Авторы

  • Санобар Кипчакова
    Самаркандский институт экономики и сервиса

Биография автора

  • Санобар Кипчакова, Самаркандский институт экономики и сервиса

    Преподаватель 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign_philology.708

Ключевые слова:

метод инновация педагогическая технология обучение информация идеи задания игры подготовка

Аннотация

В данной статье рассматриваются эффективные методы обучения. Предоставляются основательные советы по обучения иностранных языков. Также анализируется методика обучения по возрастной категории, рекомендуется индивидуальный подход, психологическая подготовленность преподавателя, необходимость вербальных и наглядных средств при обучении иностранного языка.

background image

Хорижий филология. 

№1, 2018 йил 

 

 

72 

XORIJIY TILLARNI O‟QITISHDA YUQORI SAMARADORLIKKA  

ERISHISH METODLARI 

 

Kipchakova Sanobar Bahriddinovna, 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‟qituvchisi 

 
Kalit  so‟zlar. 

metod,  innovatsiya,  pedagogik  texnologiya,  o‟qitish,  ma‟lumot,  fikrlar, 

vazifalar, o‟yinlar, tayyorlanish.

 

 

Ko‘pgina  olimlar  va  professorlarning 

ilmiy  va  amaliy  izlanishlaridan  kelib  chiqqan 
holda  aytish  mumkinki,  bugungi  kunda 
xorijiy  tillarini  o‘qitishda  eng  samarali  usul 
innovatsion  texnologiyalardan  foydalanish 
usuli 

deb 

topilmoqda. 

Pedagogik 

innovatsiyalar  bu  pedagogika  tizimi  ichidagi 
o‘zgarish  bo‘lib,  o‘quv-tarbiyaviy  ishlar 
jarayonini, 

natijalarini 

va 

kechishini 

yaxshilashga  qaratilgan  bo‘ladi.  Xorijiy 
tillarini  o‘qitishdagi  pedagogik  innovatsion 
texnologiyalar  bu  talabalarning  tizimli,  ijodiy 
fikrlashini  va  ijodiy  topshiriqlarni  bajarishda 
nostandart 

g‘oya-fikrlarni 

bildirish 

qobilyatlarini 

shakllantirishga 

qaratilgan 

texnologiyalar 

bo‘lib, 

bu 

yangi 

texnologiyalarga 

yangi 

ishlab 

chiqarish 

omillariga  tadbiq  etilgan  yangi  bilimlardan 
foydalanish  yo‘li bilan  ehtiyojni qondirishga 
qaratilgan  harakat  va  bunday  harakat  natijasi 
innovatsiya  ekanligi  hammamizga  ma‘lum. 
Bunga  qo‘shimcha  holda  shuni  aytish 
mumkinki,  darsni  slaydlar  va  videoshoular 
asosida olib borish o‘quvchining darsni tezroq 
va  osonroq  anglab  olishiga  yordam  beradi. 
Agar  e‘tibor  bergan  bo‘lsangiz  o‘quvchilar 
videoshoularni  ko‘rgandan  keyin  o‘zlarining 
og‘zaki 

nutqlarini 

xuddi 

o‘sha 

so‘zlovchinikiga 

o‘xshatishga 

harakat 

qiladilar.  Avval  taqlid,  keyin  esa  o‘z 
yo‘nalishlariga  ega  bo‘ladilar.  Ayniqsa 
an‘anaviy  ta‘lim  shaklidan  chekingan  holda 
ushbu  tizim  talabalarga  mustaqil  fikr  bildira 
olish,  talabaning  nutqiy  faoliyatini  oshirish, 
kafolatlangan  natija  olish,  tarbiya  va  o‘qitish 
o‘rtasidagi  ziddiyatni  farqlay  olish  imkonini 
beradi.  Xorijiy  tillarni  o‘qitishda  inovatsion 
texnologiyalardan foydalanish tizimi bu bilim, 
ko‘nikma  va  malakalarning  birlashuvi  yuz 
bergan  o‘zgarishlarda  ham  barqaror  bo‘lib 
qoladigan tizimdir. 

Bugungi  kunda  xorijiy tillarni o‘qitish 

metodologiyasida  muhim  o‘zgarishlar  yuz 
bermoqda. 

O‘qitish 

metodikasini 

rivojlantirish    yo‘llari  chuqur  tahlil  va 
yangicha  yondashuvni  talab  etadi.  Ta‘lim 
jarayonida  asosiy  e‘tiborni    konstruktiv, 
ratsional 

va 

innovatsion 

o‘qitish 

metodlarining 

samaradorligiga 

erishishga 

qaratishni taqozo etadi. 

Xorijiy tillarni o‘qitishdagi  innovatsiya 

nafaqat  maqsad,  mazmun,  metodlar,  darsni 
tashkil  etish  va  uni  boshqarish    tizimidagi 
o‘zgarishlar  bilan,  balki  ta‘lim  va  ma‘lumot 
berish  jarayonini  tashkil  etishda    o‘qitish 
faoliyati uslublaridagi o‘zgarishlar bilan uzviy 
bog‘liq. 

Xorijiy  tillarni  o‘rganishning  turli  xil 

uslublari mavjud. Har xil o‘quvchilar turli xil 
usulda  o‘rganishni  xohlaydilar.  Bu  turli  xil 
usullar uslublar deb ataladi.  

O‘qitish  uslubi  bu

  – 

insonning  qaysi 

holatda  yaxshi  o‘qishi,  yaxshi  tushunishi  va 
yaxshi eslab qolishidir. 

O‘quv uslubining 4 ta turi mavjud: 

1.

 

Ko‘rish

 

2.

 

Eshitish

 

3.

 

Xatti-harakat

 

4.

 

Hissiy

 

1.  Ko‘rish  uslubi  –  ishtirokchilarga 

(o‘quvchilarga)  yangi  ishoralarni  ko‘rish 
orqali  o‘rganish  imkonini  beradi.  Rasmlar, 
diagrammalar va muhim axborotlarni doskada 
yozish orqali o‘quvchilarga yangi g`oyalar va 
axborotlarni  ko‘rish  orqali  eslab  qolishlariga 
yordam beradi. 

  

2.  Eshitish  uslubi

  – 

eshituvchilar  yangi 

axborotlarni  eshitish  orqali  o‘rganishni 
ma‘qul ko‘radilar. Qisqa leksiyalar, axborotni 
qo‘shiq orqali eshitish yoki berilgan axborotni 
qayta  eshitish  o‘quvchilarga  yangi  narsalarni 
eslab qolishga yordam beradi. 


background image

Хорижий филология. 

№1, 2018 йил 

 

 

73 

3.  Xatti-harakat  –  uslubida  o‘quvchilar 

biror-bir  yangilikni  harakat  qilish  yoki 
bajarish  orqali  o‘rganishni  xohlaydilar.  Siz 
o‘zingizning 

ko‘p 

harakat 

qiladigan 

o‘quvchilaringizga 

ularning 

harakat 

qilishlarini 

so‘rab 

yordam 

berishingiz 

mumkin.  Qo‘shimcha  ravishda  javoblarni 
doskaga yozishni yoki guruh tarzda ishlashini 
so‘rashingiz mumkin. 

4.  Hissiy  uslubda  o‘quvchilar  yangi 

informatsiyani  tegib  ko‘rish  yoki  ushlab 
ko‘rish  orqali  o‘rganishni  yoqtirishadi.  Siz 
bunday  o‘quvchilarni  ularga  turli  narsalarni 
berish  orqali  (ko‘k  qog‘oz,  qizil  qog‘oz, 
poyafzal 

yoki 

datsro‘mol) 

alohida 

qog‘ozlarga  so‘zlarni  o‘rganish  uchun  yozish 
orqali  yoki  ularga  kartochkada  yozilgan 
ko‘rsatmalar orqali o‘rgatishingiz mumkin. 

Agar 

siz 

yaxshilab 

kuzatsangiz, 

o‘quvchilarni qaysi uslubda o‘zlashtirishlarini 
bilishingiz  mumkin.  Harakatchan  o‘quvchilar 
har  doim  harakat  qilishadi,  qo‘llari  yoki 
oyoqlarini o‘ynatgan holda yoki orqa-oldinga 
harakat  qilishadi. Eshituvchi   o‘quvchilar har 
doim 

biror 

narsani 

o‘zlari 

uchun 

takrorlashadi. 

Ko‘ruvchi 

o‘quvchilar 

narsalarning qanday  yozilishi  yoki  o‘qilishini 
ko‘rishni  yoqtirishadi.  Hissiyotli  o‘quvchilar 
o‘zlari  uchun  eslatmalarni  yoki  predmatlarni 
ushlab ko‘rishni xohlaydilar. 

Yechimlar: 
-  sovuqdan  saqlaning  :  ―Bugun  biz  X 

haqida gaplashamiz, nima deb o‘ylaysiz?‖ 

-  ularga  savol  berishdan  oldin  past 

darajada  e‘tiborni  o‘zingizga  va  ―uchinchi 
shaxsga‖ 

qarating. 

Ularga 

eshitishlari, 

tayyorlanishlari va qabul qilishlari uchun vaqt 
bering;  

-  ularga  asosiy  g‘oyalar,  so‘zlar  va 

tuzilmalarga 

asoslangan 

rejalashtirilgan 

masalalar bering; 

-  ularning  fikrlarini  darhol  so‘rashga 

shoshilmang; 

-  ularga  bu  savolni  berishdan  oldin 

boshqa odamlarning fikrlarini bilib oling; 

-  debatdan  oldin  ularga  so‘zlarini 

lug‘atdan  topib  o‘z  fikrlarini  yozishga  vaqt 
bering; 

-  ularga  o‘ylashga  majbur  qiladigan 

so‘rovnoma berishga harakat qiling, qaysikim 
ularning miyasini ishlatadigan; 

- mavzuning turi; 
-  o‘quvchilar  siz  tanlagan  mavzu 

bo‘yicha biror narsani bilishadimi? 

- ularning fanga qiziqishlari bormi? 
-  dialog  yoki  ko‘rilgan  masala bo‘yicha 

ular tasavvur qila olishadimi? 

- siz ularga tushunishlari uchun yordam 

beradigan 

ma‘naviy-ma‘rifiy 

axborotlar 

qanchalik ko‘pligiga e‘tibor bering; 

-  berilgan  mavzu  qiziqtirish  uchun 

tushuntirib berishni talab qiladimi? 

-  mavzu  to‘g‘ri  tashkil  etilishi  uchun 

xalaqit  beradigan  sabablar,  ya‘ni  yetarlicha 
so‘z  boyligi  mavjudligi  ularni  bu  mavzuni 
o‘zlashtirishga yordam beradimi? 

- ko‘p erkinlik berilishi; 

siz 

ularga 

gapirishga 

harakat 

qildingizmi? 

-  siz  ularga  nazorat  ostida  malaka 

qilishlarini ta‘minladingizmi? 

- siz biror o‘quvchidan undan butun sinf  

nima 

talab 

qilinganligini 

tekshirib 

ko‘rdingizmi? 

O‘qitish  uslubiyati  yoshga  nisbatan 

o‘zgaradi: 

Kichik 

bolalar 

juda 

harakatchan 

bo‘lishadi.  Shuning  uchun  ham  ular  doimo 
harakatda yoki biror ish bilan band bo‘lishadi. 
5-6  yoshda  ular  his  qiluvchi  bo‘lishadi.  Bu 
yoshda  ular  hamma  narsaga  tegishga  harakat 
qilishadi.  Keyin  8  yoki  9  yoshda  bolalarda 
ko‘rish  va  eshitish  qobilyati  kuchayadi. 
Ayollar  odatda  eshituvchan,  erkaklar  esa 
ko‘ruvchan  bo‘lishadi  (hamma  vaqt  ham 
emas). 

Biz 

o‘quvchilarimizning 

o‘quv 

uslublarini  almashtira  olmaymiz,  ammo  biz 
o‘zimizning  o‘quv  uslubimizni  o‘zgartira 
olamiz. 

Qaysi uslub yaxshiroq? 
Hamma  uslublar  yaxshi!  Bir  uslub 

ikkinchi  uslubdan  yaxshiroq  deb  bo‘lmaydi. 
An‘anaviy  uslub  juda  eshituvchan  va 
ko‘ruvchan.  Bu  yaxshi  uslub  emas,  faqat 
an‘anaviy  uslub  va  bu  sinfdagi  hamma 
o‘quvchilar uchun ham yaxshi emas. 

Agar  o‘qituvchi  faqat  bitta  uslubni 

ishlatsa nima bo‘ladi? 

Agar 

biz 

faqat 

eshitish 

uslubini 

ishlatsak,  unda  biz  faqat  eshituvchilarga  dars 
beramiz.  Ko‘ruvchan,  his  qiladigan  va 
harakatchan  o‘quvchilarning    tushunishi 


background image

Хорижий филология. 

№1, 2018 йил 

 

 

74 

ancha  qiyin  bo‘ladi.  Ularga  bu  zerikarli  yoki 
kayfiyatini  buzishi  mumkin  va  ular  o‘zlarini 
yomon  tutishi  va  muammolar  keltirishi 
mumkin.  Agar  biz  faqat  ko‘rish  uslubini 
ishlatsak unda eshituvchilar, his qiluvchilar va 
harakatchanlar 

tushunmay 

qolishadi 

va 

o‘rganishmaydi. 

O‘qituvchilar 

uchun 

gapirishga 

qiynaladiganlar  bolalarga  yordam  beradigan 
juda ko‘p metodlar mavjud. 

Quyidagi metodlarni ko‘rib chiqamiz: 
-  o‘ylashga beriladigan vaqt;  
-  bahs  olib  borilishi  uchun  yetarlicha 

axborotni  berganmisiz  ular  biror  narsani 
gapirishlaridan oldin? 

-  siz  ularga  o‘z  fikrlarini  gap  orqali 

aytishlari uchun ma‘lum vaqt ajratasizmi? 

-  ularga  so‘z  boyligini  orttirish  uchun 

kerak bo‘ladigan so‘zlarni berganmisiz? 

O‘qituvchi bilan suhbat vaqti: 
- siz ulardan ko‘p gapiryapsizmi? 
-

 

ularni  yo‘nalishi  bo‘yicha  olib 

borish  uchun  yetarli  darajada  masalalar 
tayyorlayapsizmi? 

Yechimi: 
-

 

siz 

o‘zingizga 

qiziqarli 

mavzu 

tanladingiz  va  buni  sir  tutyapsiz.  Sizning 
vazifangiz  bu  o‘quvchilarga  qanchalik 
qiziqarli ekanligini aniqlash 

-

 

kichkina  bolaning  ota-onasi  bilan 

hikoyasini  eslang.  Agar  biror  kishi  juda  ko‘p 
gapirsa,  siz  gapirishingiz  shart  emas.  Buni 
oddiy 

tutishga 

harakat 

qiling, 

yaxshi 

o‘ylangan  savollarga  va  hazillar  orqali. 
E‘tiboringizni  o‘zingiz  va  o‘z  fikringizga 
emas, balki ularga qarating 

-

 

ularga  faqat  o‘zingiz  haqda  kerakli 

ma‘lumotlarni  va  mavzu  bo‘yicha  gapiring. 
Ko‘p  keraksiz  gaplarni  gapirib  mavzudan 
chetlashmang. Agar mavzudan chetlashsangiz 
dars  vaqtini  yo‘qotasiz.  Kamroq  gap- 
samaraliroq. 

-

 

Agar  ular  jim  o‘tirib  savollarga  javob 

berishayotgan  bo‘lsa,  ularni  o‘z  gaplaringiz 
bilan  to‘ldirmang.  Ular  gapirishga  tayyor 
bo‘lishlari uchun ularga yo‘nalishni, masalani 
almashtirib  bering  yoki  o‘qish  va  yozishlari 
uchun  biror  narsa  bering.  Ularni  malakalari 
uchun  kerak  bo‘ladigan  mavzuni  birgalikda 
takrorlashni so‘rang. 

Harakat orqali nazorat:  

-

 

siz  ularni  to‘g‘rilash  uchun  tez 

o‘rningizdan turasizmi? 

-

 

ularning  oxirgi  yoki  chala  gaplarini 

o‘zingiz tugatasizmi? 

-

 

siz  o‘z  fikringizni  gruppaga  yoki 

alohida ishlayotganlarga qaratayapsizmi? 

-

 

siz  masalalar  yechilishi  uzoq  vaqtga 

cho‘zilishiga ruxsat beryapsizmi?  

-

 

sizning    o‘quvchilarga  beradigan 

savollaringiz ko‘pmi? 

Yechimi:  

Siz qachon gapirasiz? Nima uchun? Har 

xil  keraksiz  gaplarni  gapirmaslik  uchun 
qancha gapirishingizga e‘tibor bering 

- o‘quvchilarni darsni tasavvur qilishlari 

uchun  so‘rash  yoki  ularni  rasm  haqida 
gapirishga 

majburlash 

 

rejalashtirilgan 

bo‘lishi shart. 

-faqat muhim savollar berishdan ehtiyot 

bo‘ling  va  ―Ha‖  yoki  ―Yo‘q‖  javoblaridan 
ko‘proq  javobga  ega  bo‘lay  desangiz  mavzu 
shaklini o‘zgartirib turing; 

-ularga  o‘z  xatolarini  to‘g‘rilash  uchun 

ko‘proq  vaqt  bering  va  bu  orada  jumlani 
o‘zingiz  tugatib,  o‘zingiz  bergan  savolga 
javob  topishga  harakat  qiling.  Avval  ular  siz 
bergan  savolni  tushunishlari  kerak,  keyingina 
ular  javob  haqida  o‘ylab  ko‘radilar.  Bizga 
cho‘zilganday  tuyiladi.  Ularning  o‘ylashga 
sarflayotgan vaqtlariga jiddiy qaramang; 

-agar  ular  haqiqatdan  ham  harakat 

qilishayotgan 

bo‘lsa, 

ularga 

guruh 

o‘quvchilaridan  yoki  o‘zingizdan  yordam 
taklif  qiling.  Bu  orqali  siz  barcha  savollarga 
javob  bera  oladigan  sifatida  o‘zingizni 
ko‘rsatmaysiz.  Boshqalarni  o‘z  fikrlarini 
bayon etishga chaqiring; 

-bizning  miyamizda  guruhlar  bahs 

orqali  qanday  ishlashlari  mumkinligining 
yaqqol 

tasavvuriga 

egamiz, 

lekin 

bu 

haqiqatda  hamma  vaqt  ham  ro‘y  bermaydi. 
Agar  ular  inglizcha  gapirib  biror  yo‘nalishda 
ketishgan  bo‘lsa,  mayli  ular  buni  o‘zlaricha 
qilishsin; 

-agar siz e‘tibor kamayganini sezsangiz, 

ularga o‘z e‘tiboringizni qaratib to‘g‘ri tanbeh 
berishga  qo‘rqmang.  Bundan  keyin  ularni 
qayta  o‘zlashtirishga  taklif  qiling  agar  bunga 
zaruriyat tug‘ilsa;   

-hamma  vaqt  vaqtga  e‘tibor  berib 

vaqtida  darsni  tugatishga  harakat  qiling.  Siz 


background image

Хорижий филология. 

№1, 2018 йил 

 

 

75 

hamma vaqt darsni ularni sal maqtagan holda 
tugatishingiz kerak;  

-ba‘zi  pastroq  o‘zlashtiradigan  talabalar 

uchun  ba‘zi  dialog  va  masalalar  zerikarli  va 
tez charchatadigan bo‘ladi, shuning uchun bu 
hikoya dialoglarni qisqaroq saqlashga harakat 
qiling.  Darslarni  cho‘zish  o‘rniga  ularga 
shakl-mazmun  bering,  aks  holda  ular  zerikib, 
charchab qolishadi. 

O‘quvchilar shaxsiyati: 
-siz  ishtirokchilardan  bir  xil  aktiv 

bo‘lishlarini kutasizmi? 

-muttasil  gapirtirish  o‘rniga  masalalar 

yechishga ruxsat berasizmi? 

-sizda  bir  nechta  tortinchoq  o‘quvchilar 

bormi? 

Yechimi: 
-biz 

hammamiz 

o‘zimizning 

shaxsiyatimizni  chet  el  darsida  ko‘rsatamiz. 
Ba‘zi  odamlar  o‘z  ona  tilisidan  ko‘proq  chet 
tilida  gapirishadi.  Buni  shundayligicha  qabul 
qiling 

va 

tortinchoq 

o‘quvchilarni 

gapirtirishga majburlamang; 

-tortinchoq  bolalarga  guruhga  qo‘shilib 

guruhdagi  masalalarni  hal  qilishda  ishtirokini 
ta‘minlang.  Esdan  chiqarmang  gaplashish  bu 
eshitish  va  tushunish  orqali  amalga  oshadi. 
Ba‘zi  tortinchoq  bolalar  ko‘p  gapiradigan 
bolalardan ko‘ra ko‘p narsani tushunishadi; 

-masalani  hal  qilish  uchun  talaffuzi 

yaxshi 

rivojlangan 

o‘quvchilarga 

e‘tiboringizni 

qarating. 

Qo‘shimcha 

mashg‘ulotlarda  tayyorgarlik  uchun  ularning 
muhimligini esdan chiqarmang; 

-ba‘zi  bolalar  aktyorlik  darsini  yomon 

ko‘rishadi.  Bu  odatiy  hol,  ularning  bunday 
darslarga  majburlamang.  Masala  shartini 
almashtiring; 

-sizda  yaxshi  mavzu,  to‘g‘ri  yo‘nalish, 

qiziqishi  bor  o‘quvchilar  borligi  uchun  siz 
ular  qachon  bir-biri  bilan  gaplashishni 
boshlashini 

sabrsizlik 

bilan 

kutayapsiz. 

To‘xtang!  Dam  oling,  ehtiyotkorlik  bilan 
tayyorgarlik  bosqichini  o‘rganib  chiqing. 

To‘g‘ri  boshlash  uchun  barcha  muloqot  talab 
qiladigan  o‘yinlar  tuzatishlar  talab  qiladi  va 
malaka ham mavjud bo‘lishi kerak; 

-tushuntirish  o‘rniga  ko‘rsatish  ma‘qul. 

Ko‘rsatib  berish  orqali  ko‘proq  vaqt  ketsa 
ham  bir  necha  so‘zlar  ifodasidan  ko‘ra  uni 
ko‘rib tushunish yozma yoki eshitishdan ko‘ra 
samaraliroq.  Bir  o‘quvchi  bilan  shug‘ullanib 
unga  qo‘shimcha  yana  2  ta  o‘quvchini  oling 
va  keyin  yana  2  ta  o‘quvchi  bilan  tekshirib 
ko‘ring.  Guruhda  yoki  2  kishi  bilan  ishlagan 
bir  necha  daqiqa  butun  sinfning  yarmi  bilan 
o‘tkazgan  20  daqiqadan  afzalroq,  chunki  ular 
bir-biri  bilan  o‘z  tilida  gaplashib  masalani 
bajarish uchun ishonchlari bo‘ladi; 

-tilni 

o‘rganishga 

tayyorlaydigan 

masalalarni  hamma  vaqt  oldindan  tayyorlab 
qo‘ying,  qaysikim  ularga  qiyin  masalalarni 
hal 

qilishda 

yordam 

beradi. 

Oldindan 

rejalashtirilgan 

masala 

yozilgan 

gaplar 

bo‘lishi  yoki  savollar  bo‘lishi  mumkin  va 
uning  sherigidan  biror  masala  bilan  bog‘liq 
narsa  haqida  so‘rashi  mumkin.  Bu  ularning 
o‘zlarini  yaxshi  his  qilishlariga  sabab  va 
kayfiyatini buzmaydigan omil; 

-ularning darrov gapirishlarini kutmang. 

Ular 

sizning 

ixtiyoringizda 

40 

daqiqa 

bo‘lishadi  yoki  eng  kami  15  daqiqa,  chunki 
o‘qish,  yozish,  eshitish  va  fikrlashga  ketadi. 
Ularni  gapirtirishga  harakat  qiling,  lekin 
shoshilmang! 

O‘quvchilarni to‘g‘ri joylashtirish: 
-ular sizni yaxshi eshita oladimi? 
-ular  o‘z  sheriklari  bilan  gaplasha 

olishadimi? 

-ular  sinfda  to‘qnash  kelganda  o‘zlarini 

yo‘qotib qo‘yishmaydimi?  

Xulosa 

qilib 

aytganda, 

bu 

yo‘nalishlarning asosiy maqsadi talabalarning 
faqat 

tinglashi 

emas, 

balki 

bilimlarni 

o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta‘minlash 
orqali  ta‘lim  jarayonining  samaradorligini 
oshirishga qaratilgan.

 

 

 

Adabiyotlar  

 

1.

 

O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni 29 avgust 1997 yil qabul qilingan. 

2.

 

 ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  O‘zbekiston  Respublikasi  1997  yil  29  avgust    qonuni 

bilan  tasdiqlangan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Kadrlarni  tayyorlash  milliy  dasturi  9  aprel  2007  yil 
O‘RQ 87-sonli qonuniga muvofiq o‘zgartirish kiritilgan. 


background image

Хорижий филология. 

№1, 2018 йил 

 

 

76 

3.

 

O‘zR  2012  yil  28-may  PQ-1761-sonli  ―Malakali  kadrlar    tayyorlash  hamda  o‘rta-maxsus, 

kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirishga 
oid chora-tadbirlari‖

 

4.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-dekabr 2012 yil PQ-1875 - sonli ―Chet tillarini 

o‘rganishni yanada takomillashtirish‖ qarori asosida tuzilgan qo‘llanmalar. 

 

5.

 

O‘zbekidton  Respublikasi  uzluksiz  tahlim  tizimining  chet  tillar  bo‘yicha  davlat  tahlim 

standarti  «Chet  tillari  bo‘yicha  ta‘limning  barcha  bosqichlari  bitiruvchilarining  tayyorgarlik 
darajasiga qo‘yiladigan talablar

» (O‟zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‟plami) 

 
Internet manbalar : 

1.

 

www.gov.uz

 

2.

 

www.edu.uz

 

3.

 

www.ziyonet.uz

  

4.

 

http://www.english-at-home.com/grammar/relative-clauses/

 

5.

 

http://specific-english.blogspot.com/2011/07/assessment-in-esp.html

 

6.

 

www.engvid.com

 

7.

 

www.learnenglish.com

 

 

Кипчакова  С.  Эффективные  методы  в  обучении  иностранным  языкам. 

В  данной 

статье 

рассматриваются 

эффективные 

методы 

обучения. 

Предоставляются 

основательные  советы  по  обучения  иностранных  языков.  Также  анализируется  методика 
обучения по возрастной категории, рекомендуется индивидуальный подход, психологическая 
подготовленность  преподавателя,  необходимость  вербальных  и  наглядных  средств  при 
обучении иностранного языка. 

Kipchakova S.

 

The most effective methods in teaching foreign languages

.

 

Effective methods 

of teaching foreign languages and based suggestions are given in this article. Also, the method of 
teaching  by  age  category  is  analyzed,  an  individual  approach,  the  psychological  preparedness  of 
the  teacher,  the  need  for  verbal  and  visual  aids  in  the  teaching  of  a  foreign  language  is 
recommended.  

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 29 avgust 1997 yil qabul qilingan.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasi 1997 yil 29 avgust qonuni bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Kadrlami tayyorlash milliy dasturi 9 aprel 2007 yil O’RQ 87-sonli qonuniga muvofiq o’zgartirish kiritilgan.

O’zR 2012 yil 28-may PQ-1761-sonli “Malakali kadrlar tayyorlash hamda o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-dekabr 2012 yil PQ-1875 - sonli “Chet tillarini o’rganishni yanada takomillashtirish” qarori asosida tuzilgan qo’llanmalar.

O’zbekidton Respublikasi uzluksiz tahlim tizimining chet tillar bo’yicha davlat tahlim standarti «Chet tillari bo’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar» (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami)