Авторы

  • Нилуфар Курбонова
    Старший преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75746

Ключевые слова:

медицинская терминология переводоведение функционально-семантический анализ терминологическая эквивалентность узбекский язык английский язык

Аннотация

Данная статья посвящена изучению функционально-семантических особенностей медицинских терминов на английском и узбекском языках. В исследовании анализируются лингвистические особенности медицинской терминологии на обоих языках, проблемы в процессе перевода, и семантические вариации терминов. В связи с развитием медицинской сферы в Узбекистане актуален вопрос о создании соответствия между международной медицинской терминологией и ее альтернативами на национальном языке. В статье рассматривается анализ функционально-семантических свойств терминов и эффективность методов перевода.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Functional and semantic characteristics of medical
terminology translation between English and Uzbek

Nilufar KURBONOVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online

25 February 2025

This article is devoted to the study of the functional-semantic

properties of medical terms in English and Uzbek. The study
analyzes the linguistic features of medical terminology in both

languages, problems in the translation process, and semantic

changes in terms. Together with the development of the field of

Medicine in Uzbekistan, the issue of creating compatibility
between international medical terminology and their national

language alternatives is relevant. The article discusses the

analysis of the functional-semantic properties of terms and the

effectiveness of translation methods.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp310-315

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

medical terminology,

interpreting,

functional-semantic
analysis,

terminological equivalence,
Uzbek,

English.

Ingliz va oʻzbek tillarida tibbiyot terminlari tarjimasining
funksional-semantik xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

tibbiyot terminologiyasi,
tarjimashunoslik,

funksional-semantik tahlil,
terminologik ekvivalentlik,
oʻzbek tili,

ingliz tili.

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiyot

terminlarining funksional-semantik xususiyatlarini oʻrganishga

bagʻishlangan.

Tadqiqot

har

ikkala

tildagi

tibbiy

terminologiyaning

lingvistik

xususiyatlarini,

tarjima

jarayonidagi muammolarni, va terminlarning semantik
oʻzgarishlarini tahlil qiladi. Oʻzbekistonda tibbiyot sohasining

rivojlanishi bilan birgalikda, xalqaro tibbiy atamashunoslik va

ularning milliy tildagi muqobillari oʻrtasida moslik yaratish

masalasi dolzarb hisoblanadi. Maqolada terminlarning

funksional-semantik xususiyatlarining tahlili va tarjima
usullarining samaradorligi muhokama qilinadi.

1

Senior Lecturer, Uzbekistan State World Languages University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

311

Функционально-семантические особенности перевода
медицинских терминов на английский и узбекский
языки

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

медицинская
терминология,

переводоведение,
функционально-
семантический анализ,
терминологическая

эквивалентность,
узбекский язык,
английский язык.

Данная статья посвящена изучению функционально-

семантических особенностей медицинских терминов на

английском и узбекском языках. В исследовании

анализируются

лингвистические

особенности

медицинской терминологии на обоих языках, проблемы в
процессе перевода, и семантические вариации терминов.

В связи с развитием медицинской сферы в Узбекистане

актуален вопрос о создании соответствия между

международной медицинской терминологией и ее
альтернативами на национальном языке. В статье

рассматривается анализ функционально-семантических

свойств терминов и эффективность методов перевода.


KIRISH

Tibbiyot terminologiyasi – har qanday tilning eng murakkab va dinamik

rivojlanuvchi qatlamlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida tibbiy
bilimlarning xalqaro integratsiyasi tufayli terminologik tizimlar orasidagi aloqa masalasi,
ayniqsa ingliz tilidan milliy tillarga tarjima qilish masalasi tobora dolzarb boʻlib
bormoqda. Ingliz tili xalqaro tibbiyot sohasida "lingua franca" vazifasini bajarmoqda, bu
esa mazkur tildagi terminlarning boshqa milliy tillarga aniq va tizimli tarjima qilinishini
talab etadi [1].

Oʻzbekistonda tibbiyot fani va amaliyotining jadal rivojlanishi, xalqaro ilmiy

hamjamiyatga integratsiyalashuv jarayoni hamda chet eldagi tibbiy adabiyotlar,
protokollar va yoʻriqnomalardan foydalanish zarurati oʻzbek tilidagi tibbiy
terminologiyani takomillashtirish masalasini dolzarblashtirmoqda. Bugungi kunda
oʻzbek tibbiy terminologiyasi rivojlanish va standartlashtirilish bosqichida turgan boʻlsa-
da, ingliz tilidagi tibbiy terminlarni oʻzbek tiliga tarjima qilishda qator lingvistik va
semantik muammolar yuzaga kelmoqda [2].

Ushbu tadqiqotning maqsadi ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiyot terminlarining

funksional-semantik xususiyatlarini oʻrganish, ularning tarjima jarayonidagi oʻziga xos
jihatlarini aniqlash hamda bu ikki til tibbiy terminologiyasi oʻrtasidagi munosabatlar
xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot natijasida tibbiy terminlar tarjimasida
samarali strategiyalar ishlab chiqish boʻyicha amaliy tavsiyalar beriladi.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy-tipologik tahlil, komponent tahlil, diskurs tahlili

va tarjimashunoslik usullariga asoslangan. Tibbiy terminlarning funksional-semantik
xususiyatlari oʻrganilgan adabiyotlarni ikki guruhga boʻlish mumkin: birinchisi, umumiy
terminologiya va tarjimashunoslik masalalariga oid tadqiqotlar; ikkinchisi, maxsus tibbiy
terminologiya, uning taraqqiyoti va tarjimasi haqidagi ishlar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

312

Terminologik birliklarning lingvistik va tarjimashunoslik aspektlariga bagʻishlangan

G.B. Abduraxmonova va A.A. Abduazizovning tadqiqotlarida terminlar tarjimasining
lingvistik xususiyatlari va ularning tizimli tashkil etilish masalalari yoritilgan [3]. Ularning
fikriga koʻra, “tibbiy terminlar tarjimasida ularning maʼno va funksiyasini toʻlaqonli
ifodalash, ayniqsa, ilmiy-tibbiy kontekstda alohida ahamiyatga ega”.

Xalqaro miqyosda Cabré va boshqalarning tadqiqotlari terminologik birliklarning

kommunikativ, kognitiv va lingvistik dimensiyalarini oʻrganishda muhim metodologik
asos boʻlib xizmat qiladi [4]. Tibbiy terminlarning tarjimasida ular taklif qilgan
“kommunikativ-pragmatik yondashuv” ayniqsa samarali hisoblanadi.

Oʻzbek tilshunosligi doirasida A.E. Mamatov va boshqalarning ishlari tibbiy

terminlarning milliy tildagi ekvivalentlarini yaratish, ularning funksional-pragmatik
jihatlarini ochib berish boʻyicha muhim nazariy asos boʻlib xizmat qiladi [5]. Tibbiy
terminlar tizimi shiddat bilan rivojlanayotgani sabab, “ularning tarjima jarayonida
funksional-semantik ekvivalentligini taʼminlash, tarjima qilingan terminning maqsadli
auditoriya uchun tushunarli va amaliy boʻlishi” alohida ahamiyatga ega ekanligi
taʼkidlanadi.

D.S. Iskandarova va boshqalarning tadqiqotlarida oʻzbek tilida tibbiy terminlarning

shakllanish tarixi va manbalari tahlil qilingan [6]. Ular oʻzbek tibbiy terminologiyasining
rivojlanishida arab, fors, rus va ingliz tillarining taʼsirini alohida taʼkidlashgan.

Ingliz tibbiy terminologiyasining rivojlanishi va uning boshqa tillarga tarjimasi

boʻyicha G. Wulffi va P. Faber-larning ishlarida tibbiy terminlar tarjimasining
lingvokognitiv va funksional-pragmatik aspektlari ochib berilgan [7, 8]. Ularning
yondashuviga koʻra, “tibbiy terminlar tarjimasida terminning semantik qiymati bilan
birga, uning kontseptual mohiyati va funksional vazifalari ham hisobga olinishi zarur”.

Zamonaviy tibbiyot terminologiyasining tarkibi va xususiyatlari haqida

H. Sonneveld va M. Loening tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, “tibbiy terminologiya
yunoncha-lotincha elementlar, akronimlar, eponimlar va murakkab tuzilishli
terminlardan iborat boʻlib, bular har bir tilda oʻziga xos adaptatsiya usullarini talab
qiladi” [9]. Bu xususiyatlar tarjima jarayonida alohida muammolarni keltirib chiqaradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiy terminlar tahlili ularning funksional-semantik

xususiyatlarida qator oʻziga xosliklarni koʻrsatdi.

Terminlarning

strukturaviy-semantik

xususiyatlari:

Ingliz

tibbiy

terminologiyasi asosan yunoncha-lotincha elementlarga asoslangan boʻlib, keng
qoʻllaniladigan prefikslar (hypo-, peri-, post-) va suffikslar (-itis, – osis, – ectomy) orqali
yangi terminlar hosil qilish imkonini beradi. Oʻzbek tibbiy terminologiyasida esa, ikki
yoʻnalish kuzatiladi: bir tomondan, xalqaro terminlarni transliteratsiya orqali qabul qilish
(kardiopatiya, nefrektomiya), ikkinchi tomondan, milliy terminlar yaratish tendentsiyasi
(yurak kasalligi, buyrak olish) [3, 5].

Ingliz tibbiy terminologiyasida koʻp uchraydigan terminologik birliklarning

funksional-semantik tahlili shuni koʻrsatadiki, ular quyidagi kategoriyalarga boʻlinadi:

1.

Anatomik tuzilmalar terminlari: ingliz tilida "coronary artery", oʻzbek tilida “toj

arteriya” yoki “koronar arteriya”.

2.

Kasalliklar, sindromlar va patologik holatlar: "myocardial infarction" – “miokard

infarkti”.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

313

3.

Diagnostik protseduralar: "magnetic resonance imaging" – "magnit-rezonans

tomografiya".

4.

Davolash usullari va jarrohlik operatsiyalari: "coronary artery bypass grafting" –

"koronar arteriyani shuntlash" yoki "toj arteriyasini aylanib oʻtish operatsiyasi" [10].

Funksional-semantik nuqtai nazardan, ingliz tilidagi tibbiy terminlarning asosiy

xususiyatlaridan biri – ularning koʻp funksionalligidir. Bir xil termin ham ilmiy, ham
klinik, ham ommabop kontekstlarda qoʻllanilishi mumkin. Oʻzbek tilidagi tibbiy
terminologiyada esa koʻpincha ilmiy-professional va ommabop variantlar farqlanadi.
Masalan, "gastritis" termini ilmiy kontekstda "gastrit" sifatida qoʻllanilsa, ommabop
nutqda "oshqozon yalligʻlanishi" deb ishlatiladi [6].

Terminlar tarjimasida quyidagi funksional-semantik muammolar aniqlandi:

Terminologik lakunalar: oʻzbek tilida ayrim tushunchalar uchun aniq

ekvivalentlar mavjud emas.

Polisemiya: ingliz tilidagi ayrim terminlar oʻzbek tiliga tarjima qilinganda maʼno

kengayishi yoki torayishi kuzatiladi.

Toponimik va eponimik terminlar tarjimasi: "Adam's apple" – "boʻqoq", "Achilles

tendon" – "tovon payi".

Qisqartmalar va akronimlar: "AIDS", "MRI", "ECG" kabi ingliz tilidagi qisqartmalar

tarjimasida ikki yoʻnalish mavjud – aynanligicha qoldirish yoki oʻzbek tilidagi ekvivalent
qisqartmalar yaratish (OIV, MRT, EKG).

Mamlakatimizda tibbiy terminologiyaning rivojlanish tendentsiyalari tahlili shuni

koʻrsatadiki, oʻzbek tibbiy terminologiyasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanmoqda:

1.

Xalqaro tibbiy terminlarni transliteratsiya qilish orqali oʻzlashtirish.

2.

Milliy terminlarni yaratish va ularni standartlashtirish.

3.

Termin yaratishning gibrid usuli: xalqaro va milliy elementlarni birlashtirish [8].

Ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiy terminlarning funksional-semantik xususiyatlarini

hisobga olgan holda, tarjimon quyidagi strategiyalardan foydalanishi mumkin:

Kontekstual tarjima: termin ishlatilayotgan kontekst va auditoriyani hisobga

olish.

Doktorlar uchun ilmiy matnlarda xalqaro tibbiy terminlardan foydalanish.

Bemorlar bilan kommunikatsiyada milliy ekvivalentlarni qoʻllash.

Zarurat tugʻilganda tarjimada izoh berish usulidan foydalanish [9].

Tadqiqotimiz davomida shuningdek, tibbiy terminlarning soha ichidagi farqlanishi

ham aniqlandi. Turli tibbiyot sohalarida (kardiologiya, nevrologiya, onkologiya) ingliz
tilidan oʻzbek tiliga terminlar tarjima qilinishining oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
Masalan, farmakologiya sohasida dori nomlarini tarjima qilishda xalqaro nomlanish
prinsiplari saqlansa-da, milliy nomlarning yaratilish tendensiyasi ham kuzatilmoqda.
Dori vositalarining kimyoviy tarkibiga koʻra nomlanishi (paratsetamol, metronidazol)
koʻpincha aynan saqlanib qolsa, ular uchun terapevtik qoʻllanma matni tarjimasida milliy
terminologiyadan foydalanish keng tarqalgan.

Psixiatriya va psixologiya sohasi terminlarining tarjimasida esa semantik

nozikliklar alohida ahamiyat kasb etadi. "Depression" termini tibbiy kontekstda
"depressiya" deb tarjima qilinsa, psixologik konsultirlashda "tushkunlik", "ruhiy ezilish"
tarzida ifodalanishi mumkin. Bu hodisa soha terminlarining kontekstual tarjima
xususiyatlarini koʻrsatadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

314

Zamonaviy tibbiyotning rivoji bilan paydo boʻlayotgan yangi texnologiyalar va

tadjriba usullariga oid terminlar (telemedicine – teletibbiyot, robotic surgery – robot
jarrohlik) tarjimasida neologizmlar yaratilishi muammosi ham dolzarb boʻlib bormoqda.
Bunday hollarda terminlarning funktsional-semantik ekvivalentligi masalasi muhimlik
kasb etib, ularning nafaqat semantik qiymati, balki pragmatik funksiyasi ham saqlangan
holda tarjima qilinishi zarurdir.

Tibbiy diskursning turli janrlarida (ilmiy maqolalar, klinik protokollar, bemorlar

uchun yoʻriqnomalar) terminlarning tarjima qilinish strategiyalari ham farqlanadi. Ilmiy
matndagi terminlar tarjimasida xalqarolik va maxsuslik darajasi yuqori boʻlsa, bemorlar
uchun moʻljallangan materlarda terminlarning tushuntirilishi va milliy muqobillar
berilishi ahamiyatlidir. Bu jarayonda tarjimon nafaqat til bilimi, balki tibbiy va
kommunikativ kompetensiyaga ham ega boʻlishi kerak.

XULOSA

Ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiy terminlarning funksional-semantik xususiyatlari

tadqiqi natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

1.

Har ikkala til tibbiy terminologiyasida strukturaviy-semantik va funksional

farqlar mavjud boʻlib, bular tarixiy, lingvistik va sotsiokulʻturaviy omillar bilan
izohlanadi.

2.

Oʻzbek tibbiy terminologiyasi rivojlanish bosqichida boʻlib, xalqaro va milliy

terminlar oʻrtasidagi balansni saqlagan holda takomillashmoqda.

3.

Tibbiy terminlar tarjimasida funksional-semantik xususiyatlarni hisobga olish

nafaqat lingvistik aniqlikni, balki maʼno va pragmatik ekvivalentlikni taʼminlaydi.

4.

Tarjima strategiyasini tanlashda termin ishlatiladigan kontekst, auditoriya va

kommunikativ vaziyat muhim rol oʻynaydi.

5.

Tibbiy terminologiya tarjimasida yagona standartlashtirilgan yondashuv

yaratish zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ingliz va oʻzbek tillaridagi tibbiy terminlarning funksional-semantik xususiyatlarini

oʻrganish kelgusida tibbiy kommunikatsiyani yaxshilash, tarjima amaliyotini
takomillashtirish va zamonaviy tibbiyot sohasida mamlakatimizning xalqaro
hamkorligini yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Wulff, H. R. (2004). The language of medicine. Journal of the Royal Society of

Medicine, 97(4), 187-188.

2.

Abduraxmonova, G. B. (2018). Tibbiyot terminlari tarjimasining lingvistik

asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya.

3.

Abduazizov, A. A., & Abduraxmonova, G. B. (2019). Terminologik birliklarning

tarjimashunoslik aspektlari. Toshkent: Akademnashr.

4.

Cabré, M. T. (2010). Terminology and translation. Handbook of Translation

Studies, 1, 356-365.

5.

Mamatov, A. E., & Teshayev, Sh. (2020). Oʻzbek tibbiyot terminologiyasining

shakllanishi va rivojlanishi. Samarqand: SamDU nashriyoti.

6.

Iskandarova, D. S. (2017). Oʻzbek tibbiy terminologiyasi: tarixiy va zamonaviy

aspektlar. Buxoro: BuxDU nashriyoti.

7.

Faber, P. (2012). A Cognitive Linguistics View of Terminology and Specialized

Language. Berlin: De Gruyter Mouton.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

315

8.

Wulff, H. R. (2004). The language of medicine. Journal of the Royal Society of

Medicine, 97(4), 187-188.

9.

Sonneveld, H. B., & Loening, K. L. (1993). Terminology: Applications in

interdisciplinary communication. Amsterdam: John Benjamins.

10.

Karimov, S. A. (2021). Zamonaviy ingliz va oʻzbek tibbiyot terminlari qiyosiy

tahlili. Toshkent: OʻzDJTU nashriyoti.

Библиографические ссылки

Wulff, H. R. (2004). The language of medicine. Journal of the Royal Society of Medicine, 97(4), 187-188.

Abduraxmonova, G. B. (2018). Tibbiyot terminlari tarjimasining lingvistik asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya.

Abduazizov, A. A., & Abduraxmonova, G. B. (2019). Terminologik birliklarning tarjimashunoslik aspektlari. Toshkent: Akademnashr.

Cabré, M. T. (2010). Terminology and translation. Handbook of Translation Studies, 1, 356-365.

Mamatov, A. E., & Teshayev, Sh. (2020). Oʻzbek tibbiyot terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishi. Samarqand: SamDU nashriyoti.

Iskandarova, D. S. (2017). Oʻzbek tibbiy terminologiyasi: tarixiy va zamonaviy aspektlar. Buxoro: BuxDU nashriyoti.

Faber, P. (2012). A Cognitive Linguistics View of Terminology and Specialized Language. Berlin: De Gruyter Mouton.

Wulff, H. R. (2004). The language of medicine. Journal of the Royal Society of Medicine, 97(4), 187-188.

Sonneveld, H. B., & Loening, K. L. (1993). Terminology: Applications in interdisciplinary communication. Amsterdam: John Benjamins.

Karimov, S. A. (2021). Zamonaviy ingliz va oʻzbek tibbiyot terminlari qiyosiy tahlili. Toshkent: OʻzDJTU nashriyoti.