Авторы

  • Улугбек Кучимов
    PhD, доцент, Кафедра восточной филологии, ALFRAGANUS UNIVERSITY

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79913

Ключевые слова:

Овидий элегия метаморфоза «Искусство любви» риторика печальная элегия

Аннотация

В данной статье рассматривается формирование любовной элегии в римской литературе и значение творчества Овидия в этом процессе. В элегиях Овидия воспеваются радости и страдания любви, мифологической и возвышенной. Отмечается, что в произведениях Овидия мифологические персонажи и их любовные переживания отражены с реалистичным и личностным подходом. Также проводится научный анализ вклада произведения «Метаморфозы» в развитие мировой литературы, его огромного духовного, нравственного и философского значения.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

An analysis of the literary expression of love and
philosophical-moral issues in Ovid’s works

Ulugbek KUCHIMOV

1


ALFRAGANUS UNIVERSITY

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15

January 2025

Accepted 25

February 2025

Available online

15

March 2025

This article discusses the formation of love elegies in Roman

literature and the significance of Ovid’s creative contribution.
Ovid’s elegies express the joys and sorrows of love and mythical

romance. His works depict the lives and emotional struggles of

mythological characters through a realistic and personal

approach. The scholarly analysis also covers the contribution of
Metamorphoses to the development of world literature,

highlighting its profound spiritual, moral, and philosophical

aspects.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp44-50

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Ovid,

elegy,
metamorphosis,
The Art of Love,

rhetoric,
sorrowful elegy.

Ovidiy Nazon ijodida ishq-muhabbat va falsafiy-axloqiy

masalalarning badiiy ifodasi tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Ovidiy,
elegiya,
metamorfoza,

“Sevgi san’ati”,
ritorika,
g‘amgin elegiya.

Mazkur maqolada Rim adabiyotida ishqiy elegiyalarning

shakllanishi va unda Ovidiy ijodining ahamiyati. Ovidiy

elegiyalarida ishqning, afsonaviy muhabbatning shodliklari

hamda dardu alamlari kuylanganligi. Ovidiy asarlarida mifologik
qahramonlarning hayoti va ishqiy qayg‘ularini real va shaxsiy

yondashuv orqali aks ettirganligi. “Metamorfozalar” asarining

jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi va uning ulkan

ma’naviy, axloqiy va falsafiy jihatlari ilmiy tahlil etilgan.

1

PhD, Associate Professor, Department of Oriental Philology, ALFRAGANUS UNIVERSITY.

E-mail: u.kochimov@afu.uz


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

45

Овидий Назон: художественное отражение любви и

философско-нравственных вопросов в творчестве

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Овидий,
элегия,
метаморфоза,

«Искусство любви»,
риторика,
печальная элегия.

В данной статье рассматривается формирование

любовной элегии в римской литературе и значение

творчества Овидия в этом процессе. В элегиях Овидия

воспеваются радости и страдания любви, мифологической
и возвышенной. Отмечается, что в произведениях Овидия

мифологические персонажи и их любовные переживания

отражены с реалистичным и личностным подходом. Также
проводится научный анализ вклада произведения
«Метаморфозы» в развитие мировой литературы, его

огромного духовного, нравственного и философского

значения.


KIRISH

Rim adabiyotida o‘ziga xos ijodkor sifatida tanilgan Publiy Ovidiy Nazon miloddan

avvalgi birinchi asrda taxminan 43-yilda tug‘ilgan. Rim imperiyasida lirik shoir sifatida
tanilib, dastlab o‘zining ishqiy elegiyalari, ijodining keyingi bosqichlarida mifologik
dostonlari, axloqiy va falsafiy asarlari bilan o‘z nomini manguga muhrladi. Ovidiy Rimning
“Kumush asri” deb ataluvchi davrida ijod qilib, jahon adabiyotini estetik boyitishga xizmat
qilgan adibdir.

Ovidiy bolaligini Marsel shahrida o‘tkazdi. Bu shahar muhim strategik ahamiyatga

ega bo‘lib, turli madaniyatlar to‘qnash keladigan hudud hisoblangan. Uning oilasi o‘z
darining boy va badavlat xonadonlaridan biri edi. Oiladagi to‘kis hayot uning yaxshi ta’lim
olishiga imkon yaratdi. U yoshligidan notiqlik san’ati (ritorika)ga qiziqadi va uni egallash
uchun notiqlik maktabida ta’lim oldi. Ovidiy notiqlikni o‘rganish jarayonida badiiy
adabiyotga, asosan she’riyatga muhabbat qo‘yadi. O‘z davrining mashhur shoirlari bo‘lgan
Korneliy Gay va Parfeniydan poeziya sirlarini o‘rganadi.

METODOLOGIYA

Jahon adabiyotshunosligida Ovidiy ijodiga qiziqish shoir hayotligi davridan

boshlangan va hozirgi kunlargacha davom etmoqda. Uning ijodi keyingi Ovropa va jahon
adabiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazgan buyuk shoirlardan. Shuning uchun biz mazkur
maqolada Ovidiy ijodining o‘zga xos xususiyatlari, elegiya janriga qo‘shgan hissasi, ishqiy,
g‘amgin elegiyalari va “Metamorfozalar” asarini biografik, struktural, qiyosiy-tipologik
tahlil metodlaridan foydalangan holda yechimini topishga harakat qilamiz.

ADABIYOT SHARHI

Adabiyotshunoslikda, xususan, “Antik adabiyot tarixi” (Alimuhamedov A. T. 1975. B.

358.)., “Antik adabiyotdan xrestomatiya. Rim adabiyoti”. (Oybek. T.1980. B.155.).,
“Universal Models in Ovid's Metamorphoses”. (Gallin C. Cambridge.1998. p 34.)., “Ovid's
Metamorphoses and the Traditions of Augustan Poetry”.(Peter E. Knox. Cambridge.1986.p
112.).,

“A Commentary on Ovid’s Metamorphoses”. (Barchiesi A. Frontmatter, Kenney EJ,

Reed JD. Cambridge. 2024. p 58.).,

https://royallib.com/book/nazon_publiy_ovidiy/nauka_lyubvi.html

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

46

NATIJALARZ

Ovidiy Nazon ilk ijodini ishqiy elegiyalar yozishdan boshladi va "Amores" (lot)

“Ishqiy elegiyalar” asarini yozdi. Ishqiy elegiyalar yozgan adiblar bu janrni ellinizm
(yunon) adiblari ta’sirida yaratgan bo‘lsalar-da, lekin Rim an’nalarini saqlagan holda
o‘ziga xos milliy elegiyalarni yaratdilar.

Rim elegiyalari hokimiyat tepasiga Oktavian Avgust kelib, yakka hokimlik, mutloq

gegimonlikni o‘rnatgandan so‘ng mavzu jihatdan tubdan o‘zgardi. Sababi imperator
siyosatini qoralashdan chuchigan shoirlar ijtimoiy va siyosiy mavzulardan ko‘ra o‘z tuyg‘u
va ichki kechinmalarini kuylashni afzal bildilar. Bu tuyg‘ularni kuylashda “Ishqiy
elegiyalar” janri ularga qo‘l keldi. Bu janrda ishqning, afsonaviy muhabbatning shodliklari
hamda dardu alamlari kuylandi. Ular o‘zlarining ruhiy halovatini sevgi, muhabbat va uning
hijron alamlaridan axtardilar. A.Alimuhamedov yozganidek: “Muhabbat masalalariga
hayotning asosiy mazmuni deb qaragan shoir o‘zining ehtiroslarini hech qachon yengil va
havoyi ermaklar bilan bulg‘amaydi, uchragan mahbubalarga sevgisini hadiya qila
bermaydi: uning ishqi sadoqat va barqarorlikning timsolidir. Biroq jo‘shqin sevgida
murodga yetish hodisalarini elegiyanavis shoirlar ijodida juda kam uchratamiz”[1:358].
Shoirlar yaratgan mahbubalar o‘zlarining yasama ishvalari, bevafoligi, ta’magirligi va soxta
muhabbatlari bilan oshiqlar qalbiga ko‘p ozorlar beradi. Hijron dardi, bevafo mahbubaning
sitamlaridan nola qilish, ishq o‘tida yongan oshiq shoirlarning asosiy mavzusi edi.

Ovidiy o‘z davrida Rim adabiy jarayonida katta hurmatga sazavor bo‘lgan, hatto

Avgust davrining madaniy qiyofasini belgilashga yordam berdi.

U “Sevgi san’ati” (“Ars Amatoria”) asarida ishqiy munosabatlarni yumor va ishqiy

intriga asosida tasvirladi. Ovidiy ishqiy va g‘amg‘in elegiyalarni yangi estetik darajaga olib
chiqdi. Uning yumor va dramatik xususiyatga asoslangan uslubi elegiya janrini boyitdi va
uni klassik adabiyotning ajralmas qismiga aylantirdi. Shuningdek, Ovidiy o‘zining ishqiy
elegiyalarida muhabbatni bir nechta qirralarda tadqiq qiladi. Bu qirralar nafaqat romantik
his-tuyg‘ular, balki muhabbat, xiyonatlar va real hayot muammolarini ham qamrab oladi.
Uning asarlari inson tabiati va munosabatlar psixologiyasini chuqurroq o‘rganish imkonini
beradi.

Ovidiyning ishqiy elegiyaga dramatizmni olib kirishda katta hissa qo‘shgan

asarlaridan biri “Qahramon ayollar” asaridir. U rivoyat shaklida yozilgan bo‘lib, mifologik
ayollarning ishqiy iztiroblari va ularning yozgan maktublari orqali ishqiy tuyg‘ularni juda
ta’sirchan tasvirlaydi. Ovidiy bu asarida mifologik qahramonlarning hayoti va ishqiy
qayg‘ularini real va shaxsiy yondashuv orqali aks ettiradi. Uning bu topilmasi ishqiy
elegiyani nafaqat shaxsiy, balki umuminsoniy darajaga ko‘tardi.

Ovidiyning ishqiy elegiya janridagi eng mashhur asarlaridan biri yuqorida

ta’kidlangan “Sevgi san’ati” (“Ars Amatoria”) poemasi bo‘lib, unda muhabbat
munosabatlari haqida kulguli shu bilan birga muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega didaktik
mazmundagi masalalar ham qalamga olinadi.

Rim elyegiyasi odatda elegiya metrikasi-bir juftlikdan (distix) iborat bo‘ladi. Bu

birinchi misraning (geksametr) uzunligi va ikkinchi misraning (pentametr) qisqaroqligi
orqali aniqlanadi.

“Sevgi san’ati” asari uch qismdan iborat bo‘lib, dastlabki ikki qismda ekaklarga

mahbubalarni qayerdan topish, ularning iltifotini qanday qozonish, uning ko‘nglini qanday
ovlash, sevgisini izhor qilish yo‘llaridan tortib, maktubni qanday yozish va kim orqali uni
yetkazish masalasida erkaklarga maslahatlar beradi. Umuman olganda ayollarning tabiati,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

47

ehtiroslari turlicha bo‘lishini va bu holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida o‘qdiradi.
Asarning uchinchi qismida esa xuddi shu masalalarda ayollarga maslahatlar beradi.
“Chinakam husn hammaga ham nasib bo‘lavermaydi. Shu sababli xotin kishi erkaklarning
ko‘ziga zinhor-zinhor bepardoz ko‘rinmasin. Ayollarning yuzi ayniqsa juda pardoz talab
bo‘ladi. Ranging toza, yuzing qirmizi bo‘lmasa, upa-elik so‘rmoq darkor... Savlat to‘kib
yurishning, xiromon qadam bosishning, g‘amza bilan gapirishning, sehrli ko‘z suzishning,
chiroyli kulishning, hatto yoqimli yig‘lashning ham jozibasi juda o‘tkir bo‘ladi. Umuman,
har borada so‘lim, zebo va yoqimli ko‘rinishga tirishmoq lozim...” [2:366].

Aslida “Sevgi san’ati” poemasi shunchaki maishat ahillarining ko‘ngil

xushliklaridan iborat asar emas. Uning tag zamirida Rim jamiyatining axloqi yoritiladi.
Amaldorlarning gladiator janglari, sirk tomosholari, teatrlari, badavlat oilalarda tashkil
etiladigan maishatparstlik, ishratparastlik va shuhratparastlikning tanqidiy badiiy ifodasi
hamdir. Yana shuni aytish mumkinki, Rim jamiyatining boylikka, oltin to‘plashga
mukkasidan ketganligining in’kosidir desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Ovidiy ishqiy elegiyasi nafis til, mukammal badiiy shakl va murakkab obrazlar bilan

boyitilgan. U yumor, lirizm va dramatizmni birlashtirib, o‘quvchining diqqatini tortuvchi
noyob poetik uslub yaratadi. Uning she’rlarida, ayniqsa, muallif o‘z nomini kelajak
avlodlarga qoldirishga bo‘lgan ishonchini ko‘rish mumkin.

“Men yo‘q bo‘lsam ham, she’rlarim yashaydi,
Har satrim orqali ovozim dunyoda barhayot bo‘ladi” [3: https://royallib.com].
Ovidiyning “Sevgi san’ati” asari o‘z zamonasida juda mashhur bo‘lgan, biroq

shuningdek tanqidlarga ham uchragan. Shunday bo‘lsa-da, Ovidiy ishqiy elegiyasi shaxsiy
hissiyotlarni nazmda ifodalashning yangi yo‘nalishini belgilab berdi.

Ovidiy ishqiy elegiyalardan tashqari g‘amg‘in elegiyalar ham yozdi. Gʻamgin

elegiyalar Rim elegiya janrining bir turi bo‘lib, insonning g‘am-anduhlari, hayotning
murakkabliklari va iztiroblari haqidagi tuyg‘ularni ifoda etadi. Bu janr asosan inson
hayotining fojiali qirralarini aks ettirishga qaratilgan bo‘lib, yozuvchi shaxsiy dardu
alamlarini ochiq bayon qilish uchun maydon yaratadi. Gʻamgin elegiyalar yozishiga sabab
milodiy 8- yilda hukmdor Avgust shoir Ovidiyni Rimdan surgun qiladi. U Qora dengiz
sohilidagi Tomisga hozirgi Ruminiyaning Konstansa shahriga yuborildi.

Surgunning aniq sabablari ma’lum emas, biroq olimlarning taxmin qilishicha

Ovidiyning “Sevgi san’ati” asaridagi siyosiy targ‘ibotlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Surgun yillarida u o‘zining “Qayg‘ular” (she’riy to‘plam) va “Pontdan maktublar”

asarlarini yozdi. Ularda shoir o‘z iztiroblari, yurtga bo‘lgan sog‘inchi va o‘z taqdiridan
shikoyatlarini bayon qilgan.

Ovidiy Qora dengiz sohilida o‘zining surgun yillarini o‘tkazib, milodiy 17-18 yillarida

vafot etgan. U Rimga qaytishga umid qilgan bo‘lsa-da, bu istagi amalga oshmagan.

Yuqoridagi g‘amgin elegiyalarida Ovidiy g‘am-anduhlarini davom ettiradi. Unda

do‘stlarga murojaat, yurtni sog‘inish, o‘zini tazyiqda his qilish kabi mavzular muhim o‘rin
tutadi. Ushbu elegiyalar o‘quvchida his-tuyg‘ular uyg‘otadi va inson hayotining murakkab
qirralarini estetik jihatdan anglashga yordam beradi.

“Men o‘z yurtimdan, sevgan tog‘larimdan uzoqdaman,
Qayg‘u kechalari menga sherik bo‘ldi,
Biroq qalbim hanuz yurtimda qolmoqda” [4: https://royallib.com].
Bu misralar shoirning nafaqat shaxsiy dardlarini, balki yurt va ozodlikning inson

hayotidagi qadrini ham yoritib beradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

48

Ovidiy shu bilan birga Rimning nafaqat markaz sifatidagi madaniy ahamiyatini, balki

shoirning shaxsiy hayotidagi o‘rnini ham sevgi bilan eslatib o‘tadi.

“Yurtga qaytish umidim yo‘q,
Lekin har tushimda uning yuksak tog‘larini ko‘raman” [5: https://royallib.com].
Bu yerda shoir yurtga qaytish orzusi orqali fojiaviy iztiroblarni estetik darajada

umumlashtiradi.

Yana bir she’rida Ovidiy, ijodini faqat iztiroblarni bayon qilish emas, balki o‘zini

anglash vositasi sifatida ham ko‘rsatadi:

“Bizni ajratib turgan masofalarni vaqt yengib o‘tar,
Biroq qalbim siz bilan bog‘langan bo‘lib qoladi” [6: https://royallib.com].
Gʻamg‘in elegiyalarda Ovidiy inson tabiatining zaif qirralarini ochib beradi. U

taqdirga qarshi qo‘yilgan kichik qahramon sifatida o‘ziga rahm bilan qarab, bir vaqtning
o‘zida o‘z ijodi orqali abadiylikka erishishga intiladi. Uning she’rlarida, ayniqsa, muallif o‘z
nomini kelajak avlodlarga qoldirishga bo‘lgan ishonchni ko‘rish mumkin.

Xullas Ovidiy elegiyalari keyingi Yevropa adabiyotida lirik janrlarning

shakllanishiga kuchli ta’sir o‘tkazgan. Elegiyaning bu nozik va nafis shakli insoniy his-
tuyg‘ularni chuqur o‘rganishga yo‘l ochib berdi.

Ovidiyning “Metamorfozalar” (“Evrilish”) asari jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan

ulkan ma’naviy xazinasidir. “Metamorfozalar” (lot. Metamorphōseōs) milodiy 8 yilgacha,
ya’ni surgundan oldin yozib tugallanganligi ilmda bor. “Metamorfozalar” Ovidiyning shoh
asari bo‘lib, epik poemalaridan biri hisoblanadi. Bu asar asosan dunyoning yaratilishi va
turli mifologik qahramonlarning metamorfozasi (evrilishi)-ya’ni, o‘zgarishlari haqida
hikoya qiladi. Asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, 250dan ortiq turli hikoyalarni o‘zida
jamlagan. Asar ichki aloqalar bilan bog‘langan hikoyalardan iborat bo‘lib, ular bir-birini
to‘ldirib boradi. Har bir metamorfoza keyingi voqealar uchun asos yaratadi. Bu ichki
bog‘lanishga ega bo‘lgan hikoyalar insonlarning hayvonlarga, daraxtlarga, tog‘larga yoki
boshqa tabiat hodisalariga aylanish jarayonlari orqali insoniyatning tabiat bilan
uyg‘unligini badiiy-estetik ifoda etadi.

Ovidiy asarni quyidagicha izohlaydi: “Men she’r orqali metamorfozalar haqida

hikoya qilaman, bu hikoyalar bir tizimda bog‘lanadi” [7:155]. Bu poema nafaqat epik
she’riyatning estetik namunasi, balki uning ma’naviy boyligi bilan ham tanilgan.

“Metamorfozalar” asari mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asar dunyoning

yaratilish tarixi bilan boshlanadi. Ovidiy avval boshda Xaos – tartibsiz moddalar to‘dasi
mavjud bo‘lganini ta’kidlaydi. Keyin esa tabiat kuchlari orasida tartib o‘rnatiladi: Yer,
osmon, suv va olov alohida ajratiladi. Birinchi metamorfoza insonning yaratilishi bilan
bog‘liq-inson tabiatning bir qismi sifatida hayotga keladi.

Ovidiy “Metamorfozalar” asarida dunyo tarixini to‘rt asosiy davrga ajratadi: Oltin,

Kumush, Bronza va Temir asrlarga. Oltin asrda insonlar ma’naviy poklikda yashagan
bo‘lsa, Temir asrda axloqsizlik va jinoyatlar keng tarqalgan. Bu davrlarning metamorfoza
jarayonlari insoniyatning ma’naviy va ijtimoiy holatiga bog‘liq ekanligiga urg‘u beradi.

Asar mifologik qahramonlar va ularning o‘zgarishlari (evrilishlari) haqida hikoya

qiladi. Ya’ni, hikoyalarning keng qamrovli antologiyasi taqdim etiladi. Ulardan ba’zilariga
to‘xtalib o‘tsak. “Araxna” hikoyasida Faxrli to‘quvchi Araxna Afina bilan musobaqada
yengilganidan so‘ng, uning jazosi sifatida o‘rgimchakka aylantiriladi. “Narsiss” hikoyasida,
Narsiss o‘z qiyofasiga oshiq bo‘lib, so‘ngra chiroyli gulga aylanadi. Bu hikoya insonning o‘z-
o‘ziga maxliyo bo‘lishi, o‘ziga yuksak baho berishi, kibrlanib ketishi natijasida, alal oqibat


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

49

falokatga uchrashi haqidagi hikoyadir. “Dafna va Apollon” hikoyasida Apollon Dafnani
ta’qib qilganda, u daraxtga aylantiriladi. Bu hikoyada muhabbat, ozodlik, erk mavzulari o‘z
badiiy ifodasini topadi. “Fayeton” hikoyasida esa Fayeton o‘z otasi Geliosning qo‘shinini
boshqarishga harakat qiladi, biroq tajribasizlik va yoshligi tufayli qo‘shin nazoratini
yo‘qotib, halokatga uchraydi.

Ovidiyning badiiy mahorati shundaki, “Metamorfozalar” asarida mifologiya bilan

real hayot uyg‘unligini ta’minlaydi. Ya’ni inson fe’l-atvorining ijtimoiy va axloqiy jihatlari
miflar orqali tanqid qilinadi. Bundan tashqari, uning poemasida tasviriy vositalardan ham
unimli foydalanganligini Ingliz olimi Gallin quyidagicha baholaydi: “Ovidiy o‘z she’rlarida
boy va tasviriy tilni qo‘llaydi. Uning metaforalari inson va tabiat o‘rtasidagi chuqur
aloqalarni yoritadi. Masalan, daraxtga aylangan Dafna yoki gulga aylangan Narsiss inson
va tabiat o‘rtasidagi vizual va ma’naviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi”[8:34]. Bu fikrdan kelib
chiqib aytadigan bo‘lsak, “Metamorfozalar” asarini inson tabiati va ijtimoiy
munosabatlarning universal modelini yaratuvchi asar deb ta’riflash mumkin bo‘ladi.

Ovidiyning “Metamorfozalar” asariga Oksford universiteti olimlaridan yana biri,

Piter Ye. Noks: ”“Metamorfozalar” Yevropaning Renessans davri madaniyatiga katta ta’sir
ko‘rsatgan. Ovidiyning inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga bo‘lgan qarashi falsafiy
tahlil uchun katta ahamiyatga ega” [9:112].

Ovidiyning “Metamorfozalar” asari faqatgina miflarning kelib chiqishi haqida hikoya

qilmasligini mana bu olimni fikri ham tasdiqlaydi: ““Metamorfozalar” faqatgina miflarni
qayta hikoya qilmaydi, balki ularni ijtimoiy, madaniy va falsafiy kontekstda qayta
shakllantiradi. Asardagi har bir hikoya inson ruhiyatining o‘ziga xos bir jihatini ochib
beradi”[10:197].

Ovidiyning bu asari o‘zida katta ijtimoiy, siyosiy va madaniy fikrlarni ifodalashi bilan

birga yuksak falsafiy g‘oyalarni ham aks ettiradi. Ya’ni, asardagi “metamorfoza”
tushunchasi inson fe’l-atvorining doimiy o‘zgaruvchanligini falsafiy jihatdan yoritib beradi
va insoniyatning o‘zgarishga moyilligi hamda tabiatning bir bo‘lagi sifatidagi doimiy
harakatini tushunish uchun asos bo‘ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Ovidiyning ishqiy va g‘amgin elegiyalari elegiya

janrini yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Uning asarlari inson muhabbati, quvonchi, iztiroblari va
qayg‘ularini nafis va chuqur estetik tarzda yoritib berdi. Bu asarlar nafaqat uning shaxsiy
iztiroblarini aks ettiradi, balki jahon adabiyotida inson ruhiyatining abadiy qirralarini
yorituvchi bebaho madaniy meros sifatida o‘rin egallaydi. Uning “Metamorfozalar” asari
qadimgi mifologiyani inson ruhiyatiga moslashgan ko‘rinishida taqdim etadi. U inson
tabiati, tarixiy voqealar va tabiatning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tafakkur bilan tushuntirib,
uni adabiyotning yorqin durdonasiga aylantirdi. Asarning umuminsoniy mazmuni, poetik
uslubi va falsafiy yo‘nalishi uni hamon dolzarb qiladi va turli davrlardagi ijodkorlarga
ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishiga asos bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1975. – B.358.

2.

Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1975. – B.366.

3.

https://royallib.com/book/nazon_publiy_ovidiy/nauka_lyubvi.html.

Murojaat

vaqti.

18.01.2025.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

50

4.

https://royallib.com/book/nazon_publiy_ovidiy/nauka_lyubvi.html.

Murojaat

vaqti.

18.01.2025.

5.

https://royallib.com/book/nazon_publiy_ovidiy/nauka_lyubvi.html.

Murojaat

vaqti.

18.01.2025.

6.

https://royallib.com/book/nazon_publiy_ovidiy/nauka_lyubvi.html.

Murojaat

vaqti.

18.01.2025.

7.

Oybek. Antik adabiyotdan xrestomatiya. Rim adabiyoti. – T.: “Fan”, 1980. – B.155.

8.

Gallin C. Universal Models in Ovid's Metamorphoses. “Cambridge university press”. 1998. p

34.

9.

Peter E. Knox. “Ovid's Metamorphoses and the Traditions of Augustan Poetry”.“Cambridge

university press”. 1986. p 112.

10.

Barchiesi A. Frontmatter. In: Kenney EJ, Reed JD, eds. A Commentary on Ovid’s

Metamorphoses. “Cambridge University Press”; 2024.p 197.

Библиографические ссылки

Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1975. – B.358.

Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1975. – B.366.

Oybek. Antik adabiyotdan xrestomatiya. Rim adabiyoti. – T.: “Fan”, 1980. – B.155.

Gallin C. Universal Models in Ovid's Metamorphoses. “Cambridge university press”. 1998. p 34.

Peter E. Knox. “Ovid's Metamorphoses and the Traditions of Augustan Poetry”.“Cambridge university press”. 1986. p 112.

Barchiesi A. Frontmatter. In: Kenney EJ, Reed JD, eds. A Commentary on Ovid’s Metamorphoses. “Cambridge University Press”; 2024.p 197.