Авторы

  • Саодат Хуснидинова
    Преподаватель, Кафедра педагогики и психологии, ALFRAGANUS UNIVERSITY

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79878

Ключевые слова:

дефекты речи особенности экзогенные эндогенные монотонные праксис

Аннотация

В данной статье рассматриваются формы речевых нарушений, причины их возникновения, а также особенности общения детей с речевыми нарушениями.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Communication characteristics of children with speech

deficits

Saodat KHUSNIDINOVA

1

Alfraganus University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

10

February 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article discusses the forms of speech impairments, their

underlying causes, and the communication characteristics of

children with speech difficulties.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp97-105

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

speech deficiencies,

characteristics,

exogenous,

endogenous,

monotonous,

praxis.

Nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarning muloqot xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

nutq kamchiliklari,

xususiyatlari,

ekzogen,

endogen,

monoton,

praksis.

Ushbu maqolada nutq kamchiliklarining shakllari, kelib

chiqish sabablari hamda nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarning

muloqot xususiyatlari yoritilgan.

Особенности общения детей с речевыми нарушениями

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

дефекты речи,

особенности,

экзогенные,

эндогенные,

монотонные,

праксис.

В данной статье рассматриваются формы речевых

нарушений, причины их возникновения, а также

особенности общения детей с речевыми нарушениями.

1

Teacher, Department of Pedagogy and Psychology, Alfraganus University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

98

Bolalarda nutq buzilishlarining yuzaga kelishida ekzogen-organik omilning rolini

baholashda jarohatning vaqti, xarakteri va joylashishini, bola nerv tizimining
moslashuvchanligini, shuningdek, miya jarohatlangan paytda nutq funksiyasining
shakllanganlik darajasini hisobga olish zarur. Ko‘pincha aqli zaif va biror ruhiy kasallikka
chalingan kishilarda uchraydi. Bu kasallikda tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish
jarayonidan ustun turadi. Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish,
intoksikatsiya va astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. Shimoliy
mamlakatlarda yashovchi kishilarning gapirish usuli bradilaliyaga o‘xshab ketadi. Lekin
bu mamlakatlarda shunday gapirish odat tusiga kirib qolgan va patologiya bo‘lib
hisoblanmaydi. Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, ovozning
bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish – so‘zlarni
cho‘zib gapirish, tovushlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo‘ladi
va hokazo. Bradilaliya bilan kasallangan kishilarning cho‘ziq, qovushmagan nutqi
tinglovchilardan ularni nihoyatda diqqat bilan eshitishini talab qiladi. O‘rtacha va kuchsiz
bradilaliya bilan kasallangan kishilar o‘z nutqidagi kamchilikni sezmaydilar ham.
Bradilaliyaning og‘irroq xillarida esa kishi nutqidagi kamchiligini sezadi va bundan ruhan
qiynala boshlaydi. Bunday kishilar iloj istab, logopedlarga murojaat qilganlarida
ko‘pincha gaplarini odamlar tushunmasligi yoki ko‘pchilik u bilan gaplashishini
yoqtirmasligidan shikoyat qiladi. Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador
bo‘ladi. Bradilaliya markaziy asab sistemasining organik kasalliklari, bosh miya
shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi natijasida ham uchrab turadi. Bunday hollarda
nutq sur’atining buzilishi, aynishi, umumiy motorikaning sekinlashuvi, susayishi,
tormozlanishi, umumiy loqaydlik bilan birga uchraydi. Bradilaliyani tuzatishda
logopediyaning alohida usullari, shaxsan qayta tarbiyalash vositalari, har xil dori-
darmonlar, nafas gimnastikasining alohida shakllari, logopedik ritmika, fizioterapiya va
boshqalardan keng foydalaniladi.

Logopedik ta’sir asosan quydagilarga erishishni ko‘zda tutadi:
a) gapirish jarayonida tez va aniq harakatlarga erishish;
b) tez gapirish yo‘li bilan tez gapirish reaksiyasini tug‘dirish;
d) ichki nutq tezligini oshirishga erishish (tashqi muhit ta’sirlari, harakat va

ritmika yordamida);

e) tez o‘qish va yozishga o‘rgatish;
f) ifodali, ongli o‘qishga o‘rgatish.
Bunda logoped gapirish tezligini oshirishni talab etar ekan, bolaning

imkoniyatlarini, qobiliyatini, charchab qolmaydigan bo‘lishini hisobga olishi va nutqda
ishtirok etadigan muskullar harakatini rivojlantiradigan nutq mashqlarini olib borishi,
logopedik ritmika va musiqa mashqlarini tashkil etishi lozim. Nutq sur’atining patologik
tezlashishi, haddan tashqari bidirlab, tez gapirish – taxilaliya deb yuritiladi. Olimlar
taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini, shu bilan birga
taxilaliyaning nasldan naslga o‘tishi ham isbotlandi. Lekin taxilaliya ba’zan tashqi muhit
omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi. Taxilaliyaga,
odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvidan tashqari umumiy motorikaning va boshqa
ruhiy jarayonlarning tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi.

Taxilaliya bilan kasallangan kishilar nutqi bahslashish yoki tez gapirish zarur bo‘lib

qolgan vaqtlarda, ayniqsa tezlashadi va shoshqaloqlik avjiga chiqib, so‘zlayotgan
kishining diqqati ham sochila boshlaydi. Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

99

qo‘shimchalar o‘rnini almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni noaniq
ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi. Lekin gapirayotgan kishi nutqiga e’tibor
beriladigan bo‘lsa, u tezda to‘g‘ri gapira boshlashga, tutilib gapirish yo‘qoladi, ammo
so‘zlash tezligi boshqalarnikiga nisbatan yuqoriligicha qolaveradi. Taxilaliya bilan
kasallangan kishilarni davolashning asosiy prinsiplari olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan. Gapirish ortopediyasi asosan jamoa orasida tushuntirish psixologiyasi orqali
olib boriladi. Bunday kishilarning nutqiga e’tibor berish, gapirish tezligini to‘g‘rilab
borish, mantiqiy fikrlarni tarbiyalash ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishda katta
ahamiyatga egadir. Bunda asosiy diqqat umumiy psixomotor qo‘zg‘alishini kamaytirish
maqsadida davolash fizkulturasi, dori-darmonlar va fizioterapiya yordamida shaxsning
patologik xususiyatlarini qayta ko‘rishga qaratiladi. Taxilaliyani davolash kursi
maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalarda 6 oydan bir yilgacha davom etadi.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar tez gapiruvchi bolalarni tegishlicha maslahatlashib, davo
yo‘llarini belgilab olish uchun o‘z vaqtida psixonevrolog, logopedlarga yuborishlari kerak.
Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar – bradilaliya va taxilaliya murakkab,
bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi nuqsonlar bo‘lib hisoblanadi.
Bradilaliya va taxilaliya nuqsonlari, ularning turlari, ko‘rinishlari, kelib chiqish sabablari,
kechishidagi mexanizmlari, differensial diagnostikasi logopediyada hali har tomonlama
to‘liq o‘rganilgan emas. Tutilib gapirish ham nutq nuqsoni bo‘lib, nutq sur’ati, maromi va
ravonligi buzilishi bilan ta’riflanadi. Bunda, nutqning kommunikativ funksiyasi izdan
chiqadi, ya’ni bekam-u ko‘st, rosmana aloqa vositasi bo‘lmay qoladi, bunday nutqni
tinglab, tushunish ba’zan qiyin bo‘ladi ham. Tutilib gapirishga asosan nutq apparati
muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylari, tolalarining tortishib qolishi sabab bo‘ladi.
Chet el va o‘zbek olimlarining ta’kidlashicha, dunyo bolalarining 2% ida tutilib gapirish
nuqsoni kuzatiladi. Buyuk rus psixiatori I.A. Sikorskiy tutilib gapirish “bolalar kasalligi”
deb atagan edi, chunki bu kamchilik asosan ikki yosh bilan besh yosh orasidagi bolalarda
nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu davrda bola tilning grammatik tuzilishini kattalarga taqlid
etish yo‘li bilan asta-sekin o‘zlashtirib boradi, so‘zlari ma’lum tartibda joylashgan
gaplarni o‘rganadi, o‘z fikrlarini atrofdagilarga ma’noli Nutq orqali ifodalay boshlaydi.
Bolaning o‘zlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bo‘ladi, mas’uliyat, o‘z-o‘ziga
talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba’zi bolalarning gapirish sur’ati, maromi, ravonligi
buziladi. Ular tutilib, so‘zlarni oxirigacha talaffuz etmay, shoshib-pishib, tovush, bo‘g‘in,
so‘zlarni qayta qayta takrorlab yoki aksincha to‘xtab qolib, so‘ngra zo‘r kuch bilan,
qiynalib, talaffuz etadilar – tutilib gapirish, duduqlanish deb shuni aytiladi. Shu bilan
birga, bola xulq-atvorida, umumiy holatida ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi.
Arzimagan narsadan xafa bo‘lish, hayajonlanish, injiqlik, gapirishdan qo‘rqish alomatlari
paydo bo‘ladi. Bunday ruhiy hodisalar tutilib gapirishni kuchaytiradi, ba’zi bolalarning
kamgap bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladiki, buni nevrozga o‘xshatishadi. Shu munosabat
bilan shifokorlar tutilib gapirish, duduqlanishni – logonevroz, ya’ni nutq nevrozi degan
termin bilan yuritadilar. Tutilib gapirishning dastlabki belgilari turlicha vujudga kelishi,
turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu nuqson sezilmasdan asta-sekin boshlanadi.
Ota-onalar bola erkalanib gapiryapti deb o‘ylab, uning bilinar-bilinmas tutilib
gapirishidan hatto zavqlanadilar ham, bola shoshib yoki hayajonlanib gapirganida
nutqida tutilishi yanada ko‘payadi, bola gapirmoqchi bo‘la turib birdan to‘xtab qoladi.
Tutilib gapirish mutizm holida ham boshlanishi mumkin. Mutizm – vaqtincha soqovlik,
vaqtincha nutq yo‘qolishi degan ma’noni bildiradi. Bunday holat ruhiy travma, ruhan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

100

qattiq hayajonlanish natijasida vujudga kelishi va bir necha kungacha davom etishi
mumkin. Mutizm holatidan so‘ng bola aksari tutilib gapira boshlaydi. .Tutilib gapirish
kamchiligi taxilaliyadan so‘ng boshlanishi ham mumkin.

Tutilib gapirish vaqtida nutq a’zolarining ma’lum bo‘limlaridagi paylar tortishib

turadi. Pay tortilishining xiliga qarab, tutilib gapirishning ikki turi: klonik va tonik
turidagi tutilib gapirish tafovut qilinadi. Klonik turidagi tutilib gapirishda tovush, bo‘g‘in
yoki so‘z bir necha marta takrorlanadi, tonik tipida esa bola gapdan birdan to‘xtab qoladi
va tovush, bo‘g‘in yoki so‘zni ma’lum bir pauzadan so‘ng zo‘r kuch bilan, qiynalib talaffuz
etadi. Pauza bir soniyadan 1 daqiqaga qadar cho‘zilishi mumkin. Pauza qanchalik uzoq
bo‘lsa, tutilib gapirish kamchiligi shunchalik ro‘y-rost ifodalangan bo‘ladi. Amalda tutilib
gapirishning sof klonik yoki sof tonik xili kamdan kam uchraydi. Ko‘pincha tono-klonik
yoki klono-tonik tipdagi tutilib gapirish kuzatiladi.

Pay tortishishi vaqtida nutq a’zolarining barcha bo‘limlarida o‘zgarishlar

kuzatiladi, shunga ko‘ra bir tovush, bo‘g‘in yoki so‘z tutilib talaffuz etilganidan keyin
boshqalari paydar-pay ulanib ketadi. Tutilib gapirish nuqsoni – nutqning asosan
funksional xarakterdagi murakkab kamchiligidir. Uning organik xarakterdagi turi
murakkab organik kamchiliklar paytida kuzatilishi mumkin. Tutilib gapirishda bola
doimo yangidan yangi odat chiqarib turadi. Bola o‘z nuqsonini atrofdagilarga bildirmaslik
maqsadida turli xil hiyla-nayranglarni ishlatadi, masalan, boshini silkitib, ko‘zlarini
olaytiradi yoki tebranib turib, qo‘li, oyog‘i bilan ortiqcha harakatlar qilib turib gapiradi.
Tutilib gapiruvchilarga, nazarida hamma ularni mazax, masxara qilayotgandek bo‘lib
tuyuladi. Shunga ko‘ra ular hiyla-nayranglarni yanada ham ko‘proq ishlatishga harakat
qiladilar. Biroq bunday xatti-harakatlar bilan atrofdagilar diqqatini o‘zlariga yanada
ko‘proq jalb etadilar, natijada tutilib gapirish yanada zo‘rayadi. Bola yoshi ulg‘aygan sari,
hiyla-nayranglari bilan bir qatorda nutqqa aloqador hiyla-nayranglarni ishlatish odat
bo‘la boshlaydi. Ayrim tovush, so‘z, gaplar bolaga murakkab bo‘lib tuyuladi. U nazarida,
aynan shu tovush yoki so‘z kelganda, tutilib qolishi mumkin deb, gap vaqtida ularni
boshqa tovush yoki gaplar bilan almashtirishga harakat qiladi. Ba’zan bunday urinishlar
muvaffaqiyatli chiqadi va bola nutqning ravon, bir tekis bo‘lishiga erishadi, biroq
ifodalanayotgan fikr chalkashib, mazmuni o‘zgaradi, so‘zlar poyma-poy bo‘lib qoladi.

Tutilib gapirish bolaning umumiy holati, his-tuyg‘ulariga bog‘liq nutq kamchiligi

bo‘lganidan bola uyda, o‘ziga yaqin kishilari bilan suhbatda bo‘lganda, hayajonlanmasdan
gapirganida bu kamchilik ko‘pincha kuzatilmaydi. Biroq ko‘pchilik orasida, guruhda,
sinfda, begona vaziyatda hayajonlanib, shoshib gapirish vaqtida duduqlanishi ro‘y-rost
sezilishi mumkin. Turmush sharoitidagi, ob-havodagi o‘zgarishlar, yil fasli ham bola
nutqiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Tutilib gapirishning sababi nima, bu kamchilik nima
uchun beqaror va o‘zgaruvchan, qaytalanib turadigan bo‘lishi mumkin, degan masalalarni
aniqlash maqsadida olimlar tomonidan ko‘pgina izlanishlar olib borilgan. Tutilib gapirish
kamchiligi insonlarda qadimdan kuzatiladi. Ayrim olimlar tutilib gapirish – bu
organizmning umumiy kasalligi deb, uni dori-darmonlar bilan davo qilishni tavsiya
etganlar. Boshqalari esa, tutilib gapirish artikulatsion apparat tuzilishidagi
o‘zgarishlardan kelib chiqqan nuqson deb, uni artikulatsiya a’zolarini operatsiya yo‘li
bilan bartaraf etishni tavsiyaetganlar.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘pchilik olimlar tutilib gapirishning

asosiy sababi nevroz deb hisoblab keldilar. Ammo nevrozning xilini, mexanizmlarini
aniqlashda bir fikrga kelishmay, turli farazlar bayon etildi, chunonchi, olimlar tutilib


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

101

gapirish nevroz kasalligining bir turi, degan xulosaga keldilar. Bu xulosaga ulug‘ rus
fiziologi I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi ta’limoti asos bo‘ldi. I.P. Pavlovning
ta’limotiga ko‘ra, nevroz oliy asab faoliyatining funksional zaiflik belgisi, ya’ni qo‘zg‘alish
va tormozlash jarayonlari munosabatining buzilishidir. Ana shunday o‘zgarish natijasida
bosh miya po‘stlog‘ining ma’lum qismlarining funksiyalari boshqacha tusga kirib, bosh
miya asab tolalarining ishlash jarayoni susayadi, bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti asab
tolalari o‘rtasidagi aloqalar buziladi va buning oqibatida bolaning turli a’zolarida ma’lum
patologik o‘zgarishlar kuzatiladi, masalan, yurak nevrozi, buyrak nevrozi, nutq nevrozi
paydo bo‘ladi va hokazo. Nutq nevrozi, ya’ni logonevroz nutq a’zolarida pay
tortishishlariga olib keladiki, buning natijasida bola tutilib gapiradigan, duduqlanadigan
bo‘lib qoladi.

I.P. Pavlovning oliy asab faoliyati tiplari haqidagi ta’limotidan ko‘rinadiki, tutilib

gapirish nuqsoni – bu oliy asab faoliyatidagi funksional o‘zgarishlarning belgilaridan
biridir. Bu nuqson qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzlishidan
kelib chiqadi.

Hozirgi zamon logopediyasida tutilib gapirish sababablari ikki guruhga ajratiladi;
1. Tutilib gapirishga moyillik tug‘diradigan muhit sharoitlari;
2. Bu kamchilikni bevosita keltirib chiqaradigan sabablar;
Birinchi guruhga oliy asab sistemasining zaifligiga nutq mexanizimlarini

boshqarishda ishtirok etadigan oliy asab jarayonlarining buzilishiga sabab bo‘luvchi turli
xil ichki va tashqi omillar kiradi. Bularning hammasi bolalarda tutilib gapirishga moyillik
paydo qiladi-yu lekin hali o‘zi bu kamchilikka hali bevosita sabab bo‘lmaydi. Bolaning
duduqlanadigan holga tushib qolishi uchun unda ana shunday moyillik ustiga boshqa
sabablar ham bio‘lishi kerak. Chunonchi:

1)

asab sistemasining kasallanishi;

2)

asab sistemasiga salbiy ta’sir etuvchi og‘ir kechgan kasalliklar;

3)

ruhiy travmalar, ya’ni asab sistemasini kuchli ta’sirlantiradigan ruhiy

kechinmalar, qattiq qo‘rqish, oiladagi tortishuvlar, va boshqalar;

4)

og‘ir nutqiy kamchiliklar;

5)

noto‘g‘ri tarbiya;

6)

nutqi endi rivojlanib kelayotgan davrda bolaga haddan tashqari ko‘p yoshiga

mos kelmaydigan, murakkab bilimlar berish, masalan: she’r, ashula, dostonlar, yodlatish
shular jumlasidandir.

Ko‘pchilik ota-onalar tutilib gapirishning asosiy sababi bolaning qo‘rqishi yoki

naslida shunday kamchilik borligi deb hisoblaydilar. To‘g‘ri, qo‘rqqanidan, qattiq
cho‘chiganidan so‘ng ayrim bolalar tutilib gapiradigan, duduqlanadigan bo‘lib qoladi.
Biroq bolalar hayotda favquloddagi voqealardan tez-tez cho‘chib turadi, ammo bundan
faqat ba’zi birlari tutilib gapiradi. Chunki bunday bolalarda tutilib gapirishga oldindan
moyillik borligi, ya’ni ularda asab sistemasining sustligi, asabiylashganligi shunga zamin
yaratadi. Ota-onalarning aroqxo‘rligi, bolani tez-tez jazolab turishi, bolaning og‘ir
yuqumli kasalliklar (ayniqsa ko‘kyo‘tal) bilan og‘rishi, rejimga rioya qilmasligi va
boshqalar asab sistemasi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Nutqning kechikib
rivojlanishi undagi qo‘pol nuqsonlar, bolaga haddan tashqari ko‘p bilim berish, yoshiga
mos kelmaydigan asarlarni yod oldirish, barvaqt o‘qishga yuborish ham asab sistemasini
susaytiradi va tutilib gapirish nuqsoni uchun moyillik yaratadi. Bolaning tabiatan
taqlidchan bo‘lishi hammaga ma’lum. Tutilib gapirish taqlidchanlik natijasida ham


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

102

vujudga kelishi mumkin. Bola tutilib gapiruvchi onasi yoki opasiga taqlid etib, o‘zi ham
tutilib gapira boshlaydi. Atrofdagilar esa, shunga qarab boladagi tutilib gapirish nasldan
deb o‘ylashi mumkin. Ba’zi olimlar ham tutilib gapirish nasldan naslga o‘tadigan nuqson
deb hisoblaydilar (E. Freshels, D.G. Netkachev va boshqalar). O‘zbek olimlarining
ta’kidlashicha, nutq va til ijtimoiy hodisa bo‘lib, ular taqlid etish yo‘li bilan shakllanadi.
Bola nutqi faqat odamlar orasida, muloqot yo‘li bilangina rivojlanishi mumkin. Agar bola
bilan hech kim gaplashmasa, u tilga kirmaydi, gapirmaydi. Demak, nutq va til nasldan
naslga o‘tmaydi.

Shundan kelib chiqadiki, tutilib gapirish nuqsoni nasldan o‘tmaydi. Hozirgi vaqtda

olimlarimiz tutilib gapirish nuqsoni nasldan o‘tmasligini aniqlashgan bo‘lsa ham bu
haqida hali ancha tortishuvlar mavjud. Tutilib gapirish nasldan naslga o‘tmaydi, lekin
unga moyillik o‘tishi mumkin, deb ta’kidlaydi ayrim olimlar. Asab sistemasining sustligi
irsiy bo‘lishi bolaga otasi yoki onasidan o‘tishi mumkin. Agar bola to‘g‘ri tarbiyalanib,
yaxshi sharoitda yashasa, unda moyillik bo‘lishiga qaramay, u tutilib gapirish nuqsoniga
duchor bo‘lmaydi. Va aksincha, moyillik bo‘lsa-yu, buning ustiga shu kamchilikni bevosita
keltirib chiqaradigan sabablardan birontasi ta’sir o‘tkazadigan bo‘lsa, bola tutilib
gapiradigan bo‘lib qolishi mumkin.

Tutilib gapirish nuqsonining oldini olish, uni bartaraf etish yo‘llari, usullari xilma-

xildir. Ularni tanlashda bolaning yoshi, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakteri, xulq-atvori, o‘z
nuqsoniga bo‘lgan munosabati, turmush sharoiti, tutilib gapirish darajasi va ko‘pgina
boshqa omillar hisobga olinadi. Tutilib gapirish nuqsonining belgilari, turlari, ketishi,
ya’ni itiologiya, simptomatikasini tahlil qilish bu murakkab nuqsonni bartaraf etish
uchun kompleks usul, ya’ni usullar yig‘indisini qo‘llashni lozimligini ko‘rsatadi. Bunda
logopadning shaxsiy nutqini qayta yangidan tarbiyalash zarur.

Komplekt usul logoped va shifokorlarning hamkorlikda ishlashini taqozo etadi.

Kompleks tadbirlarining asosiy vazifasi logopadning asab sistemasini davolash, pay
tortishishlarini kamaytirish yoki bartaraf etish. Gapirish vaqtida nafas olishni tarbiyalash,
ovozini yo‘lga qo‘yish ustida ishlash. Umumiy va nutq motorikasidagi kamchiliklarni
yo‘qotish, ikkilamchi ruhiy asoratlarini (injiqlik, gapirishdan qo‘rqish, tortinchoqlik,
o‘zini kamsitish, o‘z kuchiga ishonmaslik va boshqalarni) bartaraf etish, to‘g‘ri, tekis,
ravon nutqni tarbiyalab maromiga yetkazish (talaffuz, lug‘at, grammatik tuzilishlarini).
Kompleks tadbirlar ichida to‘g‘ri nutqni tarbiyalash ishlari birinchi o‘rinda turadi.
Logopad shu maqsadga erishishi yo‘lida unga shifokorlar dori-darmon bilan fizioterapiya,
autotrening, gipnoz usullari bilan yordam beradilar, demak kompleks tadbirlarining
tarkibiy qismini logopedik mashg‘ulotlar sistemasi tashkil etadi. Hozirgi kunda tutilib
gapirish nuqsoni turli xil logopedik mashqlar sistemasi asosida bartaraf etilmoqda.
Tutilib gapirish nuqsoni maktabgacha yoshdagi bolalarda S.A. Mironova, G.A. Volkova,
V.I. Seliverstov, N.A. Cheveleva va boshqalar o‘smirlar va katta yoshdagi kishilarda
I.Yu. Abilova, L.E. Andronova, A.Ya. Yevgenova, M.V. Smirnova va boshqalarning sistemasi
asosida bartaraf etilmoqda. Barcha sistemalarda logopedik ishni bir-biriga payvasta
bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda olib borish tavsiya etiladiki, bularda: ortiqcha ruhiy asoratlarni
bartaraf etish, noto‘g‘ri reflekslarni yo‘qotib, yangi ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iboratdir. Didaktik prinsiplarga rioya qilgan holda nutqning barcha
tarkibiy qismlari ustida ishlash, har qanday sharoitda atrofdagilar bilan bemalol ravon,
ifodali nutq orqali aloqada bo‘lishga o‘rgatish juda muhim. Tutilib gapiruvchilar bilan olib
boriladigan ishlar logoped va shifokorning rejasiga muvofiq bo‘ladi. Ish indamaslik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

103

rejimidan boshlanadi. Tarbiyachi o‘qituvchi va atrofdagilar bundan xabardor bo‘lib, har
xil savollar bilan murojaat qilmaslikka, she’r va ertaklar ayttirmaslik, doska oldiga
chaqirmaslikka harakat qilishlari lozim. Bolani jamoat ishlaridan vaqtincha ozod etib
qo‘yish ma’qul. «Indamaslik» rejimi tutilib gapiruvchining qo‘rqmay, shoshmay ravon
gapirishi uchun unga imkon yaratib beriladi, uni ruhiy asoratlardan ozod etadi. Ushbu
rejim barcha yoshdagi tutilib gapiruvchi kishilar bilan o‘tkazilishi zarur, chunki u nutqni
yangidan tiklashga sharoit yaratib, imkon ochib beradi. Ota- onalar logopedik
mashg‘ulotlarga qatnab uyga berilgan vazifalarni bajarishga bolaga yaqindan yordam
beradilar. Logopedik tarbiyachi va o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlashi tutilib
gapiruvchi bolaga o‘z jamoasida tegishli o‘rinni egallashga, atrofdagilarning bolaga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Logopedik ishning so‘ngi
bosqichlarida logopedik mashg‘ulotlar asosida bolalar tegishli vazifa topshiriqlarini
tayyorlab, uni tengdoshlari singari ravon aniq nutqdan foydalanib bajarishadi. Tutilib
gapirish nuqsonini bartaraf etishda o‘spirinlik davri eng qiyin davr bo‘lib hisoblsnadi,
chunki bu davrda bolaning rivojlanishida fiziologik, psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Maktabgacha yoshdagi davrda bartaraf etilgan nuqson bu davrda ba’zan

qaytalanishi mumkin, retsedif deb shunga aytiladi. Retsediv bo‘lganida logoped bolada
logopedik mashg‘ulotlar ta’siriga ishonchi susayadi. U bilan endi stadionlarda, maxsus
maktab – internatlarida, bolalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlar va
sanatoriyalarda bartaraf etilmoqda.

Ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, bolalarning yoshlik chog‘idan boshlab

tutilmasdan, to‘g‘ri, ravon gapira olishga e’tibor berishlari kerak. Logopedik ishlar
alalikning lug‘at boyligini oshirish, nutqning grammatik tomonini shakllantirish,
tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, so‘z va gaplarni tuzishga o‘rgatish,
fonematik uquvini rivojlantirish, yozma nutqni o‘zlashtirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
3–4 yil mobaynida muntazam olib boriladigan kompleks korreksion ishlar, ko‘p hollarda
bolaning umumiy, aqliy, nutqiy rivojlanishini bir qadar ta’minlash va alaliyani to‘liq
bartaraf etib, bolaning ommaviy maktab dasturlarini o‘zlashtira olishi uchun barcha
shart-sharoitlar yaratishmumkin.

Afaziya uning ta’rifi kelib chiqish sabablari . Afaziya (grekcha a- yo‘q, fazes – ovoz,

nutq) ovoz chiqmasligi, gapira olmaslikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson markaziy
asab sistemasi nutqni idora etuvchi zonalarning zararlanishi natijasida vujudga keladi.
Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, gipertoniklardan (qon bosimi baland
kishilarda) miyaga qon quyilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq bu nuqson bolalarda ham
kuzatilishi mumkin. Psixolog A.R. Luriya va safdoshlarining asarlarida miya yarimsharlari
jarohatlanishi, kasallikka uchrashi natijasida paydo bo‘ladigan nutq kamchiliklarining
hammasi afaziya qatoriga kiritilgan. Ular afaziyaning quydagi turlarini ajratib
ko‘rsatadilar:

1)

dinamik afaziya;

2)

efferent motor afaziya;

3)

afferent motor afaziya;

4)

semantik afaziya;

5)

sensor afaziya.

Dinamik afaziya gaplar iboralar bilan gapirish qobilyatining buzilishi bilan

bog‘liqdir, bunda bemor alohida so‘zlarni aytishda, takrorlashda, atrofdagilar nutqini
tushunishda ham qiynalmaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

104

Dinamik afaziyani ikki turga ajratish mumkin: ulardan birida fikrni nutq vositasi

bilan bayon qilishni rejalash mexanizmlari buzilgan bo‘lsa, boshqasida nutqning
grammatik hamda sintaktik tuzilishi buzilgan bo‘ladi. Efferent motor afaziyasi ham ayrim
so‘zlar saqlangan holda, nutq vositasi bilan fikrni bayon qilishning grammatik tomoni
buzilishi bilan xarakterlanadi, lekin bundan tashqari, efferent harakat afaziyasida
nutqning motor sxemasi ham buziladi; bemor ayrim tovushlarni talaffuz qilish uquvini
saqlab qolgan bo‘lsa ham lekin bu tovushlarni ma’lum izchillikda birlashtira olmaydi.
Shunday qilib, efferent harakat afaziyasida nutq hosil bo‘lishning umuman suksessivlik
(ya’ni izchilligi) buziladi.

Afferent motor afaziyasi nutq artikulatsiyasi aniqlanganligining buzilishidir. Bemor

o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lum tovushlarni topa omay hamma vaqt boshqa, ya’ni shu
tovushga yaqin artikulatsiyaga o‘tib ketaveradi. Bu yerda tovushlarni tanlash uquvi
buzilgan bo‘lishi yaqqol ko‘zga tashlanib turishini ko‘ramiz.

Semantik afaziya – so‘z topishdagi qiyinchiliklar va so‘zlar o‘rtasidagi semantik

(mantiqiy-grammatik) munosabatlarni tushunishning buzilishi bilan xarakterlanadi.
Masalan, afazik “ota” va “aka-uka” degan so‘zlarni tushunadi, biroq “otasining akasi”
degan so‘z qanday ma’no bildirishini tushuna olmaydi. Demak, bunda biz so‘zlar
ma’nosiga semantik sistemasining buzilishi bilan, ya’ni so‘zlarni ma’nosiga qarab
tanlashning buzilishi bilan to‘qnash kelamiz.

Sensor afaziyasi – bunda birinchi navbatda eshitilgan tovushlarni idrok etish

buziladi, ya’ni so‘zning ma’nosi bilan uning tovush tarkibi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatini
anglash izdan chiqib, dastavval nutqni idrok etishga ta’sir qiladi. Har holda afaziyaning bu
formasida so‘zni tovush jihatidan tahlil qilish buziladi. Natijada kishi mutlaqo hech
narsani tushunmaydigan yoki qisman tushuna oladigan bo‘lib qolishi mumkin. Sensor
afazik o‘zi ko‘p gapiradi, lekin uning gapini tushunib bo‘lmaydi, chunki so‘zlari sharoitga
mos kelmaydi, ma’nosiz bo‘ladi. Sensor afaziyada yozma nutq, ya’ni o‘qish va yozish
jarayonlari ham buziladi. Og‘zaki va yozma nutqda prafaziya (almashtirish) va
agrammatizmlar ko‘p kuzatiladi. Kasalning o‘zi buni sezmaydi. Hozir logopediyada
afaziyaning yuqorida ko‘rib chiqilgan turlaridan tashqari yana amnestik va total
afaziyalari tafovut qilinadi. Amnestik afaziyada xotira chuqur darajada buziladi. Kishi
so‘zlarini, ularning ma’nosini yoddan chiqarib qo‘yadi, ularni eslay olmaydi. Bunday
bemor predmetlarni taniy oladi, lekin ularning nomini eslay olmaydi. Agarda shu payt
yordam berilsa, so‘zni eslab to‘g‘ri talaffuz etadi. Tololafaziya – biror xil falokatdan yoki
insultdan so‘ng darhol paydo bo‘ladi. Bunda bemor gapirmaydi, boshqalar nutqini
tushunmaydi, chunki markaziy asab sistemasining bir necha zonalari birdaniga
zararlangan bo‘ladi. Afaziyada nutqi har tomonlama yaxshi rivojlangan odam birdaniga
yoki asta-sekin gapira olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Afaziyaga uchragan kishi
dastlab mutlaqo gapirmaydi, yoki gapirsa ham, doim g‘uldirab so‘zlaydi va uning nutqini
atrofdagilar hech tushunmaydi. Bunday bemor aksari hamma narsaga beparvo bo‘ladi.
Nutqdagi o‘zgarishlarga kelganda uning hamma tomoni – grammatik tomoni ham,
fonetik-semantik tomoni ham, ya’ni butun nutq sistemasi buzilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda,
nutqning qaysi tomoni ko‘proq izdan chiqqanligini aniq bilib bo‘lmaydi. Lekin oradan
ma’lum vaqt o‘tgach, bu narsa oydinlashadi.Ayrim hollarda, xususan, afaziya asabiy-ruhiy
og‘ir kechinmalar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, u asta-sekin barham topib ketishi mumkin.
Boshqa hollarda, ya’ni afaziya miyadagi tayinli bir kasallikdan paydo bo‘lgan mahallarda
bu nuqson juda sekinlik bilan, tegishli davo chora-tadbirlari ko‘rib, logopedik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

105

mashg‘ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina barham topadi. Shunday qilib,
alaliya va afaziya sistemali nutq kamchiliklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun
nutq sistemasida, ya’ni nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomonlarida
sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Alalik va afaziklarning impressiv nutqdagi
kamchiliklari markaziy asab sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.
Alaliya va afaziyalarning farqi shundan iboratki, alaliyada nutq jarayonida ishtirok
etadigan analizatorlarning markaziy qismidagi asab hujayralarning norasoligi nutqning
kechikib rivojlanishiga olib borsa, afaziklarda markaziy asab sistemasi ayrim
qismlarining organik kasalliklari natijasida har tomonlama rivojlangan nutq yo‘qoladi.
Alaliyani bartaraf etishda – nutqni shakllantirish, rivojlantirish, tarbiyalashni ko‘zlab,
afaziyani bartaraf etishda esa – yo‘qolgan nutqni tiklashni ko‘zlab choralar ko‘riladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Белова – Давид Р.А. Нарушение речи у дошкольников. Клинические

особенности детей дошкольного возраста с недоразвитием речи. – М.:
Просвещение. 1971.

2.

Белова-Давид РА. Клинические особенности детей дошкольного возраста с

недоразвитием речи // Нарушения речи у дошкольников. — М., 1972.

3.

Белова–Давид Р.А. Причины недоразвития импрессивной и экспрессивной

речи у детей дошкольного возраста // Нарушения речи у дошкольников. -М., 1982.
С. 82-128.

4.

Брыла М. Состояние вопроса о методах формирования лексической

стороны речи у детей с экспрессивной алалией // Совершенствование методов
диагностики и преодоления нарушений речи. — Л.э 1989.

5.

Власенко И.Т., Проблемы логопедии и принципы анализа речевых и

неречевых процессов у детей с недоразвитием речи // Дефектология. 1988. № 4.

6.

Воробьева B.K. Обучение первоначальным навыкам связного высказывания

младших школьников с моторной алалией // Дефектология, 1989, № 4.

7.

Воробьева В.К. О некоторых особенностях построения фразы в устной

речи детей – алаликов //Очерки по патологии речи и голоса. Вып. 3./ Под. Ред.
С.С.Ляпидевского. – М., 1967. С. 66-76.

8.

Воробьева В.К. О принципах логопедической работы над формированием

связной контекстной речи у моторных алаликов// Вопросы логопедии. М., 1979. с.37-43.

9.

Воробьева В.К. О принципах обеспечения мотивации в процессе обучения

связной речи учащихся с моторной алалией //Актуальные проблемы логопедии. Сборник
научных трудов / Под. ред. Селиверстова В.И., Шаховской С.Н. – М., 1980. С. 91-99.

10.

Воробьева В.К. Обучение детей с ТНР первоначальному навыку

описательно-повествовательной речи//Дефектология. – 1990. – №4.

11.

Воробьева

В.К.

Обучение

первоначальному

навыку

связного

первоначальному навыку высказывания младших школьников с моторной
алалией // Дефектология. – 1990. – №4.

12.

Воробьева В.К. Особенности связной речи школьников с моторной

алалией // Нарушения речи и голоса у детей. — М., 1975.

13.

Воробьева

В.К.

Сравнительная

характеристика

типа

речевой

деятельности учащихся начальных классов речевых и массовых школ
//Нарушения речи и голоса у детей и взрослых

Библиографические ссылки

Белова – Давид Р.А. Нарушение речи у дошкольников. Клинические особенности детей дошкольного возраста с недоразвитием речи. – М.: Просвещение. 1971

Белова-Давид РА. Клинические особенности детей дошкольного возраста с недоразвитием речи // Нарушения речи у дошкольников. — М., 1972.

Белова–Давид Р.А. Причины недоразвития импрессивной и экспрессивной речи у детей дошкольного возраста // Нарушения речи у дошкольников. -М., 1982. С. 82-128.

Брыла М. Состояние вопроса о методах формирования лексической стороны речи у детей с экспрессивной алалией // Совершенствование методов диагностики и преодоления нарушений речи. — Л.э 1989.

Власенко И.Т., Проблемы логопедии и принципы анализа речевых и неречевых процессов у детей с недоразвитием речи // Дефектология. 1988. № 4.

Воробьева B.K. Обучение первоначальным навыкам связного высказывания младших школьников с моторной алалией // Дефектология, 1989, № 4.

Воробьева В.К. О некоторых особенностях построения фразы в устной речи детей - алаликов //Очерки по патологии речи и голоса. Вып. 3./ Под. Ред. С.С.Ляпидевского. - М., 1967. С. 66-76.

Воробьева В.К. О принципах логопедической работы над формированием связной контекстной речи у моторных алаликов// Вопросы логопедии. М., 1979. с.37-43.

Воробьева В.К. О принципах обеспечения мотивации в процессе обучения связной речи учащихся с моторной алалией //Актуальные проблемы логопедии. Сборник научных трудов / Под. ред. Селиверстова В.И., Шаховской С.Н. - М., 1980. С. 91-99.

Воробьева В.К. Обучение детей с ТНР первоначальному навыку описательно-повествовательной речи//Дефектология. – 1990. - №4.

Воробьева В.К. Обучение первоначальному навыку связного первоначальному навыку высказывания младших школьников с моторной алалией//Дефектология. – 1990. - №4.

Воробьева В.К. Особенности связной речи школьников с моторной алалией // Нарушения речи и голоса у детей. — М., 1975.

Воробьева В.К. Сравнительная характеристика типа речевой деятельности учащихся начальных классов речевых и массовых школ //Нарушения речи и голоса у детей и взрослых