Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Discourse linguistics and its development
Beknozakhon BEKTEMIROVA
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
The concept of discourse encompasses the role of language in
communication, its significance in shaping knowledge, power, and
meaning within society, and the methods employed to analyze it.
The development of discourse theory not only illuminates the
interconnections between language and communication and
reveals their intricate links with social, cultural, and cognitive
processes. This article examines the evolution of the concept of
discourse and the analytical methods applied to it, particularly
Critical Discourse Analysis (CDA) and pragmalinguistic
approaches. While CDA investigates the relationship between
language and power, exploring the social and political dimensions
of discourse, the pragmalinguistic approach emphasizes the
function of language within social contexts and speech acts.
Overall, this article offers a deeper examination of discourse and
provides new insights into its societal role.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
discourse,
сritical discourse analysis,
pragmalinguistics approach.
Diskurs lingvistikasi va uning rivojlanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
diskurs,
matn,
tanqidiy diskurs tahlili,
pragmalingvistik yondashuv.
Diskurs tushunchasi tilning muloqotdagi roli, jamiyatdagi
bilim, kuch va ma’no shakllanishidagi o‘rni va tahlilini o‘z ichiga
oladi. Diskursning rivojlanishi nafaqat til va muloqot, balki
ijtimoiy, madaniy va kognitiv jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini
anglashga yordam beradi. Maqolada diskurs tushunchasining
rivojlanishi va uni tahlil qilishda qo‘llaniladigan usullar, xususan,
Tanqidiy Diskurs Tahlili (TDT) va pragmalingvistik
yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. TDT til va kuch o‘rtasidagi aloqani
tahlil qilib, diskursning ijtimoiy va siyosiy rolini o‘rganadi,
pragmalingvistik yondashuv esa tilning ijtimoiy kontekstdagi
funksiyasini va nutq aktlarini aniqlaydi. Ushbu maqola diskursni
1
PhD student, Fergana State University. Fergana, Uzbekistan. E-mail: beknozabektemirova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
314
yanada chuqurroq tahlil qilish va uning jamiyatdagi o‘rni haqida
yangi tushunchalar hosil qilishda yordam beradi.
Лингвистика дискурса и его развитие
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
дискурс,
текст,
критический
дискурсивный анализ
(КДА),
прагмалигвистический
подход.
Понятие
дискурса
охватывает
роль
языка
в
коммуникации, его место в формировании знаний, власти и
значений в обществе, а также его анализ. Развитие теории
дискурса помогает понять взаимосвязь не только языка и
коммуникации, но и социальных, культурных и
когнитивных процессов. В статье рассматривается
эволюция понятия дискурса и методы его анализа, в
частности, Критический дискурсивный анализ (КДА) и
прагмалигвистический
подход.
КДА
анализирует
взаимосвязь языка и власти, изучая социальную и
политическую
роль дискурса, в то время как
прагмалигвистический подход сосредоточен на функции
языка в социальных контекстах и актах речи. Эта статья
способствует более глубокому анализу дискурса и дает
новые представления о его роли в обществе.
KIRISH
Diskurs tushunchasi tilshunoslikdan tortib falsafa va ijtimoiy fanlar kabi ko‘p
sohalarning diqqat markaziga aylandi. Muloqotning tarkibiy tizimi sifatida ma’lum bo‘lib,
diskurs faqat tilni emas, balki jamiyatda bilim, kuch va ma’nolarni qanday shakllanishi va
ifodalanishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, diskurs ijtimoiy, madaniy va kognitiv
voqeliklarga tilning qanday ta’sir etishi va shakllantirishini o‘rganadi. Taniqli
tadqiqotchilar Mishel Fuko va Emil Benvenist diskursga eng birinchilardan bo‘lib o‘z
hissalarini qo‘shishgan [1, 6]. Diskurs tushunchasi har xil sohalarda turlicha ta’riflanadi.
Ushbu maqola diskurs tushunchasining rivojlanishi va tadqiqotchilar tomonidan
unga berilgan izohlar va diskursning qo‘llanilishini ko‘rib chiqadi. Diskurs rivojlanishini
o‘rganib, biz til, muloqot va ularning ijtimoiy o‘zaro ta’siri haqida chuqurroq tushunchaga
ega bo‘lamiz.
MATERIAL VA TADQIQOT USULLAR
“Diskurs” tushunchasi XX asrning 60–70-yillarida yuzaga kelib, dastlab, falsafa,
antropologiya va tilshunoslikda qo‘llanilgan. Keyinchalik boshqa sohalar ham unga katta
qiziqish ko‘rsata boshlagan va unga olimlar o‘z sohalaridan kelib chiqqan holda ta’riflar
berishgan. Shunga qaramay, ularning barchasi asosiy 3ta tushuncha atrofida aylanadi:
1) “foydalanilayotgan” til 2) “gapdan yuqori til” bo‘lgan tildan foydalanish 3) til muhim rol
o‘ynaydigan ijtimoiy amaliyot shakli [3, b.1].
Ikkinchi ta’rif biroz mulohaza talab bo‘lib, u haqida so‘z borganda, bunda
tilshunoslik tilning nimasini o‘rganishini, masalan, u qanday tuzilgan, qanday qoidalarga
bo‘ysunishini yoddan chiqarmaslik kerak. Xuddi so‘zlardan so‘z birikmalari hosil bo‘lib,
birliklar kattalashib borgan sari, diskurs ham “gapdan yuqori til” bo‘yicha tahlil qilinganda,
bir gapdan ko‘p bo‘lgan matn, nutq kabi tilning tarkibiy shakllarini o‘rganish markaziga
aylanadi. Ammo ayni shu o‘rinda “diskurs” va “matn” tushunchalarini bir-biridan ajratish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
315
qiyinchilikka sabab bo‘ldi. T. Nikolayeva o‘zining “Matn tilshunosligi atamalarining
qisqacha lug‘ati” kitobida diskursga o‘zaro bog‘langan matn; og‘zaki matn shakli; dialog;
bir-biri bilan ma’no jihatdan bog‘langan gaplar guruhi; yozma yoki og‘zaki nutq mahsuloti
deya izohlar bergan [8]. Bu davrda tadqiqotchilar diskurs va matn deyarli bir xil deb
ko‘rishgan va ma’nodosh so‘zlar qatorida foydalanishgan.
Keyinchalik esa “diskurs” va “matn” tushunchalariga bir qator olimlar oydinlik
kiritishdi. Bulardan I. Kasavin diskursni tuziladigan matn sxemasiga tayangan holda
yuzaga kelishi va kontekstual koordinatalari vaziyatidan (xoh madaniy, xoh lingvistik)
kelib chiqqan holda aniqlanishini aytadi [9, b. 53]. V. Demyankov esa “interpretator ko‘z
o‘ngida gavdalangan matn” deya diskursni izohlaydi [7, b. 116].
Lingvistik tahlildan keyingi usul bu “Tanqidiy diskurs tahlili” (TDT)dir. U til, jamiyat
va kuch o‘rtasidagi aloqaga e’tibor qaratadigan tarmoqdir. TDT rivojlanishi uchun Norman
Feyrklafning “Til va kuch” kitobi muhim ahamiyat kasb etgan. Bu kitobida N. Feyrklaf til
nafaqat muloqot vositasi, balki ijtimoiy nazorat ushlanib, kuch qo‘llanadigan mexanizm
ekanligini aytadi [1, b.3]. Bundan tashqari, u
“intertekstuallik”
va
“interdiskursivlik”
tushunchalarini ham kiritdi. Intertekstuallikda matn boshqa matnlar bilan qanday
bog‘lanishini, interdiskursivlikda esa har xil janr va diskurslar matn ichida qanday
munosabatga kirishishini nazarda tutadi [1]. Bu esa diskursning yangi qirralarini kashf
etishga yo‘l ochdi.
TDTga hissa qo‘shgan yana bir olim T.A. van Deyk mental tasvir va ijtimoiy kontekst
diskursni shakllantirishini va diskurs va kuch o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilishda buni
hisobga olish kerakligini ta’kidlaydi. Siyosiy diskurs, media diskurs va irqchilikka tayanib,
elit guruhlar ijtimoiy tarkibni diskurs orqali nazorat qilishini o‘rganadi [5, b.12].
Keyingi usulga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu diskursni pragmalingvistik jihatdan tahlil
qilishdir. Bunda ijtimoiy kontekstda so‘zlovchi qanday lingvistik shakllardan foydalangan
holda o‘z maqsadini amalga oshirishiga e’tibor qaratadi. Ushbu tahlilda nutq aktlarini
muhim rol o‘ynashini J. Searl izlanishlarida takidlab o‘tgan. [4, b16].
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
“Diskurs” tushunchasi ko‘p sohalarning o‘rganilish obyektiga aylangan va uning
ta’riflari ham xilma-xil. Diskurs nafaqat muloqot uchun xizmat ko‘rsatadigan til vositasi
emas, balki ma’no, kuch va bilimni jamiyatda qanday shakllanishi va ifodalanishini
ko‘rsatadigan vosita ekanligiga oydinlik kiritildi.
Tadqiqot davomida “diskurs” va “matn” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar ajratildi.
Dastlab, T. Nikolayeva kabi olimlar bu tushunchalarni bir xil deb hisoblashganiga qaramay,
diskurs ustida olib borilgan izlanishlardan so‘ng uning ijtimoiy va madaniy kontekstga
bog‘liq ekanligini aniqlandi. Bu yondashuv diskursni dinamik, kontekstga aloqador hodisa
sifatida tushunishga yordam berdi.
Shuningdek, Tanqidiy Diskurs Tahlili (TDT)ning rivojlanishi ham muhim ahamiyat
kasb etib, tilning jamiyat va kuch bilan aloqasi borligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Norman
Feyrklaf va Teun A. van Deyk kabi olimlar diskursning jamiyatdagi rolini tahlil qilib, til
nafaqat muloqot vositasi, balki ijtimoiy nazorat va kuchni qo‘llash mexanizmi sifatida ham
ishlatilishini ko‘rsatdilar. Feyrklafning “intertekstuallik” va “interdiskursivlik” kabi
tushunchalari matnlar va diskurslar o‘rtasidagi bog‘lanishni yanada chuqurroq
tushunishga yordam berdi. Diskursni shakllantirishda kognitiv jarayonlar va ijtimoiy
kontekstni hisobga olish zarur, zero aynan bular ta’sirida diskursni tahlil qilish mumkin.
Pragmalingvistik yondashuv ham diskursni tahlil qilishda, ijtimoiy kontekstda
so‘zlovchilarning lingvistik shakllardan foydalanib, o‘z maqsadlarini tanlangan nutq
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
316
aktlari orqali amalga oshirishini o‘rganadi. Shuningdek, ushbu yondashuv tilni ijtimoiy
munosabatlarda boshqarilishini kuzatishga yordam beradi.
XULOSA
Diskurs lingvistikasi ijtimoiy hayotning turli jihatlarini o‘rganish va tahlil qilish
imkonini beradi. U tilning ijtimoiy funktsiyasini, muloqot jarayonida kontekstning rolini va
til orqali kuchni qanday boshqarilishini ochib beradi. Ushbu sohadagi tadqiqotlar
kelajakda diskurs va matnning yanada chuqurroq o‘rganilishini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, diskurs tushunchasi hozirda til, jamiyat va kuch o‘rtasidagi
murakkab munosabatlarni o‘rganishning markaziy elementiga aylandi. TDT va
pragmalingvistik yondashuvlarning integratsiyasi, tilning jamiyatdagi kuch va nazorat
vositasi sifatidagi rolini yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Fairclough, N. (1989).
Language and Power
. Longman.
2.
Michel Foucalt (1969). Archaeology of Knowledge and the Discourse (trans. AM
Sheridan Smith, 1972)
3.
Schiffrin D., Tannen D. and Hamilton H. E. (eds). (2001). The Handbook of
Discourse Analysis. – Oxford: Blackwell Publishers. – 851 p.
4.
Searle, J. R. (1969).
Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language
. Cambridge
University Press. – 203 p.
5.
Van Dijk, T. A. (2008).
Discourse and Power
. Sage Publications. – 308 p.
6.
Бенвенист Э. (1974). О субъективности в языке.
Бенвенист Э. Общая
лингвистика.
– Mосква. – 448 c.
7.
Демьянков В.З. (2003). Интерпретация политического дискурса в СМИ.
Язык
СМИ как объект междисциплинарного исследования: учеб. Пособие,
отв. ред. М.Н.
Володина. – Москва: Изд-во Московского государственного университета им. М.В.
Ломоносова. – С. 116-133.
8.
Николаева, Т. М. (1978). Краткий словарь терминов лингвистики текста. –
Москва: Изд-во «Прогресс», 8. – 480 c.
9.
Касавин И.Т. (2009). Текст. Дискурс. Контекст. Введение в социальную
эпистемологию языка. Замысел книги.
Эпистемология и философия науки
, 19 (1).
С. 53–56.