Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The category of isomorphic and allomorphic expression is
time in English and Uzbek languages
Mukhlisa KUDRATOVA
1
Oriental University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article is about isomorphic and allomorphic expression
of time category. Verbalization of time category in English and
Uzbek languages and its important aspects in linguistics are
expressed. Analyzes such as structural analysis of the time
category and methods of its use in phraseological units have
been carried out. The importance of time and its role in
communicating with people in society are analyzed in modern
English and Uzbek languages. The role of lexical-phraseological
and paremiological units in the temporal space of the English
and Uzbek languages was expressed, and time-meaning lexical
units were analyzed and classified.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
somorphic,
allomorphic,
morphology,
aspectual,
concept,
frame,
monetary,
axiological,
phraseology,
ethnosemantics,
cognitive metaphor.
Ingliz va o‘zbek tillarida vaqt kategoriyasining izomorfik
va allomorfik ifodasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
izomorfik,
allomorfik,
morfologiya,
aspektual,
konsept,
freym,
monetar,
aksiologik, f
razeologiya,
etnosemantika,
kognitiv metafora.
Mazkur maqolada vaqt kategoriyasining izomorfik va allomorfik
ifodasi haqida so‘z boradi. Vaqt kategoriyasining ingliz va o‘zbek
tillaridagi verbalizatsiyasi va uning tilshunoslikdagi muhim jihatlari
ifodalangan. Vaqt kategoriyasining strukturaviy tahlili hamda uning
frazeologik birliklarda qo‘llash usullari kabi tahlillar amalga
oshirilgan. Hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillarida vaqtning
muhimligi va uni jamiyatdagi odamlar bilan muloqot qilishdagi o‘rni
tahlil qilingan. Ingliz va o‘zbek tillarining temporal maydonida
leksik-frazeologik hamda paremiologik birliklarning tutgan o‘rni
ifodalangan bo‘lib, vaqt ma’noli lug‘aviy birliklar komponent tahlil
qilinib, tasnif etildi.
1
Trainee teacher, Oriental university.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
188
Изоморфное и алломорфное выражение категории
времени в английском и узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
изоморфный,
алломорфный,
морфология,
аспектуал,
концепт,
фрейм,
денежный,
аксиологический,
фразеология,
этносемантика,
когнитивная метафора.
Данная статья посвящена изоморфному и алломорфному
выражению
категории
времени.
Рассматриваются
особенности
вербализации
категории
времени
в
английском и узбекском языках, а также её значимость в
лингвистическом контексте. Проведён структурный анализ
категории времени и способов её функционирования во
фразеологической системе указанных языков. Особое
внимание уделяется значению времени и его роли в
межличностной коммуникации в современном английском
и узбекском языках. Также рассматривается роль лексико-
фразеологических
и
паремиологических
единиц
в
отражении временного аспекта, проводится классификация
временных лексических единиц и их анализ с точки зрения
семантики и употребления.
Ingliz va o‘zbek tillarida “vaqt” kategoriyasining izomorfik va allomorfik jihatlarini
o‘rganishdan oldin, izomorfizm va allomorfizm atamalariga izoh berib o‘tsak. Dastlabki
ma’lumotlarga ko‘ra, izomorfizm konsepsiyasi tabiiy fanlar tizimida paydo bo‘lgan va
qo‘llanilgan. Keyinchalik bu tushuncha fanning boshqa sohalari, xususan falsafa so‘ngra
tilshunoslikda ham ishlatila boshlagan. Lingvistik atamalar lug‘atida bu atamaga
quyidagicha ta’rif beriladi: “Izomorfizm bu – bir xil obyektli tuzilmalar orasidagi
munosabat. Agar bir tuzilmaning har bir elementi ikkinchi tuzilmaning faqatgina bitta
elementiga to‘g‘ri kelsa, bunday ikki tuzilma izomorf deyiladi. Tilshunoslik sohasiga
izomorfizm tushunchasini birinchi marta XX asrning o‘rtalarida polyak tilshunosi Yerzi
Kurilovich olib kirgan. Kurilovich o‘zining 1949-yilda chop etilgan “Izomorfizm haqida
tasavvur” nomli maqolasida tilshunoslikda izomorfizm qanday hodisa ekanligi va uning
xususiyatlari haqida so‘z yuritadi.
Izomorfizm konsepsiyasi ustida Kurilovichdan boshqa olimlar ham o‘z tadqiqot
ishlarini olib boradilar. Ulardan biri E.A. Makayev izomorfizmni turli darajadagi til
birliklari tuzilishining bir xilligi deb ta’riflaydi, bu esa turli darajadagi til birliklari
o‘rtasidagi munosabatlarning bir xilligini keltirib chiqaradi. Izomorflar morfologik
shakllar bo‘lib, ular turli kontekstlarda bir xil grammatik yoki semantik vazifani izchillik
bilan ifodalaydi. Ushbu bob izomorflarni vaqt toifasi kontekstida ko‘rib chiqadi, tillar
vaqtinchalik munosabatlarni ifodalash uchun izchil morfologik shakllardan qanday
foydalanishini tahlil qiladi.
Fe’l morfologiyasidagi izomorflarni, zamon belgilarini va aspektual farqlarni
ko‘rsatish uchun misollar keltirilgan.
Odatda izomorflar strukturaviy va vazifaviy turlarga ajratiladi. Ko‘rinib turibdiki,
izomorfizm tushunchasi asosan tenglik munosabatiga asoslangan bo‘lib, tuzilmalar bir-
biriga qiyoslab tadqiq etiladi. Izomorfizm atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “izo” –
o‘xshash, “morfo” – shakl degan ma’nolarni anglatadi. Allomorfizm tushunchasi haqida
so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu tushuncha izomorfizmga zid bo‘lgan tushuncha bo‘lib, til
bo‘limlaridagi farqlarni ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, izomorfizm va allomorfizm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
189
tushunchalari tilshunoslikdagi muhim konsepsiyalardan bo‘lib, ular ikki til bo‘limlardagi
o‘xshashlik yoki farqlarni tushuntirishda katta o‘rin tutadi. Hozirgi kunga qadar ushbu
sohada kam tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, ularni yanada chuqurroq va tillararo
qiyosiy tadqiq qilib o‘rganish hozirgi zamoniy lingvistikaning muhim talablaridan biridir.
Turli tizimli tillarda “vaqt” konseptini ifodalovchi verbal va noverbal vositalar ko‘plab
izomorfik va allomorfik belgilarga ega bo‘lib, barchasiga tarjimada muhim ahamiyat
qaratish lozim.
“Vaqt munosabatlari” semantik maydonida ifodalanadigan birikmalarning
konnotativ tarkibi mohiyati mazkur konseptning umumiy va o‘ziga xos tavsifini
aniqlashga qaratiladi va bu konsept har bir tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari, frazeologik
birikmalar maqol va aforizmlarda namoyon bo‘ladi va ular “vaqt” freym modeli ichida
ko‘riladi. Muayyan til oilasiga tegishli bo‘lgan va bo‘lmagan tillar sistemasidagi turli til
yaruslarini chog‘ishtirib tadqiq qilish keyingi yuz yillikda keng tus olganligining boisi
ham shundadir. Umuman, tuzilishi jihatdan qardosh bo‘lgan va bo‘lmagan tillarni qiyosiy
tipologik tadqiq qilish ham nazariy ham amaliy nuqtai nazardan ahamiyatli hisoblanadi.
Zero, bunday tadqiqotlar til taraqqiyotining umumiy va o‘ziga xos an’analarini aniqlash
imkonini beradi.
Qiyosiy tipologiya bir tilda ma’lum grammatik shakllar orqali ifodalangan ma’no
ikkinchi bir tilda qanday vositalar asosida ifodalanishi, ushbu chog‘ishtirilayotgan
tillardagi til birikmalarining ma’no ko‘lami jihatdan mos kelishi kelmasligini aniqlash
uchun ham yordam beradi. Albatta, qiyosiy tekshirishda qiyos uchun asos qilib olingan
material ham ahamiyatlidir.
“Vaqt” konsepti “tillarda mujassamlashgan madaniy konseptlar” orasida yorqin
ifodaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki har bir etnosning, madaniyatning vaqt
birliklarini ifodalovchi ko‘plab til birliklari va frazeologik birikmalari mavjud.
Shuningdek, vaqtni ifodalovchi til birliklarining u tildan bu tilga o‘zlashishi, ba’zi
birliklarning universal atamaga aylanganligini kuzatish mumkin. Xususan, yigirma to‘rt
soat vaqtni ifodalaydigan “sutka” so‘zi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashgan. Mazkur
tushunchani ifodalaydigan sof o‘zbekcha atama uchramaydi. Xuddi shu tushunchani
beradigan atama ingliz tilida ham mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur tushuncha ingliz
tilida “twenty-four hours”, “over the entire circadian period”, “day and night” kabi
birikmalarda ifodalanadi. Vaqt to‘g‘risidagi zamonaviy tushunchalar turli-tumandir.
Bunga temporal konseptlarning turli tartibdagi tasniflari asos bo‘ladi. Jumladan, harakat
shakllarining mosligiga qarab vaqt fizik, geologik, mexanik, astronomik, biologik, ijtimoiy
tarixiy, psixologik turlarda o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, vaqt obyektiv (fizik) va
subyektiv (psixologik) turlarga ajratiladi. M.G. Lebedko temporal konseptlarni mazmun
mohiyati va lingvomadaniy xususiyatlariga asoslangan holda quyidagicha tasniflaydi:
vaqtning parametrik konseptlari (kun, tun, lahza va hokazo); insonning yoshi bilan
bog‘liq konseptlar (chaqaloqlik davri, bolalik davri, o‘spirinlik davri va hokazolar);
monetar konsept (vaqt pul demakdir); etik normalar bilan bog‘liq konseptlar (семеро
одного не ждут, летний день бог кормит); aksiologik konseptlar (bekorchilik bilan
shug‘ullanmoq; faoliyat bilan bog‘liq konseptlar; makon va zamon konseptlari. “Til
o‘zlashtirish jarayonida predmet va hodisalarni nafaqat bevosita idrok etish mumkin,
balki ularni tushunchalar, turli munosabatlar tizimiga kiritish imkoniyati ham tug‘iladi.
Bu esa o‘z navbatida, ular (predmet-hodisalar) haqidagi bilim miqyosini kengaytiradi”.
Ushbu muallif e’tiroficha, bilimning sarchashmasi doimo harakatdir, yangidan-yangi
obyektlarni idrok etishga yo‘naltirilayotgan bilish harakati amaliy konsept shakllanishiga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
190
turtki bo‘ladi. O‘zbek tilidagi uzoq so‘zi makon belgisi bo‘libgina qolmasdan temporal
xususiyat ham kasb etadi. Mazkur birlikning temporal xususiyatiga e’tibor qaratamiz:
o‘zbek tili izohli lug‘atida – vaqtning davomli, katta, ko‘p ma’nosi va uzoq tikilmoq, uzoq
suhbatlashmoq kabi ma’nolari keltiriladi. Temporal tushunchalar orasida durativlik
kengroq semantikaga ega. Durativlikda vaqt oralig‘i qisqa, uzun, davriy kabi
ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham, durativlik vaqt o‘lchami
tushunchasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Vaqtning nutq vaziyati bilan aloqadorligi
temporallikka oid masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Michel van
Lambalgen va Fritz Xamm mazkur hodisani farqlashga nisbatan fizik va biologik vaqt
(physical time, biological time) tushunchalaridan foydalanadi.
Vaqtning konseptuallashuvi ingliz madaniyatida eksperimental hodisa sifatida
qaraladi. Bu jarayon olamdagi obyektlar harakatining kechimiga bog‘liq tarzda
o‘rganiladi. O‘zbek lingvomadaniyatida vaqtning lisoniy konseptuallashuvi tabiat
hodisalari va diniy qarashlar ta’sirida shakllangan degan farazni ilgari surish mumkin.
Bunga quyidagi misollar isbot bo‘lishi mumkin: qish chillasi, saraton pallasi, ramazon oyi,
ayoz majuz olti kun qahri kelsa qattiq kun (fevral oyining oxiri, mart oyining boshi)
(Xalq og‘zaki ijodi, M.J. Po‘lkan). Vaqt tushunchasining tillarda farqlanishi bevosita g‘arb
va sharq xalqlarining tabiat hodisalarini tadqiq etish natijasida ushbu xalqlar ongida
shakllangan hodisadir.
Shuningdek, genetik jihatdan aloqador bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillarida vaqt
tushunchasining etnolingvistik xususiyatlari va ularning frazeologiya, etnosemantika,
kognitiv metaforalarda ifodalanish jihatlarini aniqlash ham muhimdir. Misol uchun
inglizlarda “vaqt
”
tushunchasi “pul” (money) domenida o‘z ifodasini topadi. Ularning
tushunchasida vaqtni bekor ketkazish “pulni behuda sarflash” bilan teng va aksincha,
vaqtdan unumli foydalanish “pulni tejash” tushunchasi bilan bog‘liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Арнольд И. В. Лексикология современного английского языка. – М.: Изд-во
литературы на иностранных языках, 1959. – 352с.
2.
Вальгина Н.С., Розенталь Д.Э., Фомина М.И. Современный русский язык, под
ред. Н.С. Вальгиной, – М.: Учебник для вузов, изд. 6-э, доп. и перераб. Логос, 2006. -С.
317-319
3.
Бушуй А. М. Сущность языка как проблема общей лингвистики. Тексты
лекций. – Самарканд: СамГИИЯ, 2004, – 90с.
4.
Бушуй А. М. Язык и действительность. – Ташкент. Фан, 2005. – 150 с.
5.
Вакуров В.Н. Фразеологический каламбур в современной публицистике. //
Русская речь, 1994, № 6. -340 с.
6.
Umarxo‘jayeva M. E. “Umumiy tilshunoslik” Andijon-2010, 85
7.
Девкин В. Д. Немецкая разговорная речь: Синтаксис и методика.- М.:
Высшая школа, 1979. – 253 с.
8.
Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. – М.:
Высшая школа, 1986.- 380 с.
9.
Лукянова Н.А. Экспрессивная лексика разговорного употребления. –
Новосибирск: Наука, сиб. отд-е, 1989. -230 с.
10.
Солодуб Ю.П., Албрехт Ф.Б. Современный русский язык. Лексика и
фразеология (сопоставительный аспект). – М.: Флинта. Наука, 2002. – 264 с.
