Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Characteristics of the Marsiya genre and its research in
literary studies
Zarina KARAMATOVA
1
Bukhara State Technical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 January 2024
Available online
25 February 2025
In folklore, the genre of funeral lament represents one of the
ritual songs performed at funerals. However, it was practically
never performed publicly. Even folklorists who tried to record
its performance could hardly hear it from the elderly, as they
often refrained from performing out of fear of the crowd.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
collectors,
Giryandi,
folk art,
socio-aesthetic relations,
national literature,
memorial service.
Marsiya janri belgilari va uning adabiyotshunoslikdagi
tadqiqi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
yig‘ichilar,
giryandalar,
xalq ijodi,
ijtimoiy-estetik
munosabatlar,
milliy adabiyot,
marsiya.
Folklorda marsiya janri marosim qo‘shiqlari sirasiga kiradi
va aza marosimida kuylanadi. Ushbu qo‘shiq har yerda har
qanday vaqtda har kim tomonidan ijro qilinavermagan. Hatto
yozib oluvchi folklorshunoslar ham qariyalardan ularni
eshitishga juda qiynalganlar, chunki ular irim qilib xalq
to‘planib qolishidan cho‘chib ijro etishmagan.
1
PhD, Associate Professor, Bukhara State Technical University. E-mail: Karamatovazarina@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701
54
Персонажи жанра «Марсия» и его исследования
в литературе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
собиратели,
гирьянди,
народное искусство,
социально-эстетические
отношения,
национальная литература,
панихида.
В фольклоре жанр панихиды представляет собой одну
из обрядовых песен, исполняемых на похоронах. Однако её
практически никогда не исполняли публично. Даже
фольклористам, пытавшимся записать её исполнение,
было трудно услышать её от стариков, поскольку те часто
не выступали из-за опасения перед толпой.
KIRISH
O‘zbek adabiyoti janr jihatdan rang-barang. Ayniqsa, lirik tur shakllari ma’no
ko‘lami jihatidan ham, shakliga ko‘ra ham o‘ziga xosliklarga ega. Bu turning ko‘pchilik
janrlari qadimgi adabiyotdan buyon sayqallanib, takomillashib keladi. O‘zbek xalq og‘zaki
ijodiga oid janrlarning yozma shakllarga aylanishi esa yana bir mukammallikning
belgisidir. Ildizi pishiq bo‘lgan bunday janrlar ichida marsiya alohida kuzatilsa arziydigan
hodisaga aylanib ulgurgan. Marsiyalarni aza chog‘ida maxsus “yig‘ichilar”, “giryandalar”
ijro qilishgan. Qadimshunos olim I.M. Filshtinskiy yozadi: “Risa (yoki marsiya) vafot etgan
kishiga bag‘ishlangan qayg‘uli, motamga cho‘mgan asar. U islomgacha bo‘lgan qadimgi
arab she’riyatida shakllangan janrlardan biridir. Risa o‘zining paydo bo‘lishi, kelib
chiqishi, ildizlariga ko‘ra marosim qo‘shiqlari bo‘lmish yig‘ilarga borib bog‘lanadi. Vafot
etgan kishini qabrga topshirish – tuproqqa qo‘yish marosimida xotini va farzandlari,
yaqin qarindosh-urug‘lari qabiladoshlari oldida ovozi boricha yig‘lab, uning ajoyib
sifatlarini, fazilatlarini aytadilar. Agar dushman bilan ayovsiz jangda shahid ketgan bo‘lsa,
uning jangovarlik, mardlik xislatlari ulug‘lanadi; jigarlarini dushmandan o‘ch olishga
da’vat etiladi. Bu borada, ayniqsa, akasining vafotiga bag‘ishlab risa yozgan al-Mahalhil,
jang-u jadallarda bevaqt shahid bo‘lgan og‘a-inilari ta’ziyasiga bag‘ishlab risalar bitgan
shoira al-Xansa asarlari ma’lum va mashhurdir. Islom qaror topgach hamda arab saroy
she’riyatining taraqqiy etishi munosabati bilan risalar o‘zining ibtidoiy tabiatini yo‘qotdi
va she’riy motam, janozalar shaklini oldi” [1.26]. Darhaqiqat, olim marsiya asosini arab
she’riyati va aza marosimi bilan bog‘laydi. Marsiyashunos olim M. Rahimjonov qarashlari
ham buni tasdiqlab turadi: “Marsiyaning ildizi – genezisi folklordagi yig‘i-yo‘qlovlarga
borib bog‘lanadi. U Yaqin va O‘rta Sharq she’riyatidagi adabiy janrlardan biridir.
Biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan g‘am-alam va hasratni ifodalaydigan
she’r”dir [2.18]. Yosh adabiyotshunos ham marsiya genezisini xalq ijodi deb belgilar
ekan, uning Yaqin va O‘rta Sharq she’riyatida rivojlanganligini ta’kidlaydi. Binobarin,
qadimgi marsiyalardan biri bizga ma’lum bo‘lgan “Alp Erto‘nga” dir:
Ulishib eran bo‘rlayu,
Yirtin yaqo urlayu,
Siqrib uni yurlayu,
Siqtab ko‘zi o‘rtilur[3.77].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701
55
O‘zbek adabiyotida marsiya janrining tub ildizlarini xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq.
Xalq ijodiyotida paydo bo‘lgan bunday janrlar boshqa xalqlarda ham shunday o‘xshash
shakllar mavjudligiga ishora qiladi. Professor Oxunjon Safarovga ko‘ra, xalqlar adabiyoti
o‘rtasidagi bunday mushtaraklik va ular o‘rtasidagi ba’zi farqliliklar shunday izohlanadi:
“Bir necha xalqlardagi bir-biriga o‘xshash janrlar ham ma’lum xususiyatlariga ko‘ra
o‘zaro farq qiladilar. Bu holat, avvalo, har bir xalqning tarixiy urf-odati, maishati, orzu-
umidlari, dunyoqarashi, ijtimoiy-estetik munosabatlari va turmush tarzining in’ikosiga
aylangan folklorining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi” [4.59]. Darhaqiqat, shu xususiyatlari
bilan marsiya milliy adabiyotimizga ham ko‘chgan va shoirlar ijodida namoyon bo‘lgan.
Xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida o‘ziga xos badiiy
takomil bosqichlarini bosib o‘tgan marsiya ma’yus, hazin, o‘ychan, qayg‘u, g‘amgin ruhdagi
she’r yoki qo‘shiqdir. “Marsiya” – arabcha so‘z bo‘lib, “yig‘lamoq”, “aza tutmoq”, “achinmoq”
degan ma’nolarini anglatadi. Biror kishining vafoti munosabati bilan, uning fazilatlarini
e’tirof etish, vafotidan afsuslanish mazmunida yoziladigan lirik she’rdir. Xalq og‘zaki
ijodida marsiyalar “yig‘i” deb ham atalgan va insonlar qalbida tug‘ilgan qayg‘u va alamni,
javobsiz muhabbatni, ayriliq iztirobini, o‘tib borayotgan umr, yo‘qotish, qalbdagi azobli va
hazin tuyg‘ularni ifodalagan. Qadimda “marsiya” ko‘pincha, biron yaqin kishining vafoti
munosabati bilan yozilgan motam qo‘shiqlari shaklida yuzaga kelgan. Mumtoz adabiyotda
marsiyalar podsholarga, yaqin qarindoshlarga bag‘ishlanganligi ma’lum. Narshaxiyning
“Buxoro tarixi”dan o‘rin olgan Siyovush o‘limi bilan bog‘liq marsiya, Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asaridagi “Alp Er To‘nga”, Alisher Navoiyning ustozi
Abdurahmon Jomiyga, Xondamirning Navoiy vafotiga bag‘ishlangan marsiyalar janrning
betakror namunalaridir. Xondamir o‘z marsiyasida Alisher Navoiyning vafot etishini xalq
boshiga tushgan og‘ir musibat sifatida ta’sirchan ifoda etadi.
Ta’kidlash kerakki, marsiya o‘zining she’riy shakliga ega emas. U she’riy shaklni
g‘azal, qasida, murabba, muxammas, tajriband, tarkiband kabilardan “ijaraga olib turadi”.
Bu haqda adabiyotshunos N. Rahimjonov yozadi: “Qayg‘uli motam asarlar, ko‘pincha,
ta’rix, g‘azal, marsiya, firoqnoma, yig‘i-yo‘qlovlar singari lirika janrlarida, bag‘ishlov,
monolog, tarkibband, tarjiband kabi poetik shakllarda yaratib kelingan”. Shu bilan birga
marsiyalarning rang-barang vaznlarda, xususan, an’anaviy barmoq va aruzda ham
bitilishi muhim xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Binobarin, mumtoz adabiyotdagi
marsiyalar ko‘proq aruzda, yangi adabiyotdagi marsiyalar esa, asosan, barmoqda
yozilganligini kuzatish mumkin. Barmoqda yozish an’anasi Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit-turk” asaridagi “Alp Er To‘nga” marsiyasidan boshlanadi. Bu asar
murabba shaklida bo‘lib, misralar asosan a-a-a-b tartibida qofiyalangan. Uning har bir
misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan. Turoqlar tartibi esa 4+3 shaklidadir. Ushbu marsiyani
Aziz Qayumov hozirgi o‘zbek tiliga tabdil qilgan:
Alp Er To‘nga o‘ldimi,
Yomon dunyo qoldimi,
Zamon o‘chin oldimi,
Endi yurak yirtilur.
Marsiyada Alp Er To‘nga xalq qahramoni sifatida tilga olinadi. Shuning uchun
uning o‘limidan xalq chuqur qayg‘uga tushadi. Yuqoridagi satrlarda shu mahzun ohangni
his etish mumkin. Yoki Nodiraning “Firoqnoma” marsiyasi muashshar – o‘nlik shaklida,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701
56
Uvaysiyning farzandi vafotiga bag‘ishlangan “Sog‘indim” radifli marsiyasi g‘azal shaklida
bitilgan. Qolaversa, mumtoz she’riyatdagi marsiyalar, asosan, aruz vaznida bitilgan.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi marsiya Sharq mumtoz va jahon adabiyoti o‘zanlaridan
o‘sib chiqqan. Marsiya va jahon she’riyatidagi qadimiy va navqiron janr bo‘lgan elegiya
xususiyatlarining bir biriga uyg‘unlashuvi, sinkretlashuvi natijasida zamonaviy
adabiyotdagi marsiya shakllanib, takomil topdi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi
marsiyalar an’anaviy barmoq vaznida bitilishi, mahzun ruhi bilan hozirgi she’riyat janrlar
tarkibini to‘ldirib turadi.
Marsiya tabiatidagi sifat o‘zgarishlari shoirning ongi-dunyoqarashi, jamiyat,
voqelik hamda hayot materialining badiiy idroki va ifodasi taqozosiga ko‘ra yuzaga
kelganligi ko‘zga tashlandi. Shu jihatlarga ko‘ra mumtoz va yangi o‘zbek she’riyatida shu
janrda yozilgan asarlar o‘zaro farqlanadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, xalq og‘zaki ijodida marsiyalar “yig‘i” deb
ham atalgan va insonlar qalbida tug‘ilgan qayg‘u va alamni, javobsiz muhabbatni, ayriliq
iztirobini, o‘tib borayotgan umr, yo‘qotish, qalbdagi azobli va hazin tuyg‘ularni ifodalab
kelgan. Ularni aza chog‘ida maxsus “yig‘ichilar”, “giryandalar” ijro qilishgan. Qadimgi
marsiyalardan biri Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan o‘rin olgan
“Alp Erto‘nga” marsiyasi bo‘lib, xalq qahramoni o‘zimi munosabati bilan yozilganligi
ma’lum.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Fatilloyevna, K. Z. (2023). Aspects Of The" Elegy" Genre. Eurasian Journal of
Learning and Academic Teaching, 17, 86-89.
2.
Fatilloyevna, K. Z. (2022). Russian Elegy Of The Non Canonic Period: Typology,
History, Poetics. Eurasian Research Bulletin, 5, 109-111.
3.
Fatilloyevna, K. Z. (2023). Aspects Of The" Elegy" Genre. Eurasian Journal of
Learning and Academic Teaching, 17, 86-89.
4.
Fatilloyevna, K. Z. (2023). Musical Elegy, the history of its origin. Eurasian
Journal of Learning and Academic Teaching, 18, 201-203.
5.
Фильштинский И. М. Марсия. Краткая литературная энциклопедия
в 9 томах. Т. 6, – М.: 1971. – С.295.
6.
Кошғарий М. Девону луғотит-турк. –Б.77. ziyo.uz.com kutubxonasi.
7.
Safarov.O. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T:. Musiqa, 2010. – B.59.
8.
Қуронов Д., Мамажонов З. Ва бошқалар. Адабиётшунослик луғати. –
Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.162.
9.
Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, Darslik. –Toshkent:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. –B.50.
10.
Раҳимжонов Н. Марсия. Шоир эстетикасида ижтимоий-ахлоқий қарашлар.
Китобда: Истиқлол ва бугунги адабиёт. –Тошкент: Ўқитувчи, 2012. –Б.168.
11.
Кошғарий М. Девону луғотит-турк. –Б.77. ziyo.uz.com kutubxonasi.
