Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Assessment of school activity and quality of education:
international experiences and trends
Abdimalik IBRAGIMOV
1
, Khurshidabonu OSTONOVA
2
, Ra'no NIYOZOVA
3
National Institute of Pedagogical Skills named after A. Avlony
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article examines the assessment of academic
performance in schools, focusing on the analysis and evaluation
conducted by external evaluators, teachers, and students.
Assessment occurs not only in informal settings but also through
formal processes, encompassing an officially approved education
quality control system with specific procedures and criteria.
These assessment processes range from a centralized national
framework to rules and guidelines developed at the school level.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
education,
school,
class,
teacher,
student,
specialist,
lesson,
quantity,
quality,
knowledge,
assessment,
program.
Maktab faoliyati va ta’lim sifatini baholash: xalqaro
tajribalar va tendensiyalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ta’lim,
maktab,
sinf,
o‘qituvchi,
o‘quvchi,
mutaxassis,
dars,
son,
sifat,
bilim,
baholash,
dastur.
Ushbu maqolada maktab faoliyatini baholash va maktabni
tashqi baholovchilar yoki o‘qituvchilar, o‘quvchilar tomonidan
maktab faoliyatini tahlil qilish tushuniladi. Baholash nafaqat
norasmiy holatda amalga oshiriladi, balki ko‘proq rasmiy
yondashuvga, ta’lim sifatini nazorat qilishning rasmiy
tasdiqlangan tizimiga asoslangan, muayyan tartib va mezonlarga
ega bo‘lishi, markazlashgan milliy baholash tizimidan maktab
darajasida ishlab chiqilgan qoidalargacha bo‘lagan jarayonlarni
o‘z ichiga oladi.
1
PhD, Associate Professor, Head of Department, National Institute of Pedagogical Skills named after A. Avlony.
2
Methodist, National Institute of Pedagogical Skills named after A. Avlony.
3
National Institute of Pedagogical Skills named after A. Avlony.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
482
Оценка
качества
школьной
деятельности
и
образования: международный опыт и тенденции
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
школа,
класс,
учитель,
ученик,
специалист,
урок,
количество,
качество,
знания,
оценка,
программа.
Данная
статья
посвящена
оценке
школьной
деятельности, которая включает анализ и оценивание
работы школы как внешними экспертами, так и самими
учителями и учащимися. Оценка может носить как
неформальный характер, так и основываться на
формализованном подходе, опирающемся на официально
утвержденную систему контроля качества образования. Эта
система включает определенные процедуры и критерии –
от централизованной национальной системы оценки до
регламентов, разработанных на уровне самой школы.
XXI asr boshidan dunyoning barcha mamlakatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar ta’lim tizimini o‘zgartirishni va pedagogik
nazariya va amaliyotidagi muhim islohatlarni talab qildi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining strategik maqsadi innovatsion iqtisodiy
rivojlanish talablariga, jamiyat va har bir fuqaroning zamonaviy ehtiyojlariga javob
beradigan ta’lim xizmatlari sifatini baholash mexanizmlarini shakllantirishdir. Bu borada
ta’lim muassasalarini baholash, ayniqsa, ta’lim xizmatlari sifatini baholash
mexanizmlaridan biri bu davlat, xususiy va xorijiy sherikchilik asosidagi ta’lim
muassasalari sifatini baholash jarayonlaridir.
Xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimlarida maktablar samaradorligini baholashning
eng muhim mexanizmlaridan biri bu tashqi baholash bo‘lib, u odatda mustaqil nodavlat
tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil nodavlat tashkiloti ta’limni boshqarish
organlaridan mustaqilligi, ta’lim siyosatini amalga oshirishni va belgilangan vazifalarni
bajarish natijalarini baholashni ajratishga imkon beradi. Bu ishning haqiqiy holatini
o‘rnatish bilan birga, ob’ektivlikni oshirishga imkon beradi.
Har-xil mulkchilik shaklida va ijtimoiy sharoitlarda faoliyat yuritayotgan
maktablarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarni amalga oshirish, ushbu
dasturlarning bajarilishini va uning natijalarini maktab darajasida monitoring qilish va
baholash ham zarur, ham dolzarb hisoblanadi.
Qabul qilinayotgan dasturlarda belgilangan vazifalarni hududiy xalq tizimi
xodimlari jamoasi bemalol bajara oladi. Masalan, TALIS-18 tadqiqot natijalari asosida
A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-
tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasida 2021-yil ichki tadqiqotlar o‘tqazdi.
Tadqiqotda mamlakatimizning 14 ta hududidagi umumiy ta’lim tashkilotlarida
12446 nafar respondentlardan so‘rovlar olingan bo‘lib, shundan 349 nafari maktab
direktorlari, 1090 nafari direktor o‘rinbosarlari, 10544 nafari o‘qituvchilar va 463 nafari
xalq ta’limi tizimidagi boshqa lavozimlarda ishlovchilardir.
TALIS tadqiqot natijalari respublika xalq ta’limi muassasalaridagi muhitni har
tomonlama tadqiq qilish va baholash imkoniyatini berdi. Bunda, sohadagi mavjud
muammolar va ularni yechimlari bo‘yicha mutaxassislar fikrlari o‘rganildi. Bunda
ekspertlar maktablarning rahbarlari va o‘qituvchilari bo‘ldi, ular bilan loyiha doirasida
maktablardagi qiyin ijtimoiy sharoitlar o‘rganildi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
483
Maktablar faoliyatini tashqi baholashning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Maktablarni baholashda uchta muhim savolga javob bo‘lishi kerak:
1. Maktabda xodimlar juda yaxshi ishlaydimi?
2. Maktabda nimani yaxshilash mumkin?
3. Maktabning tajribasi boshqalar uchun qanday foydali jihatlari bo‘lishi mumkin?
Maktab faoliyatini tashqi baholashning maqsadlari:
– o‘quvchilarning natijalarini yaxshilash uchun maktab faoliyatini mustaqil
baholash;
– ota-onalar, maktab xodimlari, mahalliy jamoatchilik va ta’lim organlari vakillarini
maktab ishining sifati to‘g‘risida xabardor qilish;
– kuchli va zaif tomonlarini aniqlash orqali maktab faoliyatini yaxshilashga hissa
qo‘shish.
Maktab faoliyatini tashqi baholashning mazmuni quyidagicha bo‘lishi kerak:
– maktabning samarali va sifatli ishlash tartibiga o‘tishni amalga oshirish darajasini
baholash;
– maktab va ta’lim natijalarini samaradorligini oshirishni rejalashtirish bo‘yicha
tavsiyalar.
Maktab faoliyatini tashqi baholash asosida ta’lim organlari maktablarni keng
qo‘llab-quvvatlash, zarur maqsadli yordam choralari ko‘rish yoki namunali maktab
tajribasi asosida hududiy dasturlar ishlab chiqish uchun eng yaxshi amaliy namuna sifatida
ko‘rsatish uchun qaror qabul qilishlari mumkin. Shuningdek, o‘tkazilgan tadqiqot
natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning aksariyati (75%) sinfda qoidalarga amal qilish va uni
nazorat qilish qobiliyatiga ishonchlari komil ekanliklarini bildirishdi. O‘quvchilar dars
davomida tushunishda qiyinchiliklarga duch kelsalar, 73% o‘qituvchi yangi mavzuni
o‘qitishning muqobil usulini qo‘llay olishlariga ham ishonadilar. 44% o‘qituvchilar
darslarida o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni rag‘batlantirish (motivatsiya) bilan
shug‘ullanishga, darsga qiziqtirishga undashiga ishonadi (ularning 55% o‘z qobiliyati va
kuchiga shubha bildirsa, 1% bu ishlarga butunlay qodir emasliklarini bildirdilar). Sinfda
to‘polon yoki tartibbuzarlikni boshqarish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildirishgan
(o‘z navbatida 51% va 1%). 51% o‘qituvchilar raqamli texnologiyalardan (kompyuterlar,
planshetlar, elektron doskalar) foydalanib dars o‘tishni qo‘llab-quvvatlashgan yoki
3% ular yordamida o‘quvchilarga dars o‘ta olmasliklarini ta’kidlashgan. Shu sababdan Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablarda
faoliyat yuritayotgan pedagoglarga metodik va amaliy yordam berish zarur.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ta’lim tizimidagi an’anaviy nazorat tartiblari bilan
taqqoslaganda maktab faoliyatini tashqi baholashning asosiy afzalligi shundaki, u
maktablar manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi va ular faoliyatining eng muhim
sohalarida samaraliroq bo‘lishiga yordam beradi.
Maktabning asosiy jarayonlari uchun aniq sifat standartlarini o‘rnatish, maktabning
eng kuchli tomonlarini va takomillashtirishni talab qiladigan sohalarni aniqlash orqali
erishiladi, tavsiyalar shakllantiriladi va baholash natijalari maktab xodimlari bilan
muhokama qilinadi. Baholash (o‘z-o‘zini tekshirish) paytida maktabning o‘zi tomonidan
aniqlangan muammo va kamchiliklarga qaratiladi. Ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlari
hisobga olinadi.
Demak, maktab faoliyatini tashqi baholash jarayonlarni xolisroq tahlil qilishga,
ularga tashqaridan qarashga imkon beradi. Ammo, uni O‘zbekiston sharoitida qanday
tashkil qilish mumkin, bu yerda maktabda nazoratchilar yoki “baholovchilar”ning har
qanday ko‘rinishi salbiy qabul qilinishi mumkinmi?
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
484
Shuni ta’kidlash kerakki, maktab faoliyatini tashqi baholash maktab tomonidan
ishlab chiqilgan samarali tizimga o‘tish rejasida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq amalga
oshiriladi va mutaxassislar ushbu vositalardan (anketalar, shakl, shablonlari va boshqalar)
yaxshi foydalanishlari mumkin.
Maktablarni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlarining har bir sikli oxirida (lekin
yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda) maktab muhitini baholashni o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. Yuqori tashqi reytinga erishgan muvaffaqiyatli maktablar kelajakda kamroq,
muammolari bo‘lgan maktablar esa tez-tez tashqi baholanishi mumkin. Maktab faoliyatini
tashqi baholash natijalariga ko‘ra, baholash jamoasi mutaxassislar bilan birgalikda
maktabga yuboriladigan va mahalliy ta’lim organlariga taqdim etiladigan hisobot
tayyorlaydi. Maktab bundan o‘zining yillik hisobotida foydalanishi mumkin. Maktab
muhitini baholash paytida aniqlangan eng samarali tajriba barcha maktablar uchun
mavjud bo‘lgan eng zamonaviy maktab amaliyotlari zaxirasiga kiritiladi.
Albatta, yuqori sifatli maktab faoliyatini tashqi baholashni o‘tkazish uchun
mutaxassislar shunga muvofiq o‘qitilishi kerak. Buning uchun baholash tartiblarida
ishtirok etishdan oldin boshqaruv guruhlari mashg‘ulotlardan o‘tishlari, baholashda eng
yaxshi ishtirok etadigan maktablarga tashrif buyurishlari kerak bo‘ladi. Ushbu tashriflarda
maktablarning kundalik amaliyot ishiga kirishish, maktablarning boshqaruv guruhi bilan
ishlash, darslarga qatnashish, o‘qituvchilar va xodimlar bilan suhbatlashish, umumiy
muammolarni muhokama qilish va hakozo...
Maktab faoliyatini tashqi baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini tekshirish, ta’lim
natijalarini yaxshilash uchun kalit bo‘lgan maktab faoliyatining (maktab jarayonlari)
jihatlariga qaratilgan:
1. O‘quvchilarning o‘quv natijalari. O‘quvchilarning eng zaif guruhlari erishgan
yutuqlarga va turli guruhlarning yutuqlari orasidagi bo‘shliqlarni kamaytirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
O‘quvchilarning bilim qobiliyatini rivojlantirish, ehtimol, bu dunyodagi eng qiyin
o‘quv maqsadlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchilardan boshqa metodlarga nisbatan fan sohasi
bo‘yicha eng yuqori darajada bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu o‘qitish usullarini
eslatish chastotasi sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning nisbati va o‘qituvchining ish tajribasi
bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bundan tashqari, ayol o‘qituvchilar bunday usullardan
ko‘proq foydalanadilar.
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchilarning kundalik pedagogik amaliyotiga “tanqidiy
fikrlash”, “ijodiy fikrlash” atamalari tobora ko‘proq kiritilmoqda, biroq o‘quvchilarning
tanqidiy yoki ijodiy tafakkurini shakllantirishni baholash uchun yagona yondashuvlar hali
aniqlanmagan. Tadqiqotchilarning sa’y-harakatlari tegishli baholash turining usul va
shakllarini topishga qaratilgan. Bu muammoni hal etish shakliy baholash usullarini yanada
rivojlantiradi, deb taxmin qilinadi. Shu bilan birga PISA tadqiqotida birinchi marta
an’anaviy baholash sohalari (o‘qish, matematik va tabiatshunoslik savodxonligi) bilan
birga o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini baholashga harakat qilinadi. PISA tadqiqotlarida
ishtirok etish
O‘zbekistonga nima beradi?
Birinchidan, mamlakatlar xalqaro
tadqiqotlarda ishtirok etishlari, mamlakat ichki holatidan emas, balki xalqaro standartlar
nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Ikkinchidan, ilk yillardan ijobiy natijalar olib
bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz, qo‘shni
mamlakatlarda bo‘layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
485
2. O‘qitish sifati. Baholash o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini rejalashtirish va tashkil
etish, baholash va fikr-mulohazalarni, shuningdek, o‘quvchilarning sinfda va sinfdan
tashqari mashg‘ulotlarda o‘qituvchilardan olgan yordamini qamrab oladi.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha, o‘zbek o‘qituvchilari tashkiliy masalalar: (davomatni
tekshirish, materiallarni tarqatish, tashkiliy ma’lumotlarni yetkazish va boshqalar bo‘yicha
darsga kamroq vaqt ajratadilar) sinfda tartibni saqlashga, TALIS-2018 tadqiqotining
o‘rtacha
ko‘rsatkichidan
kamroq
vaqt
sarflashadi.
O‘qituvchilar
uchun
45 daqiqalik darsda o‘rtacha 6 daqiqa tashkiliy jarayonlar (davomatni tekshirish, tarqatma
materiallar tarqatish, qo‘shimcha tashkiliy ma’lumotlarni berish va boshqalar) va sinfda
tartib-intizomni saqlashga sarflanadi, qolgan 39 daqiqa vaqt bevosita ta’lim jarayoni bilan
olib boriladi. Shu bilan birga, ayol o‘qituvchilar yoshi va tajribasidan qat’iy nazar, ular
erkak hamkasblaridan ko‘ra o‘quvchilarga mavzuni o‘rgatish uchun ko‘proq vaqt
ajratishadi. O‘zlashtirishi past va akademik ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan, shuningdek,
imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ko‘p bo‘lgan sinflarda o‘quvchilarni o‘qitishga kam vaqt
sarflanadi (1-ko‘rsatkich).
Maktabda aslida o‘qitish va o‘rganishga sarflangan vaqt sinfning kattaligi yoki
iqtidorli o‘quvchilarning nisbati bilan taqqoslanmaydi, ammo o‘zlashtirishda akademik
ko‘rsatkichlarning pastligi va jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning nisbati
sarflangan vaqt samaradorligini kamaytirishi qayd etilgan. Sinfda tartibni saqlash uchun
sarflanadigan vaqt bevosita sinf hajmiga, akademik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan o‘quvchilar
soniga va imkoniyati cheklangan nogiron o‘quvchilar soniga ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar
sinfda intizomni saqlash bilan ko‘proq ovora bo‘lishi tadqiqot davomida aniqlandi.
1-ko‘rsatkich. O‘zbek o‘qituvchisining tipik 45 daqiqalik darsi
(o‘qituvchilarning javoblariga ko‘ra)
tashkiliy jarayonlar (3 daqiqa)
tartib-intizomni saqlash (3 daqiqa)
Dars jarayoni (39 daqiqa)
3. Maktab muhiti. O‘quvchilarning axloqiy va madaniy rivojlanishi, xulq-atvori va
tartibi baholanadi, ularning ko‘rsatkichlari intizom, maktabda amal qiladigan qonunlar va
qoidalar, bolalarning maktab tartib-qoidalariga muvofiqligi, o‘quvchilarning o‘qishga
bo‘lgan munosabati, maktabda ijobiy muhit qay darajada yaratilganligi, teng imkoniyatlar
va hurmat muhiti saqlanib qoladi.
O‘zbekistonda maktablarning direktorlari o‘quvchilarni maktabga qabul qilish
haqida qaror qabul qilishda faol ishtirok etmoqda. Maktab rahbarlarining 96%
o‘quvchilarni qabul qilishda bevosita ishtirok etadi. Bu ko‘rsatkich OECD davlatlarida
ancha past bo‘lib, o‘rtacha 78% ni tashkil etadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
486
Mamlakatimizda maktab rahbarlarining 75% o‘quvchilar tartib-intizomiga va ularni
baholash tizimiga, jumladan, o‘zlashtirishi hamda yakuniy davlat imtihoni va testlarni
tuzishda esa 57% shaxsan ishtirok etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar nisbatan OECD
davlatlaridagi ko‘rsatkichlarga mos keladi (2-ko‘rsatkich).
Tartib-intizom, o‘quvchilarni tanlash. ularning bilimini baholash masalalari ham
ko‘pincha o‘qituvchilar vakolatiga kiradi. OECD mamlakatlariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich
o‘rtacha 42% ni tashkil qiladi, ya’ni o‘qituvchilar o‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini
ishlab chiqishga 40% jalb qilinsa, o‘quvchilar bilan suhbat qilish jarayonlariga 7% jalb
qilinadi.
4. Maktabni boshqarish va boshqaruvchilar sifati. Bu, birinchi navbatda, maktab
rahbariyati tomonidan uni doimiy ravishda takomillashtirishni tahlil qilish orqali
aniqlanadi: yuqori kasbiy standartlarni o‘rnatish, o‘qitish sifatini oshirishni tashkil etish va
targ‘ib qilish, o‘quvchilarning barcha yuqori natijalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga
ta’limdagi mavjud to‘siqlarni yengishga yordam berish.
2-ko‘rsatkich. Direktorlarning o‘quvchilarni tanlash, qabul qilish, baholash va
tartib-intizomga chaqirishdagi o‘rni, foizda.
Maktabning boshqaruv tuzilmasini o‘rganish – qaror qabul qilish jarayoniga
direktorlar, o‘qituvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarni jalb qilish ta’lim sohasida
amalga oshiriladigan muhim qadamdir. Boshqaruv jamoasi – maktab rahbariyati, xususan
resurslardan foydalanish, o‘quv dasturlari, baholash tizimi va maktabning to‘g‘ri ishlashi
bilan bog‘liq boshqa strategik qarorlarni qabul qilish jarayonlarini ifodalaydi. Maktab
boshqaruv jamoasining tarkibi maktablarda qaror qabul qilish mexanizmi qanday
ishlashini ko‘rsatadi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston maktablarining 93%, Rossiya maktablarining
92% ichki boshqaruv jamoalariga ega. Bu ko‘rsatkich OECD davlatlarida o‘rtacha 87%, shu
bilan birga ularning soni nisbatan kichik bo‘lgan hududlar bor: Kanada – 54%, Avstriya-
60% va Saudiya Arabistoni – 69% (3-ko‘rsatkich).
O‘quvchilarni maktabga qabul qilish
qarorlaridagi ishtiroki
96
78
73
O‘quvchilarning o‘zlashtirishi va davlat
imtihonlarida baholash tizimidagi
ishtiroki
57
60
53
O‘quvchilarning tartib-intizomi bo‘yicha
munosabatlardagi ishtiroki
75
76
70
O‘zbekiston
OECD
TALIS
0
20
40
60
80
100 120
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
487
3-ko‘rsatkich. Turli mamlakatlardagi maktablarda boshqaruv jamoalarining
mavjudligi.
O‘zbekiston maktablarining deyarli barchasida boshqaruv jamoalariga
direktorlarning o‘zi (99,8 %) rahbarlik qiladi, shuningdek, ularning 95% holatida ularning
o‘rinbosarlari ham boshqaradi. Uslubiy birlashmalar rahbarlari boshqaruv jarayoniga jalb
qilingan xodimlarning uchinchi katta guruhi hisoblanadi: uslubiy birlashmalar
rahbarlarining
84%
boshqaruv
guruhlaridagi
ishtirokini
ma’lum
qiladi
(4-ko‘rsatkich).
4-ko‘rsatkich. Boshqaruv jamoalari tarkibi.
Shuningdek, O‘zbekiston maktablarining boshqaruv jamoalariga ko‘pincha
o‘qituvchilar (67%), maktab boshqaruv kengashi vakillari (70%), o‘quvchilarning ota-
onalari va vasiylari (64%) va o‘quvchilarning o‘zlari (61%) kiradi. O‘zbekiston
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Direktor
100
Direktor o‘rinbosari
Metod kengash rahbari
52
82
83
99
95
Kengash raisi
O‘qituvchilar
41
70
56
Ota-onalar
O‘quvchilar
Bosh buxgalter
29
25
24
67
64
61
O‘zbekiston
OECD
40
0
20
40
60
80
100
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
488
maktablarida boshqarish jarayonida kamdan-kam hollarda xo‘jalik bo‘limi, hisobchi yoki
moliyaviy masalalar bo‘yicha mas’ul ishtirok etadi ular faqat 24% holatdagina ishtirok
etadilar.
To‘rtta asosiy yo‘nalishdagi baholarni umumlashtirib, maktab muhitini baholash,
maktabning umumiy samaradorligi va uning samarali ishlash tizimga o‘tish dasturini
amalga oshirish darajasi to‘g‘risida xulosa qilishga imkon beradi.
Baholash jarayonida mutaxassislar maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari,
shuningdek, maktabning o‘zini-o‘zi boshqarish vakillari bilan yaqin hamkorlik qilishadi.
Bu nuqtai nazar mustaqil ekspertlar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun muhim ma’lumot
manbai hisoblanadi.
Shu sababli, maktab direktorlari va boshqaruv jamoasi qiyin tashqi sharoitlarda
ishlaydigan maktabni samarali ish rejimiga qanday o‘tkazish mumkinligini sarhisob qilishi
kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, maktablarda tashqi baholash va boshqarish tizimini
joriy etilishi, qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’limda baholash tizimini
takomillashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot
faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4963-son Farmoni. 2021 yil 25 yanvar.
2.
R.X.Djo‘raev, S.T.Turg‘unov “Ta’lim menejmenti”. Qo‘llanma. – T., 2006. 263-bet.
3.
Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov “Ta’lim sifatini boshqarish”. O‘quv qo‘llanma. –
T., 2006. 590-bet.
4.
N.M.Soatov. Statistika. Darslik-T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi nashr. 2003.
744 bet.
5.
A.Radjiev, F.Karimov, A.Ibragimov. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlari talablari
asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot hisobotining ma’lumotlar to‘plami. 2-qism.
Toshkent-2022. 119 bet.
6.
Andreas Shlyayxer. Obrazovanie mirovogo urovnya. Kak vыstroit shkolnuyu
sistemu XXI veka? Uspeshnыe reformы i vыsokie rezultatы. Moskva, 2019. 336 s.
7.
Lobanova M.A., Lazarenko I.R. Moderatsiya kak forma povыsheniya kvalifikatsii
pedagogov – uchiteley i rukovoditeley obrazovaniya // Pedagog. Nauka, texnologiya,
praktika. – 2001. – № 2 (11). – s. 112-117.
