Авторы

  • Рислигой Хамидова
    Преподаватель, Андижанский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79868

Ключевые слова:

разработка тестов анализ тестов подготовка учителей истории проектирование оценок активное обучение сотрудничество со сверстниками

Аннотация

Разработка и анализ эффективных тестов являются ключевыми навыками для учителей истории, позволяя им создавать оценочные материалы, измеряющие не только уровень фактических знаний, но и способность к критическому мышлению, анализу источников и формированию аналитических суждений. В статье рассматриваются практические подходы к обучению будущих учителей истории этим навыкам. Особое внимание уделяется стратегиям активного и ситуационного обучения, сотрудничеству со сверстниками, а также интеграции цифровых технологий в образовательный процесс. К числу передовых методик относятся, в частности, семинары, способствующие связи теоретических знаний с практическим применением, имитационные тестовые среды и практики рефлексии. Кроме того, в статье анализируются проблемы, возникающие при реализации указанных подходов, и формулируются рекомендации по включению компонентов разработки и анализа тестов в программы профессиональной подготовки учителей истории.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Practical approaches to training history teachers for test
development and analysis

Risligoy KHAMIDOVA

1


Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form
10

February 2025

Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

Effective test design and analysis are essential skills for

history teachers, enabling them to develop assessments that
measure not only factual knowledge but also critical thinking,

source evaluation, and analytical skills. This article explores

practical approaches to teaching history teachers these skills,

focusing on active learning strategies, situated learning, peer
collaboration, and technology integration. Best practices

include, for example, workshops that help students connect

theory with application, simulated testing environments,

and reflective practices. The article also highlights challenges
in

implementing

these

approaches

and

provides

recommendations for incorporating test design and analysis

into history teacher preparation programs.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp191-196

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Test design,

test analysis,

history teacher preparation,
assessment design,

active learning,

peer collaboration.

Tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va tahlil
qilishga tayyorlashning amaliy yondashuvlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Test ishlab chiqish,

testlarni tahlil qilish,

tarix o‘qituvchisini

tayyorlash,

baholashni loyihalash,

faol o‘rganish,

tengdoshlar bilan hamkorlik.

Samarali testlarni ishlab chiqish va tahlil qilish tarix

o‘qituvchilari uchun muhim ko‘nikmalar bo‘lib, ularga nafaqat

faktik bilimlarni, balki tanqidiy fikrlash, manbalarni baholash va

tahliliy qobiliyatlarni ham o‘lchaydigan baholashni ishlab
chiqish imkonini beradi. Ushbu maqola tarix fani

o‘qituvchilarini ushbu ko‘nikmalarga o‘rgatishning amaliy

yondashuvlarini o‘rganadi, faol o‘rganish strаtеgiyаlаri,

vaziyatga аsоslаngаn o‘rganish, tengdoshlar bilan hamkorlik vа

tеxnоlоgiyа intеgrаtsiyаsigа urg‘u beradi. Еng yаxshi
аmаliyоtlаrgа misol tаriqаsidа tinglоvchilаrgа nаzаriyаni

1

Teacher, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail.ru hamidovarisligoy@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

192

qo‘llash bilan bog‘lashda yordam beradigan seminarlar,

simulyatsiya qilingan test muhitlari vа аks ettiruvchi

аmаliyоtlаr

kirаdi.

Mаqоlаdа,

shuningdеk,

ushbu

yоndаshuvlаrni аmаlgа оshirishdа duch kеlаdigаn muammolar

yoritilgan vа testlarni ishlab chiqish vа tahlil qilishni tarix

o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlariga kiritish bo‘yicha

tavsiyalar berilgan.

Практические подходы к обучению учителей истории
разработке и анализу тестов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

разработка тестов,

анализ тестов,

подготовка учителей
истории,

проектирование оценок,
активное обучение,
сотрудничество со

сверстниками.

Разработка и анализ эффективных тестов являются

ключевыми навыками для учителей истории, позволяя им

создавать оценочные материалы, измеряющие не только
уровень фактических знаний, но и способность к

критическому

мышлению,

анализу

источников

и

формированию аналитических суждений. В статье

рассматриваются практические подходы к обучению

будущих учителей истории этим навыкам. Особое
внимание

уделяется

стратегиям

активного

и

ситуационного обучения, сотрудничеству со сверстниками,

а

также

интеграции

цифровых

технологий

в

образовательный процесс. К числу передовых методик
относятся, в частности, семинары, способствующие связи

теоретических знаний с практическим применением,

имитационные тестовые среды и практики рефлексии.

Кроме того, в статье анализируются проблемы,
возникающие при реализации указанных подходов, и

формулируются

рекомендации

по

включению

компонентов разработки и анализа тестов в программы

профессиональной подготовки учителей истории.


KIRISH

Zamonaviy ta’lim jarayonida baholash tizimi muhim o‘ringa ega. Ayniqsa, test

sinovlari orqali bilimlarni baholash samaradorligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
Tarix fani kabi tafakkur va tahlilga asoslangan fanlarda test savollarini ishlab chiqish va
ularni sifatli tahlil qilish o‘qituvchidan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Shu boisdan,
o‘qituvchilarni test tuzishga va ularni tahlil qilishga tayyorlashga amaliy yondashuvlar
zarur bo‘lmoqda.Ta’lim tizimida testologiya alohida o‘rin egallaydi, chunki bu pedagogik
jarayonning muhim qismi bo‘lib, bilimlarni aniq baholashni ta’minlaydi. Tarix fanida test
tayyorlash va tahlil qilish nafaqat o‘qituvchilarga yuqori sifatli ta’lim berish imkonini
beradi, balki o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ham xolis baholash uchun zarur
vosita hisoblanadi. Shu munosabat bilan tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va
tahlil qilishga tayyorlash jarayoni umumiy pedagogika fanining yutuqlariga asoslanadi.
Ushbu maqolada tarix fani o‘qituvchilarini testologiya jarayoniga tayyorlash bo‘yicha
amaliy yondashuvlar, bu jarayonning muhim jihatlari va olimlarning fikrlari tahlil
qilinadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

193

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Test sinovlari ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim

ahamiyatga ega. O‘quvchilarning bilimlarini aniq baholashda testologiya muhim rol

o‘ynaydi. Bu jarayonda, umumiy pedagogika fani nazariyalariga asoslanib, tarix fani

o‘qituvchilariga ta’lim berish, ularni test ishlab chiqishga va ularning tahlilini amalga

oshirishga yo‘naltirilgan amaliy yondashuvlardan foydalanish zarur. Professor

X. To‘xtamurodovning fikriga ko‘ra, testologiyaning to‘g‘ri qo‘llanilishi o‘quvchilarning

mustaqil fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi [1]. Test savollarini ishlab chiqishda

bir qator pedagogik tamoyillarni hisobga olish lozim. Dastlabki bosqichda test

savollarining mazmuni va ularning murakkablik darajasi belgilanishi muhim. Ushbu

jarayon o‘qituvchilarga o‘quv dasturlarining asosiy maqsadlarini hisobga olib, ularni test

savollari shaklida aks ettirishga yordam beradi. Pedagog olimlardan biri – professor

Z. Abdullayev test savollari ishlab chiqish jarayonida amaliy yondashuvning muhimligini

ta’kidlaydi [2]. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar testlarni tuzishda o‘quvchilarning individual

xususiyatlarini, bilim darajalarini va qiziqishlarini hisobga olishlari lozim.

Test tahlili – bu test natijalarini baholash va ulardan kelib chiqadigan

ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonidir. Bu jarayon, o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilimini

chuqurroq tahlil qilish va ularga individual yondashuvni qo‘llash imkonini beradi.

Test tahlili jarayonida qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar turli xil bo‘lishi mumkin.

Bu usullar orasida statistik tahlil va o‘quvchilarning javoblarini o‘rganish orqali ta’lim

jarayonini optimallashtirishga yordam beradigan texnikalar mavjud. Professor

O. Karimovning tadqiqotlariga ko‘ra, test tahlilini amalga oshirishda o‘qituvchilar

o‘quvchilarning noto‘g‘ri javoblarini batafsil tahlil qilishlari lozim, chunki bu ularning

kamchiliklarini aniqlash va kelgusida to‘g‘rilash uchun muhimdir [3]. Shuningdek,

statistik tahlil metodlari, xususan, variantlarning foizli taqsimotini o‘rganish orqali

o‘quvchilarning bilim darajasi aniq baholanishi mumkin. Amaliy yondashuvlar

o‘qituvchilarga testlarni ishlab chiqish va ularni tahlil qilishda yordam beruvchi samarali

vositadir. Shu bilan birga, amaliy tajriba orqali o‘qituvchilar testologiyaning mohiyatini

chuqurroq tushunib olishlari va o‘z o‘quvchilarining bilimlarini baholashda

samaradorlikka erishishlari mumkin. Pedagog olim N. Saydullayev o‘zining "Pedagogik

diagnostika va testologiya" nomli kitobida test sinovlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha

bir qator tavsiyalar bergan [4]. Uning ta’kidlashicha, test savollarini ishlab chiqishda

o‘qituvchilar uchun maxsus tayyorlov kurslarini o‘tkazish ularning malakasini oshirishda

muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, tarix fani o‘qituvchilariga test ishlab chiqishda milliy tarix va

madaniyatga oid ma’lumotlarni qo‘shish orqali testlarni o‘quvchilar uchun qiziqarliroq va

foydaliroq qilish mumkin. Bu esa o‘quvchilarning milliy ongini shakllantirish va ularda

vatanga sadoqat hissini oshirishga xizmat qiladi. Professor R. Sodiqov milliy mazmundagi

testlarning ahamiyati haqida gapirar ekan, ularning o‘quvchilarda tarixiy voqealarga

nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga yordam berishini ta’kidlaydi [5]. Tarix fani

o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va tahlil qilishga tayyorlash jarayoni murakkab va ko‘p

qirrali jarayon bo‘lib, u umumiy pedagogika fanining nazariy va amaliy asoslariga

tayangan holda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchilar o‘quvchilarning

bilimlarini aniq baholash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularga individual

yondashuvni ta’minlash uchun testologiyaning turli usullaridan foydalanadilar. Test

tayyorlash va tahlil qilish jarayonida amaliy yondashuvlar, pedagogik diagnostika va

milliy mazmunni o‘z ichiga olgan testlar orqali o‘qituvchilarning malakasini oshirish va

o‘quvchilar bilimini samarali baholash imkoniyatlari yaratiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

194

Testologiya, ayniqsa tarix fani o‘qituvchilari uchun, o‘quvchilarning bilim va

ko‘nikmalarini to‘g‘ri baholashda va ularning rivojlanishiga ko‘maklashishda muhim

vosita hisoblanadi. O‘qituvchilarni bu sohada tayyorlash uchun ularning amaliy

tajribalarini oshirish va ularga test ishlab chiqish va tahlil qilish metodikasini o‘rgatish

zarur. Shu orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning bilim

darajasini aniq baholash mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, tarix fani o‘qituvchilarini test

ishlab chiqish va tahlil qilishga tayyorlashga amaliy yondashuvlar umumiy pedagogika

fani nazariyalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ushbu yondashuvlar orqali

o‘qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini rivojlantirishlari, ta’lim jarayonida yuqori

natijalarga erishishlari va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini samarali baholashlari

mumkin. Professorlar X. To‘xtamurodov, Z. Abdullayev, O. Karimov va R. Sodiqovlarning

ilmiy ishlariga asoslanib, testologiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun ta’lim

jarayoniga amaliy yondashuvlarni joriy qilish zarur ekani xulosa qilinadi.

Tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va tahlil qilishga tayyorlashda

umumiy pedagogika fani yondashuvlaridan foydalanish o‘qituvchi malakasini oshirishda

muhim vosita sifatida qaraladi. O‘zbek olimlari tomonidan umumiy pedagogika fanining

testologiyaga doir qirralarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati haqida

ko‘plab fikrlar keltirilgan. Masalan, Sh.A. Qodirovning “Umumiy pedagogika asoslari va

test metodlari” nomli kitobida o‘qituvchilarni test savollarini tuzishga o‘rgatish jarayoni

metodik jihatdan tahlil qilingan [6]. Test savollarini ishlab chiqish jarayoni ta’lim

samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Bu borada pedagogika fanida test

savollarini tuzishning didaktik talablariga rioya qilish zarurligi ta’kidlangan.

H.X. Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, test tuzishda mazmunning aniqligi, savollarning

mantiqiyligi va ular orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga

yo‘naltirilganligi muhim ahamiyatga ega [7]. O‘qituvchilarning testologiya bo‘yicha

malakasini oshirish uchun ularga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish muhimdir.

Bunda o‘qituvchilarga test tuzishning asosiy bosqichlari, test savollarining turli shakllari,

ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida ma’lumot berish kerak. Shu bilan birga, test

savollarini tahlil qilish va baholash metodikasi ham o‘rgatiladi [8]. F.N. To‘xtayevning

fikriga ko‘ra, test tahlili o‘quvchilarning bilim darajasini to‘g‘ri baholash uchun zaruriy

bosqich bo‘lib, bunda test natijalarini statistik tahlil qilish muhim rol o‘ynaydi.

MUHOKAMA

Testologiyada qo‘llaniladigan amaliy yondashuvlar o‘qituvchilarning bu boradagi

ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulotlar

davomida tarix fani o‘qituvchilari testlarni tuzish, ularni sinovdan o‘tkazish va natijalarini

tahlil qilish bilan shug‘ullanishlari lozim. Bu jarayon ularga o‘z darslarida test usulini

samarali qo‘llash imkoniyatini yaratadi [9]. M.S. Karimovning ta’kidlashicha, testlarni

amaliyotda qo‘llash o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi,

chunki test savollari orqali o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi va ular o‘z-o‘zini

baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Test savollarini ishlab chiqish va ularni tahlil qilish

jarayonida umumiy pedagogika fani yondashuvlaridan foydalanish o‘qituvchilarga

o‘quvchilarning bilim darajasini obyektiv baholash imkonini beradi. Shu bilan birga,

testologiyaning asosiy prinsiplariga rioya qilish, ya’ni testning validlik, ishonchlilik va

obektivlik kabi talablarga e’tibor qaratish muhimdir [10]. A.R. Safarovning fikriga ko‘ra,

test savollarini tuzishda validlik prinsipiga rioya qilish testning maqsadini to‘g‘ri

belgilash va o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashda adolatni

ta’minlash uchun zarurdir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

195

Test tahlil qilishda statistik usullardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.

Bu borada test natijalarini tahlil qilish uchun statistik ko‘rsatkichlardan foydalanish,

jumladan, testning o‘rtacha balli, dispersioni va ishonchlilik koeffitsientini aniqlash

o‘qituvchilarga testning sifatini baholash imkonini beradi. Shuningdek, statistik tahlil

orqali o‘quvchilarning qaysi mavzular bo‘yicha ko‘proq qiyinchilikka duch kelayotganini

aniqlash mumkin. Bunday yondashuv orqali o‘qituvchilar o‘quvchilar bilimidagi

bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishlari

mumkin [11]. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab

chiqish va tahlil qilishga tayyorlashda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy

ko‘nikmalarning shakllanishi ham zarurdir. Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar

test savollarini tuzish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishlari va bu qiyinchiliklarni

yengish

uchun

ilmiy-uslubiy

yondashuvlardan

foydalanishlari

lozim

[12].

G.N. Raximovaning ta’kidlashicha, amaliy yondashuvlar orqali o‘qituvchilarning kasbiy

mahoratini oshirish, ularga test tuzishda va ularni tahlil qilishda yuzaga keladigan

muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi.

Tarix fani o‘qituvchilarining test savollarini ishlab chiqish va tahlil qilishga

tayyorlanish jarayonida pedagogik kommunikatsiya ham muhim rol o‘ynaydi.

O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotning samaradorligi o‘quv jarayonining

sifatini belgilovchi muhim omildir [13]. Shu jihatdan, testologiya orqali o‘quvchilarning

bilimlarini aniqlash va ularga teskari aloqa berish o‘qituvchilarning o‘z darslarini

rejalashtirish va o‘quvchilar bilan ishlashda individual yondashuvlarni qo‘llash

imkoniyatini oshiradi.

ХULOSA

Tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va ularni tahlil qilishga o‘rgatish –

nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini adolatli baholashga, balki dars samaradorligini

oshirishga ham xizmat qiladi. O‘qituvchilar test topshiriqlarini nafaqat bilimni o‘lchash,

balki o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish vositasi sifatida ko‘ra olishlari

lozim. Xulosa qilib aytganda, tarix fani o‘qituvchilarini test ishlab chiqish va tahlil qilishga

tayyorlashda umumiy pedagogika fani va testologiyaga oid amaliy yondashuvlardan

foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbek olimlari tomonidan ilgari surilgan fikrlar

asosida test tuzish va tahlil qilish jarayonida o‘qituvchilarni tayyorlash pedagogik jarayon

sifatini oshirishga xizmat qiladi. Testologiya bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy

mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish esa o‘qituvchilarga testlarni samarali tuzish va

ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish imkoniyatini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

X. To‘xtamurodov, "Umumiy pedagogika asoslari", Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2019, 134-bet.

2.

Z. Abdullayev, "Pedagogik texnologiyalar va testologiya", Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti, 2021, 87-bet.

3.

O. Karimov, "Test natijalarini tahlil qilish metodikasi", Toshkent: Fan va

Texnologiya, 2020, 102-bet.

4.

N. Saydullayev, "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: Sharq

nashriyoti, 2018, 45-bet.

5.

R. Sodiqov, "Tarix ta’limi va testologiya", Toshkent: Ma’naviyat, 2022, 65-bet

6.

Qodirov Sh. A., "Umumiy pedagogika asoslari va test metodlari", Toshkent: Fan

nashriyoti, 2019, 112-115-betlar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

196

7.

Yo‘ldoshev H. X., "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: O‘zMU

nashriyoti, 2020, 85-88-betlar.

8.

To‘xtayev F. N., "Test va ta’limda baholash metodikasi", Toshkent: Universitet

nashriyoti, 2021, 63-66-betlar.

9.

Karimov M. S., "Amaliy pedagogika va testologiya asoslari", Toshkent: Sharq

nashriyoti, 2022, 78-81-betlar.

10.

Safarov A. R., "Pedagogik baholash va testologiya", Toshkent: Ilm ziyo

nashriyoti, 2021, 45-48-betlar.

11.

To‘xtayev F. N., "Test va ta’limda baholash metodikasi", Toshkent: Universitet

nashriyoti, 2021, 69-72-betlar.

12.

Raximova G. N., "O‘qituvchi malakasini oshirishda testologiyaning roli",

Toshkent: Ta’lim nashriyoti, 2023, 54-57-betlar.

13.

Yo‘ldoshev H. X., "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: O‘zMU

nashriyoti, 2020, 93-96-betlar.

Библиографические ссылки

X. To'xtamurodov, "Umumiy pedagogika asoslari", Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2019, 134-bet

Z. Abdullayev, "Pedagogik texnologiyalar va testologiya", Toshkent: O'qituvchi nashriyoti, 2021, 87-bet

O. Karimov, "Test natijalarini tahlil qilish metodikasi", Toshkent: Fan va Texnologiya, 2020, 102-bet

N. Saydullayev, "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: Sharq nashriyoti, 2018, 45-bet

R. Sodiqov, "Tarix ta'limi va testologiya", Toshkent: Ma'naviyat, 2022, 65-bet

Qodirov Sh. A., "Umumiy pedagogika asoslari va test metodlari", Toshkent: Fan nashriyoti, 2019, 112-115-betlar

Yo‘ldoshev H. X., "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2020, 85-88-betlar

To‘xtayev F. N., "Test va ta'limda baholash metodikasi", Toshkent: Universitet nashriyoti, 2021, 63-66-betlar

Karimov M. S., "Amaliy pedagogika va testologiya asoslari", Toshkent: Sharq nashriyoti, 2022, 78-81-betlar

Safarov A. R., "Pedagogik baholash va testologiya", Toshkent: Ilm ziyo nashriyoti, 2021, 45-48-betlar

To‘xtayev F. N., "Test va ta'limda baholash metodikasi", Toshkent: Universitet nashriyoti, 2021, 69-72-betlar

Raximova G. N., "O‘qituvchi malakasini oshirishda testologiyaning roli", Toshkent: Ta'lim nashriyoti, 2023, 54-57-betlar

Yo‘ldoshev H. X., "Pedagogik diagnostika va testologiya", Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2020, 93-96-betlar