Особенности языка жанра репортажа (на материале таджикоязычных газет Узбекистана)

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
55-60
51
69
Поделиться
Рахимкулов, Г. (2017). Особенности языка жанра репортажа (на материале таджикоязычных газет Узбекистана). Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(2 (63), 55–60. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/521
Гайрат Рахимкулов, Самаркандский государственный университет
преподаватель кафедры таджикского языка и литературы
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье на ярких примерах освещены вопросы особенностей языка в жанре репортажа. Также проведѐн анализ уровня знаний языка таджикской прессы, специфика, значимость и языковой состав жанра репортажа

Похожие статьи


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

55 

 

REPORTAJ  JANRINING TIL XUSUSIYATLARI 

(O„zbekistondagi tojik gazetalari  misolida) 

 

Rahimqulov G‘ayrat, 

SamDU tojik tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi 

Каlit so‘zlar: 

gazeta tili, tojik tilida chop etilayotgan gazetalar, reportaj atamasi, ommaviy 

axborot vositalarining tili va uslubi.

 

 

O‗zbekistondagi tojik matbuoti tilining  

tadqiq etilishi, ya‘ni Mustaqillik yillarida tojik  
gazetalari  tilida  yuz  bergan  o‗zgarishlarni  
ilmiy  baholash  ham  nazariy,  ham  amaliy 
ahamiyatga  ega  bo‗lib,  shu  kunning  dolzarb 
muammolaridan 

hisoblanadi. 

Masalaning 

dolzarbligi  O‗zbekiston  Respublikasining 
«Davlat tili haqida»gi qonuni talablari ijrosini 
ta‘minlash nuqtai nazaridan ham muhimdir. 

Gazeta 

materiallarining 

jamiyat 

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy 
turmushini 

yoritishni 

qanchalik 

qamrab 

olganligi,  janr  tanlash  imkoniyatlari  va  tildan 
qanday  foydalanilayotganligi  uning  internet 
jurnalistikasi  va  radio-televideniye  bilan 
raqobatda  o‗z  o‗rnini  topishiga  yordam 
beradi.  Gazetaning  jamiyatdagi  mavqeini 
baholash, yutuq va kamchiliklarini ko‗rsatish, 
tegishli ilmiy va amaliy tavsiyalar berish bilan  
uning rolini oshrish  bugungi  kunning dolzarb 
muammolaridan  biriga  aylanmoqda.  Demak, 
gazeta tili, jumladan, O‗zbekistonning hozirgi 
davrda  tutgan  yo‗li,  Prezident  farmonlari  va 
qarorlari,  Hukumat  siyosatini  o‗ziga  xos 
tarzda  boshqa  millat  vakillariga  targ‗ib-
tashviq qilayotgan tojik matbuotining tili ham 
atroflicha  ilmiy  tadqiq  qilinishi  lozim,  deb 
hisoblaymiz.      

O‗zbekiston  ning  birinchi  Prezidenti 

Islom  Karimovning  «O‗zbekiston  buyuk 
kelajak  sari»  kitobida  bayon  etilgan  fikrlari 
ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil 
etish  uchun  katta  xizmat  qildi  va  matbuotga 
e‘tibor nihoyatda oshdi [9:557-558]. 

Hozirgi  davrning  shunday  talablari  va 

I.Karimovning 

dasturiy 

ko‗rsatmalari 

O‗zbekiston  ommaviy  axborot  vositalari, 
shuningdek,  tojik  tilida  chop  etilayotgan 
gazetalar  oldiga  ham  muhim  vazifalarni 
qo‗ydi.  Shu  jihatdan  Respublikamizda  tojik 

tilida  chop  etilayotgan  gazetalarning  tili  va 
uslubini o‗rganish muhimdir. 

Tojik  tilshunosligida  gazetalar  tili  va 

uslubi  boshqa  milliy  tillar  (rus,  o‗zbek  va 
boshqa)  kabi  atroflicha  ilmiy  o‗rganilmagan 
bo‗lsa  ham,  ba‘zi  ilmiy  maqolalar  chop 
etilmoqda. 

Jumladan, 

I.Usmonovning 

tadqiqotida  1917-1929  yillar  nashr  etilgan  
tojik  matbuoti  tiliga  doir  tarixiy  ma‘lumotlar 
o‗z ifodasini topgan [15: 23]. 

T.  Berdieva  tojik  tili  gazetalari  tilida  

termin  qo‗llash  masalalari  va  o‗ziga  xos 
leksikasi to‗g‗risida fikr yuritgan [2:115]. 

R.To‗raxo‗jaevaning 

nomzodlik 

dissertatsiyasida 

«Haqiqati 

O‗zbekiston» 

(hozirgi «Ovozi tojik») gazetasida tojikcha va 
arab  tiliga  xos  so‗zlarning  ishlatilishi  tahlil 
etilgan [ 14:123]. 

M.  Shakurining[20:180]  «Har  suxan 

joevu  har  nukta  maqome  dorad»  nomli  ilmiy 
risolasida  tojik  gazetalari  tili  leksikasining 
ayrim kamchiliklari to‗g‗risida fikr  yuritilgan 
[20:180]. 

Mustaqillik 

davrida 

Tojikiston 

Respublikasidagi 

tojikcha 

gazetalarning 

tilidagi  jiddiy  kamchiliklar  to‗g‗risida  ham 
ayrim 

tadqiqotlar 

yaratilgan. 

Prof. 

B.Kamoliddinov  [7:182]  «Adabiyot  va 
san‘at»,  «Ma‘rifat»,  «Payomi  Dushanbe», 
«Javononi  Tojikiston»,  «Charxi  gardun», 
«Jumhuriyat»,  «Junbish»,  «Sadoi  mardum» 
va  boshqa  gazetalarning  tilini  tahlil  etib,  
ulardagi  lug‗aviy,  fonetik,  uslubiy  va 
grammatik 

kamchiliklarni 

faktlar 

bilan  

asoslaydi [7:182]. 

«Zabon  va  istiqlol»  nomli  ilmiy 

maqolalar to‗plamida Tojikiston Respublikasi 
mustaqillik  davri  tojik  matbuoti  tilining  ko‗p 
muhim 

masalalari 

yoritilgan 

[3:107]. 

Shuningdek,  prof.  M.  Qosimova  «Ba‘ze 
qaydho dar borai zaboni axbori omma»

 

nomli 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

56 

 

maqolasida gazeta va jurnallarda so‗z va so‗z 
birikmalarini o‗z o‗rnida ishlatmaslik va tojik 
tili imlo qoidalariga rioya etmaslik to‗g‗risida 
mulohaza bildirgan [12:41-48]. 

Tojik  tilshunosligida  olib  borilgan  bu 

kabi  tadqiqotlar  diqqatga  sazovor,  ammo 
ularda  ommaviy axborot vositalarining tili va 
uslubi maxsus o‗rganilmagan. 

Mustaqillik  davrida  O‗zbekistonda 

nashr  etilayotgan  «Ovozi  tojik»  va  «Ovozi 
Samarqand» 

gazetalarining 

ham 

Prezidentimiz  va  Hukumatimiz  siyosatini 
keng  ommaga  etkazishdagi  roli  tobora  oshib 
bormoqda. 

Respublikamiz 

hayotini, 

islohotlarning 

mohiyatini 

tushuntirish, 

xalqning kelajakka ishonchini yanada oshirish 
sohasida 

muhim 

manbalardan 

biri 

hisoblangan 

ushbu 

gazetalarning 

tilini 

o‗rganish  bo‗yicha    maxsus  ilmiy  tadqiqot  
hozirgacha yaratilgan emas. 

O‗zbekistonda  nashr  etilayotgan  tojik 

gazetalari tilining shakllanishi,  gazeta tilining 
turli  janrlari  bo‗yicha  xos  xususiyatlarini 
tadqiq  qilish  «Ovozi  tojik»  va  «Ovozi 
Samarqand»  gazetalarining  ta‘sirchanligini 
oshirishga 

ham 

xizmat 

qiladi. 

Ushbu 

maqolada  reporataj  janrining  ayrim  til 
xususiyatlarini yoritishga harakat qildik.   

Reportaj 

(guzorish) 

fransuzcha 

(reportage)  so‗zidan  olingan  bo‗lib,  xabar 
bermoq, 

xabardor 

qilmoq 

ma‘nosini 

ifodalaydi 

[17:378]. 

Reportaj 

axborot 

janrlarining 

bir 

turi 

bo‗lib, 

tojik 

publitsistikasida 

ilmiy 

jihatdan 

maxsus 

o‗rganilmagan.  I.Usmonovning    nomzodlik 
dissertatsiyasida  umumiy  ma‘lumot  berilgan, 
xolos [15:119].  

Reportaj  so‗zi  lug‗atlarda  quyidagicha 

izohlangan:  «Reportaj  -  jurnalistikaning 
informatsiya janri. Jurnalist o‗zi ishtirok etgan 
tantana  yoki  voqea-hodisa  haqida  xabar 
beradi.  Reportajlar  har  xil  bo‗ladi.  Gazeta 
reportaji  tematik  va  voqeaband  bo‗lib,  unda 
suratlar ham foydalaniladi» [1: 25-26]. 

«Reportaj 

atamasi 

lotincha 

«reportare»dan 

olingan 

bo‗lib, 

«xabar 

qilmoq», 

«darak 

bermoq» 

ma‘nosini 

anglatadi…  Atama  XIX  asrning  birinchi 
yarmida  paydo  bo‗lgan…  Reportaj  bugunda 

jurnalistning  o‗zi  guvohi  yoki  ishtirokchisi 
bo‗lgan  voqea-hodisalar  to‗g‗risidagi  tezkor 
hikoyasini  bildiradi.  Mazkur  janrda  yozilgan 
materialda  hodisa  joyida  «bo‗lish»  hissi 
yuzaga keltiradi» [5:210].  

Hozirgi  vaqtda  reportaj  ikki  ma‘noni 

bildiradi:  «1)  radio  va  televideniye  orqali 
voqea  sodir  bo‗lgan  joydan  olib  borilayotgan 
eshittirish yoki ko‗rsatuv; 2) vaqtli matbuotda 
yoritilgan  mahalliy  mavzulardagi  qisqa  xabar 
va axborot» [18:212].   

"O‗zbek 

tilining 

izohli 

lug‗atida 

shunday  ta‘rif  berilgan:  "Reportaj  (r). 
Matbuot, 

radio, 

televideniyeda: 

sodir 

bo‗layotgan 

voqea-hodisalardan 

olib 

boriladigan  mahalliy  mavzulardagi  xabar, 
maqola"[16:622]. 

A.Abdusaidov 

o‗zbek 

matbuotida 

reportaj janrining til xususiyatlarini o‗rganib, 
mavjud  tadqiqotlardagi  quyidagi  fikrlarga 
tayangan:  "Reportaj  -  bu  ma‘lum  bir  vaqtda 
sodir  bo‗lgan  voqea  haqidagi  hikoyadir. 
Reportaj  avvalo  boshqa  janrlardan  turli 
harakatlarning, 

voqea 

detallarining 

va 

dinamikasining  ko‗pligi  bilan  farq  qiladi. 
Reportajni  faktlar  orqali  suhbatlashish  desa 
bo‗ladi.  Jurnalist  sodir  bo‗lgan  voqea  haqida 
hikoya  qilganda  go‗yo  gazetxon  yoki 
jurnalxon  xuddi  o‗zi  ko‗rgandek  tasavvurga 
ega  bo‗lishi  kerak.  Reportaj,  avvalo, 
gazetxonga  ma‘lum  bo‗lmagan  bironta 
yangilik  haqida  mukammal  hikoya  qilishdan 
iborat". 

Reportajda  boshqa  axborot  janrlari 

singari  haqqoniylik,  faktlarga  asoslanish, 
operativlik,  ta‘sirchanlik  kabi  omillar  juda 
muhimdir.  Yаngilik  reportajning  asosi 
hisoblanadi.  Ma‘lum  voqea-hodisa,  faktlar 
hamda  tezkorlik  bilan  voqea  sodir  bo‗lgan 
joydan  tayyorlangan  material  reportajning 
magzini  tashkil  etadi.  Unda  voqea  joyi 
tasvirlanadi, 

jonli 

muloqotlar 

beriladi, 

ko‗pincha,  materiallarda  tantanavorlik  aks 
etadi. 

Reportajning 

asosini 

axborot 

(informatsiya)  tashkil  etadi  va  xabar  berish 
asosiy o‗rinni egallaydi, voqea-hodisa, faktlar 
tahlil qilinmaydi. 

Ayrim  reportajlar  voqea  sodir  bo‗lgan 

joy tasviridan yoki kishilar bilan muloqotdan, 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

57 

 

yo  voqea  tarixi  haqidagi  qisqacha  hikoyadan 
boshlanadi. Reportaj ta‘sirchan, operativ janr 
sifatida  gazetaning  mavzu  jihatdan  rang-
barangligini  ta‘minlaydi  va  o‗qimishliligini 
oshiradi. 

Reportajda    oddiy  bayonchilikdan  ko‗ra 

obrazli ifoda ustun turadi. Bu esa jurnalistdan 
mahorat  va  chuqur  bilim  talab  etadi.  Chunki 
reportajda  axborot  jonli,  ta‘sirchan  ifoda 
qilinadi. 

Reportajda  voqea  joyi  tasviri  ham 

muhim rol o‗ynaydi. Joy tasviri va tantanavor 
ruhni 

berish 

uchun 

obrazli 

ifodalar, 

emotsional-ekspressiv 

bo‗yoqdor  so‗zlar, 

o‗xshatishlar, 

sifatlashlardan 

unumli 

foydalaniladi.  Kishilar  bilan  muloqotning 
jonliligini ta‘minlash maqsadida dialoglar ham 
ishlatiladi,  voqea  qatnashchilarining  nutqi 
beriladi. Chunki reportajda qahramonlar so‗zi 
muhim ahamiyatga ega. 

   "Reportaj  ko‗p  jihatlari  bilan  ocherkka 

yaqin  turadi.   Ocherk  ham, reportaj ham fakt 
va  voqealarning  guvohi  bo‗lgan  kishi 
tomonidan  yoziladi.  Lekin  ocherk  o‗zining 
publitsistik ruhi, chuqur fikr yuritish va tahlili 
bilan  reportajdan  farq  qiladi.  Reportyor 
o‗zining  qisqa  materiali  orqali  voqeaning 
muhimligini ta‘kidlaydi.   Shuning uchun ham 
reportajda  ortiqcha  tasvir  bo‗lmasligi  kerak.   
Reportaj  yorqin  va  lo‗nda  bo‗lishi  kerak. 
Jumlalar ixcham,  tili ravon bo‗lmog‗i lozim". 

Publitsistik  janrlarning  o‗ziga  xos 

xususiyatlarini  izchil  tadqiq  qilayotgan  olim 

 

Muxtor Xudoyqulov o‗zining ―Jurnalistika va 
publitsistika‖  nomli  o‗quv  qo‗llanmasining 
―Reportaj  -  publitsistikaning  muhim  janri 
sifatida‖ [19:135] sarlavhali qismida e‘tiborni 
tortadigan  fikrlarni  bayon  etgan.  Ma‘lumki, 
informatsion 

nublitsistikaning 

asosiy 

janrlaridan  biri  reportajdir.  Reportaj  so‗zi 
lotincha bo‗lib, etkazib berish degan ma‘noni 
bildiradi. 

Reportaj 

voqea, 

hodisalarni 

bevosita,  jonli  aks  ettiruvchi,  tezkor  yoritib 
beruvchi  informatsion  materialdir.  Uning 
oddiy xabardan farqi shuki, xabarda hayotdan 
olingan  fakt,  voqea,  hodisalar  umumiy,  ya‘ni 
qayd  etish  tarzida  bayon  etilsa,    reportajda  
fakt,  voqea  va  hodisalar  haqida  bevosita, 
o‗sha voqea- hodisa bo‗lib o‗tayotgan paytda, 

shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan 
to‗g‗ridan  -  to‗g‗ri  xabar  beriladi,  boshqacha 
qilib 

aytganda, 

hayot 

voqealari 

qayd 

etilmaydi,  balki  harakatda,    jonli  tasvirlanadi 
hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok 
etadi.  

M.Xudoyqulov 

―Jurnalistika 

va 

publitsistika‖  nomli  kitobining    ―Borliqning 
jonli  aksi‖  [19:163-164  ]  sarlavhali  qismida 
reportajning 

quyidagi 

turlarini 

ajratib 

ko‗rsatgan:  ―Reportaj  aks  ettirayotgan  ob‘ekti 
nuqtai  nazaridan 

voqea  reportaji,  muayyan 

mavzuga bag„ishlangan reportaj, muammoli 
reportaj, reportaj-sharh 

kabilarga bo‗linadi.  

Reportaj  qaysi  ommaviy  axborot  vositasida 
berilishiga  qarab 

gazeta  reportaji,  jurnal 

reportaji,  radioreportaj 

va 

telereportaj 

kabi xillarga bo‗linadi. 

 

Yаngiliklar  xususida  nisbatan  tezkor 

xabar beradigan janrlardan biri reportaj bo‗lib, 
unda  jamiyat  turmushidagi  muhim  voqealar 
haqida  jonli,  ta‘sirchan  hikoya  qilinadi. 
Reportaj  materialini  asosan  ishlab  chiqarish 
sohasidagi  yangiliklar  (korxonalarning  ishga 
tushirilishi,  yutuqlari  va  hokazo),  bayramlar 
tafsilotlari  tashkil  etadi.    Bu  janrda  asosan 
umumiste‘mol  so‗zlardan  foydalanilsa  ham, 
voqealarni  jonli  tasvirlashda  bo‗yoqdor 
so‗zlar,  ifoda-tasvir  vositalari,  tasviriy 
ifodalardan  ham  o‗rni  bilan  foydalaniladi, 
chunki 

mazkur 

vositalar 

so‗zlarning 

«jilolarini  ming  bir  qirrasi  bilan  ko‗rsata 
oladigan  va  shu  orqali  ona  tilimizning 
naqadar  boy  hamda  go‗zal  ekanligini 
namoyish  etishga  tayyor  turgan  bitmas-
tuganmas  imkoniyatdir»  [11:68  ].  Jurnalist 
voqealarni jonli tasvirlash uchun dialoglardan 
ham  keng  foydalanadi.  Zero,  mazkur  janrda 
personajlar nutqi katta ahamiyatga ega. 

Reportajda 

qahramonlar 

xarakterini 

ochish  emas,  balki  voqeani  jonli,  tantanavor 
tasvirlash  muhimdir.    Reportaj  janrining 
xususiyatlaridan  biri  shuki,  unda  ta‘sirchan, 
ko‗p      ma‘noli  so‗zlar,  so‗z  birikmalari  ko‗p 
ishlatiladi.  Ayrim  reportajlarda  sarlavha 
ostida «reportaj» so‗zi qayd etilib, sarlavhaga 
kengroq  izoh  berilgan.  Bu  holat  diqqatni 
tortishga  xizmat  qiladi:  Idi  chustu  choloki  va 
mahorat  megardad  [Ot.,  14.05.03],  «Halqai 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

58 

 

vaslkunandai  Sharqu  G‗arb»,  Afkori  jomea 
dar borai anjumani Siyoh, Boz bahori Boysun 
faro  rasid,  «Dastgohhoi  baxosiyat»,  «Dehae 
dar sinai ko‗h» va shu kabilar. 

«Ovozi  tojik»  gazetasi  materiallarining 

tahlili  shuni  ko‗rsatdiki,  reportaj  sarlavhasida 
ko‗pincha  bayram,  tantanali  kunlar,  odamlar 
tantanali  hayotining  lahzalari  kabilar  aks 
ettirilgan: 

Sho„hrati  «Do„stlik»  az  mehnat

 

[Ot.,4.01.03], 

Kishvari  orzuhoi  pokiza

  [Ot., 

25.01.03], 

Jashni  farxundai  olimi  mumtoz

 

[Ot.,  8.01.03], 

«UzDEUavto»:  dar  soli  nav 

110  hazor  avtomobil

  [1.01.05], 

Dar  pesh 

hududu  ufuqhoi  nav  ba  navand

  [Ot., 

31.01.07], 

Sahifai  zarrini  solnomai  boksi 

jahon

  [Ot.,  18.04.07], 

Kalidi  muvaffaqiyatho

 

[Ot.,  24.01.07], 

«Lukoyl  oversiz»  soxtmoni 

havzakro anjom dod

 [Ot., 16.04.08]. 

Reportajda voqeaning jonli tarzda tasvir 

etilganligi 

unda 

ta‘sirchan, 

bo‗yoqdor 

so‗zlarni  ko‗proq  ishlatish  hisobiga  bo‗lgan: 

obhoi  jonbaxsh 

[Ot.,  3.07.02], 

tashnagoni 

ma‟rifat,  sahifahoi  duraxshon  dar  ta‟rixi 
farhang,  in  shaxson  hangomi  donishjo„i  niz 
obu  otash  budand

  [Ot.,  19.04.03], 

kalidi 

muvaffaqiyati  dehqon

  [Ot.,  24.01.07], 

olami 

boks, sahifai navi tilloi

 [18.04.07]. 

Reportaj 

janri 

tilining 

tarkibini 

quyidagicha tasniflash mumkin: 

1.  Yangi  so‗zlar  (neologizmlar). 

«Ijtimoiy 

hayotda 

yuz 

berayotgan 

o‗zgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada 
o‗z  aksini  topadi.  Shuning  uchun  ham 
leksikaning  boyib  borishi  tildagi  boshqa 
elementlarga  qaraganda  birmuncha  aktivdir» 
[13:40].  Shuningdek,  jamiyatimizning  turli 
sohalarida 

yuz 

beradigan 

har 

qanday 

yangiliklar  yangi  so‗zlar  vositasida  tilda  aks 
ettiriladi: 

naqsha,  sodirot

  [Ot.,  1.01.05], 

shirkat,  firma

  [Ot.,  15.11.06], 

varzish, 

varzishgar,  mushtzan,  tolor,  omo„zishgoh

 

[Ot.,  18.04.07], 

havopaymo,  jamoa,  furudgoh 

[Ot., 

31.01.07], 

fermer, 

bemorxona, 

furo„shgoh

 

[Ot., 

24.01.07], 

ittihodiya, 

xolding,  dollar,  istgoh

  [Ot.,  16.04.08]  shu 

kabilar. 

2.  Ruscha-baynalmilal  so‗zlar  ham 

voqea va hodisalarning aniq  bayon etilishiga 
xizmat  qilgan.  «XIX  asrning    II  yarmidan 

boshlab  rus  hukmronligi  vujudga  keltirilgan 
ijtimoiy  muhit  badiiy  adabiyot    rivojiga, 
xususan  unda  tildan  foydalanishiga  ham  o‗z 
ta‘sirini  ko‗rsatdi,  albatta…»[10:4].  Ana  shu 
ta‘sir  tufayli  bugungi  tojik  matbuotida  ham 
bir 

qator 

ruscha-baynalmilal 

so‗zlar 

ishlatilayapti: 

kadr,  texnologiya,  moshin, 

avtomobil

  [Ot.,  1.01.05], 

chempion,  boks, 

ekran,  televizor,  final,  nakaut,  jurnalist

  [Ot., 

18.04.07], 

aviatsiya,  park,  inspeksiya

  [Ot., 

31.01.07], 

kompressor, 

kondensat

 

[Ot., 

16.04.08], 

model,  salon,  bamper,  radiator, 

linza

 [Ot., 22.03.08] va boshqalar. 

3.    Arabcha  so‗zlar  ham  voqea  va 

hodisalarning  asl  mohiyatini  ochib  berishga 
xizmat qilgan. Bu so‗zlar ona tilimiz tarkibida 
ommaviylashgan: 

munosib, 

jashn

 

[Ot., 

15.11.06], 

taxassus,  mustaqil,  mustahkam

 

[Ot.,  1.01.05], 

muovin,  tajdid,  muttahid

  [Ot., 

22.03.08], 

bayraq,  iqtidor

  [Ot.,  18.01.07], 

majlis,  tarmim,  tajassum

  [Ot.,  31.01.07], 

mintaqa,  mahsulot,  muvofiq

  [Ot.,  16.04.08] 

shu kabilar. 

4.  Reportajda  juft  sinonimlarning 

ko‗plab  qo‗llanilishi  ham  nutqning  ta‘sirchan 
bo‗lishi  uchun  muhim  uslubiy  vazifani 
bajaradi.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  juft 
sinonimlar  his-hayajon  va  tantanali  ruh 
munosabatini 

bayon 

etishga 

xizmat 

qiladi[21:18-24].  Masalan,  «Idi  justu  choloki 
va  mahorat  megardad[Ot.,  14.05.03]  nomli 
maqolada quyidagi juft sinonimlar ishlatilgan: 

mazmunu  mundarija,  jadvalu  naqshaho, 
soxtanu  tajdid  gardonidan,  asbobu  anchom, 
diqqatu  e‟tibor,  xushu  xursand,  soxtanu 
tarmim,  hamjavoru  hammazhab,  hukumatu 
vazoratxonaho

  [Ot.,  22.02.03], 

jasorat  va 

mardonagi 

[Ot.,  18.04.07], 

tajdidu  tarmim

 

[Ot.,  31.01.07]    kabilar.  Ularning  jumlada 
muhim 

uslubiy 

vazifani 

bajarganligini 

quyidagi misollar orqali ko‗rish mumkin: 

Dar 

barobari 

ba 

dast 

ovardani 

kamarbandi  tilloii  chempioni 

jasorat  va 

mardonagiro

 namoish medod [Ot., 18.04.07]. 

 Tai  solho  parki  kishtihoi  havoi  kullan 

nav  shud,  …  furudgohho  ro‗i 

tajdidu 

tarmimro

 didand [Ot., 31.01.07]. 

5. 

«Frazeologizm 

tilning 

estetik 

funksiyasi  namoyon  bo‗ladigan  eng  yorqin 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

59 

 

elementlardan 

biridir» 

[4:96]. 

Tojik 

matbuotida  reportajlarda  xalq  maqollari  va 
frazeologik  birikmalar  ko‗p  qo‗llanilgan, 
chunki  ular  aniq  uslubiy  maqsad  bilan  fikrni 
ta‘sirchan  ifodalash  uchun  ishlatilgan  [7:---].

 

Masalan: 

  ba  zabon  giriftan,  rohi  hayot, 

maydoni  ilm,  mavji  tabrikot,  zabona  zadan

 

[Ot.,  8.01.03], 

dar  og„o„shi  maydon,  virdi 

zabon  gashtan,  musiqi  az  qalb  baromadan, 
sarhadi san‟at

 [Ot., 2.07.03], 

barnomai puxta, 

davlati shukufon

 [Ot., 18.01.03]. 

Reportaj  janrining  tili  boshqa  axborot 

janrlaridan jonliligi, ta‘sirchanligi bilan ajralib 
turadi.  Lekin  ocherk  janriga  qaraganda, 
reportajda  umumiste‘mol  so‗zlar,  neytral 
so‗zlar ko‗proq ishlatilgan.     

 

Аdabiyotlar 

1.

 

Abdurahmonov A. Gazeta jurnalistikasi terminlarining qisqacha izohli lug‗ati. - Toshkent: 

O‗qituvchi, 1983, 25-26-b. 

2.

 

Berdiyeva T. Gazetnaya leksika i voprosi terminologii. Mas‘alahoi zabonshinosi. - 

Dushanbe, 1983, 115-b.

 

3.

 

Zabon va istiqlol (majmo‗ai maqolaho). - Dushanbe, 2001, 107-b.

 

4.

 

   Yo‗ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. O‗quv qo‗llanma. - Samarqand, 1998, 96-

b.  

5.

 

Lug‗at  -  ma‘lumotnoma:  Jurnalistika,  Reklama,  Pablik,  Rileyshnz:  1700  ta  atama 

/Mualliflar  hay‘ati:  F.P.  Nesterenko  (rahbar),  M.  Kazem,  YA.  M.  Mamatova  va  boshq.  -  T.:  Zar 
qalam, 2003,  210-b. 

6.

 

Kamoliddinov B. Uslubshinosi. – Dushanbe: Irfon, 1977, 46-b

7.

 

Kamoliddinov B. Suxan az bahri digaron go‗yand. - Dushanbe: Internyus, 2001, 182-b.

 

8.

 

Karimov I. A. O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 

va taraqqiyot kafolatlari. - Toshkent: O‗zbekiston, 1997, 177-b. 

9.

 

Karimov I. A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - Toshkent: O‗zbekiston, 1998, 557-558-b. 

10.

 

 Karimov S. O‗zbek tilining badiiy uslubi. Monografiya. - Samarqand: Zarafshon, 1992. 

– 4 b.  

11.

 

Karimov S. A. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. O‗quv qo‗llanmasi. - 

Samarqand: SamDU nashriyoti, 1994, -68-b.

 

12.

 

Qosimova M. N. Ba‘ze qaydho dar borai zaboni omma. Zabon va istiqlol (majmo‗ai 

maqolaho). - Dushanbe, 2001. 41-48–b.

 

13.

 

Qo‗ng‗urov R. Q. , Karimov S.A., Qurbonov T. I. Nutq madaniyati asoslari. Leksiyalar 

teksti. - Samarqand: SamDU nashri, 1985,  40-b.

 

14.

 

Turaxudjaeva R. Leksicheskie novoobrazovaniya russko-internatsionalnogo  

roisxojdeniya v tadjikskom yazike (po materialam gazeti «Haqiqati O‗zbekiston» za 1950-1975 
g.g.). Dissertatsiya. - Dushanbe, 1986, 123-b.

 

15.

 

Usmonov I. K. Stanovlenie i razvitie tadjikskoy pechati v 1917-1929 g.g. AKD. -M., 

1976, 23-b.

 

16.

 

O‗zbek tilining izohli lug‗ati, 1 tom. - Toshkent, 1981, 622-b.

 

17.

 

O‗zbek tilining izohli lug‗ati. III  tom. -T.: «O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat 

ilmiy nashriyoti, 2006,  378-b.

 

18.

 

Hozirgi  o‗zbek  tili  faol  so‗zlarining  izohli  lug‗ati  /A.  Hojiev,  A.  Nurmonov,  S. 

Zaynobiddinov va boshqalar. -T.: SHarq, 2001, 212-b. 

19.

 

Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. O‗quv qo‗llanma.  - Toshkent: Universitet, 

2010, 135-bet.

 

20.

 

 

Shukurov M. Har suxan choevu har nukta maqome dorad.- Dushanbe: Irfon, 1985,180-b.

 

21.

 

G‗afforov R. Vazifai uslubii murodifho. - Ma‘rifat, №8, 1990. 18-24-b.

 

 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

60 

 

 

Рахимкулов  Г.  Особенности  языка  жанра  репортажа  (на  материале 

таджикоязычных  газет  Узбекистана).

  В  данной  статье  на  ярких  примерах  освещены 

вопросы  особенностей  языка  в  жанре  репортажа.  Также  проведѐн  анализ  уровня  знаний 
языка таджикской прессы, специфика, значимость и языковой состав жанра репортажа. 
 

Rahimqulov  G.  Linguistik  features  of  report  genre  (on  the  material  of  Tadjik 

newspapers). 

This  article  clearly  describes  the  linguistic  essence  of  report  genre  in  the  proof  of 

examples.  In  this  article  the  author  has  also  analysed  the  degree  of  learnedness  of  Tadjik  press, 
fealures and significance of report genre and lingual content of report genre. 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Abdurahmonov A. Gazcta jurnalistikasi terminlarining qisqacha izohli lug'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 1983, 25-26-b.

Berdiyeva T. Gazetnaya leksika i voprosi terminologii. Mas’alahoi zabonshinosi. -Dushanbe, 1983, 115-b.

Zabon va istiqlol (majmo'ai maqolaho). - Dushanbe, 2001, 107-b.

Yo'ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. O'quv qo'llanma. - Samarqand, 1998, 96-b.

Lug‘at - ma’lumotnoma: Jurnalistika, Reklama, Pablik, Rileyshnz: 1700 ta atama /Mualliflar hay’ati: F.P. Nesterenko (rahbar), M. Kazem, YA. M. Mamatova va boshq. - T.: Zar qalam, 2003, 210-b.

Kamoliddinov B. Uslubshinosi. - Dushanbe: Irfon, 1977, 46-b.

Kamoliddinov B. Suxan az bahri digaron go'yand. - Dushanbe: Intcmyus, 2001, 182-b.

Karimov 1. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - Toshkent: O'zbekiston, 1997, 177-b.

Karimov 1. A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. - Toshkent: O'zbekiston, 1998, 557-558-b.

Karimov S. O'zbek tilining badiiy uslubi. Monografiya. - Samarqand: Zarafshon. 1992. -4 b.

Karimov S. A. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. O'quv qo'llanmasi. -Samarqand: SamDU nashriyoti, 1994, -68-b.

Qosimova M. N. Ba’ze qaydho dar borai zaboni omma. Zabon va istiqlol (majmo'ai maqolaho). - Dushanbe, 2001.41-48-b.

Qo'ng'urov R. Q., Karimov S.A., Qurbonov T. 1. Nutq madaniyati asoslari. Leksiyalar teksti. - Samarqand: SamDU nashri, 1985, 40-b.

Turaxudjaeva R. Leksicheskie novoobrazovaniya russko-intcrnatsionalnogo roisxojdeniya v tadjikskom yazikc (po matcrialam gazeti «Haqiqati O'zbekiston» za 1950-1975 g.g.). Dissertatsiya. - Dushanbe, 1986, 123-b.

Usmonov 1. K. Stanovlenie i razvitic tadjikskoy pechati v 1917-1929 g.g. AKD. -M., 1976, 23-b.

O'zbek tilining izohli lug'ati, 1 tom. - Toshkent, 1981, 622-b.

O'zbek tilining izohli lug'ati. Ill tom. -T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2006, 378-b.

Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati /А. Hojiev, A. Nurmonov, S. Zaynobiddinov va boshqalar. -T.: SHarq, 2001, 212-b.

Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Universitet, 2010, 135-bet.

Shukurov M. Наг suxan choevu har nukta maqome dorad.- Dushanbe: Irfon, 1985,180-b.

G'afforov R. Vazifai uslubii murodifho. - Ma’rifat, №8, 1990. 18-24-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов