Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Comparative analysis of special words: similar and
differential aspects
Iroda KAKHAROVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
In the history of world linguistics, the study of exclamatory,
imitative and modal words has its own historical stages. In all
periods, much attention was paid to their semantics, contextual
meaning, etymology, language typology, methodological
functions, their place in the text. Exclamatory and imitative
words are sometimes confused systematically and structurally
due to the fact that they arise as a result of the impact of sounds
and images in nature. But these are separate categories, and the
main difference lies in their semantic nature, grammatical basis
and independent syntactic function in a sentence. In the article,
we analyze the linguistic and speech progress of exclamation
words in the Uzbek language using examples from the work of
Mahmud Kashgari "Devonul lugotut turk".
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp307-312
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
exclamation word,
linguistic unit,
speech,
imitative word.
Alohida so‘zlarning qiyosiy tahlili: o‘xshash va differensial
jihati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
undov so‘z,
lisoniy birlik,
nutq,
taqlid so‘z.
Dunyo tilshunosligi tarixida undov, taqlid va modal so‘zlarni
o‘rganishning o‘z tarixiy bosqichlari bor. Barcha davrlarda
ularning semantikasi, kontekstual ma’nosi, etimologiyasi,
tillardagi tipologiyasi, uslubiy vazifalari, matndagi o‘rniga katta
e’tibor qaratib kelingan. Undov va taqlidiy so‘zlar tabiatdagi
tovushlar va tasvirlardan ta’sirlanish natijasida paydo bo‘lishi
jihatidan o‘xshashi tufayli sistem-struktur jihatdan ba’zan
qorishtirib yuborilgan. Ammo ular alohida kategoriyalar bo‘lib,
asosiy farqi semantik tabiati, grammatik asosi, gapda otlashmay
1
Doctor of Science (DSc), Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University.
E-mail:
iroda.kaharova@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
308
turib mustaqil sintaktik vazifada kelishida ko‘rinadi. Maqolada
o‘zbek tilida undov so‘zlarning til va nutqdagi taraqqiyotini
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otut turk” asarida
misollarni tahlilga tortamiz.
Сравнительный анализ особых слов: сходные и
дифференциальные аспекты
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
восклицательное слово,
языковая единица,
речь,
подражательное слово.
В
истории
мирового
языкознания
изучение
восклицательных, подражательных и модальных слов
имеет свои исторические этапы. Во все периоды большое
внимание уделялось их семантике, контекстуальному
значению, этимологии, языковой типологии, методическим
функциям, их месту в тексте. Восклицательные и
подражательные слова иногда путают систематически и
структурно в связи с тем, что они возникают в результате
воздействия звуков и образов в природе. Но это отдельные
категории, и главное отличие заключается в их
семантической природе, грамматической основе и
самостоятельной синтаксической функции в предложении.
В статье анализируем языковой и речевой прогресс
восклицательных слов на узбекском языке на примерах из
произведения Махмуда Кашгари «Девонул луғотут турк».
KIRISH
Dunyodagi barcha tillarda undov, taqlid va modal so‘zlar mavjud. Faqat ularning
miqdori ko‘p emas. Shular orasida undov va taqlidiy so‘zlar fonologik belgilar
birikmasidan tashkil topishi nuqtai nazaridan tipiklik kasb etadi. Shuningdek, ular
tabiatdagi tovushlar va tasvirlardan ta’sirlanish natijasida ham paydo bo‘lishi jihatidan
o‘xshaydi. Mana shu tufayli o‘zbek tilshunosligida taqlidiy so‘zlar o‘tgan XX
asrning
yarmigacha morfologik qatlamda undovlar qatorida ko‘rsatilgan [14]. Holbuki, undovlar
hamda tasviriy va taqlidiy so‘zlarning har biri alohida kategoriyalar bo‘lib, ularning asosiy
farqi semantik tabiati, grammatik asosi, gapda otlashmay turib mustaqil sintaktik vazifada
kelishida ko‘rinadi. Undovlar esa kelishik va egalik qo‘shimchalari yordamida
otlashgandagina turli sintaktik vazifalarni bajara olsa, taqlid so‘zlar to‘ppadan-to‘g‘ri biror
gap bo‘lagi bo‘la oladi. Shu sababdan taqlid so‘zlarni undovlar sirasiga kiritish to‘g‘ri
bo‘lmaydi. Shuni inobatga olib, XX asrning ikkinchi choragiga kelib, taqlidlar undovlardan
ajratilib, oraliq so‘zlar sifatida guruhlangan va ko‘proq tasviriy ifodalar sifatida qayd
qilingan. Bunda taqlidlarning morfologik o‘zgarishi, lug‘aviy va aloqa-munosabat
shakllarini qabul qilib, “otlashish”iga katta e’tibor qaratila boshlangan.
TADQIQOT METODLARI
Bundan tashqari, tilning kelib chiqishiga oid fikrlarning bevosita undovlar va
taqlidlar farazi bilan bog‘lanishi ham, bizningcha, ularni o‘zaro biriktirishga asos yaratgan.
Ayrim olimlarning fikricha, ibtidoiy odam dastlab o‘z fikrini tevarakdagi narsa-hodisalar,
hayvon va qushlarning ovozini o‘z ichki kechinmalari asosida ifodalashi orqali bir-biriga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
309
bildirgan. Keyinchalik bunday so‘zlar boshqa so‘zlar bilan birlashib borganligi fransuz
olimi J.J. Russo tomonidan ham aytib o‘tilgan [13]. Taqlidlarning til yaralishida muhim
o‘rin tutganligini XX asr boshlarida N.A. Ashmarin ham ta’kidlagan [1]. Olim chuvash tili
misolida tasviriy so‘zlarning 115ta morfologik guruhini aniqlab, ularning struktura
elementlari, ba’zi fonetik xususiyatlari, metaforizatsiyasi haqida so‘z yuritgan. Ammo
bunda N.A. Ashmarin taqlid so‘zlarni undovlar kategoriyasiga kiritgan.
N.K. Dmitriyev ham “Qumiq tilining grammatikasi” asarida taqlid so‘zlarni
undovlarning bir turi sifatida qayd qilgan. Shuningdek, u ba’zi bir so‘zlarning taqlid bilan
aloqasi borligini izohlagan [6].
Darhaqiqat, tillarning tipologik xususiyatini ularda fizik va nutq tovushlarining
ifodalanishiga asoslangan undov va taqlidiy so‘zlar vositasida ham aniqlash mumkin.
O‘zbek tili agglyutinativ tillardan bo‘lgani uchun unda undov va taqlidni bildiruvchi
ifodalar birmuncha ko‘p, ammo flektiv tillar doirasiga kiruvchi ingliz tilida bunday ifodalar
kamroq.
NATIJA VA MUNOZARA
Tilimizda undov, taqlid va modal so‘zlar qadimdan qo‘llanib kelmoqda. Fikrimizni
“Devoni lug‘otut turk” orqali dalillay olamiz. E’tiborli tomoni shundaki, devonda keltirilgan
ayrim so‘zlar undov ham, taqlid ham bo‘lib kelishi ko‘rsatilganiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa
ularning bir turkum doirasida o‘rganilganiga shu kabi misollarning mavjudligi ham asos
yaratgan bo‘lishi mumkin degan qarashga olib keladi. Masalan:
kurt-kurt – undov so‘z;
kurt-kurt, kirt-kirt – taqlid so‘z. I, 329-1; ar.287-9 (“Devoni lug‘otut turk” lug‘at, 1967; 175);
chïr – undov so‘z.
shir-shir – taqlid so‘z. I, 313-5; ar. 271-17 (“Devoni lug‘otut turk” lug‘at, 1967; 329);
chïrt (chïrt) – undov so‘z;
chirt – taqlid so‘z. I, 328-11; ar. 286-15 (“Devoni lug‘otut turk” lug‘at, 1967; 329);
shar-shar – undov so‘z;
shar-shar – taqlid so‘z. I, 313-21; ar. 272-13 (“Devoni lug‘otut turk” lug‘at, 1967; 338).
Umuman aytganda, undov va taqlid so‘zlar goh “Undov va taqlidlar” deya bir mavzu
ostida umumlashtiriladi, ba’zan esa alohida so‘z turkumlari sifatida qayd qilinadi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi taqlid so‘zlar to‘g‘risidagi nazariy ishlarni ko‘zdan
kechirarkanmiz, har ikki tilda ham taqlidlarning morfologik sathdagi o‘rni omonat
ekanligiga guvoh bo‘lamiz – taqlidiy so‘zlarni morfologik kategoriyalash muammosi har
ikki tomon tilshunoslarini ham o‘ylantiradi. O‘zbek tilida mustaqil yoki nomustaqil
so‘zlardan ajratilib, oraliq turkum yoki “tasviriy ifodalar” turkumiga kiritilgan taqlidiy
so‘zlar, ingliz tilida hali hanuz undovlarga oid deya turkumlanadi. Xususan, olimlar
V. Gumboldt [5], V. Vundt [3] va M. Myuller [9] taqlidlarni alohida turkum sifatida
kategoriyalashdan tiyilishadi, ular taqlidiy ifodalarning reflektor undovlar sirasiga
mansubligini e’tirof etishadi.
Keyingi yillarda taqlid so‘zlarni undovlardan ajratib, alohida so‘z turkumi deb
qaralishi, ularni obrazga taqlid va tovushga taqlid sifatida klassifikatsiya qilish
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Binobarin, taqlid so‘zlarni ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Birinchisi –
leksik onomatopeya.
U taqlid so‘zlardan iborat.
Ular til tizimidagi
taqillatish, yorilish, gumburlash bilan bog‘liq so‘zlarni talaffuzda ramziy ma’noda ifodalab
keladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
310
Ikkinchisi –
leksik bo‘lmagan onomatopeya.
Ular taqlidiy
so‘zlardan emas, balki
tovushlar guruhidan iborat bo‘ladi.
Xuddi shunday undov so‘zlar ham ko‘rinishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
Birinchisi –
leksik bo‘lmagan undovlar.
Ular faqat tovush yoki tovushlar
birikmasidan tashkil topadi. Bunday undovlar his-hayajon, buyruq-xitob kabilarni
ifodalash uchun ishlatiladigan tovush yoki tovush birikmalaridir. Demak, ular ko‘rinishi
jihatidan taqlid so‘zlarga o‘xshasa-da, mazmuni boshqaligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchisi –
leksik undovlar.
So‘z ko‘rinishidagi undovlardir.
A. Baskakov taqlid so‘zlar va undovlarni, ham semantik, ham forma jihatdan bir
kategoriyaga birlashtirish kerak, deb hisoblaydi. U taqlid so‘zlarni semantik tomondan ikki
guruhga:
1. Tovushga taqlid so‘zlar.
2. Obrazga taqlid so‘zlarga ajratadi hamda ularga xos xususiyatlarni alohida-alohida
ko‘rsatadi. Olim taqlid so‘zlarning grammatik-funksional xususiyatlariga ko‘proq ahamiyat
beradi [2].
Modal so‘zlar faqat so‘z yoki birikma ko‘rinishida uchraydi, uning leksik bo‘lmagan
(tovush) ko‘rinishi mavjud emas.
Ba’zan kishi so‘zlovchiga o‘z emotsional munosabatini bildirishda turli jestlar, tana
harakatlari, turish yoki yurishlarda ifodalashi mumkin: 1) sevgi, baxt; 2) hayronlik;
3) qo‘rquv, azob; 4) nafrat; 5) g‘azab; 6) la’nat kabilarni. Mana shu jihat ham undov va
taqlidlarning o‘zaro birlashtirilishiga sabab bo‘lgan, deyish mumkin.
Ekspressiv javoblar, birinchi navbatda, mimik ifodalar yordamida muayyan
maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Mimik ifoda vositalari biologik (lab burish, qosh
uchirish) yoki individual (muayyan individ odati) shakllarda bo‘lishi mumkin. Mimikalar
yordamida emotsiyaning ifodalanishi biologik jarayon hisoblanib, so‘zlovchining yoki
tinglovchining xarakterini, ifodalanayotgan fikrga u yoki bu jihatdan munosabati (g‘azab,
nafrat, qo‘rquv, shodlik, hayrat...)ni ifodalaydi. Chunki mimik harakatlar orqali
emotsionallikka ega bo‘lgan so‘zlarning nutqiy vaziyatdagi reallashuvi, tinglovchiga ta’sir
etish xususiyati yanada ortadi.
O‘zbek tilshunosligida morfologik sathda taqlidlar nisbatan mustahkam o‘ringa
egaligi sababli alohida so‘z turkumi sifatida ko‘rsatiladi [12]. Ingliz tilida esa taqlidlar
ko‘proq undovlik xarakteri sabab
interjection
(undov) deya ataladi.
Ba’zan tasvir yoki obrazga taqlid qiluvchi onomatopik birliklar asosida undovlar
kelib chiqqani kuzatiladi. Masalan, “haqiqiy taqlid”dan iborat bo‘lgan, masalan, sigirning
tovushi bo‘lgan “mo‘o‘o‘” tovushlar birikmasini qayta takrorlash orqali uning “o‘rnini
egallab”, taqlid so‘z hosil qilinsa, uni “mo‘h-mo‘h” deb sigirni chaqirish uchun qayta
takrorlab ishlatilsa, buyruq-xitob undovi paydo bo‘ladi. Shundan onomatopeya faqat
tovushning o‘ziga qaratilgani anglashiladi.
Biroq undov va taqlid so‘zlar o‘rtasida quyidagi bir-biriga yaqin, o‘xshash hamda
farqli xususiyatlar mavjudligini qayd qilish mumkin:
Jadval 1.
Undov va taqlid so‘zlarning o‘zaro yaqin, o‘xshash tomonlari
1. Taqlid so‘zlar va undovlar harakat obrazi, tovush va emotsiyaning nomini ko‘rsatmaydi, balki
ularning bevosita ifodalanishi hisoblanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
311
2. Undov va taqlid so‘zlar ism sifatida qabul qilinadi.
3. Har ikki kategoriyada ham nominativlik xarakterining yo‘qligi ularni boshqa kategoriyalardan,
turkumlardan ajratib turadi.
4. O‘xshash affektiv bo‘yoqqa, ekspressivlikka ega.
5. Tovush yoki bo‘g‘inlar bilan ifoda etiladigan undov va taqlid so‘zlar har bir xalqning umumiy
artikulyatsion til imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Ular tovushga, obrazga, holatga taqliddan hosil
bo‘ladi.
6. Undov va taqlid so‘zlar tuzilishida ko‘pincha cho‘ziq unlilar uchraydi.
Jadval 2.
Undov va taqlid so‘zlarning o‘zaro farqli tomonlari
Undov so‘zlar
Taqlid so‘zlar
Undovlar semantik jihatdan so‘zlovchining
ko‘proq ichki kechinmasini, his-hayajonini,
buyruq, xitob va iltimosini bildiradi.
Taqlid so‘zlar esa semantik jihatdan kishilar va
boshqa
predmetlarning
tovushlari
va
harakatlarini nusxalaganday tovush yoki harakat
obrazi sifatida ifodalaydi.
Undov so‘zlar uchun emotsionallik, buyruq,
iltimos kabilar xos.
Taqlid so‘zlar uchun emotsionallik, buyruq,
iltimos xos emas.
Undovlar nutqda modal ma’no ifodalab, bu
xususiyati bilan yuklamalar hamda modal
so‘zlarga yaqin turadi.
Taqlid so‘zlar predmetning harakatini va
tovushga taqlidini bildirib, ravish va sifatlarga
yaqin turadi, ular uchun modallik xos emas.
Undovlarda substantivlashish xususiyati
taraqqiy etmagan.
Taqlid so‘zlarda substantivlashish kuchli.
Undovlarda takror ko‘proq emotsionallikni
oshiradi, his-hayajonni kuchli qilib beradi.
Taqlid so‘zlarda takroriy forma tovush yoki
harakatni kuchaytirishdan tashqari, harakatning
birdan ortiq bo‘lganligini, davomliligini ham
bildiradi.
Undovlarda so‘z yasalish hodisasi deyarli
yo‘q, faol emas.
Taqlid so‘zlar so‘z yasash tizimida juda faol
qatnashadi.
O‘zbek tilida undovlar faqat
demoq
yordamchi fe’li bilan birika oladi.
Taqlid so‘zlar esa,
etmoq, demoq
ba’zan
kulmoq
hamda boshqa mustaqil fe’llar bilan ham birika
oladi.
Undovlar odatda gapning boshqa bo‘laklari
bilan bog‘lanmay, mustaqil gap bo‘lib keladi.
Taqlid so‘zlar gapning mustaqil bo‘laklari (ega,
kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) vazifasida
keladi.
Undov so‘zlarni ma’lum bir formulaga solish
qiyin.
Taqlid so‘zlarni ma’lum bir formulaga solish
mumkin
(undosh+unli+undosh
yoki
undosh+unli+undosh+undosh).
Ko‘rinadiki, undov va taqlid so‘zlar
alohida so‘z turkumlaridan biridir.
Taqlid so‘zlarning so‘z turkumlari tizimida o‘z o‘rni, lug‘aviy-morfologik-sintaktik
tabiati keyinchalik tan olindi. Ungacha taqlid so‘zlar o‘zi kabi alohida xususiyatga ega
bo‘lgan undov so‘zlar doirasida tadqiq qilingan. O‘zbek tilshunosligida taqlid so‘zlarning
undov so‘zlar tarkibida tadqiq qilinishi XX asr yarmigacha davom etgan.
Rus olimi A.I. Germanovich rus tilshunosligida ilk marotaba taqlid so‘zlarni maxsus
o‘rgandi [4]. P.G. Strelkov taqlid so‘zlarni undovlarning bir turi deb qaraydi [10].
A. Is’hoqov qozoq tilida taqlid so‘zlarning leksik va grammatik xususiyatlarini
hisobga olib, ularni alohida so‘z turkumiga ajratish kerakligini ta’kidlaydi. Shuningdek,
olim taqlid so‘zlarning og‘zaki nutqda, badiiy adabiyotda tutgan o‘rni, stilistik hamda
fonetik xususiyatlariga alohida ahamiyat beradi.
Tars-tars
ni
tars-turs
ga o‘zgartirish
bilanoq, ularning ma’nosida yangi ottenka paydo bo‘ladi degan fikrni ilgari suradi [7].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701
312
A. Sariboyev ham qozoq tilida taqlid so‘zlarning undovlarga munosabati masalasiga
ko‘proq ahamiyat beradi [11].
Qirg‘iz tilshunosi S. Kudayberganov ko‘p yillik izlanishlari asosida qirg‘iz tili taqlid
so‘zlarining leksik-semantik, fonetik, morfologik, sintaktik xususiyatlarini misollar asosida
bayon qiladi [8]. Uning fikricha, obrazli so‘zlar tovushga taqlid so‘zlarga nisbatan ot va
fe’llarga yaqin turadi, tovushga taqlid so‘zlardan keskin farq qiladi. U obrazli so‘zlarni
alohida kategoriya sifatida qaralishi kerak, deb hisoblaydi.
O‘zbek tilida
undov va modal so‘zlar qachonki otlashsa, biror gap bo‘lagi vazifasida
keladi, ammo taqlid so‘zlar otlashmay turib ham mustaqil holatda sintaktik vazifa
bajaraveradi. Masalan:
Qiz daraxtni silkitgan edi, olmalar duv-duv to‘kildi (Duv-duv taqlid so‘zi hol
vazifasida harakatning belgisini izohlab kelmoqda).
Yoki:
G‘uj-g‘uj chumolilar uyumi yer ostidan otilib chiqa boshladi (G‘uj-g‘uj taqlid so‘zi
sifatlovchi aniqlovchi vazifasida predmetning miqdor belgisini ifodalab kelmoqda).
XULOSA
Xullas, shu kabi holatlar sabab o‘zbek tilshunosligida taqlidiy so‘zlar mustaqil so‘z
turkumi sirasida ham qayd etilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ашмарин Н.И. О морфологических категориях подражаний в чувашском
языке. Издание Академического Центр ТНКП. – Казань, 1928. С.160.
2.
Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. Фонетика и морфология, Часть первая.
– Москва, 1954. – С. 239-259.
3.
Вундт В. Проблемы психологии народов (электронный ресурс –
http://www.gumer.info/bibliotek_Buks/Sociolog/Wundt/_PsNar_02.php (дата обращения
20.05.2016).
4.
Германович А.И. Звукоподражание и звукоподражательные слова русского
языка. Том XII. – Cимферополь, 1947.
5.
Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию – Москва: Прогресс, 1984.
https:www.twirpx.com/file/435250/
6.
Дмитриев Н.К. О парных словосочетаниях в башкирском языке. – Л., 1930. –
С.501-522; Грамматика кумыкского языка. – Москва, – Л., 1940. – С.48-50.
7.
Искаков А. О классификaции частей речи в казахском языке. Сборник
“Вопросы изучения языков народов Средней Азии и Казахстана”. – Ташкент, 1952. –
С.123-130; Тюркологический сборник. – Москва, 1951. – С.105.
8.
Кудайберганов С. Подражательные слова в киргизском языке. – Москва, 1959. – Б.59.
9.
Мюллер М. Лекции по науке о языке. – Москва, 2009//
https://www.twirpx.com/file/1696252/
10.
Стрелков П.Г. Звукоподражательные междометия в языке. – Москва:
Учпедгиз, 1956. – С. 240-299.
11.
Сарыбаев Ш.Ш. Қазақ тилидеги елiктөус сөздер. – Алматы, 1960.
12.
Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 448.
13.
Якушин Б.В. Гипотезы о происхождении языка. – Москва: Наука, 1985. – С.30-35.
14.
Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. – Тошкент: Фан, 1966.