Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Cultural semantics of emotive words: an analysis of Uzbek
and English proverbs
Nasiba SHERIMBETOVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
This article presents the cultural semantics of emotive words:
an analysis and theoretical aspects of Uzbek and English
proverbs. Additionally, the article addresses the issues of
studying the world's languages, their significance and necessity
in human and societal life in an era of rapid globalization.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp313-317
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
emotiveness,
linguistic means,
literary criticism,
paradigm,
fiction.
Emotiv so‘zlarning madaniy semantikasi: o‘zbek va ingliz
maqollarining tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
emotivlik,
lisoniy vositalar,
adabiyotshunoslik,
paradigma,
badiiy adabiyot.
Ushbu maqolada emotiv so‘zlarning madaniy semantikasi:
o‘zbek va ingliz maqollarining tahlili hamda nazariy jihatlari
keltirilgan. Bundan tashqari maqolada hozirgi jadallik bilan
globallashib borayotgan bir zamonda dunyodagi tillar, ularning
inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda zaruratini
o‘rganish masalalari ham keltirilgan.
Культурная семантика эмотивных слов: анализ
узбекских и английских пословиц
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
эмоциональность,
языковые средства,
литературная критика,
парадигма,
художественная
литература.
В данной статье рассматривается культурная семантика
эмотивных слов: анализ и теоретические аспекты узбекских
и английских пословиц. Кроме того, в статье также
затрагиваются
вопросы
изучения
языков
мира,
их значения и необходимости в жизни человека и общества
в современную эпоху стремительной глобализации.
1
Researcher, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: sherimbetovanasibaa@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
314
KIRISH
Jahonda lingvistika va adabiyotshunoslik fani sohasida til va inson munosabatiga
e’tibor ortib bormoqda, ya’ni lisoniy hodisalar antropotsentrik paradigma kesimida tadqiq
etilmoqda. Jahon tilshunosligida inson ichki olamini tasvirlash uchun tanlaniladigan
lisoniy vositalar bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligi muntazam oshib bormoqda. Bu
aspektda badiiy adabiyot matnlaridagi uslubiy-stilistik, fonetik, leksik, punktuatsion va
pragmatik vositalar tanlanishi muhim rol o‘ynaydi. Jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot
maktablarida inson kechinmalari va hissiyotini badiiy aks ettirishning uslubiy vositalari
hamda lingvokognitiv mexanizmlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi, zero, har
qanday badiiy asar syujeti muayyan miqdordagi personajlarga tayanadi, ular esa, tabiiy
ravishda fikrlashishadi, his qilishadi, boshidan kechirishadi hamda atrof-muhitning turli
ob’ektlari va hodisalariga nisbatan o‘z his-tuyg‘ularini va emotsiyalarini ifodalashadi.
ASOSIY QISM
Mustaqil O‘zbekistonda badiiy adabiyotga qiziqish faol rivojlanmoqda, chet tillarini
o‘qitish o‘quv jarayoniga chuqurroq tatbiq etilmoqda, kutubxona va axborot-resurs
markazlari esa, badiiy adabiyot nashrlari bilan boyitilmoqda. So‘nggi yillardagi badiiy
adabiyotga qiziqishning yuksalishi zamirida adabiyotning insonga o‘tmishga nazar
tashlash hamda personajlar hayotini o‘rganish, ularning madaniyati, tarixi va maishiy
turmushidan xabardor bo‘lish imkoni taqdim etishi kabi xossalar yotadi. Chet tilini badiiy
matndan foydalanish orqali o‘qitish zamonaviy chet tili o‘qituvchisi mehnatining ajralmas
xususiyatlaridandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yoshlarni
kitobxonlikka o‘rgatish kerak. Faqat ushbu vazifalar bajarilgach jamiyatimizda kitobxonlik
madaniyati paydo bo‘ladi. Aynan ma’rifat va ta’lim xalqlarning gullab yashnashining kaliti,
insonlarni savobga, ezgulikka, bag‘rikenglikka yetaklovchi yo‘ldir”. Badiiy matn mutolaasi
va tahlili nafaqat lingvistik, balki matnning ham lingvokognitiv, ham lingvokulturologik
imkoniyatiga tayanadi. Matnlarda personajlarning psixik holatini tasvirlash maqsadida
qo‘llaniladigan turli uslublar va hissiy ta’sirchanlik bo‘yog‘iga ega birliklar, undovlar, tinish
belgilarining vazifalari bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolani yozishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tili davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini
tubda oshirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5850-son, 2021-yil 19-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5117-son
qarorlari va bu boradagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Hozirgi jadallik bilan globallashib borayotgan bir zamonda dunyodagi tillar,
ularning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda zaruratini o‘rganish masalalari
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, boshqa mavjudotlardan farqli ravishda til inson
uchun eng muhim aloqa – aralashuv vositasi, ijtimoiy quroldir. Shu jihatdan, tilda mavjud
birliklar hamda ularning ma’nolarini o‘rganish har qachongidan ko‘ra hozirgi davr uchun
muhim hisoblanadi.
Tilga nisbatan kognitiv yondashuvning farqlovchi xususiyati til yaxlit hodisaning
faqat bir qismi ekanligini tushunish bo‘ldi, biz uni anglashga harakat qilamiz. Kognitiv fan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
315
bilim tuzilmalarining, lingvistikadan fan sifatida foydalangan holda, til yordamida bu
tuzilmalarga aralashish imkonini berib, shakllanishi va faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni
o‘zaro birlashtiradi. [3] Inson hissiyoti emotsiyalar va his-tuyg‘ular manbasi bo‘lib,
antropotsentrik tilshunoslik, kognitologiya, psixologiya, falsafa va aralash fanlarning
tadqiqot obyektiga aylanmoqda. Emotsiya vositasida inson his qiladi va atrof muhit
obyektlariga o‘z munosabatini ifodalaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, hissiyotlar
insonning ichki va tashqi olamini o‘zaro bog‘laydi. Inson kechinmalari va
hissiyotlariemotsiyalarining kognitiv aspekti bevosita “til-tafakkur-emotsiyalar”
triadasiga aloqadordir [4]. His-tuyg‘u va hissiyotlarni ifodalovchi lingvistik vositalar bo‘lib
yuklamalar, so‘roq olmoshlari, turli tinish belgilari, ko‘makchilar, haqorat so‘zlar va
iboralar, vulgarizmlar, hissiy-ta’sirchanlik bo‘yog‘iga ega sifatlar va ravishlar va boshqalar
xizmat qiladi. Ularni ko‘pincha “affektivlar” deb atashadi. Emotiv leksika to‘g‘ridan-to‘g‘ri
inson psixikasi bilan bog‘liq, zero emotsiyalar uning psixologik holatini ifodalaydi.
Emotiv
leksika ma’nosini ifodalanish tiplarini ko‘rib chiqamiz:
1. Denotativ emotiv ma’no, lug‘atlarda o‘z ifodasini topadi.
2. Fakultativ emotiv ma’no, emotiv so‘zlarning konnotativ va predmetlimantiqiy
mazmunlarining o‘zaro aloqasida kuzatiladi.
3. Potentsial emotiv ma’no, potentsial emotivlikni shakllantiradi.
Xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o‘sha xalqning
maqollari hisoblanadi. Har bir halqning og‘zaki yoki o‘zma yodgorligini olib qaraylik, unda
bani bashar xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotirafsonalar, uzoq tarix qa’ridagi
ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan xosil bo‘lmish
hayotiy hikmatlar qaymog‘i-insoniy tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz. Ingliz va
o‘zbek xalq maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan ilmiy-
badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan
avlodga eng yaxshi ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi. O‘tmishda yaratilib va
ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandlarining namunasi sifatida,
hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so‘zlar
har bir xalqning ma’naviy boyligining qimmatbaho xazinasini tashkil etadi.
O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. [2]
Masalan,
First think, then speak
maqolini o‘zbek tilidagi muqobil varianti
Avval o‘yla –
keyin so‘yla
maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga
ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha yaqin. Shu bilan birga, ma’lum bir tildan
ikkinchi tilga berilgan o‘girishlarda maqollarning aynan o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi.
Shunda izohlarga yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi.
O‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek
tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda
izoh berib o‘tish tarjimaga putur etkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi [2].
So‘zlaguvchi nodon bo‘lsa, eshitguvchi dano bo‘lsin
maqolinining aynan nusxasi
inglizchala yo‘q bo‘lgani holda bu maqolni uning yaqinroq ekvivalenti bilan berish
mumkin. Lekin uni
If speaker is fool listener should be wise
deb tarjima qilinsa uning
o‘zbekcha qoloriti saqlanib qoladi va bu hammaga tushunarli bo‘ladi. Xuddi shu so‘zlarni
Qassob moy qayg‘usida, echki – jon qayg‘usida
maqoliga ham qo‘llab uni
The butcher
grieves for bacon, and the goat – for its life
qabilida berilsa ma’qul bo‘ladi.
Qizi borning
nozi bor
maqolini ingliz tiliga
Who has a daughter that has a whim
qabilida berilsa
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o‘zbek urfodatlaridan bexabar ingliz o‘quvchisi uni
butunlay tushunmasligi mumkin. Ingliz tiliga uni
Parents of the bride may be capricious
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
316
(they can expose their own terms)
deb ag‘darishdan boshqa chora yo‘q. Boshqa yo‘li: bu
maqol mazmunini beruvchi boshqa maqol topish lozim deb hisoblaymiz.
Bir-birlariga ma’no va stilistik vazifa jihatlaridan mos bo‘lib, so‘z tartibida kamdan-
kam mos bo‘lsa, sonda kamdan-kam farq qiladilar, leksik tarkib jihatidan farq qiladigan
muqobil variantlar. Ularning ko‘pchiligi shaklan milliy, mazmunan baynalmilaldir. Ular
shakli bilan o‘zlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini tasdiqlasalar, mazmuni bilan
jahon madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini namoyon qiladilar.
K. Tumanishvili maqollar – bu millatning tarixiy o‘y-fikrlari natijasi bo‘lib, ularni
ma’lum bir guruhning “avtobiografik“ xotirasi deb nomlaydi. Maqollar milliy shakl
namunalari bo‘lib, millat ongida uyg‘unlikda va milliy fikrlash tizimi asosida joylashgandir.
Bu esa etnik guruhning qirralarini tabiiy ravishda namoyon etadi. Va genetik axborot
natijasida quriladi [5]. Demak maqollarning universal va milliy xususiyatlari egaligi haqida
ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Universal xususiyatlar maqollarning tuzilishida, bir
ma’noviylik va ko‘p ma’noviylikligida hamda mavzularida namoyon bo‘lsa, buning sababi
tarixiy rivojlanish, xalqaro aloqalarning kuchayishi va umumbashariy qadryatlarning
o‘sishi hisoblanadi.
Milliy xususiyatlar – milliy fe’l-atvor, milliy ruh aksi bo‘lib, muayyan bir etnosga
tegishli xususiyatlardir. Muayyan bir etnosning yashash joyi, tarixi va milliyligi kabi
zaruriy qirralarini bilmasdan turib, uning maqollari mag‘zini, ma’nosini tushunish mutlaqo
mumkin emas.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasini, tajribalarini va madaniy qadriyatlarini o‘zida
aks ettiradi.
O‘zbek maqollari:
– “Sabr-toqat – to‘g‘ri yo‘l”.
– “Har bir narsaning o‘z vaqti bor”.
Ingliz maqollari:
– "Patience is a virtue."
– "Every cloud has a silver lining."
O'zbek va ingliz maqollaridagi emotiv so‘zlar, ularning madaniyati va ijtimoiy hayoti
haqida ko‘plab ma'lumotlar taqdim etadi [6].
Masalan, o‘zbek maqollari ko‘proq sabr va toqatga urg‘u beradi, bu o‘zbek xalqining
an’anaviy qadriyatlarini aks ettiradi. Ingliz maqollari esa umid va ijobiy fikrni
ilhomlantiradi, bu esa asosan individualizmni ta’kidlaydi.
XULOSA.
Emotiv so‘zlarning madaniy semantikasini o‘rganish orqali, til va madaniyat
o‘rtasida qanday o‘zaro aloqalar borligini tushunishimiz mumkin. O'zbek va ingliz
maqollari orqali bu aloqalarni yanada yaxshiroq anglash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Жеребило Т.В. Словарь лингвистических терминов. Назрань, 2010.
2.
Safarov Sh. Semantika. Toshkent, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy
nashriyoti, 2013.
3.
Демьянков В.З. Доминирующие лингвистические теории в конце XX века //
Язык и наука конца XX века, 1995. – С. 304.
4.
Гак В.Г. Эмоции и оценки в структуре высказывания и текста // Вестник
МГУ. – Серия 9. Филология, 1997. – № 3. – С. 88.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
317
5.
Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli
Institute of Georgian Literature. Volume1, 2007.
6.
Nurmonov A., Mahmudov N. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. Toshkent, 2007.