin.

2. Ko‘p qirrali o‘qitish

: Raqamli ilovalar audio, video, matn va grafik ma’lumotlarni

bir joyda taqdim etadi, bu esa talabalarning turli xil o‘rganish uslublariga mos keladi.
Masalan, nemis tildagi video darslar, audio eshittirishlar va interaktiv mashqlar birgalikda
ishlatilishi mumkin.

3.

Moslashuvchanlik

: Talabalar istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘qish

imkoniyatiga ega. Bu, ayniqsa, masofaviy ta’limda muhim ahamiyatga ega.

4. Shaxsga yo‘naltirilganlik

: Raqamli ilovalar talabalarning shaxsiy ehtiyojlari va

qobiliyatlariga mos keladigan o‘qitish dasturlarini taklif qilish imkoniyatini beradi. Bu, o‘z
navbatida, talabalarning nemis tilidagi bilimlarini rivojlantirishiga yordam beradi.

Yuqorida

raqamli ilovalarning o‘ziga xos afzalliklarini ta’kidlagan bo‘lsak, endilikda

raqamli ilovalardan foydalanishning quyidagi usullari bilan tanishamiz:

– Mobil ilovalar:

Mobil telefonlarga mo‘ljallangan ilovalar, masalan, Duolingo,

Babbel, va Memrise, talabalarga qiziqarli o‘yinlar orqali leksik va grammatik
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ilovalar o‘z ichiga o‘z-o‘zini baholash
imkoniyatini ham oladi.

– Onlayn platformalar:

Onlayn platformalar, masalan, Rosetta Stone va Busuu,

talabalarga video darslar, interaktiv mashqlar va o‘zaro aloqalarni taqdim etadi. Ushbu
platformalarda mutaxassislar bilan muloqot qilish va o‘z bilimlarini amalda qo‘llash
imkoniyatlari mavjud.

– Ijtimoiy tarmoqlar:

Ijtimoiy tarmoqlar, masalan, Facebook yoki Instagram,

talabalarga tilni o‘rganayotgan boshqalar bilan bog‘lanish, amaliy mashqlar o‘tkazish va
yangi do‘stlar orttirish imkoniyatini beradi.

– Webinarlar va onlayn darslar:

Onlayn darslar va webinarlar orqali talabalar

o‘zbek va nemis professional o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘lish va o‘z bilimlarini
mustahkamlash imkoniyatiga ega.

XULOSALAR

Maqolamiz mazmunidan kelib chiqqan holda xulosa qilamizki, raqamli ilovalar chet

tilini o‘qitishda muhim vosita sifatida paydo bo‘ldi. Raqamli texnologiyalarni qo‘llagan
holda o‘qitish bosqichlarida asosiy e’tibor o‘qitishni individuallashtirishga qaratiladi, ya’ni
o‘qish tezligi, vaqti va joyiga qarab. Shuningdek, raqamli vositalarni qo‘llash orqali turli xil
axborot formatlarini (matn, video, audio) o‘quv jarayoniga integratsiya qilish imkoniyati
paydo bo‘ladi va talabalar birgalikda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi dolzarb
davrda informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘z sohasida
qo‘llash xar bir soha mutaxassisi uchun standartga aylandi. Raqamli ilovalar talabalarga
interaktiv, shaxsga yo‘naltirilgan va samarali ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

383

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Бузунова Н. А. Актуальность применения интернет-ресурсов при обучении

иностранным языкам / Н. А. Бузунова, В. В. Зудаева Правовестник. 2019. № 6.

2.

Ваганова О. И. Цифровые технологии в образовательном пространстве / О.

И. Ваганова, А. В. Гладков, Е. Ю. Коновалова [и др.] // Балтийский гуманитарный
журнал.2020. № 2 (31)

3.

Лошак Г. П. Роль аутентичных учебных материалов в реализации

компетентностного подхода к обучению иностранным языкам / Г. П. Лошак, И. П.
Савилова // Концепт. 2014. № 58.

4.

ТаджибоваА.Н. Дидактизация аутентичных материалов при обучении

иностранному языку. А.А.Главан.Образование и право. 2019. № 2.

5.

Цифровые технологии (в праве). Большая российская энциклопедия. URL:

https://bigenc.ru/c/tsifrovye tekhnologii-v-prave-a80897 (2023)

6.

The use of digital technologies for the identification of authentic materials in

German. Research article Doroshenko N.S, Paulzen N.S.2024

7.

O.V. Annenkova // Problemy i perspektivy razvitiya obrazovaniya v Rossii

[Problems and Prospects of Education Development in Russia]. 2013. № 24.

Библиографические ссылки

Бузунова Н. А. Актуальность применения интернет-ресурсов при обучении иностранным языкам / Н. А. Бузунова, В. В. Зудаева Правовестник. 2019. № 6.

Ваганова О. И. Цифровые технологии в образовательном пространстве / О. И. Ваганова, А. В. Гладков, Е. Ю. Коновалова [и др.] // Балтийский гуманитарный журнал.2020. № 2 (31)

Лошак Г. П. Роль аутентичных учебных материалов в реализации компетентностного подхода к обучению иностранным языкам / Г. П. Лошак, И. П. Савилова // Концепт. 2014. № 58.

ТаджибоваА.Н.Дидактизация аутентичных материалов при обучении иностранному языку. А.А.Главан.Образование и право. 2019. № 2.

Цифровые технологии (в праве). Большая российская энциклопедия. URL: https://bigenc.ru/c/tsifrovye tekhnologii-v-prave-a80897 (2023)

The use of digital technologies for the didactification of authentic materials in german.Research article Doroshenko N.S, Paulzen N.S.2024

O. V. Annenkova // Problemy i perspektivy razvitiya obrazovaniya v Rossii [Problems and Prospects of Education Development in Russia]. 2013. № 24.