Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguistic manipulation strategies and tactics in the film
"The Godfather"
Shakhnozakhon TULANBAYEVA
1
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article examines linguistic manipulation in the film "The
Godfather," analyzing speech strategies, manipulation tactics,
and their psychological and cultural impacts. By applying
theoretical foundations such as speech act theory, intercultural
communication, indirect speech acts, covert threats, emotional
appeals, and cultural values, the study reveals how they influence
behavior and reflections. Core methods like inducement
strategies, masking, and negative evaluation are analyzed
through well-known excerpts, uncovering power dynamics and
hidden intentions. By synthesizing ideas from research on
linguistic manipulation, this article presents "The Godfather" as
an example that illustrates the ethical and social complexities of
manipulative communication.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
linguistic manipulation,
speech acts,
manipulative strategies,
disguised threats,
emotional manipulation,
intercultural
communication,
negative evaluation,
propaganda strategies,
indirect speech acts,
power dynamics,
psychological influence,
illogical arguments,
cultural justification,
hidden intentions.
“Cho‘qintirgan ota” filmida lingvistik manipulyatsiya
strategiyalari va taktikalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Til manipulyatsiyasi,
nutqiy aktlar,
manipulyativ strategiyalar,
niqoblangan tahdidlar,
hissiy manipulyatsiya,
Ushbu maqolada “Cho‘qintirgan ota” filmidagi lingvistik
manipulyatsiya
ko‘rib
chiqiladi,
nutq
strategiyalari,
manipulyatsiya taktikasi va ularning psixologik va madaniy
ta’siri tahlil qilinadi. Nutq akti nazariyasi va madaniyatlararo
muloqot, bilvosita nutqiy harakatlar, yashirin tahdidlar, hissiy
chaqiriqlar va madaniy qadriyatlar kabi nazariy asoslardan
1
PhD student, Andijan State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
324
madaniyatlararo
kommunikatsiya,
salbiy baholash,
targ‘ibot strategiyasi,
bilvosita nutq aktlari,
kuch dinamikasi,
psixologik ta’sir,
mantiqsiz dalillar,
madaniy asoslash,
yashirin niyatlar.
foydalanish xatti-harakatlar va in’ikoslarga ta’sir qiladi.
Rag‘batlantirish strategiyasi, niqoblash va salbiy baholash kabi
asosiy usullar mashur parchalar orqali tahlil qilinadi,
kuch dinamikasi va yashirin niyatlar ochib beriladi.
Til manipulyatsiyasi bo‘yicha tadqiqotlarning g‘oyalarini
birlashtirgan holda, ushbu maqola “Cho‘qintirgan ota”
manipulyativ muloqotining axloqiy va ijtimoiy murakkabligini
ko‘rsatadigan misol sifatida taqdim etiladi.
Стратегии и тактики лингвистической манипуляции
в фильме «Крёстный отец»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лингвистическая
манипуляция,
речевые акты,
манипулятивные
стратегии,
замаскированные угрозы,
эмоциональная
манипуляция,
межкультурная
коммуникация,
негативная оценка,
пропагандистские
стратегии,
косвенные речевые акты,
динамика власти,
психологическое
воздействие,
нелогичные доводы,
культурное обоснование,
скрытые намерения.
В данной статье рассматриваются лингвистические
манипуляции в фильме «Крёстный отец», анализируются
речевые стратегии, тактики манипулирования, а также их
психологическое и культурное воздействие. Использование
теоретических основ, таких как теория речевых актов,
межкультурная
коммуникация,
косвенные
речевые
действия, скрытые угрозы, эмоциональные призывы и
культурные
ценности,
влияет
на
поведение
и
интерпретацию.
Основные
методы,
такие
как
поощрительные стратегии, маскировка и негативная
оценка, анализируются на примере известных фрагментов,
раскрывая динамику власти и скрытые намерения.
Объединяя идеи исследований по лингвистической
манипуляции, данная статья демонстрирует «Крёстного
отца» как пример, показывающий этическую и социальную
сложность манипулятивной коммуникации.
KIRISH
Til manipulyatsiyasi uzoq vaqtdan beri fikr, xulq-atvor va hissiyotlarga ta’sir
ko‘rsatishning kuchli vositasi sifatida tan olingan. U tilning nozik va ko‘pincha yashirin
tarzda qo‘llanishini o‘z ichiga olib, maqsadga erishishda tinglovchining tanqidiy fikrlashini
chetlab o‘tishni ko‘zlaydi. Akopovaning ta’rificha, manipulyatsiya “nutq va noverbal
vositalar orqali ta’sir ko‘rsatish bo‘lib, u xulq-atvor, tushuncha va niyatlarni o‘zgartirishga
qaratilgan” [1]. Bu yashirin tabiati, voqelikni noaniqlik orqali buzib ko‘rsatish qobiliyati
bilan birgalikda, manipulyatsiyani lingvistik va madaniy tadqiqotlar uchun jozibador
mavzuga aylantiradi. Kinematografiyada esa manipulyatsiya ko‘pincha kuch dinamikasini
aks ettirish uchun qo‘llanadi. Til bu yerda nazorat o‘rnatish, sadoqatni ta’minlash va
raqiblarni qo‘rqitish vositasiga aylanadi.
Kinematografiya tarixida til manipulyatsiyasining eng yorqin namunalaridan biri
Frensis Ford Koppolaning
“Cho‘qintirgan Ota”
filmi bo‘lib, u Mario Puzoning romaniga
asoslangan. Film hikoyasida Korleone oilasining ochiq va yashirin manipulyativ
strategiyalari mahorat bilan ko‘rsatilgan. Unda dialog, sukunat va madaniy qadriyatlar bir-
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
325
biri bilan uyg‘unlashib, ustunlik va nazoratga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Yashirin tahdidlar va hissiy manipulyatsiyadan tortib, belgilararo munosabatlarda so‘z va
so‘zsiz aloqa yordamida boshqalarga ta’sir ko‘rsatish usullari mohirona yoritiladi.
Trofimovaning
ta’kidlashicha,
manipulyatsiya
“tinglovchining
aql-idrokini chetlab o‘tib, erkin tanlov illyuziyasini yaratadi va shu bilan birga, haqiqiy
alternativalarni yo‘q qiladi” [10].
Ushbu maqola
Cho‘qintirgan ota
filmidagi manipulyatsiya san’atini uchta asosiy
nazariy asosda tahlil qilishni maqsad qiladi: nutq aktlari nazariyasi
,
madaniyatlararo
kommunikatsiya strategiyalari
va
psixologik ta’sir.
Maqolada
yashirish (veiling)
,
salbiy
baho (negative assessment)
va
hissiy murojaatlar (emotional appeals)
kabi manipulyativ
taktikalarni o‘rganish orqali bilvosita nutq aktlari, yashirin tahdidlar va madaniy kutishlar
yordamida qanday qilib yashirin maqsadlarga erishilayotgani ochib beriladi. Masalan, Don
Vito Korleonening mashhur gapi
“I’m gonna make him an offer he can’t refuse”
manipulyatsiyani xushmuomalalik bilan yashirilgan tahdid orqali ifodalashini ko‘rsatadi.
Bunday misollar manipulyatsiyaning ta’sir va majburlash o‘rtasidagi nozik chegarada
qanday faoliyat yuritishini ta’kidlaydi.
Maqolada manipulyatsiya va madaniyatlararo kommunikatsiya bo‘yicha nazariy
ishlardan olingan tushunchalar integratsiya qilinadi. Akopova manipulyatsiyani “tilning
noaniqligidan foydalangan holda illuzion sub’ektiv haqiqatni kengaytirishi” sifatida
ta’kidlaydi [1]. Trofimova esa manipulyatsiyaning asosiy taktikalaridan yashirish
,
selektiv
taqdimot (selective presentation)
va
bilvosita ayblovlar (implicit accusations) kabi
usullarni ajratib ko‘rsatadi [10]. Bundan tashqari, turli olimlar tomonidan yoritilganidek,
shaxslararo munosabatlarda manipulyatsiya o‘z maqsadiga qarab konstruktiv yoki
destruktiv bo‘lishi mumkin [8].
“Cho‘qintirgan ota”
filmi tahlilida ushbu nazariy asoslarni qo‘llash orqali maqola
lingvistik manipulyatsiyaning individual nutq aktlaridan tashqariga chiqib, shaxslararo va
ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini namoyish etadi. Shuningdek,
maqolada manipulyativ kommunikatsiyaning axloqiy va ijtimoiy oqibatlari, ayniqsa kuch
dinamikasi va madaniy qadriyatlarning kesishgan joylarida qanday namoyon bo‘lishi
o‘rganiladi. Ushbu tahlil orqali maqola manipulyatsiyani lingvistik va psixologik hodisa
sifatida chuqurroq tushunishni maqsad qiladi va
Cho‘qintirgan ota
ni boy case study
sifatida ko‘rsatadi.
MATERIALLAR VA METODLAR:
Ushbu tadqiqot uchun asosiy materiallar sifatida Frensis Ford Koppola tomonidan
suratga olingan “Cho‘qintirgan ota” (1972) filmi va Jonsning “The Annotated Godfather:
The Complete Screenplay” (2007) asari tanlandi. Ushbu materiallar muloqotlar, so‘zsiz
ishoralar va ramziy harakatlar orqali namoyon bo‘ladigan lingvistik manipulyatsiyani
tahlil qilish uchun tanlangan. Qo‘shimcha manbalar sifatida lingvistik manipulyatsiya,
nutqiy aktlar nazariyasi, madaniyatlararo kommunikatsiya strategiyalari va psixologik
manipulyatsiya mexanizmlari bo‘yicha nazariy ishlardan foydalanildi.
Tadqiqotda manipulyatsiya strategiyalari va taktikalarini aniqlash va sharhlash
uchun keng qamrovli analitik yondashuv qabul qilindi. Ushbu yondashuv mavjud
nazariyalarga tayanib ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Nutqiy aktlar
nazariyasi (Syerl, 1986), Psixologik manipulyatsiya mexanizmlari (Dotsenko, 1997) va
Madaniyatlararo kommunikatsiya istiqbollari (Trofimova, 2019). Manipulyatsiyani ochib
berish uchun til va kontekstning quyidagi darajalari tizimli ravishda tahlil qilindi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
326
Tadqiqotda Syerlning (1986) nutq aktlari (komissivlar, direktivlar, representativlar,
ekspressivlar va deklarativlar) tasnifiga murojaat qilinib, “Cho‘qintirgan ota” filmidagi
bilvosita muloqot strategiyalari aniqlab chiqildi. E’tibor, xususan, nutq aktlari qanday qilib
niyatni yashirishi va manipulyativ muloqotda ishonchli inkor etish imkonini saqlab
qolishiga qaratildi.
Bu usul filmning lingvistik va tematik manipulyatsiya jihatlarini chuqurroq ochib
berishga xizmat qildi.
Trofimova (2019) nazariyasi asosida manipulyativ strategiyalar quyidagicha
tasniflandi:
Yashirish strategiyasi: Haqiqiy niyatlarni noaniqlik yoki xushmuomalalik orqali
yashirish.
Rag‘batlantirish strategiyasi: Bo‘ysunuvni ta’minlash maqsadida o‘z mavqeini
kuchaytirish.
Salbiy baholash strategiyasi: Raqiblarni yoki ularning pozitsiyalarini bilvosita
zaiflashtirish.
Ma’lumotni buzish strategiyasi: Tanlab olingan yoki tarafkash axborot orqali
manipulyatsiya qilish.
Akopova (2013) tomonidan ajratilgan tuyg‘ular va mantiqqa asoslangan
manipulyatsiya tahlil qilindi. Unda:
Emotsional manipulyatsiya: Aybdorlik, qo‘rquv va uyat kabi emotsional tetiklar
yordamida amalga oshirilishi.
Ratsional manipulyatsiya: Tanlangan faktlar yoki dalillar orqali o‘zaro mantiqiy
ishontirish.
Madaniy me’yorlarning, masalan, oila sadoqati, obro‘-e’tibor va erkaklik kabi
qadriyatlarning manipulyativ strategiyalarni kuchaytirishdagi roli kontekstual tahlil
orqali o‘rganildi. So‘zsiz elementlar, jumladan ramziy vositalar (masalan, otning kesilgan
boshi), madaniy qadriyatlarning manipulyatsiyani qanday mustahkamlashini tushunish
uchun tahlil qilindi.
Tadqiqot uslubi: Ushbu tadqiqotda “Cho‘qintirgan ota” filmidagi lingvistik
manipulyatsiyani o‘rganishda sifat va miqdoriy aralash uslub (qualitative-quantitative
mixed-methods) qo‘llanildi. U quyidagi metodlarni o‘z ichiga oladi:
Epizodlarni tanlash va sharhlash: Manipulyativ strategiyalarni aks ettirishda muhim
bo‘lgan asosiy sahnalar va dialoglar ehtiyotkorlik bilan tanlandi.
Kontekstual tahlil: Tanlangan har bir sahna manipulyatsiyaning vazifasi va ta’sirini
tushunish maqsadida uning narrativ va ijtimoiy-madaniy kontekstida o‘rganildi. Madaniy
qadriyatlar va umumiy tushunchalar (masalan, Sitsiliya sharaf kodekslari) ushbu tahlil
uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Tematik kodlash:
Tadqiqot Trofimova nazariyasiga asoslangan holda
manipulyativ strategiyalarni tizimli ravishda tasniflash uchun tematik kodlash
jarayonidan foydalandi. Sahnalar quyidagi toifalarga kodlandi (masalan, yashirish,
rag‘batlantirish va salbiy baholash) va quyidagi kichik toifalar bo‘yicha chuqurroq tahlil
qilindi: bilvosita ayblovlar, emotsional ekspluatatsiya va tanlangan ma’lumotlar.
Sifatli va miqdoriy yondashuvlarning birikmasi “Cho‘qintirgan ota” filmida lingvistik
manipulyatsiyaning har tomonlama tahlilini ta’minladi. Sifatli usullar manipulyativ
muloqotning boy, kontekstual sharhini taqdim etgan bo‘lsa, miqdoriy tahlil natijalarni
naqsh va tendentsiyalarni aniqlash orqali qo‘llab-quvvatladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
327
Nazariy asoslarning, jumladan nutq aktlari nazariyasi va madaniyatlararo
qarashlarning uyg‘unlashuvi ma’lumotlarni tizimli va qat’iy o‘rganishni ta’minladi.
Ushbu ko‘p o‘lchovli yondashuv orqali tadqiqot manipulyatsiyaning lingvistik,
psixologik va madaniy darajalarda qanday ishlashini ochib berdi hamda uning mantiqiy va
emotsional ta’sir vositasi sifatida ikki tomonlama tabiatini ko‘rsatdi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
“Lingvistik manipulyatsiya” – bu tinglovchining qarashlari, hissiyotlari va xatti-
harakatlariga oshkora qarama-qarshilik keltirmasdan ta’sir ko‘rsatish uchun
qo‘llaniladigan yashirin kommunikativ strategiya sifatida ta’riflanadi. Akopova (2013)
ta’kidlaydi, manipulyatsiya “nutq va og‘zaki bo‘lmagan vositalar orqali insonni maqsadga
yo‘naltirishdir” [1]. Ushbu ta’rifning asosiy nuqtasi shundaki, manipulyatsiya muloqotning
ochiq va aniq shakllaridan farqli ravishda, haqiqiy niyatni yashirgan holda amalga
oshiriladi. Manipulyator noaniqlik, hissiy ekspluatatsiya va bilvosita nutqiy aktlar orqali
tinglovchining tanqidiy fikrlashini chetlab o‘tishga urinadi.
Dotsenko (1997) manipulyatsiyani “tinglovchining haqiqiy istaklariga zid bo‘lgan
yashirin maqsadlarni amalga oshirish” sifatida ta’riflaydi [4]. Trofimova (2019) esa uni
kommunikativ vositalar orqali erkin tanlov illyuziyasini yaratish va shu bilan birga
muqobil variantlarni yo‘qqa chiqarish strategiyasi deb ataydi [10]. Ushbu ta’riflar
lingvistik manipulyatsiyaning inson ongining mudofaa mexanizmlarini aylanib o‘tib,
sub’yektiv haqiqatni yaratish qobiliyatini ta’kidlaydi.
Nutqiy aktlar va manipulyatsiya
Nutqiy aktlar nazariyasi Jon Sirl tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda nutqiy
aktlar besh turga bo‘linadi: “direktivlar”, “kommissivlar”, “assertivlar”, “ekspressivlar” va
“deklarativlar” [9]. Lingvistik manipulyatsiya doirasida aynan “bilvosita nutqiy aktlar”
samarador hisoblanadi, chunki ular so‘zlovchi niyatini ochiq ifoda etmay, yashirin tarzda
yetkazishga imkon beradi. Bunda tinglovchining qarshilik ko‘rsatish ehtimoli kamayadi.
Jonni Fontane, Korleonelar oilasining yaqin do‘sti, Gollivud prodyuseri Jek Volts
tomonidan kino rolidan voz kechadi. Tom Xeygenning dastlabki muloyim muzokaralari
samara bermaydi va Don Korleone hal qiluvchi gap bilan aralashadi.
“
I’m gonna make him an offer he can’t refuse.
”– Don Vito Korleone, The
Godfather (Coppola, 1972).
Ushbu mashhur ibora:
“I’m gonna make him an offer he can’t refuse”
– bilvosita
kommissiv nutqiy akt sifatida
niqoblangan zo‘ravonlik tahdidi
manipulyatsiyasining
yorqin namunasi hisoblanadi. Ushbu ibora tashqi ko‘rinishda saxiy va muloqotga ochiq
taklif sifatida talqin qilinadi. Biroq uning asl ma’nosi ichki tahdidni o‘z ichiga oladi.
Akopova (2013) ta’kidlaganidek, bilvosita aktlar manipulyatorga
ochiq qarama-
qarshilikni oldini olish
bilan birga natijaga erishish imkonini beradi [1].
Shuningdek, Tom Xeygen va Jek Volts o‘rtasidagi suhbat bu strategiyaning amaliy
qo‘llanilishini ko‘rsatadi:
Tom Xeygen, Don Korleonening maslahatchisi sifatida, Jonni Fontanega kino roli
berilishi bo‘yicha Jek Volts bilan muzokara olib boradi. Xeygen suhbatni muloyimlik bilan
boshlaydi, ammo Volts rad javobi berganida, noaniq oqibatlarni eslatib o‘tadi.
“Mr. Woltz, you’re gonna have some union problems. My client could make them
disappear.”
– Tom Hagen, The Godfather (Coppola, 1972).
Bu jumla muloqotning muloyim va professional ohangida aytilgan bo‘lsa-da, ichki
tahdidni yashirgan. Trofimova (2019) bu usulni “niqoblash strategiyasi” deb ataydi, bunda
tahdid xushmuomalalik bilan niqoblanadi va manipulyator obro‘li mavqeini saqlab qoladi
[10].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
328
Quyidagi misollar ham yashirin tahdidni ifodalaydi:
“Maybe your car could take me to the airport. Mr. Corleone insists on hearing
bad news immediately.”
Bu yerda Yashirin tahdid muloyim so‘rov shaklida ifodalanadi. So‘zlovchi bad news
(yomon xabar) kechikishi mumkin emasligini eslatish orqali tinglovchiga bosim
o‘tkazmoqda. Bilvosita direktiv nutqiy akti sifatida, bevosita buyruq berilmasdan,
ko‘rsatma amalga oshishini kutish yaqqol seziladi.
“He never asks a second favor when he’s been refused the first. Understand?”
Xeygen noaniq, bilvosita tahdid orqali rad etish oqibatlarini eslatadi. Bu yerda ochiq
tahdid emas, ammo uning ma’nosi aniq va zo‘ravonlik illyuziyasini yaratadi. Niqoblangan
kommissiv (tahdid) sifatida so‘zlovchi kelajakdagi og‘ir oqibatlar haqida bilvosita va
diplomatik tarzda xabar beradi.
Bu tahlillar film dialoglaridagi manipulyativ taktikalarning murakkabligini
ko‘rsatib, xushmuomalalik va tahdid o‘rtasidagi nozik chegarani ta’kidlaydi. Nutqiy aktlar
orqali manipulyator ochiq qarama-qarshilikni oldini olgan holda o‘z maqsadiga erishishga
intiladi.
Ushbu misollar manipulyatsiyaning ikki tomonlama tabiatini ko‘rsatadi: u nozik va
xushmuomalalik bilan amalga oshirilsa-da, ochiq qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaydi va
shu bilan birga o‘ta samarali ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
“Manipulyatsiya strategiyalari va hissiy ta’sir”
Trofimova (2019) manipulyatsiyaning asosiy strategiyalarini quyidagicha
aniqlaydi:
– “Yashirish strategiyasi (Veiling Strategy)”: Haqiqiy niyatlarni noaniqlik orqali
niqoblash.
– “Rag‘batlantirish strategiyasi (Promotion Strategy)”: Gapiruvchi obro‘-e’tiborini
oshirish orqali itoatkorlikka erishish.
– “Salbiy baho strategiyasi (Negative Assessment)’: Raqiblarni obro‘sizlantirish
orqali nazorat o‘rnatish.
– “Axborotni buzib ko‘rsatish strategiyasi (Distortion Strategy)”: Ma’lumotlarni
tanlab yoki biryoqlama taqdim etish [10].
Filmda ushbu strategiyalar orqali Korleone oilasi “madaniy qadriyatlar” va “hissiy
ekspluatatsiya” ni mahorat bilan uyg‘unlashtiradi.
Don Korleone va Jonni Fontane o‘rtasidagi muloqot ushbu strategiyalarning
kompleks qo‘llanilishiga yorqin misol bo‘la oladi:
“You can act like a man! What’s the matter with you?”
– Don Vito Korleone,
The
Godfather
(Coppola, 1972).
Bu ibora bir qarashda Don Korleonening g‘azabi va hafsalasi pir bo‘lganlik tuyg‘usini
ifodalasa ham, aslida hissiy manipulyatsiyaning aniq shaklidir. Akopovaga ko‘ra, bu
turdagi manipulyatsiya uyat, aybdorlik va madaniy qadriyatlardan foydalanib, insonning
ratsional qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini pasaytiradi [1]. Jonni Fontanening tushkunligi
madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aybdorlik hissi orqali manipulyatsiya qilinadi.
Madaniy kontekst va manipulyatsiya
Filmda oila sadoqati, erkaklik g‘ururi va sharaf kabi qadriyatlar manipulyatsiyaning
asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Don Korleone shaxsiy munosabatlardan
foydalanib, qarzdorlik va sadoqat hissini uyg‘otadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
329
“You spend time with your family. A man who doesn’t spend time with his family
can never be a real man.” –
Don Vito Corleone, The Godfather (Coppola, 1972).
Bu jumla Jonni Fontanening zaif tomonlarini nishonga oladi va madaniy ideal orqali
hissiy bosim o‘tkazadi. Bunday yondashuv Trofimovaning “rag‘batlantirish strategiyasi” bilan
bog‘liq bo‘lib, tinglovchining xatti-harakatini o‘zgartirishga qaratilgan [10].
Shuningdek, Jek Volts va Tom Xeygen o‘rtasidagi muloqot Korleonelarning madaniy
obro‘si manipulyativ ta’sir kuchini oshiruvchi omil ekanligini ko‘rsatadi. Voltsning
Korleonelardan qo‘rquvi ularning mafiyaviy obro‘si bilan mustahkamlangan:
“Johnny Fontane never gets that movie! I don’t care how many guinea Mafia
goombahs come out of the woodwork!”
– Jack Woltz, The Godfather (Coppola, 1972).
Bu dialog Voltsning madaniy kontekstga asoslangan qo‘rquvini oshkor qiladi va
Korleonelarning manipulyativ imkoniyatlarini yanada kuchaytiradi.
Manipulyatsiyaning axloqiy va psixologik oqibatlari
Manipulyatsiya qisqa muddatli nazoratni ta’minlagan holda uzoq muddatda axloqiy
va psixologik oqibatlarga olib keladi. Don Korleonening “yaxshilik” sifatida ko‘rsatilgan
majburiyatlari inson erkinligini cheklaydi:
“Someday, and that day may never come, I’ll call upon you to do a service for
me.”
– Don Vito Corleone,
The Godfather
(Coppola, 1972).
Bu manipulyatsiya Bonasera kabi qahramonlarni qarzdorlik tuyg‘usi bilan bog‘lab
qo‘yadi. Akopova (2013) ta’kidlaganidek, bunday usul insonning erkin tanlovini buzadi va
axloqiy noaniqlik yaratadi [1].
“Maykl Korleonening o‘zgarishi” manipulyatsiyaning psixologik oqibatlarini
ko‘rsatadi:
“It’s not personal, Sonny. It’s strictly business.”
– Maykl Korleone,
The Godfather
(Coppola, 1972).
Bu ibora manipulyatsiya va zo‘ravonlikni mantiqiy oqlash orqali axloqiy
chegaralarni buzadi. Shu tariqa Maykl o‘zini hissiy jihatdan uzoqlashtiradi va yolg‘izlikka
mahkum bo‘ladi.
“Cho‘qintirgan ota” filmida lingvistik manipulyatsiya bilvosita nutqiy aktlar,
madaniy qadriyatlar va hissiy ekspluatatsiya orqali amalga oshiriladi. Don Korleone va
Tom Xeygen kabi qahramonlar manipulyativ strategiyalardan foydalanib ekspluatatsiya
qilishadi. Biroq bu nazorat uzoq muddatda axloqiy va psixologik ziddiyatlar, hissiy
qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Don Korleonening “yaxshiliklari”, Jonni
Fontanening hissiy zaifligi va Mayklning yolg‘izlanishi manipulyatsiyaning ikki tomonlama
tabiatini ochib beradi.
XULOSA
Ushbu maqolada “Cho‘qintirgan ota” filmida manipulyatsiya qanday qilib markaziy
mavzu sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilindi. Unda til, hissiy ekspluatatsiya va madaniy
qadriyatlar nazorat vositasi sifatida qo‘llanganligi ko‘rsatildi. Kalit sahnalar tahlili orqali
aniq bo‘ldiki, filmda manipulyatsiya bilvosita nutq aktlari, yashirin tahdidlar, hissiy bosim
va so‘zsiz ramziy ma’nolar asosida qurilgan.
Don Korleonening mashhur “taklifi” va Tom Hagenning nozik ogohlantirishlari
manipulyatsiyaning noaniqlik va inkorni inkor qilish qobiliyati orqali tanlov illyuziyasini
yaratishi, lekin aslida yashirin oqibatlarni yuklashini ko‘rsatadi. Xuddi shuningdek, hissiy
manipulyatsiya – Don Korleonening Jonni Fontaneni uyat va ayb hissi orqali sharmanda
qilishida ko‘ringanidek – erkaklik va oilaviy sadoqat kabi madaniy qadriyatlarni
ekspluatatsiya qilib, itoatni ta’minlaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
330
Tilga olinmagan so‘zsiz aktlar, masalan, otning kesilgan boshi, tilsiz ramziy tazyiq
orqali hissiy zo‘ravonlikni yetkazadi va madaniy qadriyatlar asosida ruhiy bosimni
kuchaytiradi.
“Cho‘qintirgan ota” filmidagi manipulyatsiyaning madaniy asoslari uning
samaradorligini yanada kuchaytiradi. Sharaf, sadoqat va oilaviy burch kabi umumiy
qadriyatlarning ekspluatatsiyasi insonlarni ko‘rinmas qarzlar bilan bog‘laydi, bu esa
axloqiy va hissiy zanjirlarni hosil qiladi. Shu bilan birga, manipulyatsiyaning psixologik
oqibatlari ham sezilarli darajada kuchlidir. Bonasera va Jonni Fontane kabi manipulyatsiya
qurbonlari ayb va majburiyat hissi bilan yengilgan bo‘lsalar, Maykl Korleone kabi
manipulyatorlar esa o‘zlarining axloqiy yemirilishi va yakkalanishlariga duch keladilar,
chunki ular o‘zlarining noaxloqiy harakatlarini oqlashga urinadilar.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, “Cho‘qintirgan ota” manipulyatsiyaning shunchaki badiiy
uslub emasligini, balki kengroq kuch dinamikasi va insoniy munosabatlarning aks etishini
namoyish etadi. Film badiiylik doirasidan chiqib, haqiqiy hayot kontekstida til, hissiy
ekspluatatsiya va madaniy qadriyatlar yordamida inson xulq-atvorini qanday boshqarish
mumkinligi haqida chuqur tushuncha beradi. Film ko‘rsatib o‘tganidek, manipulyatsiya
yashirin va nozik, ammo hal qiluvchi tarzda ishlaydi: u maqsadga erishish uchun niyatni
yashirgan holda natijalarni shakllantiradi.
““Cho‘qintirgan ota” olamida so‘zlar qurollardan ham xavfliroqdir, chunki ular
qalblarni, onglarni va sadoqatni boshqaradi – hokimiyat esa manipulyatsiya san’atini
mukammal o‘zlashtirganlarning qo‘lida qoladi”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Akopova, A. (2013). Linguistic Manipulation: Definition and Types.
International
Journal of Cognitive Research in Science, Engineering, and Education
.
2.
Babaeva, R. G. (2018). Language Manipulative Means in Speech Communication.
Journal of Philology and Linguistics
.
3.
Coppola, F. F. (Director). (1972).
The Godfather
[Film]. Paramount Pictures.
4.
Доценко Е.Л. (1997).
Психология манипуляции: Феномены, механизмы и
защита
. ЧеРо, Москва.
5.
Иссерс, О.С. (2009).
Коммуникативные стратегии и тактики русской речи
.
Флинта, Наука.
6.
Jones, J. (2007).
The Annotated Godfather: The Complete Screenplay.
Black Dog and
Leventhal Publishers, Inc., New York.
7.
Михалёва О. Л. (2009).
Политический дискурс: Специфика манипулятивного
воздействия
. Либроком, Москва.
8.
Manipulation in Family Relationships. (2021).
Манипуляция: Содержание понятия
и причины возникновения в семейной жизни
. Family and Social Studies Journal.
9.
Серль, Дж. Р. (1986).
Классификация иллокутивных актов
// Новое в
зарубежной лингвистике: Теория речевых актов. – М., Вып. XVII. – С. 170-194.
10.
Trofimova, V. A. (2019). On Some Aspects of Speech Manipulation Through
Intercultural Perspective.
Advances in Social Science, Education, and Humanities Research
.