Авторы

  • Мохичехра Намозова
    Докторант, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75738

Ключевые слова:

редупликация морфология лексическая единица словообразование грамматическая функция

Аннотация

В данной статье проводится научный анализ морфологических и лексических особенностей редупликативных слов, их способов формирования и грамматических функций. Рассматривается роль явления редупликации в различных языках, проводится анализ на основе примеров из узбекского языка, а также освещается его лингвистическая значимость.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Types of morphological and lexical analysis of

reduplicated words

Mokhichekhra NAMOZOVA

1

Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

10 January 2025

Accepted 25 January 2025

Available online

25 February 2025

This article provides a scientific analysis of the

morphological and lexical characteristics of reduplicative

words, their formation processes, and grammatical functions.

The role of reduplication in various languages is examined

based on examples from the Uzbek language, and the linguistic

significance of these reduplicative words is elucidated.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp246-249

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

reduplication,

morphology,

lexical unit,

word formation,

grammatical function.

Reduplikativ so‘zlarning morfologik va leksik tahlil turlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

reduplikatsiya,

morfologiya,

leksik birlik,

so‘z yasalishi,

grammatik funksiya.

Ushbu maqolada reduplikativ so‘zlarning morfologik va

leksik xususiyatlari, ularning shakllanish yo‘llari va grammatik

funksiyalari haqida ilmiy tahlil beriladi. Reduplikatsiya

hodisasining turli tillardagi o‘rni, o‘zbek tilidagi misollar asosida

tahlil qilinadi va ularning lingvistik ahamiyati yoritiladi.

Виды морфологического и лексического анализа

редупликативных слов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

редупликация,

морфология,

лексическая единица,

словообразование,

грамматическая функция.

В данной статье проводится научный анализ

морфологических

и

лексических

особенностей

редупликативных слов, их способов формирования и

грамматических функций. Рассматривается роль явления

редупликации в различных языках, проводится анализ на

основе примеров из узбекского языка, а также освещается

его лингвистическая значимость.

1

PhD Student, Termez State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

247

KIRISH

Tilshunoslikda reduplikatsiya hodisasi muhim lingvistik hodisalardan biri bo‘lib,

u so‘zlarning takrorlanishi yoki o‘xshash fonetik birliklar yordamida hosil qilinishini
ifodalaydi. O‘zbek tilida reduplikativ so‘zlar turli grammatik vazifalarni bajarib, matnda
ta’sirchanlikni oshirish, ta’kidlash yoki sifat va miqdor darajasini ifodalash kabi
maqsadlarda qo‘llaniladi.

Tilshunoslikda so‘z hosil qilish va grammatik ma’no ifodalash

vositalaridan biri sifatida reduplikatsiya muhim o‘rin tutadi. Reduplikatsiya so‘zning
butunlay yoki qisman takrorlanishi orqali yangi ma’no hosil qilish jarayoni bo‘lib, dunyo
tillarining aksariyatida kuzatiladi. Bugungi kunda dunyoda 7000 dan ziyod tillar mavjud
bo‘lsa, ularning deyarli 80% qismida takror so‘zlar uchraydi. Olimlar til hodisalariga
qiziqish bildirgan vaqtlardan takror so‘zlarni tadqiq qila boshladilar. Ushbu hodisa,
ayniqsa, turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham keng qo‘llaniladi. O‘zbek tilida
reduplikatsiya lug‘aviy va grammatik vazifalarni bajarib, so‘zlarning ifoda doirasini
kengaytiradi, ularning emotsional-ta’sirchanlik darajasini oshiradi hamda uslubiy
boylikni ta’minlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu maqolada reduplikativ so‘zlarning morfologik va leksik tasnifi bo‘yicha turli

ilmiy manbalar va o‘zbek tilining amaliy materiallari tahlil qilindi. Tadqiqotda lingvistik
tahlil, tasnifiy yondashuv va qiyosiy usullardan foydalanildi. O‘zbek tilidagi
reduplikatsiya hodisasi turli kontekstlarda ko‘rib chiqildi va so‘zlarning hosil bo‘lish
jarayonlari o‘rganildi. Reduplikatsiya hodisasiga turli tilshunos olimlar qiziqish bildirgan
va tahlilga tortgan. Jumladan, sharqshunos olimlar K. Foy va L. Bonelli takror va qoʻshma
soʻzlarni mustaqil lingvistik birlik deb hisoblamasalar-da, lekin bu soʻzlarning
etimologiyasi, komponentlar boʻyicha tasnifiga batafsil toʻxtalib, ularning fonetik va
morfologik tarkibi haqida qimmatli maʼlumotlar berganlar. Turkiy tillarda reduplikativ
so‘zlarni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish dastlab juda mukammal bo‘lmagan ishlar
asosida olib borilgan.

Reduplikatsiya hodisasini o‘rganishda turkolog olim V.V. Radlovning takrorning

shakllanishi va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari qimmatlidir. Olimning fikricha,
barcha turkiy lahjalar va tillar shuningdek, turdosh moʻgʻul va tunguz tillari soʻzning
maʼnosini oshirish va takrorlash asosida qurilgan bo‘lib, so‘z yoki so‘z turkumlarining
shaklini o‘zgartirish reduplikatsiya hodisasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbek olimlaridan professor Ayub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligida reduplikatsiya

hodisasini anchayin kengroq o‘rgangan. Olim “O‘zbek tili morfologiyasiga kirish”,
shuningdek, doktorlik dissertatsiyasida reduplikativ so‘zlarning yasalishiga katta o‘rin
ajratib, tahlolga tortgan. Shuningdek, reduplikatsiyalarning yasalish usullarini alohida
ta’kidlab, quyidagi turlarni belgilaydi: 1. O‘zagi o‘zgarmay shakllangan so‘zlar:
paq-paq, shaq-shaq, chak-chak, bul-bul kabilar; 2. Takrorlanuvchi elementning birinchi
komponentiga bitta unli tovush qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan so‘zlar: paqa-paq, taqa-taq,
shaqa-shaq kabi.

A. G‘ulomov reduplikativ so‘zlarning etimologiyasi va ma’nosi haqida gapirar ekan,

ular predmet, hodisa, va harakatning ko‘pligini ifodalashini ta’kidlaydi.

Professor o‘zining doktorlik dissertatsiyasida qo‘shimcha so‘zlarni ikki guruhga

ajratadi: 1) tashqi o‘zgarishsiz shakllangan takrorlar; 2) tashqi o‘zgarish usuli bilan hosil
qilingan takrorlashlar, ya’ni so‘zning keng ma’nosida fonetik va morfologik jihatdan
o‘zgargan so‘zlar. Ayub G‘ulomov tashqi o‘zgarishlarga uchragan reduplikativ so‘zlarni


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

248

tahlil qilib, ularni bir necha turlarga ajratadi. 1. Komponentlardagi unli tovushlarning
o‘rnini bosishi bilan hosil bo‘lgan takror: qars-qurs, kalta-kulta, laq-luq kabilar;
2. Ikkinchi komponentdagi undosh tovushlarni almashtirish yoki unli tovush bilan
boshlangan ikkinchi komponentga bitta undosh tovush qoʻshish orqali hosil boʻlgan
takrorlar: daftar-paftar, hazil-mazil, meva-cheva, osh-posh, kir- chir kabilar; 3. -ba va -ma
elementini bir komponentda qabul qilish: birma-bir, ketma-ket, rang-barang va
boshqalar.4. Birinchi komponent affikssiz takrorlanadi: kundan-kun, yildan-yil, tekin-
dan-tekin yoki sifatlardan hosil qilingan takrorlar: achchiqdan-achchiq, ochiqdan-ochiq
Birinchi komponenti -a affiksini olgan takror so‘zlar: ura-ur, ko‘cha-ko‘ch, torta-tort
kabilar.

MUHOKAMA

Reduplikativ so‘zlarning morfologik tuzilishini o‘rganishda ularning qanday

tarkibiy qismlardan iborat ekani, qanday so‘z turkumlariga mansubligi va qanday
ma’nolarni ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilida reduplikatsiya ikki asosiy
shaklda namoyon bo‘ladi: Reduplikativ so‘zlarni morfologok tahlil qilish, takror so‘zlarni
chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Tilning boyligi, imloniyatlari kengligini hisobga
olsak, reduplikatsiya hodisasi anchayin muhokamali mavzu ekanligi anglashiladi.
Reduplikatsiya hodisasi sifat, taqlid so‘zlar, zamon affikslarida uchraydi. Takror
so‘zlarning morfologik tahlilida quyidagilar namoyon bo‘ladi. a) Birinchi komponent
kelasi zamon elementi, ikkinchi komponent fe’l affiksining kesim shakli bo‘lib, ikkinchi
komponent fe’l o‘zagi bilan takrorlanadi: shoshma-shoshar, chaqma-chaqar kabilar;
b) ergash gapning inkor shaklini -r yuklamasi bilan takrorlash orqali hosil qilingan
takrorlar: bo‘lar-bo‘lmas, bilar-bilmas kabi, d) ko‘rsatkich mayli shaklida fe`lning buyruq
mayliga o‘tishi bilan hosil qilingan takrorlar: bo‘lsa-bo‘lsin, kelsa-kelsin, aytsa-aytsin
kabi.

Shuningdek takrorlar bir tovush takrori orqali ham hosil qilinadi. 1) ikkinchi

komponentda p, m, s, h, k, b, d, j tovushlaridan biri qo‘shiladi; un-pun, ot-mot,ot-pot,
oz-moz, oʻrik-mo‘rik, irim-sirim, irim-jirim, o‘nqir-ch‘onqir, onda-sonda, avrab-savrab,
alang-kalang, adi-badi, azza -bazza, imi-jimi kabi.

So‘z takrori ikki turga ajratiladi: 1. So‘zlarning to‘liq takrorlanishi. Toʻliq

takrorlanish hodisasida so‘zning ikki komponenti ham o‘zgarishsiz takrorlanadi va leksik
ma’nosini saqlab qolgan holda qo‘shimcha grammatik ma’nolarni (ko‘plik, kuchaytirish)
ifodalaydi: uzun-uzun, katta-katta kabi.

2. To‘liq bo‘lmagan takrorlashlar. To‘liq bo‘lmagan reduplikatsiya bilan ikkinchi

komponent o‘zgarishlarga uchraydi: sap-sariq, qop-qora kabi. So‘zlarning to‘liq
takrorlanishi sodda va hosila ildizlardan yasaladi. Bu ikkilanishning asosiy leksik va
grammatik ma’nosi so‘zlarning grammatik ma’nolarini kuchaytirishdir. Masalan, o‘ynab-
o‘ynab, ko‘p-ko‘p, juda-juda, tom-tom,guruh -guruh ,baland-baland kabi.

S. Usmonov so‘zlarning to‘liq takrorlanishini funksional-grammatik shaklning analitik

yo‘l bilan shakllanishi deb hisoblaydi. Bu yerda nominativ holatda otlar takrorlanadi. Muallif
bunday takrorlarni o‘rganishning muhimligini ta’kidlaydi: “Nol ko‘rsatkichli so‘zlarning
takrorlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan grammatik va semantik hodisalar o‘zbek tili bilimi va
umuman turkiyshunoslik uchun muhim masalalardan biridir”.

Takror hodisasi she’riy va badiiy asarlarda ko‘plab qo‘llaniladi. She’riy asarlardagi

takrorlar qofiyalangan misralarning boshida, o‘rtasida va oxirida joylashishi mumkin.
Ushbu takrorlashlar orqali bajariladigan badiiy va kommunikativ funksiyalar nutqning


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

249

ta‘sirchanligiga, unga ekspressiv hissiy tus berish ta’sirida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Badiiy asarlarda takror so‘zlardan foydalanish fikrni ta’sirchan, aniqroq ifoda qilish
imkonini beradi.

Ayrim tadqiqotchilar gaplardagi takrorlanish hodisasini so‘zlashuv nutqiga xos

parallelizmlar deb biladilar. Biroq, takrorlashlarning mohiyati bu bilan cheklanmaydi.
Nutqda shunday takrorlar borki, ularda bir xil so‘zning takrori bitta grammatik ma’noni
yetkazishga, bitta vazifani ifodalashga xizmat qiladi. Bunday takrorlarda so‘z takrori
shakli ma’no va mohiyat bilan, yaxlit holda hosil bo‘lgan lisoniy birlikning shakl va
vazifasi bilan uzviy bog‘langan: quvnay-quvnay o‘sdi, kula-kula so‘zladi kabi.

Fikrimizcha, “leksik takrorlash” atamasi tildagi barcha takrorlashlarni o‘z ichiga

oladi. Bir xil tovushlarning takrorlanishi yoki ularning kombinatsiyasi ma’lum bir ketma-
ketlikda sodir bo‘ladi, bunday takrorlar xalq og‘zaki ijodida keng qo‘llaniladi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, reduplikativ so‘zlar o‘zbek tilining boy leksik

qatlamini tashkil etib, ular nutqda obrazlilik, ifodalilik va ta’sirchanlikni oshiradi. Ushbu
so‘zlar leksik-semantik, grammatik va stilistik jihatdan turli vazifalarni bajaradi. Ularni
chuqur o‘rganish tilshunoslik fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kelgusida
ushbu so‘zlarning dialektal variantlari va tarixiy taraqqiyoti bo‘yicha tadqiqotlar olib
borish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Radlov. V.V Phonetik der nördlichen Türksprachen. Leipzik, 1883.

2.

Уринбаев Зариф. Лингвистическая природа редупликаций в современном

узбекском языке. – Ташкент. 1982

3.

Ғуломов А. Ўзбек тилида сўз ясаш йўллари ҳақида. Труди АҲ УзCCР –

Тошкент, 1949.

4.

Asqarova M. "O‘zbek tilining morfologik tuzilishi". Toshkent: Fan, 2015. B.46

5.

Rahimov A. "Tilshunoslik asoslari". Toshkent: Universitet nashriyoti, 2018.B. 78

6.

Bo‘riyev Sh. "Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatikasi". Toshkent:

O‘zbekiston, 2020.

7.

Усманов. С. Бош келишик формасида такрорланган отларнинг семантик ва

грамматик хусусиятларига доир. – ТашГПИ, 1957.

Библиографические ссылки

Radlov. V.V Phonetik der nördlichen Türksprachen. Leipzik, 1883.

Уринбаев Зариф. Лингвистическая природа редупликаций в современном узбекском языке.- Ташкент. 1982

Ғуломов А. Ўзбек тилида сўз ясаш йўллари ҳақида. Труди АҲ УзCCР—Тошкент, 1949.

Asqarova M. "O‘zbek tilining morfologik tuzilishi". Toshkent: Fan, 2015. B.46

Rahimov A. "Tilshunoslik asoslari". Toshkent: Universitet nashriyoti, 2018.B. 78

Bo‘riyev Sh. "Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatikasi". Toshkent: O‘zbekiston, 2020.

Усманов. С. Бош келишик формасида такрорланган отларнинг семантик ва грамматик хусусиятларига доир. —ТашГПИ, 1957.