Авторы

  • Махзуна Сотиболдиева
    Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67805

Ключевые слова:

коммуникативный подход обучение иностранным языкам современные технологии интерактивные методы эффективность

Аннотация

В данной статье анализируются преимущества коммуникативного подхода в обучении иностранным языкам и рассматриваются методы и рекомендации по использованию современных технологий. Особенное внимание уделяется таким инструментам, как ролевые игры, групповые задания и обучение через диалог, а также применению геймификации и интеграции в образовательный процесс. Такой подход способствует реальной готовности студентов к общению и значительно повышает эффективность обучения.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Effective methods and modern technologies for teaching

foreign languages based on the communicative approach

Makhzuna SOTIBOLDIYEVA

1

Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article explores the advantages of the communicative

approach in foreign language teaching, effective methods, and

recommendations for utilizing modern technologies. It highlights

role-playing, group activities, dialogue-based instruction, and
integrating online platforms and gamification elements to

enhance students’ engagement in language learning. This

approach helps prepare learners for real-life communication

while increasing overall educational effectiveness.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp337-340

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

communicative approach,
foreign language teaching,
modern technologies,

interactive methods,
educational effectiveness.

Kommunikativ yondashuv asosida chet tillarni o‘qitishning
samarali usullar va zamonaviy texnologiyalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kommunikativ yondashuv,
chet tillarni o‘qitish,
zamonaviy texnologiyalar,

interaktiv usullar,

ta’lim samaradorligi.

Ushbu maqolada chet tillarni o‘qitishda kommunikativ

yondashuvning afzalliklari, samarali usullari va zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi.

Rolli o‘yinlar, guruhli faoliyat, dialog asosida o‘qitish kabi usullar

hamda onlayn platformalar va gamifikatsiya elementlaridan
foydalanish orqali talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan

qiziqishini oshirish mumkinligi ta’kidlanadi. Ushbu yondashuv

talabalarning real hayotiy muloqotga tayyorlanishini ta’minlaydi

va ta’lim samaradorligini oshiradi.

1

Uzbekistan State University of World Languages. E-mail: mahzunaxonsotiboldiyeva@gmail. com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

338

Эффективные методы и современные технологии
обучения

иностранным

языкам

на

основе

коммуникативного подхода

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

коммуникативный подход,
обучение иностранным

языкам,

современные технологии,
интерактивные методы,
эффективность

В данной статье анализируются преимущества

коммуникативного подхода в обучении иностранным

языкам и рассматриваются методы и рекомендации по

использованию современных технологий. Особенное

внимание уделяется таким инструментам, как ролевые
игры, групповые задания и обучение через диалог,

а также применению геймификации и интеграции в

образовательный процесс. Такой подход способствует

реальной готовности студентов к общению и значительно
повышает эффективность обучения.


KIRISH

Bugungi globallashuv sharoitida chet tillarni bilish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki

jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun ham zarurdir. Chet tillarni o‘qitishda
kommunikativ yondashuvdan foydalanish tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirish
jarayonini tezlashtiradi. Ushbu maqolada kommunikativ yondashuvning afzalliklari,
samarali usullari va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar muhokama
qilinadi. Kommunikativ yondashuv nafaqat grammatikani o‘rganishni, balki tilni real
hayotda muloqot vositasi sifatida qo‘llashni ham ta’minlaydi. Til o‘rganuvchilar tilni amaliy
qo‘llash orqali o‘zlashtiradilar,real hayotiy vaziyatlarni modellashtirish orqali ko‘nikmalar
hosil qiladilar va faol muloqot orqali til kompetentsiyasini rivojlantiradilar.

Rolli o‘yinlar esa talabalarni turli vaziyatlarga joylashtirish orqali ularni tilni

ishlatishga undaydi va guruhda ishlash esa jamoaviy muloqotga o‘rgatadi. Masalan,
talabalar birgalikda muammo hal qilish yoki loyiha ustida ishlashadi, masalan, real hayotiy
muammo taqdim etiladi va uni hal qilish jarayonida tilni qo‘llash talab qilinadi. Bu ularda
mantiqiy fikrlash va muloqot qobiliyatini rivojlantiradi. Ikki yoki undan ortiq talaba
o‘rtasida erkin muloqot tashkil etilib,. dialog mavzulari talabalarning qiziqishlariga
asoslangan holda tanlanadi. Interaktiv taqdimotlar, video darslar va audio resurslar o‘quv
jarayonini jonli va qiziqarli qiladi. Masalan, talabalar ingliz tilida subtitrli film tomosha
qilishi mumkin.

Duolingo, Quizlet kabi mobil ilovalar va Zoom, Google Meet platformalari yordamida

masofaviy ta’lim tashkil etilishi esa talabalarni turli interaktiv mashg‘ulotlarga jalb qilish
imkonini beradi.

VR texnologiyalari orqali talabalar real hayotiy vaziyatlarni sinab ko‘rish

imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, chet elda do‘konda xarid qilishni o‘rganish kabi.
Darslarda o‘yin elementlarini qo‘llash orqali talabalarni rag‘batlantirish va mashqlarni
raqobat asosida bajarish yoki ballar yig‘ish kabi usullar ham samara beradi. Kommunikativ
yondashuv va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirish orqali talabalar chet tillarini
muloqotda faol qo‘llashni o‘rganadilar ,natijada ularning til o‘rganishga bo‘lgan
motivatsiya va ta’lim samaradorligi sezilarli darajada oshadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

339

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘plab ilmiy

tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishda

muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv

ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim platformalari va multimedia vositalaridan foydalanish

o‘quvchilar bilim olish jarayonini qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Zamonaviy

adabiyotlarda ta’lim texnologiyalari uch asosiy guruhga bo‘linadi:

1. Multimedia vositalari: Prezentatsiyalar, videodarsliklar, animatsiyalar. Masalan,

PowerPoint taqdimotlari va YouTube’dagi o‘quv videolaridan foydalanish.

2. Interaktiv vositalar: Virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, o‘yinlashgan ta’lim

dasturlari. Misol uchun, Duolingo va Quizlet kabi platformalar o‘zlashtirishni oshiradi.

3. Masofaviy ta’lim platformalari: Moodle, Google Classroom, Zoom kabi tizimlar.

Ushbu platformalar masofaviy darslarni tashkil etishda yordam beradi va talabalar

o‘rtasida muloqotni osonlashtiradi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu vositalardan samarali foydalanish faqat

texnik vositalarni joriy etish bilan emas, balki ularni didaktik jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish

bilan ham bog‘liqdir. Didaktik rejalashtirishga o‘quv dasturlarini moslashtirish, qiziqarli

va dinamik kontent yaratish kiradi. Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan

foydalanish bo‘yicha tadqiqotning metodologik asosi quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi.

Talabalarning texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish darajasini o‘rganish maqsadida

nazorat va eksperimental guruhlar tashkil etiladi. Har ikki guruh uchun bir xil o‘quv

materiali taqdim etiladi, lekin eksperimental guruhda zamonaviy texnologiyalar

qo‘llaniladi. Masalan, nazorat guruhi darslikdan foydalanadi, eksperimental guruh esa

mobil ilovalar orqali o‘rganadi. Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida texnologiyalarni

qo‘llash tajribasi va samaradorligi haqida ma’lumot yig‘iladi va bu ma’lumotlar o‘quv

jarayonida duch kelinadigan muammolarni aniqlashga yordam beradi. Onlayn

so‘rovnomalar va testlar ham talabalarning bilim darajasini baholash uchun foydalaniladi.

Dars davomida o‘quvchilarning ishtirok darajasini kuzatish. Interaktiv darslar davomida

talabalar ishtiroki qayd etiladi. Platformalarning o‘quv jarayoniga ta’sirini tahlil qilish,

masalan, Duolingo orqali mashq bajarish va undan olinadigan foyda o‘rganiladi. Bu tahlil

natijalar texnologiyalarning o‘quvchilarning bilim darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatganini

aniq ko‘rsatadi. Shu bilan birga, grafiklar va diagrammalar natijalarni vizual tarzda taqdim

qilishda yordam beradi . Eksperiment uchun zarur vositalar va metodikani ishlab chiqish

orqali darsliklarni texnologik vositalarga moslashtirish va talabalar bilan mashg‘ulotlarni

o‘tkazish jarayonida texnologik vositalardan foydalanish o‘quv jarayonining ajralmas

qismiga aylantiriladi. Natijalarni yig‘ish va ularni solishtirish bosqichda talabalar bilim

darajasi o‘rtasidagi farq aniq tahlil qilinadi.

Ushbu metodologiya zamonaviy texnologiyalarni chet tillarini o‘qitishda samarali

qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘qitish sifatini

oshirish va talabalar uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

XULOSA

Kommunikativ yondashuv asosida chet tillarni o‘qitish natijadorligini oshirish

uchun innovatsion usullar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim

ahamiyatga ega. Ushbu metodlar talabalarning real hayotda tilni qo‘llashga tayyorligini

ta’minlaydi va ularni faol muloqotga rag‘batlantiradi. O‘qituvchilar ushbu yondashuvni

o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali yuqori natijalarga erishishlari mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

340

1.

Begmatov, E. O‘zbek onomastikasi: bibliografik sharh. Toshkent, 2008.

2.

Beletskiy, A. A Leksikologiya va nazariya tilshunoslik: onomastika. Kiev,1989.

3.

Reformatorskiy A. A.: Toponimika va transkripsiya. M.: Nauka,1994

4.

Superanskaya, A. V. Ismning umumiy nazariyasi M: Nauka,1993

5.

Superanskaya, A. V. Terminologiya va onomastikai. Riga, 1993.

6.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language

Teaching. Cambridge University Press.

7.

Ellis, R. (2003). Task-Based Language Learning and Teaching. Oxford University

Press.

Библиографические ссылки

Begmatov, E. O`zbek onomastikasi: bibliografik sharh. Toshkent, 2008.

Beletskiy, A.A Leksikologiya va nazariya tilshunoslik : onomastika.

Kiev,1989.

Reformatorskiy A.A.: Toponimika va transkripsiya. M.: Nauka,1994

Superanskaya, A. V. Ismning umumiy nazariyasi M: Nauka,1993

Superanskaya, A. V. Terminologiya va onomastikai. Riga, 1993.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in

Language Teaching. Cambridge University Press.

Ellis, R. (2003). Task-Based Language Learning and Teaching. Oxford

University Press.