Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
About the grading category in linguistics
Zarina KURBANOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online
25 February 2025
This article examines two types of evaluation: absolute and
relative. The first uses the terms "good/bad," while the second
uses "better/worse." Absolute evaluation pertains to a single
evaluated object, whereas relative (comparative) evaluation
involves at least two objects or two different states of the same
object.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
absolute evaluations,
psychological evaluations,
aesthetic evaluations,
hedonic evaluations,
sublimated evaluations,
rational and emotional
evaluations.
Tilshunoslikda baho kategoriyasi haqida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
absolyut baholar,
psixologik baholar,
estetik baholar,
geodonistik baholar,
sublimatsiyalangan baholar,
ratsional va emotsional
baholar.
Ushbu
maqolamizda bahoning ikki turini ko‘rib chiqamiz:
mutlaq va nisbiy. Birinchisida “yaxshi/yomon”, ikkinchisida
“yaxshiroq/yomonroq” terminlari qo‘llanadi. Mutlaq bahoda bir
baholanuvchi obyekt haqida so‘z boradi, nisbiy (qiyosiy)
bahoda hech bo‘lmaganda ikk
ita obyekt, yoki bir obyektning
ikki xil holati mavjud bo‘ladi.
О категории оценок в лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
абсолютные оценки,
психологические оценки,
эстетические оценки,
геодонистические оценки,
сублимированные оценки,
рациональные
и
эмоциональные оценки.
В данной статье рассматриваются два типа оценки:
абсолютная
и
относительная.
В
первом
случае
используются термины «хороший/плохой», во втором –
«лучше/хуже». Абсолютная оценка относится к одному
оцениваемому
объекту,
тогда
как
относительная
(сравнительная) включает как минимум два объекта или
две различные ситуации одного объекта.
1
Independent Researcher, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
373
KIRISH
Semantik tahlilda baho taqqoslashdan ajralmas ekanligi ma’lum bo‘ladi: mutlaq
belgilar yashirin tarzda qiyosni o‘zida saqlaydi va shu tariqa qiyo
slash birlamchidir.
Biroq til birliklariga nisbatan absolyut baho semantik jihatdan bir muncha murakkabdir.
Qolaversa, tabiiy tildagi baho ifodalari shakllariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, manzara
aksincha bo‘lib chiqadi. Tabiiy tilda aynan absolyut baho
dastlabki sifatida tushuniladi.
Absolyut baholar nisbiy (qiyosiy) baholarga nisbatan sodda usullarda ifodalanadi va
shaklan elementar tasavvur qilinadi: chiroyli, aqlli va h.k.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘z navbatida, N.D.Arutyunova aksiologiyada
ajratilgan baho turlariga asoslanib,
tizimni kengaytirish va har tomonlama mantiqiy modellashtirishga harakat qildi. Muallif
tomonidan berilgan tasnifda qaysi turdagi obyektlarni tasniflay olishiga ko‘ra
farqlanuvchi xususiy baho belgilanishlari guruhi ajratiladi.
Umumiy ravishda tadqiqotchi xususiy baholarning 7 ta toifasini ko‘rib chiqqan
bo‘lib, ular shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi:
–
individuallashgan yoki individual, o‘z navbatida quyidagi toifalarga bo‘linadi:
a) sensor-
ta’m yoki gedonistik
baholar (yoqimli
–
yoqimsiz, mazali
–
bemaza, maftunkor
–
ko‘rimsiz); b) psixologik baholar: 1) intellektual baholar (qiziqarli, zavqli (jozibador),
junbushga keltiradigan, chuqur, aqlli
–
qiziqarsiz, jozibasiz, zerikarli, oddiy, yuzaki,
bema’ni); 2) emots
ional baholar (xushchaqchaq
–
g‘amgin, xohlangan –
xohlanmagan,
yoqimsiz) va h.k. Sublimatsiyalangan baholar (lot.
sublimare
) “ulug‘lamoq, balandga
ko‘tarmoq”: a) estetik baholar (chiroyli –
xunuk, go‘zal –
beo‘xshov, badbashara);
b) estetik baholar (axloqiy
–axloqiy bo‘lmagan, ma’naviyatga xos –
ma’naviyatga xos
bo‘lmagan, yaxshi
–
yovuz) va boshq. Ratsional baholarni ajratamiz: utilitar (foydali
–
zararli, muvofiq
–
nomuvofiq). Biz tomonimizdan normativ baholar (to‘g‘ri –
noto‘g‘ri,
me’yoriy –
nome’yoriy
, standart
–
nostandart, sog‘lom
–
kasal); teologik baholar
(samarali
–
samarasiz, maqsadga muvofiq
–
maqsadga muvofiq emas, omadli
–
omadsiz);
sensor-
ta’m yoki geodonistik baholar tadqiq qilingan. Sezish, jismoniy va psixik hissiy
tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik baholar insonni tabiat va ijtimoiy muhitda
yo‘naltiradi, uning akkomodatsiyasiga va qulaylikka erishishiga yordam beradi.
Ushbu xususiy baho kategoriyalari jismoniy tajribaga asoslanadi va odatda
motivatsiyalanmaydi, inson xohish-irodasid
an va o‘z
-
o‘zini nazorat qilishidan qat’i nazar
inson boshidan kechiradigan hissiyotlarda kechadi. Sensor-
ta’m va psixologik baholar
obyektdan ko‘ra ko‘proq baho subyektining didini xarakterlaydi. Baho subyekti nozik
yoki qo‘pol idrokli, chuqur yoki yuzaki
hissiyotlarga ega psixik yoki jismoniy retseptor
vazifasini bajaradi.
–
Baho bilimlarining ikkinchi guruhi ham insonparvar baholar deb ataladi, chunki
sensor baholarni insoniylashtirgan holda ulardan yuqori turadi. Estetik baholar ajoyib
degan tuyg‘uning
qondirilishi bilan, axloqiy (etik) baholar esa ma’naviyat tuyg‘usining
qanoatlantirilishi bilan bog‘liq. “Bu baholar guruhi arxetip tushunchasi: me’yor, namuna,
misol, obyektga qo‘yiladigan potensial talablarga nisbatan befarq emas” (Arutyunova,
1988, 75).
–
Baholarning uchinchi guruhini ratsionalistik baholar shakllantiradi. Ular
insonning amaliy faoliyati, qiziqishlari va kundalik turmush tajribasi bilan bog‘liq.
Ularning asosiy mezonlari jismoniy yoki ruhiy foyda, ma’lum bir funksiyani bajarishga
yo‘nal
tirilganlik, muayyan maqsad, belgilangan standartga muvofiqlik kabilardir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
374
Baholashning barcha uch toifasi insonning jismoniy va ruhiy olamini uning
ma’naviy olami birlashtirib turadi.
“Sublimatsiyalangan baholar boshqa baholarga qaraganda ko‘proq daraja
da
qadriyatli munosabatlarni o‘rnatadi” (Ivin, 1973, 25). Sublimatsiyalangan baholarning
asoslari atrofdagi olamning xususiyatlariga hissiy, sensor-
ta’m va psixologik reaksiya
bilan bog‘liq. Bundan tashqari, estetik baholar asoslari foydali/zararli natijal
ar amalda
nima berishiga nisbatan reaksiya bilan shartlangandir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Pisanovaning fikricha, sublimatsiyalangan baholar hissiy, sensor-
ta’m, psixologik
va ratsional baholar bilan motivatsiyalanadi, chunkibir xil semantik komponentlar
(desk
ripsiyalar) turli baholar asoslariga yo‘naltirishi mumkin. Masalan, implitsit
ifodalangan “yoqimli” va “yoqimsiz”
semantik belgilari bir vaqtning o‘zida estetik va
axloqiy baholarning motivi rolini ham bajaruvchi sensor-
ta’m va emotsional baholarning
asosi
bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bir qator olimlarning fikriga ko‘ra, me’yorlarga munosabat baholovchi ifodalar
(qadriyat mulohazalari) uchun eng obyektiv asoslarni taqdim qiladi. “U subyektiv omil
rolini bartaraf qiladi yoki susaytiradi. Etika haqiqatga o‘xshash barqaror ma’yorlarni
yaratadi. Estetika o‘z
-
o‘zicha undan uzoqlashgan holda qiyinchilik bilan me’yorlashadi.
Shuning uchun ham estetik baholar motivlari eksplikatsiyasi nihoyatda qiyin” (Pisanova,
1996, 144]. Bundan tashqari allaqachon aniqlangan xususiy baholash toifalarini,
Arutyunovaning tasnifini teleologik baho deb nomlanuvchi baho yakunlab, uning asosini
dunyoning atrofdagi manzarasini ideallashtirish tashkil etadi. Sublimatsiyalangan
baholar mohiyatiga ko‘ra teleologikdir, chunki ular insonga nafaqat ma’naviy, balki
amaliy jihatdan ham kerak bo‘lgan narsalarni qamrab oladi. Kimgadir kerakli, mos,
foydali, yaxshi bo‘lgan narsalar haqida so‘z boradi. Sublimatsiyalangan baholar
teleologikligi keng ma’noda go‘zallikning olijanob, insoniylashtirilga
n modellariga
intilishdan iborat. Tor ma’noda axloqiy va estetik baholarning teleologikligi inson nimaga
intilayotganini, emotsional-hissiy shaklda nimani idrok etishini, shuningdek, kundalik
hayotdau yaratadigan va iste’mol qiladigan narsalarni aks ettira
di.
Ba’zi tadqiqotchilar yuqorida aytib o‘tilgan axloqiy, estetik, ratsional va emotsional
baholarga qo‘shimcha ravishda funksional, piyetet va qiyosiy baholarni ajratadilar
(S.A. Dmitriyeva, V.M.
Savitskiy). Faktik material ko‘rsatganidek, maqollarda bu
turdagi
baholashlar nafaqat mustaqil, balki axloqiy va estetik baholar kombinatsiyalari,
shuningdek, boshqa baholash turlari bilan, masalan, funksional baholar bilan qiyosiy
baholar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz tilida
a creaking door hangs
longest
–
so‘zma
-
so‘z: g‘ichirlaydigan eshik uzoqroq osilib turadi. N.D.
Arutyunova
tasnifiga ko‘ra, mazkur misolda me’yoriy va teleologik baholar uyg‘unlashadi. Shu tariqa,
qiyosiy va funksional baholarni ratsionalistik baholarga kiritish mumkin.
Nazari
mizda, ko‘rsatilgan baho tasniflari turlarini qo‘shish orqali baholar
taksonomiyasining kengaytirilishi maqollar aksiologik parametrlarini to‘liqroq o‘rganish
imkonini beradi.
Jahon va milliy madaniyatlarda mavjud bo‘lgan qadriyatlar sistemalari haqidagi
bilimlarni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish uchun zamonaviy
tilshunoslik turli fanlar: falsafa, mantiq, madaniyatshunoslik,psixologiya va boshqa ilmiy
sohalar ma’lumotlarini birlashtirish zarurligini bildiruvchi kognitiv yondashuvda
n
foydalanadi. Bunday yondashuv lisoniy muloqotning yashirin mexanizmlari, insonlar
intellektual faoliyati, jumladan muloqotining umumiy qonuniyatlari haqidagi nazariy
tasavvurlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
375
Tilga kognitiv yondashuv tilning amal qilishida inson tajribasining rolini tadqiq
qilishni, tildan foydalanuvchi individlarning bilim strukturalarini o‘rganishni,
shuningdek, mazkur bilimlarni namoyish etish usullarini umumlashtirishni nazarda
tutadi. Yangi bilimlarni olishga qaratilgan baholash
jarayonining o‘zi subyektning
qadriyatlar sistemasi haqidagi mavjud bilimlari asosida amalga oshiriluvchi konstruktiv
lisoniy faoliyat sifatida qaraladi. So‘zlovchi va qabul qiluvchi qadriyatlar sistemasi haqida
zarur bilimlarga ega bo‘lgan sharoitda to‘li
q quvvat bilan ishlaydigan murakkab
aksiologik mexanizmlar haqida so‘z boradi. Milliy ong prizmasidan o‘tgan, umuminsoniy
va milliy-madaniy qadriyatlar haqidagi tasavvur va bilimlar baholovchi qiymatlarning
semantik asoslari shakllantiradi. Xususiy baholarning kombinatsiyasiniushbu bilimlarni
ifodalash strukturasi deb hisoblash mumkin” (Pisanova, 1989, 22). “Baholovchi
mazmunni deskriptiv mazmun uyg‘unlashtiruvchi aqlli, ahmoq, tajribali, chidamli,halol
kabi sifatlarlarni xususiy baholovchi sifatlarga kirit
ish kerak. Ular o‘z navbatida uzluksiz
qatorni tashkil qilib, bunda baholovchi va tavsiflovchi ma’nolar turli nisbatlarda
uyg‘unlashadi” (Volf, 1985, 47). Xususiy baholar nazariyasining asoslari E.M.
Volf va
N.D. Arutyunovalar tomonidan yaratilgan.
XULOSA
Xususiy baholashning lingvokognitiv nazariyasi uchun inson tajribasi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, u obyektiv borliq haqidagi hissiy
-empirik bilish amaliyotiga
asoslangan va emotsional-hissiy idrok orqali jamlangandir. U yoqimli va yoqimsiz, mazali
va bemaza, qiziqarli, maftunkor, chuqur hamda qiziqarsiz, zerikarli, yuzaki, sodda,
shuningdek, quvnoq, xushchaqchaq, orzu qilingan, qayg‘uli, g‘amgin, istalmagan narsalar
haqidagi bilimlar shaklida mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, tajriba ratsionalistik
bo‘yoqqa ega bo‘ladi, chunki inson hayoti muhim ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan
amaliy masalalar bilan bog‘liq.
Bunday tajriba foydali va zararli, me’yoriy va nome’yoriy, yaxshi va yomon,
samarali va samarasiz, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz haqidagi bilimga aylanadi.
Inson tajribasining emotsional-hissiy, psixologik va amaliy aspektlari tabiiy tilda xususiy,
sensor-
ta’m, psixologik varatsionalistik baholashning semantik asoslari sifatida mavjud
bo‘ladi. Bundan tashqari, nisbatan yuqori darajadagi tajriba mavjud bo‘lib, obyektiv
haqiqatni tushunishning yuqoriroq darajadagi bilishini nazarda tutadi. Unga ulug‘vor,
insoniylashtirilgan ma’no singib ketgan, hajmi esa tajriba tashuvchining shaxsiy
fazilatlariga, uning ma’naviy dunyosi, ma’lumoti va inson hayotini t
ashkil etuvchi boshqa
ko‘plab ijtimoiy omillar bog‘liq. Chiroyli va xunuk, ajoyib va beo‘xshov, shuningdek,
axloqiy va axloqsiz, yaxshilik va yomonlik haqidagi bilimlar asosini tashkil etuvchi estetik
hamda ma’naviy
-
axloqiy g‘oyalar haqida so‘z boradi.
F
OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Арутюнова, Н.Д. Язык и мир человека / Н.Д. Арутюнова.
–
М.: Языки
русской культуры, 1999.
–
895 с.
2.
Вольф, Е.М. Метафора и оценка / Е.М. Вольф // Метафора в языке и тексте.
–
М.: Наука, 1988.
–
С.52
-65.
3.
Дмитриева, О.А. Культурно
-
языковые характеристики пословиц и
афоризмов: Дис. ... канд. филол. наук. / О.А. Дмитриева.
–
Волгоград: Изд
-
во ВГПУ,
1997.
–
С.63
-68.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
376
4.
Ивин, А.А. Логика норм / А.А. Ивин.
–
М.: Изд
-
во МГУ им. М.В.Ломоносова,
1973.
–
122 с.
5.
Писанова, Т.В. Национально
-
культурные аспекты оценочной семантики./
Т.В.Писанова.
–
М.: ИКАР, 1997.
–
320 с.
6.
Савенкова, Л.Б. Языковое воплощение концепта / Л.Б. Савенкова
//Проблемы вербализации концептов в семантике текста: Материалы междунар.
симпозиума.
Волгоград, 22
-
24 мая 2003 г.: в 2 ч.
–
4.1. Научные статьи.
–
Волгоград:
Перемена, 2003.
–
С.258
-264.
7.
Яхшиев, А. (2024, October). Особенности профессионального диалога. In
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 474-478).
8.
Бушуй, А. М.,
& Яхшиев, А. А. (1986). Фразеология узбекской диалогической
речи (на материале художественной прозы).
Сов. тюркология,
3, 27-33.
