Авторы

  • Дилшодбек Тураев
    Магистрант, Бухарский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75748

Ключевые слова:

Асмауль Хосна Аллах Коран аят раб...

Аннотация

В данной статье анализируются аяты, в которых красивые имена Аллаха упоминаются непосредственно в традиционных главах эпоса Алишера Навои «Лисон-ут-Таир». Особое внимание уделяется стихам, воспетым поэтом, обсуждаются их смыслы и значение в жизни человека. В связи с этим даются комментарии о том, как и с какой целью в эпосе упоминаются имена Аллаха  и их роль в художественном творчестве.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Beautiful Names of Allah in the Traditional Chapters
of Alisher Navoi's Epic "Lison ut-Tayr"

Dilshodbek TURAEV

1


Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online

25 February 2025

This article analyzes the verses in the spiritual chapters of

Alisher Navoi's epic poem "Lison-ut-tayr" where the beautiful
names of Allah are directly mentioned. Special attention is paid

to the verses described by the poet, and their meanings and

significance in human life are considered. In addition,

considerations are given to how and for what purpose the
names of Allah are described in the epic poem and their place in

artistic creation.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp346-351

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Asmo-ul-husna,

Allah,

Quran,

verse,

verse,

servant.

Alisher Navoiyning “Lison-ut-tayr” dostonidagi an’anaviy
boblarda Allohning go‘zal ismlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Asmo-ul husna,

Alloh,

Qur’on,

oyat,

bayt,

banda.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Lison-ut tayr”

dostonidagi an’anaviy boblarda Allohning go‘zal ismlari

bevosita keltirilgan baytlar tahlil qilinadi. Shoir vasf etgan

baytga alohida e’tibor berilib ularning ma’nolari va inson
hayotidagi ahamiyati fikr yuritiladi. Shu qatorda, dostonda,

Allohning ismlarini qanday va qay maqsadda bayon etilgani va

uning badiiy ijodda tutgan o‘rni xususida mulohazalar beriladi.

1

Master degree student, Bukhara State University. E-mail: dilshodbekturayev690@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

347

Прекрасные имена Аллаха в традиционных главах
поэмы Алишера Навои «Лисон ут-тайр»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Асмауль Хосна,

Аллах,

Коран,

аят,

аят,

раб.

В данной статье анализируются аяты, в которых

красивые имена Аллаха упоминаются непосредственно

в традиционных главах эпоса Алишера Навои «Лисон-ут-

Таир». Особое внимание уделяется стихам, воспетым

поэтом, обсуждаются их смыслы и значение в жизни
человека. В связи с этим даются комментарии о том, как и с
какой целью в эпосе упоминаются имена Аллаха и их роль в

художественном творчестве.


Alisher Navoiy buyuk mutafakkir turkiy va forsiy tillarda Benazir ijod qilgan so‘z

mulkining sultonidir. Uning asarlarini anglab, tushunib o‘qigan har bir ilm ahli haqiqat va
ma’rifat sirlari yashiringan xazina deya e’tirof etadi. Chunki tarix va tasavvuf aks etgan,
ilm va amallar haqida so‘z yuritilgan, islom va iymon nuri bilan yoritilgan, Allohga bo‘lgan
cheksiz muhabbat ila yo‘g‘rilgan bu o‘lmas meros inson tafakkurini teranlashtiradi.
Bu borada Ergash Ochilov shunday yozgan edi:

“Alisher Navoiy merosi yuksak bir

tog‘ga o‘xshaydi. Uzoqdan shundoqqina qo‘l yetguday masofada ko‘rinsada, u
beqiyos ijod olamiga kirib borganingiz sari uning naqadar ulug‘vorligini his
qilasiz.”

Albatta bunday yuksak ma’no mazmun berish insondan g‘oyat chuqur bilim va

o‘tkir aql talab etadi. Navoiy mana shunday daholardan biri edi. U adabiyotni ijodida
haqiqiy san’at darajasida ko‘rsata bera oldi. Undan shu qadar ko‘p ijodiy meros qoldiki,
yozgan asarlari jahon adabiyotining ulkan boyligiga aylandi. Shoir ijodi keyingi o‘tgan
davrlar adabiy muhitining shakillanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Jumladan:
Ogahiy, Andalib, Uvaysi kabi yuzlab shoir-yozuvchilar Navoiyni ustoz deb bilib, uning
g‘azallariga muxammaslar bitishdi. Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Oybek va Isajon
Sulton kabi taniqli yozuvchilar esa shoir hayotini aks ettiruvchi o‘lmas asarlar yozdilar.
XX–XXШ asrlarga kelib Alisher Navoiy asarlarini nafaqat chop etish balkim ularni har
jihatdan chuqur ilmiy tadqiq qilish olimlar tomonidan keng ko‘lamda amalga oshirildi.
Ular orasidan Aziz Qayumov, Abduqodir Hayitmetov,Abdurashid Abdug‘afforov, Alibek
Rustamov, Vohid Abdullayev, Ibrohim Haqqulov, Suyima G‘aniyeva, Nazzora Bekova kabi
navoiyshunos olimlarning tadqiqotlari ahamiyatga molikdir.

Alisher Navoiy ijodida muhim o‘rin tutgan Navoiy gulshanining gavharlaridan biri

“Lison-ut-tayr” dostonidir. Doston shoirning keksalik chog‘ida 1499-yilda Farididdin
Attorning “ Mantiq-ut tayr” asari ta’sirida yozilgan. Uning hajmi 193 bob 7366 baytni
tashkil etadi. Asar jami 9 ta an’anaviy boblardan iborat bo‘lib, Allohga hamd, Allohga
munojot, Nuri Muhammadiy tarixi, 4 xalifa ta’rifi, Fariduddin Attor ta’rifiga bag‘ishlanadi.

Ananaviy boblarida Allohga bo‘lgan muhabbat va ehtirom chuqur ifodalangan

bo‘lib uning turli xil go‘zal ismlari borasida so‘z yurutiladi va shoir bu ismlarning
haqiqatlariga nazar tashlaydi. Biz ushbu ananaviy boblardagi Allohning go‘zal ismlari
keltirilgan baytlarni topib tahlil qildik.

“Asmo-ul husna” bu Allohning go‘zal ismlari bo‘lib, bu haqida “Qur’oni Karim”da

shunday deyilgan:

“Eng go‘zal

ismlar Allohnikidir. Bas unga ular ila duo qiling”

(Arof surasi 180-oyat)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

348

Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sallollohu alayhi

vasallam: “Allohning 99 ta ismi bor. Kim ularni yod olsa jannatga kiradi. Albatta,
Alloh toqdir va toqlikni yaxshi ko‘radi” dedilar.

Alisher Navoiy asarlarining an’naviy boblarida “Asmo-ul husna” haqida,

tadqiqotlarda umumiy ma’lumotlar berib o‘tilgan, biz esa, tanlagan mavzuyimiz doirasida
kengroq yondashishga harakat qildik. “Lison- ut tayr” dostonida keltirilgan Allohning
go‘zal ismlarini o‘rganish, Navoiy shaxsiyati va badiiy mahoratini chuqur anglashga, eng
asosiysi Allohni yaqindan tanishga xizmat qiladi. Shoir Allohning go‘zal ismlaridan
foydalanib, asarning badiiy jozibasini yanada boyitadi. Bu esa adabiyotda badiiy ifoda
vositalarini kengaytirishga sabab bo‘ladi. Dostonning muqaddimaviy boblarda “Asmo-
ul-husna”-ni o‘rganish nafaqat diniy bilimlarni balki, ma’naviyatni yuksaltirish va axloqiy
tarbiya uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayt:
Ollo-ollo o‘lturur sharmandaliq
Yodima kelsa bu yanglig‘ bandaliq
Sharh:
Ey allohim sanga qilgan bu yanglig‘ bandaligim yodimga tushsa sharmandalik meni

o‘ldiradi.

Ushbu baytda Robbimizning buyuk Alloh ismi keltirilgan.

“Alloh- sherigi va

o‘xshashi bo‘lmagan yakka-yu yagona har qanday nuqsonlardan munazzah (xoli),
har biri cheksiz xazina bo‘lgan go‘zal ismlarni qamrab olgan ismlarning
sultonidir’’.

Alloh ismi uning zoti va barcha sifatlarini o‘zida namoyon etadi. Kishi o‘zini

musulmon sanar ekan uning borligi va birligini dilida ham tilida ham tastiqlashi shart.
Zero “Shahodat kalimasi” mazmuni ham ayni shudir. Baytning birinchi misrasida Alloh
ismining ikki marta takrorlanishi uning kuch-qudrati va naqadar ahamiyatli ekanligini
ko‘rsatadi. Sharmandalik bu insonning o‘zi yoki o‘zgalarga nisbatan tuyadigan uyat va
g‘ashlik hissi bo‘lib bu yerda sharmandalikni his qilish Allohdan kelayotgan bir shart
sifatida ko‘rinadi. Ikkinchi misradagi yodga olish, eslash hissi inson hayotidagi bandalik
mas’uliyatini anglatadi. Demak insonning yodidan chiqmaydigan bu holat Allohning
buyruqlariga amal qilmaslik tufayli yuzaga kelgani ko‘rinadi. Umuman olganda Alisher
Navoiy o‘z hissiyotlarini ifoda etib Allohga bo‘lgan muhabbat va sharmandalik hislarini
o‘rganmoqda, bundan ko‘rinadiki, banda har vaqt , har lahzada bu ism sohibiga
muhtojdir. U Alloh ismining naqadar go‘zal va buyukligini anglashi kerak. Bu mohiyatni
anglay olganlargina qudratli zot oldida o‘zini xor tutib gunohkor banda o‘laroq uning
rahmatidan noumid bo‘lmaydilar. Ali Jobir Fifi o‘zining “Chunki sen Allohsan” nomli
asarida shunday yozadi:

“Maxluqot g‘alabaga ko‘z tikkanida “Ey Alloh” deydi, yordam kerak

bo‘lganida “Ey Alloh” deydi, himoyaga ehtiyoj sezganida “ Ey Alloh” deydi, hidoyat
so‘raganda “Ey Alloh” deydi, mehr shafqatga zor bo‘lganda “Ey Alloh” deydi”.

Bayt:
Ulki maxluqot xalloqidur ul,
Ondin o‘zga foniyu boqiydur ul.
Sharh:
Alloh maxluqotlarning yaratguvchisidir. Undan o‘zga narsalar foniy “o‘tkinchi”

uning o‘zi esa boqiydir.

Ushbu misralarda Allohning ikki go‘zal ismi keltirilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

349

1) Al-Xoliq

“Olamdagi har narsani o‘z xoxishi bo‘yicha yaratuvchi, bor qiluvchi”

Alloh bu sifati ila bizga ma’lum va noma’lum bo‘lgan barcha narsalarni yaratgan,

jumladan: biz ko‘rib turgan mavjudligi hayratga soladigan mukammalligi tafakkur
qilishga undaydigan yer, osmon quyosh, oy kabi jismlarning borligi ham xoliq zotning
qudrati tufaylidir. Bu haqida “Qur’oni Karim”da shunday deyiladi:

“ Agar ulardan kim

osmonlar va yerni yaratgan, quyosh va oyni bo‘ysindirgan deb so‘rasang ular alloh
derlar. Bas qayoqa ketmoqdalar” (Ankabut surasi 61 oyat.)

Demak birinchi misrada maxluqot xalloqi deyish orqali barcha mavjudotlarning

yaratuvchisi Alloh ekani ta’kitlanadi. Inson Allohning bir maxluqoti sifatida yaratuvchisi
kim ekanini tanishi, o‘zligni anglash sari qo‘yilgan asosiy qadamlardan biri sanaladi.

2)Al-Baqiy

“Doimiy bo‘lib, oxiri bo‘lmagan boqiy yashovchi

zot”

Ikkinchi misrada barcha narsalar foniy “o‘tkinchi” Xudo esa boqiy zot sifatida

namoyon etiladi. Boqiylik faqat Allohgagina xos bo‘lib, u yaratgan narsalarga nisbatan bu
tushuncha nisbiylik kasb etadi. Masalan: Dunyo va undagi barcha narsalar jumladan,
odamiy zot ham kuni kelib zavolga yuz tutadi. Umuman olganda bu bayt insoniyatga
yaratuvchi va boqiy turguvchi zot Alloh ekanini tanitadi va shuningdek hayotning
o‘tkinchiligi, boqiylikni esa faqat Xudodan topish mumkinligini bildiradi.

Bayt:
Bor sen, sen borlig‘ zebandasi,
Birlik-u jabborlig‘ arzandasi.
Sharh:
Ey Allohim sen borsan va mavjudlikning eng oliysi san birlik va jabborlik sengagina

xosdir.

Bu baytda Allohning Al-Jabbor ismi keltirilgan. Birinchi misrada borsan deya

Allohning borligi qat’iy tan olinib, borliq zebandasi deya Uning naqadar yuksakligi
ta’kidlanadi. Zero islom ta’limotiga ko‘ra Allohni bor va uni eng oliy zot deb bilish farz
hisoblanadi. Demak bu yerda Navoiy e’tiqodining qanday ekanligi ko‘ringan. Ikkinchi
misrada Allohning birligi ta’kidlanib, uning Al-Jabbor ismi keltirilgan.

Al-Jabbor- “

Qullarning holini tuzatuvchi. U bandalarining qalblari va

jismlaridagi jarohatlarini davolaydi, siniqlarni tuzatadi”

. Albatta, inson zaif holda

yaratilgan bo‘lib, unda Jabbor zotning rahmat nurlari yetmasa, marhamat eshiklari
ochilmasa ruhi va jismi zulmatda qoladi. Shuning uchun ham zaiflikni tuzatuvchi Jabbor
ismini tanib olish g‘oyat muhim sanaladi. Bu sim “Qur’oni Karim”da ham zikr qilingan.

“U Alloh, Undan o‘zga iloh yo‘q. U-Malik, U-Quddus, U-Salom, U-Mo‘min,

U-Muhaymin, U-Aziz, U-Jabbor, U-mutakabbirdir. Alloh Unga shirk kеltirayotgan
narsalardan pokdir.”

(Hashr surasi 23-oyat). Umuman olganda Navoiy baytda Allohning

buyukligi Uni tan olish va ulug‘lash zarurligini ta’kidlaydi.

Bayt:
Sendadur ham birliku, ham borlig‘.
Haylig‘u, qodirlig‘u, g‘afforlig‘.
Ey Allohim, birligu, borlik ham, haylik, qodirlik, g‘afforlik ham sendadir.
Sharh: 1-misradagi birlik tushunchasi bu Allohning borligi ya’ni, tavhidni anglatadi.

Borlik esa Allohning mavjudligini bildiradi. Mavjudlik Allohdan boshqa barcha
narsalarning borligini ham ko‘rsatadi. Biroq mavjudotlarning borligi azaliy emas, ular
Allohning yaratiqlari bo‘lib. Islomda haqiqiy mavjudlik Allohda deb qaraladi. Ikkinchi
misrada Allohning uch go‘zal ismi ulug‘langan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

350

1.

Al-Hay

ismi tirik ya’ni, Allohning hayoti abadiydir. O‘lim ila yo‘q bo‘lmas.

Shuningdek Allohning hayoti Azaliydir. Oldindan yo‘q bo‘lgan emas.

Sharh: Haqiqiy Haylik faqat Allohgagina xos bo‘lib, mazkur misrada Alloh tirik va

barcha mavjudotlarga hayot baxsh etuvchi zot sifatida tan olininadi. Bu borada “Qur’oni
Karim”da shunday deyilgan: “Va o‘lmaydigan tirik zotga tavakkul qiling hamda U zotga
hamdu sano aytish bilan poklang. U o‘z bandalarining gunohlaridan yetarli ogoh zotdir.”
(Furqon su’rasi 58-oyat). Demak inson o‘lmaydigan boqiy , abadiy tirik zotgagina ibodat
qilishi kerak.

2.

Al-Qodir. Har narsaga qodir, cheksiz, qudratli zot

. Bu ism “Qur’on”da

quyidagicha zikr qilinadi. “Barcha olamlar podshohligi o‘z qo‘lida bo‘lgan zot Alloh
barokotli, buyukdir. U barcha narsaga qodirdir”. (Mulk su’rasi 1-oyat). Alloh o‘z irodasiga
ko‘ra har qanday ishni bajara oladi. U zot qudrati bilan mavjudotlarni yo‘qdan bor qiladi.
Qudrati bilan bandalarini yomonlikdan saqlaydi va qudrati bilan qalblarni to‘g‘ri yo’lga
burib qo’yadi. Demak bu yerda “qodirlig‘” deyish orqali Allohning kuch-qudrati
ta’kidlanmoqda. Qodirlik insonlarga umid bag‘ishlaydi. Agarda ularni qiyinchilik tutsa
ham noumid bo‘lmay yashashda davom etadilar. Chunki ishlarni isloh qilguvchi Alloh
Qodir zot ekaniga ishonadilar.

3. Al-G‘affor. “

Gunohkor qullarining ayblarani, gunohlarini fosh qilmay, yopib

turuvchi, afv etuvchi va afv etishni sevuvchi o‘ta marhamatli zot.

” Bu yerda Alloh

insonlarning gunohlarini kechiruvchi zot sifatida keltirilgan. Bu uning bandalariga
nisbatan rahm-shafqatini namoyon etadi. Bu haqida alloh taalloh shunday marhamat
qiladi: “Albatta men tavba qilgan, imon keltirib yaxshi amallar qilgan so’ngra to‘g‘ri
yurganlarni ko‘plab mag‘firat qilguvchi man” (Toha surasi 82-oyat) Umumiy qilib
olganda, bu bayt orqali Navoiy insonlarni Allohga yaqinlashtirish va e’tiqodlarini
mustahkamlashga urinadi.

“Lison ut –tayr” dostonining 7- bobi Amir ul Mo‘minin Usmon ibn Affon Roziallohu

anhuga bag’ishlangan. Unda xalifaning ikki nur sohibi bo‘lgani, Quronni jamlovchisi ekani
va islom ummatning eng aziz kishilaridan sanalishi takidlanib bu sharafga erishtirgan zot
xususida quyidagicha bayt keltiriladi:

Bayt:
Kimga bergay dastkim robbi g‘afur
Kulbasiga solg‘an naqt ikki nur.
Robbi G‘ofur bunaqa sharafni kimga berdi? Albatta, kulbasida ikki nur porlagan

odamga!

Ushbu baytda Allohning yana bir go‘zal-G‘afur ismi keltirilgan

.

Bu ismni “Qur’oni

Karim”ning juda ko‘p oyatlarida ko‘rishimiz mumkin. “Rabbingiz mag‘firatli va rahm
(shafqat) sohibidir. Agar ularni qilgan gunohlari sababli tutganida, ularga azobni naqd
qilgan bo‘lur edi. Yo‘q, ular uchun va’da qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, Undan o‘zga
biror panoh topa olmaslar”. (Kahf surasi 58-oyt)

Al-G‘ofur “

G‘afur bo’lgan zot doimo mag‘firat qiladi, qilganda ham oliyjanoblik

ila qiladi. Bashar kechirmaydigan xatolarni ham kechiradi, kechirganda ham
hayratda qoldiradigan darajada kechirib yuboradi”.

Demak G‘ofur ismining ma’nosi gunohlarni kechirguvchi zot degani dir.

Umumiy olib aytganda baytda Sharaf va azizlik mag‘firat sohibi bo‘lgan Alloh

tomonidan berilishi ta’kid lanadi. Chunki inson hayoti davomida bilib- bilmay gunohlar
qilaveradi. Agarda, bu gunohlarni G‘ofur bo‘lgan zot kechirmasa u hech qachon yuksak


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

351

maqomga erisha olmydi. Fikrimizcha Alisher Navoiy mana shunday baxtga erishgan
Usmon ibn Affon roziallohu anuning sharaf topishi Allohning G‘ofur (kechirimli) bo‘lgani
tufaylidan deb bilgan va bunga ishora qilgan.

XULOSA

“Lison-ut-tayr” dostonidagi an’anaviy boblarda Allohning go‘zal ismlarini o‘rganish

natijasida quyidagicha xulosalar chiqardik.

1) Badiiy joziba- Navoiy Allohning isimlarini keltirish orqali badiiy nutqni

ta’sirchanroq ifoda lashga harakat qiladi va bu o‘z navbatida asarning jozibasini oshirgan.

2) Diniy e’tiqod- an’anaviy boblarda Allohning go‘zal ismlari xususida fikr yuritish

orqali Allohga bo‘lgan e’tiqodni mustahkamlash maqsad qilingan va bu e’tiqot insonni
to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

3) Axloqiy tarbiya – Allohning ismlarini o‘rganish, ma’nolarini chuqur anglash,

uning sifatlari bilan xulqlanish har qanday shaxsning tarbiyasida ijobiy burilish yasay
oladi.

4) Ma’naviy yuksalish- inson ma’nan yetuklikka erisha olishi uchun o‘zligi va

yaratuvchisini chinakam ma’noda tanishi kerak. Ushbu masalalar qamrab olingan
an’anaviy boblar esa kishini komillik sari yetaklaydi.

Tafakkur qilish- biz tahlil qilgan baytlarda Allohning nafaqat go‘zal ismlari balki bu

ismlarning qudrati tufaylidan bor qilingan narsalar xususida ham so‘z yuritilgan bo‘lib bu
haqida mulohaza qilish inson tafakkurini va fikrlash doirasini kengaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Rahmatulloh qori Obidov, Zulayho Obidova. “Allohning go‘zal ismlari va ismi

a’zam” Toshkent: “Sano-standart” 2021.- 559 bet.

2.

Raxmatulla Maxsumxonov. “Asmo-ul- husna”. Toshkent: “Цредо принт гроуп”-

Matbaa ijodiy uyi. 2021. -71 bet.

3.

Ali Jobir Fiyfiy. “Chunki sen Alloh san” Toshkent: “Munir”. 2021.- 233 bet

4.

Alisher Navoiy. “Lison-ut-tayr” “Adabiyot va san’t nashriyoti”. Toshkent.1991. -

176 bet.

5.

O‘tkir Raxmatov, Мaqsud Jonixonov «Abadiyat gulshani”. Т.: «Sharq», 2013. 127 bet

6.

Alibek Rustamov. “Navoiyning badiiy mahorati”. “G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’t nashriyoti”. 1979.- 212 bet.

7.

Botirbek Hasanov. “Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at” Toshkent. “Fan”

nashriyoti. -373 bet.

Библиографические ссылки

Rahmatulloh qori Obidov, Zulayho Obidova. “Allohning go‘zal ismlari va ismi a’zam” Toshkent: “Sano-standart” 2021.- 559 bet.

Raxmatulla Maxsumxonov. . “Asmo-ul- husna”. Toshkent: “Цредо принт гроуп”- Matbaa ijodiy uyi. 2021. -71 bet.

Ali Jobir Fiyfiy. “Chunki sen Alloh san” Toshkent: “Munir”. 2021.- 233 bet

Alisher Navoiy. “Lison-ut-tayr” “Adabiyot va san’t nashriyoti”. Toshkent.1991. -176 bet.

. O‘tkir Raxmatov, Мaqsud Jonixonov «Abadiyat gulshani”. Т.: «Sharq», 2013. 127 bet

Alibek Rustamov. “Navoiyning badiiy mahorati”. “G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’t nashriyoti”. 1979.- 212 bet.

Botirbek Hasanov. “Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at” Toshkent. “Fan” nashriyoti. -373 bet.