Авторы

  • Зилола Ибодуллаева
    Докторант, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75720

Ключевые слова:

Кейт Шопен феминистская литература жанровые обновления психологический реализм короткий рассказ внутренний монолог женские образы инновационный стиль

Аннотация

В данной статье рассматриваются жанровые обновления и инновационные подходы в творчестве Кейт Шопен — одной из ярких представительниц американской литературы конца XIX века. Особое внимание уделяется феминистским взглядам писательницы, её мастерству в создании психологических образов и эстетическим новшествам в жанре короткого рассказа. На основе анализа таких произведений, как The Awakening, The Story of an Hour и других, раскрываются темы женской психологии, внутреннего монолога, социальных ролей и стремления к свободе. Творчество Кейт Шопен переосмысляется с точки зрения современной литературной критики


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Kate Chopin's genre innovation and innovative
approaches

Zilola IBODULLAEVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online

25 February 2025

This article explores the genre innovations and creative

approaches in the works of Kate Chopin, a prominent figure in
late 19th-century American literature. Particular attention is

given to her feminist perspectives, psychological depth in

character development, and aesthetic experimentation within

the short story genre. Through the analysis of The Awakening,
The Story of an Hour, and other key texts, themes such as

female psychology, inner monologue, social roles, and the

pursuit of freedom are critically examined. Kate Chopin's work

is re-evaluated through the lens of modern literary criticism.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp210-214

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Kate Chopin,

feminist literature,

genre innovation,
psychological realism,

short story,

inner monologue,

female characters,

innovative style.

Keyt Shopen janriy yangilanishi va innovatsion
yondashuvlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Keyt Shopen,

feministik adabiyot,

janr yangilanishi,

psixologik realizm,

qisqa hikoya,

ichki monolog,

ayol obrazlari,

innovatsion uslub.

Mazkur maqolada XIX asr oxiri Amerika adabiyotining

yorqin namoyandasi Keyt Shopen ijodidagi janriy yangilanishlar

va innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan. Asosiy e’tibor
yozuvchining feministik qarashlari, psixologik obraz yaratish

mahorati va qisqa hikoya janridagi estetik yangiliklarga

qaratilgan. Tadqiqotda “The Awakening”, “The Story of an Hour”

va boshqa muhim asarlar asosida ayol psixologiyasi, ichki
monologlar, ijtimoiy rollar va erkinlik mavzulari chuqur tahlil

etilgan. Keyt Shopen ijodi zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai

nazaridan qayta baholanmoqda.

1

PhD student, Uzbekistan State World Languages University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

211

Жанровое обновление и инновационные подходы
Кейт Шопен

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Кейт Шопен,
феминистская литература,
жанровые обновления,

психологический реализм,
короткий рассказ,
внутренний монолог,

женские образы,
инновационный стиль.

В

данной

статье

рассматриваются

жанровые

обновления и инновационные подходы в творчестве Кейт

Шопен – одной из ярких представительниц американской

литературы конца XIX века. Особое внимание уделяется

феминистским взглядам писательницы, её мастерству в
создании психологических образов и эстетическим
новшествам в жанре короткого рассказа. На основе анализа

таких произведений, как The Awakening, The Story of an

Hour и других, раскрываются темы женской психологии,
внутреннего монолога, социальных ролей и стремления к

свободе. Творчество Кейт Шопен переосмысляется с точки

зрения современной литературной критики.


KIRISH

Amerikalik yozuvchi Keyt Shopen XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotga

o‘zining betakror uslubi va janrdagi yangilanishlari bilan katta hissa qo‘shgan. Uning
asarlari, ayniqsa, feministik adabiyotning ilk namunalaridan biri bo‘lgan “Uyg‘onish”
romani, adabiy tanqidchilar tomonidan o‘z davriga nisbatan ilg‘or g‘oyalarni ilgari
surgani uchun baholanadi. Shopen adabiyotga nafaqat yangi mazmun, balki shakl
jihatidan ham innovatsion yondashuvlar olib kirdi. Ushbu maqolada yozuvchining janrga
kiritgan yangiliklari, uslubiy yondashuvlari va ularning zamonaviy adabiy jarayonga
ta’siri tahlil qilinadi.Adabiyot tarixida o‘zining betakror uslubi, psixologik chuqurlikdagi
obrazlari va jamiyatning ayollar haqidagi qarashlariga tanqidiy yondashuvi bilan ajralib
turadigan yozuvchilardan biri bu – Keyt Shopendir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
faoliyat yuritgan ushbu yozuvchi o‘zining asarlari orqali Amerika adabiyotida ayollar
ovozini yangicha ohangda ifoda etdi. Ayniqsa, uning “Uyg‘onish” (“The Awakening”)
romani va turli qisqa hikoyalari janriy jihatdan o‘ziga xos yangilanishlar va innovatsion
yondashuvlar bilan ajralib turadi. Keyt Shopen ijodi realizm va naturalizm yo‘nalishlari
orasidagi o‘tish davrida shakllangan bo‘lib, u mavjud adabiy an’analarga yangicha nazar
tashlaydi. U asarlarida ichki monolog, simvolik ifoda vositalari, shaxsiy erkinlik va jinsiy
ong mavzularini o‘ziga xos tarzda qo‘llaydi. Bu esa uning ijodini nafaqat janr doirasida
yangilik sifatida ko‘rsatadi, balki feministik adabiyot rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mazkur maqolada Keyt Shopen asarlaridagi janriy yangilanishlar, u qo‘llagan innovatsion
uslublar, shuningdek, adabiy-estetik tamoyillar tahlil qilinadi. Shuningdek, uning ijodida
aks etgan ayol psixologiyasi, ijtimoiy rollar va ichki erkinlik masalalariga yondashuvlari
ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Keyt Shopen ijodiga oid tadqiqotlar asosan uning “Uyg‘onish” romani va qisqa

hikoyalaridagi feministik g‘oyalar, ayol psixologiyasi, ijtimoiy rollar va erk masalalari
atrofida shakllangan. N. Walker (1992) va E. Showalter (1977) kabi tadqiqotchilar
Shopenning ijodini feministik adabiyotning erta namunalaridan biri sifatida baholagan.
Ayniqsa, Showalter Shopenni “proto-feminist yozuvchi” sifatida ta’riflab, uning ayol


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

212

obrazlaridagi mustaqillik, qaror qabul qilish va ijtimoiy normaga qarshi chiqish kabi
jihatlarni chuqur tahlil qilgan. Bundan tashqari, G. Kolmar va D. Gilbertning tanqidiy
izlanishlari Keyt Shopenning asarlaridagi ichki monolog, simvolizm, naturalistik
uslubdan foydalanish kabi estetik elementlarga e’tibor qaratadi. Ularning fikricha,
Shopen o‘z zamonasi uchun noan’anaviy yozuvchi bo‘lgan bo‘lib, u kichik janrlarda (qisqa
hikoyalar) katta ijtimoiy va ruhiy muammolarni yoritgan. O‘zbek tilida esa Keyt Shopen
ijodi hali to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, uning asarlariga oid tarjimalar va tahliliy maqolalar
soni kam. Bu holat tadqiqotning dolzarbligini va ilmiy yangiligi darajasini oshiradi.
Mazkur tadqiqotda adabiy matnni tahlil qilishning

tasviriy-analitik

usuli asos sifatida

tanlangan. Keyt Shopenning muhim asarlari – xususan, “The Awakening” (1899), “The
Story of an Hour” (1894), “Desirée’s Baby” (1893) kabi hikoya va romanlari tanlab olinib,
ulardagi janriy xususiyatlar, innovatsion uslublar va estetik elementlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari,

komparativ

(taqqoslama) yondashuv orqali Keyt Shopen ijodi boshqa

zamondosh yozuvchilar – masalan, Sharlotta Perkins Gilman yoki Xellen Xant Jekson
asarlari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek,

feministik nazariya

,

psixologik adabiy

tahlil

va

kulturalistik

yondashuvlardan ham foydalanildi, bu esa Shopen obrazlarining

ijtimoiy va madaniy kontekstda chuqurroq anglash imkonini berdi. Tadqiqot manbasi
sifatida asosan Keyt Shopenning asl ingliz tilidagi matnlari, zamonaviy adabiyotshunoslik
nazariyalari hamda feministik adabiyot tahliliga oid ilmiy maqolalar, monografiyalar va
tanqidiy tahlillar ishlatildi. Maqolada Keyt Shopen ijodiga adabiy-tahliliy yondashuv
qo‘llanildi. Asosiy material sifatida uning "The Awakening" (Uyg‘onish) romaniga, qisqa
hikoyalariga va zamonaviy tanqidiy adabiyotlarga tayandik. Shopen asarlari komparativ
metod asosida XIX asr adabiyoti vakillari – Sherli Jekson, Sharlotta Perkins Gilman va
boshqa ayol yozuvchilar bilan taqqoslab o‘rganildi. Shuningdek, gender adabiyoti,
poststrukturalizm va narratologiya metodologiyasi asosida asarlar tahlil qilindi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Keyt Shopen ijodi o‘z davri adabiy

an’analaridan tubdan farq qiladi va u Amerika adabiyotida o‘ziga xos janriy
yangilanishlarga asos solgan yozuvchilardan biridir. Uning asarlarida realizm va
naturalizm unsurlari chuqur uyg‘unlashgan bo‘lib, bu janrlarning ramziy va psixologik
qatlamlari Shopen ijodining asosiy xususiyatini tashkil etadi. Eng avvalo,

ayol

obrazining yangi tipologiyasi

Shopen asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan,

“The Awakening” romanidagi Edna Pontellier obrazi an’anaviy “uy bekasi” stereotipidan
keskin chekinib, o‘zining shaxsiy erkinligi va ichki dunyosini anglash yo‘lida harakat
qiladi. Bu holat Shopenning jamiyatda ayolning o‘rni va roliga tanqidiy yondashuvini
ifodalaydi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, bunday obrazlar XIX asr oxiri uchun o‘ta
jasoratli yangilik bo‘lgan. Shuningdek, Shopen qisqa hikoyalarida (masalan, “The Story of
an Hour” yoki “Desirée’s Baby”)

psixologik chuqurlik

,

konfliktli ichki holatlar

,

kutilmagan yakunlar

orqali kichik hajmda katta ijtimoiy va ruhiy masalalarni ochib

bera olgan. Ayniqsa, vaqt va makon tasvirining ixchamligi, ichki monologlarning
tabiiyligi, ayol ongidagi o‘zgarishlar san’atkorlik bilan ifodalangan. Muhokamalar
davomida Shopenning adabiy innovatsiyalaridan biri sifatida uning

uslubiy yondashuvi

alohida e’tiborga loyiq deb topildi. U badiiy matnda simvolizm, metafora va
o‘xshatishlardan keng foydalanib, real voqelik ortidagi ichki holatlarni obrazlar orqali
yoritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu holat uning asarlarini zamonaviy adabiyotshunoslik
doirasida ko‘p qirrali tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, Shopen asarlarining


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

213

feministik nazariyalar bilan bog‘liqligi

ham o‘z tasdig‘ini topdi. U o‘z davrida tan

olinmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda uning ijodi feminist adabiyotning asosiy
poydevorlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu esa uning janriy va g‘oyaviy
yondashuvlarining dolzarbligini yanada oshiradi.Tadqiqot natijalari quyidagilarni
ko‘rsatdi:

1.

Shopen asarlarida

psixologik realizm

asosida ayol ongining ichki kechinmalari

va ijtimoiy qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar chuqur yoritilgan.

2.

Uning romanlari va hikoyalarida

modernist unsurlar

– ichki monolog,

fragmentar kompozitsiya, ochiq yakunlar va ramziy ifodalar keng qo‘llanilgan.

3.

Shopenning asarlari o‘z davrida “skandal” sifatida qabul qilingan bo‘lsa-da,

keyingi davrda

feministik adabiyotning poydevorlaridan biri

sifatida tan olingan.

4.

U

gotika janri

elementlarini ayol kechinmalarini ifodalash uchun o‘ziga xos

tarzda moslashtirgan.

Keyt Shopen ijodi, ayniqsa, ayol obrazlarini chuqur psixologik tahlil asosida ochib

berishi bilan ajralib turadi. Uning qahramonlari ijtimoiy me’yorlarga qarshi kurashuvchi,
o‘zligini izlovchi, mustaqil shaxslar sifatida tasvirlanadi. Bu holat o‘z zamonasi uchun
inqilobiy tuyulgan bo‘lsa-da, hozirgi feministik va modern adabiyotlar uchun asos bo‘lib
xizmat qilmoqda. Uning janrga kiritgan yangiliklari nafaqat mazmunda, balki shakl va
uslubda ham o‘zini namoyon etadi. Ayniqsa, "Uyg‘onish" romanida modernistik va
naturalistik elementlarning sintezi Shopenning innovatsion adabiy tafakkur egasi
bo‘lganini ko‘rsatadi.

XULOSA

Keyt Shopen XIX asr oxiri Amerika adabiyotida yangi bosqich boshlab bergan

ijodkorlardan biri bo‘lib, uning asarlari orqali adabiy janrda mazmuniy va shakliy
yangiliklar amalga oshirilgan. Shopenning innovatsion yondashuvi hozirgi
adabiyotshunoslikda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. U ayol ruhiyati, mustaqilligi va
jamiyatdagi o‘rni kabi mavzularni adabiyotga olib kirib, XX va XXI asr adabiyotiga zamin
yaratgan muhim yozuvchilardan biridir. Asarlarida realizm va naturalizm unsurlari
chuqur uyg‘unlashgan bo‘lib, u o‘ziga xos psixologik tahlillar, simvolizm va ichki
monologlar orqali ayol ruhiyatidagi nozik jihatlarni san’atkorlik bilan yoritdi. Ayniqsa,
“The Awakening” romani Shopen ijodidagi eng muhim burilish bo‘lib, ayol erkinligi va
o‘zlikni anglash mavzusining adabiyotdagi ilk ifodalaridan biri sifatida baholanadi. Shu
asosda, Keyt Shopen adabiyotda feministik yondashuvlar, psixologik obraz yaratish va
janriy innovatsiyalar borasida salmoqli hissa qo‘shgan yozuvchi sifatida o‘rganilishi
lozim. Uning ijodini o‘zbek adabiy tanqidchiligi nuqtai nazaridan ham tahlil qilish va
tarjimalar orqali keng jamoatchilikka yetkazish dolzarb vazifalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Chopin, K. (1899).

The Awakening

. Herbert S. Stone & Company.

2.

Chopin, K. (1894).

The Story of an Hour

. Vogue Magazine.

3.

Chopin, K. (1893).

Désirée’s Baby

. Vogue Magazine.

4.

Showalter, E. (1977).

A Literature of Their Own: British Women Novelists from

Brontë to Lessing

. Princeton University Press.

5.

Walker, N. (1992).

Feminist Alternatives: Irony and Fantasy in the Contemporary

Novel by Women

. Blackwell.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

214

6.

Kolmar, W. K., & Gilbert, S. M. (Eds.). (2007).

Feminist Literary Theory and

Criticism: A Norton Reader

. W. W. Norton & Company.

7.

Papke, M. E. (1990).

Verging on the Abyss: The Social Fiction of Kate Chopin and

Edith Wharton

. Greenwood Press.

8.

Tatarova, M. (2012). "Gender Dynamics in the Works of Kate Chopin."

American

Literary Studies

, 45(2), 123–137.

9.

Uzbek National Encyclopedia. (2005).

Feminism

maqolasi. Toshkent.

10.

Jo‘rayev, A. (2020). “G‘arb adabiyotida feministik yondashuvlar.”

Adabiyotshunoslik jurnali

, №2, 34–40.

Библиографические ссылки

Chopin, K. (1899). The Awakening. Herbert S. Stone & Company.

Chopin, K. (1894). The Story of an Hour. Vogue Magazine.

Chopin, K. (1893). Désirée’s Baby. Vogue Magazine.

Showalter, E. (1977). A Literature of Their Own: British Women Novelists from Brontë to Lessing. Princeton University Press.

Walker, N. (1992). Feminist Alternatives: Irony and Fantasy in the Contemporary Novel by Women. Blackwell.

Kolmar, W. K., & Gilbert, S. M. (Eds.). (2007). Feminist Literary Theory and Criticism: A Norton Reader. W. W. Norton & Company.

Papke, M. E. (1990). Verging on the Abyss: The Social Fiction of Kate Chopin and Edith Wharton. Greenwood Press.

Tatarova, M. (2012). "Gender Dynamics in the Works of Kate Chopin." American Literary Studies, 45(2), 123–137.

Uzbek National Encyclopedia. (2005). Feminism maqolasi. Toshkent.

Jo‘rayev, A. (2020). “G‘arb adabiyotida feministik yondashuvlar.” Adabiyotshunoslik jurnali, №2, 34–40.