“Тилшунослик назарияси” ўқув қўлланмаси хусусида

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
131-132
123
23
Поделиться
Носиржон, У. (2020). “Тилшунослик назарияси” ўқув қўлланмаси хусусида. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (75), 131–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1469
Улугов Носиржон, Наманганский государственный университет

д.ф.н., профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Авваллари олий ўқув юртларининг филология ва тилларни ўқитиш таълим йўналиши мутахассислик фанлари блокида 1-курсда “Тилшуносликка кириш”, 4-курсда “Умумий тилшунослик” фанлари ўқитилган. Сўнгги йилларда бу икки фан бирлаштирилиб, адабиётшунослик фанлари блокига, яъни “Адабиётшунослик назарияси” фанига мутаносиблашган ҳолда, “Тилшунослик назарияси” номи билан ўқитила бошланди.


background image

Хорижий филология  

№2, 2020 йил 

 

 

131 

 

CRITICAL REVIEW                                                                                   ТАҚРИЗ 
Т 
 

“TILSHUNOSLIK NAZARIYASI”

 

O‘QUV QO‘LLANMASI XUSUSIDA  

 

Avvallari  oliy  o‘quv  yurtlarining  filologiya  va  tillarni  o‘qitish  ta’lim  yo‘nalishi 

mutaxassislik  fanlari  blokida  1-kursda  “Tilshunoslikka  kirish”,  4-kursda  “Umumiy  tilshunoslik” 
fanlari o‘qitilgan. So‘nggi yillarda bu ikki fan birlаshtirilib, adabiyotshunoslik fanlari blokiga, ya’ni 
“Adabiyotshunoslik  nazariyasi”  faniga  mutanosiblashgan  holda,  “Tilshunoslik  nazariyasi”  nomi 
bilan o‘qitila boshlandi.  

Talabalarning  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari  va  akademik  litsey  hamda  kasb-hunar 

kollejlarida  olgan  tilga  doir  bilimlarini  mustahkamlash,  ilmiy-nazariy  jihatdan  boyitish, 
tilshunoslikning  soha  va  bo‘limlari  yuzasidan  keyingi  kurs  va  semestrlarda  o‘qitiladigan  fanlarni 
o‘rganish va o‘zlashtirishga tayyorlash, mutaxassislikka yo‘naltirish 1-kurs o‘quv rejasiga kiritilgan 
“Tilshunoslik nazariyasi” fanining asosiy maqsadi hisoblanadi.

 

Ta’limning  barcha  tizimlarida  bo‘lgani  kabi,  oliy  ta’limda  ham  darslarning  saviyasi  va 

talabalarning o‘zlashtirish darajasi o‘quv adabiyotlariga bog‘liq. O‘quv adabiyotlari: darslik, o‘quv 
qo‘llanma,  o‘quv  lug‘atlari  ko‘p,  yetarli,  mukammal  bo‘lsa,  darslar  samaradorligi,  ta’lim  sifati 
yuqori  bo‘ladi,  biroq  “Tilshunoslik  nazariyasi”  bo‘yicha  A.Abduazizov,  M.Irisqulov, 
N.Turniyozov,  Z.Xolmonova,  N.Uluqovlarning  kam  nusxada  nashr  etilgan  o‘quv  qo‘llanmalarini 
e’tiborga olmaganda, keyingi yillarda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida maxsus darslik, 
o‘quv  qo‘llanmalari  yaratilmadi.  Ayniqsa,  amaliy  va  seminar  mashg‘ulotlar  bo‘yicha  maxsus 
qo‘llanma yo‘q. Natijada oliy o‘quv yurtlarida amaliy va seminar mashg‘ulotlari turlicha, ya’ni fan 
o‘qituvchisi qo‘lida mavjud, topgan manbalar asosida o‘qitilmoqda. 

Shu nuqtayi nazardan Samarqand davlat universiteti tavsiyasi bilan 5120100 – filologiya va 

tillarni  o‘qitish  ta’lim  yo‘nalishi  1-kurs  talabalari  uchun  nashr  etilgan  filologiya  fanlari  doktori, 
professor  Usmon  Sanaqulov,  filologiya  fanlari  nomzodi,  dotsent  Abdurahim  Turobovlarning 

“Tilshunoslik nazariyasi”

 (Samarqand, 2019. – 164 b.) nomli o‘quv qo‘llanmasi ham ilmiy, ham 

amaliy ahamiyatga ega. 

O‘quv  qo‘llanmaga  filologiya  fanlari  doktori,  professor  Jo‘liboy  Eltazarov  mas’ul 

muharrirlik,  filologiya  fanlari  doktori,  professorlar  Ne’mat  Turniyozov,  Azamat  Pardayevlar 
taqrizchilik qilishgan. 

“So‘zboshi”  qismida  o‘quv  qo‘llanmaning  maqsadi,  tuzilishi,  mavzularning  yoritilish 

tamoyili, uning yaratilishida mualliflarning ulushi kabi masalalar yoritilgan. 

Fanning  namunaviy  o‘quv  dasturi  asosida 

“Tilshunoslik  nazariyasi”    fanining  maqsad, 

vazifalari”, “Tilning ijtimoiy tabiati”, “ Til va tafakkur”, “Til – tafakkur – nutq madaniyati”, 
“Til – ramzlar tizimi”, “Tilning shakllanishi va taraqqiy usullari”, “Dunyo tillari va ularning 
tasnifi” 

kabi  ma’ruza  mavzulari  kichik  sarlavhalar  asosida  izchil  qismlarga  ajratish  asosida  

mukammal  yoritilgan.  Har  bir  mavzu  bayoni  oxirida  nazorat  uchun  savollar,  tayanch  so‘z  va 
birikmalar  berilgan,  adabiyotlar  tavsiya  etilgan.  Masalan, 

“Tilshunoslik  nazariyasi”  fanining 

maqsad, vazifalari”

 mavzusi 

“Tilshunoslik mustaqil fan sifatida”, “Tilning ijtimoiy, biologik, 

fiziologik  tabiati”,  Til  kishilar  o‘rtasida  aloqa  quroli  sifatida”,  “Vilgelm  fon  Gumboldt  va 
Ferdinand de Sossyurning til va tilshunoslik fanining o‘rganish sohasidagi fikrlari”, “Qiyosiy-
tarixiy  tilshunoslikning  vujudga  kelishi”,  “Intralingvistika”  va  “Ekstralingvistika” 

kabi 

bo‘limlarga  ajratish  asosida  yoritilgan  hamda  mavzu  yuzasidan  20  ga  yaqin  nazorat  savollari 
berilgan, foydalanish uchun 10 ta o‘zbek va rus tillaridagi adabiyotlar tavsiya etilgan. 

O‘quv qo‘llanmaning muhim yutug‘i har bir mavzu hozirga qadar yaratilgan adabiyotlar va 

to‘plangan tajribalar asosida keng, atroflicha, ravon va izchil uslubda yoritilgan. 


background image

Хорижий филология  

№2, 2020 йил 

 

 

132 

Professor N.Uluqovning “Tilshunoslik nazariyasi” (Toshkent: Barkamol fayz, 2016) o‘quv 

qo‘llanmasiga  asoslangan  holda,  mustaqil  ish  mavzulari,  ulaning  rejalari  va  bajarish  yuzasidan 
savol hamda topshiriqlar ham berilgan.  

O‘quv qo‘llanmaning 

“Tilshunoslik terminlarining lug‘ati”

 bo‘limida 250 dan ziyod soha 

terminlarining  alifbo  tartibida  o‘zbek,  rus  va  ingliz  tillaridagi  ro‘yxati  berilgan  (128-136-betlar). 
Albatta, mazkur terminlarning izohi ham berilganda qo‘llanmaning ilmiy va amaliy qimmati yanada 
ortar edi. 

Kitobning 

“Tilshunoslik nazariyasi fanidan test savollari”

 bo‘limida berilgan 100 ta test 

va ularning javoblari talabalarni o‘zini-o‘zi tekshirish, baholash va xatolar ustida ishlash imkonini 
berishi bilan muhim ilmiy hamda metodik ahamiyatga molikdir. Qo‘llanmaning keyingi nashrlarida 
testlarni miqdoran ko‘paytirish, soddalik va murakkablik darajasiga ko‘ra variantlar asosida berish 
samarali  bo‘ladi.  Keyingi  nashrlarida  o‘quv  qo‘llanmani  jadvallar,  chizmalar,  daliliy  materiallar 
bilan boyitish lozim. 

O‘quv  qo‘llanma  so‘ngida  60  dan  ziyod  o‘zbekcha,  ruscha  va  boshqa  xorijiy  tillardagi 

adabiyotlar  ro‘yxati  ham  berilishi  ham  uning  ilmiy  mohiyatini  oshirgan.  Adabiyotlar  ro‘yxatini 
yanada boyitish mumkin. Bu, albatta, talabalarning mustaqil o‘qib-o‘rganish imkoniyatini orttiradi. 

Xullas,  Usmon  Sanaqulov,  Abdurahim  Turobovlarning  “Tilshunoslik  nazariyasi”  nomli 

o‘quv  qo‘llanmasi  mazkur  fan  bo‘yicha  o‘quv  adabiyotlariga  bo‘lgan  ehtiyojni  bartaraf  etish 
barobarida  mutaxassislik  fanining  o‘qitish  sifati  va  samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi, 
kelgusida yaratiladigan darsliklarga asos bo‘ladi. 

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, “Tilshunoslik nazariyasi” fanining namunaviy o‘quv 

dasturini  mukammallashtirish,  nazariy  va  amaliy,  seminar  mashg‘ulotlari  uyg‘unligi  hamda 
mutanosibligini  ta’minlash,  shunga  mos  darsliklar,  o‘quv  lug‘atlarini  yozish,  nashr  etish  tayanch 
oliy o‘quv yurti va mutaxassislar oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. 

 
  

Nosirjon Uluqov,  

Namangan davlat universiteti` professori,  

filologiya fanlari doktori 

  

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов