Авторы

  • Зарифа Ибрагимова
    Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67802

Ключевые слова:

обучение иностранным языкам современные технологии интерактивное обучение мобильные приложения онлайн-платформы эффективность обучения

Аннотация

В данной статье рассматриваются эффективные методы использования современных технологий в обучении иностранным языкам. На сегодняшний день технологии предоставляют уникальные возможности в сфере образования, особенно в изучении иностранных языков. В статье анализируются преимущества и способы применения интерактивных уроков, мобильных приложений, онлайн-платформы, виртуальной реальности и других современных инструментов. Также обсуждаются способы сделать процесс изучения языков более увлекательным и эффективным с помощью технологий.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Effective methods of using modern technologies in teaching

foreign languages

Zarifa IBRAGIMOVA

1

Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article explores the effective methods of using modern

technologies in teaching foreign languages. Today, technologies

provide unparalleled opportunities in the field of education,

particularly in learning foreign languages. The article analyzes
the benefits and implementation methods of using interactive

lessons, mobile applications, online platforms, virtual reality, and

other modern tools. It also discusses ways to make the language

learning process more engaging and efficient with the help of
technology.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp341-344

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

foreign language teaching,
modern technologies,
interactive learning,

mobile applications,

online platforms,
educational effectiveness.

Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishning samarali usullari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

chet tillarni o‘qitish,
zamonaviy texnologiyalar,

interaktiv ta’lim,

mobil ilovalar,

onlayn platformalar,

ta’lim samaradorligi,

ijtimoiy tarmoqlar

Mazkur maqolada chet tillarni o‘qitishda zamonaviy

texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari o‘rganilgan.
Bugungi kunda texnologiyalar ta’lim sohasida beqiyos

imkoniyatlar yaratmoqda, ayniqsa chet tillarni o‘rganishda.

Maqolada

interaktiv

darslar,

mobil

ilovalar,

onlayn platformalar va boshqa zamonaviy vositalardan
foydalanishning afzalliklari va ularni tatbiq etish usullari tahlil

qilinadi. Shuningdek, texnologiyalar yordamida til o‘rganish

jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish yo‘llari haqida fikr-

mulohazalar bildirilgan.

1

Uzbekistan State University of World Languages. E-mail: zarifai922@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

342

Эффективные методы использования современных
технологий в обучении иностранным языкам

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

обучение иностранным
языкам,

современные технологии,

интерактивное обучение,
мобильные приложения,
онлайн-платформы,

эффективность обучения.

В данной статье рассматриваются эффективные методы

использования современных технологий в обучении

иностранным языкам. На сегодняшний день технологии

предоставляют уникальные возможности в сфере

образования, особенно в изучении иностранных языков.
В статье анализируются преимущества и способы
применения

интерактивных

уроков,

мобильных

приложений, онлайн-платформы, виртуальной реальности

и других современных инструментов. Также обсуждаются
способы сделать процесс изучения языков более

увлекательным и эффективным с помощью технологий.


KIRISH

Bugungi globallashuv davrida chet tillarni o‘rganish zaruriyati tobora ortib

bormoqda. Chet tillarni o‘rganish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy imkoniyatlarni
kengaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llash, tilni o‘rganishning samaradorligini oshirishi va jarayonni qulaylashtirishi
mumkin. Ushbu maqolada imkoniyatlar kengroq tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar,
masalan, interaktiv doskalar va proektorlardan foydalanish, darslarni vizual va interaktiv
qilishga imkon beradi. Bunday vositalar yordamida murakkab grammatik mavzularni
tushuntirish osonlashadi, chunki o‘quvchilar vizual materiallarni ko‘rib o‘rganadilar.
Shuningdek, o‘qituvchilar simulatsiyalar va videolarni qo‘llab, o‘quvchilarning diqqatini
qaratishi va o‘zlashtirishni kuchaytirishi mumkin. Duolingo, Memrise, Busuu kabi mobil
ilovalar chet tillarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Ushbu ilovalar foydalanuvchilarga o‘quv
jarayonini har qanday joyda va vaqtda davom ettirish imkoniyatini beradi. Masalan,
Duolingo qisqa, interaktiv darslar bilan foydalanuvchilarga kundalik mashqlarni taqdim
etadi, bu esa til o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi. Ushbu ilovalarning foydasi shundaki,
ular foydalanuvchining muvaffaqiyatlarini kuzatib boradi va unga moslashuvchan o‘quv
rejasi taklif qiladi. Coursera, EdX, Udemy kabi platformalar orqali o‘quvchilar masofadan
turib til o‘rganish imkoniyatiga ega. Bu platformalar faqatgina nazariy bilim bermay, balki
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun interaktiv topshiriqlar va amaliy
mashqlarni ham taqdim etadi. Bundan tashqari, Zoom, Microsoft Teams kabi platformalar
orqali jonli darslar tashkil etish mumkin. Masofaviy o‘qitish imkoniyati chet tillarini
o‘rganishni global darajada yanada ommalashtiradi. Virtual haqiqat (VR) texnologiyalari
o‘quvchilarni haqiqiy muloqot muhitiga jalb etadi. Masalan, o‘quvchilar VR ko‘zoynaklari
yordamida xorijiy mamlakatlarga virtual sayohat qilib, tilni haqiqiy muhitda o‘rganish
imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Qo‘shilgan haqiqat (AR) texnologiyalari esa o‘quvchilarga real
muhitda tilni qo‘llashni o‘rgatadi, masalan, so‘zlarning tarjimasini real ob’yektlar ustida
aks ettirish orqali. Bu texnologiyalar o‘quvchilarni aktivlashtiradi va o‘zlashtirish
darajasini oshiradi. Facebook, Instagram va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar chet tillarni
o‘rganish uchun maxsus guruhlar va kanallarni taklif qiladi. Masalan, Telegramda
grammatik qoidalar, video darslar va ingliz tilida muloqot qilish imkonini beruvchi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

343

guruhlar mavjud. Ushbu platformalar orqali til o‘rganish jarayonini yanada interaktiv
qilish va boshqa o‘quvchilar bilan tajriba almashish mumkin. Shuningdek, Twitter kabi
platformalarda qisqa lekin foydali maslahatlar va yangi so‘zlarni o‘rganish imkoniyati
mavjud. Sun’iy intellekt texnologiyalari til o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Masalan, chat-botlar yordamida o‘quvchilar tilni amaliyotda qo‘llashni mashq qilishlari
mumkin. Shuningdek, Grammarly kabi vositalar yozma matnlarni avtomatik tahlil qilib,
xatolarni tuzatishga yordam beradi. Sun’iy intellekt o‘qituvchilarni yukini yengillashtiradi
va o‘quvchilar uchun shaxsiylashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi. Gamifikatsiya
tamoyillari til o‘rganishda katta ahamiyatga ega. O‘yin elementlarini darslarga kiritish
orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning qiziqishini oshirish mumkin. Masalan, til
o‘rganishga oid viktorinalar va muammolarni hal qilish orqali o‘quvchilar bilimini
mustahkamlaydilar. Lingua Leo kabi platformalar til o‘rganishni o‘yin shaklida tashkil
etadi, bu esa jarayonni yanada qiziqarli qiladi. Videodarslar va podkastlar tilni mustaqil
o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi. YouTube platformasida chet tillarni o‘rganish
uchun maxsus kanallar va materiallar mavjud. Podkastlar esa eshitish qobiliyatini
rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilar ushbu manbalardan foydalanib, o‘z vaqtlarini
samarali rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘plab ilmiy

tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishda
muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv
ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim platformalari va multimedia vositalaridan foydalanish
o‘quvchilar bilim olish jarayonini qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Zamonaviy
adabiyotlarda ta’lim texnologiyalari uch asosiy guruhga bo‘linadi:

1. Multimedia vositalari:

Prezentatsiyalar, videodarsliklar, animatsiyalar. Masalan,

PowerPoint taqdimotlari va YouTube’dagi o‘quv videolaridan foydalanish.

2. Interaktiv vositalar:

Virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, o‘yinlashgan ta’lim

dasturlari. Misol uchun, Duolingo va Quizlet kabi platformalar o‘zlashtirishni oshiradi.

3. Masofaviy ta’lim platformalari:

Moodle, Google Classroom, Zoom kabi tizimlar.

Ushbu platformalar masofaviy darslarni tashkil etishda yordam beradi va talabalar
o‘rtasida muloqotni osonlashtiradi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu vositalardan samarali foydalanish faqat

texnik vositalarni joriy etish bilan emas, balki ularni didaktik jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish
bilan ham bog‘liqdir. Didaktik rejalashtirishga o‘quv dasturlarini moslashtirish, qiziqarli
va dinamik kontent yaratish kiradi. Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish bo‘yicha tadqiqotning metodologik asosi quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi.
Talabalarning texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish darajasini o‘rganish maqsadida
nazorat va eksperimental guruhlar tashkil etiladi. Har ikki guruh uchun bir xil o‘quv
materiali taqdim etiladi, lekin eksperimental guruhda zamonaviy texnologiyalar
qo‘llaniladi. Masalan, nazorat guruhi darslikdan foydalanadi, eksperimental guruh esa
mobil ilovalar orqali o‘rganadi. Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida texnologiyalarni
qo‘llash tajribasi va samaradorligi haqida ma’lumot yig‘iladi va bu ma’lumotlar o‘quv
jarayonida duch kelinadigan muammolarni aniqlashga yordam beradi. Onlayn
so‘rovnomalar va testlar ham talabalarning bilim darajasini baholash uchun foydalaniladi.
Dars davomida o‘quvchilarning ishtirok darajasini kuzatish. Interaktiv darslar davomida
talabalar ishtiroki qayd etiladi. Platformalarning o‘quv jarayoniga ta’sirini tahlil qilish,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

344

masalan, Duolingo orqali mashq bajarish va undan olinadigan foyda o‘rganiladi. Bu tahlil
natijalar texnologiyalarning o‘quvchilarning bilim darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatganini
aniq ko‘rsatadi. Shu bilan birga, grafiklar va diagrammalar natijalarni vizual tarzda taqdim
qilishda yordam beradi. Eksperiment uchun zarur vositalar va metodikani ishlab chiqish
orqali darsliklarni texnologik vositalarga moslashtirish va talabalar bilan mashg‘ulotlarni
o‘tkazish jarayonida texnologik vositalardan foydalanish o‘quv jarayonining ajralmas
qismiga aylantiriladi. Natijalarni yig‘ish va ularni solishtirish bosqichda talabalar bilim
darajasi o‘rtasidagi farq aniq tahlil qilinadi.

Ushbu metodologiya zamonaviy texnologiyalarni chet tillarini o‘qitishda samarali

qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘qitish sifatini
oshirish va talabalar uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

XULOSA

Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash nafaqat o‘quv

jarayonining samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasini ham
kuchaytiradi. Texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini individuallashtirish, til
o‘rganishni qiziqarli va amaliy qilish mumkin. Kelajakda ushbu texnologiyalarni yanada
kengroq joriy etish orqali ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga
erishish mumkin. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’limni har bir
o‘quvchi uchun moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu esa global darajada til o‘rganish
jarayonini yangi bosqichga olib chiqadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.Begmatov, E. O`zbek onomastikasi: bibliografik sharh. Toshkent, 2008.
2.Beletskiy, A. A Leksikologiya va nazariya tilshunoslik: onomastika. Kiev,1989.
3.Reformatorskiy A. A.: Toponimika va transkripsiya. M.: Nauka,1994
4.Superanskaya, A. V. Ismning umumiy nazariyasi M: Nauka,1993
5.Superanskaya, A. V. Terminologiya va onomastikai. Riga, 1993.
6.Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014).

Approaches and Methods in Language

Teaching.

Cambridge University Press.

7.Ellis, R. (2003).

Task-Based Language Learning and Teaching.

Oxford University

Press.

Библиографические ссылки

Begmatov, E. O`zbek onomastikasi: bibliografik sharh. Toshkent, 2008.

Beletskiy, A.A Leksikologiya va nazariya tilshunoslik: onomastika. Kiev,1989.

Reformatorskiy A.A.: Toponimika va transkripsiya. M.: Nauka,1994

Superanskaya, A. V. Ismning umumiy nazariyasi M: Nauka,1993

Superanskaya, A. V. Terminologiya va onomastikai. Riga, 1993.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Ellis, R. (2003). Task-Based Language Learning and Teaching. Oxford University Press.