Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Syntactic aspects of the conceptual semantics of "Humor"
Gulkhumor AKHMEDOVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article examines the syntactic mechanisms and
expressive devices used to convey humor in the Uzbek language.
It also analyzes how humor is manifested in various sentence
structures, ranging from simple and complex sentences to larger
textual units.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
humor,
syntactic means,
humor expressed by a
simple sentence,
humor expressed by a
complex sentence,
humor expressed by text.
“Yumor” konseptual semantikasining sintaktik jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
yumor,
sintaktik vositalar,
sodda sentensema bilan
ifodalangan yumorlar,
qo‘shma sentensema bilan
ifodalangan yumorlar,
tekstema bilan ifodalangan
yumorlar.
Ushbu maqolada o‘zbek tilida hazilning ifodalanishida
sintaktik vositalar hamda birliklarning ifodalanishi haqida fikr
yuritiladi. Shuningdek, yumor konseptining turli xil gaplar:
sodda sentensemа bilаn ifоdаlаngаn yumorlаr, qo‘shma
sentensemа bilаn ifоdаlаngаn yumorlаr, tekstemа bilаn
ifоdаlаngаn yumorlаr bilan kelgan holatda tahlil qilindi.
1
PhD student, Andijan State University. Andijan, Uzbekistan. E-mail: gulhumoroy@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
319
Синтаксические аспекты понятийной семантики
«Юмор»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
юмор,
синтактические средства,
юмор,
выраженный простым
предложением,
юмор,
выраженный сложным
предложением,
юмор,
выраженный текстом.
В данной статье анализируются синтаксические
средства и методы выражения юмора в узбекском языке.
Особое внимание уделяется различным формам юмора:
выраженному через простое предложение, через сложное
предложение и через текст. Исследуется, как разные
синтаксические конструкции способствуют созданию
юмористического эффекта в каждом из этих случаев.
KIRISH
Sintaksis – yunoncha “Sintaksis” so‘zidan olingan bo‘lib, “Tuzish” degan ma’noni
anglatadi. Sintaksis grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, bunda so‘zlarning va gaplarning
o‘zaro aloqasini, so‘z birikmalari va gaplarning turlarini, birikish usullarini o‘rganadi. Bu
jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so‘zlarning tuzilishi,
yasalishi, turlanishi, tuslashishi kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, shu formalarning
dinamikasini, ularning funksiyasini ma’lum bir fikrni ifodalashdagi ro‘lini o‘rganadi.
METODLAR
So‘z birikmalari ham boshqaruvchi, yani bosh so‘zining qanday so‘z turkumi
ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Sintaksisda esa, ergash gaplar bosh gap tarkibidagi ayrim
belgi xususiyatlariga ko‘ra ega, kesim to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga ajratiladi.
Demak, har bir sintaksisning kategoriyasi morfologiya bilan bog‘langan holda tahlil
qilinadi va belgilanadi. Ba’zan esa bu ikki sohani, yani morfologiya va sintaksisni bir-
biridan ajratish ham qiyin bo‘ladi. Masalan: Kelishiklar morfologiyada ham, sintaksisda
ham o‘rganiladi. Ammo morfologiyada, asosan kelishik yolg‘iz formal jihatdan, yani
kelishikning formasi, qanday so‘z turkumiga qo‘shilishi tekshirilsa, sintaksisda esa
kelishikning vazifasi, qanday so‘zlar bilan, bo‘laklar bilan bog‘lanishi o‘rganiladi. Ammo
kelishiklarning vazifasi ham hisobga olinadi. Shuningdek, sintaksis kategoriyalari
morfologik kategoriyalarga teng emas. Misol uchun: Ularning maktabi-chiroyli maktab. Bu
jumladan, morfologik jihatdan to‘rt so‘z, uch xil so‘z turkumi bor. (olmosh, ot va sifat)
Sintaktik jihatdan esa faqat bitta bo‘lak – ega va kesim mavjud xolos.
NATIJALAR
Sоddа sentensemа bilаn ifоdаlаngаn yumorlаr
Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab
beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo‘laklar: ega va kesim tashkil etadi.
Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko‘ra gaplar tuzilish
jihatidan ikki turga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. Bitta grammatik asosiga ega
bo‘lib ma’lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.Masalan:
Men gulni yaxshi ko‘raman.
Ushbu jumlada “men” so‘zi – ega, “yaxshi ko‘raman” esa
kesim vazifasida kelyabdi.
O‘zbek tilida sodda sentensemalar turli hil holatlarni, jumladan, xursandchilik,
kinoya, istehzo, mensimaslik, hurmat qilish, yoqtirish kabilarni ifodalab kelishi mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
320
Masalan:
Nigorahonning kayfiyati ko‘tarildi
. (og‘zaki nutqdan)
Ushbu jumlada “Nigorahon”-ega vazifasida, “ko‘tarildi” so‘zi esa-kesim vazifasida
ifodalanib, ekspressivlikni oshirib beryabdi. Shu bilan birga ushbu so‘zlar orqali biz,
Nigorahonning xursand ekanligini bilib olishimiz.
Yoki ikkinchi misolni ko‘rib chiqsak:
Qaynona: Ovqatingiz hali ham pishmadimi?
Kelin: Hozir qarab kelaman, oyijon!
Ushbu jumlalardagi qaynonaning nutqida
“hali ham”
so‘z birikmasining kesatib
aytilganligi tufayli, qaynonaning keliniga bo‘lgan munosabatini salbiy tusda ekanligini
payqashimiz mumkin
Ingliz tilida ham hazillarni matnning boshi va oxiridan, shuningdek, uning ichki
qismidan iborat bo‘lgan matnlarining ichki tuzilishini o‘rganishdan ko‘rib chiqish mumkin.
Faqatgina bitta gapdan iborat qisqa hajviy matnlarni va ularning maxsus holatlarini
latifalar deb tasniflash mumkin emas. Ingliz hazillari butunligicha tekst holatida ham
uchrab turadi.
Misol uchun,
Don’t steal, don’t lie and don’t cheat. The government hates competition.
(O‘g‘irlik qilmang, yolg‘on gapirmang va aldamang. Hukumat raqobatni yomon
ko‘radi).
Ushbu misolda, matn syujetni o‘z ichiga olgan boshlanishdan iborat bo‘lib, o‘zini
qanday tutmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Agar ikkinchi bayonot haqida gapiradigan bo‘lsak,
“Hukumat
raqobatni
yomon
ko‘radi”
sodda
sentensema
hisoblanib,
u matnning ichki qismini ham, ayni paytda ham oxirini ifodalaydi. Ushbu xulosa matnning
boshlanishini tushuntirish va ayni paytda natijasini o‘z ichiga olganligi asosida amalga
oshirilishi mumkin.
Keling, endi ikkichi misolni tahlil qilsak:
The girl and the boy are talking. (Qiz va o‘g‘il bola gaplashyabdi)
The girl says: (qiz bola so‘zladi)
– You could be an excellent dancer except for two things. (Sen o‘zingda bor bo‘lgan
ikkita narsadan tashqari hisoblasak, zo‘r raqqossan)
The boy asks: (o‘g‘il bola so‘radi)
– And what are they? (Ular nimalar)
The girl answers: (qiz bola javob berdi)
– Your feet. (Sening oyoqlaring)
Ushbu misolda esa, dastlabki ikki gap matnning boshi hisoblanadi, chunki ular
matnda ko‘tarilgan asosiy muammoga, ma’lum javob olish uchun suhbatdoshdan
kutilayotgan asosiy savolga olib keladi. Uchinchi bayonotda keltirilgan kutilgan savolning
o‘zi matnning ichki qismidir, chunki hazil matnining butun ma’nosi unga qurilgan. Va
tugatish sodda sentensema hisoblanib, bu savolga javob bo‘ladi: hazil bilan taqdim etilgan
matnning ma’nosini ochib beradi.
Va nihoyat, uchinchi misolni ko‘rib chiqsak,
What is the longest word in the English language? (Ingliz tilidagi eng uzun so‘z
qaysi?)
– “Smiles”. Because there is a mile between its first and last letters! (“Kulish”
chunki birinchi va ohirgi harflarning orasida “mile” (milya) so‘zi bor.)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
321
Ushbu matn uchta bayonotdan iborat. Ulardan birinchisi matnning boshlanishi
bo‘ladi, chunki u javob olish uchun asosiy savolni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bayonot ichkidir,
chunki u kutilmagan javobni ifodalaydi. Uchinchi gap – hazil matnining oxiri, chunki u
ichki, asosiy qismning ma’nosini ochib beradi hamda sodda sentensema hisoblanadi.
Buning sababi, gapda tgallanganlik-predikativli xususiyati bor.
Qо‘shmа sentensemа bilаn ifоdаlаngаn yumorlаr
Barchamizga ma’lumki, sodda gap bitta kesimlik belgisiga, mazmunan va ohang
tugalligiga ega bo‘lgan gap hisoblansa, qo‘shma gap iki yoki undan ortiq sodda gapning,
o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega
bo‘lgan butunlik hisoblanadi. Buning sababi, gap uchun muhim belgi kesimlikdir.
Kesimning nechtaligi gaplani sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi.
O‘zbek tilida hajviy matnlar orasida yumorga boy qo‘shma gaplar kundalik
hayotimizda, badiiy kitoblarda, gazeta va jurnallarda berilgan latifalarda ko‘plab uchrab
turadi.
Misol uchun,
Kecha dadam do‘stining to‘yiga bordi va qo‘liga to‘yonasini
tutqazmoqchi bo‘lganida, do‘sti “oshna, bu nima qilganing kerak emas dedi-yu,
kissasiga solib qo‘ydi”. (og‘zaki nutqdan)
Ushbu kontekstda berilgan ikkinchi qism qo‘shma gapda berilgan bo‘lib,
oshnasining to‘yonani olmasdan, keyin shartta cho‘ntagiga solib qo‘ygani matnga hajviy
tus beradi.
Yoki ikkinchi misolni ko‘rib chiqsak:
Kecha kelgan mehmon o‘rnidan turdi-yu, uy egasiga mezbonlik qila boshladi
(og‘zaki nutqdan).
Berilgan jumlalardan quyidagi kulgili holatni tushunish mumkin. O‘zbek xalqida
mehmon otangdek ulug‘ deyishadi, ya’ni mehmon kelsa uyimizning to‘g‘risini unga
bo‘shatib hurmat-htirom ko‘rsatishga harakat qilamiz. Lekin hamma mehmon har hil
bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatda mehmonning aqlsizligi sababli, kulgili holatga tushib
qolgani qo‘shma sentensema orqali ifodalangan. Aytishadiku, aqlsiz mehmon mezbonga
mehmonlik qiladi deb.
Endi esa ingliz hazillarining qo‘shma gaplar bilan ifodalangan bir nechta
namunalarini ko‘rib chiqsak.
Birinchi namunamiz,
At the party, one woman said to another, “Aren’t you wearing your wedding ring
on the wrong finger?” The other replied, “Yes, I am, I married the wrong man.”
(Ziyofatda, bir ayol boshqa bir ayolga murojaat qilyabdi, “Siz nega nikoh uzugingizni
no‘to‘gri barmoqqa taqib oldingiz?”. Ikkinchi ayol javob beribdi:” xa shunday, sababi
noto‘g‘ri odamga turmushga chiqganman.”)
Ushbu misolda berilgan ohirgi jumlalar qoshma sentensema hisoblanib, holatga
hajviy tus beradi hamda ekspressivlikni oshiradi.
Ikkinchi namunamiz,
“Haven’t I been telling you for the last hour that I’ll be ready in a minute?” (Sizga ohirgi
soatda bir minut ichida tayyor bo‘laman deb aytmadim-mi?)
Bu jumla ergashgan qo‘shma gap hisoblanib, u ikkita oddiy jumlalardan iborat: “Men
sizga oxirgi soat davomida aytmadimmi”
(“Haven’t I been telling you for the last hour)
va
“bir daqiqada tayyor bo‘laman deb aytmadim-mi?”
(I’ll be ready in a minute?)
Ulardan
birinchisi va ikkinchisi tobe bog‘lovchisi “that” orqali bog‘lanyabdi. Ikkinchi gap ikkinchi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
322
darajali, ikki qismli ergash gapli sabab (I –men olmosh bilan; will be ready- tayyor bo‘ladi
–
predikat,
fe’l
bilan
ifodalangan),
birinchisi
ikki
qismli
bosh
gap
(I – men olmosh bilan ifodalangan, been telling – predikat, fe’l bilan ifodalangan). Ba’zi bir
hajviy matnlarda so‘roq gaplarning ko‘p uchraganini ham ta’kidlamoqchish joiz deb
hisoblaymiz.
Ba’zi qo‘shma gaplar tinish belgilari orqali ham ifodalanib, ularning ishlatilish
holatiga ko‘ra ma’lum bir kontekstda hajviy holatni tasvirlyadi.
Misol uchun,
An English teacher wrote these words on the whiteboard: “woman without her man is
nothing”. The teacher then asked the students to punctuate the words correctly.
The men wrote: “Woman, without her man, is nothing”.
The women wrote: “Woman! Without her, man is nothing”.
(Ingliz tili o‘qituvchisi doskaga quyidagi so‘zlarni yozdi: “Erkaksiz ayol hech narsa
emas”. Keyin o‘qituvchi o‘quvchilardan tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishni so‘radi.
Erkaklar yozishdi: “Ayol, erkaksiz, hech narsa emas”,
Ayollar yozishdi: “Ayol! Usiz, erkak hech narsa emas”.
Bu misol, shuningdek, erkak va ayol mantig‘i o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib beradi:
har bir jins vakili o‘ziga kerakli holatda tanlashdi. (Erkaklar yozgan: Ayol, erkaksiz, hech
narsa emas; Ayollar yozgan: Ayol bo‘lmasa, erkak hech narsa emas!)
Xuddi shunga o‘xshash holatlarni ko‘rishimiz mumkin.
Tekstemа bilаn ifоdаlаngаn yumorlаr.
O‘zbek tilida tekstema bilan ifodalangan yumorlar ko‘plab uchrab turadi. Xalq
og‘zaki ijodining latifa janrida hajviy mantlarga boydir. Tilshunos olim U.Yo‘ldoshev
o‘zining “Hajviy matnlar tarjimasining lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz
tiliga tarjima qilingan o‘zbek xalq latifalari misolida)” nomli dissertatsiya ishida jami 770
taga yaqin yumorga boy o‘zbek xalq latifalarining ingliz tiliga tarjimalarining
lingvostatistik tahlil qilib chiqqan.”
O‘zbek adabiyotida ko‘plab yozuvchilarimiz hajviy hikoyalar, qissalar, asarlar
yozishgan. Shubxasiz, kitobxon sifatida, biz, ushbu asarlarda ko‘plab hajviy
tekstemagalarga (HJ) duch kelamiz. Jumladan, adibimiz O‘.Xoshimovning “Ikki kara ikki
besh” asaridan bir nechta HJlarni lingvistik tahlil qilib chiqamiz.
-E, do‘xtirjon! Qiynab nima qilasiz, odamni! Aytyabman-ku, soppa-sog‘man! Rahmat,
yaxshi davoladinglar. Esingizdami, bannisaga kelgan kunlarim, bir lunjim oqib tushgan
nondek osilib yotuvdi. Og‘iz- yomg‘rida qolgan o‘choq! Qo‘lim bilan to‘g‘rilayman, deb
xarchand urinaman, qani joyiga kelsa, tag‘in qiyshayib qoladi, xumpar! Ko‘zning ham bittasi
katta, bittasi kichkina edi! Mana, hammasi bip-binoyi! Endi, do‘xtirjon, bizga javob
bersangiz… Nima? Yana so‘raysiz-a? Jinoyatchisan, deb tergovchi so‘roq qilsa, jinnisan, deb
do‘xtirlar so‘roq qilsa… Nima qilay, axir? Kimga aytay dodimni!
Ushbu matnda “
Esingizdami, bannisaga kelgan kunlarim, bir lunjim oqib tushgan
nondek osilib yotuvdi. Og‘iz – yomg‘rida qolgan o‘choq!
” jumlalarida metonimiya stilistik
usuli qo‘llangan. Bilamizki, metonimiyaning ko‘rinishlaridan biri-bu qism orqali butun
yoki butun orqali qismga nom ko‘chish holati hisoblanadi. Ushbu HTda muallif
“og‘izni
o‘choqqa”
qiyoslayaganligi tufayli kulguli holat aks etyabdi. Keyingi “
Endi, do‘xtirjon, bizga
javob bersangiz… Nima? Yana so‘raysiz-a? Jinoyatchisan, deb tergovchi so‘roq qilsa, jinnisan,
deb do‘xtirlar so‘roq qilsa… Nima qilay, axir? Kimga aytay dodimni!
jumlalarda
til birliklarini
o‘ta mubolag‘ali qo‘llash kuchli kinoyaviy kulgini hosil qilyabdi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
323
Yana bir misolni ko‘rib chiqsak:
Qishloq joyda hashar desa, hamma yopirilib kelaveradi. “Qayoqqa, nimaga”, deb
surishtirib o‘tirish-nomardlik bo‘ladi. Xullas, hovlimizga tumonat odam to‘plandi. Qarasam,
bashing kiyinib olgan o‘zim tengi bola yong‘oqqa kesak otyapti. Shunaqangi do‘mboq,
shunaqangi dumaloq bolaki, ho‘ppa semiz quyonga o‘xshaydi.
Ushbu hajviy jumlalarda
muallif tomonidan personifikatsiya stilistik usuli qo‘llanilgan bo‘lib, insonni hayvonga
o‘xshatilmoqda.
Inglzi tilida ham HTlar inglizlarning og‘zaki va yozma nutqida ko‘plab uchraydi.
Ayniqsa, ingliz latifalarida (anekdot) kundalik hayotimizdagi turli hil holatlarni yengil
kulgu orqali yoritish uchrab turadi. Jumladan,
After a church service on Sunday Morning, a young boy suddenly announced to his
mother:
– Mom, I have decided to become a minister when I grow up.
– That’s okay with us, but what made you decide?
– “Well”, said the little boy, I have to go to church on Sunday anyway,and figure it will
be more fun to stand up and yell than to sit down and listen.
(Yakshanba kuni ertalab cherkov xizmatidan keyin bola birdan onasiga e’lon qildi:
– Ona, men katta bo‘lganimda vazir bo‘lishga qaror qildim.
– Biz to‘gri tushunamiz, lekin nimaga bunday qaror qildingiz?
– Xo‘sh, – dedi bola, – baribir yakshanba kuni cherkovga borishim kerak va men o‘tirib
tinglashdan ko‘ra, turib baqirish qiziqroq deb o‘yladim.)
Ushbu berilgan tekstemada bolaning fikri va uning kelajagi haqidagi qarorini bir
biriga asliyat ma’nolari zid bo‘lgan til birliklari
“to stand up-to sit down” (turmoq-
o‘tirmoq)
hamda
“yell-listen” (baqirmoq-tinglamoq)
orqali ustalik bilan qiyoslab,
suhbatga hajviy tus beryabdi.
Yana bir misolni tahlil qilib chiqsak:
A little girl had just finished her first week of school.
– “I am wasting my time”, she said to her mother. I can not read, I can not write and
they won’t let me talk! (Qizaloq maktabning birinchi haftasini tugatdi. “Men vaqtimni behuda
o‘tkazyapman”, dedi u onasiga. Men o‘qiy olmayman, yoza olmayman va ular menga
gapirishga ham ruxsat berishmaydi!)
Ushbu HTda kichkina qizchaning maktabdagi holati aks ettirilgan. Ushbu holatda
“I can not write, I can not read and they won’t let me talk”
jumlalari tinglovchining
yuzida beixtiyor samimiy tabassum paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Buning sababi
shundaki, qizcha maktabga aslida yozishni va o‘qishni o‘rgangani boradi. Lekin bu holatda
u o‘quvchi sifatida maktabdagi hali aniq tushunib yetmagani bois ushbu berilgan til
birliklarini ishlatadi hamda onasi bilan suhbatida kulguli holatni uyg‘otadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz o‘rinliki, yumor inson hayotining har bir
jabhasida uchrab turadi. Yumor orqali insonlar o‘rtasida do‘stona hamda beg‘araz kulgi
holat paydo bo‘ladi. Va ushbu holatlarning ifodalanishida tilshunoslikning sintaksis
bo‘limida bir necha yuqorida berilgan misollarni lingvistik tahlil qilish orqali ham bunga
guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
324
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
M.R. Kulimbetova Sintaksis haqida tushuncha/ Международный научный журнал
No5(100), часть1«Научный импульс», No5(100), часть1, Декабрь, 2022 –B.204
2.
https://ppt-online.org/1518420
3.
http://www.anglik.net/britishjokes.htm
4.
Xoshimov O‘. Ikki karra ikki besh, Toshkent, 2020, B-3
5.
https://azenglish.ru/anekdotyi-na-angliyskom-s-perevodom