Озбек таржимашунослигининг улкан ютуги

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
159-161
12
11
Поделиться
Мирзаев, И. (2021). Озбек таржимашунослигининг улкан ютуги. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (78), 159–161. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1670
И Мирзаев, Самаркандский государственный университет

профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Маълумки, Ўзбекистонда таржима амалиёти узоқ даврларга бориб тақалади: ИХ асрнинг биринчи ярмида Бағдодда Халифа Маъмун ар-Рашид томонидан асос солинган, дастлаб ―Байт ул-ҳикмат‖ (―Билимлар уйи‖), кейинчалик академия деб аталган, илм масканида фаолият кўрсатган Ҳусайн ибн Ишоқ, Собит ибн Курра, Хубайш, Бахтяшу, Қусто ибн Луқа ал-Баахбанний, Яхё ибн Адий, Ишоқ ал-Дамашқий, Тасаржувайхлар оиласи, Навбахий, ибн Муқаффа, ибн Можжа, ибн Вахшия ва бошқалар томонидан юнон, яхудий, санскрит, сурёний ва форс тилларидан жуда кўплаб илмий адабиёт, фалсафий, дидактик характердаги ноёб асарлар араб тилига таржима қилинган, уларга шарҳлар ёзилган ва бутун мусулмон дунёсига тарқатилган. Айнан шу таржималар бизгача етиб келган. Эътиборли томони шундаки, бу таржималар араб илм-фани, маданияти ва таълимида эришилган манбалар билан бойитилган. Кейинчалик асарлари таржима қилинган мамлакатлар инқирозга учраганда, арабча таржималарни яна ўз тилларига ўгирганлар. Бошқача айтганда, улар ўз асарларини араб илм-фани ва маданиятининг энг сўнгги ютуқлари билан бойитилган ҳолда яна таржима қилиб олганлар


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

159

REVIEW ТАҚРИЗ

O‟ZBEK TARJIMASHUNOSLIGINING ULKAN YUTUG‟I

Ma‘lumki, O‘zbekistonda tarjima amaliyoti uzoq davrlarga borib taqaladi: IX asrning

birinchi yarmida Bag‘dodda Xalifa Ma‘mun ar-Rashid tomonidan asos solingan, dastlab ―Bayt ul-
hikmat‖ (―Bilimlar uyi‖), keyinchalik akademiya deb atalgan, ilm maskanida faoliyat ko‘rsatgan
Husayn ibn Ishoq, Sobit ibn Kurra, Xubaysh, Baxtyashu, Qusto ibn Luqa al-Baaxbanniy, Yaxyo ibn
Adiy, Ishoq al-Damashqiy, Tasarjuvayxlar oilasi, Navbaxiy, ibn Muqaffa, ibn Mojja, ibn Vaxshiya
va boshqalar tomonidan yunon, yaxudiy, sanskrit, suryoniy va fors tillaridan juda ko`plab ilmiy
adabiyot, falsafiy, didaktik xarakterdagi noyob asarlar arab tiliga tarjima qilingan, ularga sharhlar
yozilgan va butun musulmon dunyosiga tarqatilgan. Aynan shu tarjimalar bizgacha yetib kelgan.
E‘tiborli tomoni shundaki, bu tarjimalar arab ilm-fani, madaniyati va ta‘limida erishilgan manbalar
bilan boyitilgan. Keyinchalik asarlari tarjima qilingan mamlakatlar inqirozga uchraganda, arabcha
tarjimalarni yana o‘z tillariga o‘girganlar. Boshqacha aytganda, ular o‘z asarlarini arab ilm-fani va
madaniyatining eng so`nggi yutuqlari bilan boyitilgan holda yana tarjima qilib olganlar.

O`zbekistonda tarjima tarixi olimlarimiz tomonidan o‘z vaqtida yozilgan. Bu borada marvlik

Abu Ali Yaxyo ibn Mansur, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy, adib,
mutarjim va tarjimashunos prof. Jumaniyoz Sharipovlarning xizmatlari e‘tiborga molik.
Prof. J.Sharipovning O‘zbekistonda tarjima tarixiga bag‘ishlangan maqolalari va ikki jildlik
kitobidan o‘tmish tarjimonlarimiz kimlar bo‘lganligi, qaysi asarlarni qanday tillardan o‘girganliklari
haqida ma‘lumot olish mumkin.

Garchi o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar sifatiga o‘z davrida munosabat bildirilgan bo‘lsa-da,

bizni tarjimashunoslik alohida fan sifatida rus olimlari (xususan, A.V.Fedorov, I.Kashkin,
K.Chukovskiy, E.G. Etkind va b.) ta‘sirida yuzaga keldi va shakllandi. Bunda J.Sharipov,
N.Vladimirova, Q.Musayev, G‘.Salomov, N.Komilov, U.Sotimov, M.Xolbekov, tarjima
amaliyotining lisoniy, uslubiy va adabiy aspektlarini o‘rgangan yana ko‘plab olimlarning xizmati
katta. Prof. G‘.Salomovning ―Til va tarjima‖ asari (T., 1966) O‘zbekistonda tarjima ilmi va
amaliyoti bo‘yicha to‘plangan nazariy ma‘lumotlarning sintezi o‘laroq yuzaga keldi.

Mustaqillik yillarida tarjima amaliyoti behad rivojlandi, bevosita chet tillardan o‘zbek tiliga,

o‘zbek tilidan chet tillarga tarjimalar ko‘paydi. Natijada buyuk ajdodlarimizning asari rus (yoki
boshqa tillar) orqali emas, balki bevosita o‘zbek tilidan tarjima qilinadigan bo‘ldi. Biroq, shu
yillarda tarjima ilmi bir joyda depsinishdan nari o‘tolmadi. Marhum prof. M.Xolbekovning bir–ikki
kitobi, himoya qilingan bir necha dissertatsiyadan boshqa deyarli hech narsa qilinmadi. Va
kutilmaganda taniqli olim, tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassis,
prof. Sh.Safarovning ―Tilshunoslikning kognitiv asoslari‖ nomli fundamental monografiyasi chop
etildi. Lingvokognitiv ta‘limotning eng so‘nggi yutuqlari asosida tayyorlangan ushbu monografiya
tarjima ilmi va amaliyoti bilan shug‘ullanadiganlar, shuningdek, umuman, tilshunoslik masalalari
bilan qiziqadiganlar uchun ham birdek foydali, ma‘qul va manzur bo‘lishi shubhasiz.

Prof. Sh.Safarovning mazkur asari an‘anaga ko‘ra, muqaddima, bir-biridan dolzarb

mavzularda yozilgan o‘n bob, o‘zbek va ingliz tillarida berilgan rezyume va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topgan. Quyida shu monografiyaning aksariyat tarjimashunoslar
uchun yangi mavzu-tarjima jarayoni tadqiqining kognitiv tamoyillari haqida so‘z yuritamiz
(Sh.Safarov 2019, 67-91) .

Kognitiv yondashuvning, muallif to‘g‘ri ta‘kidlaganidek, mental (aqliy) faoliyat

hosilalarini o‘rganuvchi barcha fanlarda keng ko‘lamlarda kirib borayotgani ilm-fanning butun
e‘tibori ontroposentrik tadqiqotlarga qaratilgani bilan izohlanadi. Binobarin, inson ongi mahsuli
bo‘lgan tarjima amaliyoti ham kognitiv jarayondir. Sh.Safarov kognitivist olim sifatida buni
boshqalarga qaraganda teranroq fahmlaydi va tarjimashunoslik kognitiv faoliyat bilan bog‘liq
jarayonlarni o‘rganish o‘rniga, asosan, tarjimonning rolini baholash bilan mashg‘ul ekanligini asosli
e‘tirof etib,‖ …til kognitiv jarayonlarning ―iz‖ larini uzluksiz va seroblik bilan mo‘l-ko‘l aks


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

160

ettiradigan yagona tabiiy hodisadir. Shunday ekan tarjima muammolarining yechimini
ta‘minlaydigan mental hodisalar tahlili muhim rolini o‘tashi aniq ―,-deb yozadi (Sh.Safarov 2019,
68).

Xullas, prof. Sh.Safarovning ―Tarjimashunoslikning kognitiv asoslari‖ nomli monografiyasi

O‘zbekistonda kognitiv tarjimashunoslikning yuzaga kelishi va alohida muhim ilmiy yo‘nalish
sifatida shakllanishida muallif Dan Shperber bilan D‘erdru Vilsonlarning relevantlik (haqiqatga
moslik, muqobillik) nazariyasida tagma‘nosi (yashirin axborot) yetakchi omil o‘rinni egallashini
to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Chunki kognitiv faoliyat asnosida qilinadigan xulosalar matn (axborot)
mazmuni mag‘zini o‘zida mujassam etadi. Bu xil xulosalar chiqarishga nisbatan ―interferensiya‖
atamasini qo‘llaydigan nazariy yondashuvda ―Kontekst‖ va ―relevantlik tamoyili‖ tushunchalariga
tez-tez murojaat qilinadi. Bunda ―kontekst‖ yoki ―kognitiv muhit‖ tushunchalarining qo‘llanishida
xulosa chiqarish manbayi, zahirasi nazarga tutilsa, ―relevantlik tamoyili‖ esa inferensiyani
boshqaradi, ya‘ni chiqariladigan xulosalarning me‘yorini, chegarasini belgilaydi (Sh. Safarov, o‘sha
asar, 70).

Sh. Safarov o‘z fikrini asoslash uchun dialogik nutqdan quyidagi misolni keltiradi:
Ahmad: Tushlikka biz bilan borasanmi?
Toshmat: Soat birlar atrofida biroz vaqtga bankka kirishimiz kerak.
Mazkur nutq parchasining relevantligini ta‘minlash uchun Sh. Safarov quyidagilarni asos

qilib keltirdi: ―Toshmatning javobi aniq bir propozitsiya shakliga ega bo‘lishi uchun ushbu nutqiy
tuzilma referenti to‘ldirilishi, ma‘no jihatidan aniqlashtirilishi, lozim bo‘lganda, boyitilishi zarur.
Bu xildagi mantiqiy–lisoniy amallarning bajarilishi kontekstdagi ma‘lumotlar asosida ta‘minlanib,
relevantlik tamoyili nazoratida bo‘ladi. Jumladan, Ahmad berilgan javobning mazmunini anglashi
uchun ―

bizlar

‖ shaklining referentini topishi kerak. Xuddi shuningdek, ―

biroz vaqt

‖ birikmasining

referentini izlash shart, chunki ―

biroz vaqt

‖ bir necha daqiqanimi yoki bir necha soatni

anglayotganligini bilish muhimdir. Faqat shu kabi amallarning bajarilishi Toshmat tushlikka
taklifga rad javobini berayotganini ravshanlashtiradi‖, (Sh.Safarov, o‘sha asar, 70-71).

Monografiyada tarjimaning relevantligini ta‘minlashda falsafaning umumiylik, xususiylik va

yakkalik kategoriyasi talablariga amal qilish muhimligi ta‘kidlanadi. Aks holda, ―nazariy talqinlar-
xulosalar puchga chiqib, ilmiy tafakkurning poydevori vayronagarchilikka yuz tutadi‖
(Sh.Safarov,o‘sha asar, 72). Mazkur falsafiy kategoriya, til va kognitsiya ( kognitiv mushohada )
munosabati barqarorligini ta‘minlaydi. Til (sinergetik ong) va kognitsiya birlashgan joyda matn
hamda uning tarjimasi mantiqiy izchil, mazmunan teran, tushunarli bo‘ladi.

Tarjima ilmi va amaliyotining kognitiv masalalariga doir metodologik xarakterdagi fikr-

mulohazalarni umumlashtirish asnosida monografiya muallifi quyidagi xulosalarga keladi:

―Shunday qilib, tarjima jarayonining kognitiv tamoyillari tatbiqida quyidagi xususiyatlar

oldingi o‘ringa chiqadi:

a)

ma‘noni tushunish va qayta ifodalashning kognitiv bosqichlari mavjudligi;

b)

axborotni xotirada saqlashning muhimligi;

v) jarayonning lisoniy va nolisoniy elementlar yakdilligida ta‘minlanadigan dinamik ta‘biati;
g) jarayonning nochiziq yo‘nalishda kechishi, uning matnning bir tekis taraqqiyotiga
bo‘ysunmasligi;
d) avtomatik va oqilona, nazoratli va nazoratsiz harakatlarning faollashuvi. Tarjima beixtiyor
va nazoratli bajariladigan harakatlar zamirida yaratiladigan axborot manbalarini tanlaydi;
e) jarayonning maxsus strategiyalar asosida, muammolar yechimini izlash va qaror qilish
harakatlari faolligida kechishi.

Ushbu turdagi xususiyatlarning keng ko‘lamda bo‘lishi tarjimani nochiziqli, sinergetek

tartibotli jarayon sifatida tavsiflashga undaydi hamda uni nazoratli va nazoratsiz, beixtiyor
harakatlar uyg‘unligida kechishidan darak beradi (Sh.Safarov, o‘sha asar, 91-92-betlar).

Xullas, prof. Sh.Safarovning ―Tarjimashunoslikning kognitiv asoslari‖ (―Cognitive basis of

translation studies‖) nomli monografiyasi mazmunan ham, tahlilga tortilgan mavzularning
dolzarbligiga va ularning o‘zgacha talqin qilinganligi bilan ham o‘zbek tarjima ilmi hamda


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

161

amaliyotini yangi nazariy ma‘lumotlar bilan boyitadi va kelgusida yaratilajak kognitiv
tarjimashunoslik uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Adabiyotlar:

1.

Bertels E.Y Sufizm va tasavvuf adabiyoti. Rus tilidan Ibodulla Mirzayev tarjimasi.-S.:

SamDU, 2006.

2.

Ma‘mun akademiyasi // uz.m.vilipedia.org.

3.

Safarov Sh. Tarjimashunoslikning kognitiv asoslari -T.:2019.

SamDU professori I.K.Mirzayev








































Библиографические ссылки

Bertels E.Y Sufizm va tasavvuf adabiyoti. Rus tilidan Ibodulla Mirzayev tarjimasi.-S.: SamDU, 2006.

Ma’mun akademiyasi // uz.rn.vilipedia.org.

Safarov Sh. Tarjimashunoslikning kognitiv asoslari -T.:2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов