Цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
76-80
46
5
Поделиться
Каршиева, Т. (2019). Цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71), 76–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1012
Турсуной Каршиева, Самаркандский государственный институт иностранных языков

базовый (PhD) докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье разьяснена цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

76

 

 

TILLARGA IXTISOSLASHMAGAN OLIY TA‘LIM MUASSASALARIDA CHET TILI 

O‘QITISHNING MAQSADI 

 

Karshiyeva Tursunoy Shodiyorovna, 

SamDChTI  tayanch (PhD) doktoranti 

 

Kalit so‟zlar: 

nofilologik ta‘lim muassasalari, harakatlar strategiyasi, xalqaro standartlar, 

lingvistik ma‘lumot, eksrtalingvistik ma‘lumot

 

Hozirgi 

davrning 

dolzarb 

masalalaridan  biri  xorijiy  tillarni  o‘qitish 
orqali yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va 
sadoqat,  milliy  g‘urur,  yuksak  axloq  va 
ma‘naviyat,  qadimiy  va  boy  merosimizga 
iftixor  tuyg‘usi,  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir. Jahon ta‘lim 
tizimidagi  tub  islohotlar  talabalarning  chet 
tillarni  mukammal  o‘rganishlari,  barcha 
sohalarda  chet  tilini  bilgan  holda  o‘zlarini 
namoyon  eta  olishlari  uchun  zarur  shart- 
sharoit  yaratib  berish,  ularning  xorijiy  tilda 
og‘zaki  va  yozma  nutqlarini  rivojlantirish 
muammolarini  ilgari  surmoqda.  Ta‘lim  
oluvchilarning  chet  tilida  fikr  yuritish,  erkin 
nutqni  amalga  oshira  olish  qobiliyatlarini 
rivojlantirish, 

intellektual 

faoliyatini 

shakllantirish, 

ularning 

tayyorgarligini 

baholash 

masalalari 

bilan 

YUNESKO, 

YUNISEF, 

Yevropa 

Universitetlari 

Assotsiyatsiyasi, 

Oliy 

Ta‘lim 

Sifatini 

Ta‘minlash 

Yevropa 

Tarmog‘i 

kabi 

tashkilotlar  shug‘ullanmoqda.  Bu  masalaning 
umumiy 

tendensiyalarda 

rivojlanishi 

zamonaviylik  va  yosh  avlodda  chet  tiliga  oid 
malakalarning  shakllanishida  katta  ahamiyat 
kasb  etib,  zamonaviy  tarbiya  muammolari 
bilan  bog‘liq  holda  talabalarning  ijodiy 
qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Respublikamiz  ta‘lim  tizimini  isloh 

qilishda 

xorijiy 

tajribalarga 

asoslangan 

xalqaro  standartlarga  mos  keluvchi  o‘quv 
dasturlari 

bilan 

muvofiqlashtirish 

oliy 

pedagogikta‘lim  tizimini  takomillashtirishga 
asos  bo‘ldi.  O‘zbekiston  sharoitida  milliy 
mintalitetimiz, 

urf-odatlarimizni 

inobatga 

olgan  holda  xorijiy  tajribalar  asosida  ta‘lim 
sifatini  tubdan  isloh  qilish  davr  talabidir.  Bu 
borada 

2017-2021 

yillarda  O‘zbekiston 

Respublikasini 

rivojlantirishning 

beshta 

ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasida  mamlakatimizda  ―  …ta‘lim  va 
o‘qitish 

sifatini 

baholashning 

xalqaro 

standartlarini  joriy  qilish  asosida  oliy  ta‘lim 
muassasalari 

faoliyatining 

sifati 

hamda 

samaradorligini  oshirish,  ilmiy  tadqiqotva 
innovatsion  faoliyatni  rag‘batlantirish,  ilmiy 
va  innovatsion  yutuqlarni  amaliyotga  joriy 
qilishning 

samarali 

mexanizmlarini 

yaratish…‖,  kadrlar  tayyorlashning  sifat 
darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida  
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur 
shart- sharoitlarni yaratish, har bir oliy  ta‘lim 
muassasasi  jahonning  yetakchi  ilmiy-ta‘lim 
muassasalari  bilan  yaqin  hamkorlik  aloqalari 
o‘rnatishi 

va 

talabalarning 

kreativlik 

qobiliyatlarini 

rivojlantirish, 

yoshlar 

auditoriyasi  bilan  ish  olib  borishda  interfaol 
usullardan  samarali  foydalanish,  ularga  chet 
tilidan  sifatli  ta‘lim  bera  olish,  oliy  ta‘lim 
darajasini namunali bosqichga olib chiqish va 
tubdan  takomillashtirish  asosiy  vazifalar 
sifatida belgilandi[1]. 

Shu  bois  respublikamiz  oliy  ta‘lim 

tizimida bo‘lajak kadrlarni ishlab chiqarish va 
ilmiy  maqsadlar  uchun  zarur  bo‘lgan 
axborotni  topish  jarayonida  mutaxassislik 
bo‘yicha  original  adabiyotni  o‘qish,  xorijiy 
tildagi  og‘zaki  muloqotda  ishtirok  etish 
ko‘nikmasini  shakllantirish  maqsadida  chet 
tili darslari o‘tilmoqda.  

Har 

bir 

mustaqil 

O‘zbekiston 

Respublikasi  fuqarosi  o‘z  kasbiga  oid  chet 
tilidagi  adabiyotlarning  asl  nusxasini  o‘qiy 
olishi,  o‘qilgan  matnni  tushunishi  va  uni  o‘z 
kasbida  qo‘llay  olishi  lozim.    Bundan 
tashqari,  u  berilgan  mavzuda  suhbatdoshi 
bilan  chet  tilida  erkin  fikr  almasha  olishi 
kerak.  Zero,  chet  tillarini  o‘rganish  bugungi 
globallashgan davr talabidir. 

Yurtimizda  ham  mustaqillik  sharofati 

bilan  chet  tillar  o‘qitilishiga  alohida  e‘tibor 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

77

 

berilmoqda.  Minglab  chet  tili  o‘qituvchilari 
tayyorlanganligi, kadrlarning ona vatanimizda 
va  xorijda  malaka  oshirishlari  uchun  barcha 
sharoitlar  yaratib  berilganligi,  ingliz,  nemis, 
fransuz 

tillari 

bo‘yicha 

multimediya 

darsliklari,  ingliz  tilini  o‘rganish  bo‘yicha 
elektron  resurslar  tayyorlanganligi,  ta‘lim 
muassasalarida 

zamonaviy 

lingafon 

xonalarining  tashkil  etilganligibuning  yaqqol 
isbotidir.  Yosh  avlodni  chet    tillarda  o‘qitish  
hamda  shu  tillarda  erkin  so‘zlasha  oladigan 
mutaxassislarni  tayyorlashni  takomillashtirish 
negizida, 

yoshlarning 

jahon 

tamadduni 

yutuqlari  hamda  butun  dunyo  axborot 
resurslaridan 

foydalanishlari, 

xalqaro 

hamkorlik  va  muloqotni  rivojlantirish  uchun 
shart-sharoitlar  yaratish  asosiy  maqsad  qilib 
qo‘yildi.  Mashhur  nemis  olimi 

Y.V.  fon 

Gyote 

aytganidek: 

―Kim  chet  tillarini 

bilmasa,  u  o‘z  tilini  ham  bilmaydi‖. 

  Shu 

sababdan  nafaqat  chet  tili    mutaxassislari, 
balki  tilga  ixtisoslashmagan  oliy  o‘quv 
yurtlarida  tahsil  olayotgan  barcha  bo‘lajak  
kadrlar    chet  tillarini  o‘rganib,  ularda  erkin 
fikr almasha olish g‘oyat muhim vazifalardan 
sanaladi. Xalqimizda ham bir maqol bor: 

―Til 

bilgan  el  biladi‖.

  Haqiqatdan  ham,  xorijiy 

tilni  bilgan  kishi  ko‘p  tomonlama  imkoniyat 
va  ustunliklarga  ega  bo‘ladi.  Bugungi  kunda 
kadrlar oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan 
biri chet tillarini mukammal bilishdir. 

Barcha 

sohalarda 

mutaxassislar 

tayyorlash 

jarayonlarida 

ta‘lim 

tizimi 

ustuvorligini, 

jumladan, 

chet 

tillarini 

o‘qitishning 

yangi 

texnologiya- 

mexanizmlarini  joriy  etishni  ta‘minlash 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,    xalqlar 
o‘rtasidagi  aloqa,  ma‘naviy  va  boshqa 
muloqotlar til orqali namoyon bo‘ladi. 

Dunyoda  tillarga  ixtisoslashmagan 

oliy  ta‘lim  muassasalari  talabalariga  chet 
tillarni  o‘rgatish  bo‘yicha  quyidagi  ustuvor 
yo‘nalishdagi  tadqiqotlar  olib  borilmoqda: 
Umumyevropa 

CEFR 

talablari 

asosida 

talabalarga 

chet 

tillarni 

o‘rgatishning 

pedagogik  mexanizmlarini  takomillashtirish; 
o‘qitish  mazmuni,  ta‘lim  texnologiyalari, 
nazorat obyektivligini kuchaytirish, auditoriya 
va  auditoriyadan  tashqari    mustaqil  ta‘limni 
tashkil qilish.  

Chet  tilini  o‘qitish  maqsadlari  jamiyat 

talabi, 

ijtimoiy 

buyurtmasi, 

sharoiti, 

siyosatidan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi. 
Chet  tili  o‘qitish  maqsadlari  jamiyat 
taraqqiyotigava  rivojlanishiga  bog‘liq.    Oliy 
ta‘lim  muassasalarida  chet  tilini  o‘qitish  o‘z 
maqsadlariga  ega,  chet  tilidan  ta‘lim 
berayotgan  barcha  murabbiylar,  albatta,  uni 
oldindan  aniqlab  olmog‘i  darkor.  Zero, 
olimlar  O‘.Hoshimov  va  I.Yoqubov  ―Ingliz 
tili  o‘qitish  metodikasi‖  kitobida  aytganidek, 
‗chet  tili  o‘qitish  maqsadlari  o‘qitish 
mazmunini, 

vositasini, 

metodlarini, 

tamoyillarini aniqlaydi‖ [2, 31]. 

Oliy  o‘quv  yurtlarida  ingliz  tili 

o‘rgatishni  maqsad  va  vazifalari  hisobga 
olingan  holda,  ularni  2  guruhga  ajratish 
mumkin: 

1.

 

Chet  tili  –ingliz  tili  bo‘yicha 

mutaxassis  tayyorlovchi  universitet,  institut, 
fakultetlar. 

2.

 

Chet  tili-  ingliz  tili  bo‘yicha 

mutaxassis 

tayyorlamaydigan 

nofilologik 

ta‘lim muassasalari. 

Bu  2  guruhda  ingliz  tili  o‘qitish  

maqsadlari  turlicha  bo‘lib, birinchi  guruhdagi 
oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilidan mutaxassis 
tayyorlanishi  sababli  ingliz  tili  chuqur  har 
tomonlama  mukammal,  ham  nazariy,  ham 
amaliy  o‘rgatiladi.  Ikkinchi  guruhdagi,  ya‘ni 
nofilologik  ta‘lim  muassasalarida  esa  ingliz 
tili  bo‘yicha  kompleks  maqsad  ko‘zda 
tutiladi.  Talaba  ingliz  tilidan  umumta‘lim 
olib, yana mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tilini 
kelajakda  o‘z  ish  faoliyatida  qo‘llashga 
o‘rgatish  maqsadi  yotadi.  Kasbi  bo‘yicha 
qisman  muloqot  qilish,  mutaxassisligiga  oid 
so‘zlarni  o‘rganib,  matnlarni  o‘qib  tarjima 
qilishga o‗rgatiladi.   

Oliy  ta‘lim  muassasalarida  chet  tillar 

o‘qitish  o‘z  oldiga  1)  amaliy  yoki 
kommunikativ,  2)  umumta‘lim  berish,  3) 
tarbiyalash,  4)  hosil  qilingan  malaka  va 
ko‘nikmalarni 

boshqa 

maqsadlarda 

ishlatilishni,  ya‘ni  rivojlantirish  maqsadlarini 
qo‘yadi. 

Umumta‘limiy, 

tarbiyaviy 

va 

rivojlantiruvchi 

maqsadlar 

kommunikativ 

maqsadni amalga oshirishda sodir bo‘ladi. Bu 
4 ta maqsadlarni kengroq ko‘rib chiqamiz:  

1.  Kommunikativ  (amaliy)  maqsad:  Bu 

maqsad 

orqali 

talabalarda 

ingliz 

tili 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

78

 

materiallari  bo‘yicha  malaka,  ko‗nikma  hosil 
qilinadi.  Talabalar  leksik,  grammatik  talaffuz 
materiallarini  nutqda  o‗zlari  mustaqil  qo‗llay 
olishlari kerak. Inglizcha og‗zaki nutq, o‗qish, 
yozuv ko‗nikmalari hosil qilinadi.  

2. Umumta‘limiy maqsadi: Bu maqsad 

orqali  o‗quvchilarning  tafakkurini  yanada 
o‗stirish,  ingliz  tilidan  ma‘lumot  olish  va 
berish,  ingliz  tilini  yanada  chuqurroq  anglab 
olish, ingliz tili haqidagi yangi bilimlar hamda 
tili o‗rganilayotgan mamlakat xalqining tarixi, 
adabiyoti  va  madaniyati  haqida  tushuncha  va 
ma‘lumotlar olish hisobiga talaba o‗quvchilar 
dunyoqarashini 

kengaytirish 

tushuniladi. 

Talabalarning  anglash,  fikrlashini  o‗stirish, 
dunyoqarashini kengaytirish chet tili hisobiga 
yoki ingliz tilida bo‗ladi.  

3. Tarbiyaviy maqsad: Bu maqsad chet 

tili — ingliz tili darsida baynalminal, axloq va 
estetik  tarbiya  berish  hamda  mehnatga 
munosabatini  tarbiyalashni  ko‗zda  tutadi. 
Albatta, bular ingliz tili —  materiallari orqali 
inglizcha  nutq  mavzusini,  inglizcha  matnlar 
mazmunini 

tahlil  qilish 

orqali  amalga 

oshiriladi. 

4. 

Rivojlantiruvchi 

maqsad: 

Bu 

maqsad  o‗quvchi,  talabalarni  shaxsan  bilish 
o‘rganish,  o‗rgatish  yo‗l-yo‗riqlarini  belgilab 
beradi. 

til 

faktlarini 

tahlil 

qilish, 

umumlashtirish,  mustaqil  xulosa  chiqarish, 
tinglash, 

nutq, 

harakat 

malakalarini 

rivojlantiradi. 

tasavvur 

qilish, 

nutq 

vaziyatini  tuzish  orqali  o‗rgatishni,  nutqda 
mantiqiy  bog‗liqlik  bo‗lishini,  mustaqil  fikr 
qila  olishni,  so‗zlar  ma‘nosini  fahmlab 
topishni,  lug‗at,  qo‗llanmalar  bilan  mustaqil 
ishlashni  hamda  fakultativ  mashg‗ulotlarga, 
sinfdan 

tashqari 

ishlarga 

mustaqil 

tayyorlanishni, 

ularni 

o‗tkazishni 

rivojlantiradi.  Yuqoridagi  to‗rtga  maqsad 
doimo  bir-birini  to‗ldirib  turadi,  bir-biri  bilan 
aloqada bo‗ladi. Har bir darsda o‗rgatiladigan, 
qaytariladigan  inglizcha  til  materiallari,  nutq 
faoliyatlari  orqali  shu  to‗rtta  maqsadlar 
amalga oshirilishi kerak. 

Talabalar  oliy  ta‘lim  muassasasini 

tugatayotganlarida  inglizcha  fikrni  og‗zaki, 
yozma  qabul  qila  olishi,  tushunaolishi  va 
og‗zaki,  yozma  ravishda  bayon  qila  olishi 
talabqilinadi.  Tillarga  ixtisoslashmagan  oliy  
ta‘lim  muassasalarida  dars  soatlarining  soni 

shu  muassasalarga  oid  dasturlarda  beriladi. 
Nofilologik  ta‘lim  muassasalarda  chet  tillari 
maxsus  dastur  vadarsliklar  asosida  o‗qitiladi. 
Bunday  ingliz  tili  maxsus  nofilologik  ta‘lim 
muassasalarimiz 

uchun 

hali 

dastur 

va 

darsliklarishlab chiqilmaganligi uchun o‗zbek 
tilida 

o‗qitiladigan 

bunday 

ta‘lim 

muassasalarida 

o‗qituvchilar 

o‗zlari 

yo‗nalishning  xususiyatinihisobga  olib,  turli 
xil 

darsliklar, 

qo‗llanmalarni 

tanlab 

foydalanmoqdalar. 

O‗qitish 

mazmuni 

metodikaning 

muhim  masalalaridan  biridir.  Hozirgi  davrda 
tillarga 

ixtisoslashmagan 

oliy 

ta‘lim 

muassasalarida  chet  tili  o‗qitishmazmuni 
deganda: 

talabalar 

oladigan 

tarbiyaning 

maqsad  va  vazifalari  bilan  aniqlanadigan 
bilimlar, materiallar, mashqlar va ko‘nikmalar 
xususiyatihamda  hajmi  tushuniladi.  O‗quv 
predmetning mazmunini belgilashda asosan 2 
ta  umumiy  talabni  va  ularning  bir-biriga 
bog‗liqligini esdan chiqarmaslik kerak: 

1)  tanlangan  o‗qitish  mazmunini 

oldimizga  qo‗ygan  maqsadimizga  erishish 
yoki erisha olmasligimiz talabi; 

2)  shu  bizning  aniq,  sharoitimizda 

tanlangano‗qitish 

mazmunining 

talabalar 

tomonidan  o‘zlashtirish  yoki  o‗zlashtira 
olmaslik  talabi.  Bu  2  tatalabni  hisobga  olib 
chet  tili  o‗qitish  predmetining  mazmunini 
belgilash  mumkin.  Oliy  ta‘lim  chet  tillar 
dasturi  loyihasida  ingliztili  o‗qitish  mazmuni 
belgilab  ko‘rsatiladi.  Har  bir  chet  tili 
o‗qituvchisi  o‗z  ishini  shu  dastur  asosida 
tashkil  qilishga  majburdir.  O‘.Hoshimov  va 
I.Yoqubov  hozirgi  davrda  chet  tilini  o‗qitish 
metodikasi 

predmetining 

mazmuniga 

quyidagilarni kiritadi. 

1.  Mavzu:  (tematika)  og‗zaki  nutq  va 

o‗qish mavzulari. 

2.  Til  materiallari  (fonetika,  leksika, 

grammatika.) 

3.  Leksik,  grammatik,  orfografik, 

talaffuz 

ko‗nikmalarini 

shakllantirish, 

rivojlantirish; 

4.  Nutq  malakalari  (tinglab  tushunish, 

gapirish, 

o‗qish, 

yozuv 

malakalari)ini 

shakllantirish, o‘rgatish,o‗stirish. 

5.  Ingliz  tilining  ustida  ishlaganda 

qo‗shimcha 

adabiyotlarbilan 

ishlash 

ko‗nikmalarini o‗rgatish. 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

79

 

Mavzuga  asosan  matnlar  tanlanadi. 

Nutq  malakalarini,  faoliyatini  egallash  chet 
tili  o‗qitish  amaliymaqsadining  mazmunidir. 
Chet  tili  o‗qitish  mazmuni  chet  tilidan 
nimalarniva  nimalarga  o‗rgatish  savollariga 
javob beradi. 

Hozirgi  paytda  oliy  ta‘lim  muassasasi 

uchun  chet  tillari  (ingliz,  nemis,  fransuz) 
bo‘yicha  til  materiallari  tanlab  olingan. 
To‗g‗ri 

tanlangan 

mazmun 

maqsadga 

erishishda  katta  yordam  beradi.  Mazmunni 
tanlashda  o‗qitish  maqsadi  hisobga  olinadi 
hamda 

yetakchilik 

qiladi. 

Mazmun 

tanlanganda  til  materiallari  bilan  birga  nutq 
namunalari  ham  tanlanadi.  Ular  nutqni 
urgatishda  asos  bo‗ladi.  Mazmunni  tanlashda 
o‗qitish,  o‗rgatishni  metodik  tashkil  qilish 
hisobga 

olinadi. 

O‘qitish 

mazmuni, 

o‗qitishning  shart-sharoiti  bilan  bog‗liqdir. 
Chet 

tili 

o‗qitish 

maqsadi 

o‗qitish 

mazmunining hajmiga ham ta‘sir etadi. 

Hozirgi  davrda  chet  tili  o‗qitishni 

tubdan  o‗zgartirishni  ko‗zda  tutadi.  Uning 
quyidagi 3 ta talabi bor. 

1.  Chet  tili  o‗qitish  ilmiy  saviyasini  va 

amaliyyo‗nalishda bo‗lishini oshirish; 

2.  Chet  tili  predmetining  tarbiyaviy 

tomonini kuchaytirish; 

3.  Chet  tili  o‗quv  predmetini  mustaqil 

egallash. 

Birinchi  talab  2  xil  yo‗l  bilan  amalga 

oshirilish mumkin. 

1-yo‗l. O‗qitish mazmunini o‗zgartirish. 
2-yo‗l.  Chet  tili  o‗qitish  metodikasini 

qayta qurish. 

Qayta  qurishda  hozirgi  davrda  javob 

bermaydigan  eski  metod,  yo‗lusullarni 
chiqarib tashlab ta‘lim-tarbiya berish, o‗qitish 
tizimini  mukammallashtirishdir.  Chet  tili 
metodikasining ilmiy saviyasini oshirishilg‗or 
tajribalarni 

ommalashtirish, 

lingvistikani, 

psixologiyani,  pedagogika,  psixolingvistika 
yangiliklari 

asosida 

metodikani 

qayta 

qurishdir.  Chet  tili  o‗qitishni  amaliy 
yo‗nalishda  bo‗lishi  uchun  o‗quvchi,  talaba 
diqqatini  chet  tili  ustida  mustaqil  ishlash  va 
malaka ko‗nikmasiga qaratish lozim. Chet tili 
o‗quv 

predmetining 

tarbiyaviy 

tomoninioshirish,  kuchaytirish,  mazmunli, 
tarbiyaviy  xarakterdagi  matnlarni,  ro‗znoma, 
oynoma  maqolalarinio‗qitish  orqali,  ijtimoiy-
siyosiy,  tarbiyaviy  masalalarni  tahlil  qilish, 
matnning  asosiy  g‗oyasini  aniqlash  orqali 
hamda sinfdan, oliy ta‘limdan  tashqari ishlar 
orqali  amalga  oshiriladi.  Ular  talabalarni 
vatanparvarlik,  baynalminalchilik,  do‗stlik 
ruhida 

tarbiyalaydi, 

dunyo 

qarashini 

kengaytiradi. 

Hozirgi 

davr 

talablarini 

amalga 

oshirishning  yana  bir  yo‗li  talabalarga 
ortiqcha  material  berishni  kamaytirish,  o‗quv 
jarayonini  oddiy  holatga  keltirishdir.  Bular 
yangi  chet  tillar  dasturida  hisobga  olingan. 
O‘qituvchi buning uchun talabalar tomonidan 
materialni  har  tomonlama  amaliy  egallash 
jihatidan  yondashadi.  Shu  sababdan  talaba 
ishlarinitil  materiallarini  produktiv  (gapirish, 
fikrni  yozma  bayon  qilish)  va  retseptiv 
(tinglab  tushunish,  o‗qishda)  o‗zlashtirishga, 
talabalar  potensiallug‗atini  kengaytirishga 
qaratadi.  Mustahkam  bilim  berishning  asosi 
o‗qitish  jarayonining  unumli  umumlashgan, 
takomillashgan 

bo‗lishidadir. 

Keyingi 

paytlarda yana optimallashtirishdan ham keng 
foydalanilmoqda.  Optimallashtirish  chet  tili 
o‗qitilayotgan  vaziyat,  sharoit,  oliy  o‘quv 
yurtlari  talabalari  va  ularning  tanlagan 
sohalariga mos, oson, qulay metod, yo‗l, usul, 
tizim,  tamoyil,  vosita,  mashqlarni  izlash  va 
tanlay  bilish,  qo‗llashdir.  Optimallashtirish 
turli  tipdagi  oily  o‗quv  yurtlari  uchun  o‗ziga 
xosdir,  chunki  dars  soatlari  turlicha  bo‗ladi, 
talabalarning  ona  tili  xususiyatlari  ham 
turlicha 

ta‘sir 

qiladi. 

Hozirgi 

davr 

kommunikativ  malaka,  kunikma  chet  tilida 
ma‘lumot berish (gapirish, fikrni yozmabayon 
qilish  orqali)  va  ma‘lumot  olish  (o‗qish, 
tinglab 

tushunish 

orqali) 

malaka 

va 

ko‗nikmalarni  yanada o‗stirishni, ta‘lim bilan 
tarbiyani birga olib borishni talab qiladi. 

Xulosa 

qilib 

aytganda, 

tillarga 

ixtisoslashmagan  oliy  ta‘lim  muassasalarida 
chet  tilini  o‘rgatish  juda  zarur,  chunki 
talabalarni  har  tomonlama  yetuk  qilib 
tayyorlashda chet tilining ahamiyati katta. 

 

 
 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

80

 

Adabiyotlar ro‘yxati: 

 

1.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoni.  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida/ O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda. 

2.

 

O‘.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o‘qitish metodikasi.- Toshkent-2003. 

3.

 

www.ziyonet.uz 

 
Karshiyeva  T

The  purpose  of  teaching  foreign  languages  in  non-linguistic  educational 

institutions. 

In  this  article  it  was  clarified  the  purpose  of  teaching  foreign  languages  in  non-

linguistic educational institutions.  

Каршиева  Т.  Цель  преподования  иностранных  языков  в  неязыковых  учебных 

заведениях. 

В  этой  статье  разьяснена  цель  преподования  иностранных  языков  в 

неязыковых учебных заведениях. 

 

 

 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Fannoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida/ O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.

O’.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o’qitish metodikasi.- Toshkent-2003.

www.ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов