Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Factors activating the content of prohibition in speech
(on the example of Uzbek and Japanese languages)
Ozoda ACHILOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
This article examines the factors influencing the occurrence
of prohibition-oriented speech acts in Uzbek and Japanese
communication, as well as the elements that ensure effective
interaction. It provides examples of both direct and indirect
realizations of prohibition, underscoring the role of illocutionary
force in such sentences. Furthermore, the article highlights that
one feature distinguishing prohibitive speech acts from
permissive ones is the relatively rare use of the performative
verb one of the direct means of realizing prohibition in dialogical
speech.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp201-205
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
prohibition,
permission,
direct,
indirect,
implicit,
explicit,
prohibitive,
permissive,
performative verbs.
Nutqda taqiq mazmunini faollashtiruvchi omillar (o‘zbek
va yapon tillari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Taqiq,
ijozat,
bevosita,
bilvosita,
implisit,
eksplisit,
proxibitiv,
permissiv,
performativ fe’llar.
Mazkur maqolada o‘zbek va yapon tillarida taqiq
mazmunidagi nutqiy aktlarning muloqot matnida voqelanishida
tayaniladigan omillar va muloqot samaradorligini ta’minlovchi
unsurlar haqida fikr yuritilgan. Taqiq akti bevosita va bilvosita
sodir bo‘lishi hamda ushbu turdagi jumlalarda illokutiv kuchning
ahamiyati haqida misollar keltirilgan. Shuningdek, proxibitiv
nutqiy aktini bevosita voqelantiruvchi vositalardan biri bo‘lgan
performativ fe’lning dialogik nutqda nisbatan kam uchrashi
permissiv nutqiy aktlaridan tafovutli jihatlardan ekanligi bilan
bog‘liq ayrim fikrlar qayd etilgan.
1
PhD, Associate Professor, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
202
Факторы, активирующие содержание запрета в речи
(на примере узбекского и японского языков)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
запрет,
разрешение,
прямой,
косвенный,
имплицит,
эксплицит,
прохибитив,
пермиссив,
перформативные глаголы.
В данной статье представлено мнение о факторах, на
которые опираются реализации речевых актов в тексте
общения на узбекском и японском языках и элементах,
обеспечивающих эффективность общения. Приводятся
примеры прямых и косвенных глаголов, а также значение
иллокутивной силы в этом типе предложений. Также
имеются некоторые моменты, связанные с тем, что
перформативный глагол, являющийся одним из средств
непосредственной реализации запретительного речевого
акта, сравнительно редко встречается в диалогической
речи, отличающейся от разрешительных речевых актов.
KIRISH
Taqiq akti bevosita va bilvosita sodir bo‘lishi mumkin. Aytish joizki, proxibitiv
nutqiy aktini bevosita voqelantiruvchi vositalardan biri bo‘lgan performativ fe’lning
dialogik nutqda nisbatan kam uchrashi kuzatiladi. Chunki nutqiy vaziyatning bevositaligi
ortiqcha unsurlarning tushirib qoldirilishini taqozo etadi va lisoniy tejamkorlik tamoyiliga
amal qiladi. Taqiqning bu tarzda ifoda topishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri
og‘zaki nutqning favqulodda kechishi, elliptik ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan bog‘liq.
Masalan, quyidagi misollarni qiyoslaymiz:
「もう二度と行くな、
禁止されている。」
Endi qaytib borma, taqiqlangan.
(
星新一
「愛用の時計」
:124b).
「電車に送るといけないので彼は早く発った。」
(
プログレッシブ和英辞典第
3
、
2002) .
Poyezdga kech
qolsa bo‘lamaydi, shuning uchun u erta jo‘nadi.
Birinchi misolda adresatning harakati xavf ostida bo‘lgani bois, uni ushbu xavfdan
qutqarish uchun tuzilmaning undash mazmunini alohida ta’kidlashga ehtiyoj tug‘ilgan va
bunga “
禁止されている
” performativ birikmasi orqali erishilmoqda. Ikkinchi misolda esa
bunday xavf bo‘lmaganligi sababli taqiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday ogohlantirishsiz va
ta’kidsiz ifoda etilmoqda. YAna bir misolni qiyoslaymiz:
お母さん娘へ:「あんまり勝手なことを言うな。」
(
芥川龍之介集
-
東京:筑摩:
215 b) .
Ona qiziga: “Hayolingga kelgan gaplarni aytaverma”.
Ushbu holatda performativ shaklning qo‘llanishi kommunikantlardan birining
mavqei ancha baland ekanligi va u suhbatdoshiga qa’tiy ravishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish
huquqiga egaligi bilan izohlandi. Taqiq nutqiy aktining bevosita ifodalanishida fe’lning
majhul darajasidan foydalanish holatlari ham kuzatiladi. Masalan:
「犬の放し飼いは法律
により禁止されています。」
(
プログレッシブ和英辞典第
3
版電子バージョン
: 2002) .
Itlarni bo‘sh qo‘yilgan holatda boqish qonunda taqiqlangan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
203
Bu yerda majhul darajani ishlatilishi taqiqning jamiyatdagi ma’lum qoidaga
asoslanishi bilan bog‘liq. Ta’kidning kuchsizlanishi esa, taqiqning izohlanishiga asoslanadi.
Harholda, taqiq nutqiy aktining bevosita va t’kidli ifodalanishi eng ko‘p inkor predikati
qo‘llanishida yuzaga keladi:
「人のせいにしないでよ。」
(
赤川次郎
「ふたり」
: 192 b).
Aybni birovga ag‘darma.
Bu holatda “
ないで
(bajarmaslik)” inkor predikativning leksik sinonimi sifatida “
駄
目
(mumkin emas yoki yaxshi emas)” birligi qatnashadi. Ushbu birlik suhbatdoshning
ma’lum bir harakati befoydaligiga urg‘u berish replikasida ko‘p uchraydi:
「運命に逆らっ
ても駄目だ。」
(
プログレッシブ和英辞典第
3
版電子バージョン
: 2002) .
“Taqdirga qarshi chiqish yaxshi emas” yoki “Taqdirga qarshi chiqma”.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Keltirilgan misollarda
「駄目」
(mumkin emas yoki yaxshi emas)
to‘lig‘icha
「ないで」
(bajarmaslik) predikativining muqobili sifatida taqiq prgamatik maqomi
jihatidan konstativ nutqiy aktiga yaqinlashayotgan gaplar tarkibida ham paydo bo‘la oladi.
Qiyoslang:
–
ちょっと見せてくれ、
–
駄目だ。
(
プログレッシブ和英辞典第
3
版電子バージョン
: 2002 b)
–
Ko‘rsatib yuboring
–
Yo‘q, mumkin emas.
Nihoyat, taqiq nutqi akti ifodasining grammatik shakllar haqida gapirayotib, eng
keng tarqalgan vosita buyruq maylining shakli ekanligini unutmasligimiz lozim. Ushbu
ko‘rinishda shakllangan proxibitivlarning soni 40%dan ortadi. Masalan:
「まだ見るなよ
。」
Hali qaramay tur.
「ふたりが必ずしも死んだとは思わないでください。」
(
遠藤周作集
「新潮日本文学」
: 29 b.).
Ikkalasi ham aniq halok bo‘ldi, deb o‘ylamang.
NATIJALAR
Proxibitiv nutqiy aktining yapon tilida bilvosita ifodalanishi qator sotsiopragmatik
omillar bilan bog‘liq. SHu sabab bo‘lsa kerak-ki, uning turli variantlari mavjud. Taqiq
mazmuni, eng avvalo, darak gap shaklidagi tuzilma vositasida voqelanadi (6,5%) va ushbu
tuzilmada predikativ bo‘lak tasdiq mayli ko‘rinishiga ega.
Proxibitiv nutqiy akti odatda bir qator yordamchi harakatlar bilan hamrohlikda
voqelanadi. Bunday harakatlar, masalan, taqiqni kuchaytirish yoki yumshatish vazifasini
bajaradi. Ushbu vazifada ayniqsa, murojaat vositalari faoldir. Murojaat muloqot kontekstida
“nutqiy tuzilmaning illokutiv imkoniyatini oshiradi” Murojaat birligining unga ehtiyoj
bo‘lmagan vaziyatda qo‘llanishi bir tomondan, so‘zlovchining u, xuddi hurmat formulalari
kabi, nutqning ta’sir kuchini oshiradi degan fikri bilan izohlanadi. Bu, ayniqsa, kishilarning
ismi-sharifi yoki shaxsiga urg‘u berilib tilga olinganda ochiq namoyon bo‘ladi. Masalan:
「お
前は出世を望むな。」
(
樋口一葉
「たけくらべ」
: 158 b).
Hoy, sen muvaffaqiyat haqida umid qilma.
Ammo murojaatlar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni turli mezonlar asosida
tavsiflash mumkin. Murojaat shakllari “insonlarning doimiy xususiyatlari bilan bog‘liq
holda turg‘un, vaqtinchalik, o‘zgaruvchan, vaziyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Stilistik
ko‘rsatkichlariga nisbatan ular badiiy, badiiy-og‘zaki, norasmiy, kasbiy, jargonga tegishli
guruhlarga taqsimlanadi” (Bragina 2000: 45-48).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
204
MUHOKAMA
Murojaatlar turlarining qo‘llanish darajasi bir xil emas. Biz to‘plagan misollardan
jami 22%ida murojaat mavjud bo‘lsa, shundan 33%i murojaat ism-sharif ko‘rinishiga ega.
Ko‘pchilik holatlarda murojaat kamsitish mazmuniga ega. Murojaatlarning boshqa
turlarga olmosh ko‘rinishida ega yoki adresatning kasbi, oiladagi maqomi, yoshi, jinsi
kabilar bilan bog‘liq.
Xullas, murojaatning yordamchi harakat sifatida qo‘llanishi proxibitiv nutqiy aktlar
uchun majburiy talab emas. Kamsitish, haqoratomuz mazmunida faollashadigan murojaat
shakllari taqiqni kuchaytirishga xizmat qilsa, ularning hurmat kategoriyasiga tobe holda
qo‘llanish vaziyatlari ham kam emas.
Ma’lumki, direktiv nutqiy aktlari dialogik nutq muhitida boshqa yordamchi
harakatlar bilan ham birikadi va shundaylardan biri taqiqni asoslovchi yoki dalillovchi
harakatdir. Ushbu turdagi nutqiy harakat taqiqni yumshatishi yoki aksincha
qa’tiylashtirish vazifasini bajaradi. Dalillash harakatining dastlabki vazifasi perlokutiv
ta’sirga erishishni ta’minlashdir va bunda asosiy nutqiy harakatning perlokutiv
imkoniyatini kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Taqiqni asoslash uchun ma’lum vaziyat yuzaga kelishi zarur. Binobarin, adresat
so‘zlovchi istayotgan harakatni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lganida bildirilayotgan
mulohaza o‘rinli eshitiladi. Bunda V.I. Karaban qayd etganidek, 1) adresatning ahvoli
buyurilayotgan harakatni bajarishga imkon yaratadi; 2) muloqot vaziyati (zamon, makon,
kommunikantlar munosabati) so‘zlovchiga o‘z istagi amalga oshishiga umid tug‘diradi
(Karabin 1993: 141).
Bundan tashqari, V.I. Karabanning qaydicha, taqiqning asoslanishiga adresatning
ijtimoiy mavqei, uning individual xususiyatlari ham ma’lum darajada sabab tug‘diradi.
Jumladan, biz tahlil qilgan misollarining qariyb 20%ida taqiqni asoslovchi
yordamchi nutqiy harakatlar mavjudligini aniqladik. Ulardan ba’zilari tinglovchining
yuklatilayotgan majburiyatga qarshiligi tufayli yuzaga keladi. Bu, o‘z navbatida,
so‘zlovchining ijtimoiy mavqei unga taqiq huquqini bermasligi bilan bog‘liq. Illokutiv
ta’sirning kuchaytiruvchi vositalari qatoridan turli ko‘rinishdagi intensifikatorlar o‘rin
oladi. Kuchaytirish vazifasini bajaradigan leksik va sintaktik birliklar maxsus so‘zlardan
tashqari, turli ko‘rinishga ham ega va tuzilma tarkibidagi u yoki bu bo‘lakni alohida
ta’kidlash hizmatini o‘taydi. Mazkur turdagi intensifikatorlar taqiq harakatini
faollashtiradi va ular so‘zlovchining o‘zi yoki tinglovchiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Taqiq
nutqiy aktining dialogik muloqot jarayonida tinglovchining javobi muhim omilga aylanadi.
Javob reaksiyasining qanday ko‘rinishda bo‘lishi muloqot samarasini belgilaydi.
Xullas inqirozli vaziyatlar suhbatdoshlar o‘rtasida janjal kelib chiqqani va boshqa
shunga o‘xshash holatlar taqiq nutqiy aktning tuzilishi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday vaziyatlarda proxobitiv tuzilmasi qisqa ko‘rinishga ega bo‘lib, taqiq
lo‘nda va
ta’kidli ohangda ma’lum qilinadi. Buyruq mazmunidagi maqollar jamiyatda kishilar
tomonidan ijobiy qabul qilinadi va ularning nojoʻya xatti – harakatlarini nazorat qilish va
taqdirga boʻysunish, rostgoʻylik kabi turli shaxsiy qadriyatlarni targʻib qilishda asosiy omil
sifatida qaraladi. Ayrim maqollarda suhbatdosh kayfiyatiga ijobiy taʼsir oʻtkazadigan
yumor, ajablanish va mubolagʻa kabi vositalar ham qoʻllanilishi mumkin. Ushbu usul bilan
murojaat qilish orqali soʻzlovchi tinglovchi kayfiyatiga salbiy taʼsir oʻtkazish holatidan
chetlanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
205
XULOSA
Maqollar ogohlantirish va kinoya yoki masxara qilish quroli sifatida ham ishlatiladi.
Shuningdek, baʼzi imperativ maqollar odamlarni dangasalikni toʻxtatishga va hayotga
boʻlgan intilishni oshirish kabi kishi koʻngliga malham boʻlishi bilan birga, kundalik
hayotdagi qiyin vaziyatlar yoki turli ziddiyatlarga duch kelganda kishini sabr – toqatli
boʻlishga undash xususiyatiga ham ega. Maqollar tarkibida ishtirok etadigan bir xil ma’noli
elementlar yapon va o‘zbek xalqining diniy e’tiqodi, madaniy muhiti va tabiatga bo‘lgan
tasavvuri asosida boshqa bir unsur bilan o‘rin almashgan holda tarjima qilinishi mumkin.
Ushbu holat muqobil tarjima jarayonida maqol mazmuniga putir etkazmaydi. Yapon
maqollari tarkibida ishtirok etayotgan ayrim iboralar va jumlalar o‘zbek tilida bir qancha
ekvivalentlar bilan o‘rin almashinishi mumkin. Albatta bunday hollarda so‘zlar yoki
jumlalar so‘zma – so‘z muqobillashtirilmasa – da, maqoldan ishora qilinayotgan holat
butun bir yaxlit xolda muqobillashtirilishi kuzatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Абе Кейко
(
阿部佳子)疑問命令文について:関連性理論の立場から
//
人間
文化研究科年報、
№ 16.
-
奈良女子大学
.
2000
.
2.
Achilova O. F. MULOQOT MATNIDA MAQOLLARNI FAOLLASHTIRUVCHI
OMILLAR (o‘zbek va yapon tili misolida). Til va adabiyot, №. 19. 2024. B-221-223.
3.
Achilova O. F. ИМПЕРАТИВ МАҚОЛЛАРДА МУҚОБИЛ ТАРЖИМА УСУЛЛАРИ.
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2024-10/4. – B.311-313.
4.
Исикава Микико (
石川美紀子
)
「命令に関する試論一語用論的条件と構文的
条件との関係から
ー」
- 2002.
5.
Лутфиллоева Ф. Япон иероглифларини ўқитиш методикаси ва ривожланиш
тенденциялари //Хорижий филология. Тил. Адабиёт. Таълим.–Самарқанд,-2020. –
2020. – Т. 4. – №. 77. – С. 93-100.
6.
Сафаров Ш.С. Лингвистика дискурса. – Челябинск: 2018.
7.
Ҳакимов М. Прагмалингвистик тадқиқотлар тарихи. – Фарғона: ФарДУ,
2020. – 143 б.
8.
プログレッシブ和英辞典第
3
版電子バージョン
: 2002.
9.
遠藤周作集
「新潮日本文学」
: 29 b.
10.
Kholikov, B. (2020). PATRIOTIC EDUCATION IN THE LITERARY PICTURE OF
THE WORLD (ON EXAMPLES DETECTIVE NOVELS). In МИССИЯ КОНФЕРЕНЦИИ
«ФЕНОМЕН ПАТРИОТИЗМА В ТРАНССТРУКТУРНОМ КОММУНИКАЦИОННОМ ПОЛЕ»
(p. 157).
11.
http://www.lex.uz
12.
http://lex/uz/docs/3765586.
13.
https://bilimlar.uz/maqollar
14.
15.
https://maqollar.uz
16.