Авторы

  • Нафиса Хужаярова
    Доктор философии (PhD) по педагогическим наукам, Университет информационных технологий и менеджмента

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.96362

Ключевые слова:

инклюзивное образование инклюзия дети с ограниченными возможностями модернизация содержания образования образовательная политика

Аннотация

В статье рассматривается становление инклюзивного образования как общепризнанной образовательной парадигмы, получившей широкое распространение в последние годы во многих странах. Формальная правовая основа инклюзии была существенно укреплена после принятия Саламанской декларации, провозгласившей право каждого ребёнка на качественное и доступное образование в условиях общего образовательного пространства. В статье анализируются научные и методологические основы инклюзии, ключевые концепции и подходы, а также юридические принципы, лежащие в основе укрепления инклюзивного образования на национальном и международном уровнях.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Leading trends in inclusive education at the modern stage

Nafisa KHUJAYAROVA

1


University of Information Technologies and Management

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

15 November 2024

The article discusses how inclusive education has become a

widely recognized educational paradigm in many countries in

recent years. It highlights that the official legal foundations of

inclusive education were strengthened through the adoption of

the Salamanca Declaration. The article also outlines the creation
of a fair education system, theoretical and practical research on

inclusive education, its scientific and theoretical foundations,

and the principles for reinforcing inclusive education at the

legal level.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp318-324

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

inclusive education,

inclusion,

children with disabilities,
modernization of
educational content,

educational policy.

Zamonaviy bosqichda inklyuziv ta’limning yetakchi
yo‘nalishlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta’lim,

inklyuziya,

imkoniyati cheklangan
bolalar,

ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash,

ta’lim siyosati.

Maqolada so‘nggi yillar mobaynida inklyuziv ta’lim ko‘plab

davlatlarda umumiy tan olingan ta’lim paradigmasiga aylangan
bo‘lib, uning rasmiy huquqiy asoslari qabul qilingan Salamanca
Deklaratsiyasi orqali mustahkamlangani, adolatli ta’lim tizimini

yaratish hamda inklyuziv ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy

tadqiqotlari, ilmiy va nazariy asoslari hamda inklyuziv ta’limni

huquqiy darajada mustahkamlash bo‘yicha tamoyillari bayon

etilgan.

1

Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, University of Information Technologies and Management.

E-mail: xujayarova@inbox.ru


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

319

Ведущие направления инклюзивного образования на
современном этапе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

инклюзивное
образование,

инклюзия,

дети с ограниченными
возможностями,
модернизация содержания

образования,
образовательная
политика.

В статье рассматривается становление инклюзивного

образования как общепризнанной образовательной

парадигмы, получившей широкое распространение в

последние годы во многих странах. Формальная правовая

основа инклюзии была существенно укреплена после
принятия Саламанской декларации, провозгласившей
право каждого ребёнка на качественное и доступное

образование в условиях общего образовательного

пространства. В статье анализируются научные и
методологические основы инклюзии, ключевые концепции

и подходы, а также юридические принципы, лежащие в

основе укрепления инклюзивного образования на

национальном и международном уровнях.


KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimi, shu jumladan inklyuziv ta’lim sohasidagi ko‘plab dolzarb

muammolar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida yuz bergan ijtimoiy, huquqiy va
ta’limiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, har qanday jamiyatning
taraqqiyot darajasi uning bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday
munosabatda ekanligi orqali baholanadi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar
ta’lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib
berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini
tiklash maqsadida “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim loyihasi” asosida
ish yuritib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi

638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”[1]gi qarori va boshqa hujjatlarda kadrlar
masalasi, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, jarayonni metodik va didaktik ta’minlash
vazifalari belgilab berilgan. Bunda, asosan, inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish
koʻzda tutilmoqda. Tadqiqot jarayonida xorijiy va mahalliy manbalar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, “inklyuziv ta’lim” pedagogik fenomenining paydo bo‘lishi, avvalo, jamiyat
ongining nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Biroq,
inklyuziv ta’lim joriy etilganiga qaramay, ushbu pedagogik fenomen hanuzgacha qizg‘in
bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Ko‘plab xorijiy tadqiqotchilar ta’kidlaydiki, butun pedagogika tarixida hech bir

masala inklyuziya kabi uzoq va keng ko‘lamli bahslarni keltirib chiqarmagan.

“Inklyuziya” va “inklyuziv ta’lim” tushunchalari jahon pedagogik terminologiyasiga

faol kirib keldi. Biroq, o‘tkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy
ilmiy-pedagogik adabiyotlarda ushbu tushunchalar bo‘yicha yagona ta’rif mavjud emas.
Shuningdek, inklyuziya atamasini kim birinchi bo‘lib fanga kiritgani borasida ham olimlar
o‘rtasida qarama-qarshi fikrlar mavjud.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

320

Inklyuziv ta’lim tushunchasining mohiyati bo‘yicha ilmiy qarashlar turlicha bo‘lib,

uning mazmuni va ta’rifiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Tadqiqotchilar
tomonidan ushbu konsepsiyani talqin qilishda bir necha asosiy nazariy yondashuv
shakllangan.

1. Inklyuziv ta’lim – umumiy ta’lim muhitida nogiron bolalarni to‘laqonli ishtirokini

ta’minlash.

2. Inklyuziv ta’lim – ta’lim olish uchun maxsus sharoit yaratish jarayoni. Boshqa bir

guruh tadqiqotchilar inklyuziya tushunchasini maxsus pedagogik xizmatlar va yordam
ko‘rsatish tizimi bilan bog‘liq jarayon sifatida izohlashadi.

Xorijiy manbalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’limning

rivojlanishidagi asosiy muammo uni amaliyotda to‘liq amalga oshirish masalasidir.
Bugungi kunga kelib, inklyuziya quyidagi sohalarda keng tadqiq qilingan: Falsafa –
inklyuziv ta’lim tenglik va huquqiy adolat tamoyillariga asoslanganligini ta’kidlaydi.
Ta’lim siyosati – inklyuziya global ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida
belgilangan. Pedagogika va psixologiya – o‘quv jarayonini ehtiyojlariga moslashtirish
uchun turli metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Sotsiologiya va ta’lim menejmenti –
inklyuziya jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Bu savollarga aniq amaliy javoblar yo‘qligi pedagoglar va ta’lim tizimi uchun asosiy

muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Inklyuziv ta’lim global miqyosda muhim masala sifatida e’tirof etilgan. 2006-yilda

qabul qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi inklyuziv
ta’limni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlagan. Ushbu xalqaro hujjat:
har bir bolaning ta’lim olish huquqini himoya qiladi; nogiron bolalar uchun maxsus
sharoitlar yaratishni majburiy qiladi; hukumatlar tomonidan ta’lim siyosatini inklyuziv
tamoyillar asosida rivojlantirishni talab qiladi.

Ushbu konvensiya ko‘plab davlatlar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishda

asosiy turtki bo‘ldi va milliy ta’lim siyosatlarida yangi qonunchilik normalarini
shakllantirishga xizmat qildi.

Inklyuziv ta’lim ko‘plab davlatlarda ta’lim islohotlarining ustuvor yo‘nalishlaridan

biri deb e’lon qilingan. Biroq, ba’zi mamlakatlarning ta’lim qonunchiligida inklyuziyani
cheklovchi omillar mavjud.

Inklyuziv ta’limni amaliyotga tatbiq etishda muammolar yuzaga kelishining asosiy

sabablari quyidagilardan iborat:

Antidiskriminatsion siyosatning zaifligi – ayrim mamlakatlarda inklyuziya

tushunchasi to‘liq qabul qilinmagan va qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Inklyuziyaning maqsadi va mohiyatining noto‘g‘ri talqin qilinishi – ba’zi

davlatlarda inklyuziv ta’lim faqat nogiron bolalar uchun mo‘ljallangan deb qaraladi.

Maxsus va umumta’lim tizimlarining uzviy integratsiyasidagi qiyinchiliklar –

inklyuziyaning to‘liq amalga oshirilishi uchun maxsus ta’lim va umumiy ta’lim tizimlari
o‘zaro uyg‘unlashishi lozim.

Davlatning faol aralashuviga ehtiyoj – inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli amalga

oshirish uchun hukumat tomonidan aniq huquqiy asoslar va iqtisodiy resurslar ajratilishi
kerak.

Bu omillar inklyuziyaning qator mamlakatlarda muvaffaqiyatli joriy etilishiga

to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, xalqaro tajribani o‘rganish muhim ahamiyatga ega.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

321

Yaponiya inklyuziv ta’limni amalga oshirishda umumiy va maxsus ta’lim

tizimlarining integratsiyalashgan modelidan foydalanmoqda.

Avstraliya hukumati inklyuziv ta’limni mamlakat ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishi

sifatida mustahkamlagan. Mamlakatda “Inclusive Education Policy Statement” (Inklyuziv
ta’lim siyosati to‘g‘risida bayonot) qabul qilingan. Melburn deklaratsiyasi (“Obrazovanie
molodeji”) – Avstraliya hukumatining barcha ta’lim idoralarini inklyuziv ta’lim bo‘yicha
hamkorlikka chaqiruvchi hujjati hisoblanadi. Hukumat inklyuziv ta’lim siyosatini yagona
tizimga keltirish va har bir ta’lim muassasasida amalga oshirish uchun aniq strategiyalar
ishlab chiqmoqda.

MUHOKAMA

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi:
Ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni rivojlantirish; Nogiron bolalar uchun

ta’limni yanada qulay va moslashtirilgan shaklda tashkil etish; ushbu strategik
yondashuv ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va inklyuziyani jamiyatda qabul
qilinishiga erishish yo‘nalishlariga asoslangan [3].

Inklyuziv ta’limning rivojlanishi qator rivojlanayotgan davlatlarda xalqaro donor

tashkilotlari va ilg‘or mamlakatlarning faol yordami bilan amalga oshirilmoqda. Xususan,
Buyuk Britaniya va Norvegiya inklyuziv ta’lim tamoyillarini targ‘ib qilish va
diskriminatsion to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishlarida faol ish olib bormoqda.

Inklyuziv ta’lim sohasida Britaniya va Norvegiya tomonidan qo‘llab-

quvvatlanayotgan davlatlar: Janubiy Osiyo: Hindiston, Bangladesh, Laos, Vyetnam; Afrika
qit’asi: Keniya, Uganda, Janubiy Afrika Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya. Mazkur
mamlakatlarda inklyuziv ta’lim bo‘yicha olib borilayotgan asosiy chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat: mahalliy va milliy ta’lim siyosatini modernizatsiya qilish; nogiron
bolalar uchun o‘quv dasturlarini moslashtirish va maxsus resurslarni yaratish;
Diskriminatsion yondashuvlarni bartaraf etishga qaratilgan qonunlarni ishlab chiqish [4].

Hozirgi kunga qadar inklyuziv ta’limni global darajada rivojlantirishga qaratilgan

xalqaro dasturlar o‘z maqsadlariga to‘liq erishmagan. Ko‘plab mamlakatlarda
inklyuziyani to‘liq qo‘llab-quvvatlovchi siyosat hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, u
jamiyat rivojlanishining muhim bosqichlaridan biri sifatida e’tirof etilib, rivojlangan
davlatlarda ta’lim siyosatining ajralmas qismiga aylanmoqda.

UNESCOning 2014–2021-yillar uchun global ta’lim strategiyasi inklyuziv ta’limni

rivojlantirish bo‘yicha quyidagi asosiy tamoyillarni belgilaydi: ta’lim sifatini oshirish va
inklyuziv yondashuvni uyg‘un ravishda rivojlantirish; har bir bolaning shaxsiy
ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini moslashtirish; mamlakatlarning
milliy va mintaqaviy xususiyatlarini inobatga olgan holda inklyuziv ta’lim modelini ishlab
chiqish.

UNESCO strategiyasining innovatsion jihati shundaki, inklyuziya ta’lim tizimining

yangilanishi uchun asosiy talab sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu yondashuv global miqyosda
ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va barcha davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy
etish rejalari bilan bog‘liq muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

NATIJALAR

Inklyuziv ta’limning rivojlanishi bevosita umumta’lim maktablarining tayyorgarlik

darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning samarali amalga oshirilishi uchun quyidagi shartlar
bajarilishi lozim: maktab infratuzilmasini inklyuziv ta’lim talablariga moslashtirish, ya’ni
jismoniy va intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun qulay muhit yaratish;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

322

o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim muhitida ishlash kompetensiyasini oshirish, bu esa
maxsus pedagogik usullar va individual yondashuvlarni o‘zlashtirishni talab etadi; turli
ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun moslashtirilgan metodik yondashuvlarni ishlab
chiqish, shu jumladan, differensial o‘qitish texnologiyalari va qo‘llab-quvvatlovchi
dasturlarni joriy etish.

Shu shartlarning bajarilishi inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirish va barcha

bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

AQShda inklyuziv ta’lim tamoyillari rivojlanish jarayonida “eng kam cheklovli

muhit” konsepsiyasi ilgari surilgan. Ushbu tamoyil dastlab ta’limiy va ijtimoiy
kontekstlarning uzviy bog‘liqligi nuqtayi nazaridan baholangan bo‘lsa, keyinchalik
u bolalarni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish tizimi sifatida
takomillashtirildi. Bugungi kunda AQShda bu tamoyil quyidagi ikki asosiy hujjat orqali
amaliyotga tatbiq etilmoqda: “Oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual reja”
(bolaning dastlabki uch yillik hayot bosqichi uchun mo‘ljallangan); “Individual ta’lim
dasturi” (maktab ta’limi davrida amalga oshiriladigan reja) [5].

Shu bilan birga, XX asr oxirida AQSh pedagoglari tomonidan diskriminatsiyaga

qarshi ta’lim va tarbiya dasturi (“Anti-Bias Approach”) ishlab chiqilgan bo‘lib, u butun
dunyo pedagoglari orasida keng e’tirof etilgan [6].

Biroq, inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarning ta’lim jarayonida ishtirok etish

huquqi masalasi ko‘pincha bolaning ta’lim muassasasini tanlash huquqi bilan bog‘liq bo‘lib,
bu esa ba’zi mamlakatlarda inklyuziv ta’lim siyosati va amaliyotining muvofiqlashtirilishini
qiyinlashtiradi. Misol uchun, Gollandiya, Polsha va Latviya kabi davlatlarda maxsus ta’lim
muassasalarining saqlanib qolishi ota-onalarga farzandlari uchun ta’lim muassasasini
erkin tanlash imkoniyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq [7].

Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlarining maxsus ta’limga muhtoj bolalar

masalalari bo‘yicha xalqaro bo‘limi tomonidan 2014-yil yanvar oyida maxsus hujjat
ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat nazariy tadqiqotlar va inklyuziv ta’lim amaliyoti o‘rtasidagi
tafovutni bartaraf etish zarurligiga urg‘u beradi. Inklyuziv ta’limning asosi – oila.

Inklyuziv ta’limni umumta’lim maktablarida amalga oshirish jarayoni ilgari

yetarlicha o‘rganilmagan qator muammolarni kun tartibiga olib chiqmoqda. Zamonaviy
xorijiy tadqiqotlarda ayniqsa pedagog yordamchilari (assistentlar)ning malakasini
oshirish masalasi alohida e’tibor markaziga aylangan.

L.S. Vygotskiyning fikriga ko‘ra, defektologiya rivojlanishida umumiy pedagogika

va ijtimoiy tarbiyaning dialektik-materialistik asoslari integratsiyalashgan tizimni
yaratishda muhim omil hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, maxsus pedagogikani umumiy
pedagogika bilan organik bog‘lash zarur [8].

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni samarali joriy etish uchun pedagoglarni

tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuv
shakllanmoqda. Ushbu yondashuv bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va quyidagi
yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1.

Bakalavriat va magistratura darajalarida maxsus ta’lim dasturlarini joriy etish;

2.

Pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha modulli kurslarni ishlab chiqish;

3.

Umumiy va maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari o‘rtasida professional

hamkorlikni rivojlantirish;

4.

Pedagogik faoliyat samaradorligini baholash tizimini joriy etish;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

323

5.

Ilmiy tadqiqotlar va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish orqali inklyuziv

ta’limni rivojlantirish.

Priarktika mintaqasidagi universitetlar bakalavriat va magistratura darajalarida

inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirmoqda:

Bakalavriat yo‘nalishi – “Pedagogika va psixologiya inklyuziv ta’limi”;

Magistratura yo‘nalishi – “Inklyuziv ta’limning psixologik-pedagogik qo‘llab-

quvvatlanishi”. Bu yondashuv pedagoglarni tayyorlashning bosqichma-bosqich va
uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni samarali rivojlantirish uchun ta’lim muassasalari

va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasida strategik hamkorlik dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Ushbu dasturlarning asosiy maqsadi imkoiyati chklangan bolalar uchun ta’lim
resurslarini kengaytirish va pedagoglarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlashdir.

O‘zbekiston olimlari inklyuziv ta’limni rivojlantirishda o‘qituvchilarning maxsus

kompetensiyalariga katta e’tibor qaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, I.N. Xafizullinaning
dissertatsion tadqiqoti inklyuziv ta’lim pedagoglari uchun muhim nazariy asos
yaratmoqda. I.N. Xafizullina ta’rifiga ko‘ra, “inklyuziv kompetensiya” – bu kelajakdagi
o‘qituvchining integrativ shaxsiy va kasbiy xususiyatlari majmui bo‘lib, u quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun kasbiy bilim va
ko‘nikmalar; ta’lim jarayonida turli ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga moslashish
qobiliyati; imkoniyati cheklangan bolalarni maktab muhitiga moslashtirish va ularning
rivojlanishiga ko‘maklashish [9].

XULOSA

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribadan foydalanish

quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratishni talab qiladi. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni
takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: inklyuziv
ta’limning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish;
imkoniyati cheklangan bolalar ota-onalari va sog‘lom bolalar ota-onalari uchun maxsus
ma’rifiy dasturlar ishlab chiqish; majburiy malaka oshirish dasturlarini joriy qilish;
o‘qituvchilarning inklyuziv madaniyatini shakllantirish bo‘yicha trening va seminarlarni
tashkil etish; ota-onalarni inklyuziv ta’lim jarayoniga jalb qilish; ota-onalar bilan
hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim dasturlarini ishlab
chiqish; oilalarni pedagogik jarayonga jalb qilish bo‘yicha maxsus dasturlarni yo‘lga
qo‘yish; bolalarda psixologik, pedagogik va fiziologik xususiyatlarni erta aniqlash;
maxsus ta’lim dasturlarini erta yoshdan joriy qilish; pedagoglar, psixologlar, logopedlar
va boshqa mutaxassislarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish; maktab va ijtimoiy
xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-

son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy
xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori;

2.

Sultanmurodovna, K. N. (2025). Preparing Educators for an Inclusive Education

Environment. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 168-171.

3.

Ю.Н. Кулюткина. Г.С. Сухобской. Мышление учителя. Личностные

механизмы и понятийрхый аппарат./Под. ред. – М.: Педагогика, 1990. С.9.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

324

4.

Мижериков В.А., Ермоленко М.Н. Введение в педагогическую профессию. –

М.: ПОР, 1999. – С. 288.

5.

Armstrong, D., Armstrong, A. C., Spandagou, I. Inclusion: By choice or by chance?

/ International Journal of Inclusive Education. – 2011.- Vol.15. -P.29-39.

6.

Wagner P. Handbuch Inclusion. Grundlagen voruteilsbewusster Bildung und

Erziehug. – Verlag Herder GmbH, Freiburg im Bresgau, 2013. – 301p.

7.

Inclusive education for young disabled people in Europe: Trends, Issues and

Challenges. A synthesis of evidence from ANED country reports and additional sources.
[Electronic resource]. – URL: http://www.disability.

8.

Выгодский Л.С. Педагогическая психология. –М. : “Педагогика. 1991. С 231.

9.

Хафизуллина, И.Н. Формирование инклюзивной компетентности будущих

учителей в процессе профессиональной подготовки: автореф. дис. ... канд. пед.
наук: – Астрахань, 2008. – 213 с.

10.

Sultanmurodovna, K. N., & Zebuniso, Q. (2025). Pedagogical Theories on the

Education of Children with Disabilities. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 39,
147-149.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi

- son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori;

Sultanmurodovna, K. N. (2025). Preparing Educators for an Inclusive Education Environment. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 168-171.

Ю.Н. Кулюткина. Г.С. Сухобской. Мышление учителя. Личностные механизмы и понятийрхый аппарат./Под. ред. - М.: Педагогика, 1990. С.9.

Мижериков В.А., Ермоленко М.Н. Введение в педагогическую профессию. - М.: ПОР, 1999. - С. 288.

Armstrong, D., Armstrong, A. C., Spandagou, I. Inclusion: By choice or by chance? / International Journal of Inclusive Education. - 2011.- Vol.15. -P.29-39.

Wagner P. Handbuch Inclusion. Grundlagen voruteilsbewusster Bildung und Erziehug. - Verlag Herder GmbH, Freiburg im Bresgau, 2013. - 301p.

Inclusive education for young disabled people in Europe: Trends, Issues and Challenges. A synthesis of evidence from ANED country reports and additional sources. [Electronic resource]. - URL: http://www.disability.

Выгодский Л.С. Педагогическая психология. –М. : “Педагогика. 1991. С 231.

Хафизуллина, И.Н. Формирование инклюзивной компетентности будущих учителей в процессе профессиональной подготовки: автореф. дис. ... канд. пед. наук: - Астрахань, 2008. – 213 с.

Sultanmurodovna, K. N., & Zebuniso, Q. (2025). Pedagogical Theories on the Education of Children with Disabilities. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 39, 147-149.