Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguopoetic characteristics of repetition in the poetry of
Khalima Akhmedova and Zebo Mirzo
Rukhsora GOFUROVA
1
, Marifat KOSIMOVA
2
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online
25 February 2025
This article examines the use of phonetic, morphological, and
syntactic repetitions in the poetry of Zebo Mirzo and Khalima
Akhmedova, and reflects on their impact on the artistic quality
of the works.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
stylistic figures,
alliteration,
assonance,
anaphora,
epiphora,
stropha,
repitation,
refractory unit,
repetition verb.
Halima Ahmedova va Zebo Mirzo she’rlarida takrorlarning
lingvopoetik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
stilistik figuralar,
alleteratsiya,
assonans,
anafora,
epifora,
strofa,
refrik birlik,
fe’llar takrori.
Ushbu maqolada Zebo Mirzo hamda Halima Ahmedovaning
she’rlarida fonetik, morfologik va sintaktik takrorlarning
qo‘llanishi, ularning asar badiiyatiga ta’siri haqida mulohaza
yuritilgan.
1
Master degree student, Andijan State Pedagogical Institute.
2
Scientific supervisor. PhD, Andijan State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
340
Лингвопоэтическая
характеристика
повторов
в стихотворениях Халимы Ахмедовой и Зебо Мирзо
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
стилистические фигуры,
аллитерация,
ассонанс,
анафора,
эпифора,
строфа,
рефракционная единица,
повтор глаголов.
В статье рассматривается использование фонетических,
синтаксических
и
морфологических
повторов
в
стихотворениях Зебо Мирзо и Халимы Ахмедовой, а также
их влияние на художественное качество произведения.
Sintaktik figuralar nafaqat nasrda, nazmda ham o‘ziga xos lingvopoetik vazifalarni
bajaradi. Bunda poetik nutqqa xos deb qaralgan qarashlar, vaqtlar o‘tib prozaik hodisa
sifatida ham o‘rganilmoqda.
“Stilistikaga oid adabiyotlarda sintaktik figuralarga tasviriylikning turli usullari
kiritiladi. Bular dastlab poeziya doirasida, keyinchalik proza doirasida qarala boshlandi.
Keyingi yillarda nashr qilingan adabiyotlarda esa sintaktik figuralar boshqa uslublar
doirasida ham o‘rganilmoqda.
Sintaktik figuralar musiqa va takrorlanuvchi musiqiy frazalar kabi nutqni
ohangdor, ta’sirchan va jozibador qilish, shu yo‘l bilan uning tinglovchi tomonidan
osonlik bilan qabul qilinishida muhim stilistik vositasidir. Mana shuning uchun ham
sintaktik figuralarni ma’lum darajada nutq musiqasi deb atash mumkin”
Sintaktik figuralar, stilistik figuralar, uslubiy figuralar – bu uch atama bir ma’noni
anglatadi. R. Qo‘ng‘urovning “O‘zbek tili stilistikasi”kitobida sintaktik figuralar nomi bilan
ataydi. To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida poetik sintaksis
(yoxud stilistik figuralar) deb ham atagan. Ba’zi adabiyotlarda stilistik hamda uslubiy
figuralar deb ham qo‘llanadi.
Qo‘ng‘urov sintaktik figuralarning asosiy ko‘rinishlariga anafora, epifora,
kompozitsion bog‘lanish, takror, sintaktik personalizm, antiteza, gradatsiya, ritorik so‘roq
kabilarni kiritgan. Xotam Umurovning “Adabiyot nazariyasi” kitobida so‘zlar poeziyada
qofiya, vazn, band, tovush takrori, so‘z takrori (epifora, anafora, hojib, radif), inversiya,
musiqiylik, ritm, turoq, misra, band turkum, ritmik pauzalarga ajratilgan. To‘xta Boboyev
she’r tuzilishiga xos bo‘lgan unsurlar – musiqiylik, ohang, ritm, bo‘g‘in ,turoq, bosh turoq,
turkum vazn, qofiya, radif, refren, epifora, naqorat, band, ko‘chimlar, figuralar, badiiy
san’atlar va boshqalarni sanab o‘tgan.
“Ma’lumki stilistik figuralar yordamida badiiy so‘zning ifodaviyligi kuchayadi,
bo‘yoqdorligi va ta’sirchanligi oshadi, muallif tomonidan aytilayotgan fikrning tag
maqsadi ochiladi.”.
Ayniqsa, she’rning ohangdorligi, ta’sirchanligini oshirishda sintaktik figuralarning
o‘rni beqiyos. Shu bilan birga sintaktik figuralar lingvopoetik tahlilda ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Zebo Mirzo va Halima Ahmedova ijodida ana shunday stilistik
figuralardan unumli foydalanilgini kuzatishimiz mumkin.
“Anafora-bunda bir qancha gaplar, strofalar, abzaslar bir xil konstruksiyasi bilan
boshlanadi. Bu parallelizm hosil qilib, tinglovchi-o‘quvchi e’tibori takrorlanuvchi
konstruksiyalarga tortiladi. Anaforalar gaplar, strofalar, abzaslarning o‘zaro
munosabatga kirishish usuli bo‘lib xizmat qiladi.”.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
341
To‘xta Boboyev esa anaforani quyidagicha talqin qilgan. “Anafora (yun.anaphora-
yuqoriga chiqarish)-qat’iy tizimli takrorlardan biri. She’r yoki banddagi
misra(gap)larning boshidagi so‘z yoki so‘z birikmasining boshqa misralarning boshidan
aynan takrorlanib kelishi anafora deb yuritiladi.”.
To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari”da strofa-she’riy band. She’rning
alohida qofiyalangan tartibga ega bo‘lgan yirik ritmik bo‘lagidir. Xotam Umurovning
“Adabiyot nazariyasi”da esa misra haqida quyidagicha izoh berilgan. “Band. She’riyatda
bo‘g‘inlar guruhlanib turoqni, turoqlar guruhlanib vaznni tashkil etadilar. Bunday
guruhlanishdagi izchillik va takroriylik musiqiylikni yuzaga keltiradi. Bu qonuniyat
misralarning ham guruhlarnib kelishini, uning izchil va takroriyligini talab qiladi.
Bu talabning ijrosi band deb yuritiladi.”.
Ko‘roydin…
Maysalar xotirga mengzar,
Yodingni o‘padi notanish azob.
Bir ishqning nafasi eritar dilni,
Hali o‘qilmagan muqaddas kitob.
Ko‘roydin…
Ortingga qarash qo‘rqqulik,
Joning hovuchlasang sig‘ar qo‘lingga.
Bir umr yetib ham, ortib qoladi
Seni tahlikaga solgan o‘limga.
Ko‘roydin…
Men uni sevaman hamon ,
Hatto nafratini keladi quchgim.
Ammo ne uchundir faromish tunda
Yurakka sanchilar daraxtlar uchi.
Ko‘roydin…
(Halima Ahmedova)
Ushbu she’rda Halima Ahmedova strofalar tarkibida anaforalardan mohirona
foydalangan. Ushbu she’rda lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalash uchun
“
ko‘roydin
” leksemasidan foydalanilgan. Bu she’rning ohangdorligi va musiqiy ritmikligini
ta’minlagan.
“Ko‘roydin-bulutlar orqasidan o‘tib tushib turgan xira tarzdagi oydin. U (Lola)
uzoqdan alla narsaning qorasini ko‘rib qoldi-da ko‘roydin bo‘lgani uchun, yaxshi taniy
olmay, suyunganidan otini choptirib ketdi. Y. Shukurov, Birinchi parvoz. ...Ko‘roydinda
qop-qorayib yotgan daladan ilon izi bo‘lib ketgan oqish yo‘lning ufqida bir nima “yilt”etdi,
bir nechta qora ko‘rindi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari. Ko‘roydin bir kecha. Osmonda
pag‘a-pag‘a bulutlar. X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar.”. Nega aynan “
ko‘roydin
” so‘zi
qo‘llanildi ?Chunki lirik qahramon ruhiyati tushkun kayfiyatda aks etgan va to‘lin, yorug‘
oy ham xira bo‘lib ko‘rinmoqda.
“Stilistik figuralardan yana biri bu epiforadir. Bu anaforaning teskarisi. Bu usul
bilan takrorlangan konstruksiyaning ma’nosi kuchaytiriladi. Anafora og‘zaki va yozma
nutqda qo‘llansa, epifora asosan yozma nutq uchun harakterlidir. Epifora kesim sifatida
ham takrorlanib keladi.”
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
342
“Epifora (yunoncha:epi-so‘ng , phoros-kelguvchi)-qofiyasiz she’r misralari oxirida
aynan takrorlanib keladigan so‘z(tovush)lar. Epifora radifga o‘xshab ketadi, ammo ular
bir hodisa emas: radif misra oxirida qofiyadan so‘ng keladigan so‘zlar takrori bo‘lsa,
epifora esa qofiyasiz misralar oxiridagi so‘zlar takrori. Epiforalar, odatda, qofiya
funksiyasini ham o‘taydi.”
Oyning quchog‘ida yulduz
adashdi
,
Quyoshni yo‘qotib Kunduz
adashdi
.
Yuraklar yo‘lida bir so‘z
adashdi
Ko‘zing qarosida.
(Halima Ahmedova)
Halima Ahmedovaning ushbu she’ridagi “
adashdi”
so‘zi kesim vazifasida kelib
takror qo‘llash natijasida epiforani hosil qilgan. Yani bunda ijodkor ko‘zining qarosi
oldida oyning yulduzdan, quyoshning kunduzdan, va hattoki lirik qahramon o‘zing
so‘zidan adashganini takidlamoqda. Bu o‘rinda “
adashdi
” fe’li ma’noni kuchaytirishda
asosiy vazifalardan birini bajaradi.
Osmon
jim
Zindon
jim
Armon
jim
Jon uchadi
jim
Mendan so‘ng til bergin ularga Xudo.
(Zebo Mirzo)
Ushbu misrada ham kesim sifatida shakllangan ravish so‘z turkumiga oid “
jim
”
so‘zi ham epifora bo‘lib qo‘llanilgan. Ijodkor lirik qahramonning atrofi shu qadar tinchlik,
sokinlikda ta’svirlaydiki, hatto osmon, zindon, armon va jonni sukunat ichida ekanligini
takror qo‘llab ma’noni kuchaytirib ifodalagan.
“Epiforalar shuningdek bandlar oxirida takrorlanuvchi misralardir.”.
Meni loydan yasab qazoyi azal,
Dilimga solibmish muqaddas g‘azal,
O‘zlik tuprog‘imga qaytarim mahal,
Maysalar tilini o‘rgating menga
Ko‘ksimni tesharkan beshafqat ildiz,
May qilib turarkan nurlarin yulduz,
Qabrimni quchoqlab yig‘laydi bir qiz :
Maysalar tilini o‘rgating menga
Falakdan hayrona qaytganda dilim,
O‘zin, G‘oziyman,deb kulsa sho‘r o‘lim,
Quyoshga talpinsa mayparast qo‘lim,
Maysalar tilini o‘rgating menga
(Halima Ahmedova)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
343
Ushbu she’r tarkibidagi foydalanilgan bir misraning misra oxirida takrorlanishi-
“
maysalar tilini o‘rgating menga”
deya takror qo‘llashi epifora hisoblanadi. Epiforaning
bu turi refrik deb ham yuritiladi. Shoira bunda o‘z ichki hissiyotlarini hayot qonuni
bo‘lmish o‘limga to‘qnashgandagi holatlar bilan tasvirlamoqda. Go‘yoki vafot etgandan
so‘ng o‘z tuyg‘ularini shu maysalar orqali aytmoqchi, izhor qilmoqchi yoki maysalar bilan
suhbat qurmoqchi.
R. Qo‘ng‘urov epiforaning refrik turi haqida – she’rda bir bandning har bayt oxirida
takrorlanishi deb izohlaydi. To‘xta Boboyevda esa epiforaning bu turi “refren” deb ataladi.
Refren- (fransuzcha:refrain-naqorat,qo‘shiqcha)-she’r bandlarida aynan takrorlanadigan
misra yohud misralar. Refren she’rdagi asosiy fikrni, bosh g‘oyani ma’noni ta’kidlaydi. Refren
asosan, band oxirini ko‘rsatib keladi va ritmik ahamiyat kasb etadi.
Badiiy asarda,xususan, she’riyatda takrorlar ko‘p qo‘llanadigan uslubiy
vositalardan biri bo‘lib, o‘z zimmasiga emotsional bo‘yoqdorlik, alohida ohang, joziba
berish vazifasini oladi. Biz yuqorida ko‘rgan stilistik figuralardagi takrorlardan tashqari
fonetik takrorlar ham mavjud. Masalan alleteratsiya, assonans. So‘zlovchi uchun qanday
talaffuz qilish to‘g‘riligidan ko‘ra, ko‘proq qanday talaffuz qilish qulay va osonligi
muhimroq. Tildagi fonetik takrorlar esa o‘sha osonlik va ravonlikni ta’minlaydi. Mana shu
haqiqatni yaxshi anglagan ijodkorlar Zebo Mirzo va Halima Ahmedova ham fonetik
takrorlardan unumli foydalanishgan. Sevgini tarannum etuvchi Halima Ahmedova
she’rlarida ham alleteratsiya ko‘zga tashlanadi.
“Alleteratsiya-she’rda, jumladan, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil
undosh tovushlarning takrorlanishi. Alleteratsiya fonetik-stilistik usul sifatida badiiy
nutqning intonatsion ifodaviyligini va ohangdorligini kuchaytiradi.”
H
ali men
h
ech kimni sevmabman,
H
ali sog‘inmabman
h
ech kimni
H
uvv olis ufqlar ortiga
Bir ovoz sudraydi dilimni
H
ali men
h
ech kimni sevmabman.
Ushbu she’rda “
h
” bo‘g‘iz undoshing har bir misrada takrorlanishi she’riy nutqqa
o‘ziga xos musiqiylik baxsh etgan. “O‘rinli tovush takrori ritmni bezab, emotsional
zaryad(quvvat)ni oshiradi, ifodalilikni kuchaytirib, she’riy nutq madaniyatini bir daraja
yuqori ko‘taradi.”. Mana shunday ruhdagi yana bir she’r.
N
a
M
a
nsurm
a
n, n
a
M
a
shr
a
bm
a
n
Ul
a
rning xoki-poyim
a
n
H
a
r g
a
rdimning z
a
boni bor,
H
a
qqul devon
a
g
a
sig‘m
a
ym
a
n.
“O‘zbek she’riyatida “a”, “e”, “i”, “u” assonanslari juda ko‘p ishlatilgan.”. Ushbu
misolda esa “a” unlisininghar bir misrada bir necha bora takrorlanishi hisoblanib
assonans hodisasi yuz bergan. Bu holat she’rda jarangdorlik, ritmiklik, ohangdorlikni
yuzaga keltirgan.
“Assonans (lot.assonare-javob qaytaraman)-fonetik stilistik uslub bo‘lib, ular
quyidagi ikki ma’noda qo‘llanadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
344
1.Misrada, bandda, jumladan bir xil unli tovushlarning takrorlanishi assonans deb
yuritiladi.
2.Faqat unlilar hamohang bo‘lib kelgan to‘liq bo‘lmagan qofiya ham assonans
deyiladi.”.
Qo‘y k
u
y
u
nma, d
u
nyo ko‘zi ko‘r,
Qanday ko‘rsin sen ko‘rgan t
u
shni?
Bilsa edi q
u
chog‘ida h
u
r
U
chirmasdi senday oqq
u
shni!
(Zebo Mirzo)
Zebo Mirzo qalamiga mansub ushbu she’rda yuqori tor, orqa qator “u” unlisining
yonma-yon misrada takror qo‘llanishi kuzatilib assoans hodisasi yuz bergan. Bu
misralarda ham ohangdorlik, ritmiklik yuzaga kelgan.
O
lis –
o
lis edi
o
sm
o
nim
O
lis-
o
lis
o
rzum edingiz
(Zebo Mirzo)
Ushbu misra ham Zebo Mirzoga tegishli bo‘lib bunda ham assosans hodisasi yuz
bergan. Quyi keng, orqa qator “o” unlisini ikki misrada ham takror qo’llanishi tufayli
assonans kuzatilgan.
Xulosa qilsak,shoir she’rlarida fonetik, leksik, morfologik takrorlar she’rning
shakliy o‘ziga xosligini va misralar ohangdoshligini ta’minlagan hamda ifodaviy
tasirchanlik, soddalik va ravonlikni oshirishga xizmat qilgan. Anaforik takrorlar ijodkor
aytmoqchi bo‘lgan fikrni kitobxonga qayta-qayta uqtiradi,misralarning estetik kuchini
oshiradi, ularga ohangdorlik va musiqiylik bag‘ishlaydi.Ijodkorlar she’rlaridagi eng ko‘p
qo‘llanilgan takror turi bu epiforadir. Ayniqsa bu Halima Ahmedova ijodida kuzatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbek tili stilistikasi A. Shomaqsudov, I.Rasulov, R. Qo‘ng‘urov, H.Rustamov
Toshkent “O‘qituvchi” 1983
2.
Komilova S.She’riy nutqdagi ayrim sintaktik figuralar xususida
3.
Adabiyotshunoslik asoslari. To‘xta Boboyev. Toshkent- “O‘zbekiston” – 2002
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. 1-5-jildlar. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008 yillar.
5.
Стеблева И. В. Происхождения и развитие тюркской аллетерационной
системы в связи и историческим родством тюркских и монгольских языков //
"Советская тюркология", N 6, 1971. Стр.83.
6.
Zebo Mirzo.Ishq.Toshkent “Akademnashr” 2011
7.
Halima Ahmedova.Tunggi marvaridgullar.Toshkent.G‘afur G‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti,1988
8.
Halima Ahmedova. Erk darichasi. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti,1996
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701
345
9.
Halima Ahmedova.Umid soyasi. “Nihol” nashriyoti. 2008.
10.
www.ziyo.uz.
11.
O‘zbek tili va adabiyoti.2022//N1. Jo‘rabek Yo‘ldoshev.Usmon Nosir she’rlarida
badiiy takrorning lingvopoetik imkoniyatlari.90-95bet.
12.
Xotam Umurov. Adabiyot nazariyasi. “Sharq”nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2002.
