Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Application of the Flipped Learning Methodology in
Korean Language Reading (
읽기
) Classes
Maftuna KAMAROVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online
25 February 2025
This scientific study examines the use of the Flipped learning
method to develop the reading competence of future Korean
language teachers. It explores innovative approaches, effective
organization of the learning process, and the significance of
interactive methods in teaching Korean.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Korean language,
teaching methodology,
Flipped learning,
educational technologies,
competence,
innovative approach,
interactive teaching,
language learning.
Flipped Learning metodikasining koreys tili o‘qish (
읽기
)
darslarida qo‘llanilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
koreys tili,
o‘qitish metodikasi,
Flipped learning,
ta’lim texnologiyalari,
kompetensiya,
innovatsion yondashuv,
interaktiv o‘qitish,
til o‘rganish.
Ushbu ilmiy ishda bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining
o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish uchun Flipped learning
metodidan foydalanish masalasi yoritilgan. Innovatsion
yondashuvlar, o‘quv
jarayonini samarali tashkil etish va koreys
tilini o‘rgatishda interaktiv usullarning ahamiyati tadqiq etilgan.
1
PhD student, Assistant Lecture, Department of Korean Philology, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
E-mail: mku198789@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
353
Применение методики Flipped Learning на занятиях по
чтению (
읽기
) корейского языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
корейский язык,
методика преподавания,
Flipped learning,
образовательные
технологии,
компетенция,
инновационный подход,
интерактивное обучение,
изучение языка.
В данном научном исследовании рассматривается
вопрос использования метода Flipped learning для развития
читательской компетенции будущих преподавателей
корейского языка. Исследуются инновационные подходы,
эффективная организация учебного процесса и значение
интерактивных методов в обучении корейскому языку.
KIRISH
So‘nggi yillarda innovatsion ta’lim metodlari o‘
quv jarayonini interaktiv va
samarali tashkil etish imkonini bermoqda. Shu jumladan, Flipped Learning (
거꾸로
학습
)
metodi chet tillarini, ayniqsa, koreys tilini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va
chuqur o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirish
uchun samarali metodlardan biri
hisoblanadi (Bergmann & Sams, 2012). An’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar dars
davomida yangi material bilan tanishib, uy vazifasida uni mustahkamlashsa, Flipped
Learning metodikasi esa bu jarayonni aksincha tashkil qiladi. Mazkur maqolada Flipped
Learning metodining koreys tili o‘qish (
읽기
) darslarida qo‘llanishi, uning samaradorligi
va amaliy tatbiq etish bosqichlari ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Flipped Learning (
거꾸로
학습
)
–
zamonaviy ta’lim jarayonida keng
qo‘llanilayotgan innovatsion metodlardan biri bo‘lib, u konstruktivistik ta’lim nazariyasi
(constructivist learning theory) tamoyillariga asoslanadi. Konstruktivistik yondashuvga
ko‘ra, o‘quvchilar bilimni tayyor shaklda qabul qilish o‘rniga, uni mustaqil izlash, tahlil
qilish va muhokama qilish orqali o‘zlashtiradilar (Piaget, 1970; Vygotsky, 1978).
An’anaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi dars jarayonida asosiy ma’lumotlarni tushuntirib,
uyga mustahkamlash uchun topshiriq beradi. Flipped Learning metodi esa bu jarayonni
teskari (
거꾸로
) yo‘nalishda tashkil qiladi: o‘quvchilar yangi mavzu bo‘yicha
materiallarni darsdan oldin mustaqil o‘rganadilar, dars davomida esa faol muhokama va
amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlarini mustahkaml
aydilar (Bergmann & Sams, 2012).
Bu metodika quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1)
Teskari ta’lim jarayoni (
수업의
전환
)
–
an’anaviy ta’lim tizimidan farqli
ravishda, o‘quvchilar darsga oldindan tayyorlanib kelishadi. Ya’ni, o‘qituvchi yangi
mavzuni dars
davomida tushuntirish o‘rniga, zarur materiallarni oldindan taqdim etadi.
Bu video darslar, elektron taqdimotlar, interaktiv ilovalar yoki maqolalar ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin (Hamdan et al., 2013). Bunday yondashuv o‘quvchilarning
mavzuga oid
dastlabki tushunchalarini shakllantirish, asosiy tushunchalar bilan tanishish va dars
jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi.
2)
O‘quvchilarning mustaqilligi (
자율적
학습
)
–
Flipped Learning metodi
o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. An’anaviy ta’limda
asosiy ma’lumotni o‘qituvchi yetkazib berar ekan, Flipped Learning metodida o‘quvchilar
mustaqil ravishda bilim olish jarayonini boshqaradilar. Bu jarayon davomida ular
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
354
o‘zlariga qulay va mos tempda o‘rganishlari, murakkab tushunchalarni
bir necha bor
qayta ko‘rib chiqishlari va o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan jihatlarni dars davomida
muhokama qilishlari mumkin (Bishop & Verleger, 2013). O‘quvchilarning avtonom ta’lim
olish qobiliyatlari rivojlanadi
, bu esa ularning uzoq muddatli o‘quv faoli
yatidagi
muvaffaqiyatlarini oshiradi.
3)
Interaktiv va muhokamaga asoslangan dars jarayoni (
토론
및
협업
학습
)
–
Flipped Learning metodida dars jarayoni an’anaviy ma’ruza shaklida emas, balki
o‘quvchilar ishtirokida faol muhokamalar, guruhli mashg‘ulotlar va amaliy
vazifalar
orqali tashkil etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Flipped Learning metodi bilan
tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq bayon qilish, boshqa fikrlarni tahlil
qilish va mantiqiy xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini rivojlantirad
ilar (Hamdan et al., 2013).
Ayniqsa, koreys tili kabi chet tillarini o‘rganishda interaktiv muhokama va qo‘shma
faoliyat asosida o‘quvchilar matn mazmunini chuqur anglash, matn bo‘yicha fikr bildirish,
matndagi asosiy g‘oyalarni ajratish
ko‘nikmalarini sha
kllantirishlari mumkin.
NATIJALAR
Chet tillarini, xususan, koreys tilini o‘qitishda Flipped Learning metodining o‘rni
beqiyos. Ushbu yondashuv orqali o‘quvchilar darsga tayyor holda kelishadi: ular matn
bilan oldindan tanishib, asosiy g‘oyalar, muhim so‘zl
ar va grammatik jihatlarni mustaqil
o‘rganib chiqadilar. Natijada dars jarayonida oddiy o‘qish emas, balki chuqur tahlil,
mantiqiy xulosalar chiqarish va fikr almashish amalga oshiriladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, Flipped Learning metodi orqali o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasi (
읽기
능력
) sezilarli darajada rivojlanadi (Kim, 2017). Xususan:
–
matn mazmunini chuqur tahlil qilish
(
텍스트의
심층
분석
)
–
o‘quvchilar
matnni faqat yodlash emas, balki uni tushunish, asosiy g‘oyalarini ajratib olish va tahlil
qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar;
–
kontekstual tushunish
(
문맥적
이해
)
–
matnni tushunishda talaffuz, grammatik
struktura va semantik bog‘liqliklar yanada aniqroq idrok qilinadi;
–
muhokama va fikr bildirish
(
토론
및
의견
제시
)
–
o‘quvchilar matn asosida
bahs-munozara yuritish, muhim fikrlarni ochiq bayon qilish va boshqalar bilan fikr
almashish orqali interaktiv o‘qish jarayonini shakllantiradilar.
Flipped Learning modeli o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga
aylantirib, ularning mustaqil o‘rganish q
obiliyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Koreys tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda bu metodning afzalliklari
shunchaki nazariy asoslargagina emas, balki amaliy jihatdan ham yuqori natijalar
berishiga asoslangan. Shu bois, Flipped Learning modelini koreys tili darslariga tatbiq
etish o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada interaktiv, samarali va qiziqarli qiladi.
MUHOKAMA
Koreys tili o‘qish (
읽기
) darslarida Flipped Learning metodining muvaffaqiyatli
qo‘llanishi uchun uch asosiy
bosqichni ajratish mumkin: darsdan oldingi tayyorgarlik,
dars jarayoni va darsdan keyingi mustahkamlash.
1)
수업
전
활동
(Darsdan oldingi tayyorgarlik bosqichi)
–
Flipped Learning
metodikasining muhim poydevori bo‘lib, o‘quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash va
ularning bilishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Darsga kirishdan avval
o‘quvchilarga mustaqil ravishda yangi matn va so‘z boyligi bilan tanishish imkoniyati
beriladi. O‘qituvchi esa ularning bilim olish jarayonini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun
quyidagi
tadbirlarni amalga oshiradi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
355
–
matn mavzusini tushuntirish (
텍스트
주제
소개
)
–
o‘quvchilarga o‘qiladigan
matnning asosiy mazmuni haqida umumiy tushuncha beriladi. Bu bosqichda
o‘quvchilarning avvalgi bilimlarini faollashtirishga e’tibor qaratiladi
(schema activation,
Carrell & Eisterhold, 1983).
–
o‘quv materiallari taqdim etish (
학습
자료
제공
)
–
o‘quvchilar oldindan
tayyorlangan video darsliklar (
동영상
강의
), audio fayllar yoki slayd taqdimotlar orqali
mavzu bilan tanishadilar.
–
so‘z boyligini oshirish (
어휘
학습
)
–
matnda uchraydigan muhim so‘zlarni
o‘rgatish uchun Quizlet, Anki kabi onlayn platformalar yoki Google Forms testlaridan
yoki oʻqituvchi tomonidan tuzilgan foydalanish mumkin.
–
oldindan savollar berish (
사전
질문
제공
)
–
o‘quvchilarga matnni o‘qish
jara
yonida asosiy e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan savollar beriladi. Bu bosqich
o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini faollashtirib, ularga mavzuni chuqurroq tushunishga
yordam beradi.
2)
수업
중
활동
(Dars jarayoni)
–
o‘quvchilarning mustaqil o‘rganib kelgan
bilimlarini amalda qo‘llashga, fikrlash va muhokama qilish orqali chuqurlashtirishga
qaratilgan. O‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan interaktiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarni
faol ishtirok etishga undaydi:
–
matnni o‘qish va tahlil qilish (
텍스트
읽기
및
분석
)
–
o
‘quvchilar matnni juftlik
yoki guruh bo‘lib o‘qib, tushunishga harakat qiladilar, savollar va muhokamalar orqali
asosiy g‘oyalarni ajratib olishadi.
–
muhokama va savol-javob (
토론
및
질문
답변
)
–
o‘quvchilar matn mazmuni
bo‘yicha fikr almashib, asosiy xulosalarni chiqaradilar, bunda har bir o‘quvchi o‘z
qarashlarini ifoda etishi muhim.
–
grafik tashkilotchilar bilan ishlash (
마인드맵
및
그래픽
오거나이저
활용
)
–
o‘quvchilarning tushunish jarayonini yaxshilash uchun asosiy fikrlar mind
-map yoki
grafik sxemalar yordamida tasvirlanadi.
–
r
ollar o‘ynash va dramatizatsiya (
롤플레이
및
상황극
)
–
matn mazmuniga mos
holatlarni jonlantirish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi va til ko‘nikmalari
mustahkamlanadi. Bu bosqich o‘quvchilarni nafaqat matnni tushunishga, balki o‘qish
jarayonida o‘z fikrlarini shakllantirish va aniq ifoda qilishga ham o‘rgatadi.
3)
수업
후
활동
(Darsdan keyingi mustahkamlash bosqichi)
–
darsdan keyin
o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va yanada mustahkamlash uchun mustaqil
topshiriqlar bajaradigan
bosqichdir. Bu bosqichda ular o‘z o‘rganish jarayonlarini tahlil
qilish va o‘z
-
o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
–
matn bo‘yicha yozma topshiriqlar (
요약문
작성
및
감상문
쓰기
)
–
o‘quvchilar
matn mazmunini tahlil qilib, o‘z fikrlarini yozma shaklda ifodala
ydilar. Bu ularning
mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.
–
qo‘shimcha o‘qish mashg‘ulotlari (
추가
읽기
활동
)
–
o‘quvchilar matnga o‘xshash
boshqa maqolalar, hikoyalar yoki yangiliklarni o‘qish orqali mavzuni yanada chuqurroq
o‘zlashtiradilar.
–
onlayn baholash v
a o‘zini tahlil qilish (
온라인
평가
및
자기
반성
)
–
Google Forms
testlari yoki reflektiv so‘rovnomalar orqali o‘quvchilar o‘z natijalarini tahlil qilib, qaysi
jihatlar ustida ishlash kerakligini aniqlaydilar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
356
XULOSA
Flipped Learning metodi koreys tili o‘qish darslarida samarali qo‘llanilishi mumkin
bo‘lib, u o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini oshirishga, dars jarayonini
interaktiv va qiziqarli tashkil qilishga xizmat qiladi. Ushbu metod an’anaviy ta’limdan
farqli ravishda o‘quvchilarni passi
v tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida bilim
olishga undaydi. Flipped Learning orqali o‘quvchilar darsdan oldin o‘quv materiallari
bilan tanishib, ularni mustaqil o‘rganishadi, dars jarayonida esa chuqurlashtirilgan tahlil,
muhokama va amaliy m
ashg‘ulotlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashadi. Bu esa
nafaqat ularning o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirishga, balki tanqidiy fikrlash,
muammolarni hal qilish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga
ham yordam beradi.
Shuningdek, Flipped Learning metodidan foydalanish o‘qituvchilarga dars
jarayonini individual va differensial yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi.
O‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlariga qarab, ularga mos keluvchi topshiriqlar
berish, o‘quv jarayonini yanada moslashtirish mumkin bo‘ladi. Bunday ta’lim muhiti,
ayniqsa, koreys tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan talabalar uchun muhim bo‘lib, ular
yangi so‘zlarni tushunish, matn mazmunini anglash va fikrni ifodalash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Umuman olganda, Flipped Learning texnologiyasining koreys tili o‘qish darslarida
qo‘llanilishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning faolligini
rag‘batlantirish va ularning til o‘r
ganish kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga
xizmat qiladi. Kelgusida ushbu metodning samaradorligini yanada chuqurroq o‘rganish
va uning koreys tilini o‘rgatishdagi boshqa jihatlariga ta’sirini tadqiq etish muhim ilmiy
yo‘nalishlardan biri bo‘lib qol
adi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
:
1.
Bergmann, J., & Sams, A. (2012). Flip Your Classroom: Reach Every Student in
Every Class Every Day. International Society for Technology in Education.
2.
Bishop, J. L., & Verleger, M. A. (2013). The Flipped Classroom: A Survey of the
Research. 120th ASEE Annual Conference & Exposition Proceedings.
3.
Hamdan, N., McKnight, P., McKnight, K., & Arfstrom, K. M. (2013). The Flipped
Learning Model: A Review of the Literature. Flipped Learning Network.
4.
Han, S., & Choi, H. (2020). Flipped Learning as a New Paradigm in Foreign
Language Education: Case Studies from Korea. Journal of Educational Technology &
Society, 23(3), 56-68.
5.
Kamarova, M. U. (2024). Koreys tili o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini
rivojlantirishda Flipped
learning texnologiyasining o‘rni // Soʻz san’ati xalqaro jurnali, 7
-
jild, 5-son.
–
99-103-betlar. ISSN 2181-9297.
6.
Kamarova, M. U. (2024). Использование метода «перевернутого обучения» в
процессе начального обучения корейскому языку // “Zamonaviy tilshunosl
ik va
derivatsion qonuniyatlar” xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari, 16
-oktabr.
–
133-
136-betlar.
7.
Kim, H., & Park, Y. (2017). Flipped Learning in Korean Language Education: Current
Trends and Future Directions. Korean Language Education Research, 32(2), 145-165.
8.
Lage, M. J., Platt, G. J., & Treglia, M. (2000). Inverting the Classroom: A Gateway to
Creating an Inclusive Learning Environment. The Journal of Economic Education, 31(1), 30-43.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2025) / ISSN 2181-3701
357
9.
Schmidt, S. M., & Ralph, D. L. (2016). The Flipped Classroom: A Twist on
Teaching. Contemporary Issues in Education Research, 9(1), 1-6.
10.
Strayer, J. F. (2012). How Learning in an Inverted Classroom Influences
Cooperation, Innovation and Task Orientation. Learning Environments Research, 15(2),
171-193.
